Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2023 06.01.2012 yildagi O‘RQ-319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2023
Hujjat 09.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAQOBAT TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 14-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2023-yil 3-iyuldagi OʻRQ-850-sonli “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasidagi tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlar bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan harakatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qoʻllanilishi mazkur subyektlarning oʻziga xos vazifalari bajarilishini cheklab qoʻymaydigan holatlarda tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-birining oʻrnini bosadigan tovarlar — oʻzining belgilangan vazifasi, qoʻllanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari boʻyicha taqqoslanishi mumkin boʻlgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi isteʼmol qilish chogʻida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga tayyor boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insofsiz raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega boʻlishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoxud ularning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy konsentratsiya — xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga taʼsir koʻrsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlar harakatlarini bunday xoʻjalik yurituvchi subyektlardan birortasi bilan ham bir shaxslar guruhiga kirmaydigan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamsituvchi shartlar (sharoitlar) — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, isteʼmol qilish, olish, realizatsiya qilish, oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish shartlari (sharoitlari) boʻlib, ular boshqa teng shartlarda (sharoitlarda) bitta yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektni oʻzga xoʻjalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) bilan taqqoslaganda teng boʻlmagan holatga solib qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan maʼlum boʻlgan, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv — ikki va undan ortiq taraflarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan, hujjatda yoki bir nechta hujjatda aks etgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek ogʻzaki shakldagi shartlashuvi;
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya bozori — banklar hamda boshqa kredit, sugʻurta va oʻzga moliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri taqqoslash — raqobatchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan tarqatiladigan, tovar yoki moliya bozorida ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektga afzalliklar yaratadigan yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektni (raqobatchini) yoki raqobatchi ishlab chiqargan tovarni yomonlovchi yolgʻon, noaniq yoki buzib taqqoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi boʻlib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda taʼsir koʻrsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qarshi harakatlar — raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun man etilgan harakatlar, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ular mansabdor shaxslarining raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlari (harakatsizligi);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan mahsuli, shu jumladan ishlar va xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozori — tovarning (shu jumladan bir-birining oʻrnini bosadigan tovarning) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yuridik shaxs, xoʻjalik boshqaruvi organi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Shaxslar guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan shaxslar yigʻindisi shaxslar guruhi deb eʼtirof etilib, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir nechta shart bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek oʻzga shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortigʻiga egalik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu yuridik shaxslardagi ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortigʻiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir yuridik shaxs ushbu yuridik shaxslarda oʻzining ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortigʻiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining ellik foizidan ortigʻini ayni bir jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonun hujjatlariga yoki ushbu yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlariga yoxud ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik shaxs qonun hujjatlariga va ushbu yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ularga ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki moliya bozorining yagona subyekti sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ustun mavqe
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustun mavqe tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bogʻliq boʻlmagan holda unga oʻz faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish, tegishli bozorga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida qaysi xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tovarining ulushi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oʻttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda boʻlib, bunda quyidagi shartlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror boʻlib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda boʻlib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bozorga yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyat boʻlishi shartlari belgilangan boʻlsa, shu xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ustun mavqe deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Tovarning monopol yuqori narxi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan narxi, agar ushbu narx:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asossiz xarajatlarning oʻrnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qoʻshimcha foyda olishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, monopol yuqori narxdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning narxi birja savdolari yakunlariga koʻra shakllangan taqdirda, u monopol yuqori narx deb eʼtirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning moliya bozoridagi monopol yuqori narxi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Tovarning monopol past narxi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning moliya bozoridagi monopol past narxi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organ
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (bundan buyon matnda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organdir.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatga qarshi harakatlarini, insofsiz raqobatini cheklash va ularning oldini olishga hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining gʻayriqonuniy harakatlariga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan davlat siyosatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Raqobatga qarshi harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ustun mavqeni suiisteʼmol qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan taqiqlangan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari:
(10-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalada boʻlgan tovarlarning hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga olib keladigan tarzda qisqartirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa harakatlarni sodir etish talablarini majburan qabul qildirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni olishini yoki realizatsiya qilishini taqiqlashi yoxud cheklashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontragent tomonidan boshqa tovarlarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarlarni oʻzga xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan oʻzini tiyishi sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati boʻla turib, shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozoriga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishiga toʻsiqlar qoʻyishi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlarini taqiqlash
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida oʻzaro raqobatlashayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar:
(11-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy ravishda narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlarni yoki ustama narxlarni belgilashga yoki saqlab turishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni sunʼiy ravishda oshirgan yoki pasaytirgan holda erkin bozor narxlarining qaror topishiga toʻsqinlik qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ustidan, mahsulot sotish bozorlari va kapital qoʻyilmalar ustidan nazorat oʻrnatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif hajmini sunʼiy ravishda oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatni cheklovchi boshqa harakatlarni sodir etish talablarini majburan qabul qildirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda narxlarni oshirishga, pasaytirishga yoki saqlab turishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli bozorni hududiy prinsip boʻyicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi boʻyicha, tovarlarning xillari boʻyicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi boʻyicha boʻlib olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari sifatida bozorga kirishini cheklashga yoki ularni bozordan chetlashtirishga yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektlarni muayyan tovarlar bozoriga qoʻymaslikka;
(11-moddaning birinchi qismi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirishga va (yoki) toʻxtatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, taqiqlanadi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, boshqasi esa sotuvchi yoki sotib oluvchi boʻlgan, oʻzaro raqobatlashmayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar pirovard natijada raqobatni cheklab qoʻysa yoxud cheklab qoʻyishi mumkin boʻlsa, shu jumladan:
(11-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchining yoki sotib oluvchining hududni yoki sotib oluvchilar doirasini tovarni keyinchalik qayta sotish maqsadida mustaqil belgilashini cheklaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni qayta sotish uchun narxlarga cheklovlar belgilaydigan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu taqiq tovarlarni tovar belgisi, firma nomi va sotuvchining intellektual mulk obyektlariga boʻlgan boshqa mutlaq huquqlari orqali realizatsiya qilishni sotib oluvchi tomonidan tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirishi, agar bunday muvofiqlashtirish ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada koʻrsatilgan taqiqlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorida umumiy ulushi oʻttiz besh foizdan oshmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kelishilgan harakatlari va kelishuvlariga yoki davlat-xususiy sheriklik shartnomalari boʻlgan kelishuvlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslarning bir guruhiga kiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi kelishuvlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar kelishuvlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni realizatsiya qilishni koʻpaytirishga yoki texnikaviy, iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan boʻlsa, mazkur kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar va kelishuvlarni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda harakatlarini taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning biror bir sohasida yangi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishga cheklovlar joriy etishi, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishni yoki muayyan tovarlar ishlab chiqarishni man etishi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablagʻlarning manbalarini tanlash va ulardan foydalanish yoʻnalishlarining afzalligi toʻgʻrisida xoʻjalik yurituvchi subyektga koʻrsatmalar berishi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat koʻrsatayotgan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga qoʻyadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga oqibatda raqobat cheklanishi mumkin boʻlgan tarzda aralashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vazifalarini xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan qoʻshib bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilashi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy ofatlar, halokatlarning oqibatlarini tugatish hamda epidemiyalarning oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan hujjatlar qabul qilishi va harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining tovar yoki moliya bozorining normal faoliyat koʻrsatishiga, raqobatni rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi hamda isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni yoki tariflarni oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli bozorni hududiy prinsip boʻyicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi boʻyicha, tovarlarning xillari boʻyicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi boʻyicha boʻlib olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklashga yoki ularni bozordan chetlatishga olib keladigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
(12-moddaning uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar birlashmalarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatiga pirovard natijada raqobatni cheklab qoʻyadigan yoki cheklab qoʻyishi mumkin boʻlgan tarzda aralashishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz raqobat, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektga zarar keltirishi yoki uning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan notoʻgʻri taqqoslashlar. Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektning tovarini xolisona tasdiqqa ega boʻlgan tavsiflarni yoki taqqoslash parametrlarini koʻrsatmagan holda tovarning ustunligi haqida taassurot hosil qiluvchi soʻzlardan yoki belgilardan foydalanish orqali boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) oʻzga tovari bilan taqqoslash yoxud koʻrsatilgan soʻzlarni yoki belgilarni oʻz ichiga olgan tasdiqlar yolgʻon, noaniq boʻlgan yoki buzib koʻrsatilgan hollar notoʻgʻri taqqoslashdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda tovarni realizatsiya qilish, shu jumladan tovarni xoʻjalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovar belgisiga, firma nomiga oʻxshash boʻlgan yoxud adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda, oʻrovlarda joylashtirish yoʻli bilan yoki sotilayotgan yoxud fuqarolik muomalasiga oʻzgacha tarzda kiritilayotgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqacha tarzda foydalanish yoʻli bilan, shuningdek ushbu belgidan domen nomida foydalanish orqali qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, isteʼmol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida isteʼmolchilarni chalgʻitish, xoʻjalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamgʻalanishini, etiketkasini, oʻrovini, ranglar uygʻunligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa koʻchirish orqali qalbakilashtirish;
(13-moddaning birinchi qismi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yoki moliya bozoriga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektning kirishiga toʻsiq qoʻyish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsni individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga boʻlgan mutlaq huquqni olish, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan belgi bilan aynan oʻxshash yoki adashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilmaydi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning ushbu modda ikkinchi qismining tovar belgisiga boʻlgan mutlaq huquqni olish xususidagi qoidalari buzilganligini eʼtirof etish toʻgʻrisida chiqargan qarori tovar belgisiga huquqiy muhofaza berish haqidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish uchun manfaatdor shaxs tomonidan intellektual mulk boʻyicha vakolatli organga yoki sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Savdolarni va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Tanlov (tender) savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlardan savdolarda qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilishni asossiz ravishda rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan axborotdan foydalanish orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish;
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini koʻrsatish, bundan tovarlarning mos kelmasligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi tanlov (tender) savdolarining qarorlarini va shu savdolar natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolarini oʻtkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarini oʻtkazish jarayoniga taʼsir koʻrsatadigan harakatlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin koʻtarilishiga yoki qatʼiy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarida talabning oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish bilan bogʻliq harakatlar taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi birja savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir monopoliyaga qarshi talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimga oldindan rozilik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning talablari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra qoʻshib yuborilishi va qoʻshib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Aksiyalarni (ulushlarni) olishda monopoliyaga qarshi talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur boʻladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday shaxs yoki shaxslar guruhi koʻrsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish chogʻida uning muassislariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻz aksiyalarini olishga doir bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyati oʻz ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biror-bir xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortigʻini tasarruf etmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oldindan rozilik olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga, qoʻshib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar Davlat xizmatlari markazlariga:
(18-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga oid maʼlumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ);
(18-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari koʻrsatilgan maʼlumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha koʻrib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ zarur hujjatlar va maʼlumotlar olingan paytdan eʼtiboran oʻn kalendar kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda xabar qiladi. Aksiyalarning (ulushlarning) ayni bir turkumini olishga oldindan rozilik olish uchun shaxslar yoki shaxslar guruhlari bir vaqtning oʻzida murojaat etgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori arizachilarga ayni bir kunda yetkaziladi. Zarur hollarda, agar monopoliyaga qarshi organda harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqening vujudga kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asoslar paydo boʻlsa, arizani koʻrib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda oʻrganish uchun bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi yoki yolgʻonligi aniqlansa, arizachiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berishga va buni raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablarni bajarishga bogʻliq qilib qoʻyishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi kerak. Mazkur harakatlarning sodir etilishi (bitimlar tuzilishi) tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda, bu harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga koʻra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar oʻz harakatlari (bitimlari) isteʼmolchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
(18-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz sodir etilgan, tovar yoki moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlar (tuzilgan bitimlar) sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish yuzasidan ilgari qoʻllanilgan choralar samarasiz boʻlgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish haqidagi daʼvo bilan sudga murojaat etadi, boʻlish yoki ajratib chiqarish xoʻjalik yurituvchi subyekt negizida ikki yoxud bir nechta alohida xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish quyidagi shartlarning barchasi jam boʻlganda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy boʻlinmalarning tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqish imkoniyati mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida oʻzaro uzviy texnologik bogʻlanish mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlish yoki ajratib chiqarish natijasida tashkil topgan tarkibiy boʻlinmalarning tovar yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Monopoliyaga qarshi organ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Monopoliyaga qarshi organning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi mavjudligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan, shu jumladan tanlov (tender) va birja savdolarini oʻtkazishda qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishlarini aniqlaydi, ular boʻyicha ishlar qoʻzgʻatadi va ularni koʻrib chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan raqobatga qarshi harakatlar natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) olib qoʻyish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
(21-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish toʻgʻrisida, bojxona tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish haqida, shuningdek soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoxud ularni bekor qilish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq jinoyat alomatlari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni tegishli organlarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi va buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudda koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining reyestrini yuritadi va eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida tushuntirishlar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga butunlay yoki qisman muvofiq boʻlmagan hujjatlarini va harakatlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan bitimlarni (shartnomalarni) oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan bitimlarni (shartnomalarni) butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida olingan daromadni (foydani) belgilangan tartibda undirish haqidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 14 va 15-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra savdolarni va mazkur savdolar natijasida tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash haqidagi arizalar bilan sudga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Axborot olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning mansabdor shaxslari raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi arizalar va ishlarni koʻrib chiqish, shuningdek raqobatning holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektning hujjatlarini, axborotini olish va uning hududiga kirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organning talabiga koʻra unga zarur hujjatlarni va axborotni belgilangan tartibda tekin taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan oshkor etilishini taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ ushbu Qonunga muvofiq oʻziga berilgan vakolatlarni amalga oshirishi munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning xodimlari tijorat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning oshkor etilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organning raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish haqidagi koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi;
Oldingi tahrirga qarang.
(25-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Etkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchi harakati (harakatsizligi) tufayli xoʻjalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar yetkazilgan boʻlsa, u holda mazkur zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyini suiisteʼmol qilganlik, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi xoʻjalik yurituvchi subyektni monopoliyaga qarshi organning qarorini (koʻrsatmasini) bajarish yoki raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni cheklovchi va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan bitimlar tuzganligi hamda kelishib olingan harakatlar sodir etganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi boʻlib ixtiyoriy ravishda maʼlum qilgan shaxs maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish. Monopoliyaga qarshi organning qarori va koʻrsatmasini ijro etish hamda bunday qaror va koʻrsatma ustidan shikoyat berish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish uchun monopoliyaga qarshi organning oʻz tekshiruvlari, oʻrganishlari, yuridik va jismoniy shaxslarning, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda tegishli organlarning taqdimnomalari asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ishlarni tegishli sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq koʻrib chiqadi.
(29-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardir:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqida ish yuritilayotgan shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran ish materiallari bilan tanishib chiqishga, bundan davlat sirlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar mustasno, ulardan koʻchirmalar olishga, ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillar taqdim etishga va ularning tekshirilishida ishtirok etishga, ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga savollar berishga, iltimosnomalar kiritishga hamda ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalari va vajlariga qarshi eʼtirozlar bildirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida koʻrib chiqiladi. Alohida hollarda, ishning murakkabligiga qarab, mazkur muddat koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni koʻrib chiqish keyinga qoldirilishi yoki toʻxtatib turilishi mumkin. Ishni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish, toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organ tegishli ajrim chiqaradi, mazkur ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan monopoliyaga qarshi organning qarori
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni mohiyatan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilganligi fakti aniqlanishi va tegishli huquqiy taʼsir choralarini koʻrilishi haqida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritishni tugatish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari tasdiqlanmagan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan ish yuritilayotgan yuridik shaxs tugatilgan yoki jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ koʻrib chiqayotgan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni yuritishni tugatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan qarori darhol eʼlon qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan, oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga koʻrsatma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmasini ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmasi unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Koʻrsatmani muddatida ijro etmaganlik ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmasini unda belgilangan muddatda ijro etmaganlik deganda koʻrsatmani ijro etishni rad qilish yoki qisman ijro etish yoxud oʻz vaqtida ijro etmaslik tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ tomonidan koʻrsatma berilgan shaxslar koʻrsatmani ijro etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma berishi mumkin. Iltimosnomada koʻrsatilgan holat uzrli deb topilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ koʻrsatmani ijro etish muddatini uzaytirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ oʻz koʻrsatmalari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Monopoliyaga qarshi organning qarori (koʻrsatmasi) ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar monopoliyaga qarshi organning qarori (koʻrsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (koʻrsatmalari) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (koʻrsatmalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar (koʻrsatmalar) mustasno.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish va isteʼmolchilarning manfaatlarini raqobatga qarshi harakatlardan himoya qilish maqsadiga ega boʻlgan jamoat birlashmalari raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi 355-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 54-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqidagi 356-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 55-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 832-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) XIX boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi 175-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) I boʻlimining 18-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 15-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-319-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 03/18/459/0536-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)