17.11.2010 yildagi 335-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 17.11.2010 yildagi 335-son
Кучга кириш санаси
10.12.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
POLIMER MATERIALLARNI REAKTOR ORQALI OLIShDA XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2010-yil 30-noyabr 6-24/13-11355/6-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 28-29-son, 234-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Polimer materiallarni reaktor orqali olishda xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 17-noyabrdagi 335-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Polimer materiallarni reaktor bilan olishda xavfsizlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq polimer materiallarni reaktor orqali olishda xavfsizlik tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar polimer materiallarni reaktor orqali oluvchi tashkilotlar (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Sanitariya va gigiyena
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilot xonalaridagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishlab chiqarish xonalari tabiiy va sunʼiy yorugʻliligi darajasi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va suniy yorugʻlik” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish joylari ishlab chiqish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq tik turib va oʻtirib ishlash uchun GOST 12.2.032-78 va GOST 12.2.033-78 talablariga muvofiq moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talabiga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yoritish vositalarida koʻzni qamashtirishdan saqlovchi choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yoritish vositalari uchun 220 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish qoʻllanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻchma yoritish vositalarini ishlatishda rezina shlangli egiluvchan oʻtkazgichdan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yoritish vositalarini taʼmirlash va uning ichki elementlarini koʻzdan kechirish, kuygan lampa va himoya shishalarini almashtirish ishlari elektr tarmogʻidan oʻchirilgan holda bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoritish vositalarini nazorat qilish va taʼmirlash ishlari shu ishlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektr yoritish oʻtkazgichlari poldan 2,5 m dan past boʻlmagan balandlikda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim boʻlgan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Polimer materiallarni reaktor orqali olishdagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 talablariga muvofiq boʻlishi va xodimlarni zararli moddalar bilan bevosita munosabatda boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi uchun zararli moddalarni ajralishini chegaralovchi yopiq siklli, zichlashtirilgan jihozlarni qoʻllanishi hisobiga, mexanizatsiyalashgan va avtomatizatsiyalashgan, bundan tashqari texnologik jarayonlar va amaliyotlari avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Texnologik jarayonlarga qoʻyiladigan talablar texnologik hujjatlarda bayon etilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Texnologik jarayon qatʼiy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mahalliy ventilatsiya tizimlari texnologik uskunalarni ishga tushirish qurilmalari bilan blokirovka qilinib, ular yoqilishi bilan baravariga yoqilishi va texnologik uskuna toʻxtaganidan keyin 3 daqiqadan keyin oʻchishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnologik uskunalar bilan blokirovka qilinmagan mahalliy ventilatsiya tizimlarini, uskunalarda ish boshlanishidan oldin yoqilishi va ish tugatilganidan keyin 3 min dan keyin oʻchirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Polimer materiallarni reaktor orqali olishda toksikligi va uchuvchanligi pastroq boʻlgan xomashyo va qoʻshimchalar qoʻllanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Akril, metakril kislota va uning efirlarini oʻz holicha polimerizatsiyalanishini bartaraf etish uchun yuqori samarali ingibitorlarni qoʻllanishi nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Stirol polimerlar va sopolimerlar ishlab chiqarilishida polimerizatsiya massasini qizdirib blokli va qizdirmasdan emulsiya-suspenziya usulida ishlab chiqarishda avariyaviy toʻkish uchun zaxira sigʻimlar nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Pentanni izopentanga izomerlash jarayonida quyidagi holatlarni bildiruvchi signalizatsiyalar koʻzda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaktor devorlari harorati 300° S dan oshganini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaktorda bosimlar farqi ortganini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Suyuq konsentratsiyalangan chiqindilar kanalizatsiyaga tushirilishidan oldin, vaqtincha yuk saqlanadigan joyga koʻchirilishi yoki termik, organik qoʻshimchalar bilan zararsizlantirilishi quvurlarda yoki zich yopilgan sigʻimlarda bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sex sigʻimlari va apparatlariga xomashyoni, yarim mahsulotlarni, suyuq mahsulotlarni (monomerlarni, forpolimerni, stiroldagi kauchuk eritmasini, penopoliuretan uchun A va B komponentlarni, formalinni, fenolni, epixlorgidrinni, toluolni, aldegidlarni, kislotalarni, ishqorlarni, latekslarni, eritmalarni, faollashtiruvchi aralashmalarini) berilishi yopiq quvurlar tizimi orqali amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yangidan tayyorlangan polimer materiallari (penopoliuretan, polistirol va boshqa polimerlarni) pishish jarayoni ish hududi havosini ifloslantirmaydigan sharoitda oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Apparatlar, quvurlar va kommunikatsiyalarda flanetslarni birikmalari zichlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Polimerizatsiya aralashmalarini tayyorlash, dastlabki polimerizatsiya va sintez, haydash kublari, aralashtiruvchi, yuvuvchi apparatlarning lyuk va shtutserlari oson va zich yopilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Texnologik jarayon boʻyicha ingridiyentlarni aralashtirish apparatlari ekranlashtirilgan aralashtirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Jihozlarni tozalash (polimerizatorlar, yuvuvchilar, tsentrifuga, quritish pechlari) qoʻl mehnatini istisno etuvchi gidravlik va mexanik usullardan foydalanish orqali, changdan tozalash esa — chang tozalovchi qurilmalarda bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Polimer materiallarni reaktor orqali olishda qoldiqni bartaraf qilish, tozalash, zararsizlantirish, yuvish, bidonlarni, bochkalarni, barabanlarni, ishlab chiqarish apparatlarini va boshqa idishlarning bugʻlanishi himoyalangan binoda (maxsus yuvish boʻlimida) amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oqimda mahsulotni tarkibini nazorat qilish (sanoat gazxromotografiya yordamida) avtomatik tarzda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Avtomatik nazorat qilishga imkoniyat boʻlmagan uchastkalarda texnologik jarayonni nazorat qilib turish uchun namunalarni olinishi zararli moddalarni sizib chiqishini istisno etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ishlaganda koʻp miqdorda chang hosil qiladigan materiallar, apparatlar va boshqa uskunalar yopilgan, zichlangan va ishlab chiqarish binolariga changlangan havoning kirishini yoʻqotadigan aspiratsion qurilmalar bilan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Atmosferaga chiqariladigan havo sanitar meʼyorlar talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Granul va kukunli toʻkiluvchi materiallar sisternadan pnevmotransport orqali omborning maxsus sigʻimlariga yoki sexning zaxiradagi sigʻimiga boʻshatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Transportyor tasmalari materiallarni transportirovka qilish paytida toʻkilishini oldini oluvchi va tasmadan mahsulotni qoldiqlarini mexanik tozalashga imkoniyat beruvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining soni, ularning joylanishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarni yongʻin xavfsizligi” talablari boʻyicha eng uzoq ish joylaridan ulargacha boʻlgan masofa, shuningdek eng koʻp sonli smenadagi ishlovchilar soniga bogʻliq holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tashkilot rahbariyati tomonidan tayinlangan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligiga masʼul xodim boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yongʻin xavfsizligiga masʼul xodim majburiyatlari yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yongʻinga qarshi asboblar toʻplami, yongʻin oʻchirish vositalari, soni va joylashtirilishi mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Polimer materiallarni reaktor orqali olishda band boʻlgan xodimlar yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq va qatʼiyan bajarishi, yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Ishlab chiqarish uskunalari avtomatik oʻchishini taʼminlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Polimer materiallarni reaktor orqali olishdagi texnologik jarayonlarning avtomatik boshqaruv tizimi belgilangan talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ishlab chiqarishning hamma texnologik jarayonlari nazorat-oʻlchov asboblari, jarayonni tartibga soladigan avtomatika, tahlil va blokirovka tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Texnologik jarayonlar avtomatlashtirilishi, avariyali, ogohlantiruvchi va texnologik signalizatsiya va blokirovkani koʻzda tutishi, shuningdek polimer materiallarni reaktor orqali olishda texnologik parametrlar chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan qiymatiga yetganda himoya tadbirlari va texnologik uskuna avariyali toʻxtatilishi koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish sxemalari shunday bajarilishi kerakki, ayrim avtomatika vositalarning ishdan chiqishi yoki ularning nosozligi ishlab chiqarishda avariya boʻlishi sababini keltirib chiqarmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Elektr energiyasi uzilgan yoki nazorat va boshqaruv tizimlariga siqilgan havo berilishi toʻxtatilgan taqdirda avariyaga qarshi avtomatika himoya (keyingi oʻrinlarda AQAH deb yuritiladi) tizimlari texnologik obyektni xavfsiz holatga oʻtkazishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Himoyalash tizimi qurilmalarining ahamiyati, oʻlchov vositalari, signalizatsiya moslamalarining ishlab ketishidagi xatoliklar, tizimning tez ishga tushishi, parametrlar oʻzgarishi mumkin boʻlgan tezlik va texnologik obyektning portlashdan xavflilik toifasi hisobga olinib aniqlanadi. Qurilmalar ahamiyati loyiha va texnologik reglamentda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Nazorat oʻlchov asboblari ishga yaroqli holatda boʻlishi va grafik boʻyicha muntazam ravishda tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Texnologik jarayonlarning nazorati, boshqaruvi va avariyaga qarshi himoya (keyingi oʻrinlarda AQH deb yuritiladi) tizimida qatnashadigan tiqinlovchi va tartibga soluvchi armatura, nazorat tizimlari, ijro mexanizmlari taʼmirlanib joyiga oʻrnatilishidan oldin, ishga tushish tezligiga, mustahkamlikka va yopilish zichligiga sinovdan oʻtkazilishi hamda dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi yoki pasport, jurnalga yozilishi zarur. Sinovlar davriyligi reglamentlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Nazorat oʻlchov asboblari koʻrsatkichlar olinishi yoki asboblar almashtirilishi uchun qulay boʻlgan va xavfsiz joylarda joylashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Foydalanishda boʻlgan har bir asbobga pasport yoki hisobga olish jurnali yuritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Saqlagich klapanlar soni va ularning oʻtkazuvchanlik qobiliyati GOST 12.2.085-2002 talablariga muvofiq hisob boʻyicha tanlangan, sozlangan va tartibga solingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Avtomatik namuna olish moslamalari yoki datchiklar tashqaridan yongʻin va portlash xavfli bugʻlarning kirishi mumkin boʻlgan yertoʻla va yarim yertoʻla xonalarda oʻrnatilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Analizatorlarning oʻlchov asboblari, avtomatik gaz analizatorlari va ularga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi boʻlgan xonalarda va portlash xavfli ochiq qurilmalarda joylashganda elektr qurilmalari tuzilishi qoidalari talablari hisobga olingan holda shamollatiladigan javonlar (kameralar)da joylanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida oʻz vaqtida xabar berish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Yonuvchi gazlar ajralib chiqishi ehtimoli boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (gazlarning ajralish ehtimoli yuqori boʻlgan joylarda) avtomatik signalizatorlar oʻrnatilgan va ular avariya ventilatsiyasiga ulangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Signalizatsiya tizimi, xonalar havosida xavfli gazlar va bugʻlar miqdori alangalanish past chegarasining 20 foiziga yetganda va avariya tortuvchi ventilatsiya ishga tushganda, ishlab ketishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati masʼul shaxslar tomonidan baholanishi, shuningdek, sexda avariya holati eʼlon qilinishi hamda bu toʻgʻrisida tashkilotning rahbari xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Maxsus talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Kimyoviy moddalar bilan ishlarni tashkillashtirish belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Bir ishlab chiqarish xonasida har xil zararli moddalar bilan ishlovchi ishlab chiqarish uchastkalari joylashganda, ishlab chiqarish xonalariga zararli moddalarni tarqalib ketmaslik choralari nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Pollarni qoplovchi materiallar kimyoviy taʼsirga chidamli boʻlishi va zararli moddalarning sorbsiyasiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Havo almashinuvi tashkil qilinganida zararli moddalari koʻp boʻlgan yoki portlashga xavfli gaz, bugʻ va changi boʻlgan xonadagi havoni boshqa xonalarga chiqib ketishini bartaraf etish uchun, keyingi xonalarda havoning ortiqcha bosimini ushlab turish (berilayotgan havo hajmi chiqarib yuborilayotganidan koʻp boʻlishi) lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ishlab chiqarish xonalari ventilatsiyasining loyihasi eng koʻp xavfli va zararli moddalar ajraladigan, ishlarni ogʻirlik toifasini hisobga olgan holda, muayyan ishlab chiqarish uchun hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Umumiy soʻrma qurilmalariga chang va yengil kondensatsiyalanadigan bugʻlar soʻrmalari, bundan tashqari aralashganda zararli aralashmalar yoki kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi moddalarni birlashtirilishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Berilayotgan havoni uzatilishi asosan sozlanadigan havo taqsimlagichlar orqali ish zonasiga, mahalliy soʻrmalarni ishiga taʼsir qilmaydigan qilib berilishi nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Soʻrma tizimlari joylashgan xonalar, har xil portlash va yongʻinga xavfli toifali bir nechta xonalarga xizmat koʻrsatadigan boʻlsa, nisbatan xavfliroq toifa boʻyicha hisoblash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Xonaning havo muhiti tavsifini hisobga olib (ishlab chiqarish xonasining havosida chang, namlik, agressiv moddalarni boʻlishi) himoyalangan (chang-nam oʻtkazmaydigan, yongʻinga va portlashga xavfsiz) yoritqichlar nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Akril va metakril monomerlar asosida (efirlar, aminlar) polimer va sopolimer ishlab chiqarishida boshlangʻich xomashyoni tayyorlanishi yoki ishchi eritmalarni tayyorlash, monomer, polimer va sopolimerlarni olish, quritish, qadoqlash yoki quyish va tayyor mahsulotlarni vaqtincha saqlash izolatsiyalangan xonalarda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Polietilen va polipropilen ishlab chiqarganda eritmalarni regeneratsiya qilish boʻlimlarini, past bosimli polietilen va polipropilen ishlab chiqarish uchun katalizatorlarni joylash izolatsiyalangan xonalarda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Polivinilxlorid ishlab chiqarishda, vinilxloridni polimerizatsiyasi va polimerni tsentrafugalash boʻlimlari, quritish va tayyor mahsulotni elash boʻlimlari alohida joylashgan binolarda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Fenolformaldegid smolalarni ishlab chiqarishda smolani sintezi, suyuq smolani toʻkish va qattiq smolani idishlarga solish izolatsiyalangan boʻlimlarda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Stirolni polimer va sopolimerlar ishlab chiqarilishida monomerlarni, ularning aralashmalarini tayyorlash, polimerizatsiya, ajratish va quritish alohida xonalarda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Penopoliuretanlarni ishlab chiqarishda xomashyoni termostatlash, penopoliuretanni namunaviy koʻpiklanishi va pishirtirish, mahsulotdagi nuqsonlarni bartaraf etish, adgezivni tayyorlash, uni quritish alohida xonalarda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Gaz va chang ajralib chiqadigan ishlab chiqarish xonalarida zararli moddalarni sorbsiyaga qarshi va xoʻllab tozalashga imkoniyat beruvchi qoplama devorlar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda), Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) hamda mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Boshlangʻich materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni saqlashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Omborlarning asbob va uskunasi (ombor binolari, omborlarga joylash uchun maydonlar, rezervuarli parklar) texnologik loyihalashtirish va qurilish sanitar meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Yuk ortish va tushirish hamda yuklarning joyini oʻzgartirish bilan bogʻliq ishlar uchun omborlar va maydonlarda hamma operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Sochiladigan yuklarni yuklash va tushirish mexanizatsiyalashgan usul bilan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Bunkerlar va sochiladigan yuklar boshqa idishlarning yuqori qismi, idishga xodimlarning tushishiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus qurilmalar (panjaralar, lyuklar, toʻsiqlar) bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Yordamchi materiallarni saqlash uchun omborlar moʻljallangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirishda harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarini toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirish va foydalanish ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Kolonna va qaynatgichlarning tiqilishini, termopolimerlar hosil boʻlishini oldini olish uchun rektifikatlash kolonnalarida qoldiqlarni muntazam ravishda chiqarib turish qurilmalari nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Harorat, bosim va boshqa parametrlarni nazorat qilishni talab etadigan texnologik jarayonlarni olib borish uchun masofadan boshqarish va nazorat asboblari nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Xodimlar reaktorlarni xavfsiz ishlatish qoidalariga qatʼiy rioya qilishi va armatura, nazorat oʻlchov asboblari, saqlovchi moslamalarning texnik sozligini oʻz vaqtida tekshirib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Uskunaning konstruksiyasi mahsulotni tushirish, butunlay chiqarish va uskunaga sanitar ishlov berishni qiyinlashtirmasligi, muammosiz yuvish va turgʻun zonalarni tozalashni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Uskunani harakatlanadigan va aylanadigan qismlari toʻsiqlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Toʻsiqli moslamalar yetarli zich boʻlishi kerak, ishonchli mustahkamlanib, ishlab chiqarish ishlariga, uskunani sozlashga xalaqit bermasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Elektrostatik zaryadlar toʻplanishi mumkin boʻlgan uskuna va qurilmalar statik elektrdan himoyalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Kislotalar (azot, sera, fosfor, kremne-ftorvodorodli) va ishqorlar (kaustik va kalsiyli soda) uchun sigʻimlar va yigʻgichlar yopilgan boʻlib, sath koʻrsatgichiga hamda pol va maydonga suyuqlikni tushmasligini taʼminlovchi moslamaga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Porshenli havo kompressorlarni joylashtirish va foydalanish normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Uskunalarni oʻrnatishda quyidagi talablarga rioya etish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar doimo boʻladigan joylardagi asosiy oʻtish yoʻllari, shuningdek boshqarish shchitlariga xizmat koʻrsatish maydoni boʻyicha kengligi 2 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar muntazam oʻtadigan joylarda oʻtish yoʻllari balandligi 2 m dan past boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ish oʻrinlarida, shuningdek taroqsimon boshqarish tizimlariga, mahalliy nazorat-oʻlchov asboblari va hokazolarga ega boʻlgan mashinalar (kompressor, nasos, havo purkagichlar va h.k.) va apparatlarga xizmat koʻrsatish maydonchalaridagi asosiy oʻtish yoʻllarining kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma xizmat koʻrsatish zarur boʻlganda apparatlar, shuningdek apparatlar va bino devorlari oralaridagi oʻtish yoʻllari 1 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apparat va asboblarni koʻrikdan oʻtkazish, davriy tekshirish va rostlash uchun oʻtish yoʻllari 0,8 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida turgan nasoslar orasidagi oʻtish yoʻllari 0,8 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kompressorlar orasidagi oʻtish yoʻllari kompressorlar oldida boshqarish shitlari joylashgan hollarda 1,5 — 2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Quvurlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Quvurlarni joylash, yotqizish usullari va qurilmalar QMQ 3.05.05-97 “Texnologik moslamalar va texnologik quvurlar” va GOST 12.1.010-76 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Quvur materiallari, qismlari va armaturalarni tanlashda, quvurlar tasnifi hisobidan tashqari, ularning shartli oʻtish va transportlash parametrlari, agressiv va emirilish xususiyati hamda oddiy efirlarni kimyoviy tarkibining saqlanishini hisobga olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Quvurlar tayanchi orasiga zanglamaydigan poʻlat qistirgich joylashtirish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Tashqi material oʻtkazgichlar — payvandlangan boʻlishi kerak, ularni yonmaydigan materiallardan tayyorlangan estakadalarda oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Tashqi quvurlarini oʻz ishlab chiqarish binolarini korpus devorlari boʻyicha kronshteynlarga yotqizish mumkin, quvurlar deraza oʻrnini kesib oʻtmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Quvurlarni idish yoki sex apparatiga toʻliq boʻshatish imkoniyati taʼminlanadigan, qiyalik bilan joylashtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Sexlarda kirish quvurlariga texnologik tugunlar va toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Quvurlardan foydalanishda, ularning tashqi yuzasining ahvoliga va uning detallari (armatura, krepej, gardish ulamalari, payvand choklari) korroziyaga qarshi himoya va izolatsiyasi, drenajli moslamalar, moslashtirgichlar, tirgovuch qurilmalar va boshqalar holati yuzasidan nazorat amalga oshirilishi zarur. Nazorat natijalari jurnalda qayd qilinishi har smenada bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Portlash xavfi boʻlgan texnologik tizimlarda, qoidaga koʻra, egiluvchan shlanglarni qoʻllash man etiladi, toʻkish-quyish hollarida egiluvchan shlanglarni qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari” va SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. GOST 12.1.003-83 talablariga koʻra, shovqin ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida ruxsat etilgan meʼyorlardan oshmasligi lozim, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablarigi muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Ish joylarida tebranish parametrlarini oʻlchash kamida bir yilda bir marta, xodimlarni qoʻliga uzatiladigan lokal tebranishlarni bir yilda kamida ikki marotaba nazoratdan oʻtkazish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Shovqin va tebranmaning ruxsat etilgan chegara bosqichidan oshishi noqulay taʼsirini bartaraf etish maqsadida, xodimlar GOST 12.4.002-97, GOST 12.4.024-76, GOST 12.4.051-87 talablariga muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Shovqin darajasi 80 dBA dan ortiq boʻlgan hududlarda GOST 12.4.026-76 talablariga asosan xavfsizlik belgilari bilan belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Tovush bosimining oktava darajasi har qanday oktava chizigʻida 135 dBA dan yuqori boʻlgan zonalarda, qisqa vaqt davomida ham boʻlish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Ishlayotgan tashkilot hududida ishlab chiqarish (sex)ni yoki ishlayotgan sexda qurilma, agregat, ayrim asbob va uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha chiqarilgan buyruq (farmoyish) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Barcha asbob va uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali-ehtiyot taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Taʼmirlash ishlarini olib boruvchi pudratchi tashkilotning xodimlari ishni boshlashidan oldin, ushbu sexning xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma talablari boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtishlari kerak. Yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi va yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish jurnaliga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Buyurtmachi tomonidan pudratchi ishlayotgan zonada zararli va portlash xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan meʼyoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Asbob va uskunani taʼmirga tayyorlashda quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiya oʻchirilishi, yigʻma va shchitlardagi kuchlanishni uzish, taʼmirlanadigan obyektni tiqinlar yordamida obyektga barcha kelayotgan va undan ketayotgan kommunikatsiyalardan uzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob va uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob va uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlaridan (yuvish, bugʻlash, puflash va shamollatish) boʻshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlanadigan asbob va uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillar oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiqin oʻrnatiladigan joylarni tayyorlash va ularni oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Gaz xavfi boʻlgan ishlarni oʻtkazish zarur boʻlganda, ishlar boshlangunga qadar pudratchining xodimi nafas olish yoʻllarining shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalariga oʻqitilgan boʻlishi, zaharli va zararli omillar va ularni belgilarini, evakuatsiya tartibi va yoʻli hamda jabrlanuvchiga shifokor kelguncha birinchi yordam koʻrsatishni bilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish kerak. Narvonlar xavfsizlik texnikasi talablariga mos sinalgan, soz boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Maydonchalar va zinalardagi toʻsiqlarni soz holatda ushlab turish zarur. Xavfli joylarda ogohlantiruvchi plakatlar mavjudligi koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Pudratchilar ish bajarishda, qazilgan kotlovan va chuqurliklari xavfsizlik toʻsiqlari bilan toʻsiladi, sexda va tashkilot hududida qazilgan transheyalar orqali odamlar oʻtadigan joylarga panjarali koʻprikchalar oʻrnatiladi. Toʻsiqlarga ogohlantiruvchi yozuv va belgilar, tungi vaqtda maxsus chiroqlar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Taʼmirlash ishlarini bajarish uchun statsionar yuk koʻtaradigan — transport vositalari va amaldagi siqilgan havo, bugʻ, suv va kislorod tarmoqlaridan foydalanish naryad-ruxsatnomada tegishli yozuv bilan bevosita pudratchining ishlar boʻyicha rahbarining buyurtmasiga binoan taʼmir oʻtkazilayotgan sex boshligʻining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek ish tugaganidan keyin uzish buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Agarda sinov oʻtkazilgandan soʻng, taʼmirlash jarayonida meʼyoriy hujjatlarning barcha talablariga rioya etilganligi tasdiqlanganda va koʻrsatkichlari pasport maʼlumotlariga mos kelsa, asbob va uskunalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob va uskunalar uchun ish rejimi belgilanib, asbob va uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqanidan soʻng, taʼmirlangan asbob va uskunalar ishlatishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Mazkur Qoidalarni buzgan aybdor mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII.Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti va “Oʻzkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti rahbari S. RAShIDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikat agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Polimer materiallarni reaktor bilan olishda xavfsizlik qoidalari” kelishuv varagʻiga qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi X. ShERMATOV