Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
1. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-dekabr,
PF-4399-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PF-4399-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2012-yil 1-yanvardan kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni:
a) 7-bandida:
“5 yil muddatga” soʻzlari “2018-yilning 1-yanvarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan yangi tibbiy jihozlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va tibbiyot uskunalarining sarflanadigan materiallari 2018-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatda bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2010-yil 30-martdagi PF-4210-son Farmoni 1-bandidagi “2012-yilning 1-apreligacha” soʻzlari “2014-yilning 1-yanvarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-son Farmoni 2-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PF-4399-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadigan ayrim farmonlari
* 2012-yilning 1-yanvarigacha soliq imtiyozlaridan foydalangan soliq toʻlovchilar uchun mazkur soliq imtiyozlari, ushbu imtiyozlar berilgan muddat nihoyasiga yetguncha amal qiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 7-apreldagi PF-4102-son Farmoni.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 558-modda)