26.12.2011 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI AVTOMOBIL YOʻLLARIDA XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH VA TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda yoʻl qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 26-apreldagi PQ-62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllari mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Oʻzavtoyoʻl” DAK bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalarda belgilangan talablar yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Avtomobil yoʻllaridan foydalanish qoidalari va ularni qoʻriqlash toʻgʻrisida” 1974-yil 17-apreldagi 172-son qarori (Qarorlar toʻplami, 1974-y., 4-son, 16-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zokirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllari mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” va “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharlarda yoʻl qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 26-apreldagi PQ-62-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻli — transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan, ularning belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi boʻshliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻlining oʻq chizigʻi — qatnov qismi yoki ajratuvchi tasma oʻrtasidan oʻtuvchi shartli chiziq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllarini rivojlantirish chizmasi — iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni rivojlantirishga bogʻliq holda avtomobil yoʻllarini rivojlantirishning maqsadi va asosiy koʻrsatkichlarini, ularni loyihalash, qurish, taʼmirlashning maqsadga muvofiqligini asoslovchi va texnik darajasini oshirish boʻyicha boshqa tadbirlarni oʻz ichiga olgan chizma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar — yoʻl harakatining ishtirokchilari boʻlgan yoki ajratilgan mintaqa hamda yoʻl boʻyi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mintaqa — avtomobil yoʻli, uning tegishli tarkibiy elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek avtomobil yoʻlidan foydalanish uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtlar oʻtqazish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov qismining cheti — qatnov qismini yoʻlboʻyidan ajratuvchi chiziq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizil chiziq — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uchun yoʻl qurilishiga ajratilgan yer tasmasi chegarasidan boshlab belgilangan xavfsizlik mintaqasi. Koʻchalar uchun qatnov qismi chetidan boshlab belgilangan xavfsizlik mintaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistral koʻcha — shaharning asosiy tarmoq yoʻli. Ular umumshahar ahamiyatiga ega boʻlgan (aholi yashovchi, sanoat tumanlari va jamoat markazlari oʻrtasidagi aloqa, shahar tashqarisidagi avtomobil yoʻllariga chiqish) va tuman ahamiyatidagi magistral koʻchalar (tuman chegarasidagi va umumshahar ahamiyatiga ega boʻlgan magistral koʻchalar bilan transport aloqalari)ga boʻlinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Ushbu atama barcha traktor va oʻziyurar moslamalarga ham taalluqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlning rejasi — yoʻlda joylashgan barcha inshootlar bilan yoʻlning gorizontal tekislikdagi aksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlboʻyi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlga mutasaddi xoʻjalik — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻli tarmogʻini, uning meʼyoriy ekspluatatsiyasi uchun zarur boʻlgan barcha inshootlarni, shuningdek mazkur yoʻllarni tuzatish va saqlash bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlarni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl xizmati — avtomobil yoʻllarini va yoʻl inshootlarini saqlash va tuzatish, avtomobillarning xavfsiz harakatini taʼminlash, yoʻlning texnik toifasini saqlash va oshirish boʻyicha ishlar yuklangan boʻlinmalar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl tarmoqlarini rivojlantirish — hududdagi iqtisodiyot tarmoqlariga va aholining avtomobilda tashishga boʻlgan ehtiyojiga hamda xalqaro avtotransport tashuvlarining hajmiga bogʻliq ravishda avtomobil yoʻllarining kelajakdagi rivojlanish rejasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl muhandislik qurilmalari — harakat xavfsizligini va uzluksizligini taʼminlash, yoʻlovchilar, haydovchilar va avtomobillarga harakat boʻylab xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan inshootlar majmuasi. Ularga avtobus bekatlari, tezlikni oshirib oʻtish tasmasi, avtomobillar toʻxtab turishi uchun maydonchalar, dam olish maydonchalari va avtobuslarni kutish uchun ayvonlar, yoʻlni qor koʻchkilaridan, qor bosishidan himoyalash uchun qurilmalar, aloqa yoʻllari va yoʻlni yoritish vositalari kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl toifasi — avtomobil yoʻlining respublika umumiy transport tarmogʻi va xalq xoʻjaligidagi ahamiyatini, undagi harakat jadalligini ifodalovchi mezon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl yoqasi — yoʻl poyining ikki tomonida joylashgan boʻlib, u qatnov qismining yon tomonidan yoʻl poyining chetigacha boʻlgan joydir. Yoʻlning qatnov qismini oʻrab turadigan yoʻl yoqasining borligi avtomobillarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydi. Yoʻl yoqasida mustahkamlangan chetki tasma yotqiziladi, ular qoplama chetining mustahkamligini oshiradi. Yoʻl yoqasining kengligi yoʻl toifasiga bogʻliq boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl toʻshamasi — bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat boʻlib, bir nechta qatlam toʻshamasi qoplama, asos va asosning qoʻshimcha sovuq va issiqdan himoyalovchi, suv oʻtkazuvchi va boshqa qatlamlaridan iborat boʻladi. Transport vositalaridan tushayotgan yuklamaga qarshiligi va iqlim taʼsiriga munosabati boʻyicha yoʻl toʻshamalari qattiq qoplamali va asosli toʻshamalar hamda qattiq boʻlmagan qoplamali va asosli toʻshamalarga boʻlinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport oqimi — turli darajada yuklangan har xil rusumdagi avtomobillarning va boshqa transport vositalarining yoʻl boʻylab aynan bir vaqtdagi harakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport oqimining zichligi — transport-ekspluatatsiya xususiyati boʻyicha bir xil yoʻl uchastkasining birlik uzunligiga toʻgʻri keladigan, odatda, 1 km oraliqdagi avtomobillar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat jadalligi — maʼlum vaqt (oʻrtacha bir soat yoki bir kecha-kunduz) oraligʻida yoʻlning muayyan kesimidan oʻtadigan avtomobil va boshqa turdagi transport vositalari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik mintaqasi — umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uchun yoʻl qurilishiga ajratilgan yer tasmasi chegarasidan qizil chiziqqacha boʻlgan masofa. Koʻchalar uchun — qatnov qismi chetidan qizil chiziqqacha boʻlgan masofa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari hamda shahar koʻchalarida, shuningdek, ular uchun ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligini taʼminlash va tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish va takomillashtirish, yagona texnika siyosatini olib borish — maxsus vakolatli organga, shaharlar va boshqa aholi punktlarining transport infratuzilmasini rivojlantirish, koʻchalarini loyihalashda normalar va standartlarga rioya etilishini taʼminlash — mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar koʻchalari — shahar va tuman ahamiyatiga ega boʻlgan koʻchalarga hamda magistral koʻchalarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish hamda ularni saqlash ishlari — maxsus vakolatli organ va uning hududiy idoralari tomonidan, koʻchalar va ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish hamda ularni saqlash ishlari — mahalliy hokimiyatlar va ularga qarashli tegishli tashkilotlar (obodonlashtirish tashkilotlari va h.k.) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalari, shuningdek ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligining taʼminlanganligi va toʻgʻri tashkil etilganligi, harakat xavfsizligi talablariga zid kamchiliklar va noqonuniy qurilishlar boʻlmasligi yoʻl tashkilotlari (yoki boshqa mutasaddi idoralar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati deb ataladi) tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalari, shuningdek ularga ajratilgan mintaqalarning kelgusida rivojlantirish rejasini hamda mazkur joylarga quriladigan obyektlarning meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalari hamda ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligi talablariga zid noqonuniy qurilishlar va boshqa kamchiliklar yoʻl tashkilotlari (yoki boshqa mutasaddi idoralar) va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan aniqlanib, tegishli tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdimnoma (yoki xabarnoma) kiritilganda ular tomonidan oʻz vakolatlari doirasida tegishli choralar koʻrilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Avtomobil yoʻllarini qurish (taʼmirlash va rekonstruksiya qilish) loyihalarini kelishish, tasdiqlash va taʼmirlash ishlarini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining va shahar koʻchalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha ish loyihalari loyihalash tashkiloti bilan kelishilgandan soʻng Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalqaro ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining va shahar magistral koʻchalarining ish loyihalari loyihalash tashkiloti bilan kelishilgandan soʻng Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishiladi, soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida va shahar koʻchalarida taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek qazish va boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirish tegishli shaharsozlik normalari va qoidalari asosida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotgan tashkilot taʼmirlash ishlari olib borilayotgan joylardagi harakat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼmirlash ishlari olib boriladigan yoʻl qismiga taʼmirlashni boshlashdan oldin vaqtinchalik yoʻl belgilari, signallar va svetoforlar, toʻsuvchi va yoʻnaltiruvchi moslamalar oʻrnatiladi, qatnov qismiga vaqtinchalik yotiq chiziqlar chiziladi, zarur hollarda esa — taʼmirlanayotgan joyni aylanib oʻtish yoʻllari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan joylar toʻsuvchi shitlar, ensiz toʻsiqlar, ustunchalar, ishora ustunchalari, konuslar, rangli bayroqchali bogʻichlar, ishora chiroqlari yordamida toʻsib muhofazalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Harakatlanishni tashkil etishning texnik vositalari yoʻl ishlari olib borilayotgan joylarni toʻsiqlar bilan oʻrash va mazkur joylarda harakatlanishni tashkil etish ilovada keltirilgan namunaviy sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Taʼmirlash ishlari oʻtkazilayotgan joylarda harakatlanishni tashkil etish sxemasini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport haydovchilarini va piyodalarni yoʻl ishlarining boshlanishi sababli yuzaga kelgan xavf haqida ogohlantirish va ushbu xavfning tavsifini izohlab koʻrsatish (panno va stendlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov qismidagi toʻsiqlarni aylanib oʻtish yoʻnalishini, yoʻlning taʼmirlanayotgan qismini aylanib oʻtadigan yoʻl tashkil qilinganda esa — ushbu yoʻlning yoʻnalishi qaysi tomonga olib borishini aniq belgilab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlash ishlari olib borilayotgan yoʻlning qismiga yaqinlashganda transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi tartibini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Taʼmirlash ishlarini olib borish va transport vositalarining harakatlanishi sharoitlari mavjud sxemalar turlarining birontasiga ham toʻgʻri kelmagan hollarda, shu joyning oʻzi uchun harakatlanishni tashkil etishning alohida sxemasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoʻlning taʼmirlash ishlari bajariladigan joylarida harakatlanishni tashkil etish va ushbu joylarni toʻsiqlar bilan toʻsish sxemasi hamda taʼmirlash ishlarini tugatish muddati yoʻl tashkilotining rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan joylarda ishlar tugallangunga qadar xavfsiz harakatlanishni tashkil etish masʼuliyati mazkur ishlarni amalga oshirayotgan tashkilot rahbarlari zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Chegaradan oʻtkazish punktlari va undan keyin qoʻshni davlat bilan chegara chizigʻigacha boʻlgan hududlardan oʻtgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va ularning mintaqasidagi xalqaro yuk tashuvchi transport vositalari uchun kutish maydonlari maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda quriladi, taʼmirlanadi va rekonstruksiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Avtomobil yoʻllaridan hamda ularga ajratilgan mintaqalardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar, avtomobil yoʻllari mintaqasida yer osti va ustidan oʻtuvchi hamda boshqa inshootlar va kommunikatsiyalarni quruvchi yoki taʼmirlovchi tashkilotlarning ushbu tartibga amal qilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari uchun xavfsizlik mintaqasi (qizil chiziqqacha boʻlgan masofa) yoʻllarning toifalari boʻyicha qurilish uchun ajratilgan yer tasmasi chegarasidan quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 2 — toifadagi avtomobil yoʻllarida — 25 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 — toifadagi avtomobil yoʻllarida — 20 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 va 5 — toifadagi avtomobil yoʻllarida — 15 metr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari qurilishi uchun ajratilgan yer tasmasi chegarasi tegishli qurilish meʼyorlari va qoidalarida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shahar koʻchalari uchun xavfsizlik mintaqasi (qizil chiziqqacha boʻlgan masofa) shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yuridik va jismoniy shaxslar yoʻl qoplamalari va yoʻl inshootlariga ziyon yetkazmaydigan, harakat xavfsizligi talablariga javob beradigan, texnik jihatdan soz mexanik transport hamda transport vositalaridan foydalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻqiga tushadigan yuklama va toʻliq vazni amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangandan yuqori boʻlmagan transport vositalariga, oʻziyurar mashinalar va mexanizmlarga avtomobil yoʻllarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Avtomobil yoʻllari va ularning xavfsizlik mintaqalarida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari va koʻchalarni, ulardagi sunʼiy inshootlarni saqlashga va harakat xavfsizligini taʼminlashga taalluqli boʻlmagan boshqa bino va inshootlarni qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllarga, yoʻl inshootlari, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlariga, harakatlanishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi vositalarga hamda yoʻlga taalluqli boshqa narsalarga ziyon yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanish vaqtincha toʻxtatilgan yoʻl qismlaridan transport vositasida maxsus ruxsatnomasiz oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq va kuchaytirilgan qoplamali yoʻllarda zanjirli transport vositalarining maxsus himoyalovchi boshmoqlarsiz harakatlanishi, shuningdek katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
podalarni haydab oʻtish, ularni boqish (podalarni faqat belgilangan va tegishli yoʻl belgisi qoʻyilgan joydan haydab oʻtishga ruxsat etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatnov qismi va yoʻl chetini, koʻpriklarni, quvurlarni, ariqchalarni, suv qochirish inshooti (drenaj) qurilmalarini ifloslantirish, yoʻllarga va ajratilgan mintaqaga toʻkilib-sochiladigan yuklarni belgilangan idishlarga joylashtirmasdan tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishlarni ajratuvchi tasmaga barcha turdagi transport vositalarining chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl va yoʻl inshootlarini har qanday elementlar bilan, aravalar, texnikalar, materiallar va boshqalar bilan toʻsib qoʻyish, arkalar, shlagbaumlar va boshqa inshootlar qurish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, har xil materiallarni taxlab qoʻyish, chiqindi va qorlarni uyib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini taʼmirlash va moylash, yonilgʻi-moylash materiallarini quyish, yuk ortish, yuk tushirish, yukni boshqa texnikaga ortish va mahkamlash, tozalash va yuvish (ilojsiz holatlarda ular yoʻldan chiqib, ajratilgan tasma hududida amalga oshirilishi mumkin, biroq haydovchi yoki transport vositasi egasi shu joyni darhol tozalab qoʻyishi shart);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mintaqada hamda koʻpriklardan, yoʻl oʻtkazgichlardan va estakadalardan 200 metrgacha boʻlgan masofalarda lagerlar, palatkali shaharchalar barpo etish va olov yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolar va anhorlarning koʻpriklari ostida qayiqlar stansiyasi, qayiqlar toʻxtash joyi va boshqa inshootlar qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolardagi koʻpriklardan oʻzan boʻylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 km.gacha boʻlgan masofada qum va toshlar olish uchun karyerlar barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer shoʻrini yuvish, yoʻl chetidagi ariqchalardan sugʻorish uchun foydalanish, madaniy qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish, yashil mintaqani sugʻorish kabi ishlarda avtomobil yoʻllarini suvga bostirish, ajratilgan mintaqani balchiqlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv qochiruvchi inshootlarga va zaxira yerlarga kanalizatsiya, ishlatilgan melioratsiya va oqava suvlarni oqizish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining avtomobil yoʻllarini kesib oʻtish joylarini elektr simi uzilib yoʻl qismiga tushishiga qarshi xavfsizlikni taʼminlovchi himoya qurilmalarisiz qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida maxsus vakolatli organ bilan kelishmasdan quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllarini kanallar, aloqa va elektr energiyasi uzatuvchi tarmoqlar, neft va gaz oʻtkazuvchi quvurlar hamda temir yoʻllar bilan kesib oʻtish;
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻpriklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning oʻzanlarini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻliga qoʻshilib ketgan shlyuzlar, toʻgʻonlar va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mintaqada yoʻl axborotiga aloqasi boʻlmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, eʼlonlar oʻrnatish va joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllarining chetlarida, yoʻl koʻtarmalari yoki oʻymalari qiyaliklarida joylashgan foydalanishdagi aloqa va elektr energiyasi uzatish tarmoqlarini taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mintaqada koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish (yoʻl tashkilotlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolar va kanallardagi koʻpriklar osti qirgʻoqlarda turib oʻlchov va boshqa ishlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllarida sport musobaqalari va ommaviy tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllaridan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va quritish maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta hajmli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Avtomobil yoʻllarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida yoʻl va obodonlashtirish tashkilotlari quyidagilarni amalga oshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllarni va yoʻl inshootlarini soz holda saqlash, qishda qisqa vaqtda qordan tozalash va muzlamalarning oldini olish uchun tegishli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl belgilarini amaldagi davlat standartlariga asosan oʻrnatish, harakatlanish uchun xavfli boʻlgan uchastkalarni zarur toʻsiqlar va qurilmalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllarda taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotganda ushbu uchastkalarning talab darajasida jihozlanishini, kechasi va kunduzi yaxshi koʻrinadigan toʻsiqlar, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlarining oʻrnatilishini taʼminlash, zarur hollarda aylanib oʻtuvchi yoʻllarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllarning qatnov qismini qurilish materiallari bilan toʻsilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik, ishlamayotgan yoʻl mashinalari va mexanizmlarini oʻz vaqtida yoʻldan chetga chiqarib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobus bekatlarida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish maydonchalari boʻlishini taʼminlash, zarur hollarda avtopavilyonlar qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilarning dam olishi uchun belgilangan joylarda transport vositalari turishi uchun tegishli shart-sharoitlar boʻlgan maydonchalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl sharoiti bilan bogʻliq holda sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining sabablarini doimiy ravishda oʻrganib borish va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan uzviy hamkorlikda harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻliga qoʻshiladigan va shoxobcha yoʻllarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trotuarlar va piyodalar yoʻlkalarining qor va chiqindilardan tozalab turilishini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrashi va saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl bilan tutash boʻlgan toʻsiqlar hamda qurilishlarni soz va boʻyalgan holda saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻliga tutash butalarni parvarish qilishi va imoratlarni soz holatda saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻli oʻqidan ellik metrdan kam boʻlgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar toʻplanishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yoʻl harakati ishtirokchilari avtomobil yoʻllarida va yoʻl inshootlarida harakat xavfsizligiga zid nosozliklar va buzilishlarni koʻrishganda, bu haqda yaqindagi yoʻl tashkilotlari yoki ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Amaldagi texnik meʼyorlarga asosan avtomobil yoʻllari bilan bir sathda kesishgan temir yoʻl kesishmalarini saqlash, shuningdek barcha turdagi shlagbaumlar va kesishmalarni qoʻriqlash temir yoʻl organlari tomonidan amalga oshiriladi. Temir yoʻllar ustidan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini oʻtkazish uchun qurilgan yoʻl oʻtkazgichlarini soz holatda saqlash va ulardan belgilangan tartibda foydalanishni taʼminlash yoʻl tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega yoʻllar bilan tutashuvchi va kesib oʻtuvchi barcha yoʻllar asosiy yoʻldan ikkala tarafda 100 metr masofagacha qattiq qoplamali boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Birinchi va ikkinchi toifali hamda kelajakda qayta taʼmirlanib yuqori toifaga oʻtkazilishi rejalashtirilgan uchinchi toifali avtomobil yoʻllarining ikkala tarafida ham yaqin masofalarda imoratlar qurish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllarining bir tarafidan quyidagi hollarda, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari (hududlarni meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari, bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari) asosida qishloq xoʻjaligi yerlariga imoratlar qurilishi, Hukumat qarorlarida belgilangan hollarda - belgilangan tartibda obyektlar: yoʻlning qatnov qismi chetidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq joylarda — 200 metr uzoqlikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashash joylarida, avtomobil yoʻllarining aholi punktlari chegaralari tutashgan tarafida — 100 metr uzoqlikda joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yer osti va yer ustidan oʻtuvchi muhandislik kommunikatsiyalari meʼyoriy hujjatlar asosida rivojlanishni hisobga olgan holda 22-bandda belgilangan xavfsizlik mintaqasidan tashqarida oʻtishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birorta kommunikatsiya tarmoqlarining toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl toʻshamasida joylashtirilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Avtomobil yoʻllarida taʼmirlash ishlarini olib boruvchi tashkilotlar kelishilgan tartibga rioya etishlari, bajariladigan ishlarni oʻz vaqtida sifatli tugallashlari, shuningdek transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tashkilotlarning masʼul xodimi taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, texnologik jarayon, ishlarni boshlash va tugallash vaqti koʻrsatilgan hujjatlarni bosh pudratchi tashkilotlardan olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Avtomobil yoʻllari mintaqalarida servis va infratuzilma obyektlarini joylashtirish belgilangan tartibda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishilgandan hamda yer ajratish komissiyalaridan oʻtgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yoʻl boʻyida amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablari asosida joylashgan bozorlar va boshqa tashkilotlar, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari boʻlsa, ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalari uchun barcha qulayliklarga ega, kirish va chiqish yoʻllari boʻlgan maydonlar hamda transport vositalarini vaqtincha saqlash joylari boʻlishini belgilangan tartibda taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tabiiy ofatlar roʻy berganda, favqulodda holatlar yuzaga kelganda yoki taʼmirlash-qurilish ishlari amalga oshirilganda yoʻl tashkilotlarining masʼul xodimlari yoʻl qismida “Harakatlanish taqiqlanadi” yoʻl belgisini oʻrnatib, transport vositalari harakatini toʻxtatish huquqiga egadirlar. Bunday holatlarda birinchi navbatda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlariga xabar berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy tadbirlar oʻtkazish paytida esa yoʻllarda harakatlanishni vaqtincha chegaralash yoki toʻxtatish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining farmoyishi boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllarida harakatlanishni vaqtincha chegaralash yoki toʻxtatish tegishli yoʻl tashkilotlari tomonidan, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Vakolatli organlar tomonidan avtomobil yoʻllari va uning mintaqasini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yoʻllardan foydalanishda sodir boʻlgan va transport vositalari harakatlanishiga toʻsqinlik qiluvchi hamda harakat xavfsizligiga zid kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun amalga oshiriladigan kundalik nazorat Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Avtomobil yoʻllari yoqasi va ularga ajratilgan mintaqalar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mavsumiy (bahorgi va kuzgi), nazorat tartibidagi va maxsus koʻriklar orqali doimiy nazoratga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Koʻrik davomida aniqlangan kamchiliklar va tartibsizliklar (noqonuniy qurilishlar) yuzasidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tegishli tashkilotlarga yozma koʻrsatmalar va mahalliy hokimliklarga taqdimnomalar kiritilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma koʻrsatmalar va taqdimnomalar olgan tegishli tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari zudlik bilan, oʻz vakolati doirasida, aniqlangan kamchiliklarni va tartibsizliklarni (noqonuniy qurilishlarni) bartaraf etish choralarini koʻrishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Avtomobil yoʻllarini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organ Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan (shahar koʻchalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan) kelishilgan holda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini (shahar koʻchalarini) bir yilda ikki marta (bahor va kuzda) mavsumiy koʻrikdan oʻtkazishi va koʻrik natijalari asosida yoʻl harakati xavfsizligi tadbirlarini ishlab chiqishi hamda ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borishi, harakat xavfsizligiga zid holatlar yoki yoʻlning holatiga bogʻliq boʻlgan yoʻl-transport hodisalari koʻpaygan yoʻl qismlarini kelgusi yilga taʼmirlash rejasiga kiritish boʻyicha tegishli organlarga taklif taqdim etishi (mahalliy davlat hokimiyati organlari esa oʻz rejalariga kiritishi) zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Qoidalarda belgilangan talablarni buzganlikda aybdor hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida” va “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash hamda uni muvofiqlashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtopoyezd — tirkama (tirkamalar) ulangan mexanik transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta hajmli yuk — oʻlchamlari (balandligi, kengligi yoki uzunligi)ning birorta koʻrsatkichi ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida tashishda mazkur Qoidalarda bayon etilgan meʼyoriy oʻlchamlardan katta boʻlgan yuk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta hajmli transport vositasi — yuklangan yoki yuksiz holda oʻlchamlari (balandligi, kengligi yoki uzunligi)ning birorta koʻrsatkichi ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida harakatlanishi uchun mazkur Qoidalarda bayon etilgan meʼyoriy oʻlchamlardan katta boʻlgan transport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuvchi maxsus avtomobil — tashish yoʻnalishida harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida (belgilangan tartibda toʻlov asosida) yukli avtomobilni kuzatib boruvchi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining patrul avtomobili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tashuvchi — qonunchilik asosida oʻzi egalik qiladigan avtotransportda yuklarni tashishni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositasi — metrologik tekshirishdan oʻtgan, foto va video suratga oluvchi, avtomatik rejimda ishlovchi, avtotransport vositalarining turi, rusumi, roʻyxatdan oʻtgan davlat raqami belgisini, vazn va (yoki) gabarit parametrlarini qayd etuvchi sertifikatsiyalangan maxsus nazorat-oʻlchash texnik uskunasi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi hududida kelishilgan aniq yoʻnalish boʻyicha katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishga huquq beruvchi hujjat. Maxsus ruxsatnoma avtomobil yoʻliga amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda egalik qiluvchi yuridik shaxs tomonidan bir martali yoki koʻp martali tashuv uchun beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir vaznli yuk — vazni ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida tashishda transport vositasining gʻildirak oʻqiga tushadigan ogʻirligi mazkur Qoidalarda bayon etilgan meʼyoriy miqdorlardan ortiq boʻlgan yuk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishga ruxsat beruvchi tashkilot — katta hajmli va ogʻir vaznli yuklar bilan avtotransport vositasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida harakatlanishga ruxsat beruvchi va harakatlanish yoʻnalishini belgilovchi, yoʻllarga egalik qiluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishni kelishuvchi tashkilot — katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashish yoʻnalishidagi avtomobil yoʻllariga, sunʼiy inshootlarga yoki aloqa yoʻllari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, temir yoʻl kesishmalari va boshqalar)ga egalik qiladigan yoki ular balansida boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek harakat xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashish — transport vositalarining yuk bilan harakatlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni avtotransportda xalqaro tashish — yuklarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoki tashqaridan mamlakat hududiga tashish, shuningdek mamlakat hududidan tranzit tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni avtotransportda mahalliy tashish — yuklarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralaridan chiqmagan holda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya qiluvchi avtomobil — katta hajmli va ogʻir vaznli yukni transport vositasida tashishni kuzatib borish va xavfsizligini taʼminlash uchun yukni tashuvchi yoki joʻnatuvchi tomonidan ajratilgan avtomobil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el tashuvchisi — qonunchilik asosida oʻzi egalik qiladigan avtotransportda yuklarni tashishni amalga oshiradigan xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishda foydalaniladigan transport vositalarining texnik holati, jihozlanishi va qoʻshimcha jihozlari hamda ularning harakatlanishida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha asosiy talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qoidalar hajmlari va ogʻirlik xususiyatlari boʻyicha amaldagi davlat standartlarida koʻrsatilgan meʼyorlardan yuqori boʻlgan va yoʻl harakati qoidalarida belgilangan oʻlchamlardan katta boʻlgan transport vositalarida yuk tashishni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qoidalarga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan oʻlchamlarning birortasidan yuqori oʻlchami bilan farq qiladigan transport vositasi (yuk bilan yoki yuksiz) katta hajmli hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasining gabarit oʻlchamlari haqiqiy koʻrsatkichlari chiziqli-oʻlchash asbobi yordamida, toʻliq massa va oʻqqa tushadigan ogʻirligi esa turgʻun yoki koʻchma turdagi avtomobil tarozilari yordamida yoxud maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari orqali harakatlanishi paytida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiziqli-oʻlchash asbobi, shu jumladan, maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari va avtomobil tarozilari soz holatda boʻlishi va sertifikatlarga va (yoki) metrologik tekshirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi davlat tamgʻasiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda oʻlchash asbobining ikki foizli farq bilan ishlashiga yoʻl qoʻyiladi va u yuk tashuvchi foydasiga talqin qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashiladigan yukning gabarit oʻlchamlari va (yoki) uning vazni belgilangan koʻrsatkichlardan oʻta yuqori boʻlganligi yoxud avtomobil tarozilari, maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalarining yoʻqligi (nosozligi) sababli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositasining umumiy massasini va oʻqlarga tushadigan ogʻirligini aniqlashning imkoni boʻlmaganda, zarur boʻlgan parametrlar tovar-transport hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida aniqlanishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish, ularni bir necha qismlarga boʻlish va boshqa transport vositasi bilan tashish imkoni yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan holdagina amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport turini tanlash katta hajmli yoki ogʻir vaznli uskuna yoki mahsulotni tayyorlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida amalga oshiriladi. Hisob-kitoblarda avtomobil yoʻllari, sunʼiy inshootlar, temir yoʻl kesishmalari va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoʻl harakati qoidalari va mazkur Qoidalar talablarini bajarmaslik natijasida yoʻl va sunʼiy inshootlarga zarar yetkazilsa, yuk tashishni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs va transport vositasining haydovchisi amaldagi qonunchilik boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maxsus ruxsatnomalarni berish va harakatlanish yoʻnalishini kelishish tartibi
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuk tashuvchi yoki yuk joʻnatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (yoki ularning vakillari) maxsus ruxsatnoma va yoʻnalish chizmasini olish uchun yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslarga tashuvni amalga oshirishdan kamida 10 kun oldin transport vositasining rusumi, turi, davlat raqami belgilari va yukning oʻlchamlari, haydovchi va yuk tashishga masʼul boʻlgan xodimlarning ismi, familiyasi, otasining ismi koʻrsatilgan yozma xat bilan murojaat etishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Amaldagi meʼyoriy hujjatlardagi talablarga muvofiq yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan yuk tashishga maxsus ruxsatnoma va harakatlanish yoʻnalishi aniq belgilangan yoʻnalish chizmasi beriladi. Yuk tashuvchi yoki yuk joʻnatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (yoki ularning vakillari) yoʻnalish chizmasini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan (15 va 16-bandlarga asosan) belgilangan tartibda kelishadi, soʻngra yoʻnalish chizmasi va ruxsatnomadan bir nusxa qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma bir marta yuk tashish uchun beriladi. Bir xil turdagi yuklarni belgilangan qatnov boʻyicha tashishda maʼlum miqdordagi yuklarga yoki yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan belgilangan muddatga ruxsatnomalar berilishi mumkin (bu holda tashilayotgan yuk hajmi, aniq bir obyektning qurilish muddati va boshqalar hisobga olinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar talablariga muvofiq harakatlanish yoʻnalishi kelishib olinishi kerak boʻlgan tashkilotlarning aniq roʻyxati ruxsatnomani beruvchi yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuk tashishning harakat yoʻnalishini kelishib olish avtomobil yoʻllariga egalik qiluvchi yuridik shaxslar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yuk tashish yoʻnalishi bir yoki bir necha shahar hududidan oʻtadigan boʻlsa, uni kelishish oʻsha shaharlar hokimliklarining tegishli tashkilotlari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukning balandligi yoʻl sathidan 4,5 metrdan yuqori boʻlgan taqdirda shahar elektr transporti, elektr tarmogʻi va boshqa aloqador tashkilotlar bilan kelishish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi hollarda temir yoʻl organlari bilan kelishish amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashish yoʻnalishi temir yoʻl bilan bir sathda kesishganda, transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz kengligi 5 metrdan, yoʻl sathidan balandligi 4,5 metrdan, bir tirkamali (yarim tirkamali) avtopoyezdning uzunligi 20 metrdan, ikki va undan ortiq tirkamali avtopoyezdning uzunligi 24 metrdan ortiq boʻlsa, shuningdek transport vositasining umumiy ogʻirligi 52 tonnadan yuqori yoki harakatlanish tezligi soatiga 5 kilometrdan kam boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk tashish yoʻnalishi temir yoʻl koʻprigi, temir yoʻl oʻtkazgichi ostidan oʻtganda, transport vositasining kengligi yuki bilan yoki yuksiz 5 metrdan ortiq, balandligi yoʻl sathidan 4,35 metrdan ortiq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Qoidalarning 9, 10, 12 va 13-bandlarida koʻrsatilgan tegishli tashkilotlarga yuboriladigan kelishish xatlarida harakatlanish yoʻnalishi, belgilangan sanasi va vaqti, transport vositasining yuk bilan eng kam burilish radiusi, gʻildirak yoʻllarining va gʻildiraklarning soni, ularning joylashish chizmasi, oʻqlarga tushadigan ogʻirlikning taqsimlanishi, umumiy ogʻirligi, yukli transport vositasining oʻlchamlari, transport vositasining rusumi va turi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat hududida va viloyatlararo yuk tashish amalga oshiriladigan boʻlsa yoʻnalish chizmasi hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoki tashqaridan mamlakat hududiga yuklarni tashishda, shuningdek mamlakat hududidan yuklarni tranzit tashishda yoʻnalish chizmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari yoʻldagi vaziyatdan kelib chiqqan holda ruxsatnoma va yoʻnalishni belgilab bergan tashkilot bilan kelishib yoʻnalish chizmasiga hamda tashish muddatiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuk tashuvchi yoki yuk joʻnatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (yoki ularning vakillari) yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslardan maxsus ruxsatnoma va yoʻnalish chizmasini olgandan soʻng Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan belgilangan tartibda yoʻnalish chizmasini kelishish uchun tashuvni amalga oshirishdan kamida 3 kun oldin quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi, tirkamasining rusumi, turi, davlat raqami belgilari va yukning oʻlchamlari hamda vazni koʻrsatilgan xat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchi va yuk tashishga masʼul boʻlgan xodimlarning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan harakatlanish yoʻnalishi belgilangan chizma va maxsus ruxsatnoma nusxalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga yoki Davlat chegarasi tashqarisidan mamlakat hududiga yuklarni tashishda, shuningdek, mamlakat hududidan yuklarni tranzit tashishda vakolatli organlardan olingan va kelishilgan ruxsatnoma hamda yoʻnalish chizmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning berilishi bilan bir vaqtda katta hajmli va ogʻir vaznli avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish uchun yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga real vaqt rejimida elektron shaklda kiritiladi va ularga asosan belgilangan tartibda harakatlanishni boshlashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tomonidan avtotransport vositasining maxsus ruxsatnomada koʻrsatilgan ogʻirlik gabarit parametrlaridan ortiq ekanligi aniqlangan taqdirda bunday avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi va uning kelgusidagi harakatlanishi yangi maxsus ruxsatnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yuk tashishga ruxsatnoma berishda qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yuk tashishga harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida kunning faqat yorugʻ vaqtlarida ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno tariqasida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati roziligi bilan kechasi yuk tashishga ruxsat berilishi mumkin, bunda yuk tashiyotgan tashkilot tomonidan himoya qiluvchi avtomobil va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan kuzatuvchi maxsus avtomobil ajratilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yoʻl sharoitlari va transport vositalari harakatining serqatnov vaqtlarini hisobga olgan holda, harakatlanish uchun yuqori xavf tugʻdirib, ularning uzoq muddat toʻxtab qolishiga sabab boʻlsa, yuk tashishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yuk tashishda harakat tezligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yoʻnalish chizmasi kelishilayotganida tashilayotgan yukning ogʻirligi, hajmi va boshqa xususiyatlari hamda yoʻl sharoitlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etiladigan eng yuqori tezlik 50 km/soatdan oshmasligi kerak. Tezlikni chegaralovchi belgi transport vositasiga yoʻl harakati qoidalarida belgilangan tarzda oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kuzatib borish zaruriyati hamda kuzatuv turi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yoʻnalish chizmasi kelishilayotganda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kuzatib borish joʻnatuvchi yoki tashuvchi tashkilot tomonidan himoya qiluvchi va shatakka oluvchi avtomobillar (tashilayotgan yukning turi va yoʻl sharoitlariga qarab) ajratilgan holda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining kuzatuvchi maxsus avtomobili bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar transport vositasining yuki bilan birgalikda kengligi 3,5 metrdan yoki uzunligi 24 metrdan oshsa, shuningdek transport vositasi meʼyoridan ortiq ogʻirlik bilan (4-ilova) harakat qilishi kerak boʻlsa, avtomobilning harakat xavfsizligi toʻliq taʼminlanishi uchun himoya qiluvchi avtomobil boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk tashuvchi yoki yuk joʻnatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (yoki ularning vakillari)ning bunga imkoni boʻlmasa belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga kuzatuvchi maxsus avtomobil ajratilishi uchun murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati patrul avtomobili bilan kuzatib borish quyidagi hollarda (belgilangan tartibda toʻlov asosida) amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining kengligi 4,0 metrdan oshsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtopoyezd uzunligi 30 metrdan oshsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi harakatlanish davrida qarama-qarshi harakatlanish boʻlagini, qisman boʻlsa-da, egallashga majbur boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanish davrida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun qoʻshimcha choralar koʻrish zaruriyati tugʻilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukni tashuvchi yoki joʻnatuvchi tomonidan yukni kuzatib borish masalasi boʻyicha Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlariga murojaat qilinsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Himoya qiluvchi avtomobil yuk tashiyotgan transport vositasidan oldinda harakatlanishi kerak. Bunda himoya qiluvchi avtomobil yuk tashiyotgan transport vositasiga nisbatan chaproq tomonda harakatlanishi, yaʼni uning kengligi yuk tashuvchi transport vositasining kengligidan chap tomonga chiqqan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya qiluvchi avtomobilga sariq rangli chiroq-mayoqcha oʻrnatiladi, uning yoqilgan holatdagi harakatlanishi boshqa qatnovchilar uchun ogohlantiruvchi qoʻshimcha xabar beradi, lekin ularga nisbatan harakatlanishda imtiyoz bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining kuzatuvchi maxsus avtomobili tomonidan kuzatib borish tartibi yuk tashuvchi avtomobilni himoya qiluvchi avtomobil kabi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk tashishni amalga oshirish davrida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida kuzatuvchi maxsus avtomobil chorrahalarda transport vositalarining harakatini toʻxtatishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kuzatib borish vaqtida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati kuzatuvchi maxsus avtomobilning chiroq-mayoqchasi yoqilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati kuzatuvchi maxsus avtomobillari, himoya qiluvchi va yuk tashishni amalga oshirayotgan transport vositalari kunduz kuni gabarit hamda yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan holda harakatlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yukni tashish yoʻnalishi ikki va undan ortiq viloyat hududidan oʻtsa, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati patrul avtomobilining kuzatib borish tartibi kuzatuv uchun ruxsat bergan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organi tomonidan belgilanadi. Bu haqda yoʻnalish boʻyicha hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Joriy etilgan yoʻnalish boʻyicha harakatlanish boshlanishidan avval transport vositasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimi va yuk tashishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili tomonidan koʻzdan kechiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma va yoʻnalish chizmasi transport vositasining va yukning yoʻl harakati qoidalariga hamda mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi haqida muhr bilan tasdiqlanadi (bunday yozuvi boʻlmagan ruxsatnoma haqiqiy hisoblanmaydi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma va yoʻnalish chizmasi haydovchi yoki transport vositasini kuzatib boruvchi shaxsda boʻlishi, harakatlanish yoʻnalishi transport vositasining yoʻl varaqasida koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Haydovchilarga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga va tajribasiga ega boʻlgan haydovchilarga katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashuvchi transport vositasini boshqarishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashish davrida haydovchilar mazkur Qoidalar va yoʻl harakati qoidalari talablariga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Harakatlanish jarayonida haydovchilar quyidagilarni bajarishga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarama-qarshi tomondan kelayotgan transport vositalariga xavf tugʻdirmay va xalaqit bermay oʻtkazib yuborish uchun barcha choralarni koʻrishga, kerak boʻlsa toʻxtab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanishdagi transport vositalariga xalaqit bermaslik maqsadida va orqa tomonda harakatlanayotgan transport vositalarining quvib oʻtishlariga sharoit yaratish uchun vaqti-vaqti bilan qulay joylarda toʻxtash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat kunning yorugʻ vaqtida harakatlanish (Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati roziligi bilan istisno tariqasida ruxsat etilganlaridan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 km/soat va undan ortiq tezlikda harakatlanayotgan transport vositalarini quvib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa transport vositalarini shatakka olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl marzasi boʻylab harakatlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan harakatlanish yoʻnalishini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlning mintaqasida joylashgan maxsus toʻxtash joylaridan tashqarida toʻxtash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yukni tashish paytida tasdiqlangan yoʻnalishga qatʼiy rioya qilinishi shart. Agar yuk tashishda tasdiqlangan yoʻnalishni oʻzgartirish zarur boʻlib qolsa, yukni tashishni amalga oshirayotgan tashkilot oʻzgartirilgan yoʻnalish boʻyicha yangi ruxsatnoma olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Transport vositalarining texnik holati va jihozlanishiga hamda yuklarning belgilanishiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Texnik koʻrsatkichlari katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishga moʻljallanmagan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Transport vositalarida tashilayotgan katta hajmli yuklarni mustahkam tutib turish uchun moʻljallangan barcha moslama va qurilmalar suriladigan (yigʻiladigan) qilib tayyorlangan boʻlib, katta hajmli yuk ortilmagan vaqtda transport vositasining gabarit oʻlchamlari belgilangan talablarga javob beradigan holatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositasining texnik holati yoʻl harakati qoidalariga, ishlab chiqaruvchi korxona hamda mazkur Qoidalar talablariga javob beradigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Avtopoyezd harakatlanayotganda tirkamaning yon tomonlarga tebranishi tortuvchi avtomobilga nisbatan har bir tomon uchun gabarit oʻlchamlaridan 3 foizdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Avtopoyezdni toʻxtatish tizimi tortuvchi avtomobilning toʻxtatish pedalidan ishlashi kerak va toʻxtatish kuchi uning boʻlinmalari boʻyicha shunday taʼminlanishi lozimki, bunda avtopoyezd toʻxtash paytida “yigʻilish” holati roʻy bermasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tirkamalar bilan ishlash uchun moʻljallangan tortuvchi avtomobilning tirkama va yarim tirkama bilan bogʻlovchi uskunalari uzilganda, ularda toʻxtatib qoluvchi ishchi yoki avariya moslamalari boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tortuvchi avtomobildan ajratilgan, yuklangan tirkama va yarim tirkamalar 16 foizli qiyalikda ham mustahkam turishini taʼminlovchi moslamalar bilan jihozlanishi hamda harakatlanishda ularning barcha gʻildiraklariga taʼsir etuvchi tortuvchi avtomobil bilan bogʻlovchi qismi uzilganda oʻz-oʻzidan (avtomatik) toʻxtatishni taʼminlovchi ishchi toʻxtatish tizimi boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ogʻir vaznli yuklarni tashishga moʻljallangan avtopoyezdning har bir boʻgʻinida kamida ikkitadan toʻxtatish ponasi boʻlishi kerak (qiyaliklarda toʻxtashga majbur boʻlganda foydalanish uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Avtomobil kabinasi chap va oʻng tomondan orqani koʻrsatuvchi ikkita koʻzgu bilan jihozlanib, bu koʻzgular tashilayotgan yukning hajmlarini hisobga olgan holda gorizontal va vertikal tekisliklarning yetarli darajada koʻrinishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgular avtomobil oʻqiga parallel yoʻnaltirilgan, 20 — 25 kilogramm bilan taʼsir qilganda oldi va orqaga surilishini taʼminlovchi moslamaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Uzunligi 6 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek tortuvchi avtomobillar belgilangan tartibda yon tomonidan burilishni koʻrsatuvchi chiroqlar bilan qoʻshimcha ravishda jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tirkama va yarim tirkamali yuk avtomobillari kabinasining ustki oʻrta qismiga avtopoyezd haqida ogohlantiruvchi ichi yoritiladigan, teng tomonli (tomoni 250 millimetr), sariq rangdagi belgi oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Avtopoyezdni belgilash uchun kabina ustki qismiga gorizontal joylashgan sariq rangli 3 ta chiroq oʻrnatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tirkama va yarim tirkamaning orqa tomoniga 2 ta qizil rangdagi yorugʻlik qaytaruvchi moslama oʻrnatiladi. Ularning har biri teng tomonli uchburchak (tomonlari 150 millimetrdan 200 millimetrgacha) shaklida boʻlib, uchlari yuqoriga qaratilgan holda, kenglik boʻyicha tashqi hajmdan 0,4 metrdan ortiq boʻlmagan masofada oʻrnatilishi kerak. Tirkama yoki yarim tirkamaning oldingi devorida yumaloq shakldagi 2 ta (diametri 0,2 metrgacha) tashqi hajmdan 0,15 metrdan ortiq boʻlmagan masofada oq yorugʻ qaytargich oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Transport vositasining oldi yoki orqa tomonining hajmidan 1 metr chiqib turgan yoki kengligi boʻyicha oldingi yoki orqa hajm chiroqlarining tashqi qirralaridan 0,4 metrga chiqib turgan yuk kunduz kuni orqa va oldidan ogohlantiruvchi taxtacha yoki bayroqchalar (400x400 millimetr) bilan belgilanadi. Ular diagonal boʻyicha kengligi 50 millimetr boʻlgan qizil va oq chiziqlar bilan ketma-ket chizilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tungi vaqtda esa yoki koʻrinish masofasi yetarli boʻlmagan sharoitda yorugʻlik qaytaruvchi moslamalar va chiroqlar (oldida oq, orqasida qizil rangli) oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Uzunligi va kengligi boʻyicha transport vositalari belgilangan talabga javob bermasa, bunday transport vositalarining barchasi yuqorida bayon qilinganidek jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Balandligi yoʻl sathidan 4,5 metr va undan ortiq yuklarni tashish vaqtida yukli transport vositasining oldida harakatlanayotgan himoya qiluvchi avtomobilga bitta yoki ikkita ogohlantiruvchi sariq rangli chiroqcha oʻrnatilishi mumkin, bu chiroqlar tungi vaqtda yoki koʻrinish yetarli boʻlmagan sharoitlarda yoqiladi. Chiroqchalar tashilayotgan yuk hajmining yuqori chegarasidan 5-10 santimetr baland qilib oʻrnatiladi va ular asosiy tortuvchi avtomobil haydovchisiga koʻrinib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Avtopoyezdning uzunligi 20 metrdan ortiq boʻlsa transport vositasining orqa tomoniga maxsus taxtacha oʻrnatiladi. Unda avtopoyezdning haqiqiy uzunligini koʻrsatuvchi yozuv boʻlishi kerak (5-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yuk tashiyotgan avtomobilga himoya qiluvchi, shatakka oluvchi va itaruvchi avtomobillardan tashqari, texnik taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maxsus transport vositalari (chilangarlik ustaxonalari, avtokoʻtargich va boshqalar) ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ogʻir vaznli transport vositalarining sunʼiy inshootlardan oʻtishdagi alohida holatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ogʻir vaznli yuklarni tashuvchi transport vositalarining sunʼiy inshootlardan oʻtishi yoʻl tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Yoʻl tashkilotlari 30 tonnadan kam ogʻirlikka moʻljallangan barcha sunʼiy inshootlar oldiga belgilangan tartibga asosan “Chegaralangan ogʻirlik” — ogohlantiruvchi yoʻl belgisini oʻrnatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Agar transport vositasining haqiqiy ogʻirligi meʼyoriy ogʻirlik oʻlchamlaridan ortiq boʻlsa (3-ilova), lekin 4-ilovada keltirilgan birliklardan yuqori boʻlmasa, bu holda transport vositasi quyidagilarga rioya qilish sharti bilan oʻtkazib yuborilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy inshootlarda harakatlanayotganda u yerda boshqa transport vositalari boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk ortilgan transport vositasi yoʻl qatnov qismining oʻqi boʻyicha 10 km/soatdan yuqori boʻlmagan tezlik bilan harakatlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Agar transport vositasining umumiy ogʻirligi 4-ilovada keltirilgan oʻlchamlardan ortiq boʻlsa, (boshqa yoʻnalishdan aylanib oʻtish, boshqa transport rusumi bilan tashish, yukni boʻlib tashish mumkin boʻlmagan taqdirda) yuk tashishni amalga oshirayotgan tashkilot harakatlanishga ruxsatnoma olishi uchun tegishli tashkilotlarga 3 oy oldin buyurtma berishi kerak. Buyurtmada mazkur Qoidalarning 14-bandiga muvofiq maʼlumotlar berilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tashkilotlar buyurtmani olgandan keyin bir haftadan ortiq boʻlmagan muddatda sunʼiy inshootdan yurish mumkin yoki mumkin emasligi haqida xabar beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ogʻirligi meʼyordan yuqori boʻlgan transport vositasini sunʼiy inshootdan xavfsiz va betoʻxtov oʻtkazish uchun uning sunʼiy inshoot oʻqi boʻyicha 10 km/soatdan ortiq boʻlmagan tezlikda bir tekisda, toʻxtamasdan harakatlanishi taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasining sunʼiy inshoot orqali harakatlanishi faqat sunʼiy inshootdan foydalanuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda, uning tagidan oʻtayotgan barcha transport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meʼyordan ortiq yuk ortilgan transport vositasini sunʼiy inshootdan oʻtkazish vaqtida boshqa transport vositalari va piyodalarning harakati taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy toʻxtash roʻy bergan hollarda transport vositasini sunʼiy inshootdan zudlik bilan olish choralarini koʻrish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Transport vositasining orqa tomonida boshqariladigan buriluvchi tirkama boʻlgan hollarda uning operatori va tortuvchi avtomobil haydovchisi oʻrtasida ishonchli radio yoki telefon aloqasi mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarining ruxsat etilgan gabaritlari*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Avtotransport vositalarining ruxsat etilgan oʻlchamlari olib qoʻyiladigan kuzovlarni va yuk uchun taralarni, shu jumladan, konteynerlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Avtotransport vositasi gabaritining yuk bilan uzunlik boʻyicha chiqib turishi (yukning ortiq chiqib turganligi avtotransport vositasining uzunligini aniqlashda hisobga olinadi).
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarining ruxsat etilgan massasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Avtotransport vositalarining oʻqlariga tushuvchi ruxsat etilgan ogʻirligi avtotransport vositalarining umumiy ruxsat etilgan massasiga rioya qilinganda yakka yetakchi oʻqqa tushuvchi ogʻirlik 11,5 tonnadan, boshqa oʻqlarga esa 10 tonnadan ortiq boʻlmasligi kerak.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meʼyoriy ogʻirlik oʻlchamlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻprikka tushuvchi ogʻirlikning hisob tizimi

Meʼyoriy ogʻirlik

Umumiy haqiqiy vazn, tn.‎

Minimal baza, metr‎

N 8 va NG-30‎

10,5 dan ortiq emas‎

4‎

N10 va NG-60‎

13,0 dan ortiq emas‎

4‎

N13 va NG-60‎

17,0 dan ortiq emas‎

4‎

N18 va NK-80‎

30,0 dan ortiq emas‎

6,8‎

N30 va NK-80‎

30,0 dan ortiq emas

6,8‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NG — (zanjirli ogʻirlik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NK — (gʻildirakli ogʻirlik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meʼyordan yuqori boʻlgan ogʻirlik oʻlchamlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏Koʻprikka tushuvchi ogʻirlikning hisob tizimi‎

Meʼyordan yuqori boʻlgan ogʻirlik

Umumiy haqiqiy vazn, t.k.‎

Oʻqqa tushuvchi ogʻirlik, tn.‎

Baza, metr‎

N 8 va NG-30‎

30 dan ortiq emas‎

7,6 dan ortiq‎

4 dan kam‎

N10 va NG-60‎

60 dan ortiq emas

9,5-13‎

5‎

N13 va NG-60‎

60 dan ortiq emas‎

16‎

5‎

N18 va NK-80‎

80 dan ortiq emas‎

20‎

3,6‎

N30 va NK-80‎

80 dan ortiq emas‎

20‎

3,6‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalariga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzun oʻlchamli transport vositasi belgisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 562-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/699/1818-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)