Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBILDA XALQARO YUK TASHIYDIGAN AVTOTRANSPORT VOSITALARIGA RAQAMLI NAZORAT QURILMALARINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekistonning 1970-yil 1-iyulda Jeneva shahrida imzolangan avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan transport vositalari ekipajlari ishiga tegishli Yevropa bitimidagi ishtiroki bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi 1998-yilda avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan transport vositalari ekipajlari ishiga tegishli Yevropa bitimiga qoʻshilganligi;
Yevropa bitimi talablariga muvofiq 2010-yil 16-iyundan keyin Yevropa bitimi qatnashchilari boʻlgan mamlakatlarga avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalari raqamli nazorat qurilmalari bilan taʼminlanishi zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekistonning Yevropa bitimida qatnashishi bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Yevropa bitimi talablariga muvofiq avtomobilda xalqaro yuk tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek Raqamli nazorat qurilmalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma bir oy muddatda ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Yevropa bitimi talablariga muvofiq raqamli nazorat qurilmalarini bosqichma-bosqich joriy etish va ulardan foydalanish ishlari muvofiqlashtirilishini;
Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda xalqaro yuk tashishni bajaradigan avtotransport vositalarida raqamli nazorat qurilmalari tizimi joriy etilishi boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zokirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-dekabr,
340-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 546-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)