30.12.2010 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 30.12.2010 yildagi 378-son
Кучга кириш санаси
15.01.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻMIR ShAXTALARINING OʻT OʻChIRISh SUV TAʼMINOTINI MARKAZLAShGAN TARZDA NAZORAT QILISh VA BOShQARISh BOʻYIChA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2011-yil 5-yanvar 6/24/10-12643/6-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari)ning toʻplami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻmir shaxtalarining oʻt oʻchirish suv taʼminotini markazlashgan tarzda nazorat qilish va boshqarish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ texnik hujjat sifatida eʼtirof etilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin va koʻpaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq B. GʻULOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
“Sanoatgeokontexnazorat”
davlat inspeksiyasi boshligʻining
2010-yil 30-dekabrdagi
378-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmir shaxtalarining oʻt oʻchirish suv taʼminotini markazlashgan tarzda nazorat qilish va boshqarish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Koʻmir shaxtalarining oʻt oʻchirish suv taʼminotini markazlashgan tarzda nazorat qilish va boshqarish boʻyicha yoʻriqnoma” Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir shaxtadagi suvni olish, suvni saqlash hamda uni avariya sodir boʻlgan joyga yetkazib berish uchun moʻljallangan va yoyilgan tarzda alohida joylashtirilgan muhandislik-texnik inshootlarning kompleksidan iborat boʻlgan oʻt oʻchirish suv taʼminotini boshqarish oʻt oʻchirish suv taʼminoti va nazoratining markazlashgan tizimi (keyinchalik matnda— SMN tizimi) yordamida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. SMN tizimi shaxtadagi operativ-dispetcherlik boshqaruv tizimining (ODBT) tashkiliy qismi hisoblanib, shaxtada mehnat muhofazasining avtomatlashtirilgan boshqaruvi tizimi rivojlanishi davomida esa, keyinchalik ODBT tarkibiga kirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. SMN tizimining asosiy vazifasi— yer usti va yer osti obyektlarining oʻt oʻchirish suv taʼminoti tizimi ishlashi uchun optimal sharoitlarni yaratish va oʻt oʻchirish-sugʻorish quvuri (OʻSQ) tarmogʻidagi nuqsonlarni tezkor aniqlash va yongʻin sodir boʻlguniga qadar nuqsonlarni tuzatish yoʻli bilan shaxtada yuz bergan avariyani bartaraf qilish maqsadida tizimni tayyor holda ushlab turishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. SMN tizimi quyidagi elementlardan iborat boʻlishi lozim: OʻSQ tarmogʻi parametrlarini oʻlchovchi va signal beruvchi qurilmaning oʻrnatma qiymatlari boʻyicha uzoqdan yetkaziladigan signallarni kommutatsiyalovchi (yoʻnalishlarini oʻzgartiruvchi) priborlar; tizimdagi elementlarning bir-biriga signal uzatishi uchun aloqa liniyasi; axborotni dastlabki qayta ishlash va uzatishning texnik vositalari; axborotni shakllantirish va taqdim etishning texnik vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. SMN tizimi avtomatik boshqaruvning mustaqil konturiga, yaʼni— mashina va mexanizmlar, shu jumladan tasmali konveyerlar bir vaqtda ishga tushirilishi va ishlashini taʼminlovchi tizimga (blokirovkasiga) ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. SMN tizimining boshqaruv tuzilmasi markazlashtirilgan boʻlishi mumkin, yaʼni: bir bosqichli— oʻt oʻchirish suv taʼminotini boshqarish va nazorat qilish boshqaruvning markaziy pultidan amalga oshiriladi; ikki bosqichli— nazorat va boshqarish, asosiy boʻlmagan bir qator funksiyalarni shaxtaning uzoqdagi sanoat maydonchalarida joylashgan boshqaruv punktlariga oʻtkazgan holda, markaziy pult orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomarkazlashtirilgan— oʻt oʻchirish suv taʼminotini nazorat qilish va boshqarish shaxta boshqarmasining tarkibiga kiruvchi shaxtalarda joylashtirilgan bir nechta mustaqil dispetcherlik boshqaruv punktlaridan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. SMN tizimidagi axborotni tanlab olish, uzatish va taqdim etishning texnik vositalari obyektning elektr, portlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shaxtaning SMN tizimi bilan jihozlanishi loyihalovchi guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan yongʻinga qarshi (YoQ), avtomatizatsiya va signalizatsiya, ODBT loyihalari asosida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. SMN tizimining ekspluatatsiyasi davomida gorizont, qanot, uchastka, qazish joyini kiritish (soʻndirish) yoki OʻSQ tarmogʻida boshqa oʻzgarishlar sodir boʻlgan hollarda shaxta xodimlari uch sutka ichida ushbu loyihalarga tuzatishlar kiritishi va markazlashgan nazoratni tashkil qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. SMN tizimidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. SMN tizimidagi dispetcherlik nazoratining hajmi shaxtaning yer usti va yer osti obyektlaridagi oʻt oʻchirish suv taʼminoti toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish uchun yetarli boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dispetcherlik qurilmalarining boshqaruv punktidagi axborot jadvalda (1-ilova) keltirilgan hajmda berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. SMN tizimidagi axborot hajmi va boshqaruv tuzilmasi shaxtaning amaldagi (loyihalashtirilayotgan) yer usti va oʻt oʻchirish suv taʼminoti bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. SMN tizimida bilvosita axborotni (masalan, oʻt oʻchirish suv taʼminoti amalga oshiriluvchi qiyalikdagi (bremsbergdagi) suvning hisoblangan bosimi boʻyicha, tozalash qazish joyi va tayyorlov qazish joyining oʻt oʻchirish-sugʻorish quvuri tarmogʻidagi hisoblangan bosim borligi yoki oʻt oʻchirish nasosining holati boʻyicha kollektorda hisoblangan bosim borligi haqida xulosa chiqarish) tashkil qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yongʻindan himoya qilish loyihasida (boʻlimida) quyidagilar belgilanadi: SMN tizimidagi axborot hajmi, oʻt oʻchirish-sugʻorish quvuri tarmogʻidagi oʻlchov asboblarining joylashuvi, ularning turlari, oʻlchov chegaralari va signal beruvchi moslamasining oʻrnatma qiymatining hisoblangan kattaligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. SMN tizimidagi yongʻindan himoya qilish loyihasi (boʻlimi) amalga oshirilishi davomida kon lahimlarining sxemasi (rejasi)da va avariyani bartaraf qilish rejasiga (ABR) asoslangan yer yuzasi rejasida 3-Ilovada keltirilgan shartli belgilarga muvofiq oʻlchov asboblari oʻrnatilgan joylar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻlchov asboblari oʻrnatiladigan joylar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. SMN tizimidagi oʻlchov asboblarini oʻrnatish joylari statsionar (oʻt oʻchirish-sugʻorish quvurining magistral tarmoqlarida) va koʻchma (oʻt oʻchirish-sugʻorish quvurining uchastka tarmoqlarida) boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Koʻchma oʻlchov asboblari joylashuvini oʻzgartirish uchastka qayta ishlanganidan keyin, statsionar oʻlchov asboblarining joylashuvi esa— OʻSQ tarmogʻi oʻzgarishi davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻrnatilish joylaridagi oʻlchov asboblari oʻt oʻchirish suv taʼminoti quvuriga bevosita yoki avtomatik oʻt oʻchirish qurilmasining harakatga keltiruvchi liniyasi (tarmogʻi) orqali ulanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. SMN tizimidagi oʻlchov asboblarini joylashtirish uchun avtomatik oʻt oʻchirish qurilmasining harakatga keltiruvchi liniyasi (tarmogʻi)dan foydalanish cheklangan boʻlishi lozim, sababi undan olinadigan axborot (OʻSQ tarmogʻidagi suv bosimi nazorati, avtomatik oʻt oʻchirish qurilmasining ish rejimi, yongʻin va hk.) koʻp funksiyali boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yongʻindan himoya qilish loyihalarida (boʻlimlarida) OʻSQ tarmogʻida oʻlchov asboblarining oʻrnatilish joylari 3 va 4-ilovalarga muvofiq OʻSQ tarmogʻining gidravlik hisob-kitobi sxemalarida koʻrsatiladi, matnda esa-ularning parametrlari (jadval koʻrinishida) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Obyektlarda oʻlchov asboblari jadvalga muvofiq joylashtiriladi (2-ilova)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborotni taqdim etish usuli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. SMN tizimidagi dispetcherlik qurilmalarida axborot foydalanuvchi uchun qulay boʻlgan “och rang” yoki “toʻq rang” shchit boʻyicha yorugʻlik va tovush signallar koʻrinishida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kelayotgan axborot shaxtaning oʻt oʻchirish suv taʼminoti obyektining “norma” va “avariya” kabi ikki holatlarini tavsiflab berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Obyektning “norma” holatida— dispetcherlik qurilmalarining “och rang” shchitidagi signallar qizil rangdan boshqa istalgan, koʻproq, yashil rangda bir tekisda yonib turadi; “avariya” holatida, shu jumladan axborot kanalida buzilish roʻy berganida— “och rang” va “toʻq rang” shchitlar boʻyicha qizil rangli signallar lipillab yona boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Avariya” yorugʻlik signali dispetcherlik qurilmalarida kvitirlanishi* 1 mumkin boʻlgan tovushli signal bilan birga berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 kvitirlanish— oʻz-oʻzidan qaytariluvchi qurilma yordamida signalning oʻchirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Avariya signalining, nuqson bartaraf qilinguniga qadar bir maromda yonib turishi shartida, lipillab yonishini kvitirlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dispetcherlik qurilmalaridagi simvollarning aniqlanib olinishi obyektning mnemosxemasi yoki shildiklardagi* yozuvlar yordamida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Shildik— maʼlumot tushirilgan koʻrsatkich oʻrnatilgan ramka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar dispetcherlik qurilmalari bitta xona (dispetcherlik punkti)da joylashtirilgan boʻlsa, u holda maʼlumot ikki yoki undan koʻproq dispetcherlik qurilmalarida koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Dispetcherlik qurilmalarida maʼlumotning taqdim etilish usuli ODBT loyihasi (boʻlimi) yoki shaxtaning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Boshqaruv punkti (BP) apparatini SMN tizimining dispetcherlik qurilmasi sifatida ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Joriy axborot ABTning chiqarish qurilmalariga foydalanuvchi tomonidan berilgan soʻrov boʻyicha beriladi. Ogohlantirish signalizatsiyasi avtomatik ravishda shakllanib, avariya signali EHM ga tushganida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Shaxtaning ODBT va ABT tizimlarida axborot real vaqt masshtabida koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Shaxtaning SMN va oʻt oʻchirish suv taʼminoti tizimlarida yuzaga kelgan barcha buzilishlar shakli 5-Ilovada keltirilgan Kitobda roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Axborotni tanlab olish, uzatish va taqdim etishning texnik vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. SMN tizimidagi axborotni tanlab olish, uzatish va taqdim etish boʻyicha texnik vositalarning turlari ODBT, ABT, avtomatizatsiya va signalizatsiya loyihasi (boʻlimi)da, shaxtaning YoQ loyihasi (boʻlimi)da qabul qilingan yechimlar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Axborotni qayta ishlash, shakllantirish va taqdim etish vositalari sifatida “Sanoatgeokontexnazorat” DI tomonidan belgilangan tartibda koʻmir shaxtalarida ishlatishga ruxsat berilgan dispetcherlik qurilmalari qabul qilinishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. SMN tizimi elementlari oʻrtasida signallarning uzatilishi telemexanika qurilmalari orqali va ruxsat berilgan joylarda toʻgʻri fizik chiziqlar boʻyicha amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Elektr zanjirlarni birlashtirish va ulash normativ hujjatlarning talablariga va uskunaning tegishli ekspluatatsion hujjatlariga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. SMN tizimida portlashdan saqlash darajasi va turi “portlashdan oʻta himoya qilingan elektr uskuna”, “uchqun chiqarishdan xavfsiz elektr zanjiri”, portlashdan himoya qilinish markirovkasi ROI boʻlgan va bir-biri bilan bogʻlanmagan ikkita elektr zanjirli “signal beruvchi manometr”dan (keyinchalik— manometr) oʻlchov asbobi sifatida foydalanish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻlchov diapazonining tanlanishi va signal beruvchi qurilmaning oʻrnatma qiymatini hisoblash 6-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Obyektda manometrning OʻSQ tarmogʻi bilan loyiha va ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiq ulanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mashina va mexanizmlar blokirovkasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mashina va mexanizmlarni boshqarish tizimini jihozlash boʻyicha talablarni bajarish uchun OʻSQ tarmogʻidagi suv bosimini nazorat qiluvchi datchik sifatida 39-bandda keltirilgan talablarga mos boʻlgan manometrni qoʻllash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Manometrdagi signal beruvchi qurilmaning konstruksiyasi uni nazorat va boshqaruv tizimlari diskretli kirishga ega boʻlgan ikkita mustaqil zanjirda ishlatilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. OʻSQ tarmogʻida suv boʻlmaganida yoki bosim tushib ketganida manometrning signal beruvchi qurilmasining kontaktlari tasmali konveyerni boshqarish blokidagi favqulodda tormozlash hamda lahim qazish va chiqarib olish uskunalarini boshqarish stansiyalarini toʻxtatishning elektr zanjirlariga taʼsir koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Obyektdagi oʻt oʻchirish suv taʼminotining normal holati tiklanganida mashina va mexanizmlar boshqaruvi zanjirlarining bir-biridan ajratilishi aynan shu manometr yordamida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yongʻinga qarshi himoya loyihasi (boʻlimi)da OʻSQ tarmogʻida suv bosimi hisoblangan qiymatdan pasaygan holatlarda mashina va mexanizmlarni ishga tushirish va ishlashini blokirovkalashni amalga oshiruvchi manometrlar belgilab berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. “Avtomatizatsiya” loyihasi (boʻlimi)da manometrning signal beruvchi qurilmasini mashina va mexanizmlarning boshqaruv bloklariga ulanish sxemalari ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Manometrni boshqaruv bloklariga ulash uchun koʻmir shaxtalarida qoʻllanishga ruxsat berilgan sim ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yakuniy holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. “Koʻmir shaxtalarining oʻt oʻchirish suv taʼminotini markazlashgan tarzda nazorat qilish va boshqarish boʻyicha Yoʻriqnoma” Oʻzbekkoʻmir OAJ bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekkoʻmir OAJ bosh direktori X. Xursanov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎

Maʼlumot‎

1‎

2‎

‎‎Yer yuzasidagi obyektlar

1. Shaxta suv taʼminoti manbalari: ‎ ‎
1.1. Shahar suv taʼminoti tarmogʻi 1.1. Suv borligi haqida ‎
1.2. Nasos, oʻt oʻchirish stansiyalari‎ 1.2. Nasosning holati (yoqilgani, oʻchirilgani) toʻgʻrisida ‎
‎ 1.3. Nasoslar ishini boshqarish‎
2. Oʻt oʻchirish rezervuarlari‎ 2. Oʻt oʻchirish zarur suvning hisoblangan sathi toʻgʻrisida ‎
‎ 2.1. Oʻt oʻchirish uchun zarur suvning hisoblangan zaxira hajmini 5% ga kamaygani toʻgʻrisida (bunda oʻt oʻchirish bilan bogʻlanmagan boshqa ehtiyojlarga suv olinishi blokirovka qilinishi kerak)‎
3. Oʻt oʻchirish nasoslari‎ 3.1. Suv bosimi borligi toʻgʻrisida‎
‎ 3.2. Nasosning holati (yoqilgani, oʻchirilgani) toʻgʻrisida‎
‎ 3.3. Nasoslar ishini boshqarish‎
4. Texkompleks (saralash)‎ 4.1. OʻSQ tarmogʻida suvning hisoblangan bosimi borligi toʻgʻrisida‎

‎‎Yer osti obyektlari‎

5. Shaxtaga suv berayotgan lahimlar‎ 5.1. OʻSQ tarmogʻida suvning hisoblangan bosimi borligi toʻgʻrisida‎
6. Stvol atrofi qoʻrasi (ruda qoʻrasi)‎ 6.1. OʻSQ tarmogʻida suvning hisoblangan bosimi borligi toʻgʻrisida‎
7. Amaldagi qazish maydoni‎ 7.1. Shu kabi‎
8. Tayyorlov qazish joyi‎ 8.1. Shu kabi‎
9. Qazish joyi‎ 9.1. Shu kabi‎
10. Shaxta qanotlari‎ 10.1. Shu kabi‎
11. Yer yuzasiga chiquvchi qiya lahimlar�� 11.1. Shu kabi‎
12. Tasmali konveyerlar bilan jihozlangan asosiy transport qazish joylari‎ 12.1. Shu kabi‎
13. YoQ himoya loyihasida maxsus tadbirlar boʻyicha suv berilishi koʻzda tutilgan boshqa qazish joylari‎ 13.1. Shu kabi‎
14. OʻSQ tarmogʻida reduksiyalash (oʻzgartirish, kamaytirish) uzellari‎ 14.1. Suvning hisoblangan bosimi (quyi chegara) borligi toʻgʻrisida‎
15. Oʻt oʻchirishda foydalaniladigan nasoslar‎ 15.1. Suv bosimi borligi toʻgʻrisida‎
‎ 15.2. Nasosning holati (yoqilgani, oʻchirilgani) toʻgʻrisida‎
‎ 15.3. Nasoslar ishini boshqarish‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎

Oʻlchov asbobi oʻrnatiladigan joy‎

1‎

2‎

1. Shahar suv taʼminoti tarmogʻi‎ 1.1. Shaxta suv taʼminoti tarmogʻiga kirish joyida‎
2. Oʻt oʻchirish nasoslari (er yuzasi va yer osti)‎ 2.1. Bosimli suv quvurlarida‎
3. Texkompleks (saralash)‎ 3.1. OʻSQ tarmogʻining yakuniy nuqtalarida‎
‎ 3.2. OʻSQ tarmogʻidagi balandlik boʻyicha eng yuqori belgilarga ega nuqtalarida‎
4. Shaxtaga suv beriladigan lahimlar‎ 4.1. Etakda, tutashish joyidan 20 m masofada‎
5. Stvol atrofi qoʻrasi (ruda qoʻrasi)‎ 5.1. OʻSQ tarmogʻi gorizontga shahoblanishidan oldin‎
6. Amaldagi qazish maydoni‎ 6.1. Qazish maydonining pastki va yuqori qismlaridagi shahoblanish joylarida‎
7. Tayyorlov qazish joyi‎ 7.1. OʻSQ tarmogʻi oxirida ‎
8. Qazish joyi‎ 8.1. OʻSQtarmogʻi oxirida: ventilatsiya shtrekida— qazish joyidan 100 m dan uzoq boʻlmagan masofada; konveyer shtrekida —qazish joyidan 50 m dan uzoq boʻlmagan masofada‎
9. Shaxta qanotlari‎ 9.1. Uzoq nuqtalarda‎
10. Yer yuzasiga chiquvchi qiya lahimlar‎ 10.1. Etakdan 20 metrlik masofa chegarasida‎
11. Tasmali konveyerlar bilan jihozlangan asosiy transport qazish joylari‎ 11.1. Qazish joyining boshlanishi va oxirida. Bir qazish joyining boshlanishi ikkinchisining oxiri bilan bir nuqtada birlashtirilishi mumkin‎
12. Boshqa qazish joylari‎ 12.1. EQ himoya loyihasida koʻzda tutilgan joylarda‎
1 3. Reduksiyalash (oʻzgartirish, kamaytirish) uzellari‎ 13.1. Chiqish joyida (quyi chegara)‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SMN tizimidagi manometrlarning shartli belgilanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suratida — manometrning tartib raqami. Maxrajida — bevosita oʻt oʻchirish quvuriga oʻrnatilgan manometr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suratida — manometrning tartib raqami. Maxrajida — avtomatik oʻt oʻchirish qurilmasining harakatga keltiruvchi liniyasida oʻrnatilgan manometr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aylana diametri 5 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harflarning balandligi 3 mm dan kam boʻlmay, ular qizil boʻyoq bilan yozilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SMN tizimining oʻt oʻchirish quvuri tarmogʻida manometrlarning joylashuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ILOVA
34 b. uchun shakl
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

YoQH KITOBI‎‎

Shaxta _______________‎‎

‎ ‎ ‎ ‎ BOShLANGAN‎ ___________
‎ ‎ ‎ ‎ TUGATILGAN‎ ___________
‎
‎

(kun, oy, yil)‎

Obyektning nomlanishi‎

Avariyaning, reja boʻyicha ishning taʼriflanishi‎

Qoʻllanilgan choralar‎

Ishni bajarish uchun masʼul shaxs (lavozimi, F.I.Sh.) ‎

Ish bajarilgani haqida
‎qayd yozuvi,
masʼul‎ shaxsning imzosi‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitobni yuritish boʻyicha tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitobda shaxtaning oʻt oʻchirish suv taʼminoti va SMN tizimlarida roʻy bergan avariyalar va reja boʻyicha bajariladigan ishlar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob ip bilan tikib bogʻlanishi, muhrlanishi va sahifalari raqamlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob kon dispetcheri tomonidan toʻldiriladi va dispetcherlik punktida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitobni toʻgʻri yuritish va oʻz vaqtida toʻldirish masʼuliyati shaxtaning texnik direktori (bosh muhandisi)ga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlchov diapazonini tanlash va oʻrnatma qiymatlarni hisoblash metodikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Manometrning oʻlchov diapazoni berilgan uchastkaning OʻSQ tarmogʻidagi mumkin boʻlgan maksimal bosimdan kattaroq boʻlgan oʻlchov chegarasi boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manometrning oʻlchov diapazoning tanlash 1-jadval boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎

1-Jadval‎
‎

Diapazoni, MPa (kgs/sm2)‎

Oʻlchov chegarasi, MPa (kgs/sm2)‎

0-1,0(10,0)‎

0,75 (7,5)‎

0-1,6(16,0)‎

1,2(12)‎

0-2,5 (25,0)‎

1,87(18,7)‎

0-4,0 (40,0)‎

3,0 (30,0)‎

0-6,0 (60,0)‎

4,5 (45,0)‎

0-10,0(100,0)‎

7,5 (75,0)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OʻSQ tarmogʻining berilgan nuqtasidagi signal beruvchi qurilma manometrining oʻrnatma qiymatini hisoblash ushbu uchastkadagi oʻt oʻchirish suv taʼminotining gidravlik parametrlariga asoslangan holda bajariladi. Oʻrnatma qiymat kattaligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rust = Rcm -Rmaxm..n-0,025Diz, bu yerda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rst — suv taʼminotining barcha variantlari uchun OʻSQ tarmogʻining ushbu uchastkasidagi suvning maksimal bosimi, MPa (kg/sm2);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rmaxm..n — texnologik ehtiyojlar uchun suvning maksimal sarflanishida manometr oʻrnatilishidan keyingi OʻSQ tarmogʻining ushbu uchastkasidagi bosimning kamayishi, MPa (kg/sm2);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diz - manometr oʻlchov diapazonining chegaraviy qiymati, MPa (kg/sm2).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik ehtiyojlar uchun suvning maksimal sarflanishidagi bosimning kamayishi (Rmaxm.n.) hisoblash orqali aniqlanadi: ushbu uchastkadagi texnologik ehtiyojlar uchun suvning maksimal sarflanishi (m3/s), OʻSQ tarmogʻining ushbu uchastkasidagi toʻliq gidravlik qarshilik (sm2/m5) va mahalliy qarshiliklar tufayli yoʻqotiladigan bosim (10%) boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Misol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqning gidravlik hisoblash sxemasi boʻyicha diapazonni va manometrning oʻrnatma qiymati hisoblanishini tanlash (4-Ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan dastlabki maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manometr oʻrnatilgan joy— yoʻldagi qiyalik etagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manometrning tartib raqami— 4.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻSQ tarmogʻining manometr oʻrnatilgan joyidagi suvning maksimal hisoblangan bosimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rst = 150 m (15 kgs/sm2,1,5 MPa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik ehtiyojlar uchun suvning maksimal sarflanishi tufayli bosimning yoʻqotilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rmaxm.n. = 10 m (1.0 kgs/sm, 0,1 MPa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-Jadvalga muvofiq manometrning oʻlchov chegarasi 1,87 MPa (18,7 kgs/sm2) qilib tanlab olinadi va ushbu qiymat boʻyicha manometrning oʻlchov diapazoni— 2,5 MPa (25 kgs/sm2) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manometrning signal beruvchi qurilmasidagi oʻrnatma qiymat kattaligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rust = (15,0 - 1,0) - 0,025x25,0 = 13,375 kgs/sm2.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manometrning signal beruvchi qurilmasining koʻrsatgichi shkala boʻyicha 13 kgs/sm2 ga teng boʻlgan belgi yoniga oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. YoQH loyihasi (boʻlimi)da SMN tizimida qoʻllaniladigan har bir manometrning oʻlchov diapazonini tanlash va signal beruvchi qurilmasining oʻrnatma qiymatining hisob-kitoblari boʻyicha natijalar (jadval koʻrinishida) koʻrsatilishi lozim.