06.12.2010 yildagi 344-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 06.12.2010 yildagi 344-son
Кучга кириш санаси
31.12.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MERKAPTANLARNI QOʻLLAShDA XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2010-yil 21-dekabr 6/24/13-11862/6-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 28-29-son, 234-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Merkaptanlarni qoʻllashda xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 6-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SANOATKONTEXNAZORAT”
davlat inspeksiyasi boshligʻining
2010-yil 6-dekabrdagi 344-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merkaptanlarni qoʻllashda xavfsizlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq merkaptanlarni qoʻllashda xavfsizlik tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar merkaptanlarni qoʻllovchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Sanitariya va gigiyena
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilot xonalaridagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishlab chiqarish xonalari tabiiy va sunʼiy yorugʻliligi darajasi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yorugʻlik” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ish joylari ishlab chiqish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq tik turib va oʻtirib ishlash uchun GOST 12.2.032-78 va GOST 12.2.033-78 talablariga muvofiq moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. .Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talabiga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yoritish vositalarida koʻzni qamashtirishdan saqlovchi choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yoritish vositalari uchun 220 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish qoʻllanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻchma yoritish vositalarini ishlatishda rezina shlangli egiluvchan oʻtkazgichdan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yoritish vositalarini taʼmirlash va uning ichki elementlarini koʻzdan kechirish, kuygan lampa va himoya shishalarini almashtirish ishlari elektr tarmogʻidan oʻchirilgan holda bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoritish vositalarini nazorat qilish va taʼmirlash ishlari shu ishlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Elektr yoritish oʻtkazgichlari poldan 2,5 m dan past boʻlmagan balandlikda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Merkaptanlarni qoʻllashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Merkaptanlarni qoʻllovchi barcha texnologik jarayonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun, ular nazorat oʻlchov asboblari, avtomatik rostlash tizimi, tahlil va blokirovka tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish tizimi, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqarish tizimlari, avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimi (AQAH tizimi), shuningdek avariya holatlaridan xabar beruvchi aloqa (aloqa va xabar berish tizimi) tizimlari, shu jumladan asbob va uskunalar bilan komplekt yuborilayotgan AQAH tizimlari meʼyoriy-texnik hujjat, loyiha, reglamentlar talablariga muvofiq boʻlishi va texnologik parametrlarni belgilangan aniqlikda ushlab turishni, texnologik jarayonlarning ishonchli va xavfsiz olib borilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda — avariyali, ogohlantiruvchi va texnologik signalizatsiya, blokirovka, shuningdek texnologik parametrlar chegaraviy yoʻl qoʻyilgan qiymatga yetganda himoya choralari va texnologik asbob va uskunalarning avariya holatida toʻxtashi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun moslamalar majmui, yaʼni asbob, rostlagich, signalizator hamda boshqa avtomatlashtirish va masofadan boshqarish vositalari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish xavfsizligini; suyuqliklar toʻkilishi oldi olinishini; dastlabki holat signalizatsiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuqliklar toʻkilishining oldi olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki holat signalizatsiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaraviy qiymatga yetganda yoki mexanizmlarning nosozligida oʻchiruvchi blokirovkalarning ishlab ketishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarayonlarning markaziy boshqarilishi va nazoratini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Saqlovchi klapanlar soni va ularni oʻtkazish qobiliyati GOST 12.2.085-2002 talablariga muvofiq hisob boʻyicha tanlab olingan, sozlangan va rostlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻlchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi boʻlgan xonalar va qurilmalarda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan javonlarda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Gazoanalizatorlarning datchigi eng kam masofada gaz va bugʻlarning chiqish ehtimoli koʻp boʻlgan joyda oʻrnatilishi, asboblarga xizmat koʻrsatish va rostlashi uchun qulay boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Merkaptanlarni qoʻllovchi ishlab chiqarish obyektlari GOST 12.4.026-76 talablariga muvofiq, tegishli xavfsizlik belgilari va ogohlantiruvchi yozuvlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Merkaptanlarni saqlashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Merkaptanlarni qoʻllovchi tashkilotning omborxonasida sertifikatsiyadan oʻtgan maxsus saqlash sigʻimlarda — rezervuarlarda, konteynerlar va bochkalarda merkaptanlar saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Merkaptanlarni saqlash, sigʻimlarning sozligi va zichlanganligini davriy tekshirib turish tartibi va buning uchun masʼul shaxslarning javobgarligi ishlab chiqarish yoʻriqnomasiga muvofiq reglamentlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Merkaptanlar bilan toʻldirilgan sitimlar (bochkalar) ochiq havodagi maxsus ajratilgan maydonda, oftob nurlari tushishini bartaraf etuvchi yonmaydigan materialdan tayyorlangan, soyabon tagida boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Transport vositasidan bochkalarning tushirish va saqlash maydoni chegarasida toʻla bochkalarni qayta qoʻyilishi, ularning tushib ketmasligi yoki shikastlanmasligini taʼminlash uchun mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Merkaptanlarni tashkil qiluvchi suyuqliklarni kanalizatsiyaning ochiq tizimiga zararsizlantirishsiz oqizib yuborish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Xodimlarni merkaptanlarning chiqishi va yigʻilishi mumkin boʻlgan xonalarga kirishidan oldin ventilatsiya yoqilishi va xona 10 — 15 minut shamollatilib, havo tarkibi tekshirilganidan keyin kirishga ruxsat etiladi. Xodimlar xonada boʻlgan davrida umumalmashuv ventilatsiyasi doimo ishlab turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Merkaptanlar bilan toʻldirilgan va qaytarish tarasini avtotransportda yoki temir yoʻl transportida tashilishi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Merkaptanlarni gaz taqsimlovchi stansiyalar va punktlarida qoʻllashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tabiiy va yoʻl-yoʻlakay chiquvchi gazni odorizatsiya qilishni gaz taqsimlovchi stansiyalar va punktlarda maxsus jihozlangan, texnologik jarayonni toʻliq tiqini jips yopiladigan, merkaptanlarning ajralib chiqishining oldini oluvchi va sarflash sigʻimida (bochkada) merkaptanlarning yoʻqligiga signal beruvchi odorinizatsiya qurilmasida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bochka bilan probka orasida hosil boʻluvchi pirofor choʻkmalarni oʻz-oʻzidan yonib ketishining oldini olish uchun, bochkaning tashqi probkasini echgandan keyin, ichki probka atrofiga hoʻl latta qoʻyilishi kerak. Merkaptanlar solingan bochkalarni ochish maxsus kalit bilan bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Bochkadan merkaptanlarning saqlash sigʻimiga toʻkilishi tiqini jips yopiladigan usulda bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Merkaptanlarni saqlash sigʻimidan odorinizatsiya qurilmasining oraliq sigʻimiga berilishi qoʻl nasosi yoki yurituvchisi bor nasosda filtr orqali berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Odorinizatsiya qurilmasining sarflash idishiga merkaptanlarni oraliq sigʻimidan maxsus quvurlar orqali inert gaz bilan siqib chiqish yoʻli bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Texnologik odorinizatsiya qurilmasi hujjatlariga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat muhofazasi boʻyicha qurilmadan foydalanish yoʻriqnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odorinizatsiya qurilmasini ishga tushirish, toʻxtatish va taʼmirlash yoʻriqnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odorinizatsiya qurilmasining loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ishlab chiqarish jarayonlarining yongʻin xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish GOST 12.1.004-91 talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ishlab chiqarish jarayonlarining portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish GOST 12.1.010-76 talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining soni, ularning joylashishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarni yongʻin xavfsizligi” talablari boʻyicha eng uzoq ish joylaridan ulargacha boʻlgan masofa, shuningdek eng koʻp sonli smenadagi xodimlarning soniga bogʻliq holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng yaqin evakuatsiya chiqish yoʻligacha ruxsat etilgan masofa evakuatsiya qilinadigan xonaning olovga chidamliligi toifasi va hajmida hamda bu chiqish yoʻli orqali evakuatsiya qilinayotgan xodimlar oqimining zichligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Merkaptan yonib ketganida uni oʻchirish uchun kimyoviy koʻpik, inert gaz, suv bugʻi, qurilmani sovutish suvi, qum, asbest matosi qoʻllanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Merkaptanlarning toʻkilish ehtimoli bor ishlab chiqarish obyektida, toʻkilgan yuzalardagi merkaptanlarni zararsizlantirish uchun 10% foizli xlor ohak eritmasi yoki kaliy permanganatni toʻyingan eritmasi yetarli miqdorda tayyorlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tashkilotda mavjud meʼyorlar asosida mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma hamda yongʻin sodir boʻlgan vaqtda xodimlarni evakuatsiya qilish chizmasi ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joylarga osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalarining avtomatik oʻchishini taʼminlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlariga xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Merkaptanlarni qoʻllashda xavfsizlikni taʼminlash uchun hamma texnologik jarayonlar nazorat-oʻlchov asboblari, jarayonni tartibga soladigan avtomatika, tahlil va blokirovka tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Merkaptanlarni qoʻllovchi texnologik jarayonlar nazorati avtomatik, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqaruv (boshqaruv tizimlari), avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimi (AQAH tizimi) hamda avariyali vaziyatlar haqida xabar va aloqa, jumladan uskuna bilan komplektli ravishda yetkazib beriladigan tizimlar kimyoviy, neft-kimyoviy ishlab chiqarishlar meʼyoriy hujjatlar, loyihalar, reglamentlar, qoidalar talablariga javob berishi va berilgan texnologik parametrlar aniqligini, texnologik jarayonlarning xavfsiz va ishonchli oʻtkazilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Merkaptanlarni qoʻllashda avtomatlashtirilgan avariyali ogohlantiruvchi va texnologik signalizatsiya va blokirovkaning koʻzda tutilishi, shuningdek texnologik parametrlar chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan qiymatiga yetganda himoya tadbirlari va texnologik uskunaning avariyali uzilishi koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tarkibiga regulyatorlar, signalizatorlar va boshqa avtomatlashtirish va masofadan boshqarish vositalari kiradigan texnologik jarayonlar quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat va jarayonlarni boshqarish xavfsizligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaraviy qiymatlarga yetganda yoki mexanizm nosoz boʻlganda blokirovkalar ishlashini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilish va jarayon boshqarilishini markazlashtirishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Merkaptanlarni qoʻllashda asosiy texnologik parametrlar meʼyordan oshganda uskunani xavfsiz holatga avtomatik tarzda oʻtkazish uchun moʻljallangan blokirovka sxemalari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Hisoblash texnikasi vositalari bazasida texnologik jarayonlarning avtomatik boshqaruv tizimi normativ hujjatlarga, hamda texnik topshiriqqa muvofiq boʻlishi va quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarayon parametrlarining doimiy nazoratini va ularning reglamentlovchi qiymatlarini ushlab turish uchun rejimlar boshqaruvini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyaga qarshi avtomatik himoya (AQAH) vositalari ishga layoqatli holati nazoratini va ishga tushirilishining roʻyxatga olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt chegarasida havo muhiti holatining doimiy nazoratini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parametrlarning chegaraviy qiymati tomoniga oʻzgarishining doimiy tahlili va avariyaviy ehtimolini istiqbollashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv vositalari harakatini va xavfli vaziyat rivojlanishini toʻxtatadigan AQAHni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyali vaziyatni lokallashtirish vositalari ishga tushishini, optimal boshqarish taʼsirlarini tanlash va amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyasiz ishga tushirish, toʻxtatish operatsiyalari oʻtkazishni va texnologik obyektning qaytadan ishga tushishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida turuvchi boshqaruv tizimiga obyektdagi xavfsizlik holati haqida maʼlumot berilishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish sxemalari ayrim avtomatika vositalarining ishdan chiqishi yoki ularning nosozligi ishlab chiqarishda avariya boʻlishini keltirib chiqarmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Elektr energiyasi uzilgan yoki nazorat va boshqaruv tizimlariga siqilgan havo berilishi toʻxtatilgan taqdirda AQAH tizimlari texnologik obyektni xavfsiz holatga oʻtkazishni va energiya taʼminoti tiklanganda ushbu tizimlarning oʻz-oʻzidan yoqilish ehtimolining yoʻqotilishini taʼminlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. AQAHning ishlab ketganidan keyin texnologik obyektning ish holatiga qaytarilishi xizmat koʻrsatadigan xodimlar tomonidan bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Portlashga xavflilikning hamma toifalariga ega texnologik obyektlarning loyihalarida, texnologik reglamentlarida va AQAH tizimlari roʻyxatida parametrlar boʻyicha himoyalovchi qurilmalar bilan bir qatorda parametrlarning avariyali qiymatlarining chegaralari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Himoyalash tizimlari qurilmalarining ahamiyati oʻlchov vositalari signal moslamalarining ishlab ketishidagi xatoliklar, tizimning tez ishga tushishi, parametrlar oʻzgarishi mumkin boʻlgan tezligi va texnologik obyektning portlashdan xavflilik toifasi hisobga olinib aniqlanadi. Qurilmalar ahamiyati loyiha va texnologik reglamentda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Avtomatik tartibga solish, masofadan boshqarish, signalizatsiya vositalariga va blokirovka moslamalariga bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda foydalanish boʻyicha ijro sxemalari va yoʻriqnomalari tuzilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Portlash xavfi boʻlgan binolarda joylashgan elektr shchitlari, elektr asboblari va avtomatik tizimlar pultlari, ularga ulangan oʻzgaruvchan yoki doimiy tok kuchlanishidan qatʼiy nazar, yerga ulanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Texnologik jarayonlarning nazorati, boshqaruvi va avariyaga qarshi himoya (AQH) tizimida qatnashadigan tiqinlovchi va tartibga soluvchi armatura, nazorat tizimlari va ijro mexanizmlari taʼmirlanib, joyiga oʻrnatilishidan avval tez ishga tushishi, mustahkamligi va yopilish zichligi boʻyicha davriy sinovlardan oʻtkazilishi va bu toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilishi yoki pasport, jurnalga yozilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Nazorat oʻlchov asboblari koʻrsatkichlar olinishi yoki asboblar almashtirilishi uchun qulay boʻlgan va xavfsiz joylarda joylashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Foydalanishda boʻlgan oʻlchov vositasi pasporti va hisobga olish jurnalida, navbatdagi qiyoslashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Nazorat oʻlchov asboblari, avtomatik regulyatorlar, ishlab chiqarish signalizatsiyasi va masofadan boshqarish asboblarining sozligi boʻyicha doimiy nazorat olib borilishi kerak. Asboblar koʻrsatkichlarining aniqligi ishlab chiqaruvchi zavodning pasport maʼlumotlariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini sozlash va tekshirish ishlariga shu binodagi xavfli ishlar oʻtkazilishi bilan bir vaqtda yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tashkilot va sex rahbariyati qonun hujjatlariga muvofiq, zararli ish sharoitlarini bartaraf etishi, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarini tegishli sanitariya-gigiyena holatda saqlanishini taʼminlashi boʻyicha zaruriy choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Agar tekshiruvda oʻlchov vositalarining nosozligi, tashqi shikastlari borligi yoki oʻz vaqtida tekshirilmagani aniqlansa, ularning ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Saqlagich klapanlar soni va ularning oʻtkazuvchanlik qobiliyati GOST 12.2.085-2002 talablariga muvofiq hisob boʻyicha tanlangan, sozlangan va tartibga solingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Saqlagich klapan ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan pasport va foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan yetkazib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Saqlagich klapanlar xizmat koʻrsatishga qulay boʻlgan joylarga oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Yoʻl qoʻyilganidan yuqori bugʻ va zararli gazlar kelishi oqibatida xodimlarga xavf paydo boʻlishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish binolari shaxsiy gaz analizatorlaridan ishga tushiriladigan avariyali, tovushli va yorugʻlik signalizatsiyasi bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Avtomatik namuna olish moslamalari yoki datchiklar tashqaridan yongʻin va portlash xavfi boʻlgan bugʻlarning kirishi mumkin boʻlgan, normal muhitli yertoʻla va yarim yertoʻla xonalarda oʻrnatilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Analizatorlarning oʻlchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi boʻlgan xonalarda va ochiq portlash xavfi boʻlgan qurilmalarda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida oʻz vaqtida xabar berish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Yonuvchi gazlar va bugʻlar ajralib chiqishi ehtimoli yuqori boʻlgan ishlab chiqarish xonalarining ishchi hududi havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun avtomatik signalizatorlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Signalizatorlar avariya ventilatsiyasiga ulangan boʻlishi hamda chiroqli va tovushli signallar berish xususiyatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Signalizatsiya tizimi, xonalar havosida portlash xavfli gazlar va bugʻlar miqdori alangalanish past chegarasining 10 foiziga yetganda va avariya soʻruvchi ventilatsiya ishga tushganda, ishlab ketishi kerak. Toʻkilgan yuzadagi V, merkapttanlarning qoldiqlari 10 foizli xlor, ohakli suv eritmasi bilan zararsizlantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Korroziyadan himoyalashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Bino ichida va ochiq maydonchalarda joylashgan barcha asbob-uskunalarni, kommunikatsiya va metall konstruksiyalarni merkaptanlarni qoʻllashda tashqi korroziyadan himoyalash QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash. Loyihalash meʼyorlari” va QMQ 3.04.02-97 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish. Bajarilgan ishlarni qabul qilish qoidalari” talablariga muvofiq metall va nometall himoya qoplamalar ishlatish orqali amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Quvurlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoya qilish tizimi va turini tanlash, ularning oʻtkazilish sharoitlari va usullari tashqi muhitning korroziyaga aktivlik darajasi va xususiyati, elektr korroziyaga xavflilik darajasi, tashiladigan moddalarning turlari va parametrlariga bogʻliq holda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Agressiv muhit taʼsiriga uchraydigan uskuna, kommunikatsiya va ularning birikmalari korroziyaga uchramaydigan materiallardan qilingan maxsus qoplamalar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Korroziya keltirib chiqaradigan sharoitlarda ishlaydigan uskunalar holati ustidan davriy reglamentlangan koʻrikdan oʻtkazish va uskuna devorlari qalinligi va yoyilish kattaligini (tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha) aniqlash yoʻli bilan bosh mexanik xizmatining maxsus nazorati oʻrnatilishi kerak. Uskunalar holatini tekshirish natijalari maxsus jurnal yoki pasportda qayd qilingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Devorlar qalinligini tekshirish usuli, joyi va davriyligi aniq sharoitlarga bogʻliq holda tashkilot bosh mexanigi xizmati tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Agressiv muhitlar uchun moʻljallangan uskunalarni tayyorlash uchun materiallar, shu muhitning agressiv taʼsiriga ularning chidamliligini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Kimyo uskunalarini tayyorlash uchun materiallarni tanlashda korroziyaga chidamliligi, mustahkamliligi, yuqori haroratga bardoshliligi, materiallarga ishlov berish va payvandlash mumkinligi, uning qulayligi va bahosi hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Pana joy, havo quvuri, soʻrma ventilyatorlar va boshqa materiallar ventilatsiya qurilmalari chiqarib tashlayotgan havo gaz aralashmasi tarkibidagi moddalarga nisbatan korroziyaga chidamli boʻlishi kerak. Havoni kondensat bilan soʻrib olayotgan ventilyatorlarning gʻildiragi va gʻilofi korroziyadan saqlash uchun himoya qoplamalariga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Xonalar havosida agressiv moddalarning bugʻlari mavjudligini hisobga olib, uskunalar sirtini korroziyaga chidamli lak, boʻyoq va boshqa qoplamalar bilan himoya qilish kerak. Izolatsiya qoplamalarining tashqi qatlamidagi barcha nuqsonlar tezda, kechiktirmasdan bartaraf etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Laboratoriyada merkaptanlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Laboratoriya binolarida merkaptanlar bilan ishlash paytida kimyoviy moddalar va materiallarning yongʻin xavfini bilish hamda portlash xavfi boʻlgan va yongʻin xavfi bor bugʻlar ajralishi bilan bogʻliq hamma ishlar tuzatilgan tortish javonlarida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Merkaptanlar bilan doimo ish olib boradigan laboratoriya xonalarining ventilatsiya tizimining havo almashinuvi xavfsizlikni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Merkaptanlar qoʻshni xonalarga tarqalib ketmasligi uchun havo bosimi manfiy balansda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Merkaptanlar, undan foydalanish qoʻllanmasida koʻrsatib oʻtilgan idishlarda saqlanishi shart. Tez alanga oluvchi suyuqlik bilan shisha idish maxsus zich yopiladigan qopqoqli, devor va tagi asbest bilan yopilgan va isitish manbaidan uzoq oʻrnatilgan metalli qutida joylanilishi shart. Qopqoqni ichkari tomonidan tez alanga oluvchi suyuqlikning umumiy mumkin boʻlgan saqlash meʼyori va koʻrsatilgan nomlanishida aniq yozuv qoʻllanadi. Tez alanga oluvchi suyuqliklarni saqlash meʼyori laboratoriya boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Isitish asboblari vazifasida ochiq spiralli eletroplitkani, hamda ochiq alanganing ishlatilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Laboratoriya binolari va tortish javonlarini elektr yorituvlari portlash xavfi himoyasiga ega boʻlishi hamda vklyuchatellar tortish javonlaridan tashqarida oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Tez alanga oluvchi suyuqliklarni sigʻimi 1 dm3 dan koʻp boʻlmagan zichlik probkalari bilan taʼminlangan, qalin butilkalarda saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi va butilkalar isitish maydonlaridan uzoqda oʻrnatilgan maxsus qutiga joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Merkaptanlarning chiqindilarini kanalizatsiyaga toʻkish man etiladi. Ishlatilgan suyuqliklar maxsus zich yopiladigan idishga solinishi, ish kuni oxirida idishdagi chiqindilar laboratoriyada neytralizatsiya qilinib, kanalizatsiyaga oqizilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Ish tugaganidan soʻng ishlatilgan pribor va apparatlar inert gaz bilan puflanishi va zararsizlantirish suyuqligi bilan zararsizlantirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Merkaptanlar bilan ishlashda ishlatilgan filtr va qogʻozlar, zichlangan neytral eritmali sigʻimlarga yigʻilishi yoki shu zahoti yondirib yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Merkaptanlar xodimga tasodifan toʻkilganda, toʻkilgan joyni zararsizlantiruvchi eritma kaliy marganat toʻyingan suvli eritmasi bilan zararsizlantirish hamda koʻz, ogʻiz, burin va terining ustki qismi 2 foizli ichimlik soda eritmasi bilan yaxshilab yuvib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ishlab chiqarish qurilmalari, rezervuarlari hamda asbob va uskunalariga qoʻyilgan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ishlab chiqarish asbob va uskunalariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Ishlab chiqarish asbob va uskunalari GOST 12.2.003-91 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Ishlab chiqarish asbob va uskunalari joylashtirilganda va foydalanilganda ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Merkaptanlarni qoʻllashda asbob va uskunalarning umumiy tuzilishi (komponovka qilinishi) va joylashishi xizmat koʻrsatish xavfsizligi va qulayligini, taʼmirlash ishlari oʻtkazishni, shuningdek sanitariya qoidalari talablariga muvofiqligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Nosoz ishlab chiqarish asbob va uskunalarida ishlash, shuningdek xavfsizlikni taʼminlaydigan blokirovka, nazorat oʻlchov asboblari, toʻsiqlari boʻlmaganda undan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Sex, boʻlim, uchastkaning ish joylarida texnologik chizma osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Sxemada berkituvchi moslamalar nomerlangan, mahsulotlarning joyini oʻzgartirish yoʻnalishi stryelkalar bilan koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Sxemadagi berkituvchi moslamalar va boshqa belgilar uskunalarga xizmat koʻrsatish yoʻriqnomalariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Bino va ochiq maydonchalarda joylashgan uskunalar zichlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Uskunalarni oʻrnatishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oʻtish yoʻllari, shuningdek boshqarish shchitlariga xizmat koʻrsatish maydoni boʻyicha kengligi 2 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtish yoʻllari balandligi 2 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ish oʻrinlarida, boshqarish tarmoqlari, mahalliy nazorat oʻlchov asboblari va hokazolarga ega boʻlgan uskunalarga (kompressor, nasos, havo purkagichlar) xizmat koʻrsatish maydonchalaridagi asosiy oʻtish yoʻllarining kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma xizmat koʻrsatish zarur boʻlganda, uskunalar, shuningdek uskunalar va bino devorlari orasidagi oʻtish yoʻllari 1 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob va uskunalarni koʻrikdan oʻtkazish, davriy tekshirish va rostlash uchun oʻtish yoʻllari 0,8 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida turgan nasoslar orasidagi oʻtish yoʻllari 0,8 m dan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompressorlar oldida boshqarish chitlari joylashgan hollarda oʻtish yoʻllari 1,5 — 2 m dan kam boʻlmasligi lozim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Rezervuarlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Merkaptanlarni saqlash uchun rezervuarlar armatura va asboblar bilan (sath oʻlchagichlar, maxsus toʻplagichga chiqish bilan tashish quvurlari, toʻldirish darajasining chegarali signalizatsiyalari, saqlagich qopqoqlari, havo quvuri bilan ulangan, tashqariga chiqarilgan va yongʻin toʻsiqlari) taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Havo olish klapan qurilmasi har bir rezervuarning foydalanadigan sharoitiga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Merkaptanlar bilan rezervuarlarni belgilangan chegaradan koʻp toʻldirilishi man etiladi. Idishning toʻldirish chegarasi texnologik ish tartibida koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Toʻldirish chegarasi avtomatik tartibga keltirish tizimi bilan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Rezervuarlardan tez alanga oluvchi suyuqliklarni toʻldirish yoki boʻshatish vaqtida namuna olishga yoʻl qoʻyilmaydi. Suyuqlik harakati toʻliq toʻxtatilgandan soʻng namuna olish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Rezervuarlarni koʻrikdan oʻtkazishda, daraja oʻlchovida yoki sinovlar jarayonida uchqun chiqarmaydigan moslama yoki asboblardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Rezervuarlarning qopqogʻini ehtiyotlik bilan zarbasiz ochish va yopish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Har bir rezervuarga tayyorlash, foydalanish va taʼmirlash ishlarining amalga oshirilishi boʻyicha texnikaviy hujjatlar yuritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Nasoslarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Merkaptanlarni haydovchi nasoslar konstruksiyasi birikmalarining zichligi taʼminlanishi kerak. Atrof muhitga agressiv suyuqliklarning chiqib ketishini oldi olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Nasos vallari zichlagichlari orqali berkituvchi yoki yuvish suyuqliklarining oʻtib ketishi belgilangan meʼyorlardan ortishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Suyuqliklarni haydash uchun markazdan qochma salniksiz, ikki toretsli zichlagichli yoki boshqa konstruksiyali zichlovchi moslamalari boʻlgan yuqori ishonchli nasoslar qoʻllanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Nasosxonada joylashgan quvur, nasos va boshqa uskunalardan mahsulot qoldigʻini yopiq kommunikatsiyalar orqali nasosxona tashqarisiga yaʼni maxsus moʻljallangan sigʻimga, bugʻ va gazlar mashʼalaga chiqarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Muftaning dvigatel bilan ulanish joyida toʻsiqlar yoʻqligida ulardan foydalanish va ularni ishga tushirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Nasosxona quvurlarida oqimlar harakatining yoʻnalishi, asbob-uskunalarda texnologik chizma boʻyicha joylashuv raqami, yurgizgichlarda esa rotor aylanishining yoʻnalishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§.Odorinizatsiya qurilmasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Yongʻinga xavfi boʻlgan texnologik jarayonni ishonchli avtomatik nazorat vositalari bilan hamda odorinizatsiya qurilmasi tiqini jips yopilgan holda olib borish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Odorinizatsiya qurilmasidan nosoz nazorat, oʻlchov va boshqaradigan asboblar hamda himoya moslamalari mavjudligida foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Odorinizatsiya qurilmasidan nosoz va sinalmagan moslamalar orqali sinovlarni tanlab olish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Foydalanish jarayonida odorinizatsiya qurilmasining salnik tiqini jips yopilib turganligini nazorat qilib turish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Quvurlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Quvurlarning joylashishi, yotqizish usullari QMQ 3.05.05-98 ning “Texnologik moslamalar va texnologik quvurlar” talablariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Quvur materiallarini, qismlari va armaturalarini tanlashda, quvurlar tasnif hisobidan tashqari, ularning shartli oʻtish va transportlash tevaragining soʻnggi parametrlarida, ularning agressiv va emirilish xususiyatini hamda merkaptanning kimyoviy tarkibini hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Quvurlarning montajida material sifati, quvur qismlari va armaturalarini ularning sertifikatlari, standartlari, texnikaviy shartlari va boshqa texnik hujjatlarga muvofiqligi kirish nazoratidan, hamda bajarilgan ishlar sifati alohida nazoratdan oʻtkazilishi kerak. Kirish nazorati natijalari buyum sifatini tasdiqlovchi barcha hujjatlar ilovasi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Tashkilot ishlab chiqaruvchining hujjatlarida koʻrsatilgan (bunday koʻrsatmalar yoʻqligida ishlab chiqarish sanasi mobaynida) lekin, kafolat muddati tugagan material va mahsulotlar faqat taftish, nuqsonlarni bartaraf etish, tajriba va boshqa ishlar oʻtkazilganidan keyin montaj ishlarini amalga oshirish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Quvurlar yotqizish (almashtirish) turi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsiz va ishonchli ishlatishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha parametrlariga muvofiq texnologik jarayonlar olib borishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin va portlash oqibatlarini kamaytirishga, montaj va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun texnologik tugunlarda (bloklar) qurilmalarning taqsimlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarma transport vositalarni moʻljallangan loyihalarda ishlatish va texnik holatini bevosita kuzatish imkoniyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlardagi payvand choklarini termik qayta ishlash, ularning sinovi va nazorati boʻyicha barcha turdagi ishlarni bajarish imkoniyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statik elektrdan, chaqmoqdan va korroziyadan himoyasi va izolatsiyasi qilinganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlarda tiqinlar tashkil topishi oldi olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatsiz zonaning tashkil topishi va osilib turishi oldini olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yotqizishning yanada koʻproq tejamli usulini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvurlarni haroratdan deformatsiyalanishining oʻz-oʻzini kompensatsiyalash imkoniyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin oʻchirish vositalarini, jihozlarni va yuk koʻtaruvchi mexanizmlarni qiyinchiliksiz joyini oʻzgartirish imkoniyatini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Xodimlarni evakuatsiya qilish yoʻllarida (koridorlarda), kompleks transformator kichik stansiyalarida, taqsimlovchi qurilmalar , elektrpodstansiyani tashqi devorlaridan, maishiy inshootlar, maʼmuriy, xoʻjalik binolari, elektr binolari, texnologik jarayon bilan boshqariladigan binolar, shamollatish kameralari, issiqlik punktlari va shunga oʻxshash boshqa binolardan - yonuvchi, tajovuzkor va zaharli moddalarni transportlashtiruvchi texnologik quvurlarning oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. A va B kategoriyali yonma-yon binolarini ajratadigan devorlar, bostirmalar va toʻsiqlardan tez yonuvchi suyuqliklar bilan texnologik quvurlarning yotqizilishi texnologik jarayon talablariga koʻra ruxsat etiladi. Quvurlarning devorlaridan oʻtish joylarida quvurlarni joyini almashtirish imkoniyatini taʼminlovchi, zichlanadigan, yonmaydigan moslamalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Quvurlar va zanglamaydigan poʻlat va ularning tayanchi orasiga prokladka joylashtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Ishlab chiqarishni tashqi quvurlarini oʻz ishlab chiqarish binolarini korpus devorlari boʻyicha kronshteynlarga yotqizish mumkin, bu holda quvurlar deraza oʻrnini kesib oʻtmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Quvurlarni idish yoki sex apparatiga toʻliq boʻshatish imkoniyatini taʼminlanadigan, qiyalik bilan loyihalash lozim. Asosli hollarda quvurlarni boʻshatishini taʼminlaydigan, kichkina qiyalik orqali quvurlarning yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Sexlarda kirish quvurlarida texnologik tugunlar va oʻrnatishlarda — toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak. Diametri 400 mm va undan koʻp boʻlgan, tez alanga oluvchi suyuqliklarni transportlash uchun quvurlarda— qoʻl bilan qayta takrorlash va masofadan boshqarish bilan toʻsiqli armatura oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Quvurlarning belgilanishi va boʻyalishi, mahsulot harakat yoʻnalishi koʻrsatgichlari GOST 12.4.026-76 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Quvurlardan foydalanishda, quvurlarni tashqi yuzasining ahvoli va uning detallari (armatura, krepej, gardish ulamalari, payvand choklari), korroziyaga qarshi himoyasi va izolatsiyasi, drenajli moslamalari, moslashtirgichlari, tirgovuch qurilma va boshqalar koʻriqdan oʻtkazilib turilishi lozim. Koʻriklar natijalarining jurnalda qayd qilinishi har smenada bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.