Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
ShANXAY HAMKORLIK TAShKILOTINING TERRORIZMGA QARShI KONVENSIYASINI (EKATERINBURG, 2009 YIL 16 IYuN) RATIFIKATSIYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 30-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 6-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 6-dekabrda maʼqullangan
Shanxay hamkorlik tashkilotining Terrorizmga qarshi konvensiyasini (Ekaterinburg, 2009-yil 16-iyun) quyidagi bildirish va shart bilan ratifikatsiya qilinsin:
1) Konvensiya 6-moddasining 2-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, mazkur Konvensiyaning bajarilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasidir”;
2) Konvensiya qoidalarining yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkini jinoiy jazo chorasi sifatida musodara qilishni qoʻllash mumkinligiga doir qismi Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonun hujjatlariga muvofiq emasligi sababli Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 16-dekabr,
OʻRQ-309-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 511-modda)