Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Qarori
“AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YOʻLOVChILAR TAShISh BILAN ShUGʻULLANIShGA LITSENZIYA OLIShDA YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR TOMONIDAN TOʻLANGAN DAVLAT BOJINI QAYTARISh YOKI HISOBGA QOʻShISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QAROR OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1555-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2006-yil 16-martdagi 32, 3-son “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanishga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlangan davlat bojini qaytarish yoki hisobga qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1555, 2006-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 108-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-noyabr,
72-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-noyabr,
3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 526-modda)