Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2012-2015-YILLARDA RESPUBLIKA OZIQ-OVQAT SANOATINI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2011-YIL 31-OKTABRDAGI PQ-1633-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
325-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 3-iyuldagi 281-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Nestle Oʻzbekiston” Oʻzbekiston — Shveysariya qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-oktabrdagi 462-son qarori 7-bandining beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi korxonalari uchun belgilanadigan tartibda” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 32-ilovadagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 69-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomning 25 va 48-bandlaridagi “yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” soʻzlari “oziq-ovqat sanoati korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-sentabrdagi 200-son qarorida:
a) 4-banddagi va 5-bandning birinchi xatboshidagi “yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” soʻzlari “oziq-ovqat sanoati korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasiga topshiriqlar Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasiga topshiriqlar bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda,) bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar roʻyxatida:
a) 31-banddagi “Oʻzyogʻmoyoziqovqatsanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 32-banddagi “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Braziliya Federativ Respublikasidan soya dukkaklarini sotib olish va ularni qayta ishlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 22-iyuldagi 209-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi va qarorga ilovaning izohidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi xatboshidagi ilovaning “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “2010 — 2012-yillarda Qoʻqon shahrining sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 11-dekabrdagi 310-son qaroriga 1 va 2-ilovalardagi Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasiga koʻrsatmalar Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 10-maydagi 86-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 19-modda) 3-ilovaning “Ishlab chiquvchilar va birgalikda ishlab chiquvchilar” ustunining 13 va 14, 24 — 27-bandlaridagi “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi” hamda “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda BMTning mingyillikni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 26-yanvardagi 21-son qaroriga 1-ilovaning “Masʼul bajaruvchilar va sheriklar” ustunining 9-bandidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus koʻrsatish va amalga oshirish uchun masʼul yirik korxonalarning tarkibiy boʻlinmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 11-bandidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini “Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-iyuldagi 212-son qarorida:
a) 5-banddagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasiga” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga ilovadagi Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasiga koʻrsatmalar Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-iyundagi 160-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 23-son, 306-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini tashkil qilish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 6-apreldagi 172-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uning faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 18-yanvardagi 30-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining ““Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi korxonalarini xususiylashtirish, aksionerlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 290-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga 3-ilovaning 4-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 22-modda) 1-ilovaning 12-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II boʻlimining 4-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorlari) 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 37-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 515-modda; 2013-y., 23-son, 306-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)