Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.12.2009 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-2012 YILLARDA QOʻQON ShAHRINING SANOAT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISh, IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYALASh VA MAHALLIYLAShTIRISh LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ishlab chiqarishlar tashkil etish, ishlab turgan sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlarni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish hisobiga Qoʻqon shahrining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish, shuningdek shu asosda aholining bandligini va daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoʻqon shahrini sanoat jihatidan rivojlantirish hamda uni obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 19-oktabrdagi F-3283-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Fargʻona viloyati va Qoʻqon shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari ishtirokida ishlab chiqilgan 2010 — 2012-yillarda Qoʻqon shahrining sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi maʼqullansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 — 2012-yillarda Qoʻqon shahri korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirishni chuqurlashtirishning aniq dasturini 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻqon shahri sanoat korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturini 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻqon shahrining istiqbolsiz sanoat korxonalarini yangi mulkdorlarga jadal sotish tadbirlarini 3-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi komissiya (R.S. Azimov)ga belgilangan muddatlarga muvofiq ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlar samarali amalga oshirilishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan Fargʻona viloyati va Qoʻqon shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda Chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan parametrlarga va muddatlarga muvofiq korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va bankrot korxonalarni yangi mulkdorlarga jadal sotish chora-tadbirlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda Chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlar bajarilishi monitoringini olib borsinlar, tadbirlarni soʻzsiz hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Ishchi komissiyaga Chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisida axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha maxsus idoralararo komissiya ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan loyihalarni belgilangan tartibda tegishli yilning Investitsiya dasturiga va Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bir hafta muddatda 3-ilovaga kiritilgan iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan belgilangan tartibda bankrotlik tartibotini qoʻllash tashabbusi bilan chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudiga qarzdor korxonalarni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalarini koʻrib chiqishni hamda 3-ilovada koʻrsatilgan ishlamayotgan, iqtisodiy nochor va eskirgan asbob-uskunalardan foydalanayotgan sanoat korxonalari boʻyicha tugatish ishini boshlashni jadallashtirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga kiritilgan sanoat korxonalari bankrot deb eʼlon qilingandan keyin ularni mulkiy komplekslar shaklida tijorat banklari va investorlarga sotish, ishlab chiqarish tiklangandan hamda korxonalar yangi mulkdorlarga sotilgandan keyin, keyinchalik qarzlarni kreditorlarga qaytargan holda, savdo oʻtkazilmasdan investitsiya majburiyati ostida bepul berish shartlarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventarizatsiya, mol-mulk qiymatini baholash hamda bankrot korxonalarning mol-mulkini sotib oluvchi tijorat banklari va investorlar bilan shartnomalar tuzish tugatish ishi boshlangan paytdan boshlab uch hafta mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi komissiya (R.S. Azimov)ga ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2010 — 2012-yillarda Qoʻqon shahrining sanoat salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturiga, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning xulosalari hisobga olingan holda tuzatish kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 538-modda; 2011-y., 50-son, 515-modda)