Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” Boshligʻining
Buyrugʻi
POʻLAT REZERVUARLARNI TEXNIK IShLATIShGA OID QOIDALARNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 9-yanvar 20-15-452/13-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Poʻlat rezervuarlarni texnik ishlatishga oid qoidalar tasdiqlansin.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-dekabr,
287-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining
2008-yil 12-dekabrdagi 287-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
2008-yil 12-dekabrdagi 287-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
POʻLAT REZERVUARLARNI TEXNIK IShLATIShGA OID
QOIDALAR
I bob. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur “Poʻlat rezervuarlarni texnik ishlatishga oid qoidalar” (quyida — Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-y. 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan.
3. Mazkur Qoidalar loyihalanayotgan, qurilayotgan ishlab turgan, qayta qurilayotgan, vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan va demontaj qilinayotgan poʻlat rezervuarlar uchun taalluqli hisoblanadi.
4. Ushbu Qoidalar quyidagilarni belgilaydi:
a) tovar, xom neft va neftmahsulot (quyida “mahsulot”) uchun rezervuarlarni vazifasiga koʻra ishlatish, texnik xizmat koʻrsatish, diagnostika qilish, taʼmirlash jarayonlariga doir meʼyor va talablarni;
b) rezervuarlardagi mahsulotning hisobini olib borish uchun metrologik taʼminotga oid asosiy qoidalarni;
v) rezervuarlarni ishlatish davomida xavfsizligini, mehnat muhofazasini taʼminlashga doir tadbirlarni;
g) rezervuarlarni ishlatish jarayonida ishni tashkil qilish va bajarishga doir talablarni;
d) rezervuarlarni ishlatish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini.
5. Qoidalarda bayon etilgan talablar ish bajarish, tashkiliy huquqiy shakllari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, quyidagi rezervuarlarni ishlatuvchi barcha korxonalar, hamda boshqa (tashqi) idoralar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi:
a) vertikal poʻlat rezervuarlar (VPR);
b) pontonli vertikal poʻlat rezervuarlar (PVPR);
v) suzuvchi tomli vertikal poʻlat rezervuarlar (STVPR);
g) gorizontal poʻlat rezervuarlar (GPR).
6. Mazkur Qoidalar namunaviy loyihalar asosida qurilib, 1997-yilgacha ishlangan rezervuarlarga taalluqlidir. Yangi konstruktiv xususiyatlar va texnologik parametrlarga koʻra, maxsus loyihalar asosida qurilgan rezervuarlar uchun ushbu qoidalarning boblariga tegishli oʻzgarish va qoʻshimchalar ishlab chiqish va ularda koʻrsatilgan rezervuarni ishlatishga oid alohida holat (talab)lari bayon etilishi kerak.
7. Rezervuarlarning texnologiya va ishlatishga doir hujjatlarida qoʻllanilgan atamalar mazkur Qoidalardagi atamalarga mos kelishi kerak.
8. Rezervuarlarni ishlatayotgan tashkilot va uning tegishli boʻlinmalari mazkur Qoidalar talablari asosida va unga mos ravishda yangi yoki amaldagi texnik shartlar, reglamentlar, ishlab chiqarishga oid yoʻriqnomalarga oʻzgartirish kiritadigan hujjatlar ishlab chiqilishini uyushtirishlari zarur.
Ishlab chiqilgan yangi yoʻriqnomalarda bayon etilgan talablar mazkur Qoidalarda keltirilgan talablar darajasidan past boʻlmasligi kerak.
II bob. POʻLAT REZERVUARLAR
1-§. Rezervuarlarni ishlatishni tashkil etish
9. Rezervuarlarni ishlatish jarayoni — mahsulotni qabul qilish, saqlash, berish (tarqatish), rezervuarlarni ishlatishdan oldingi sinov va qabul qilish ishlari, ularni taʼmirlash va xizmat koʻrsatishga doir barcha faoliyatlardan iboratdir.
10. Rezervuarlarni ishlatishni tashkil etish tartibi har bir korxona tomonidan ishlab chiqilib, korxona va uning filiallari, neftni haydash va quyish stansiyalari va neftbazalar boʻyicha qabul qilingan Nizom (Qoida)larda bayon etilishi kerak.
11. Rezervuarlarni ishlatish jarayonidagi ishlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
a) rezervuarning sigʻimi (hajmi) va graduirovkasini belgilash;
b) rezervuarlarga tezkor-texnologik xizmat koʻrsatish (rezervuarlardan texnik foydalanish);
v) rezervuarlarga texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlash;
g) rezervuarlarni texnik jihatdan diagnostika qilish;
d) rezervuarlarni kapital (mukammal) taʼmirlash.
12. Rezervuarni texnik ishlatishga javobgar shaxs quyidagilarni taʼminlashi shart:
a) rezervuarlarning ishonchli va xavfsiz ishlashini;
b) atrof-muhit muhofazasiga doir tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
v) texnik jihatdan diagnostika qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni uyushtirib, belgilangan muddatlarida oʻtkazish;
g) tasarrufidagi xodimlarni oʻqitish, ularga yoʻl-yoʻriq berish, bilimlarini vaqti-vaqti bilan tekshirib turishni tashkil etish;
d) yangi uskunalarni tatbiq etish, oʻzlashtirish, rezervuarlarni ishlatishni avtomatlashtirishi va telemexanizatsiyalashtirishi;
e) himoya vositalari va oʻt oʻchirish inventarlarining mavjudligi va oʻz vaqtida tekshiruvdan oʻtkazilishini taʼmirlashi.
2-§. Rezervuarlarning turlari va ularning texnik tafsilotlari
13. GOST — 8.570 ga koʻra vertikal poʻlat rezervuarlar quyidagi turlarga ajratiladi:
a) sigʻimi (hajmi) boʻyicha 100 dan 50 000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlar;
b) joylashishiga qarab — yerusti va yerosti rezervuarlari;
v) gazli joydagi bosimga koʻra — bosimsiz, ortiqcha bosimi 0,002 MRa gacha boʻlgan va yuqori bosimli (0,07 MRa gacha) rezervuarlar.
Vertikal poʻlat rezervuarlarning statsionar qoplamalari konussimon, sharsimon va sferoidal shakllarda boʻlishi mumkin.
Poʻlat rezervuarlar devorlarining tashkil etuvchi poʻlat qatlam (listlar)lar chokli, bir-birining ustiga chiqarib yopilgan va qisman chokli boʻladi. Ishlatish sharoiti va saqlanadigan neftmahsulotining turiga qarab issiqlik izolatsiyasi bilan qoplangan boʻlishi mumkin.
14. GOST 8.346 ga koʻra gorizontal poʻlat rezervuarlar quyidagi turlarga ajratiladi:
a) sigʻimi (hajmi) boʻyicha 3 dan 200 m3 gacha boʻlgan rezervuarlar;
b) joylashishi boʻyicha yerusti va yerosti rezervuarlari;
v) gazli joyidagi bosimga koʻra- bosimsiz va ortiqcha bosimli rezervuarlar.
Gorizontal rezervuarlarning tagi (tubi) tekis (yassi), konussimon, sharsimon, hamda kesik konus shaklli boʻlishi mumkin.
15. Himoya yopqichli (suzuvchi tomli, pontonli va sh. k.) yoki gaz bogʻlami bilan oʻralgan vertikal rezervuarlarning, kategoriyasi va rezervuar parkining guruhidan qatʼi nazar, bugʻlanish darajasini pasaytirish maqsadida, benzin va neftlarni saqlash uchun qoʻllash lozim.
Suzuvchi tomli rezervuarlarda aviatsiya benzinini saqlash mumkin emas.
16. Ichki tomoni moy benzin va bugʻga bardoshli himoya qoplama bilan ishlov berilgan elektrstatik uchqun xavfsizligi talablarini qondiraoladigan rezervuarlar neft va neftmahsulotlarini saqlash uchun moʻljallanadi.
17. Ishlab turgan har bir rezervuarda doimiy ravishda loyihada belgilangan miqdordagi tegishli uskunalar komplekti va ular ishga yaroqli holatda boʻlishi shart.
Ishlatish jarayonida mazkur komplekt butligicha saqlanishi kerak.
18. Rezervuar qirgʻoqlari qiyshayishini hisobga olib borish uchun vaterpas (“shayton”) bilan jihozlangan yoki qirgʻoqlari shkalalangan boʻlishi kerak.
19. Poʻlat rezervuarlarning turlari va asosiy oʻlcham (gabarit)lari 1-ilovada* berilgan.
1 — 17 ilovalar berilmaydi.
3-§. Rezervuarlarning uskunalari
20. Vertikal rezervuarlarga, vazifasiga koʻra, standartlar talablariga javob beradigan, rezervuarlarni ishonchli ishlatilishini taʼminlaydigan va neft, hamda neftmahsulotlarining bugʻlanishini ozaytiradigan quyidagi uskunalarni oʻrnatish tavsiya etiladi:
a) havo olish klapanlari;
b) saqlagich klapanlari;
v) olovdan saqlagichlari;
g) nazorat va signal beruvchi asboblar (sath oʻlchagichlar, PSR rusumdagi pastga tushadigan namuna-olgichlar, sath haqida signal beruvchi moslamalar, gaz muhitidagi bosimni nazorat qilib boruvchi manometrlar);
d) paqillagichlar;
e) yongʻinga qarshi uskunalar;
j) isitish uskunalari;
z) qabul qiluvchi va tarqatuvchi quvurchalar;
i) tozalagich quvurchalari;
k) shamollatish quvurchalari;
l) lyuk-tuynuklar;
m) yorituvchi lyuklar;
n) oʻlchash lyuklari.
Gorizontal rezervuarlar doimiy (muqim) turadigan qilib biriktirilgan quyidagi elementlar bilan jihozlanishi mumkin: zmeyeviklar, koʻpik haydagichlar, narvonlar, aralashtirgichlar, sathni nazorat qiluvchi va signal beruvchi asboblar, oʻlchov quvurlari, oʻlchov (tuynuk)lari hamda loyiha talablariga oid boshqa uskunalar.
21. Rezervuarlarni butlashga doir muayyan jihozlar tanlash, ularning konstruksiyasiga oid elementlarni joylashtirish tartibi loyiha hujjatlarida bayon etilgan boʻladi.
Kapital (mukammal) taʼmirlashda quyidagilar bajariladi:
a) paqildoqlar oʻrniga ichki qabul qilish va tarqatish qurilmasi oʻrnatiladi;
b) muqim quvurli yuvish tizimi olib tashlanib, oʻrniga vintsimon qurilma oʻrnatiladi;
v) rezervuarlar suzuvchi tomli-pontonlar bilan jihozlangan boʻlsa, ulardagi havo olish armaturasining oʻrniga olovdan saqlagichli ventilatsiya (shamollatish) quvurchalari oʻrnatiladi;
g) suzuvchi tomlar va pontonlar balandligini oʻzgartirib turish mumkin boʻlgan uskunalarga joylashtirilib, ularga ishlatish holatida turadigan qoʻshimcha quvurchalar oʻrnatiladi.
22. Havo olish armatura tarkibida havo oluvchi va saqlagich klapanlari, shamollatish quvurchalari boʻlishi kerak.
23. Havo oluvchi klapanlar va olovdan saqlagichlarning rusumlari va ularning texnik tafsilotlari 2-ilovada berilgan.
24. Havo oluvchi klapanlarning umumiy mahsulot oʻtkazish imkoniyati (yigʻindisi) rezervuarga toʻldiriladigan (yoki boʻshatiladigan) neft va neftmahsulotlarining maksimal miqdori (bugʻ-havo aralashmasining issiqlik taʼsiridan kengayishi ham inobatga olgan holda)ga qarab aniqlanadi.
25. Bitta rezervuarga oʻrnatilgan saqlagich klapanlarining umumiy mahsulot oʻtkazaolish imkoniyatining oʻlchami ulardagi havo oluvchi klapanlarning imkoniyatidan kam boʻlmasligi lozim.
26. Havo oluvchi klapanga nisbatan saqlagich klapanlar 5 — 10 % miqdorida bosim ortishi va past vakuum boʻlishiga moʻljallab rostlangan boʻladi. Saqlagich gidravlik klapan muzlamaydigan va kam bugʻlamaydigan, gidravlik tiqin hosil qilmaydigan suyuqlik bilan toʻldirib turiladi.
27. NKDM, KPG, SMDK, KPR rusumdagi havo oluvchi va saqlagich klapanlarni KDS turdagi universal klapanlarga almashtirish lozim.
KPG va KPR rusumli saqlagich klapanlarni havo oluvchi klapanlar bilan bir paytda almashtiriladi.
28. KDS, KDS-2 rusumdagi universal klapanlar havo oluvchi va saqlagich klapanlar sifatida ishlab beradi. Mazkur klapanlarning bayoni va texnik tafsilotlari 2-ilovada berilgan.
29. Olovdan saqlagichlar havo oluvchi va saqlagich klapanlarning tagiga oʻrnatiladi, kuz-qish mavsumlarida tashqi harorat 0° dan past boʻlganda olovdan saqlagichlarni echib olib qoʻyish zarur.
Olovdan saqlagichlarning rusumlari va ularning texnik tafsilotlari 2-ilovada berilgan.
30. Havo oluvchi armaturaning turini rezervuar tomining konstruksiyasi va saqlanadigan mahsulotdan chiqayotgan toʻyingan bugʻlar bosimiga qarab quyidagi tartibda tanlanadi:
a) saqlanayotgan mahsulotining toʻyingan bugʻlari bosimi 26,6 KRa gacha (200 mm Hg) boʻlgan pontonsiz, muqim tomli rezervuarlarga olovdan saqlagichli shamollatish quvurchalarni oʻrnatish zarur;
b) saqlanayotgan mahsulotning toʻyingan bugʻlarining bosimi 26,6 KRa (200 mm Hg)dan yuqori boʻlgan pontonsiz, muhim qopqoqli rezervuarlarga olov toʻsuvchi saqlagichli havo oluvchi va saqlagich klapanlarini oʻrnatish kerak;
v) suzuvchi tomli (yoki pontonli) rezervuarlarga olovdan saqlagichli shamollatish quvurchalari oʻrnatish lozim.
Havo oluvchi armaturani iqlim sharoitiga koʻra (KMK 2.01.01 boʻyicha) GOST 15150 ga muvofiq ravishda oʻrnatiladi.
31. Gorizontal rezervuarlar uchun moʻljallangan havo olish klapanlarini vertikal rezervuarlarga oʻrnatish mumkin emas.
32. Uskunalar va apparaturalarning rusumi, turi, oʻlchamlari, butlanganligi, saqlanadigan mahsulotni rezervuarga quyish yoki boʻshatish tezligini hisobga olib tuzilgan loyiha talablari va koʻrsatmalariga mos boʻlishi zarur.
Tashqi muhitning iqlimiy omillariga (harorat, havo yoki gazning namligi, bosimining dengiz sathidan balandligiga qarab oʻzgarishi, quyosh nurlanishi, yomgʻir, shamol va h. k.) koʻra mazkur uskuna va apparaturalarni ishlatish shartlariga muvofiq kategoriyalari va ularni bajarish tartibi GOST 15150 va KMK 2.01.01 talablari asosida boʻlishi kerak.
33. Tashqi muhitning iqlimiy omillarga chidamliligiga doir talablar uskunalarning normativ-texnik hujjatlarida aks etgan boʻlishi va GOST 15150 ga mos boʻlishi lozim.
34. Monovakuummetr, bosim va vakuumning chegaraviy oʻlchamlari haqida signal beruvchi avtomatika moslama va boshqa asboblarni ulab, rezervuardagi bosimni nazorat qilib turish uchun rezervuarning oʻlchash lyuki (tuynugi)ning qopqogʻiga berkituvchi qurilmali shtutser oʻrnatish lozim.
35. Rezervuar mahkam qilib oʻrnatilgan ajratuvchi zulfinlar bilan jihozlanishi kerak.
36. Rezervuarlarga namuna olish vositalari bilan uskunalanishi, suzuvchi tomlardan yongʻin suvlari tushadigan maxsus moslamalar oʻrnatilishi zarur.
37. Rezervuar tubini paydo boʻladigan choʻkindilardan tozalovchi yuvish tizimi yoki ishlatishga zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlgan maxsus uskunalar bilan jihozlash zarur.
38. Rezervuarlarda mahsulotning maksimal va minimal sathi haqida signal beruvchi va sathni oʻlchash moslamalari boʻlishi kerak.
39. Rezervuarlardagi zarur uskunalar tarkibiga oʻlchash, yorugʻlik, kirish-chiqish va boshqa lyuklari, uskunalar oʻrnatiladigan lyuklar boʻlishi lozim (lyuklarning soni va turlari loyihada belgilangan boʻladi).
40. Harorati 0° dan past neft va neftmahsulotlari solinadigan rezervuarlarga sovuq fasllarda maxsus muzlamaydigan havo olish klapanlari oʻrnatilishi zarur.
41. Bugʻlanish natijasida isrof boʻlishning kamaytiruvchi vositalar bilan jihozlanmagan neft va benzin solingan rezervuarlardagi havo olish klapanlarining ostiga akslantiruvchi silliq plastinka — disk oʻrnatish lozim.
Rezervuardagi mazkur disklarning samaradorligi diskning diametri (D) va naycha quvurning quyi joyidan diskning ustki tekisligigacha boʻlgan uzunlik (balandlik) (N)ga bogʻliq.
Diskning diametrini havo olish klapani diametriga mos keladigan diametrdagi yigʻish naychasi orqali taxlangan holda, oʻta olish hisobga olgan konstruksiyadagisini tanlash kerak.
Havo olish klapanlarining oʻlchamlariga qarab D va N ni aniqlash tartibi 3-ilovada berilgan.
42. Neft va neftmahsulotlari uchun moʻljallangan vertikal va gorizontal rezervuarlarning qabul qilish - tarqatish va oʻlchash lyuklaridagi naycha (patrubka)lar amaldagi meʼyoriy talablarga mos boʻlishi lozim.
43. Yopishqoq neftmahsulotlari saqlanadigan rezervuarlar, neftmahsulot sifatini saqlovchi va yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi issiqlik izolatsiyali isitish vositalari bilan jihozlanishi kerak.
44. Isitish moslamalarining konstruksiyasi belgilangan vazifasi va ishlatish prinsiplariga qarab belgilanadi.
Aksariyat hollarda, quyidagi turdagi isitgichlardan foydalanish tavsiya etiladi:
a) muqim (bir joyda turadigan) va koʻchma isitgichlar;
b) umumiy va mahalliy (bir obyekt uchun moʻljallangan) ;
v) quvurlar yordamida sirkulatsiya usulida isitish;
g) bugʻli, elektr yordamida va b.
45. Isitgichlar yil davomida uzluksiz ravishda bugʻlarining chaqnash harorati 45° S dan yuqori boʻlgan yopishqoq neftmahsulotlarini qabul qilish va tarqatishni taʼminlashga moʻljallanadi.
46. Isitgichlar yopishqoq neftmahsulotlarini qizdirib turish yoki bir idishdan ikkinchisiga haydashda zarur tezlikni hosil qilish, bugʻ va elektrenergiyani tejashni taʼminlashi lozim.
47. Rezervuarlardagi neftmahsulotlarini isitish umumiy, mahalliy yoki elektrisitishning kombinatsiyalashgan usullarida amalga oshiriladi.
Isitish usulini atrof havoning harorati, neftmahsulotlarining rusumi, yilning sovuq paytidagi mahsulotni sotish hajmi, rezervuarning turi va qurilish tarziga qarab tanlanadi.
Atrof havoning haroratini belgilashda eng sovuq besh kunlikdagi oʻrtacha harorat asos qilib olinadi.
48. Rezervuardagi neftmahsulotning sutkalik sarfi 30% yoki undan koʻp boʻlgan taqdirda mahsulotni umumiy usul bilan qizdirish qoʻllanib, mahsulotning barcha hajmi isitilib zarur harorat bir maromda ushlab turiladi.
49. Rezervuarni mahalliy usulda qizdirishda neftmahsulotning chegaralangan miqdorigina rezervuarning ichiga oʻrnatilgan isitgich kamera yordamida qizdiriladi. Kameraning hajmi neftmahsulotning bir sutkalik yoki bir smenalik sarfiga qarab belgilanadi.
Yopishqoq neftmahsulotlarining sarfi 1-2 t atrofida boʻlganda quvurlar yordamida isitiladi (tashqi quvur oqimi vositasida).
50. Neftmahsulotni kombinatsiyalashgan usulda qizdirish, avval asosiy rezervuardagi mahsulotning oʻzi boshqa oʻrtalik rezervuarga oqib oʻta olish darajasida saqlab turish uchun qoʻllaniladi. Mazkur usuldan neftmahsulotning sutkalik sarfi 3 t dan ziyod boʻlganda foydalaniladi. Oʻrtalik rezervuarga mahsulot isitib turiladigan quvuroʻtkazgich orqali toʻldiriladi. Toʻldirish jarayonini tezlatish uchun ulagich quvuroʻtkazgichini diametri 250 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Oʻrtalik rezervuar umumiy tarzdagi elektrisitgich bilan jihozlanadi. Oʻrtalik rezervuarni toʻldirish uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan amalga oshirilishi mumkin.
Oʻrtalik rezervuarning hajmi sutkalik maksimal sarfga qarab belgilanadi. Mazkur rezervuar issiq saqlovchi izolatsiya qilingan boʻlishi kerak.
51. Rezervuar parkda ishlatiladigan elektruskunalar, apparatlar va asboblar GOST-12.2.020 va “Neftbazalarini texnik ishlatish qoidalari” talablariga javob berishi zarur.
4-§. Rezervuar parklari
52. Rezervuar park oʻrnatiladigan joy, rezervuarlar devorlari orasidagi masofa, rezervuar guruhining umumiy sigʻimi, guruhlar orasidagi masofa QMQ 2.09.19 talablari asosida tanlanishi va ijro etilishi zarur.
53. Rezervuar parkni oʻrab turuvchi marza (toʻsiq) ichida zulfinlar oʻrnatish mumkin emas. Rezervuarning qabul qilish va tarqatish (naycha)lariga oʻrnatilgan muqim (qimirlamaydigan) zulfinlar hamda oʻt oʻchirish tizimiga doir zulfinlar bundan mustasno.
54. Har bir rezervuar guruhi atrofi, toʻkilgan suyuqlikning gidrostatik bosimiga dosh bera oladigan, kengligi kamida 0,5 m li tuproq marza yoki yonmaydigan materialdan yasalgan toʻsiq-devor bilan oʻrab chiqilishi lozim.
55. Marza yoki toʻsiq-devorning balandligi, toʻqilishi mumkin boʻlgan suyuqlik sathidan kamida 0,2 m yuqori boʻlishi kerak. Ammo nominal hajmi (sigʻim) 10000 m3 ga boʻlgan rezervuarlar uchun devorning balandligi 1 t dan ziyod, nominal hajmi 10000 m3 va undan katta boʻlgan rezervuarlar uchun esa 1,5 m boʻlishi kerak.
Rezervuar devoridan toʻsiqgacha boʻlgan masofa hajmi 10000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlar uchun kamida 3 t, hajmi 10000 m3 dan ziyod boʻlgan rezervuarlar uchun esa kamida 6 m boʻlishi zarur.
56. Bitta rezervuar guruhidagi har bir hajmi 20000 m3 dan ziyod boʻlgan rezervuarlarni yoki bir necha bir turdagi, ammo umumiy hajmining yigʻindisi 20000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlarni ichki marza yoki toʻsiq — devorchalar bilan ajratib qoʻyish kerak.
Ichki marza yoki toʻsiq — devorning balandligi vaziyatga koʻra quyidagicha boʻlishi zarur:
a) hajmi 10000 m3 va undan ziyod boʻlgan rezervuarlar uchun 1,3 m;
b) boshqa rezervuarlar uchun — 0,8 m.
57. 200 t gacha boʻlgan masofadagi qoʻshni aholi punktlari, korxonalar, temir yoʻllarning umumiy tarmogʻi hamda 200 m gacha boʻlgan masofadagi daryo, suv havzalari yaqinidagi hamda ularga nisbatan baland(yuqori)roq yerga rezervuar parklarini joylashtirishda, neft oqib (toʻkilib) ketganda, mazkur obyektlarni himoya qilishga oid qoʻshimcha tadbirlar amalga oshirilishi zarur.
58. Agar ichki yoʻllar va oʻtish joylaridan turib oʻt oʻchirish vositalarini ishlatish imkoniyati boʻlmasa, ikki yoki undan koʻp qatorli rezervuar guruhlari ichiga koʻchma yongʻin texnikasi kiradigan joylar rejalashtirilgan boʻlishi kerak.
59. Marza yoki toʻsiq-devordan oʻtish, hamda rezervuar ustiga chiqish uchun marza yoki devor toʻsigʻining tashqi tarafiga eni kamida 0,7 m keladigan oʻtish joyi -narvonlar oʻrnatilishi lozim. Mazkur narvonlar soni rezervuarlar guruhi uchun 4 ta, alohida rezervuarlar uchun esga 2 ta boʻlishi zarur.
60. Marzadan oʻtish joyi va rezervuarga muqim oʻrnatilgan narvonlar oraligʻidagi masofaga eni kamida 0,7 m va qattiq qoplamali piyodalar uchun yoʻl (trotuar) solish kerak.
Marza ichidagi quvurlar faqat payvandlash yoʻli bilan ulangan boʻlishi shart.
61. Taʼmirlash yoki qayta qurish oqibatida buzilgan marza va toʻsiqlar, ish tugaganidan keyin oʻz holiga keltirilishi lozim.
62. Rezervuar parkidan ishlab chiqarish-yogʻin kanalizatsiyasiga quyidagilar chiqarilishi kerak:
a) rezervuarlardagi mahsulot ostida hosil boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlari;
b) yogʻin va qor erishi tufayli hosil boʻlgan atmosfera suvlari;
v) yongʻin paytida rezervuarni sovutish uchun sepilgan suvlar.
63. Rezervuarlar tubini tozalashdan chiqqan choʻkindilarni ishlab chiqarish yongʻin kanalizatsiyasiga tashlash mumkin emas. Ularni maxsus tortib (soʻrib) oluvchi qurilmalar yordamida shlam toʻplagichlarga chiqarib yuborish zarur.
64. Yogʻin qabul qilish quduqlari gidravlik toʻsiqlarining chiqish joyi orqali ishlab chiqarish yogʻin kanalizatsiyasiga ulanishi lozim.
Yogʻin qabul qiluvchi quduqlardagi paqildoqlar doimo berk holatda boʻlishi kerak.
65. Rezervuar parki hududidagi kanalizatsiya tarmogʻining quduqlarini texnologik sxemada koʻrsatilgan tartibda raqamlab chiqish zarur.
III bob. REZERVUARLARNI IShLATIShGA QABUL QILISh TARTIBI
66. Poʻlat rezervuarlarning sinovi boshlanguncha bosh pudratchi buyurtmachiga QMQ 3.03.01 da nazarda tutilgan, rezervuarga tegishli barcha texnik hujjatlarni, metall va payvandlash materiallarining sifatiga kafolat beruvchi boshqa hujjatlarni, payvandlash ishlariga oid maʼlumotlar jamlangan sertifikatni, payvandlangan choklarni tekshirish natijalarini, rezervuar poydevorini tayyorlash va izolatsiyalovchi qatlam oʻrnatishga doir aktlarni, yigʻilgan rezervuardagi payvand choklarini tekshirish natijalari boʻyicha barcha hujjatlarni berishi lozim.
Ichki devorlariga korroziyaga qarshi himoyalovchi qatlam bilan ishlov berilgan rezervuarlar uchun ishlatilgan qoplama (boʻyoq modda)ning texnik tafsilotlari, qoplamani bajarish karta-chizmasi va adgeziya (yopishqoqlik)ga sinash natijalari ham topshirilishi kerak.
67. Rezervuar konstruksiyalarini sinash jarayoni QMQ 3.03.01 va “100 dan 50.000 m3 gacha boʻlgan hajmdagi neft va neftmahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan vertikal silindrik poʻlat rezervuarlarni montaj qilish” (VSN 311) talablariga mos ravishda oʻtkazilishi kerak.
68. Rezervuarlarni qabul qilish uchun tayyorlash va sinovdan oʻtkazishga doir tadbirlar majmuasi 4-ilovada berilgan.
Korroziyaga qarshi himoya vositalari QMQ-2.03.11 ga mos boʻlishi zarur.
69. Qurilishi tugallangan poʻlat rezervuarlarga doir quyidagi texnik hujjatlar rezervuarlar ishlatiladigan tashkilotga berilishi kerak:
a) rezervuar qurilishiga doir loyiha — smeta hujjatlari (keyin kiritilgan oʻzgarishlar ham);
b) rezervuar pasporti (5-ilova);
v) poʻlat konstruksiyalarni tayyorlashga doir sertifikatlar;
g) montaj (yigʻish) jarayonida ishlatilgan metall, elektrodlar, elektrod simi, flyuslar va boshqa materiallar sifatini kafolatlovchi hujjatlar;
d) rezervuar devorlaridagi payvand choklarini fizik usulda tekshirish xulosalari va tekshirilgan nuqtalar joylashuvi sxema (chizma)si;
e) payvandlash ishlarini bajargan payvandlovchilar malakasi haqidagi guvohnomaning nusxasi (payvandlovchilarga berilgan raqamli yoki harfli belgilarini koʻrsatib);
j) rezervuar tagiga ishlangan izolatsiyalovchi qatlam oʻrnatilganligi haqidagi dalolatnoma;
z) rezervuar asosi (fundamenti)ning montaj ishlarini oʻtkazish uchun qabul qilinganligi-haqidagi dalolatnoma (VSN-311);
i) rezervuarning ostki qismidagi payvandlab ulangan joylarning sinalganligi haqidagi dalolatnoma (VSN-311);
k) rezervuar devorlaridagi payvand choklarining sinalganligi haqidagi dalolatnoma;
l) rezervuarga suv quyib sinalganligi haqidagi dalolatnoma (VSN-311); m) rezervuar tomidagi payvand choklarining germetiklikka sinash haqidagi dalolatnoma (VSN-311);
n) rezervuardagi uskunalar sinalganligi haqidagi dalolatnoma;
o) payvandlash ishlari jurnali (QMQ 3.03.01);
p) rezervuardagi zulfinlarning sinalganligi haqidagi dalolatnoma;
r) ulangan choklarni gamma nurlari vositasida tekshiruv xulosasi (faqat alohida poʻlat listlardan tayyorlangan, hajmi 2000 m3 va undan ziyod boʻlgan rezervuarlar uchun);
s) qurilish jarayonida loyihaga kiritilgan oʻzgarishlar haqidagi kelishuv hujjatlari;
t) rezervuar qurilishidagi metall sarfi vedomosti (faqat alohida poʻlat listlardan tayyorlangan rezervuarlar uchun);
u) rezervuar devorlarini uning tubi bilan ulangan payvand choklarini germetiklikka sinalganligi haqidagi dalolatnoma (VSN-311);
f) rezervuar devorlaridagi vertikal yigʻish choklarini nur yordamida tekshirish haqidagi dalolatnoma (VSN-311 );
x) graduirovka (shkalalash) jadvali;
ts) rezervuarlarni yerga tutashtirib sinash sxemasi va dalolatnomasi;
ch) rezervuar asosini nivelirlash sxemasi;
sh) ShNK 3.01.04 va “Tugallangan qurilish obyektlarini qabul qilish haqidagi muvaqqat Nizom”ga mos ravishda qurilishi tugallangan rezervuarni qabul qilinganligi haqidagi ishchi komissiyasining dalolatnomasi.
Gorizontal rezervuarning koʻrinarli joyiga quyidagi maʼlumotlar yozilgan metall taxtacha (tablichka) osib qoʻyish lozim:
a) rezervuarni yasagan korxonaning nomi;
b) rezervuar turi;
v) yasagan korxonaga raqamlash tizimi boʻyicha berilgan tartib raqami;
g) yasalgan yili va oyi;
d) ishchi bosim;
e) nominal hajmi;
j) rezervuar massasi.
70. Pontonli yoki suzuvchi tomli rezervuarlar uchun quyidagi hujjatlar ham ilova qilinishi kerak:
a) pontonning yoki suzuvchi tomning oʻrta qismini germetiklikka sinalganligi haqidagi dalolatnoma;
b) ponton asosi (ramasi) ni yoki suzuvchi tom ramasini zavodda germetiklikka sinalganligi haqidagi, xamda ularni montaj qilingandan (yigʻilgandan) keyin sinalganligi haqidagi dalolatnomalar;
v) ponton yoki suzuvchi tomning yerga tutashtirilganligini tekshirish dalolatnomasi;
g) zichlovchi toʻsiq uchun ishlatilgan materiallar sifatini kafolatlovchi hujjatlar;
d) ponton yoʻnaltirgichi, yoʻnaltiruvchi quvurchalar va ponton yoki suzuvchi tomni vertikal chiziqdan chetlashishi haqidagi vedomost.
71. Qurilishi koʻp yillar oldin tugallangan rezervuarning texnik hujjatlari boʻlmasa, rezervuarni ishlatuvchi korxona tomonidan rezervuarga pasport tuzilib, bosh muhandis imzolashi zarur. Mazkur holatlarda rezervuarning barcha qismlari va konstruksiyasini mukammal inventarizatsiyadan, zarurat boʻlsa defektoskopiya va tekshiruvdan oʻtkazib (mazkur Qoidalarning VI bobi) pasport tuziladi.
72. Qurilishi tugallangandan keyin rezervuarda quyidagi sinov turlari oʻtkaziladi:
a) devor va fundamenti (tagi)ning mustahkamligi;
b) devorlari, tomi va tagining germetikligi;
v) ponton va suzuvchi tomning germetikligi.
73. Sinov oʻtkazish tartibi ushbu Qoidalarning 4-ilovasida bayon etilgan.
IV bob. REZERVUARLARDAN TEXNIK FOYDALANISh
1-§. Ishlatishga oid hujjatlashtirish
74. Ishlayotgan xar bir rezervuar uchun quyidagi ishlatishga oid hujjatlar boʻlishi kerak:
a) uskunalarning almashtirilganligi haqidagi dalolatnomali, rezervuarning pasporti (5-ilova);
b) rezervuar uchun ijro (bajarilgan) ishlar haqidagi va taʼmirlanganligi haqidagi hujjatlar;
v) rezervuar tubini nivelirlash sxemasi, pastki qismi chetlarini ish davomida nivelirlanganligi haqidagi bayonnoma;
g) rezervuar uchun graduirovka (shkalalash) jadvali;
d) rezervuarni ishlatishga oid texnologik karta (6-ilova);
e) joriy xizmat koʻrsatish jurnali;
j) yashin qaytargich va statistik elektr hodisasidan himoyalash vositalarini ishlatish jurnali;
z) yashin qaytargich va statik elektrdan himoyalash sxemasi.
2-§. Texnologik karta
75. Rezervuarlarni mahsulot bilan toʻldirish va ularni texnologik jarayonga ulanguncha rezervuarlarni ishlatishga doir texnologik karta tuzilishi kerak.
Texnologik karta quyidagi materiallar asosida tuziladi:
a) normativ-texnik va rahbariy hujjatlar talablari;
b) rezervuarlar va ular uskunalarining tafsilotlariga doir maʼlumotlar;
v) rezervuarlarning texnik holati;
g) mahsulot haydash, rezervuarning yuqori belgilari va haydovchi (nasos) agregatlar sxemalari;
d) mahsulot xossasi;
e) “rezervuarlar — nasosxona” uchastkasining texnologik oʻramidagi quvuroʻtkazgichlarning diametri va uzunligi;
j) quvuroʻtkazgichning unumdorligi va mazkur quvuroʻtkazgichga ulangan rezervuarlar soni;
z) havoning harorati va sh. k.
Rezervuarning texnologik kartasida uning eng real ish sharoitlari bayon etilgan boʻlib, ishlovchi xodimlarni, mahsulot haydash jarayonini boshqarish boʻyicha tezkor qaror qabul qilish uchun, zarur boʻlgan barcha maʼlumotlar bilan taʼminlovchi materiallar boʻlishi kerak.
Mazkur Qoidalarning 6-ilovasida rezervuarlarni turli variantlarda ishlatishga oid texnologik kartalarning shakllari va ularni toʻldirish tartibi tavsiya etilgan.
Mazkur shakllar asosida korxonalar oʻzlarining muayyan ish sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishga oid texnologik kartalarni tuzishlari, zaruratga koʻra uni toʻldirishlari, bayonlariga, grafalari mazmuniga aniqlik kiritishlari mumkin.
76. Rezervuarlarni ishlatishga oid texnologik karta korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi va zaruratga qarab qayta koʻrib chiqiladi.
77. Texnologik kartalar rezervuarlarni ishlatishda ishtirok etuvchi korxona, neft baza va ularning filiallari, boʻlimlarida saqlanadi.
3-§. Rezervuarlarni ishlatish rejimi
78. Rezervuarlar qish paytlaridagi atrof havoning harorati minus 34,2° S (Nukus meteostansiyasining maʼlumotlari) yoz paytida plyus 47,0° S (Termez meteostansiyasining maʼlumotlari)gacha boʻlgan turli iqlim va rezervuardagi mahsulot harorati turlicha boʻlgan sharoitlarda ishlatiladi.
79. Rezervuarlarni toʻldirish va boʻshatish texnologik kartada belgilangan parametrlar chegarasida amalga oshirilishi kerak.
80. Rezervuarlarni toʻldirish va ularga tezkor xizmat koʻrsatish ishlarini korxonaning dispetcherlik xizmati va korxona operatorlari amalga oshiradi. Tezkor xizmat koʻrsatish rezervuarlarni ishlatishga doir texnologik kartada belgilangan parametrlar chegarasida rezervuarlarning ish rejimini taʼminlash va dispetcherlik varaqlari (kitobi)da rezervuardagi mahsulot sathi holatini davriy ravishda oʻzgarishini aks ettirib borishdan iboratdir.
81. Qurilishi tugallangan (yangi) yoki kapital taʼmirlashdan oʻtgan rezervuarlarni mahsulot bilan toʻldirishda, qabul qilish-tarqatish quvurcha (naycha)sidagi mahsulot harakatining tezligi, oqim toʻlasicha koʻmilguncha, pontonli yoki suzuvchi tomli rezervuarlarda esa, ular yuzaga suzib chiqmaguncha (rezervuar sigʻimi va quvurchaning diametri qancha boʻlishidan qatʼiy nazar), 1 m/s dan ziyod boʻlmasligi kerak.
82. Elektrostatik xavfsizlikni taʼminlash uchun qoʻyilayotgan oqim koʻmilgandan keyin qabul qilish-tarqatish quvurchadagi neftning harakat tezligi mazkur Qoidalarning 7-ilovasida bayon etilgan ruxsat etilgan maksimal miqdordan katta boʻlmasligi lozim.
83. Havo olish va saqlagich klapanlari yoki shamollatish quvurchalari bilan uskunalangan rezervuarlarni maksimal toʻldirish (boʻshatish) boʻyicha unumdorligi, ular urgʻuli bugʻ-havo aralashmasining maksimal oʻtkaza olishini hisobga olib belgilanadi.
Bu holatda, havo olish klapanlari yoki olovdan saqlagichli shamollatish quvurchalari orqali bugʻ-havo aralashmasi (havo)ning sarfi, ularning loyihada belgilangan jami mahsulot oʻtkazaolish imkoniyatining 85% dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Olovdan saqlagichli shamollatish quvurchalarning oʻtkazaolish imkoniyatini tegishli diametrdagi olovdan saqlagichlarning oʻtkazish imkoniyatiga qarab belgilanadi.
Rezervuardan mahsulot chiqarib olish yoki unga haydash miqdorini koʻpaytirish zarurati tugʻilganda, havo olish armaturasining oʻtkazish imkoniyatini yangi sharoitlarga qarab tartibga keltirish lozim.
84. Suzuvchi tomli yoki pontonli rezervuarlarni toʻldirish jarayoni shartli ravishda 2 davrga boʻlinadi:
a) birinchi davr — mahsulot qoʻyish boshlangandan to suzuvchi tom (ponton) suza boshlaguncha;
b) ikkinchi davr — ponton suza boshlagandan to eng maksimal ishchi balandlikgacha quyishgacha.
Rezervuardagi suzuvchi tom yoki pontonning suza boshlagandan to toʻldirish tugaguncha vaqtdagi koʻtarilish tezligi loyihada belgilangan oʻlchamdan katta boʻlmasligi kerak.
85. Suzuvchi tomli yoki pontonli rezervuarlarni boʻshatish jarayoni shartli ravishda 2 davrga boʻlinadi:
a) birinchi davr — boʻshatish boshlangandan to suzuvchi tom (ponton)ni tayanchlarga oʻtirishigacha. Boʻshatish asnosidagi pontonning pastga tushish tezligi loyihada koʻrsatilgandek boʻlishi mumkin;
b) ikkinchi davr — ponton yoki suzuvchi tom tayanch ustunlariga oʻtirishidan to rezervuarda minimal mahsulot qoldigʻi hosil boʻlguncha.
Ikkinchi davrdagi boʻshatish unumdorligi (tezligi), ponton yoki suzuvchi tomning tagi ezilib (bukilib) ketmasligi uchun, olovdan saqlagichlarning jami oʻtkazish imkoniyatidan ziyod boʻlmasligi kerak.
Toʻldirishning ikkinchi davri va boʻshatishning birinchi davri rezervuarlarni ishlatishning normal rejimi hisoblanadi.
86. Birnecha rezervuarga ketma-ket ravishda mahsulot qabul qilishda rezervuarlar va quvuroʻtkazgichlarning texnik holatini tekshirish, mahsulot qabul qiladigan rezervuar zulfinini ochish, toʻlgandan keyin zulfinni berkitish lozim. Bir vaqtning oʻzida rezervuar parkidagi zulfinlarni, quvuroʻtkazgichlar bosim ortib ketishidan himoyalanganda va rezervuardagi mahsulot sathini nazorat qilib turish mumkin boʻlgandagina ochib yopish mumkin.
87. Doimiy (koʻchmas) tomli rezervuarlarda, loyihada boshqa chegaralashlar boʻlmasa yoki texnik diagnostika xulosalariga koʻra, quyidagi oʻlchamli bosim va vakuum boʻlishi kerak:
a) ishlatish paytida gazli boʻshliqda ortiqcha bosim 2 KRa (200 mm N2O), vakuum 0,25 KRa (25 mm N2O)gacha;
b) saqlagich klapanlari 2,3 KRa (230 mm N20) bosim va 0,4 KRa (40 mm N20) vakuumga moʻljallab moslashtirilishi lozim.
Olovdan saqlagichli va shamollatish quvurchali suzuvchi tomli (pontonli) rezervuarlarda bosim va vakuum 0,2 KRa (20 mm N2O)dan ziyod boʻlmasligi kerak.
88. Rezervuarni toʻldirgandagi ruxsat etilgan maksimal sath koʻpik kamerasi balandligini inobatga olib belgilanadi. Pontonli rezervuarlarda esa, koʻpik kamera va ponton, hamda mahsulotning hajmi kengayishi ehtimoli hisobga olingan idishda zaxira hajm va rezervuarni berkitishga berilgan buyruq mahaligacha mahsulot qabul qilishni eʼtiborga olib belgilanadi.
Uzoq vaqt ishlatilayotgan, zanglash oqibatida biroz emirilgan va asosiy elementlarida illati bor rezervuarlar uchun mahsulotning ruxsat etilgan maksimal sathi, rezervuar holatining texnik diagnostika xulosalariga koʻra belgilanadi.
89. “Rezervuar-nasos” tizimida kavitatsiya holatining va rezervuarda voronka hosil boʻlishining oldini olishni taʼminlaydigan mahsulot sathi rezervuardagi ruxsat etilgan eng minimal (past) sath hisoblanadi.
Rezervuardagi mahsulotning hisoblab belgilangan ruxsat etilgan minimal past sathi, agregatlarni toʻxtatish va rezervuarni berkitishga buyruq berish davomida soʻrib oluvchi agregatlarning muqarrar ishlashini taʼminlaydigan ruxsat etilgan minimal sathdan bir karra yuqori boʻlishi kerak.
90. Ponton (suzuvchi tom)li rezervuarlar uchun ruxsat etilgan minimal sath, pontonning suzib yurish uchun zarur boʻlgan sharoitdan kelib chiqib belgilanadi.
4-§. Mahsulot miqdorini oʻlchash va hisobini olib borish
91. Rezervuardagi mahsulot miqdorini oʻlchash va hisobini olib borish tartibiga oid ishlar GOST 8.587, RMG-86 ga mos ravishda amalga oshirilishi lozim.
92. Barcha oʻlchov asboblari tekshirilib, tegishli shahodatnomaga yoki koʻrik tamgʻasiga ega boʻlishi kerak.
93. Oltingugurtli neft saqlanadigan (vodorod sulfidi ajralib chiqishi mumkin boʻlgan) rezervuarlar oʻlchash lyuki orqali namuna olish va oʻlchov oʻtkazishni istisno etuvchi maxsus asboblar bilan uskunalanishi lozim.
94. Oʻlchash lyuki orqali oʻlchash va namuna olish zarurati tugʻilganda, mazkur ishlarni filtrli gazniqob kiyib, kuzatuvchi ishtirokida bajarish zarur.
95. Tahlil uchun namuna GOST 2517 ga mos holatda olinishi kerak.
96. Olingan namunalarini aralashtirish, saqlash, idishlarga solish, belgilar qoʻyish GOST 2517 talablariga mos holda bajariladi.
97. Rezervuardagi neft haroratini statsionar yoki koʻchma harorat darakchilari yordamida yoki rezervuardan olingan namuna haroratini oʻlchash yoʻli bilan GOST 2515 ga muvofiq bajariladi.
98. Haroratni oʻlchash uchun GOST 28498, TL № 4 ga mos termometrlar bilan va boshqa amaldagi normativ-texnik hujjatlar asosida oʻtkaziladi.
V bob. REZERVUARLARGA TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISh VA REZERVUARLARNI JORIY HAMDA OʻRTALIK TAʼMIRLASh
1-§. Ishlatish paytidagi nazorat
99. Korxona rahbariyati mahalliy sharoitlar, hamda loyiha va tegishli standartlar talablarini hisobga olgan holda, poʻlat rezervuarlarni ishlatishni kuzatib borish, tekshirishning muddatlari, mohiyati va usullariga doir muhim texnik talablarni belgilab beruvchi yoʻriqnomani ishlab chiqib tasdiqlashlari lozim.
100. Smena boʻyicha boshliq navbatchilikka kirishi bilan rezervuarlarni koʻrikdan oʻtkazishi lozim. Aniqlangan kamchiliklar (rezervuar tanasidagi choklar yoki ost qismidan mahsulot sizib - oqib chiqishi, toʻlib-toshib ketishi va sh. k.) haqida rahbariyatga tezda xabar berib, tegishli tadbirlarni qoʻllashi va rezervuarning asosiy va armaturasini koʻrikdan oʻtkazish jurnaliga qayd etib qoʻyish shart.
101. Rezervuardagi uskunalar va armatura profilaktik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
Rezervuarlarni profilaktik koʻrikdan oʻtkazish ishlari neftbazalarni texnik ishlatish Qoidalarida bayon etilgan muddatlar boʻyicha tuzilgan, korxona bosh muhandisi tasdiqlagan kalendar jadval asosida amalga oshiriladi.
Xizmat koʻrsatish boʻyicha xulosalar rezervuardagi asosiy uskunalar va armaturalarni koʻrikdan oʻtkazish jurnaliga yozib qoʻyilishi lozim.
2-§. Rezervuarlarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni joriy va oʻrtalik taʼmirlash
102. Rezervuarlarni taʼmirlashda quyidagi ish turlari bajariladi:
a) joriy taʼmirlashda — ishlar (tomni taʼmirlash, devordagi yuqori belbogʻlarni epoksid birikmalar qoʻllab taʼmirlash, rezervuarning tashqi qismidagi uskunalarni taʼmirlash va sh. k.) rezervuarlarni neft va neftmahsulotidan boʻshatmay turib bajariladi;
b) oʻrtalik taʼmirlash — xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi Qoidalariga rioya qilgan holda rezervuarni tozalash, degazatsiyalash ishlari (payvandlash yoʻli bilan ayrim joylarga metall qoplamalar oʻrnatish, darzliklar, choklar va uskunalarni taʼmirlash yoki almashtirish);
v) kapital taʼmirlash — oʻrtalik taʼmirlashdagi jarayonlar, rezervuar devori va osti qoplamalari, suzuvchi tom (ponton) va uskunalardagi nuqsonli elementlarni qisman yoki toʻliq almashtirish bilan bajariladigan ishlar.
103. Taʼmirlash ishlari belgilangan meʼyoriy muddatlar va rezervuarni texnik tekshirish davriyligi chegarasidagi grafik (jadval)asosida oʻtkaziladi.
104. Har bir taʼmirlash ishlarining muddatlarini rezervuarlarni ishlatish tarzini inobatga olgan holda, konstruksiya elementlarining haqiqiy emirilish tezligiga koʻra texnik tekshirish xulosalari boʻyicha belgilanadi.
105. Rezervuarni doimiy ishlashga tayyor holatda tutib turish uchun har bir kapital taʼmirlashlar orasida ularga zaruriy texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlashlar oʻtkazish zarur.
Rezervuarlarga texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirdan oʻtkazish ishlarini rezervuarni ishlatayotgan korxona oʻz mablagʻi va kuchi bilan amalga oshiradi.
106. Rezervuarlarga texnik xizmat koʻrsatish ishlariga ularni davriy ravishda koʻrikdan oʻtkazib turish, rezervuarlar, ulardagi uskunalar, asboblar va tizimlar, hamda rezervuarlarni oʻrab turuvchi quvuroʻtkazgichlar, rezervuar parkidagi oʻt oʻchirish tizimi uchun zarur boʻlgan reglamentli ishlarni tashkil qilish va oʻz vaqtida oʻtkazish kiradi.
Rezervuarlar, uskunalar, asboblar va tizimlarga texnik xizmat koʻrsatish ishlari zavod bergan yoʻriqnoma va korxonadagi sharoitni hisobga olib ishlab chiqilgan yoʻriqnomalar asosida bajariladi.
Rezervuarlarni kuzatuv va koʻrikdan oʻtkazish korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan jadval va yoʻriqnomaga mos ravishda amalga oshirilganligi va rezervuarlarni koʻrikdan oʻtkazish, taʼmirlash jurnaliga aniqlangan nosozliklarni bartaraf etilganligi haqida yozib borishdan iboratdir:
a) har kuni — lavozim yoʻriqnomasiga koʻra xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan;
b) har haftada — rezervuarni ishlatishga javobgar shaxs tomonidan;
v) har oyda — obyekt rahbariyati tomonidan;
g) har kvartalda, tanlab — strukturaviy boʻlinmalardagi ishlab chiqarishni nazorat qiluvchi komissiya (INK) tomonidan;
d) yiliga bir marta, tanlab, korxona INK si tomonidan, komissiya koʻrigi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib aniqlangan kamchiliklar bayon etiladi.
107. Rezervuarning texnik-ishlatish tafsilotini bir maromda tutib turish uchun joriy taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi. Mazkur ishlar rezervuarni mahsulotdan boʻshatmay bajariladi.
Joriy taʼmir, barcha mavqedagi IChNK, korxonaning stansiyalari, quyish punktlari, neftbazalari, filiallari boʻyicha javobgar shaxslar tomonidan oʻtkazilgan koʻrik xulosalari asosida zaruratga koʻra amalga oshiriladi.
108. Rezervuar va rezervuar parkidagi uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish hamda joriy taʼmirlashni uyushtirishga, amalga oshirish ishlariga rezervuarni ishlatish va xizmat koʻrsatishga mutasaddi hisoblangan shaxs javobgardir.
3-§. Rezervuarlarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni joriy taʼmirlash
109. Rezervuarlarni koʻrikdan oʻtkazish va ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlari, texnik xizmat koʻrsatish kartasi (8-Ilova)ga mos ravishda bajariladi.
Rezervuarni koʻrikdan oʻtkazishda quyidagi holatlarga alohida eʼtibor qilish lozim:
a) mahsulot oqib (sizib) chiqishiga;
b) payvand choklari va asosiy metallda darzliklar paydo boʻlishiga;
v) pachaqlanish, bukilish holatlariga;
g) rezervuarning notekis choʻkishiga (bir tomonga qiyshayib, ogʻib qolishiga).
110. Doimiy (statsionar) tomli (pontonsiz) rezervuarlardagi ortiqcha bosimini ruxsat etilgan (belgilangan) meʼyorga mos kelishini nazorat qilib turish kerak.
Uzoq muddat davomida ishlatilayotgan ortiqcha ishchi bosim, hamda maksimal bosim va vakuum darajasi rezervuar holatini diagnostika qilish xulosalariga koʻra aniqlanadigan loyihada yozilgan kattalikdan pastroq qilib belgilanadi.
111. Ponton sirti (yuzasi) ni eng yuqori holatda turganda yorugʻlik lyuki orqali kuzatib, ponton gilamchalarida terlash yoki karkasining ochiq joylariga mahsulot tushib qolmaganligini tekshirib qoʻyish lozim.
112. Suzuvchi tomning eng yuqoridagi halqasimon maydonidan turib kuzatib, suzuvchi tomning holatini, uning gorizontalligini, tomning markaziy qismiga mahsulot tushmaganligini, qishda suzuvchi tom ustida qor bor-yoʻqligini, halqasimon zichlab berkituvchi himoya shchitlarning holatini, suv chiqaruvchi zulfinning holatini tekshirish zarur.
113. Suzuvchi tomli rezervuarlarga texnik xizmat koʻrsatish davomida suriluvchi narvonning, suzuvchi tomning choʻkishi, tom tanasi ichida va uning boʻlinmalarida, ular orasida mahsulot yoʻqligi, toʻsqich va yogʻin yigʻiladigan moslamalarning texnik holatini nazoratdan oʻtkazish kerak.
114. Xizmat koʻrsatishni osonlashtirish uchun suzuvchi tomdagi qabul-tarqatish quvurchasining tepasidagi boʻlinmasi (koroba)dan boshlab soat mili yoʻnalishida raqamlab chiqish lozim.
115. Joriy taʼmirlash ishlari, oldindan ishlab chiqilgan reja-jadvalga muvofiq rezervuarni tozalamasdan oʻtkaziladi.
116. Rezervuarlarni joriy taʼmirlashda quyidagi ishlar bajariladi:
a) tomni, devorlarining yuqori belbogʻlarini epoksid yoki boshqa yelimlovchi birikmalar vositasida taʼmirlash;
b) sifon joʻmraklarini taʼmirlash;
v) zulfinlarining salniklarini zichlashtirish;
g) havoza — koʻprikchalarni taʼmirlash;
d) yerga tutashtirish moslamasini taʼmirlash:
e) boʻyash;
j) boltlarni yaxshilab burab mahkamlash;
z) olovdan saqlagichlardagi kassetalarni almashtirish;
i) rezervuarning tashqi tarafidagi boshqa uskunalarni rezervuar ishini toʻxtatmay taʼmirlash.
117. Koʻp miqdordagi oltingugurtli neft va neftmahsulotlari saqlanadigan rezervuarlarga texnik xizmat koʻrsatish tartibi “Oltingugurtli neft va neftmahsulotlari saqlanadigan rezervuarlarni xavfsiz ishlatishga oid soha yoʻriqnomasida” bayon etilgan.
4-§. Mahsulot sathini oʻlchash va namuna olish vositalariga xizmat koʻrsatish
118. Mahsulot sathini oʻlchash va namuna olish vositalariga xizmat koʻrsatish mazkur asboblarga tegishli yoʻriqnomalar asosida bajariladi.
119. Namuna olish va hisobini olib borishda ishlatiladigan qurilmalarning holati, ularning texnik hujjatlarida belgilangan muddatlarda texnik nazoratdan oʻtkazilishi kerak.
120. Texnik holatini tekshirish haqidagi xulosalar rezervuarni joriy taʼmirlash jurnaliga qayd qilib borilishi lozim. Barcha aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida rahbariyatga maʼlumot berib, tegishli choralar qoʻllab, jurnalga yozib qoʻyish shart.
121. Mahsulot sathini oʻlchovchi va namuna olish uchun foydalaniladigan vositalarning konstruksiyasi ularni qismlarga ajratmay tekshirish va rezervuarlarni mahsulotdan boʻshatmay ishlatishga imkon berishi kerak.
122. Oʻlchash vositalari doimo ishlatish uchun tayyor holatda va tekshiruvdan oʻtgan boʻlishi lozim.
123. Asboblarning normal ishlashini taʼminlash uchun rezervuarlar muntazam ravishda pirofor choʻkindilaridan, oʻtayopishqoq qoldiqlardan, mineral ifloslik, zang va suvdan tozalab turilishi kerak.
124. Namuna olish paytida mahsulot toʻkilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, aks holatlarda esa ularni tezda tozalab yoʻq qilish kerak. Rezervuar tomida vetosh (choʻtka), latta, begona narsalarni qoldirish taqiqlanadi.
125. Mahsulot ostidagi suv sathi (balandligi)ni oʻlchash uchun qoʻllanadigan suvsezgir lentalar ustiga talk yoki boʻr sepilib, yaxshi berkitiladigan idishcha (gʻilof)larda saqlanishi lozim.
5-§. Rezervuar tagida choʻkindilar hosil boʻlishining oldini olish va ularni yuvish
126. Rezervuarlar tagida choʻkindi hosil boʻlishining oldini olish va ularni tozalab chiqarib tashlash uchun rezervuarlarga vintli qurilmadan iborat yuvish tizimi oʻrnatilish kerak.
127. Mazkur tizimni ishlatish ulardagi texnik hujjatlarga muvofiq oʻtkaziladi.
128. Choʻkindini yuvish va chiqarib tashlash ishlari korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan jadval-grafik asosida bajariladi.
Rezervuar tubidagi choʻkindilarni yuvishga oid barcha ishlar (rezervuarni yuvishga tayyorlash, yuvish jarayonini, hamda chiqarib tashlanayotgan mahsulot va choʻkindilar aralashmasining sifatini tekshirib borish) korxona bosh muhandisi tasdiqlagan “Neftni haydash stansiyalaridagi rezervuarlar tagida, hosil boʻladigan choʻkindilarni yuvishga doir yoʻriqnoma”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Choʻkindilarni yuvish tugagandan keyin, mahsulotni ruxsat etilgan minimal texnologik (ishchi) sathigacha soʻrib chiqarish kerak.
129. Choʻkindini yuvib va rezervuardagi mahsulot qoldigʻini soʻrib chiqargandan keyin, belgilangan nuqta (joy)lardagi choʻkindi qoldiqlarining qalinligini oʻlchash lozim.
Yuvish ishlari qoniqarsiz bajarilgan boʻlsa, uni yana qayta oʻtkazish zarur.
130. Choʻkindi qoldiqlarining qalinligini oʻlchash natijalarini choʻkindilarni yuvish va mavjudligi hisobini olib borish jurnaliga yozib qoʻyish kerak.
6-§. Mahsulot ostidagi suvni chiqarib tashlash
131. Tozalash inshootlari bilan jihozlangan yoki oqova suvlarni tozalash imkoniyati mavjud boʻlgan korxonalarda rezervuarlarda saqlanayotgan mahsulot tinishi bilan uning ostida hosil boʻladigan suvni vaqti-vaqti bilan ishlab chiqarish oqova tizimiga chiqarib turish lozim.
132. Mahsulot ostidagi suvni chiqarib tashlash paytini mahsulot tarkibidagi suvning miqdori va rezervuarning ish rejimiga qarab belgilanadi (“qabul-tarqatish” rejimida ishlaydigan rezervuarlar uchun har safargi oʻlchashdan oldin oʻtkaziladi).
133. Mahsulot osti suvni chiqarayotgan paytida uning yoʻnalishini nazorat qilib turish va boshqa tomonga oqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
134. Rezervuardagi mahsulot suvi sifon joʻmraklar orqali chiqarib yuboriladi. Sifon joʻmraklarni har safar suv chiqarayotganda koʻrikdan oʻtkazish, uning salniklaridan sizib chiqish holatlari yoʻqligini tekshirish lozim. Joʻmrak ravon va tekis aylanishi kerak. Joʻmrak ishlamay turganda uning qabul qilish dastagi gorizontal holatda turishi zarur.
7-§. Rezervuarlar asosi (poydevori)ning choʻkishini nazorat qilib borish
135. Rezervuarlar yaxshi ishlashini taʼminlash uchun uni ishlatish davomida fundament (poydevori)ning choʻkishini nazorat qilib turish zarur.
136. Vertikal poʻlat rezervuarlar (VPR) ning poydevori choʻkishini nazorat qilish, ishlatish paytida uning tagi (osti)ni rezervuarning butun perimetri (aylanasi) boʻylab nivelirlashdan iboratdir. Nivelirlash xulosalariga koʻra dalolatnoma tuziladi (9, 10-ilovalar).
137. Rezervuarni birinchi toʻrt yil davomida ishlatishda har yili uning tagi (osti)ning qirgʻogʻi boʻylab yoki eng quyi belbogʻining yuqori qismining eng kamida 8 nuqtasini nivelirlash lozim. Nuqtalar oraligʻi 6 m dan ziyod boʻlmasligi kerak. Keyinchalik esa muntazam ravishda har 5 yilda kamida bir marta tekshiruv nivelirlashni oʻtkazish kerak.
138. VPRning tagi qirgʻogʻining nivelirlashni eng pastki belbogʻining vertikal choklariga har 6 m da toʻgʻri keladigan nuqtalar (agar poʻlat listlarning uzunligi 6 m dan iborat boʻlsa)da oʻtkazish lozim.
Nivelirlashni aylana boʻylab soat mili yoʻnalishida oʻtkazish zarur. Nivelirlangan nuqta (joy)larni qizil boʻyoq bilan belgilab, tartib raqamini yozib qoʻyish lozim.
139. Birinchi toʻrt yilda ishlatilayotgan rezervuarlar (poydevori barqaror holga kelguncha) tomning gorizontal holatdan chetlashuvi amaldagi normativ-texnik hujjatlarda koʻrsatilgan miqdordan ziyod boʻlmasligi kerak.
140. 4 yildan koʻp muddatda ishlatilayotgan rezervuardagi ruxsat etilgan ogʻish kattaligi, eslatilgan normativ-texnik hujjatlardagi miqdordan ortiq boʻlmasligi lozim.
141. Rezervuarlar poydevorining choʻkishi haqida eng haqiqiy maʼlumotlarni olish uchun ishlatiladigan geodezik asboblarni tekshiruvdan oʻtkazish, reperlar holatini kuzatib borish, berkitish armaturasi va narvonlardagi tamgʻani rezervuardagi nivelirlanadigan nuqta (joy) belgisini koʻrikdan oʻtkazish lozim.
142. Rezervuar tagi qirgʻogʻini nivelirlaganda, narvon va qabul qilish texnologik quvuroʻtkazgichlaridagi berkitish armaturasining poydevorlarini ham nivelirlash shart.
8-§. Zulfinlar, rezervuarlarni oʻrovchi quvuroʻtkazgichlar, gaztekislagich tizimiga xizmat koʻrsatish
143. Marza ichidagi rezervuarlarning oʻrovchi quvuruzatgichlariga va ajratuvchi zulfinlarga xizmat koʻrsatish “Texnologik quvuroʻtkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatishga doir Qoidalar” va “Neftni haydash stansiyalaridagi uskunalar va inshootlarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlari va texnologiyani tashkil qilish boʻyicha qoʻllanma”ga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
144. Gaz tekislagich tizimi (GTT)ga xizmat koʻrsatish “Magistral neft oʻtkazgichlarining rezervuar parklaridagi gaztekislagich tizimlarini ishlatishga oid namunaviy yoʻriqnoma” asosida bajariladi.
145. GTT ga texnik xizmat koʻrsatish ishlari tizimning germetik (jips)ligini va belgilangan oʻtkazish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
146. GTT ni koʻrikdan oʻtkazish muddatlari issiq havo haroratida oyiga ikki marta, sovuq paytlarda esa har haftada kamida bir marta qilib belgilanadi.
GTTni koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi:
a) tizimdagi elementlarning germetikligi;
b) yer usti gazoʻtkazgichlar, ularning tayanch (ustun)lari va uskunalarining holati;
v) havo olish klapanlarining ishlashi;
g) yerga tutashtirish qurilmalarning yaroqliligi;
d) drenaj qurilmalarda kondensat yoʻqligi;
e) zulfinlarning ochilib-yopilishi.
147. Taʼmirlash ishlari olib borilganda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
a) GTTni taʼmirlash ishlari, bajariladigan vazifalarning ketma-ketligi va xavfsizlik choralari qayd etilgan naryad-ruxsatnoma boʻlgandagina oʻtkaziladi;
b) GTTdagi uskunalarni echib olish yoki quvuroʻtkazgichlarni vaqtinchalik muddatga uzib qoʻyish bilan ishlarni boshlashdan oldin, vintli berkitgichlar yordamida koʻndalang kesimi kamida 35 mm keladigan poʻlat materialdan, simlar ajragan joyga tokni toʻsuvchi moslama oʻrnatish lozim;
v) GTTdagi quvuroʻtkazgichlar, zulfinlar va boshqa armaturalarni taʼmirlash bilan bogʻliq ishlarni bajarishdan oldin gazoʻtkazgichning kerakli joyini berkitib qoʻyish zarur.
9-§. Ishlab chiqarish oqova tizimiga xizmat koʻrsatish
148. Marza ichida joylashgan ishlab chiqarish oqova tizimining qabul qilish quduqlari, marzadan tashqariga chiqarib qoʻyilgan tros yordami boshqariladigan paqildoqlar bilan jihozlanishi kerak.
Normal holatda paqildoq berk boʻladi. Paqildoqning ishga yaroqliligini har kvartalda kamida bir marta tekshirib turish kerak.
Har bir gidravlik toʻsqichdagi suvli qatlamning qalinligi 0,25 m dan kam boʻlmasligi kerak. Gidrozatvorlar va ulardagi suvning sathini har oyda kamida bir marta koʻrikdan oʻtkazish zarur.
149. Ishlab chiqarish oqova tizimining ishini har oyda kamida bir marta tekshirish lozim.
150. Rezervuar parkidagi oqova tarmogʻining oʻtkazish imkoniyatini saqlab turish uchun ularni har yili kamida bir marta tozalab turish kerak.
151. Koʻrik oʻtkazilgandan keyin, zaruratga koʻra, nuqsonlar roʻyxatini tuzib, taʼmirlash ishlarini oʻtkazish rejalashtiriladi.
10-§. Hududni parvarishlash
152. VPR uchun qurilgan marzalarni mazkur qoidalarining II-bobining 4 paragrafidagi talablarga mos ravishda parvarishlash kerak.
153. Taʼmirlash ishlari olib borilayotganda marzalar ustidan ogʻir vaznli transport vositalari rezervuarlarga material va uskunalar olib oʻtishi uchun marza yonbagʻirlariga tuproq yotqizib qulaylik yaratish lozim.
154. Kommunikatsiya tarmoqlarini oʻrnatish yoki taʼmirlash oqibatida buzilgan marzalarni, ish tugagach qaytadan oʻz holatiga keltirish zarur. Marzalari buzilgan rezervuarlarni ishlatish mumkin emas.
155. Taʼmirlash davomida qazilgan transheya va chuqurliklarni ish oxirida tuproq bilan koʻmib, tekislab qoʻyish kerak. Mazkur chuqur va transheyalarni kechasi (qorongʻu paytida) toʻsiqlar bilan oʻrab, chiroq yoqib qoʻyish darkor.
156. Mahsulot toʻkilgan joyni zudlik bilan tozalab, 1-2 cm qalinlikdagi mahsulot shimilgan tuproq qatlamini qazib olib, olingan tuproqni maxsus ajratilgan yerga chiqarib tashlash, hosil boʻlgan chuqurlikni toza tuproq yoki qum bilan toʻldirib qoʻyish lozim.
157. Rezervuar parki hududi tekislanib, axlat, quruq xashak va barglardan tozalanishi zarur.
Yoz mavsumida tozalab olingan koʻk oʻtlarni rezervuar parki hududidan chiqarib tashlash kerak. Qish faslida esa rezervuar parki hududidagi yoʻlak va oʻt oʻchirish mashinalari yuradigan yoʻllarini qor va muzdan tozalab turish lozim.
11-§. Rezervuarlar, uskunalar, rezervuar parkidagi obyektlarni qish-yoz vaqtida ishlatishga tayyorlash
158. Rezervuarlarni qish va yoz fasllarida ishlatishga tayyorlash boʻyicha tadbirlar roʻyxati tuzilib, korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi kerak.
159. Qishda ishlash uchun rezervuarni tayyorlashda quyidagi tadbirlar bajariladi:
a) sifon joʻmraklarni rezervuarlarda saqlanayotgan mahsulot vositasida yuvish va ishlatilmaydigan holatga burab qoʻyish yoki zaruratga koʻra issiq saqlash uchun oʻrab qoʻyish;
b) suv-sepish (namlagich) halqasining uchidagi (oxiridagi) suvni chiqarib tashlash;
v) havo olgich va saqlagich armaturalar, sath oʻlchagichlar va namunaolgichlarni tekshirib, tayyor qilib qoʻyish, olovdan saqlagichlardagi kassetalarni chiqarib (echib olib) qoʻyish;
g) neft sathini uzluksiz oʻlchab turuvchi asbob (sath oʻlchagich)ning gidrotoʻsqichidagi harakatlanuvchi qismlarini tekshiruvdan oʻtkazish, gidrotoʻsqichni muzlamaydigan suyuqlik bilan toʻldirib, gidrotoʻsqich va sath oʻlchagichlarni issiq holatda saqlash uchun oʻrab qoʻyish.
160. Saqlovchi gidravlik klapanga muzlamaydigan suyuqlik quyish lozim.
161. Havo olgich klapanlar ishini, uning likopchasini “egar”ga jips joylashganligini tekshirish zarur.
162. Rezervuarga oʻrnatilgan narvon, panjarasidagi tutqichlar va tomdagi maydoncha toʻsiqlari holatini nazoratdan oʻtkazish lozim.
163. Oqova suv tarmoqlarini qishga tayyorlashda tashlama kollektor (ariq)lar, berkitish armaturasi, uskunalar, zulfinlar va quduqlarni taftishdan oʻtkazish zarur.
164. Suzuvchi tom ustida qor toʻplanib qolganda, tom qiyshayishining oldini olish uchun qorni tozalash kerak.
165. Suzuvchi tomli rezervuar devoriga halqasimon berkitgich muzlab yopishib qolganda, mazkur joydagi himoyalovchi shchitni echib turib, uchqun chiqarmaydigan metall plastinka yoki yogʻoch ponalar yordamida yoki oʻsha joyni rezervuarning tashqi tomonidan but bilan isitish yoki rezervuardagi issiq mahsulotni sirkulatsiya (harakatga keltirib) qilish yoʻli bilan koʻchirib olish kerak.
166. Bahorgi suv toshqini ehtimoli bor hududga joylashgan rezervuar parki yoki alohida rezervuarni bahorgi-yozgi mavsumga tayyorlashni ancha barvaqt boshlab, marza va toʻsiqlardagi buzuq joylarni tiklash, zaruratga koʻra balandroq koʻtarish zarur.
167. Bahor-yoz faslida rezervuarlarni ishlatishga tayyorlash borasida havo olish va saqlagich klapanlarni tekshiruvdan oʻtkazib, olovdan saqlagichlarga kassetalar oʻrnatish lozim.
VI bob. REZERVUARLARNI TEXNIK DIAGNOSTIKA QILISh
1-§. Rezervuarlarni texnik diagnostika qilish ishlarini oʻtkazish tartibi
168. Texnik diagnostika qilish ishlari tarkibiga rezervuar konstruksiyasi elementlarini natural tekshiruvdan oʻtkazish, rezervuarni kelgusida ishlatish imkoniyati haqidagi texnik xulosa tuzish va texnik holatiga baho berish kiradi. Mazkur ishlardan maqsad rezervuarni ishlatish davomidagi mustahkamligiga putur yetkazuvchi nuqsonlarni oʻz vaqtida aniqlashdan iborat.
169. Texnik diagnostika qilish tizimida 2 pogʻonali ishlar oʻtkaziladi yaʼni:
a) rezervuar ishini toʻxtatmay turib, uning tashqi tomonini qisman texnik tekshiruvidan oʻtkazish;
b) rezervuar ishini toʻxtatib, uni boʻshatib, tozalab, degazatsiyalab, batafsil texnik tekshiruvdan oʻtkazish.
170. Toʻliq va qisman texnik tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari mazkur Qoidaning 11-ilovasida berilgan.
171. Texnik diagnostika qilish boʻyicha reja tuzilganda, birinchi galda quyidagi rezervuarlar tekshiruvdan oʻtkaziladi:
a) 10 yildan ziyod muddatda toʻliq ravishda tekshirilmay ishlatilgan rezervuarlar;
b) nonamunaviy loyihalar boʻyicha qurilganlar;
v) qaynovchi yoki bir necha turdagi poʻlatdan yasalganlar;
g) ishlatilgan muddati 20 yildan oshganlar;
d) yiliga 200 gacha toʻliq sikl bilan ishlagani haqidagi hisob-kitobga koʻra 5 yildan ziyod ishlatilgan rezervuarlar;
e) ichki tomoni korroziyaga qarshi himoyalanmaganlar;
j) mahsulot osti suvni toʻkishni taʼminlovchi tizim bilan jihozlanmagan rezervuarlar;
z) metallni kuchli korroziyaga uchratuvchi mahsulot saqlash uchun qoʻllanilgan rezervuarlar;
i) tajovuzkor aralashmali mahsulot saqlash uchun moʻljallangan rezervuarlar.
172. Rezervuarlarni texnik diagnostika qilish ishlari korxona bosh muhandisi tasdiqlangan texnik topshiriq asosida oʻtkaziladi.
Rezervuarlarni texnik diagnostika qilish namunaviy dastur asosida bajariladi. Toʻliq (batafsil) yoki qisman diagnostika qilish hajmi, rezervuarlarning texnik holati, ishlatish muddati va intensivligiga, hamda muhitning tajovuzkorligini tekshirishga oid qoʻshimcha dastur hisobiga alohida tartibda koʻpaytirilishi mumkin.
173. Qisman tekshirishga oid namunaviy dasturda quyidagi ishlarni bajarish koʻzda tutiladi:
a) texnik hujjatlar bilan tanishish;
b) rezervuarning metall konstruksiyasidagi elementlarning tashqi tomonini koʻrikdan oʻtkazib oʻlchamlarini belgilash;
v) rezervuar devori va tomining qalinligini oʻlchash;
g) devor detallarining vertikal chiziqdan ogʻishini oʻlchash;
d) rezervuar tagining tashqi konturini, qabul qilish-tarqatish quvurchalari, shaxtali narvon va gaz tekislagich tizimi poydevorlarini nivelirlash;
e) marza holatini tekshirish va uning geodezik holatini kartaga tushirish;
j) rezervuar asosi va atrofidagi yoʻlakcha holatini tekshirish;
z) tekshiruv natijalari asosida texnik xulosa tuzish.
174. Qisman tekshirishdagi qoʻshimcha dasturda quyidagi ishlarni bajarish rejalashtiriladi:
a) rezervuar devori va tagini akustika - emissiya usulida diagnostika qilish;
b) devorning birinchi belbogʻini ultratovush yoki magnitli skanerlash usulida tekshirish;
v) infraqizil spektroskopiya qilish;
g) poydevor tagidagi tuproqni elektr usulida zondlash va boshqa ishlar.
175. Toʻliq tekshirish uchun tuzilgan namunaviy dasturda quyidagi ishlarni bajarish rejalashtiriladi:
a) texnik hujjatlar bilan tanishuv;
b) rezervuar metall konstruksiyalari elementlarini tashqi va ichki tomonini koʻzdan kechirib oʻlchamlarini oʻlchash;
v) rezervuar devorlari, tomi va ostining qalinligini oʻlchash;
g) quvurcha (patrubka)larning va kirish lyuklarining qalinligini oʻlchash;
d) rezervuar devorchalarining vertikaldan ogʻishi darajasini oʻlchash;
e) rezervuar ostining tashqi konturi va yuzasini nivelirlash;
j) qabul qilish-tarqatish zulfinlari, kompensatorlar, texnologik quvuroʻtkazgichlar, shaxta narvoni va gaztekislagich tizimning fundament (poydevor)larini nivelirlash;
z) rezervuar devorlaridagi payvand choklarini fizik usullar vositasida tekshirish;
i) rezervuar ostining payvand choklaridagi germetiklikni nazorat qilish;
k) rezervuarning ichki va tashqi qoplamalar (agar mavjud boʻlsa) ning holatini tekshirish;
l) rezervuar poydevori va atrofidagi yoʻlakchalarning holatini tekshirish; m) marzalar holatini tekshirib, geodezik oʻlchovlar oʻtkazish; n) tekshiruvlar natijalariga koʻra, nuqsonlar soni va roʻyxatini eskiz yoki chizmalardagi koordinatalari koʻrsatilgan holda texnik xulosalar tuzish.
176. Suzuvchi tom (ponton)li rezervuarlarni batafsil yoki qisman tekshirganda mazkur Qoidalarning 257 va 259-bandlarida eslatilganlaridan tashqari namunaviy dasturda quyidagi ishlarni bajarish rejalashtirilishi kerak:
a) suzuvchi tomning halqasimon maydonchasi, tayanch fermalari, siljiydigan narvonlar va berkitgichlarning elementlari oʻlchamini aniqlab, tashqi koʻrikdan oʻtkazish;
b) suzuvchi tom (ponton) elementlarining qalinligini oʻlchash;
v) suzuvchi tom (ponton) bilan rezervuarlar devorlari orasidagi tirqishni oʻlchash;
g) suzuvchi tom (ponton) bilan rezervuar devorlari orasidagi berkitgich (zatvor) holatini tekshirish;
d) suzuvchi tom korpuslari va membranasini nivelirlash;
e) tayanch ferma va siljiydigan narvonlar asosini nivelirlash;
j) membrananing zanglagan (korroziyaga uchragan) va pachoq (bukilgan) joylarining qalinligini oʻlchash.
177. Batafsil tekshirish uchun tuzilgan qoʻshimcha dasturda quyidagi ishlarni bajarishni ham nazarda tutish mumkin:
a) metallning kimyoviy tahlilini oʻtkazish;
b) payvandlab ulangan joylarni yoki asosiy metallning oʻzini mexanik sinovdan yoki metallografik tadqiqotdan oʻtkazish.
178. Texnik diagnostika qilish natijalariga koʻra nuqsonlar joyining eskiz yoki chizmalarda koordinatalari koʻrsatilgan holdagi texnik hisobot rasmiylashtiriladi.
179. Rezervuarni diagnostika qilish, tayyorlash, bajarilayotgan ishlarni nazorat qilib borish va xavfsizlik texnikasini taʼminlashni rezervuarni ishlatayotgan tashkilot amalga oshiradi. Texnik diagnostika qilish ishlarini oʻtkazish ish bajaruvchiga yuklanadi.
180. Rezervuarni tekshiruvdan oʻtkazish ishlarini bajarish uchun rezervuarni ishlatuvchi tashkilot (buyurtmachi) rahbariyatining ruxsatini, ish bajaruvchilar xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligiga oid yoʻl-yoʻriq olganlaridan keyingina beriladi.
181. Texnik diagnostika qilish (shahodatlash)ga oid ishlar bajarilganligi haqidagi ilk hujjatlar (dalolatnomalar, bayonnomalar, jurnallar va sh.k.) tuzilib, ular asosida rezervuarning imkoniyati yoki kelgusida ishlatish shartlari, taʼmirlash zarurati yoki ishlatishdan chiqarish haqida xulosalar beriladi.
182. Agar rezervuar toʻliq (batafsil) texnik tekshiruvdan oʻtgan boʻlsa, u ishlatishdan chiqarilib, batamom boʻshatilib, tozalanadi va degazatsiya (gazsizlantirish)dan oʻtkaziladi (mazkur Qoidalarning VIII bobi).
183. Rezervuarning tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan barcha konstruktiv elementlarini tekshirish uchun qulay sharoit yaratilishi zarur.
184. Texnik diagnostika qilinayotgan rezervuarning ichida ishlash joylari yaxshi yoritilishi (eng kamida 50 lk) zarur.
185. Rezervuarda akustik-emission nazoratni oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari amaldagi TH talablari asosida borishi kerak.
2-§. Rezervuarlarning asosiy elementlari holatini baholash (belgilash)
186. Rezervuarning texnik holatini baholashni quyidagi natijalar mavjudligidagina oʻtkazish mumkin:
a) texnik hujjatlar bilan tanishish;
b) rezervuarning ichki va tashqi tomonlarini koʻzdan kechirish;
v) devorlari, tomi, osti, quvurchalar va kirish lyuklarining qalinligini oʻlchash;
g) devor elementlarining vertikaldan ogʻishini oʻlchash;
d) taglikning tashqi konturi va yuzasini nivelirlash;
e) devordagi payvand choklarining fizik usullar bilan tekshirib koʻrish;
j) taglikdagi payvand choklarining germetikligini tekshirish;
z) rezervuar poydevori va atrofidagi yoʻlakchalar holatini tekshirish;
i) asosiy metall va payvand choklarining mustahkamligi va kimyoviy tarkibini tekshirish;
k) tekshirilayotgan rezervuar devorlari qalinligini oʻlchash natijalari asosida, moʻrt buzilish holatini inobatga olib, mustahkamligini hisoblab chiqish (zaruratga koʻra).
187. Rezervuarlar devorlarining vertikaldan, taglikning tashqi konturini gorizontallikdan ogʻishiga oid ruxsat etilgan chegaralar, devor yuzasidagi boʻrtgan yoki bukilib qolgan joylaridagi nuqsonlarning ruxsat etilgan darajasi, paqildoqlarning balandligi, devordagi payvand choklaridagi burchak hosil qiluvchi deformatsiyalarning ruxsat etilgan miqdordan oʻzgarish darajasi amaldagi TH asosida aniqlanadi.
3-§. Rezervuarni yoki uning ayrim elementlarini brakga chiqarish shartlari
188. Rezervuar va uning elementlarini texnik jihatdan tekshirish natijalari rezervuarni kelgusida taʼmirlashga oid loyihalar ishlab chiqish yoki kelgusida ham ishlatish mumkinligi haqida xulosalar berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
189. Rezervuarning ayrim elementlari (devorlari, tomi, tagligi, fermalari, bogʻlamlari, balkalari)ni yoki rezervuarning oʻzini brakga chiqarish uchun uni toʻliq texnik jihatdan tekshirish, kelajakda ishlatish uchun ishonchliligini kamaytiruvchi barcha omillarni mufassal defektoskopiya qilib aniqlash natijalari asosida bajariladi.
190. Olingan barcha texnik tekshiruv va defektoskopiyaga oid asosiy metallning, payvand choklarining, deformatsiya, korroziya, geometrik holatini belgilovchi natijalar, koʻrsatilgan loyiha, amaldagi normativ-texnik hujjatlarda keltirilgan ruxsat etilgan oʻlchamlar bilan qiyoslab chiqilishi kerak.
Ruxsat etilgan chegaradan ziyod nuqsonlarning maxsus roʻyxati tuzilib, unda loyiha ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan barcha parametrlar koʻrsatilishi lozim.
191. Aniqlangan, metallning mexanik va kimyoviy xossalariga doir qoniqarsiz sifatlar (belgilar), vertikal poʻlat rezervuarlar konstruksiyasining elementlari haddan tashqari darajada korroziyaga uchraganligi, qurilish jarayonida notoʻgʻri (brak) montaj qilinganligi rezervuarni toʻliq brakga chiqarish haqidagi masalani hal etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
4-§. Tekshirish natijalari asosida texnik hisobotni rasmiylashtirish
192. Rezervuarda tekshiruv oʻtkazilib, texnik holatiga baho berilgandan keyin ish bajaruvchi tomonidan texnik hisobot tuziladi va unda quyidagilar bayon etilishi lozim:
a) rezervuarning joylashgan oʻrni haqidagi maʼlumot, uning inventar tartib raqami va diagnostika qilingan sanasi;
b) diagnostika oʻtkazgan tashkilotning nomi, ish bajaruvchilarning familiyasi va lavozimi;
v) rezervuar, uni qurishda ishlatilgan materiallar haqidagi, ishlatish rejimi, saqlangan neftning xossalari haqidagi qisqacha maʼlumot;
g) rezervuarni yasash, montaj qilish va taʼmirlash davomida ishlatilgan payvandlash materiallari va payvandlash texnologiyasi haqidagi maʼlumotlar;
d) oldingi oʻtkazilgan texnik diagnostika qilish sanasi va uning natijalari;
e) sodir boʻlgan avariyalar sanasi, ulaning turlari, soni va oʻtkazilgan taʼmir ishlarining bayoni;
j) rezervuar devorlari, tagligi, tomi va suzuvchi tom (ponton)ning elementlariga doir loyihaviy va haqiqiy qalinlik;
z) poʻlat rezervuar devorlarining haqiqiy qalinligiga koʻra, halqa kuchlanish holatini hisoblash;
i) konstruksiya va payvand choklarini tashqi koʻrikdan oʻtkazish natijalari; k) devor elementlarining vertikal holatdan ogʻishini oʻlchash natijalari; l) taglikning tashqi konturi va yuzasini nivelirlash natijalari;
m) devorlardagi payvand choklarini fizik usullar yordamida tekshirish natijalari;
n) taglikdagi payvand choklarining germetikligini tekshirish natijalari;
o) asosiy metall va payvand choklarining mexanik jihatdan sinash, metallografik va kimyoviy tahlil natijalari;
p) rezervuar tomi, tagligi, devorchalari va pontonning yoyilgan holatidagi nuqsonlar, loyihadan chetlashishlar, uskunalar oʻrnatilgan joylar, elementlarning qalinligi oʻlchangan nuqtalar tushirilgan eskiz (chizma rasm)lar;
r) rezervuar yoki uning ayrim elementlari holati tafsilotlarini tekshirishga oid maʼlumotlar asosida qilingan xulosalar;
s) eskiz yoki chizmalarda koʻrsatilgan nuqsonlar koordinatalari bayon etilgan nuqsonlar roʻyxati;
t) rezervuarning holati haqidagi xulosa va kelajakda rezervuarni xavfsiz ishlatishga doir tavsiyalar.
193. Rasmiylashtirilgan texnik hisobot, belgilangan tartib asosida, diagnostika oʻtkazgan tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Texnik hisobotning bir nusxasi, diagnostika ishlarini bajargan tashkilotda saqlanadi.
194. Texnik hisobot olingandan keyin rezervuar pasportiga oʻtkazilgan texnik diagnostika qilinganligi haqidagi maʼlumot yozib qoʻyiladi.
VII bob. REZERVUARLARNI KAPITAL TAʼMIRLASh
1-§. Poʻlat rezervuarlarni kapital taʼmirlash
195. Mazkur bobda poʻlat rezervuarlarni taʼmirlashga oid qoidalar va tartibi bayon etilgan.
196. Rezervuarlar elementlarida uchraydigan nuqsonlarni shartli ravishda 6 guruhga boʻlish mumkin:
a) metallurgik — prokat (metall material)ni tayyorlashda sodir boʻladi (qavat-qavat boʻlishi, notekis legirlangan, mikrodarzli, prokat geometriyasining boʻlishi va sh. k;
b) loyihaviy nomukammal tuzilgan loyiha tufayli sodir boʻladi;
v) zavodda rulon turidagi prokat va boshqa yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashda sodir boʻlgan nuqsonlar (payvandlashdagi va yigʻishdagi nuqsonlar);
g) transport bilan bogʻliq — prokatni montaj qilish maydonchasiga tashib kelishda sodir boʻlgan nuqsonlar (rulonning bir qismining boʻgʻilishi, pachaqlanishi, notekislik roʻy berishi, uzilib yoki yigʻilib qolishi);
d) montaj jarayonida sodir boʻladigan nuqsonlar (payvandlashdagi, metall konstruksiyalarni montaj qilishdagi, poydevordagi nuqsonlar, montaj qilish vositalarining yigʻishtirib qoʻyilmaganligi, montaj choklarida burchak hosil boʻlishi va sh.k.);
e) ishlatish jarayonida roʻy bergan nuqsonlar (choʻkish, mustahkamligining yoʻqolishi, korroziya, paqillash hosil boʻlishi va sh.k.).
197. Rezervuarlarni taʼmirlash usulini, toʻliq diagnostika qilish va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holatda, aniqlangan nuqsonlarning turi va geometrik tafsilotlariga qarab tanlanadi.
198. Kapital taʼmirlashda ayrim ish turlarini (zaruratga koʻra) quyidagi ketma-ketlikda bajarish lozim:
a) tayyorgarlik ishlari (mazkur Qoidalarini VIII bobi);
b) texnik diagnostika qilish (mazkur Qoidalarning VI bobi);
v) taʼmirlashga doir loyihani ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar bilan kelishish;
g) ish bajarishga doir loyihani ishlab chiqish va kelishish;
d) taʼmirlash ishlarini oʻtkazish;
1) konstruksiyadagi elementlarni almashtirmay turib, nuqsonlarni bartaraf etish;
2) qoʻshimcha mustahkamlovchi elementlar oʻrnatish;
3) ruxsat etilmaydigan nuqsonli konstruksiya elementlarini almashtirish;
4) geometrik holatini toʻgʻrilash.
e) korroziyadan himoyalovchi qurilma oʻrnatish;
j) bajarilgan ishlar sifatini tekshirish;
z) gidravlik usulda mustahkamlik, barqarorlik va germetiklikka sinov oʻtkazish;
i) hujjatlarni rasmiylashtirib, rezervuarni ishlatishga qabul qilish.
199. Taʼmirlash ishlarini bajarish davomida “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi organlari ekspertiza qilgan taʼmirlashga doir loyiha talablari, hamda loyihada koʻrsatilgan normativ-texnik hujjatlar talablariga amal qilish zarur.
200. Rezervuarlarni taʼmirlash ishlari amaldagi mehnat muhofazasi va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda bajariladi. Olov bilan bogʻliq ishlarni boshlashdan oldin koʻrsatilgan muddat ichida oʻtkaziladigan barcha ishlar hajmi koʻrsatilgan naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilishi shart.
201. Taʼmirlashga doir loyihada obyektning bosh qurilish rejasi va qabul qilingan texnik yechimlar asosida taʼmirlash texnologiyasi ishlab chiqilgan boʻlishi kerak. Bosh qurilish planida barcha vaqtinchalik (muvaqqat) inshootlar, texnika yuradigan yoʻllar, kommunikatsiyalar, elektr energiyasi, telemexanika, oqova va suv oʻtkazish tarmoqlari, yirik metall konstruksiyalarni yigʻish maydonchasi, qurilish texnikasi turadigan joy va texnikaning joylashuv tartibi, yongʻinga qarshi vositalar va ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilgan joylar aks ettirilishi kerak.
202. Bajarilgan taʼmirlash ishlarining sifatini buyurtmachi yoki ruxsatnomasi bor xolis tashkilot, montaj qilish tashkilotining ish sifatini tekshirganidan qatʼiy nazar, nazoratdan oʻtkazadi. Mazkur rezervuarni taʼmirlashga oid loyihani tuzgan tashkilot mualliflik nazoratini oʻtkazadi.
203. Kapital taʼmirlash ishlari bajarilgandan keyin rezervuarni mustahkamlik va germetikligiga gidravlik usulda tekshirib koʻriladi. Taʼmirlashni metall konstruksiyalarini almashtirmay bajarilgan va rezervuarlarning ishlatilgan muddati 20 yildan ortiq boʻlmagan holatlari bundan mustasno.
204. Tashqi iqlim sharoiti turlicha boʻlgan rayonlarda ishlatiladigan rezervuarlar devorlaridagi, tagligining qirgʻogʻidagi, asosiy konstruksiyalaridagi, mustahkamlik halqalaridagi, tomidagi, pontonlaridagi nuqsonli uchastka (joy)larini taʼmirlash va almashtirishda, rezervuarning hajmiga koʻra, rezervuarning loyiha hujjatlarida bayon etilgan poʻlat rusumlarni qoʻllash tavsiya etiladi.
205. Rezervuarlarni taʼmirlashda qoʻllaniladigan poʻlatlarning rusumlari va sifati tegishli standartlar yoki texnik shartlar talablariga javob berib mahsulot yuborgan zavod sertifikatlariga mos boʻlishi kerak.
206. Pontonlar, suzuvchi tomlar, berkitgich va rezervuar uskunalarida har bir muayyan mahsulot turiga mos keluvchi sintetik, rezinotexnik va boshqa polimer materiallarni ishlatish mumkin.
Mazkur materiallar mehnat muhofazasi va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga ham javob berishi kerak.
207. Payvandlashda qoʻllaniladigan materiallar KMK 2.03.05. tavsiyalariga mos boʻlishi lozim.
Rezervuarlarda qoʻlda bajariladigan yoyli payvandlashda kuyidagi elektrod turlarini ishlatish darkor:
a) E 42A turi uchun UONI 13/45 rusumini va sh.k;
b) E 46A turi uchun E-138/45N rusumini;
v) E 50A turi uchun OZS-24 UONI 13/55, OK 48.04, OK 53.7, Feniks, Garant rusumlarini.
208. Payvandlash simlarini idishlarga solish va belgilash tartibi GOST 2246 talablari asosida bajarilishi kerak.
Simlarning har bir partiya (qismi, oʻrami) zavod bergan sertifikati, simlar kalava oʻramida esa zavodning birkasi boʻlishi kerak.
209. Karbonat angidridli muhitda payvandlash ishlarini bajarganda GOST -8050 ga mos ravishdagi, tozaligi 99,5% boʻlgan karbonat kislotasini qoʻllash zarur.
210. Rezervuarlarni taʼmirlashda sanoatda koʻplab ishlab chiqilayotgan va zavodning tamgʻasi boʻlgan moslama va asboblardan foydalanish zarur. Taʼmir — montaj ishlarining yuqori samaradorligini va qoʻl mehnatini kamaytirishni taʼminlovchi eng zamonaviy texnologik uskunalardan foydalanish tavsiya etiladi.
211. Yuklarni koʻtarish, siljitish, tashish ishlari GOST 12.3.009 va GOST 12.3.020 talablariga mos ravishda bajarilishi zarur.
212. Rezervuar parkida ishlatiladigan kesish, payvandlash uchun moʻljallangan uskunalar, elektr-asboblar doimo ishga yaroqli holatda boʻlib, ish boshlashdan oldin tekshirilib, hamda ulardan foydalanishda, elektr, yongʻin xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi va EQTQ talablarini qondira oladigan boʻlishi kerak.
213. Metall list (taxtachasi)ni qirqib yarim mahsulot olishni, qirgʻoqlarini payvand uchun tekislashni mexanik usulda yoki gaz yordamida kesib bajarish lozim. Donali elektrod bilan elektr yoy usulda qirqish mumkin emas. Gaz yordamida kesilgan metall qirgʻoqlaridagi kuygan, yopishib qolgan metall parchalari, gʻadir-budurliklarni metall asosi yaltiroq holga kelguncha tozalash lozim. Qoldiqlardagi notekisliklarning balandligi 1 mm dan ziyod boʻlmasligi kerak.
214. Kislorod vositasida kesilgan metall detallarning qirgʻoqlarini mexanik usulda (jilolovchi mashina yordamida) 2 mm chuqurlikgacha tozalanishi, payvandlanadigan detallar yuzasi payvand joyidan kamida 25-30 mm gacha jilolanishi zarur.
215. Metall listlarni kislorod vositasida kesganda 40 dan 60 sm gacha uzunlikdagi tutqich (kesmagan joy)ni qoldirish lozim. Tutqichlarni uzun listlarda esa har 2-3 m oraligʻida qoldiriladi. Tutqichlarni kesish tugallagandan kamida 1 soatdan keyin qirqib yuboriladi.
216. Rezervuarni payvandlash ishlari QMQ 3.03.01 talablari asosida tuzilgan loyihaga muvofiq bajariladi.
217. Qoʻlda payvandlash, hamda tutqichlar oʻrnatish ishlarini hajmi 5000 m3 gacha boʻlgan rezervuarlarni kamida 5-razryadli payvandlovchilar, hajmi 5000 m3 dan ziyod boʻlgan rezervuarlarni esa kamida 6-razryadli payvand ishlarini oʻtkazishga huquqi boʻlgan (guvohnomasi bor) va nazorat (namuna) payvand ishlarini bajargan payvandlovchilar bajaradilar.
218. Rezervuarlarni taʼmirlashda yoyli payvandlashni qoʻlda bajarish kerak. Avtomat yoki yarimavtomat shaklida mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash ishlarini rezervuarning osti (tagi)ni, metall pontonlarning markaziy qismini va ularni umumiy karkas bilan bogʻlanadigan joylaridagina GOST 8713 va GOST 14771 talablarini bajargan holda qoʻllash mumkin. Mexanizatsiyalashgan flyus ostida payvandlashdan himoyalovchi gaz va kukunli sim vositasida foydalanish tavsiya etiladi.
219. Rezervuar elementlarini gaz payvand vositalarida taʼmirlash (payvandlash) mumkin emas.
220. Asosiy (eng tagidagi) payvand qatlamni hosil qilish uchun diametri 3,25 mm ziyod boʻlmagan elektrodlarni toʻldiruvchi va ustki qism (qatlam)larini esa diametri 4 mm ziyod boʻlmagan elektrodlar bilan payvandlash lozim.
221. Qoʻlda bajariladigan yoyli payvandlash rejimini ishlatiladigan elektrodlarining pasportiga (solingan idishiga yopishtirilgan boʻladi) moslab tanlash zarur.
222. Flyus qatlami ostida payvandlash usulini quyi (ostki) holatdagi choklarni hosil qilish uchun qoʻllash kerak.
223. Karbonat angidridli muhitda avtomatik tarzdagi usuldan ostki holatdagi payvand choklarini hosil qilishda foydalanish lozim.
224. Rezervuardagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun payvandlash ishlarini atrof havoning harorati minus 10° S dan past boʻlmagan sharoitda bajarish kerak.
225. Sovuq (minus) haroratda metall konstruksiyalarni payvandlashni quyidagi sharoitlarda oʻtkazish lozim:
a) qalinligi 16 mm gacha boʻlgan 09 G2S-12 rusumdagi poʻlatdan yasalgan rezervuar metall konstruksiyalarini, atrof havoning harorati minus 20° S dan past boʻlmagan sharoitlarda, oldindan qizdirmay payvandlash kerak.
Havo harorati undan ham sovuq boʻlganda, metall konstruksiyalarni 120-160° S gacha qizdirib turib payvandlash lozim.
b) konstruksiyalarni zarbalarsiz va yigʻiladigan elementlarni haddan tashqari taranglamay turib yigʻish kerak. Sovuq yoʻl bilan toʻgʻrilash mumkin emas;
v) metallni oldindan qizdirishni quyidagicha bajarish lozim. Ulanadigan metallarning 800 — 1000 mm qismini har tomonidan 100 mm kenglikda qizdirish kerak;
g) oldin qizdirishni GVPN rusumdagi goryelkalar yoki uchliklari № 6 yoki № 7 oʻlchamdagi gaz alangali goryelkalar yordamida bajarib, qizdirish haroratini maxsus termoqalamlar yoki TP-2 rusumli pirometrlar bilan tekshirib turiladi;
d) payvandlash rejimini payvandlovchi tok kuchini 15 — 20 %ga koʻpaytirish yoʻli bilan tanlanadi;
e) montaj choklari uzluksiz ravishda payvandlanadi. Loyihada belgilangan chok toʻliq hosil boʻlmaguncha payvandlashni toʻxtatmaslik va chokning hosil boʻlmagan uchastkalarini qoldirib ketmaslik kerak. Zarurat tufayli payvandlashni toʻxtatish kerak boʻlganda, payvandlash ishini qayta tiklash uchun chok qoʻyiladigan metall qismini yangidan qizdirish (120 — 160° S gacha) lozim;
j) koʻp qatlamli choklarni payvandlashda tagidagi (osti) chokni “ikki qavatli” usulda bajariladi, yaʼni 170 — 220 mm uzunlikdagi uchastkada eng kamida 2 ta qatlam hosil qilib chok yasaladi;
z) payvandlovchining ish joyiga yarim smenaga yetadigan miqdordagi qizdirilgan elektrodlar yetkazib beriladi;
i) payvandlovchining ish joyi va payvandlanadigan yuza toʻsiqlar bilan oʻralgan, qor va kuchli shamoldan muhofazalangan boʻlishi kerak. Montaj qilish maydonchasida, payvandlovchilar isinishi uchun, ichki harorat 20 — 24° S boʻlgan xona (uycha) qurish lozim;
k) montaj qilinadigan moslamalarni, atrof havoning harorati minus 20° S dan past boʻlganda, ulash yoki kesish uchun metallni radiusi 100 — 150 mm keladigan oʻlchamdagi aylana boʻylab 120 — 160° S gacha qizdirib olish kerak;
l) moslamalarni ulashni E - 50A turdagi masalan, UONI 13/55 rusumdagi elektrodlarni qoʻllab bajarish lozim.
226. Atrof havo harorati minus 30° S dan past boʻlganda ish bajaruvchi payvandlovchi tegishli sinovdan oʻtishi zarur. Mazkur sinovdan oʻtgan payvandlovchi sinovdagi haroratdan 10° gacha past haroratda ham payvandlash ishlarini oʻtkazishiga ruxsat berish mumkin.
227. Ulanadigan choklar, payvandlanadigan qirralarning tozaligi, bevosita ulashdan oldin usta tomonidan tekshirib chiqiladi.
228. Taʼmirlanadigan listlarni va boshqa konstruktiv elementlarni yigʻish, bir-biriga moslash, qirralarini tekislashni rezervuarning konstruksiyasiga koʻra GOST 5264 boʻyicha quyidagi tartibda bajarish kerak:
a) qalinligi 5 mm gacha boʻlgan list va boshqa elementlarni bir-birining ustiga chiqarib yigʻiladi.
Qalinligi 5 mm ortiq boʻlganlarini esa bir-biriga yaqinlashtirib (jipslab) yigʻiladi. Bir element (list) ikkinchisining ustiga kamida 30-40 mm chiqib turishi kerak. Listlar orasidagi tirqish 1 mm dan ziyod boʻlmasligi lozim;
b) bir-birining ustiga chiqarib ulangan elementlar odatda rezervuarning ichki tomoniga oʻrnatiladi;
v) jipslab ulanadigan listlar qirralari oraligʻidagi masofa eng kamida 1 mm, ammo 2 mm dan koʻp boʻlmasligi kerak;
g) taglik quyib jipslab ulashda listlar qirralari oraligʻi 4 mm dan ortiq boʻlganda taglik materialning qalinligi payvandlanayotgan listlar qalinligiga teng boʻlishi zarur;
d) qoʻlda bajarilayotgan yoyli payvandlashda elementlar 27 ± 3° burchak ostida ogʻdirib ulanadi;
e) tavrli ulanishda (qoʻlda payvandlanganda) vertikal va gorizontal elementlar oraligʻidagi tirqish 2 mm gacha boʻlishi mumkin.
229. Payvandlash uchun konstruksiya elementlarini yigʻganda, ularni tutqich yoki tortib turuvchi va montajlash moslamalari yordamida ulash kerak.
230. Yigʻiladigan detallarni ulashda qoʻllaniladigan tutqich (ushlab turgich)larni payvand choklari bor joyga oʻrnatiladi. Tutqichlar iloji boricha kichik oʻlchamli boʻlib, doimiy (haqiqiy) choklarni hosil qilishda oson erib ketadigan boʻlishi lozim.
231. Tutqichlarni, odatda loyiha choklarni payvandlashda qoʻllaniladigan payvandlash materiallaridan yasaladi. Tutqichlarga boʻlgan talablar payvand choklari talablari bilan bir xil boʻladi.
232. Flyus ostida, kukunli sim bilan yoki himoyalovchi gaz muhitida konstruksiya elementlarini yigʻganda, tutqichlarni elementlar tayyorlangan metallni qoʻlda payvandlashda qoʻllaniladigan elektrodlar yordamida yasaladi.
233. Rezervuarlardagi nuqsonli joylarni taʼmirlash yoki bartaraf etish uchun payvandlash ishlarini bajarishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
a) rezervuar tagi qirgʻogʻini jipslab yigʻishda payvand choklari ikki qatlamli boʻlib, birinchi (asosiy) qatlam toʻliq erib, ikkinchisiga qoʻshilib ketishi kerak; tutqichlar bor joylarga tagliklar oʻrnatiladi; taglikni rezervuar osti (tagiga) qirgʻogʻiga payvandlash taqiqlanadi; ulangan chokning oxiri qirgʻoq tashqarisidan uzunligi kamida 30 mm li taglikgacha olib borilishi kerak va u kislorodli kesish usulidagi payvandlash tugagandan keyin qirqib tashlanadi; taglikning qirqilgan joyini obdan tozalash lozim. Taglik bilan qirgʻoq orasidagi tirqish 1 mm ziyod boʻlmasligi zarur;
b) rezervuar tagi qirgʻoqlarining payvandlashda ishlatiladigan texnologik tagliklarning qalinligi 4-6 mm, eni esa kamida 100 mm boʻlishi kerak;
v) rezervuar devoridagi ulangan vertikal choklar ikkala tomondan payvandlangan boʻlib, avval asosiy chokni, soʻngra payvand choklar chiqariladi. Payvand (soʻnggi) chokni yasashdan oldin asosiy chokni shlakdan tozalab, metall yaltiraguncha jilolash zarur.
Payvand choklarini nuqsonlardan tozalaganda, ulanayotgan elementlar orasidagi tirqishni standartlar bilan belgilangan darajasini hamma vaqt taʼminlash mumkin boʻlmagani uchun, ulanadigan joylardagi payvand choklari enini 25 % ga kengaytirishga ruxsat etiladi.
Rezervuar devoridagi vertikal chokni boshdan oyoq olib tashlash zarurati tugʻilganda, mazkur joylardagi qirqish va taʼmirlash ishlarini uzunligi eng koʻpi bilan 2 m li uchastkalarda oʻtkazish lozim.
234. Rezervuarlarni taʼmirlashda ulanadigan choklarni qoʻlda payvandlashni teskari pogʻona usulida bajarish kerak. Pogʻonalar uzunligi 200 — 250 mm dan ortiq boʻlmasligi zarur.
235. Har bir payvand qatlamni bajargandan keyin oʻsha joylarni shlak va sachragan metall zarralaridan tozalash lozim.
Chokda sodir boʻlgan boʻshliq (gʻovak joylar)lar, oʻyiq va darzliklar obdan tozalanib, yangidan payvandlanishi kerak.
236. Utor usuli bilan (rezervuar tubi va devorlari tutashgan joyga qoʻshimcha poʻlat qatlamlar quyib) qoʻlda payvandlanganda koʻp qoplamali payvand chokini seksiyalar boʻyicha teskari bosqich yoʻli bilan bajarish tavsiya etiladi. Har bir seksiyadagi choklarni ham, har 300 mm uchastkada teskari bosqich usulida payvandlanadi.
Seksiyaning bir vaqtning oʻzida uzluksiz payvandlanadigan chokining uzunligi 900 mm gacha boʻlishi mumkin.
237. Past legirlangan poʻlatlarni payvandlashda har bir seksiyaning uzunligi 350 mm dan ziyod boʻlmasligi kerak. Bunda avval ichki chok, keyin esa tashqi chok yasaladi.
238. Past legirlangan poʻlatlarni (qalinligi 6 mm dan ziyod) payvandlanganda ishni qisqa (kalta) uchastkalar boʻylab bajarib, har bir keyingi chok hali sovub ulgurmagan oldingi qatlam ustiga tushishiga erishish lozim.
Harorati 200° S atrofida boʻlgan, chokdagi oxirgi qatlam ustiga sekin sovuydigan valik yotqiziladi. Valikning qirgʻoqlari erigan eng yaqin joydan 2-3 mm narida boʻlishi kerak.
239. Flyus ostida mexanizatsiyalashgan payvandlashda qalinligi 12 mm gacha boʻlgan metallar qirgʻogʻini oldindan egmasdan (chegirmasdan), qalinligi 12 mm dan ziyod boʻlgan metallar qirgʻogʻini avval biroz egib (chegirib) turib payvandlash lozim.
240. Karbonat angidridli gaz muhitida payvandlaganda, qalinligi 10 mm gacha boʻlgan metallar qirgʻogʻini oldindan chegirmay, qalinligi 10 mm dan ziyod boʻlgan metallar qirgʻogʻini biroz chegirib turib payvandlash kerak.
241. Mexanizatsiyalashgan payvandlash (avtomat usulda) uchun yigʻilgan konstruksiyalar orasidagi tirqish ulab payvandlashda 1 mm dan 3 mm gacha, tavr usulida ulash (vertikal va gorizontal listlar oʻrtasi)dagi tirqishlar eng koʻpi bilan 3 mm va bir-birining ustiga chiqarib ulashda esa, (listlar oʻrtasida)gi tirqish 1 mm dan ziyod boʻlmasligi kerak.
242. Vaqtincha qoʻyilgan tutqichlar ustiga chok yotqizishdan oldin mazkur joyni shlak va metall zarrachalaridan obdan tozalash lozim.
Ayni paytda qoniqarsiz oʻrnatilgan tutqichlar olib tashlanishi va zaruratga koʻra, yangidan qoʻyilishi zarur.
243. Payvandlab ulangan joylaridagi nuqsonlar quyidagi usullar bilan bartaraf etiladi:
a) choklar orasidagi uzilish va chuqurchalar payvandlab (eritib) yuboriladi;
b) darzliklari, yaxshi erimagan joylari, yoki boshqa kechirib boʻlmaydigan nuqsonlari bor choklarda nosoz joylar butun uzunligi boʻylab va yana har bir tomonga qarab 15 mm qoʻshimcha ravishda kesib olib tashlab, yangidan payvandlanadi;
v) asosiy metallning ruxsat etilgan meʼyordan ortiq kesib yuborilgan joylari yaxshilab tozalanib, ustiga diametri 3 mm elektrodlar yordamida, yupqa erigan qatlam yotqizilib, erigan metalldan asosiy metallga ravon oʻtishini taʼminlash uchun yana bir marta tozalab chiqiladi.
244. Chokdan olib tashlangan uchastkalarni qayta payvandlashda asosiy chokning uchlari yopilib ketishiga erishish kerak.
245. Qayta tiklangan payvand choklarni takroriy tekshiruvdan oʻtkazish zarur.
246. Rezervuarlarni taʼmirlash va nuqsonlarini bartaraf etish jarayonida olib borilgan payvandlash ishlari yakunlangandan keyin, zaruratga koʻra yangidan boʻyab qoʻyish kerak. Barcha yigʻish uchun yordamchi moslamalar, mustahkamlovchi choklarning qoldiqlarini yigʻib olib tashqariga chiqarib yuborilishi, payvandlab ulangan joylar shlak, metall zarrachalari, metall qoldiqlardan tozalash lozim.
247. Bitta nosoz (nuqson) joyni eng koʻpi bilan 2-marta tuzatish mumkin. Aks holda mazkur metallokonstruksiyasini butunlay almashtirish zarur.
248. Rezervuar tagi (osti)dagi korroziya roʻy bergan yoki mexanik buzilish joyi devordan 400 mm ziyod masofada boʻlganda, mazkur illatli joyga metall yamoq yopishtirish usuli bilan taʼmirlash mumkin.
249. Rezervuar devoridagi almashtiriladigan uchastkasining oʻlchami 200 mm dan katta boʻlmasligi kerak.
Payvandlash-montaj ishlarini qulay sharoitda oʻtkazish uchun boʻyi 500 — 750 mm gacha boʻlgan uchastkani almashtirish mumkin.
250. Rezervuarning qabul qilish-tarqatish quvurchasi yoki kirish lyuk atrofi qismlaridagi nuqsonli elementlarni almashtirishda devorining birinchi belbogʻidagi list (temir listlar)larini toʻliq almashtirish va vertikal taʼmir choklarini devordagi mavjud vertikal payvand choklariga nisbatan 500 mm boshqa tomonidan yasash shart. Tarqatish quvurchasi yoki kirish lyuki ostidagi rezervuar devorlarining 200 mm gacha qismini almashtirishga ruxsat etiladi.
251. Rezervuar devorini qisman almashtirib taʼmirlash quyidagi holatlarda oʻtkaziladi:
a) devor vertikal holatdan ruxsat etilgan meʼyordan ortiqcha ogʻib ketganda;
b) devor perimetrining 1/5 qismini xlopun egallab ketganda;
v) vertikal montaj choklarda yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan burchaklar sodir boʻlganda;
g) rezervuar devorlarining lokal yoki muayyan bir joyidagi mustahkamlik buzilganda;
d) devor materialida gʻijimlanish paydo boʻlganda;
e) devor materiali yoppasiga korroziyaga uchraganda.
252. Rezervuar tanasi bir tomonga qiyshayib ogʻganda yoki mustahkamlovchi elementlari ulangan joylarda bukilish, egilish roʻy berganda, taʼmir oʻtkazish va devorlarining vertikaldan ogʻishini oʻlchash ishlarini oʻtkazish haqidagi qarorni, rezervuar devorlarining geometrik holati tiklangandan keyingina qabul qilinadi.
253. Yirik oʻlchamli rezervuar devoridagi nuqsonli joylarni almashtirish uchun kesib olishdan oldin tayanch ustunlar oʻrnatib, uning mustahkamligini taʼminlash zarur. Kichik oʻlchamli rezervuarlarda qirqib olinadigan joyining har ikkala qirgʻogʻida 2 ta dan mustahkamlovchi qovurgʻa (moslama)ni ichki va tashqi tomonidan oʻrnatiladi.
254. Taʼmir ishlarida rezervuar tagi (osti)ni toʻliq yoki qisman almashtirish mumkin. Eski metall list ustiga yangisini montaj qilishdan oldin, tagidagi nosoz listga korroziyaga qarshi ishlov berish kerak.
255. Rezervuar tagining 50% gacha boʻlgan qismidagi metallkonstruksiyalar yuzasi korroziyaga uchraganda, mazkur qism qisman almashtirilishi mumkin. Ushbu taʼmir ishlari rezervuar tagini listma-list usulda toʻliq almashtirishga oʻxshash usulda bajariladi. Listlarni bir-birining ustiga chiqarib, yaqindan ulashga, hamda eski taglikdan yamoqlarni yigʻish uchun stend sifatida foydalanishga ruxsat etiladi.
Nosoz metall listlar ustiga yamoq solganda, zanglagan listlar yuzasiga zanglashga qarshi yoki boshqa himoya qoplamini berish zarur.
256. Payvand choklari sifatini nazorat qilishni loyiha va ishlab chiqilgan payvandlash texnologiyasi talablariga moslab, quyidagi hollarda olib boriladi:
a) montaj choklarining 100 % dagi uzunligini 10 karra kattalashtiruvchi lupa yordamida tashqi koʻrikdan oʻtkazib, GOST 3272 boʻyicha shablon (andaza) bilan oʻlchash;
b) rezervuar tagidagi zavod yasagan va montaj choklarini 100 % uzunlikda vakuum usulida germetiklikga tekshirish;
v) devordagi montaj choklarining 100 % uzunlikda rentgen yoki gamma nurlari yordamida GOST 7512 boʻyicha tekshirish;
g) devor bilan rezervuar tagi ulangan chokni kerosin namunasi usuli yoki vakuum usuli bilan germetiklikga tekshirish;
d) tomdagi payvand choklarini gidravlik sinov paytida ichki bosim hosil qilib germetiklikga tekshirish kerak (tom taʼmirlangan boʻlsa).
257. Ruxsat etilgan nuqsonlar meʼyorini QMQ 3.01.03 va boshqa amaldagi normativ-texnik hujjatlar asosida belgilash zarur.
258. Asosiy metall yuzasini payvandlash oqibatida hosil boʻlgan kuygan joylar abraziv disk yordamida 0,5 mm chuqurlikgacha tozalanishi kerak. Payvand ulanmalarga ishlov berganda kesimi kuchsizlanib qolishini (asosiy metalda chuqurcha, gʻovaklar sodir boʻlishi) asosiy metall qalinligining 3 % dan ziyod boʻlmasligi lozim.
259. Payvand choklari va metall konstruksiyalar payvandlash tugallangandan keyin shlak, qurum, zarrachalardan tozalanishi zarur.
260. Yigʻish-montaj jarayonida payvandlab qoʻyilgan moslamalarni qattiq zarbasiz chiqarib olish, asosiy metallga zarar yetgan joylarni tozalash, tuzatish lozim.
261. Payvand choklari tashqi qiyofasiga koʻra quyidagi talablariga javob berishi kerak:
a) chokning yuzasi silliq yoki tangasimon (bir-birining ustiga chiqmagan, kuymagan, uzluksiz) boʻlishi, hamda asosiy metallga asta sekin oʻtgan boʻlishi lozim. Dinamik zoʻriqishni oʻziga oluvchi konstruksiyalarda burchak choklari asosiy metallga ravon oʻtkazilgan boʻlishi zarur;
b) erigan metall chokning barcha uzunligi boʻyicha zich, ruxsat etilgan meʼyordan ziyod darzliklarsiz va nuqsonlarsiz boʻlishi lozim;
v) qalinligi 4 mm dan 10 mm gacha boʻlgan asosiy metalldan chok uchun oʻyiqlarning chuqurligi 0,5 mm, qalinligi 10 mm dan ziyod boʻlgan metalldagi oʻyiqning chuqurligi 1 mm dan koʻp boʻlmasliga kerak;
g) chokdagi barcha chuqurlik (boʻshliq)lar eritilib payvandlab tashlanadi.
262. Rezervuar devorlarining vertikal choklarida hosil boʻlgan va radiografik tekshiruv natijasida topilgan boʻshliq, shlak qoldiqlarini amaldagi normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq quyidagicha, yaʼni hajmi 5000 m gacha boʻlgan payvandlangan konstruksiyalarda — 7 klass, 10 va 20 ming m hajmlar uchun 6 klass, 30 ming m3 va undan ziyod konstruksiyalar uchun — 5 klass qilib belgilanadi.
263. Payvandlab ulangan choklarda barcha turdagi va oʻlchamdagi darzliklar boʻlishi mumkin emas.
264. Tashqi va ichki nuqsonlarni bartaraf etishga, payvand choklaridagi nuqsonlarni tuzatishga tajribasi bor boʻlgan yuqori malakali payvandlovchilar jalb etiladi.
265. Payvand choklaridagi nuqsonlarni eng kichik diametri elektrodlar yordamida, texnologik jarayoni boʻyicha belgilangan payvandlashning minimal rejimida bajarish lozim.
266. Buzmasdan tekshirish usulida aniqlangan ichki nuqsonlarga jilolagich (shliflovchi) mashina yordamida barham berib, ustidan yangidan payvandlanib, soʻngra tuzatilgan chok qayta tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak. Bir joyning oʻzidagi illatni 2-martadan koʻp tuzatish mumkin emas.
267. Nuqsonlar bartaraf etilishi va ularning soni haqidagi maʼlumotlarni “Payvandlash ishlari jurnali”ga yozib qoʻyiladi.
268. Metall yoki sintetik pontonlarni taʼmirdan qabul qilishda quyidagilarni tekshirish zarur:
a) rezervuar devori bilan ponton qirgʻogʻi orasidagi tirqish oʻlchamini, halqasimon berkitgichning zich turishini, yoʻnaltiruvchi quvurlar zatvorini, qoʻlda oʻlchash quvurlarini, pasaytirilgan namunaolgichni va markaziy ustun holatlarini;
b) choklar va taglik (osti)ning materiallari holati (eritib ulanmagan yirtiqlar boʻlishi mumkin emas);
v) korob va suzgichlar holati;
g) pontonning yerga ulanganligi;
d) berkitgich seksiyalarini mustahkamlik halqasiga mahkamlanganligi;
e) toʻr polosalarining oʻzaro ulanganligi, toʻrning chetlari sintetik pontonning perimetri boʻylab yaxshi oʻrnatilganligi;
j) statik elektr hodisasidan himoyalanganligi;
z) berkitgich konstruksiyasining ishlashi;
i) drenaj qurilmalarning ishlashi;
k) sathoʻlchagich va namunaolgichlarning ishlashi.
269. Rezervuar taʼmirlangandan keyin, taʼmirlash davomida bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnoma ilova qilingan nuqsonlar roʻyxati va loyiha-smeta hujjatlari asosida qabul qilinadi.
270. Taʼmirlash ishlarining turiga koʻra quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) nuqsonlar roʻyxati (nuqsonlar bir nechta boʻlganda);
b) taʼmirlashda zarur boʻlgan chizmalar (chertejlar);
v) rezervuarni yoki ayrim elementlarini, bogʻlamlarini taʼmirlashga oid texnologik karta va loyiha;
g) taʼmirlashda qoʻllanilgan metall, elektrodlar, elektrod simi, flyuslar, yelimlar va boshqa materiallarning sifatini kafolatlovchi hujjatlar(sertifikatlar va boshqa hujjatlar);
d) poydevor va gidroizolatsiyalovchi qatlamni qabul qilish haqidagi dalolatnoma;
e) taʼmirlashda payvandlash ishlarini bajargan payvandlovchilarning malakasi haqidagi guvohnoma (diplomi)ning nusxasi (ularga berilgan raqamli yoki harfli belgilari koʻrsatilishi kerak); rezervuar osti, devorlari, tomi, pontoni (suzuvchi tom)dagi payvand choklarini germetiklikga sinash haqidagi dalolatnomalar;
j) devor va tagining qirgʻoqlaridagi payvandlab ulanish sifati haqidagi xulosalar (fizik usulda tekshirilgan nuqtalar sxemasi bilan); taʼmirlash olib borilgan paytidagi;
z) iqlim sharoitlari koʻrsatilgan taʼmirlash ishlarini oʻtkazish jurnali, payvandlash ishlari jurnali va boshqa hujjatlar;
i) taʼmirlash davomida chizma va loyihadan chetlashish holatlari sodir boʻlgan boʻlsa, mazkur holatlar haqidagi kelishuv hujjatlari;
k) rezervuar tagi va uning konturini nivelirlash natijalari, rezervuar devori geometrik shaklini oʻlchash (jumladan mahalliy ogʻish) natijalari;
l) rezervuar tomining ayrim joylarining ogʻishni oʻlchash (katta bosimdagi rezervuarlar uchun) natijalari;
m) devor bilan ponton oraligʻini oʻlchash (devor, koroba va ponton elementlarini almashtirilganda) natijalari;
n) pontondagi yoʻnaltiruvchi qurilmasining (suzuvchi tom) vertikalliligini oʻlchash natijalari;
o) ankerli boltlar (agar ular taʼmirlangan boʻlsa)ni korroziyaga qarshi modda bilan qoplanganligi haqidagi dalolatnoma;
p) mustahkamlik va germetiklikga gidravlik usulda sinash haqidagi dalolatnoma;
r) uskunalarning (klapanlar, zulfinlar va sh.k.) ishlashining tekshirilganligi haqidagi dalolatnoma;
s) taʼmir oqibatida rezervuarning hajmi oʻzgarishi munosabati bilan unda oʻtkazilgan graduirovka jadvali;
t) yerga tutashtirish moslamasining oqim qarshiligini tekshirilganligi haqidagi dalolatnoma.
271. Rezervuarni qabul qilish akti (12-ilova)ni uni ishlatuvchi korxona bosh muhandisi tasdiqlaydi.
272. Rezervuarni qabul qilish va bajarilgan ishlarga doir barcha hujjatlar uning pasporti bilan birga saqlanadi.
2-§. Rezervuarlarni demontaj qilish
273. Meʼyoriy ishlatish muddati oʻtgan yoki ularni kelajakda ishlatishga monelik qiladigan boshqa holatlar roʻy berganda rezervuarlar demontaj qilinadi. Demontaj qilish haqidagi qarorni uni ishlatadigan tashkilot qabul qilib, yuqori rahbar muassasalar bilan kelishib oladi.
274. Demontaj qilishda shnurli zaryad (portlatish) vositasini qoʻllash eng samarali hisoblanadi lekin bu jarayonda metall konstruksiyalar talaygina deformatsiyaga uchrab, egilib-bukilib ketadi hamda portlash tufayli hosil boʻlgan toʻlqin taʼsiridan metall buzilib yaroqsiz holga kelib qoladi.
275. Rezervuarni kumulyativ zaryad yordamida demontaj qilishdan oldin, uni mazkur Qoidalarning IX bobida bayon etilgan talablar asosida tayyorlab, 0,2 m dan 0,3 m balandlikgacha suv bilan toʻldirish zarur.
276. Portlashda ishlatiladigan kumulyativ zaryadlarni “Portlatish ishlaridagi yagona xavfsizlik Qoidalari” talablariga mos holatda tashish va saqlash lozim.
277. Rezervuarni demontaj qilishda xizmat qiluvchi xodimlar portlash paytida mazkur joydan kamida 300 m naridagi maxsus bino (xona)da berkinib turishlari kerak.
278. Bir paytda portlaydigan zaryadlar (detonatsiyalovchi shnur yoki tez harakatlanadigan elektr detonatorlar bilan birga) ning mutloq vazni 20 kg dan oshmasligi kerak.
279. Rezervuarni demontaj qilib, yigʻilgan metallni va metall konstruksiyalarni qayta ishlatish rejalashtirilganda, mazkur ishni montaj jarayoniga teskari ravishda bajarish va ish davomida gazli qirqish, hamda yuk koʻtarish mexanizmlaridan foydalanilishi lozim.
VIII bob. REZERVUARLARNI TOZALASh
1-§. Rezervuarlarni tozalash ishlarini oʻtkazish tartibi
280. Rezervuarlarni zaruratga koʻra, mahsulot sifatini saqlash sharoitlari, rezervuar va undagi uskunalarning ishonchli ishlatilishini hisobga olib tozalash lozim, yaʼni tozalashni quyidagi maqsadlar uchun oʻtkaziladi:
a) rezervuarlarning ishonchli ishlashini taʼminlash uchun;
b) pirofor choʻkindilar, oʻta yopishqoq qoldiqlar, mineral ifloslanishlar, zang va suvdan tozalash uchun;
v) toʻliq (batafsil) koʻrikdan oʻtkazib, taʼmirlash uchun.
281. Rezervuarlarni tozalash uchun quyidagi boʻlimlardan iborat ish bajarishga loyiha tuziladi:
a) rezervuarni ishlarni bajarish uchun tayyorlash;
b) tozalashni oʻtkazish;
v) ishlarni xavfsiz bajarish;
g) yongʻin xavfsizligini taʼminlash;
d) tozalashda foydalaniladigan uskunalarni joylashtirish chizma (sxema)si.
282. Rezervuarlarni tozalash ishlarini uni ishlatuvchi tashkilotning taʼmirlash boʻlimlari yoki tegishli ruxsatnomasi bor maxsuslashgan korxonalar bajarishi mumkin.
283. Rezervuar ichidagi ishlarini bajarishga kirishishdan oldin, rezervuar bilan bogʻliq barcha quvuroʻtkazgichlar zulfinlar yordamida berkitilib, ularga dumchali tiqinlar oʻrnatiladi. Tiqin materialining qalinligi mazkur Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq hisoblab aniqlanadi. Tiqinni oʻrnatish vaqti va joyi vaxta jurnaliga yozib qoʻyiladi. Tozalash ishlarini oʻtkazish uchun dalolatnoma (14-ilova) va gazdan xavfli (taʼmirlash) ishlarini oʻtkazish uchun naryad-ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Vaqti-vaqti bilan takrorlanib bajariladigan texnologik jarayonning ajralmas qismi hisoblangan ishlash sharoiti, joyi va tafsiloti bir xil boʻlgan, aniq ijrochilar bajaradigan gazdan xavfli ishlarni naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirmay, ish boshlashdan oldin jurnalga yozib qoʻyish sharti bilan amalga oshirish mumkin.
284. Rezervuarni tozalashga oid texnologik jarayon tarkibiga quyidagi operatsiyalar kirishi mumkin:
a) rezervuarni ishlatishga oid yoʻriqnomada belgilangan tizim asosida mahsulotni haydab chiqarish va choʻkma qoldiqlarni yuvish;
b) iloji boricha eng minimal sathgacha haydab chiqarish;
v) rezervuar tagida qolgan choʻkindilarni haydab chiqarishga tayyorlash, mahsulot sifatini tekshirib turish va reja-ogohlantiruvchi taʼmirlashga muvofiq mahsulotni haydab chiqarish;
g) rezervuarni portlash konsentratsiyasining ruxsat etilgan chegarasigacha degazatsiyalashda gazlashishning chegaraviy darajasiga rioya qilgan holda ish bajarish(tarqalish chegarasi quyi konsentratsiyasining eng koʻpi bilan 20 % ni tashkil etishi kerak);
d) rezervuarni loyihaga koʻra tozalash;
e) rezervuarni ruxsat etilgan konsentratsiyagacha degazatsiyalash;
j) tozalash sifatini nazorat qilish;
z) choʻkindilarni utillash.
Tozalash boʻyicha texnologik variant rezervuarning haqiqiy holati, sharoiti, choʻkindilarning qalinligi va xossalariga qarab belgilanadi.
285. Rezervuarni degazatsiyalash majburiy shamollatish, bugʻlash yoki boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.
Rezervuarlarni bugʻlab degazatsiya qilayotganda lyuklari ochiq boʻlishi kerak. Rezervuarning ichidagi harorat 78° S dan past boʻlmasligi lozim.
Metall pontonli rezervuarlarni bugʻlaganda, yuqorigi (ponton ustidagi) va pastki (ponton ostidagi) qismlarini alohida bajarish zarur.
Sintetik materialdan yasalgan pontonli rezervuarlar bugʻlanmaydi. Choʻkindilarni yumshatish va gaz muhitini flegmatizatsiyalash uchun lyuklarni berkitib qoʻyib, havo olish armaturasining ishini kuzatib borish kerak.
286. Rezervuar ichidagi gaz hajmining 2 g/m3 qismini bugʻlar tashkil etganda, rezervuarning ichini tabiiy shamollatish uchun faqat uning eng yuqori yorugʻlik lyuklariga deflektor oʻrnatib turib ochib qoʻyish kerak.
Rezervuarning ichidagi neftgaz mahsulotlarining bugʻi miqdori 2,1 g/m3 gacha boʻlganda, tabiiy shamollatish (aeratsiya) uchun birinchi belbogʻdagi kirish lyuklarini ochishga ruxsat etiladi. Tashqaridagi shamolning tezligi 1 m3 dan kam boʻlganda lyuklarni ochish va degazatsiya (majburiy va tabiiy) oʻtkazish taqiqlanadi.
287. Rezervuarlarni tozalashda ishlatiladigan uskunalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) portlashdan himoyalanishni va uchqun xavfsizligini taʼminlash;
b) barcha texnologik operatsiyalarni jarayondagi texnik va ekologik xavfsizlikga rioya qilib bajarilishi;
v) belgilangan qoidalarga muvofiq sertifikatlangan (guvohnomasi bor) boʻlishini.
Tozalashda qoʻllaniladigan yuvuvchi vositalar kimyoviy jihatdan kontaktdagi materialga nisbatan (metall, lok-boʻyoq qoplamalari) neytral boʻlishi va gigiyenik sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Turli spektrda taʼsir etuvchi kimyoviy reagentlar gigiyenik sertifikatli va ularni neft-gaz qazib chiqarish obyektlarida ishlatish mumkinligi haqida xulosasi boʻlishi zarur.
288. Rezervuarlarni tozalash jarayonida gazli boʻshlikdagi uglevodorodlar konsentratsiyasi nazorat qilib boriladi.
289. Rezervuarlarni tozalash natijasida toʻplangan neft va neftmahsulot aralashmalarini neftni qayta ishlashda boshqa neftmahsulotlar oʻrniga (GOST 21046) qozonxonada yonilgʻi xomashyo sifatida ishlatish mumkin.
290. Neftshlamlarini yigʻish va joylashtirish ishlab chiqarish chiqindilarini yigʻish va joylashtirishga oid ekologik normativ-texnik hujjatlar asosida tartiblashtiriladi.
291. Rezervuarni tozalash sifati quyidagicha tekshiriladi:
a) rezervuarning gazli boʻshligʻidagi uglevodorod konsentratsiyasini oʻlchash (ruxsat etilgan konsentratsiya chegarasi 300 mg/m gacha);
b) tashqi nazorat qilish;
v) olovli ishlar oʻtkaziladigan, ifloslangan joylar uchun ruxsat etilgan yongʻin ehtimoli zoʻriqishi chegarasini oʻlchash (rezervuar ichiga odamlar kirmasdan bajariladigan ishlar uchun 0,2 kg/m2, odamlar ichiga kirib ishlaydigan sharoit uchun ega 0,1 kg/m2)
292. Tozalash ishlari tugallangandan keyin, bajarilgan ishlar boʻyicha mazkur Qoidalarning 15-Ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
293. Taʼmirlashni olovli ishlar yordamida bajarish zarurati tugʻilganda 16-Ilovaga muvofiq rezervuarni taʼmirlashga tayyorgarligi haqida dalolatnoma tuziladi. Olovli ishlar oʻtkazish uchun naryad-ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
294. Taʼmirlash va boshqa turdagi ishlar yakunlangandan keyin avval qayilgan tiqinlar olib tashlanib, bu haqda jurnalga yozib qoʻyiladi.
295. Neftbaza, AYQSh va boshqa obyektlarda benzin, dizel yonilgʻisi va moylar saqlangan, sigʻimi 50 m3 gacha boʻlgan gorizontal rezervuarlardan neftmahsulotlari qoldigʻini haydab chiqarish, degazatsiya qilish, tetraetilqoʻrgʻoshindan zararsizlantirishni mexanizatsiyalashtirish uchun UM-1 rusumli yuvuvchi qurilmani qoʻllash mumkin.
296. UM-1 qurilmasi yordamida benzin, dizel yonilgʻisi va moy solingan rezervuarni toʻliq va qisman tozalash mumkin.
Qisman (qisqartirilgan) tozalash — GOST 1510 ga muvofiq ravishda vaqti-vaqti bilan tozalashdan iborat.
Toʻliq tozalash taʼmirlashdan oldin oʻtkaziladi.
2-§. Pirofor choʻkindilarga qarshi kurash choralari
297. Oltingugurtli neft va neftmahsulotlar uchun ishlatiladigan rezervuarlarni ishlatish va taʼmirlash paytlarida roʻy beradigan pirofor choʻkindilar paydo boʻlish holatlariga barham berish uchun quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
a) benzin distillyatlari, hamda xom neftda vodorod sulfidi boʻlsa, ularni rezervuarga qoʻyishdan oldin barqarorlashtirish lozim;
b) distillyatlar va xom neftni bevosita biratoʻla texnologik jarayonning oʻzida ishqorlashtirishga ruxsat etiladi;
v) pirofor choʻkindilar alangalanib ketishining oldini olish uchun rezervuar ichki yuzasida, idishning yuqori qismlarida, havo olgich naychalarda, lyuklar va klapanlarda hosil boʻlgan korroziya mahsulotlari (zang)ni davriy ravishda tozalash lozim;
g) rezervuardan chiqarib olingan loyqa va choʻkindilarni korxonadan boshqa joyga olib borguncha nam holatda ushlab turish lozim. Rezervuar devorlaridagi choʻkindi qoldiqlarini ham namlab turish zarur;
d) yigʻib olingan pirofor choʻkmalari yongʻindan xavfsiz, maxsus ajratilgan joyga olib borib, tezda koʻmib yuborish kerak.
298. Neft, neftmahsulotlari va gazlardagi vodorod sulfidini chiqarib tashlash neftni birinchi marta haydovchi va termokreking qurilmasida benzinni obdan fizik barqarorlashtirish (propanning hammasini va butanning aksariyat qismi) yoʻli bilan amalga oshiriladi.
299. Uglevodorodli va pastlegiregirlangan poʻlat konstruksiyalardan yasalgan va tajovuzkor vodorod sulfidi taʼsirida ishlatiladigan rezervuarlarni himoya qilish uchun maxsus ingibitorlarni qoʻllash lozim. Paydo boʻlgan pirofor choʻkindilarga barham berish va flegmatizatsiyalash uchun ular koʻproq toʻplangan joylarga qoʻshimcha ravishda ingibitorlar bilan ishlov berish zarur.
Ingibitorlar metall yuzasida vodorod sulfidining taʼsiridan va pirofor birikmalar paydo boʻlishidan saqlovchi qoplama (parda) hosil qiladi.
300. Odatda, uzoq vaqtga chidaydigan, “sovuq” ruhlash usuli bilan yopishtirilgan kislota-ishqorli mastikali qoplama berish koʻzda tutiladi.
Yuqori harorat (280° S dan ziyod)li oltingugurtli neftmahsulot bilan ishlaydigan apparaturalar, uskunalar va quvuroʻtkazgichlarni tayyorlashda, vodorod sulfidli korroziyaga chidamli va pirofor birikmalar hosil qilmaydigan legirlangan poʻlatlar va maxsus qotishmalardan foydalanish zarur.
Uskunalar va quvuroʻtkazgichlarni yasash, hamda himoya qilish maqsadida nometall materiallar va lok-boʻyoq qoplamalarni keng qoʻllash lozim. Nometall materiallardan (ftorplast, polietilen, polipropilen, armirlangan shisha tolalar va b.) yasalgan quvuroʻtkazgichlar, armatura va nasos detallaridan, vodorod sulfidli gazlar va neftmahsulotlari saqlanadigan qurilmalarning bogʻlamlari uchun foydalanish kerak.
Mazkur materiallardan foydalanishda ishlatish sharoitlari (harorat, bosim)ni hisobga olish zarur.
301. Separatorlar, idishlar va rezervuarlarni qurish paytida, ularda pirofor hodisasi roʻy bermasligi uchun ichki devorlarida epoksid, fenolformaldegid tarkibli va ular aralashmasidan iborat lok-boʻyoq qoplama berish lozim. Xususan, idish va rezervuarlar ichki yuzasini himoyalashda, issiq oltingugurtli neft va neftmahsulotlari uchun FL-724 rusumli, issiq suv va bugʻlarga dosh beradigan FL-723 rusumli qoplamalardan foydalanish tavsiya etiladi.
302. Rezervuarlar yuzasida korroziya va loyqa choʻkindilar paydo boʻlishi ustidan, korxona bosh muhandisi yoki obyekt rahbari tasdiqlagan jadval asosida muntazam nazorat oʻrnatishi zarur.
303. Agar tadqiqot va tajriba maqsadlari uchun oltingugurtli choʻkindilar namunasini olish yoki sinash zarur boʻlsa, mazkur ishlar bosh muhandis ruxsati bilan,yongʻin xavfsizligi boʻyicha vakil ishtirokida amalga oshiriladi.
IX bob. REZERVUARLARNI HIMOYaLASh TIZIMLARI VA ULARGA XIZMAT KOʻRSATISh
1-§. Rezervuarlarni yashindan himoyalash
304. Rezervuarlar amaldagi normativ-texnik hujjatlar talablari asosida yasalgan yashin zarbalaridan, elektrostatik va elektromagnit induksiyalaridan, yashinqaytargich qurilmasining yuqori potensial energiyani oʻtkazib yuborishidan saqlanishi kerak.
305. Yashinqaytargich qurilma rezervuar mahsulot bilan toʻldirilishidan oldin qabul qilinib ishga tushirilishi lozim. Bu haqda ijro uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilib buyurtmachiga beriladi,
306. Umumiy sigʻimlari hajmi 100 000 m3 dan ziyod boʻlgan rezervuar parklari uchun yashinning toʻgʻridan toʻgʻrizarbasidan saqlovchi alohida turadigan yashinqaytargich quriladi.
307. Rezervuarlarni yashindan saqlovchi yertutashgichlar sifatida sunʼiy yertutashtirgichlar xizmat qiladi. Ular rezervuarning perimetri boʻylab kamida har 50 m joyda yerga koʻmilgan boʻlib, rezervuarlar korpusiga ulangan boʻladi (rezervuarning qarama-qarshi tomonidan kamida 2 joyidan ulangan boʻlishi zarur).
308. PVPR (pontonli vertikal poʻlat rezervuar) va STVPR (suzuvchi tomli vertikal poʻlat rezervuar) rezervuarlarni elektrstatik induksiyadan himoyalash uchun ponton yoki suzuvchi tom bilan rezervuar tanasining kamida 2 nuqtalariga egiluvchan poʻlat ulagichlar oʻrnatish lozim.
309. Yer osti va usti metall kommunikatsiyalar orqali yuqori potensial energiya kirishidan saqlash uchun rezervuarga kiradigan metall kommunikatsiyalarni yerga tutashtirib qoʻyiladi.
Elektr uzatish tarmoqlari, signal berish manbalarining ishga tushirish uzunligi kamida 50 m li metall bronli yoki qoplamli yoki metall quvur va tarnovlar orqali oʻrnatilgan kabel orqali amalga oshiriladi.
310. Tayoqchali yashin qabullagichlar koʻndalang kesimi kamida 100 mm2 va uzunligi kamida 200 mm2 keladigan har qanday rusumdagi poʻlatdan yasalib, ustini ruhlash, qalaylash yoki boʻyash yoʻli bilan korroziyadan saqlash choralari koʻriladi. Trosli yashin qabullagichlar koʻndalang kesimi kamida 35 mm2 li koʻpsimli poʻlat kanat (arqon)lardan.yasalgan boʻlishi kerak.
311. Yashinqaytargichlarni yerga tutashtiruvchi qalinligini 0,05 Ot dan koʻp boʻlmagan tok oʻtkazgichlar oʻzaro payvandlab yoki boltli ulab bajariladi.
312. Tayoqchali va trosli yashin qabullagichlar boʻlganda ulardan keladigan har bir tok oʻtkazgich 3 yoki undan ziyod, uzunligi eng kamida 3 m li vertikal elektrod orqali sunʼiy yer tutashtirgichga va oʻz navbatida gorizontal yotqizilgan elektrodlarga ulanadi.
Vertikal elektrodlar orasidagi masofa eng kamida 5 m boʻlishi kerak. Tok oʻtkazgichlar va yerga tutashtiruvchi moslamalar amaldagi normativ-texnik hujjatlar talablari asosida tanlanadi.
313. Yashindan himoyalovchi qurilmani ishlatishda ularning texnik holatini muntazam ravishda tekshirib turish lozim. Rejali ogohlantiruvchi taʼmirlash ishlari grafigi (jadvali)da mazkur qurilmalarga xizmat koʻrsatish ham inobatga olingan boʻlishi kerak.
Yashindan himoyalovchi qurilmada mexanik buzilish yoki emirilish holatlari aniqlanganda, darhol joriy yoki kapital taʼmirlash zarur.
314. Yashindan himoyalovchi qurilmaning texnik holatini har yili bir marta, momaqaldiroqlar mavsumi boshlanishidan oldin tekshirish lozim.
Yashin qabullagichlar, tok oʻtkazuvchi simlar, ular orasidagi kontaktlar, hamda alohida turgan yashinqaytargichlarning yerga tutashgan tarmogʻidagi sanoat chastotali qarshilik miqdori tekshirilib, qurilmalarining butligi, korroziyadan saqlanganligini nazorat ostiga olinadi. Qarshilik miqdori moslamani ishlatishga qabul qilish paytida oʻlchangan qarshilik miqdoridan 5-martadan ortiq boʻlmasligi kerak. Aks holatlarda yerga tutashtirish qurilmasi holatini tekshirib koʻrib, zaruratga koʻra taʼmirlash lozim.
315. Taftish quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
a) almashtirish yoki mexanik buzilgan joylarning mustahkamligini oshirishni talab qiladigan elementlarni topish;
b) tok oʻtkazuvchi elementlar orasidagi (payvandlangan nuqtalar, boltli ulangan joylar) mustahkamligini tekshirish;
v) yashinqaytargichning ayrim elementlarida roʻy bergan korroziya hodisasining darajasini va korroziya tufayli buzilgan joylarini aniqlash.
316. Taftish natijasida, momaqaldiroq mavsumi boshlanguncha, yashinqaytargich tizimida oʻtkazilishi zarur boʻlgan taʼmirlash ishlarining hajmi aniqlanadi.
Mayda, joriy taʼmirlash ishlarini yilning momaqaldiroq mavsumi ichida ham bajarish mumkin.
Kapital taʼmirlashni esa, faqat momaqaldiroq boʻlmagan paytlardagina oʻtkazish lozim.
317. Yashinqaytargich qurilmasini taftish qilish, yerga tutashtirgich qurilmasini tekshiruv-sinovdan oʻtkazish ishlari natijalarini, yashinqaytargichni va statik elektr hodisasidan muhofazalash qurilmasini ishlatish jurnaliga yozib qoʻyish kerak.
318. Yashinqaytargichni taftish qilgan shaxslar koʻrik oʻtkazilganligi va aniqlangan nosozliklar haqida dalolatnoma tuzishlari zarur.
2-§. Oʻt oʻchirish tizimi
319. Yongʻin xavfsizligi va oʻt oʻchirish tizimiga boʻlgan talablar QMQ 2.09.19 “Neft va neftmahsulotlar omborlari”, “Vertikal poʻlat rezervuarlarda qavatosti oʻt oʻchirish tizimini loyihalashga oid tavsiyalar”, “Oʻzneftmahsulot” AK korxonalarini ishlatishdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari”, “Oʻzbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatidagi yongʻin xavfsizligi Qoidalari” va boshqa normativ-texnik hujjatlarga mos boʻlishi kerak.
320. Rezervuar parklarida oʻrnatilib, ishga tushirilgan avtomatik oʻt oʻchirish va signal berish tizimi ShNK 2.04.09 va loyiha hujjatlari talablariga mos boʻlishi lozim.
321. Qabul qilish stansiyalari va bogʻlamlarini, ShNK 2.04.09 talablari asosida kechayu-kunduz xizmat qiladigan xodimlar xonasiga oʻrnatish lozim.
322. Rezervuar parklaridagi yongʻinni oʻchirish ishlarida oʻrtacha va past karra havo-mexanik koʻpik beruvchi uskunalar qoʻllaniladi. Koʻpik hosil qiluvchilarga boʻlgan texnik talablar amaldagi tegishli normativ-texnik hujjatlarda bayon etilgan.
323. Rezervuarlarning oʻt oʻchirish tizimi (qurilmasi) va avtomatik oʻt oʻchirish qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlari “Oʻzneftmahsulot” AK korxonalarini ishlatishdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari” va boshqa amaldagi normativ-texnik hujjatlarga mos ravishda bajarilishi kerak.
324. Rezervuarlarni oʻt oʻchirish tizimiga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislar ishtirokida, ayrim holatlarida esa Davlat yongʻin nazorati boshqarmasi organlarining oʻt oʻchirish qurilmalarini sozlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ruxsatnomasini olgan tashkilotlarni shartnoma asosida jalb qilib amalga oshirish lozim.
325. Oʻt oʻchirish tizimiga texnik xizmat koʻrsatishga javobgar shaxslarni ishlatuvchi korxona rahbari buyruq orqali tayinlaydi va lavozimlar yoʻriqnomasida qayd etib qoʻyiladi.
326. Avtomatik oʻt oʻchirish qurilmasi doimiy ravishda ishga tayyor-navbatchi rejimida boʻlishi shart.
Ishlatish jarayonida avtomatik oʻt oʻchirish qurilmasining ishini toʻxtatib (oʻchirib) qoʻyish, avtomatik rejimdan qoʻlda ishga tushirishga oʻtkazish yoki rejali ogohlantirish yoki boshqa turdagi taʼmirlash ishlari oʻtkazilishi munosabati bilan qisqa muddatga ishlashini toʻxtatib qoʻyish taqiqlanadi.
327. Avtomatik oʻt oʻchirish qurilmasini qoʻlda ishga tushirish obyektdagi yongʻin muhofazasi organi bilan kelishilgan holda bajariladi.
3-§. Rezervuarlarni statik elektr hodisasidan himoyalash tizimi
328. Elektrstatik uchqun xavfsizligi GOST 12.4.124 ga doir statik elektr hodisasidan himoyalovchi vositalarni qoʻllab, GOST 12.1.018 hamda, “Kimyo, neftkimyo va neftni qayta ishlash sanoatidagi korxonalarda statik elektr hodisasidan himoyalash Qoidalari” dagi talab va tadbirlar boʻyicha tartibga solinadi.
329. Rezervuarlarda elektrstatik uchqun xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
a) rezervuardagi barcha elektroʻtkazuvchi bogʻlama va detallarni yerga tutashtirib qoʻyish;
b) mahsulotning changlanib yoki toʻkilib (sachrab) ketishiga yoʻl qoʻymaslik;
v) rezervuarga neft quyish eki choʻkindilarni yuvish paytida mahsulotning oqishi tezligini ruxsat etilgan meʼyorda ushlab turish.
330. Statik elektr hodisasi himoyalovchi qurilmani elektruskunalar yoki yashinqaytargich uchun yasalgan yerga tutashtirish qurilmasi bilan birga yerga ulash mumkin.
Faqat statik elektrdan himoyalovchi qurilmaning yerga tutashtiruvchi moslamasidagi qarshilik miqdori 100 Osh gacha boʻlishi mumkin.
331. Rezervuar parkidagi va alohida turgan rezervuardagi texnologik quvuroʻtkazgichlar va uskunalar butun uzunligi boʻyicha uzluksiz elektr zanjirni tashkil etib, yerga tutashtiruvchi konturning kamida 2 nuqtasiga ulab qoʻyilgan boʻlishi zarur.
332. Rezervuarning suzuvchi tomi yoki pontoni rezervuar tanasining eng kamida 2 joyiga egiluvchan metall ulagichlar bilan tutashtirilgan boʻlishi lozim.
Agar ponton dielektrik materialdan yasalgan boʻlsa, uning himoyasi maxsus loyihaga muvofiq amalga oshiriladi.
333. Uchqun chaqnab ketishining oldini olish uchun mahsulot yuzasida yerga tutashtirilmagan elektrsimlari (shnur)ning suzib yurishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Suzib yuruvchi yoki bir joyga oʻrnatilgan sathoʻlchagichlar qoʻllanilganda, ularning suzgichlari elektroʻtkazuvchi materialdan yasalib, qanday holatda turishidan qatʼiy nazar yerga tutashtirilgan boʻlishi shart.
Mahsulot bugʻlanib, kamayib ketishini kamaytirish maqsadida, elektr oʻtkazmaydigan suzuvchi qurilma va predmetlar qoʻllashni, faqat soha boʻyicha statik elektrdan himoyalash bilan shugʻullanuvchi maxsus tashkilot bilan kelishilib amalga oshirish kerak.
334. Pontonsiz yoki suzuvchi tomsiz boʻsh rezervuarlarga mahsulot quyish tezligi, qabul qilish-tarqatish quvurcha (naycha)si koʻmilguncha, pontonli yoki suzuvchi tomli rezervuarlarda esa ponton yoki suzuvchi tom mahsulot yuzasida qalqib (suzib) chiqquncha 1 m/s dan oshmasligi kerak.
Undan keyingi ruxsat etilgan tezlik mazkur Qoidalarning 7-Ilovasida koʻrsatilgan meʼyordan ziyod boʻlmasligi lozim.
335. Uchqun roʻy berishining oldini olish uchun oʻlchash lyuki orqali qoʻlda namuna olish yoki mahsulot sathini oʻlchashni rezervuarga mahsulot quyib yoki undan mahsulot olingandan keyin eng kamida 10 min oʻtkazish zarur.
Ayni paytda, yasalgan oʻlchov oʻtkazish qurilmasidagi tok oʻtkazuvchi materiallarning solishtirma hajmiy elektr qarshiligi 105 Om gacha boʻlishi va yerga tutashtirilishi lozim.
336. Har bir yerga tutashtiruvchi qurilma uchun pasport joriy etilishi kerak. Qurilmani ilk ikki yil davomida ishlatganda, uning ustidagi tuproq (grunt)ning choʻkishiga eʼtibor berib borish zarur, Choʻkish kuzatilganda, mazkur joylarga yangi tuproq toʻldirib, yaxshilab shibbalab (tekislab) qoʻyiladi.
337. Statik elektrdan himoyalovchi qurilmaga xizmat koʻrsatish, ish bajarish loyiha (IBL)si jadvali asosida oʻtkaziladi.
Statik elektrdan himoyalovchi yer tutash qurilmadagi elektr qarshiligini oʻlchash ishlari, bir yilda bir marta tuproqning eng kam tok oʻtkazish davrida, yaʼni yozda tuproq obdan quriganda yoki qishda tuproq eng koʻp muzlagan paytda oʻtkaziladi.
Himoyalovchi qurilmalarni koʻrikdan oʻtkazish yoki taʼmirlashda tok oʻtkazuvchi elementlarning oʻzaro elektr aloqasi ishonchli ekanligini, almashtirilishi kerak boʻlgan yoki himoya qurilmasidagi ayrim elementlar ishini yaxshilash zaruratini, mazkur elementlarni zanglashdan muhofaza qilishga doir zarur tadbirlarni belgilash lozim.
338. Himoyalovchi qurilmalarni tekshirib sinash, koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash ishlarining natijalari “Yashinqaytargich va statik elektrdan himoyalovchi qurilmalarni ishlatish jurnali”ga yozib borilishi zarur. Jurnalga yashinqaytargich va statik elektrdan himoyalovchi tizimning ijro sxemasi va yerga tutashtirilgan qurilmaning ayrim joylarini ochib koʻrikdan oʻtkazilganligi haqidagi dalolatnoma ilova qilinishi kerak.
339. Rezervuarlarni statik elektrdan himoyalovchi qurilmaning soz holatiga korxonaning bosh energetigi xizmati javobgar hisoblanadi.
4-§. Rezervuarlarni korroziyadan himoyalash tizimi
340. Rezervuarlarni korroziyadan himoyalash usullari, uning konstruksiyasiga, muhitning tajovuzkorligi darajasiga koʻra, QMQ 2.03.11 boʻyicha tanlanadi.
Xususan neft va neftmahsulotlari uchun moʻljallangan rezervuarlar konstruksiyasining ichki yuzasini himoyalashni GOST 1510 talablari asosida bajarish lozim.
341. Rezervuarlarni korroziyadan saqlash usullari korroziyaga qarshi tuzilgan loyihaga mos ravishda aniqlanadi.
342. Korroziyaga qarshi himoya ishlarini QMQ 2.03.11 ga muvofiq amalga oshiriladi (QMQ 2.03.11 ning 14 va 15 ilovalari). Tajovuzkor muhitlarga nisbatan bardoshini oshirish uchun rezervuar yasaladigan poʻlatdagi nometall aralashmalar miqdorini GOST 1778 boʻyicha tartibga solib erishiladi.
343. Elektrkimyo himoyani barpo etishda qoʻllaniladigan uskuna, jihoz va materiallar, elektrkimyo himoyasiga doir loyihaning sertifikatiga, davlat standartlariga yoki texnik shartlarga mos boʻlib, tegishli sertifikatlar va texnik pasportlarga ega boʻlishi lozim.
344. Elektrkimyo himoyasiga doir vositalar va qurilmalar loyihadagi spetsifikatsiya asosida butlab olib kelinishi va ularga texnik shartlarga mos kelishini shahodatlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
345. Elektrkimyo himoyasiga oid vosita qurilmalarini ishga tushirish va sinashda yerosti inshootlarini korroziyadan saqlash boʻyicha davlat standartlari, qurilish normalari va qoidalari, normativ-texnik hujjatlarga, hamda texnik loyiha va elektrkimyo himoyasiga doir ishchi chizmalar talablariga amal qilish kerak.
346. Elektrkimyo himoyasi qurilmasining yer ostida joylashgan qismlarini tuproq bilan koʻmishdan oldin, ular shahodatlanishi, buyurtmachi vakilining koʻmishga yozma roziligi olinishi va yerostida bajarilgan ishlar haqida ikki tomonlama rasmiylashtirilgan dalolatnoma tuzilishi shart.
Protektor qurilmalarning kontaktli ulangan joylaridagi izolatsiyaning sifati 20 kw kuchlanishdagi uchqunli defektoskop yordamida tekshirib chiqqandan keyingina koʻmish mumkin.
347. Rezervuarning ichki yuzasiga metallashtirish usulida izolatsiyalovchi material surtilganda protektorlar oʻrnatish shart emas.
348. Katodli himoya taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatish ishlari rejali-ogohlantiruvchi taʼmir uchun tuzilgan grafik asosida bajariladi.
349. Protektorli himoya moslamasiga xizmat koʻrsatishda kuyidagilar bajariladi:
a) protektorli himoyaning samaradorligini tekshirish;
b) yedirilgan protektorlarni almashtirish.
350. Rezervuarlar tagining tashqi yuzasini, protektorli himoyalash yoʻli bilan, tuproq taʼsiridan korroziyaga uchrashini tekshirishda quyidagi elektr oʻlchashlar oʻtkaziladi:
a) “rezervuar-grunt” potensialining taqsimlanishi;
b) protektor qurilma zanjiridagi qarshilik (Om)ni;
v) protektor qurilmadagi tok kuchini.
351. Rezervuarlar ichiga oʻrnatiladigan protektor ishini nazorat qilish tartibi “Poʻlat rezervuarlar tagining drenaj suvlari taʼsiridagi korroziyadan himoyalash va ishlab turgan rezervuarlarga protektorlarni montaj qilishga doir tavsiyalar”da bayon etilgan.
352. Protektorli himoyaning samaradorligini bilish uchun “rezervuar-elekrolit”dagi potensiallar farqini va “protektor-rezervuar” zanjiridagi tok kuchini oʻlchash kerak. “Rezervuar-elektrolit” dagi potensiallar farqini (rezervuar tagi — mahsulot ostidagi suv) mazkur ishlar uchun moʻljallangan asboblarda maxsus missulfatli qiyoslash elektrodlari yordamida aniqlanadi.
353. Ishlatish davomida yedirilgan protektorlarni almashtirish protektorlarining xizmat qilish muddatlari va ishlatishga doir maʼlumotlar asosida tuzilgan va korxona bosh muhandisi tasdiqlagan taʼmirlash-ogohlantirish rejasi asosida amalga oshiriladi.
354. Vertikal poʻlat rezervuarlarning ichki devorlari yuzasini korroziyadan himoyalash uchun sertifikatlangan va ruxsatnomasi bor boʻlgan qoplamalarni qoʻllash lozim.
355. Mazkur ishlar uchun litsenziya (ruxsatnoma)si yoʻq pudratchilarni ishlatish taqiqlanadi.
356. Korroziyaga qarshi himoya va payvand choklarining holatini yuzasi va ogohlantirish tariqasida koʻrikdan oʻtkazish, korroziya vaziyatini hisobga olgan holda, korxona rahbariyati tasdiqlagan jadval (grafik)ga muvofiq bajariladi.
357. Vertikal poʻlat rezervuarlarning ichki yuzasi holatini tekshirish, amaldagi normativ-texnik hujjatlar asosida rezervuarni toʻliq koʻrikdan oʻtkazish paytida amalga oshiriladi.
358. Lok-boʻyoq qoplamasining sifatini adgeziya (adgeziya — eng kamida 2 ball — GOST 15140)ni va qoplama qalinligini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi.
Davriy koʻrik paytida aniqlangan qoplamadagi nuqsonlar bartaraf etilishi zarur.
5-§. Avariya va nosozliklarning oldini olish tizimi
359. Tekshirilishi zarur boʻlgan asosiy parametrlar quyidagilardan iborat:
a) rezervuardagi mahsulot sathi (balandligi)ning chegarasi (quyi va yuqori sath chegaralari rezervuarning texnologik kartasida yozilgan boʻladi);
b) rezervuardagi bugʻ-gaz aralashmasining bosimi (QMQ 2.09.03 ga muvofiq eng yuqori ishchi bosim - koʻpi bilan 2 kRa, vakuum — koʻpi bilan 0,25 kRa);
v) rezervuar parkidagi rezervuarlarda, flanetsli ulamalardan uglevodorodlar chiqishi hisobiga hududning gazlanish darajasi.
360. Rezervuardagi mahsulotning oldindan belgilangan pastki va yuqori sathini avtomatik tarzda nazorat qilib turish uchun, poʻkakli, ultratovush, radioizotop va boshqa usullarga asoslangan turli modifikatsiya (rusum)dagi sath signalizatorlardan foydalaniladi.
361. Rezervuardagi mahsulot eng maksimal (minimal) darajaga yetganda operator shchitida operatorni dispetcher bilan birgalikda mahsulot quyish (yoki haydab chiqarish)ni texnologik yuqori (pastki) darajagacha koʻpaytirish yoki ozaytirishi zarurligi haqida yorugʻlik-ovozli signal sodir boʻladi.
362. Avariya sath darajasini koʻrsatuvchi signalizatorlarning oʻlchashdagi mutloq xatolik meʼyorlari ± 10 mm dan ziyod boʻlmasligi kerak.
363. Rezervuar parklari TH talablariga koʻra, yongʻindan signal berish tizimi bilan jihozlanishi zarur.
364. Yongʻin (alanga) sodir boʻlganligi haqida rezervuar (perimetri boʻylab) tomiga yoki devoriga oʻrnatilgan xabarchi moslamalar darak berishi lozim.
365. Mahsulotli rezervuarlardagi nazorat qilinadigan muhit harorati belgilangan meʼyordan oshganda, signal hosil qilishga moʻljallangan yongʻin xabarchilari qoʻllaniladi.
366. Qoʻl yordamida xabar beruvchi moslama (uskuna)lar ularga qulay boradigan qilib oʻrnatilishi va yetarli darajada yoritilgan boʻlishi lozim.
367. Rezervuardagi mahsulot sathining chegarasi va issiqlik — yongʻin haqida signal beradigan moslamalar mavjud TH va loyihaga muvofiq ravishda oʻrnatiladi. Mazkur moslamalar, hamda ularga boradigan kabel tarmoqlari amaldagi meʼyorlarga koʻra portlashdan himoyalanib bajarilgan boʻlishi zarur.
368. Rezervuarlarning texnologik quvuroʻtkazgichlari va armaturalaridan mahsulot toʻlib-toshib ketishi, bosimni meʼyordan ortib ketishining oldini olish maqsadida rezervuar parki tarkibida ortiqcha neft (mahsulot)ni quyish uchun zaxira (rezerv) idishlar boʻlishi kerak.
369. Har bir korxona uchun ishlab chiqilgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish rejasi (AVBER)da rezervuar parkidagi roʻy berishi mumkin boʻlgan avariyalarga barham berish koʻzda tutilishi shart.
6-§. Rezervuar parkidagi texnologik jarayonni avtomatik boshqarish tizimi
370. Rezervuar parkidagi texnologik jarayonni avtomatik boshqarish tizimi markazdan turib boshqarish va rezervuar parkini mahalliy dispetcherlik punkti (MDP)dan, ishlatuvchi xodimlar bevosita texnologik obyektda doimiy ishtirok etmasdan boshqarishga moʻljallangan.
371. Masofadan turib quyidagi parametrlar MDPga yuboriladi:
a) rezervuardagi mahsulot sathi darajasi;
b) rezervuardagi mahsulot harorati (zaruratga koʻra).
372. MDP dan turib quyidagilar nazorat qilinadi:
a) oʻlchangan parametrlarning ruxsat etilgan daraja chegarasida ekanligini tekshirish;
b) rezervuar ishidagi parametrlar;
v) boʻsh idishning va mahsulotning hajmi;
g) rezervuar parki texnologik quvuroʻtkazgichlarining berkitish armaturalari holati;
d) mahalliy avtomatik va aloqa kanallari vositalarining holati.
373. Rezervuar parkda quyidagi holatlardan ehtiyotlash choralari koʻzda tutiladi:
a) rezervuarlardagi mahsulotning toʻlib-toshib ketishidan;
b) mahsulot kelayotgan quvuruzatgichlardan bosimning koʻtarilishidan;
v) yongʻin sodir boʻlishidan.
374. MDPda quyidagilardan signal beruvchi moslamalar oʻrnatish rejalashtiriladi:
a) yongʻindan;
b) rezervuarlardagi ruxsat etilgan maksimal sath darajasidan;
v) mahsulot kelayotgan quvuroʻtkazgichlarda bosim yuqorilashib ketishidan;
g) rezervuarlardagi sath chegaralari haqida;
d) rezervuar parkidagi surilma zulfinlarning holati haqida;
e) oʻlchov tizimidagi nosozlikdan.
Avariya vaziyatlari haqida ovozli va yorugʻlik vositalari orqali avtomatik signal berish bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
375. Rezervuarlarga oʻrnatilgan portlashdan xavfli muhit bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqaruv tizimi, portlashdan xavfsiz, yaʼni yetarli darajada va maxsus turdagi uchqundan xavfsiz elektr zanjiri boʻlishi lozim.
376. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning barcha tizimi va tizimchalarida, yagona interfays tizimi, hamda axborot va hisoblash tarmogʻining mahalliy boshqarish tarzida tashkil etilgan, elektr, konstruktiv va axborot jihatdan yaqin xossaga ega boʻlgan, bir xil element bazali mikroprotsessor va hisoblash texnikasi vositalari qoʻllanilishi kerak.
Xuddi shunday ichki tizimda ham aloqa va kommunikatsiya tizimini oʻzlashtirgan axborot uzatishning yagona yoʻli va vositalaridan foydalanish lozim.
377. Avariya vaziyatlari munosabati bilan elektr energiya uzib qoʻyilganda ham, maʼlumotlar bazasi saqlanib qolishi kerak.
378. Rezervuar parki texnologik jarayonini avtomatik boshqarish tizimi (RPTJABT) dagi texnik vositalarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish muddatlari asosiy usullar va inshootlarga texnik xizmat koʻrsatish grafigiga mos holda belgilanishi lozim.
379. Texnik xizmat koʻrsatish ishlari, texnologik jarayonni toʻxtatmay, texnik vositalarni ishlatish hujjatlarida koʻrsatilgan hajm va muddatlarda bajariladi.
380. Texnik xizmat koʻrsatish davomida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) kafolatlovchi tamgʻaning saqlanganligini tekshirish;
b) tok keluvchi kabel va sim (shnur)larda, hamda asboblardagi maxsus belgilarining mavjudligini;
v) yerga tutashtirish moslamasining borligi;
g) nosoz asboblarni aniqlash maqsadida, ularning umumiy holatini tekshirib chiqish;
d) asboblarning tanasi, qopqoqlari va oynalari ustidagi chang va iflosliklarni tozalash;
e) armaturani tozalash va tekshirish.
381. Joriy taʼmirlash davomida uskunalarni navbatdagi rejali taʼmirlashgacha yaxshi ishlashini taʼminlay olmaydigan, uzoq muddat ishlash darajasi past boʻlgan qismlarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladi.
Joriy taʼmirda quyidagi ishlarni bajarish koʻzda tutiladi:
a) texnik xizmat koʻrsatish ishlarini oʻtkazish;
b) yerga tutashtirish moslamasining ishini tekshirish;
v) texnik vositalar ishini toʻxtatib turib, ularni qisman boʻlaklarga ajratib, tozalash;
g) ishdan chiqqan elementlarni almashtirish;
d) tekshirilishi kerak boʻlgan joylardagi texnik vositalarning ish rejimini tekshirib, sezgirligini tartibga solish.
382. Kapital taʼmirlashda quyidagilar bajariladi:
a) nosoz vositalarni demontaj qilish;
b) nuqsonli bogʻlamlarni qismlarga ajratib, tozalash, almashtirish, sozlash, tartibga solish va texnik vositalarni sinab koʻrish;
v) texnik vositalarni davlat yoki tashkilot miqyosida tekshiruvdan oʻtkazish;
g) texnik vositalarni toʻliq ravishda qismlarga ajratish, bogʻlanma va detallardagi nuqsonlarni aniqlash;
d) nuqsonli bogʻlanma va detallarni almashtirish;
e) vositalarni iloji boricha zamonaviylashtirish, prinsipial sxemaga oʻzgartirish kiritish;
j) korroziyaga qarshi qoplamalarni tiklash;
z) texnik vositalarni yigʻish, tartibga solish va ishlatib sinash;
i) texnik vositalarni montaj qilib, ishlashini tekshirish.
383. Rejali asosda taʼmirlash ishlarining hajmi har bir muayyan holatda koʻrik natijalari va uskunaning ishdan chiqish tafsilotlariga qarab belgilanadi.
384. Taʼmirlash ishlari hujjatlari korxonada joriy etilgan tartib boʻyicha rasmiylashtiriladi.
385. Vositalar va RPTJABT tizimining ishlash imkoniyati qismlar, materiallar, 'asboblar, jihozlarning ishlatishga oid va boshqa normativ-texnik hujjatlarida belgilangan kamaymaydigan zaxirasi bilan taʼminlanadi.
386. Dasturiy taʼminlanishiga oid xizmat koʻrsatish, dasturning ishlatishga doir hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
X bob. REZERVUARLARNI IShLATIShDAGI MEHNAT, ATROF MUHIT MUHOFAZASI VA YoNGʻIN XAVFSIZLIGIGA OID TALABLAR
1-§. Mehnat muhofazasi
387. Mehnat muhofazasi — mehnat qilish davomida xodimlarning hayoti va sogʻligʻini saqlash tizimi hisoblanadi. U oʻz ichiga huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, asl holiga keltirish va boshqa tartiblarni oladi.
388. Rezervuarlarni ishlatishdagi mehnat muhofazasiga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi toʻgʻrisida”, “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida” Qonunlar, “Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlganda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga, hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga fuqarolik javobgarlikni majburiy sugʻurtalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” bilan aniqlanadi (OʻzR VM ning 10.12.2008-yildagi 271-sonli Qarorining 5-sonli ilovasi).
389. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilish, hamda ishlab chiqarishda nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish boʻyicha, rezervuarlarni ishlatuvchi tashkilot rahbarlari va lavozim yoʻriqnomasiga koʻra, zimmasiga yuklatilgan shaxslar javobgar hisoblanadi.
390. Mavjud “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonuniga koʻra, rezervuarlarni ishlatuvchi obyektlar xavfli ishlab chiqarish obyektlari hisoblanadi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish “Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” ga javob berishi kerak (OʻzR VM 10.12.2008-yildagi 271 sonli Qarorining 4-sonli ilovasi).
391. Rezervuarlarni ishlatishga doir vazifalarni bajarishga yoshi 18 dan katta boʻlgan, belgilangan tartibda yoʻl-yoʻriq olib, tayyorgarlikdan oʻtgan, tibbiy jihatdan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlashga loyiq boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
392. Rezervuarlarga xizmat koʻrsatish va ulardagi texnik vositalarni taʼmirlash, sanoat xavfsizligining vakolatli davlat organlari bergan tegishli litsenziya (ruxsatnoma) va rezervuarni ishlatishda yetkazilgan talafot uchun javobgarlik masʼuliyati haqidagi sugʻurta shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
393. Mehnat muhofazasiga doir yoʻriqnomalarni korxona rahbariyatining kasb va ish turlari boʻyicha tuzgan roʻyxatga koʻra sex, uchastka, laboratoriya va sh.k. rahbarlari ishlab chiqadilar.
394. Rezervuarlarni ishlatish davomida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari roʻy berishi mumkin:
a) yongʻin-portlashdan xavfli muhitining paydo boʻlishi;
b) ish joyidagi havoning gazlanishi;
v) yuqori darajadagi statik elektr hodisasi;
g) ish joyidagi havo haroratining haddan tashqari koʻtarilib yoki pasayib ketishi;
d) yuqori (balandlik)da ish bajarish;
e) havoning oʻta tez yoki oʻta sekin harakati;
j) ish joyining yetarli yoritilmaganligi;
z) odam organizmiga elektr tokining taʼsiri;
i) havoning oʻta yuqori va oʻta past namligi.
Rezervuarlar va rezervuar parklarida texnologik operatsiyalarni bajarishdagi xavfsizlik talablari
395. Rezervuar parkiga xizmat qiluvchi xodimlar, rezervuarni ishlatish, avariya, yongʻin vaziyatlarida belgilangan vaqt ichida xatosiz zarur vazifalar (burash, toʻxtatish, yurgizish va h.k.) bajarishlari uchun parkdagi kommunikatsiya tarmoqlari sxemasini bilishlari zarur. Mazkur sxema (chizma)lar ish joylarida boʻlishi kerak.
Har bir rezervuar devorida texnologik sxemada yozilgandek, tartib raqami boʻlishi lozim.
396. Rezervuar parkidagi surma zulfinlarni ohista, richaglar ishlatmay ochish va yopish kerak.
Mahsulot va suv uchun moʻljallangan texnologik quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatilgan berkitish qurilmalarida “Ochiq” va “Yopiq” holatlarini koʻrsatadigan belgilar boʻlishi zarur.
397. Ishlab turgan rezervuar zulfinidagi oqim yoʻnalishini oʻzgartirganda, avval ishga tushirilayotgan rezervuar zulfinini ochib qoʻyib, keyin ishlayotgan rezervuardagi zulfinni berkitish kerak.
Mahsulot haydalayotgan paytda ishlab turgan rezervuar bilan yangi ishga tushirilayotgan rezervuar zulfinlarini bir vaqtda ochish yoki yopish taqiqlanadi.
398. Rezervuardagi mahsulot toʻlib-toshib ketganda, boshqa toʻlmagan rezervuarni darhol ishga tushirish, toʻkilgan mahsulotni toʻldirilmagan rezervuarlarga haydash lozim. Toʻlib - toshgan rezervuar ishini toʻxtatish kerak. Qaytadan ishga tushirish uchun gazlanganlikga barham berish, mahsulot toʻkilib, ifloslangan tuproq (grunt)ni yigʻishtirib olib, maxsus ajratilgan joyga chiqarib tashlash, toshib ketish sababini aniqlash va uning oqibatlarni bartaraf etish lozim.
399. Shabada (shamol) esmagan, tashqi havo harorati 20° S dan yuqori boʻlgan paytlarida rezervuarga mahsulot haydayotganda rezervuar parki hududining gazlanganligini tekshirib turish lozim va u ruxsat etilgan konsentratsiya (REK)ga yetgan taqdirda rezervuarlar ishi rejimini oʻzgartirishga doir choralar qoʻllanilishi kerak.
400. Rezervuar parkiga xizmat koʻrsatish paytida hududdagi atrof havo muhitida zararli moddalar borligini koʻchma gaztahlilagichlar yordamida nazorat qilib borish zarur.
Tekshirishni mahsulot toʻldirilayotgan rezervuarlardan 10 — 12 m narida va marzaning shamol kelayotgan tomonida turib oʻtkazish lozim.
Undan tashqari oltingugurtli neft saqlanayotgan rezervuar parklarida bugʻ konsentratsiyasini oʻlchash yoki namuna olishni marzaning tashqarisidagi 5 — 10 m gacha boʻlgan masofada, mahsulot toʻldirilayotgan rezervuarlar qatorining oʻqi boʻylab, shamol esayotgan tomonda turib oʻtkazish kerak.
Bugʻ konsentratsiyasini har smenada kamida bir marta rezervuar parki (PVPR va STVPR rusumdagi rezervuarlar)ning maydonida turib oʻlchash, VPR rusumli rezervuarlar joylashgan maydonda esa, har 4 soatdan keyin bir marta oʻlchash lozim.
401. Ish joyidagi havoga boʻlgan sanitariya-gigiyenik talablar (harorat, namlik, havoning harakati, zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori chegarasi, nazorat qilish usullari) GOST 12.1.005 ga mos boʻlishi kerak.
Rezervuarlar va rezervuar parkida saqlanayotgan neft oʻzining zaharliligi boʻyicha zararli moddalarning III-sinfiga taalluqli hisoblanadi.
Vodorod sulfidli neftlar, konsentratsiyasiga koʻra II yoki III-sinfdagi zararli moddalar guruhiga mansub boʻlishi mumkin.
402. Rezervuar parki hududiga kirish uchun marzaning yoki toʻsiq-devorning har ikkala tomoniga quyidagi tartibda tutqichli narvonli oʻtish joylarini qurish lozim:
a) alohida turgan rezervuar uchun — kamida 2 ta;
b) rezervuarlar guruhi uchun kamida 4 ta.
Qurilgan narvonlar GOST 12.2.044 talablariga javob berishi kerak.
403. Agar rezervuar parkidagi quvuroʻtkazgich tarmoqlari yer yuzasidan 0,5 m dan balandga oʻrnatilgan boʻlsa, ular ustidan tutqichli oʻtish koʻprikchalarini qurish zarur.
404. Rezervuar parklarini yoritish uchun marzaning tashqarisida machtalarga oʻrnatilgan xizmat koʻrsatish uchun narvon va maydonchalar bilan jihozlangan projektorlar qoʻllaniladi.
Alohida joylarni yoritish uchun kuchlanishi 12 V gacha boʻlgan, portlashdan xavfsiz qilib yasalgan akkumulyatorli fonarlardan foydalaniladi.
Fonarlarni yoqish yoki oʻchirish marzaning tashqarisida amalga oshiriladi.
PUE va QMQ 2.01.05 talablariga muvofiq rezervuar parkining minimal yoritish darajasi quyidagicha boʻlishi kerak:
a) butun park uchun — kamida 5 lk;
b) rezervuardagi mahsulot sathini oʻlchaydigan va parkdagi surma zulfinlarni boshqarish joylarida kamida —10 lk;
v) narvon va xizmat koʻrsatish maydonchalarida — 10 lk;
g) nazorat-oʻlchov asboblari oʻrnatilgan joylarda — 30 lk, (koʻchma yoritgichlar bilan kombinatsiyada);
d) yordamchi oʻtish joylarida — 0,5 lk;
e) asosiy oʻtish joylarida 1 dan 3 lk gacha.
405. Rezervuarga mahsulot quyish yoki haydash paytida suzuvchi tom tepasida xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning boʻlishi taqiqlanadi.
406. Rezervuarlar tomidagi toʻsiq - konstruksiyalar, rezervuar tomi, narvonlarning doimiy ishga yaroqli ekanligini ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Rezervuar tomi va narvonlariga nokerak va uskunalardan echilgan detallarni qalashtirib tashlash taqiqlanadi.
407. Rezervuarlar va ulardagi uskunalarni ishlatish, mahsulot sathini oʻlchash, namuna olish paytida, xizmat qiluvchi xodimlar statik elektr zaryadini toʻplaydigan, GOST 12.4.124 talablariga mos ravishda materiallardan tayyorlangan korjoma va oyoq kiyimida boʻlishlari zarur. Oyoq kiyimida metall nagʻal va mixlar boʻlmasligi kerak.
408. Qoʻlda namuna olganda, mahsulot sathini oʻlchaganda, mahsulot osti suvini chiqarishda, oʻlchash va boshqa lyuklarni ochishda, xizmat koʻrsatuvchi xodim shamol esayotgan tomonda (shamolga yon tomoni bilan) turishi lozim. Ochiq lyuklar bilan ishlaganda, ular saqlagich-panjaralar bilan berkitilgan boʻlishi lozim. Shamol kelayotgan tomonga qarab ishlash zarur boʻlganda gazniqobdan foydalanish kerak.
Gazniqobsiz ochiq lyuk ichiga qarash, uning ogʻzi yaqinida engashish taqiqlanadi. Aks holatda ajralib chiqayotgan zararli bugʻ va gazlardan zaharlanish mumkin.
409. Momaqaldiroq paytida mahsulot sathini oʻlchash, qoʻlda namuna olish, hamda rezervuarni koʻrikdan oʻtkazish taqiqlanadi. Muzlik, sirpanchiq paytlarida qoʻshimcha xavfsizlik choralarini qoʻllash zarur.
410. Rezervuardan gaz chiqayotgan quvuroʻtkazgichlarda olovdan saqlagichsiz gaztekislagich tizimini ishlatish taqiqlanadi.
Tayyorgarlik va taʼmirlash ishlaridagi xavfsizlik talablari
411. Rezervuarga mahsulot qabul qilish yoki rezervuardan mahsulot tarqatish paytida taʼmirlash ishlarini oʻtkazish taqiqlanadi.
412. Rezervuarlarni tozalash va degazatsiyalash, baʼzibir taʼmirlash ishlari (ichki yuzasini izolatsiyalash va sh.k.) gazdan xavfli ishlar sirasiga kirishi munosabati bilan, ularda olovli ishlarni olib borish maxsus naryad-ruxsatnoma asosida oʻtkaziladi.
Mazkur ishlarni tarkibida kamida 2 kishi boʻlgan brigada bajaradi.
413. Rezervuarlarni tozalash, degazatsiyalash va taʼmirlash ishlariga xavfsizlik texnikasiga doir yoʻl-yoʻriq olgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va mazkur ishlarni bajarishga ruxsatnoma olgan shaxslar tayinlanadi.
414. Rezervuarlarni va ulardagi uskunalarni tozalash ishlari faqat kunduzi oʻtkaziladi. Tozalash ishlarini momaqaldiroq paytida bajarish taqiqlanadi.
415. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin, rezervuarni xavfsiz holatga keltirish uchun, degazatsiyalash yoʻli bilan undagi neft bugʻlari miqdorini quyidagi oʻlchamlarga keltirish zarur:
a) xodimlar himoya vositasiz rezervuar ichida har qanday ishlarni bajarishlari uchun — 0,3 g/m3 dan ziyod boʻlmasligi;
b) nafas yoʻllarini himoyalovchi vositalari bor xodimlar rezervuar ichida ishlashi uchun — 2,0 g/m3 dan ziyod boʻlmaslik.
416. Suzuvchi tomli rezervuarlarda tozalash va xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga kirishishdan oldin tomni tayanch ustunlarga oʻrnatish zarur.
417. Rezervuar ichidagi ishlarni undagi gaz konsentratsiyasi ruxsat etilgan konsentratsiya chegarasida boʻlganda, hamda harorat ruxsat etilgan sanitariya meʼyorlarida boʻlgandagina bajarishga ruxsat etiladi. Olovli ishlar oʻtkazilayotgan joyda har 2 soatda havo muhiti holatini tekshirib turish, havoda neft bugʻlari (uglevodorodlar, vodorod sulfidi) borligi sezilganda, ularning konsentratsiyasi ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshganda, obyekt boshligʻi ishlarni toʻxtatib, gazlanish manbaini tugatish choralarini qoʻllashi lozim. Konsentratsiya miqdori alangalanishning quyi chegarasidan 20% ga ortganda xodimlarni marza tashqarisiga olib chiqib, obyekt rahbariga xabar berish va ish joyini zarur sanitariya meʼyorlari talablariga muvofiqlashtirishga doir tadbirlar qoʻllash zarur.
418. Rezervuar ichida baʼzi ishlar (yuvuvchi uskunani montaj qilish, qoʻlda tozalash, olovli va taʼmir ishlari)ni bajarishda rezervuar ichidagi havo boʻshligʻini majburiy ravishda shamollatish zarur.
419. Rezervuarlarni tozalashda xizmat qilayotgan xodimlar bilishi uchun shamol yoʻnalishi koʻrsatuvchi vimpel (belgi) oʻrnatiladi. Shamol tezligi 1 m/s dan past boʻlganda rezervuarni ochish va degazatsiya (majburiy yoki tabiiy) qilish taqiqlanadi.
420. Rezervuarlarda hosil boʻlgan choʻkindilarni olish uchun qoʻllaniladigan asboblar (kurakcha, qirgʻich, chelak, va sh.k.) poʻlat predmetlar va konstruksiyalarga urganda uchqun chiqarmaydigan materialdan yasalishi kerak.
Rezervuarni tozalashda uchqun chiqarmaydigan materiallardan yasalgan shchetka va yogʻoch kurakchalardan foydalanish lozim.
421. Olovli ishlarni boshlashdan oldin xavfli hudud chegarasini belgilab olish kerak. Xavfli hudud radiusi taʼmir oʻtkazish loyihasida berilgan boʻladi.
422. Elektrpayvand ishlari GOST 12.3.003 ga muvofiq, GOST 12.1.010, GOST 12.1.004 lardagi talablarni hisobga olgan holda oʻtkaziladi. Rezervuar ichida bir vaqtda elektrpayvandlash va gazalangali ishlarni oʻtkazish mumkin emas.
423. Ayvonsiz (ochiq) joylarda, yomgʻir yoki qor yogʻayotganda elektrpayvandlash ishlarini oʻtkazish mumkin emas.
424. Kislorodli, atsetilenli ballonlar va generatorni qoʻllab gaz bilan payvandlash va kesishga doir xavfsizlik talablarini Oʻzbekiston Respublikasida amal qilinayotgan yongʻin xavfsizligi qoidalariga mos ravishda bajarish lozim.
425. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Departamentining buyrugʻiga binoan yer yuzasi yoki taglikdan 1,5 m yuqorida bajariladigan barcha ishlar balandlikdagi ishlar hisoblanadi.
426. Balandlikda ishlayotgan xodimlarni tushib ketishdan saqlovchi vosita boʻlib GOST 12.4.089 ga mos holda yasalgan kafolatlovchi saqlagich belbogʻ hisoblanadi.
427. Yuqoridagi ishlarni bajarish uchun GOST 12.4.059 boʻyicha ishga yaroqli toʻsiq vositalarni va GOST 26887, GOST 27321, GOST 27372 lar talablariga javob beradigan himoya moslamalari mavjudligini rejalashtirish zarur.
428. Balandlikda ishlovchilar kallasini himoyalash uchun GOST 12.4.087 ga mos kaskalar bilan taʼminlash lozim.
429. Suyab qoʻyiladigan narvonlar GOST 26887 talablariga javob beradigan, sirpanib ketmaydigan asosli va pogʻonali boʻlishi kerak.
430. Balandlikda ishlovchilarni asbob uskunalar, mahkamlovchi jihozlari uchun quti va sumka bilan butlab, ish uchun zarur boʻlgan barcha predmetlarni ip arqonlar yordamida koʻtarish va tushirish zarur. Rezervuardan olingan namunani laboratoriyaga yelkaga osib olingan maxsus matoli sumkalarda olib borish lozim. Ogʻir detallarni koʻtarish uchun* “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining amaldagi qoidalarni asosida belgilangan muddatlarida tekshirilgan tegishli yuk koʻtarish vositalarini qoʻllash kerak.
431. Ishlovchilarni rezervuar ichiga kiritishdan oldin tayyorgarlik va taʼmirlash ishlariga mutasaddi xodim shaxsan oʻzi quvuroʻtkazgichlar uzib qoʻyilganligi, tiqinlar mavjudligi va barcha xavfsizlik choralariga rioya qilinishi tekshirib chiqishi shart. Taʼmirlash ishlari tugallangandan keyin lyuklarni berkitishdan oldin, rezervuar ichida odamlar, asbob va materiallar qolmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.
432. Rezervuarning ichki devorlarini tozalash va yuvishda ishchilarning nafas yoʻllarini muhofazalovchi shaxsiy himoya vositalari, maxsus korjoma va oyoq kiyimidan foydalanishlari zarur. Oyoq kiyimida poʻlat nagal va mixlar boʻlmasligi kerak. Korjoma ustidan xochsimon bogʻlagichlari bor qutqaruv belbogʻini bogʻlab olishlari lozim. Belbogʻga ikkita poʻlat arqonlar ulanib, ularning ikkinchi uchi rezervuar tashqarisiga eng yaqin lyuk orqali chiqarilib, yuqorida turgan kuzatuvchini qoʻlida boʻlishi lozim.
433. Rezervuar lyuki yonida kamida 2 kishi rezervuar ichidagi ishlovchiga zarur vaziyatlarda yordam berishga tayyor turishlari kerak. Mazkur kuzatuvchilarda ham maxsus korjoma, oyoq kiyimi va nafas yoʻllarini himoyalovchi vositalar boʻlishi zarur.
434. Shlangli gazniqob ishlatilganda, rezervuar tashqarisida turgan xodimlar shlang bukilib qolmasligi va toza havo hududida boʻlishini nazorat qilib turishlar kerak. Buning uchun shlanganing yuqoridagi uchini oldindan belgilangan joyga yaxshilab oʻrnatib qoʻyish zarur.
435. Shlangli gazniqob kiyib ishlash vaqti 30 min dan ortmasligi va undan keyingi toza havoda dam olish muddati 15 min dan kam boʻlmasligi lozim.
436. Rezervuarni tozalash va taʼmirlashda, tayyorgarlik va taʼmirlash ishlari uchun javobgar shaxs, nafas yoʻllarini himoyalovchi shaxsiy vositalarni ishlatishdan oldin, maska, shlang va ulangan joylarini yaxshilab tekshirishi va darzlik, yoriq, nojipsliklar aniqlanganda ulardan foydalanishni taqiqlab qoʻyishi lozim.
437. Rezervuar ichida 2 yoki undan ortiq kishi ishlaganda havo keluvchi shlanglar va qutqaruv arkonlari diametr boʻylab qarama-qarshi lyuklar orqali chiqarilishi va oʻzaro chalkashib, bukilib qolmasligi zarur.
438. Tozalanayotgan rezervuarga yaqin joyda ogʻzi yaxshi yopilgan idishda ichimlik suvi va kerakli dori-darmonli aptechka boʻlishi kerak.
439. Rezervuar ichidagi ishlarni bajaruvchi ishchilar vaqti-vaqti bilan bir yilda kamida bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtishlari zarur.
440. Taʼmirlash vaqtida roʻy beradigan chang, sachragan tomchilar, oʻyuvchi moddalar, uchib chiqqan qattiq moddalar zarrachalaridan koʻzni saqlash uchun GOST 12.4.013 ga mos himoya koʻzoynagidan foydalanish kerak.
441. Polimer kompozitsiyalar bilan ishlashdan oldin va ishlash davomida ishchilar 4-5-marta koʻllariga himoyalovchi pasta surib olishlari, ish tugagandan keyin esa, qoʻlga krem surtishlari lozim.
442. Rezervuarning ichki yuzasiga yelimli polimer kompozitsiyalar va ularga oʻxshash moddalarni qoplaganda ishchilar maxsus korjoma ustidan qoʻshimcha ravishda yengil himoyalovchi kombinezon va rezina kalish kiyib olishlari zarur.
443. Xodimlarga maxsus korjoma, oyoq kiyimi va shaxsiy himoya vositalari sohada oʻrnatilgan meʼyorlar boʻyicha beriladi. Mazkur normalar majburiy hisoblanadi.
444. ShHV ning toʻgʻri saqlanishi, berilishi, parvarishi va foydalanishi nazorat qilish korxonadagi mehnat muhofazasi boʻlimi zimmasiga yuklanadi.
Yuqori miqdorda vodorod sulfidli neft va neftmahsulotlari bilan ishlashdagi xavfsizlik talablari
445. Yuqori miqdorda vodorod sulfidli (20-10-6 mg/kg dan ziyod) neft va neftmahsulotlari saqlanayotgan rezervuar parki atrofidagi marza ichiga kirishda V, KD rusumli filtrlovchi gazniqoblar kiyish zarur. Rezervuar parki hududiga kirish va u yerda ishlash kuzatuvchi (dubler) ishtirokida bajariladi. Rezervuar parkiga kiraverishda ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatish lozim.
446. Vodorod sulfidli neft yoki neftmahsulotli rezervuardan koʻlda namuna olish va mahsulot sathini oʻlchash, mahsulot osti suvni chiqarib yuborish, oʻlchash va boshqa lyuklarni ochish ishlari kuzatuvchi (dubler) ishtirokida amalga oshiriladi.
447. Pirofor choʻkindilar oʻz-oʻzidan alangalanib ketishining oldini olish uchun rezervuar ichki yuzasini vaqti-vaqti bilan korroziya mahsulotlaridan tozalab turish kerak. Ayni paytlarida rezervuar ichki yuzasini suv bilan namlab turish zarur.
448. Rezervuarni tozalash paytida yigʻilgan mahsulotlar — ifloslik (loyqa), pirofor va boshqa choʻkindilarni doimiy ravishda nam holatda saqlab, rezervuar parki hududidan tashqariga chiqarib koʻmib tashlash lozim.
2-§. Ekstremal (shoshilinch) sharoitlardagi xavfsizlik talablari
449. Ekstremal sharoitlarga tashqi havoning harorati, shamol tezligi, atmosfera elektr razryadlari, jala (kuchli yomgʻir) roʻy berishining eng yuqori yoki past miqdori tufayli sodir boʻlgan voqea va hodisalar kiradi. Mazkur sharoitlarda ochiq havodagi yoki rezervuar ichidagi ishlarni toʻxtatish lozim boʻladi.
450. Tashqi havo harorati, shamol tezligining muayyan iqlimiy hududlari uchun belgilangan chegaraviy miqdori (oʻlchami) aniqlanganda muassasa, korxonaning rahbariyati rezervuarlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tartib oʻrnatishi lozim.
451. Ekstremal sharoitlar (muzlash, sirpanchiq sodir boʻlishi, tuman)da rezervuar va rezervuar parklarida yuqorida ishlar oʻtkazish (namuna olish, mahsulot sathini qoʻlda oʻlchash va sh.k.) uchun qoʻshimcha xavfsizlik choralari (dubler bilan ishlash, qoʻshimcha yoritish, saqlovchi belbogʻlar qoʻllash, sirgʻanib ketmaslik uchun qum sepish va sh.k.)ni bajarish lozim.
452. Momaqaldiroq paytida yashinqaytargich va rezervuarlarga 4 m dan yaqin kelmaslik kerak.
453. Rezervuar parkida sodir boʻlgan avariya va noxush hodisalar paytida xodimlar avariyani bartaraf etish rejasiga muvofiq harakat qilishlari lozim. Mazkur reja har bir korxona boʻyicha alohida ishlab chiqiladi.
Rejaga qoʻyiladigan talablar ushbu Qoidalarning 17-Ilovasida bayon etilgan
454. Rezervuar parkida sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirish tegishli rejaga muvofiq bajariladi.
3-§. Atrof muhit muhofazasi
455. Atrof tabiiy muhit (atrof muhit) deganda, rezervuar joylashgan hududdagi neftgaz sohasiga oid korxonalar va ularga yondosh territoriyadagi barcha tabiiy elementlar va ularning kompleks yigʻindisi tushuniladi.
456. Neftgaz mahsulotlari uchun moʻljallangan poʻlat rezervuarlarni ishlatishdagi atrof muhit muhofazasi quyidagilardan iborat:
a) atrof muhit himoyasiga doir standartlar, meʼyorlar va qoidalarga amal qilish;
b) uglevodorod xomashyolari taʼsiridan atmosfera, suv va tuproqning ifloslanish darajasini nazorat qilish;
v) hududdagi qattiq chiqindilarni utillash va oʻz vaqtida chiqarib tashlanishini nazorat qilish.
g) atrof muhitning ifloslanishini oʻz vaqtida bartaraf etish;
d) atrof muhitning ifloslanishini kamaytirishga oid tadbirlarni amalga oshirish.
457. Neftgaz sohasi boʻyicha poʻlat rezervuarlarni ishlatishda atrof muhitining muhofazasiga doir ishlar butun respublika boʻyicha yagona hisoblangan huquqiy, normativ-texnik, yoʻl-yoʻriq beruvchi va uslubiy hujjatlar chegarasida, muayyan joy uchun tafsilotli xususiyatlarni hisobga olib bajariladi.
458. Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun jarima Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiat muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonuni yoki respublikadagi boshqa qonunchilik hujjatlari asosida undiriladi.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun jarima toʻlash, tabiatdan foydalanuvchilarni atrof muhitni muhofaza qilishi, tabiiy resurslardan omilkorona foydalanishga doir tadbirlarni bajarishdan, hamda atrof tabiiy muhitga, odamlarning sogʻligi va mol-mulkiga, xalq xoʻjaligiga yetkazgan zararini amaldagi qonunchilik asosida toʻliq hajmda qoplashdan ozod etmaydi.
Havo atmosferasini muhofaza qilish
459. Atmosferani ifloslantiruvchi moddalar, asosan rezervuarlardagi neftning bugʻlanishidan hosil boʻlib, havoga tarqaladigan uglevodorodlardan iborat boʻladi.
460. Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiat muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonunida tasdiqlangan ifloslantiruvchi moddalarni ruxsat etilgan meʼyorlari chegarasida atmosferaga chiqarish mumkin.
461. Uglevodorod mahsulotlari saqlanayotgan rezervuarlar uchun atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish mumkin boʻlgan meʼyor chegarasi, neft haydovchi stansiyalar va neftbazalar uchun atmosferaga chiqarish mumkin boʻlgan meʼyor chegarasi bayon etilgan loyihalarda belgilangan.
462. Atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning meʼyoriy chegarasini belgilashda quyidagi hujjatlarga amal qilish kerak: Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiat muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonuni; GOST 17.2.3.02; “Neft, gaz kondensati va neftmahsulotlarni qabul qilish, tashish, saqlash va tarqatish paytidagi tabiiy yoʻqolishi (kamayishi)ga doir vaqtinchalik meʼyorlar”; “Korxonalar atmosferaga chiqargan zararli moddalar konsentratsiyasini hisoblash metodikasi”, “Korxonalar uchun atmosferaga zararli moddalarni chiqarishga ruxsat etilgan meʼyoriy chegaralar mohiyati va rasmiylashtirishga oid tavsiyalar”.
463. Obyektiv sabablarga koʻra, neftni haydash stansiyalari va neftbazalar uchun havoga chiqarish mumkin boʻlgan meʼyoriy chegaralarni aniqlash hal qilinmagan boʻlsa, atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishilgan holda vaqtinchalik havoga chiqarish meʼyoriy (limitlari)ni belgilab turishga ruxsat etiladi.
Mazkur vaqtinchalik meʼyorlar quvvati va texnologiyasi boʻyicha, hamda texnik jihatdan jihozlangan neftni haydash stansiyalari va neftbazalardagiga oʻxshash meʼyorlarni belgilash mumkin. Ushbu hujjatda ifloslantiruvchi moddalar chiqishini etaplar boʻyicha kamaytirishga oid tadbirlarni amalga oshirish koʻrsatilishi shart.
464. Neftni haydash stansiyalari va neftbazalar uchun havoga chiqarish mumkin boʻlgan meʼyor chegarasi (vaqtinchalik kelishilgan limit) belgilangandan keyin mazkur korxonalarda ushbu normalarga rioya qilishini nazorat qilib turish va joriy qilingan jurnalga qayd etib borish zarur. Uglevodorodlarni havoga chiqarish muddatlari (vaqti) “Ruxsat etilgan chiqarishlar (vaqtincha kelishilgan chiqarishlar)ning meʼyoriy chegarasiga doir loyiha”, “Atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni nazorat qilish boʻyicha qoʻllanma” “OND - 90 - nizomlari”da keltirilgan zararli moddalarni tarqalishi boʻyicha hisob-kitobga asoslanib belgilanadi.
Nazorat ishlarining korxonaning oʻzi yoki shartnoma asosida ishlaydigan maxsuslashtirilgan tashkilotlar amalga oshiradi.
465. Uglevodorodlar taʼsiridan atmosferaning ifloslanish darajasini pasaytirish uchun rezervuardagi neftning yoʻqolishi (nobud boʻlishi)ni kamaytirishiga oid tadbirlarni qoʻllash lozim.
Suv obyektlarini muhofaza qilish
466. Neftni haydovchi stansiyalar va neftbazalardagi ishlab chiqarish va yomgʻir suvlarini suv havzalari va oqova tizimga tashlashdan oldin tozalashi kerak. Tozalanishning zarur darajasi oqova suvlarni tashlash joyi va ifloslantiruvchi moddalarni ruxsat etilgan meʼyoriy chegarasini hisobga olib asoslanadi.
467. Oqova suvlardagi ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan tashlama meʼyorining chegarasi tegishli loyihalarda belgilangan boʻlib, shu asosda, belgilangan tartib boʻyicha suvdan foydalanishga ruxsat beriladi.
Tuproqni muhofaza qilish
468. Korxonalar hududidagi tuproqning ifloslanishiga asosiy manba boʻlib rezervuar va uskunalardagi berkitish armaturasi, flanetsli va muftali ulanmalar, payvand choklaridagi nojipsliklar, rezervuarlardagi korroziya tufayli nosoz joylardan sizib chiqish, rezervuarlarni tozalash mahsulotlari hisoblanadi.
469. Rezervuarlarga mahsulot quyish yoki tarqatish paytida tuproq ifloslanishining oldini olish uchun chuqurdagi rezervuarlarga boruvchi berk drenaj ariqchalarini oʻrnatish va mazkur rezervuarlardan yigʻilgan mahsulotni avtomatik tarzda soʻrib olish rejalashtirilishi kerak.
Texnologik uskunalardagi salnikli qurilmalar, flanetsli ulamalar, echib olinadigan detallar, lyuklardagi germetiklik ustindan doimiy nazorat oʻrnatilishi lozim.
470. Rezervuarlarga quyilayotgan mahsulot toʻlib-toshib ketmasligi uchun, belgilangan daraja (sath)ga yetganda mahsulot kelishini avtomatik tarzda toʻxtatib qoʻyadigan saqlagich qurilmadan foydalanish lozim.
Chiqindilar hosil boʻlishi va ularni joylashtirishga doir limitlar
471. Rezervuarlarni tozalash natijasida hosil boʻlgan qattiq chiqindilar (korroziya mahsulotlari, mexanik aralashmalar, neftshlamlari) utillashtirilib, maxsus belgilangan joylarga yigʻilishi kerak.
472. Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan neftni haydash stansiyalarining ishi natijasida hosil boʻladigan chiqindilarni joylashtirish, tabiatni himoyalovchi hududiy organlarning, korxonalarda chiqindilar hosil boʻlishiga doir meʼyorlar va ularni joylashtirishga oid limitlarga muvofiq bergan ruxsatnomalari asosida amalga oshiriladi.
473. Chiqindilarning hosil boʻlishiga oid meʼyorlar va ularni joylashtirishga doir limitlar boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”, “Tabiat muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonunlari, “Zaharli sanoat chiqindilarining vaqtincha klassifikatsiyasi”, “Korxonalardagi chiqindilarni inventarizatsiya qilish, isteʼmolga yaratish va tabiiy muhitda chiqindilarni joylashtirish meʼyorlari chegarasiga doir loyihalarni rasmiylashtirish boʻyicha uslubiy tavsiyalar”ga amal qilish zarur. Mazkur meʼyorlarga doir loyihalarni tegishli litsenziya (ruxsatnoma)si boʻlgan tashkilotlar ishlab chiqadi.
474. Neftgaz sohasi boʻyicha, mazkur (yuqoridagi) meʼyorlar tarkibida, rezervuarlarning devorlari va osti (tagi)ni tozalashda hosil boʻlgan qattiq chiqindilar miqdori ham inobatga olingan boʻlishi lozim.
4-§. Rezervuarlarni ishlatishdagi yongʻin xavfsizligi
475. Rezervuardagi yongʻin xavfsizligiga GOST 12.1.004 talablariga koʻra, quyidagilar hisobiga erishiladi:
a) mahsulotning toʻkilib, oqib ketishining oldini olish;
b) rezervuar parki hududida yonuvchi bugʻ-havo muhitining hosil boʻlishi va yonuvchi muhitda alangalanish manbai hosil boʻlishining oldini olish;
v) rezervuarlar, uskunalar, quvuroʻtkazgichlardan neftning avariya holatida chiqishiga barham beruvchi avariyaga qarshi himoyani tashkil qilish;
g) rezervuar parkiga xizmat qiluvchi xodimlarni avariya tufayli mahsulot oqib ketishini, hamda yongʻin va oʻt olishlarning oldini olish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish.
476. Rezervuarlarni ishlatish davomida “Oʻzneftmahsulot” AKsi korxonalarini ishlatishdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari”, “Oʻzbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatidagi yongʻin xavfsizligi qoidalari” va boshqa amaldagi normativ-texnik hujjatlarda belgilangan talablar bajarilishi kerak.
477. Rezervuarlardagi yongʻin xavfsizligini taʼminlashga rezervuarni ishlatuvchi tashkilotning birinchi rahbari va lavozim yoʻriqnomasiga koʻra ish joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash topshirilgan shaxslar javobgar hisoblanadilar.
478. Rezervuarlar parklari va alohida turgan rezervuarlar QMQ 2.09.19 ga muvofiq koʻpikli oʻt oʻchirish va suv bilan sovutish tizimi bilan jihozlanishi shart.
479. Oʻt oʻchirish, signal berish, aloqa tizimi va dastlabki oʻt oʻchirish vositalari ishga yaroqli va doimiy tayyor holatda boʻlishi zarur.
480. Rezervuarlarni ishlatuvchi korxonalarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida, amaldagi normativ-texnik hujjatlarga muvofiq, yongʻindan himoyalash tizimi tashkil etilib, yongʻin himoyachilari soni, hamda oʻt oʻchirish texnikasining jihozlanishi belgilab qoʻyilishi lozim.
481. Mazkur qoidalarga mos holda, korxona tarkibidagi har bir rezervuar parki uchun yongʻin xavfsizligiga oid tadbirlar bayon etilgan sex va obyektlar boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi kerak.
482. Rezervuar parklari va alohida turgan rezervuarlar “Oʻzneftmahsulot” AKsi korxonalarini ishlatishdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari”, “Oʻzbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatidagi yongʻin xavfsizligi qoidalari” va boshqa normativ-texnik hujjatlarda koʻrsatilgan amaldagi meʼyorlarga binoan zarur birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan taʼminlanishi zarur.
483. Rezervuar parki hududida oʻt oʻchirish ashyolari uskunalari, gidrantlar, quduqlar va h. k. lar turgan joylar koʻrsatilgan yongʻin xavfsizligi belgilari, hamda ularga boradigan yoʻl, oʻtish joylari, yongʻin xavfsizligining buzilishiga olib keluvchi harakatlarni taqiqlovchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
Ishlatishga oid yoʻriqnomalarga koʻra rezervuarlarning uskunalari holatini muntazam ravishda tekshirib turish lozim.
484. Rezervuarlarning portlashdan xavfli hududidagi elektrtexnik uskunalar GOST 12.2.020, GOST 22782.0, EQTQ (PUE) ga muvofiq portlashdan himoyalanib yasalgan boʻlishi kerak.
Elektr manbaidan taʼminlanadigan mahsulot sathini oʻlchash vositalari va namuna olish asboblariga doir elektr xavfsizlik choralari GOST 12997 boʻyicha amalga oshiriladi.
Sath oʻlchash va namuna olgich vositalarning elektr qismini rezervuar ichiga oʻrnatish mumkin emas.
485. Rezervuar hududining yongʻin xavfsizligi “Oʻzneftmahsulot” AKsi korxonalarini ishlatishdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari”, “Oʻzbekiston Respublikasining neftqazibchiqarish sanoatidagi yongʻin xavfsizligi qoidalari” va boshqa normativ-texnik hujjatlardagi talablarga javob berishi kerak.
486. Rezervuarlarni taʼmirlashga tayyorlash va bevosita taʼmirlash ishlari “Oʻzneftmahsulot” AKsi korxonalarini ishlatishdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari”, “Oʻzbekiston Respublikasining neftqazibchiqarish sanoatidagi yongʻin xavfsizligi qoidalari” va boshqa normativ-texnik hujjatlarda belgilangan talablarga rioya qilib bajarilishi kerak.
487. Rezervuar parki va rezervuarlarda olovli ishlarni oʻtkazish “Oʻzneftmahsulot” AKsi korxonalarini ishlatishdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari”, “Oʻzbekiston Respublikasining neftqazibchiqarish sanoatidagi yongʻin xavfsizligi qoidalari”, “Portlashdan va portlash-yongʻindan xavfli obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz bajarishni tashkil etishga doir soha yoʻriqnomasi” va amaldagi normativ-texnik hujjatlar talablariga mos holda oʻtkazish zarur.
488. Mazkur qoidalarni buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar va fuqarolarning javobgarlikga tortilish masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
XI. YAKUNIY QOIDALAR
489. “Poʻlat rezervuarlarni texnik ishlatishga oid qoidalar” Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, va OʻzR YIV YoHBB bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi U. NAZAROV
OʻzR IIV YoHBB boshligʻi I. ISLAMOV