OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
2012 YIL UChUN DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2283]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 23-oktabrdagi 4-mb-sonli “2013-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2403, 10.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 219-modda) 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. 2012-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1—165-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2010-yil 15-noyabrdagi 1-mb-sonli “2011-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2164, 2010-yil 16-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 50-son, 478-modda) 2012-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror 2012-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Rais B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-oktabr,
4-mb-son
Tijorat banki faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (1-ilova);
Tijorat banki faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (2-ilova);
Tijorat banki tomonidan berilgan investitsiya kreditlari va lizing toʻgʻrisida hisoboti (2/1-ilova);
Aholi omonatlari toʻgʻrisida hisoboti (3-ilova);
Aholi omonatlari toʻgʻrisida hisoboti (4-ilova);
Kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar toʻgʻrisida hisoboti (5-ilova)
Sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (6-ilova);
Pul mablagʻlarining ishlatilishi toʻgʻrisida hisoboti (7-ilova);
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisida hisoboti (8-ilova);
Korxona xarajatlari toʻgʻrisida hisoboti (9-ilova);
Korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisoboti (10-ilova);
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Ishlab chiqaruvchilarni sanoat tovarlari narxlari toʻgʻrisida hisoboti (11-ilova);
Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida hisoboti (12-ilova );
Avtomobil transporti korxonalarida yuk tashish tariflari toʻgʻrisida hisobot (13-ilova);
Temir yoʻl transportida yuk tashish tariflari toʻgʻrisida hisoboti (14-ilova);
Havo transportida yuk tashish tariflari toʻgʻrisida hisobot (15-ilova);
Quvur yoʻli transportida yuk tashish (uzatish) tariflari toʻgʻrisida hisobot (16-ilova);
Aloqa xizmati tariflari toʻgʻrisida hisobot (17-ilova);
Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari toʻgʻrisida hisoboti (18-ilova);
Texnik koʻmak mablagʻlari — grantlar olinishi, taqsimlanishi, ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida hisoboti (19-ilova);
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy texnik koʻmak— grant mablagʻlarini olinishi, ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi (20-ilova);
Muruvvat yordami olinishi va undan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida hisoboti (21-ilova);
Eksport-import muomalalari boʻyicha valyuta mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisoboti (22-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
(23-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Xizmatlar eksporti-importi toʻgʻrisida hisoboti (24-ilova);
Xizmatlar eksporti-importi toʻgʻrisida hisoboti (24/1-ilova);
Tovarlar eksporti-importi toʻgʻrisida hisoboti (25-ilova);
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisoboti (26-ilova);
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisoboti (27-ilova);
Sanoat korxonalarining mahsulot yetkazib berish va moddiy resurslarni olishga shartnomalar tuzishining borishi yuzasidan soʻrov (27/1-ilova);
(27/1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalar doirasida tayyor mahsulot, butlovchi qism va materiallar yetkazib berilishining borishi toʻgʻrisida hisobot (27/2-ilova);
(27/2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Nosanoat tashkilotlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi toʻgʻrisida hisoboti (28-ilova);
Nosanoat tashkilotlar balansidagi elektr stansiyasi (elektr generator qurilmalari) ishi toʻgʻrisida (28/1-ilova)
Ishlab chiqarish quvvatining balansi (29-ilova);
Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida hisoboti (30-ilova);
(30-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Yoqilgʻi yetkazish va uning tushish manbalari toʻgʻrisida hisoboti (31-ilova)
Gazning kelib tushish manbalari va uning taqsimoti hisoboti (31/1-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
(32-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish va taqsimoti toʻgʻrisida hisoboti (33-ilova);
Elektr energiya manbalari va taqsimoti, elektr stansiyalari (elektr generator qurilmalari) ishi toʻgʻrisida hisoboti (34-ilova);
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida hisoboti (34/1-ilova);
Oldingi tahrirga qarang.
(35-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Paxta xomashyosini qayta ishlash toʻgʻrisida hisoboti (36-ilova) (konditsion vazni, namligi va ifloslanganligi boʻyicha)
(36-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Paxta xom — ashyosini qayta ishlash natijalari toʻgʻrisida hisobot (36/1-ilova);
Paxta tolasi ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish toʻgʻrisida (37-ilova);
Paxta tolasi harakati toʻgʻrisida hisoboti (38-ilova);
Paxta chigitini ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish toʻgʻrisida hisoboti (39-ilova);
Texnik paxta chigiti kelib tushishi va uni qayta ishlash toʻgʻrisida hisoboti (40-ilova);
Paxta xom-ashyosi xaridi toʻgʻrisida hisobot (41-ilova);
Don xaridi toʻgʻrisida hisobot (42-ilova);
Pilla xaridi toʻgʻrisida hisobot (43-ilova);
(43-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Qishloq xoʻjalik korxonasi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (44-ilova);
Qishloq xoʻjalik korxonasi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (45-ilova);
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (46-ilova);
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (47-ilova);
Dehqon xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot (48-ilova);
Dehqon xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot (49-ilova);
Mavjud qishloq xoʻjalik texnikalari toʻgʻrisida hisobot (50-ilova);
Yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisobot (51-ilova);
Oʻrmon parvarishi ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida hisoboti (52-ilova);
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida hisoboti (53-ilova);
Zaharli chiqindilar hosil boʻlishi, foydalanilishi va ularning joylashtirilishi toʻgʻrisida hisoboti (54-ilova);
Tabiatni muhofaza qilish joriy xarajatlari, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar toʻgʻrisida hisoboti (55-ilova);
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻyicha hisoboti (56-ilova);
Yerlarni rekultivatsiya qilish toʻgʻrisida hisoboti (57-ilova);
Ovchilik xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (58-ilova);
Geologiya-qidiruv ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida hisobot (59-ilova);
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida hisoboti (60-ilova);
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida hisoboti (61-ilova);
Ijtimoiy sohaning ayrim obyektlarini ishga tushirish toʻgʻrisida hisoboti (61/1-ilova);
(61/1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Qurilish ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida hisoboti (62-ilova);
Qurilish ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida hisoboti (63-ilova);
Qurilish mashina va mexanizmlari mavjudligi toʻgʻrisida hisobot (63/1-ilova);
Tugallanmagan qurilish holati toʻgʻrisida hisobot (64-ilova);
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi toʻgʻrisida hisoboti (65-ilova);
Yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni ishga tushirish toʻgʻrisida hisoboti (65/1-ilova);
Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (66-ilova);
Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (66/1-ilova);
Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (67-ilova);
Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (68-ilova);
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (68/1-ilova);
Chet el investitsiyalari va kreditlari va Tiklanish va taraqqiyot fondi mablagʻlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisoboti (69-ilova);
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisoboti (70-ilova);
Birja faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (71-ilova);
Birja daromadi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisoboti (71/1-ilova);
Bozorlarda qishloq xoʻjalik mahsulotlari va chorva mollari sotish toʻgʻrisida hisoboti (72-ilova);
Korxona xarajatlari toʻgʻrisida hisoboti (73-ilova);
Tovarlar sotish va qoldiqlar toʻgʻrisida (74-ilova);
Ulgurji va chakana tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisoboti (75-ilova);
Ulgurji, chakana savdo va ovqatlanish korxonalaridagi omborxona tarmoqlari toʻgʻrisida hisoboti (76-ilova);
Chakana savdo tarmoqlari toʻgʻrisida hisoboti (77-ilova);
Aholiga pulli xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida hisoboti (78-ilova);
Aholiga pulli xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida hisoboti (78/1-ilova);
Aholiga pulli xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida hisoboti (78/2-ilova);
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar toʻgʻrisida hisoboti (79-ilova);
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar toʻgʻrisida hisoboti (80-ilova);
Lizing faoliyati boʻyicha hisoboti (81-ilova);
Tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanish boʻyicha hisoboti (82-ilova);
Suv quvuri inshootlari ishi toʻgʻrisida hisoboti (83-ilova);
Kanalizatsiya ishi toʻgʻrisida hisoboti (84-ilova);
Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash toʻgʻrisida hisoboti (85-ilova);
Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish toʻgʻrisida hisoboti (86-ilova);
Ichimlik suvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida hisoboti (87-ilova);
Gazlashtirish toʻgʻrisida hisoboti (88-ilova);
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (89-ilova);
Uy-joy fondi toʻgʻrisida hisoboti (90-ilova);
Uy-joy olish uchun hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni toʻgʻrisida hisoboti (91-ilova);
Avtomobil transporti va xoʻjalik avtomobil yoʻllari uzunligi toʻgʻrisida hisoboti (92-ilova);
Qatnov turlari boʻyicha avtomobil transporti xizmati toʻgʻrisida hisoboti (93-ilova);
Avtomobil transporti ishi toʻgʻrisidahisoboti (94-ilova);
Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida hisoboti (95-ilova);
Avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlar toʻgʻrisida hisoboti (96-ilova);
(96-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida hisoboti (97-ilova);
Qatnov turlari boʻyicha umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti xizmati toʻgʻrisida hisoboti (98-ilova);
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti faoliyati asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisoboti (99-ilova);
Umumiy foydalanilmaydigan temir yoʻl transporti toʻgʻrisida hisoboti (100-ilova);
_________________transporti toʻgʻrisida 1) hisoboti (tramvay, metropoliten, trolleybus) (101-ilova);
____________________ transporti toʻgʻrisida1) hisoboti (tramvaynom, metropolitennom, trolleybusnom) (102-ilova);
____________________ transporti toʻgʻrisida1) (tramvaynom, metropolitennom, trolleybusnom) hisoboti (102/1-ilova);
Mavjud havo kemalari toʻgʻrisida hisoboti (103-ilova);
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmati toʻgʻrisida hisoboti (104-ilova);
Havo kemalarining soʻnggi qatnov manziliga yetib kelishi toʻgʻrisida hisoboti (104/1-ilova);
Havo transportida yoʻlovchi va yuk tashish toʻgʻrisida hisoboti (105-ilova);
Quvur yoʻli transporti xizmati toʻgʻrisida hisoboti (106-ilova);
Quvur yoʻli transporti faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (107-ilova);
Suv transporti faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (108-ilova);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida hisoboti (109-ilova);
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisida hisoboti (110-ilova);
Aloqa vositalari va xizmatlari toʻgʻrisida hisoboti (111-ilova);
Telefon aloqasi texnik vositalari toʻgʻrisida hisoboti (112-ilova);
Umumtaʼlim maktabining 2012/2013 oʻquv yili boshiga hisoboti (113-ilova);
Umumtaʼlim maktabining pedagog xodimlari soni va tarkibi toʻgʻrisida 2012/2013 oʻquv yili boshiga hisoboti (113/1-ilova);
2012-yilda oʻrta umumtaʼlim maktabini bitirgan yoshlarning kelgusi oʻqish joylari boʻyicha taqsimoti toʻgʻrisida hisobot (114-ilova);
2012/2013 oʻquv yili boshiga akademik litsey, kasb -hunar kollejlari hisoboti (115-ilova);
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini 2012-yilda tugatgan bitiruvchilarning bandlik turlari boʻyicha taqsimoti toʻgʻrisida hisobot (115/1-ilova)
2012/2013 oʻquv yili boshiga oliy taʼlim muassasasining hisoboti (116-ilova);
Oliy taʼlim muassasalarini 2012-yilda tugatgan bitiruvchilarning bandlik turlari boʻyicha taqsimoti toʻgʻrisida hisobot (116/1-ilova);
Oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash toʻgʻrisida hisoboti (117-ilova);
Maktabgacha taʼlim muassasasining hisoboti (118-ilova);
Maktabdan tashqari taʼlim muassasasining hisoboti (119-ilova);
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan va yetim bolalar uchun taʼlim muassasasining hisoboti (120-ilova);
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar va oʻsmirlarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha hisoboti (121-ilova);
Kutubxona faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (122-ilova);
Klub turidagi madaniyat muassasalarining hisoboti (123-ilova);
Muzey faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (124-ilova);
Teatr faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (125-ilova);
Konsert tashkilotlari va sirk jamoalari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (126-ilova);
Hayvonot bogʻi, botanika bogʻi, madaniyat va istirohat bogʻlari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (127-ilova);
Film ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisoboti (128-ilova);
Ommaviy axborot vositalarida olingan va maqsadli foydalanilgan begʻaraz koʻmak mablagʻlari toʻgʻrisidagi hisoboti (129-ilova);
Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va ketgan shaxslar soni toʻgʻrisida hisoboti (130-ilova);
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida hisoboti (131-ilova);
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha hisoboti (132-ilova);
Maxsus sport taʼlim muassasalari boʻyicha hisoboti (133-ilova);
Ilmiy-texnikaviy ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisoboti (134-ilova);
Innovatsiya faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (134/1-ilova);
Innovatsiya faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (135-ilova);
Pensionyerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida hisobot (136-ilova);
Ishlayotgan pensionyerlar toʻgʻrisida hisoboti (136/1-ilova);
Nogironlar va qariyalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida hisoboti (137-ilova);
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatish muassasalari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (138-ilova);
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatish muassasalari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (138/1-ilova);
Statsionar faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (139-ilova);
Davolash-profilaktika muassasalari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (140-ilova);
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik toʻgʻrisida hisoboti (140/1-ilova);
Tibbiyot muassasalari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (141-ilova);
Profilaktik emlashlar toʻgʻrisida hisoboti (142-ilova);
Ayrim yuqumli va parazitar kasalliklar toʻgʻrisida hisoboti(143-ilova);
Xavfli oʻsma kasalliklari toʻgʻrisida hisoboti (144-ilova);
Sil kasalliklari toʻgʻrisida hisoboti (145-ilova);
Teri-tanosil kasalliklari toʻgʻrisida hisoboti (146-ilova);
Ruhiy-asab va axloq buzilishi kasalliklari toʻgʻrisida hisoboti (147-ilova);
Narkologik kasalliklar toʻgʻrisida hisoboti (148-ilova);
Davolash muassasasi xizmat koʻrsatadigan hududda yashovchi bemorlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan kasalliklar soni toʻgʻrisida hisoboti (149-ilova);
Homilador, tugʻadigan va tuqqanlarga tibbiy yordam koʻrsatish, homiladorlikni toʻxtatish va kontratsepsiya vositalaridan foydalanish toʻgʻrisida hisoboti (150-ilova);
Bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida hisoboti (151-ilova);
Mutaxassislik boʻyicha tibbiy xodimlar toʻgʻrisida hisoboti (152-ilova);
Sogʻlomlashtirish muassasalari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (153-ilova);
Qonni OITVga tekshirish natijalari toʻgʻrisida hisoboti (154-ilova);
Odam immun tanqisligi virusi bilan kasallangan bemorlar toʻgʻrisida hisoboti (155-ilova);
Nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (156-ilova);
Nogironlik sabablari toʻgʻrisida hisoboti (157-ilova);
Tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida hisoboti (158-ilova);
Mehnat hisoboti (159-ilova);
Mehnat hisoboti (160-ilova);
(160-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 361-modda)
Mehnat sharoitlari ahvoli va ishlab chiqarishda shikastlanganlik toʻgʻrisida hisoboti (160/1-ilova);
Korxonalarning oliy maʼlumotli va oʻrta maxsus, kasb— hunar taʼlimi mutaxassislari bilan taʼminlanganligi va ularga boʻlgan istiqboldagi ehtiyoji toʻgʻrisida maʼlumot (160/2-ilova);
Boshqaruv organi xodimlari soni toʻgʻrisida hisoboti (160/3-ilova);
Hisoblangan ish haqi miqdori boʻyicha xodimlar sonining taqsimlanishi toʻgʻrisida hisoboti (160/4-ilova);
Belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan bank mijozlari hisob raqamlari toʻgʻrisida hisoboti (161-ilova)
Faoliyat koʻrsatmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan hamda ixtiyoriy tugatish jarayonida boʻlgan korxonalar toʻgʻrisida hisoboti (162-ilova);
Korxona xoʻjalik faoliyati asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisoboti (163-ilova);
Notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (164-ilova);
Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti (165-ilova);
Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti (165/1-ilova);
Mikrofirma va kichik korxona hisoboti (165/2-ilova);
Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti (165/3-ilova);
Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonaning faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (165/4-ilova);
Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonaning faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (165/5-ilova);
Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonaning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisoboti (165/6-ilova);
Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti (165/7-ilova);
Aholiga pullik tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (165/8-ilova);
Aholiga pullik tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (165/9-ilova);
Aholiga pullik tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (165/10-ilova);
Aholiga pullik tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (165/11-ilova);
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida hisoboti (165/12-ilova);
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida hisoboti (165/13-ilova);
Atrof muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisida hisobot (165/14-ilova);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida hisoboti (165/15-ilova);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida hisoboti (165/16-ilova);
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 484-modda; 2012-y., 31-son, 361-modda, 50-son, 566-modda)