Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi BOSHLIGʻIning
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “FUQARO AVIATSIYASINI AERONAVIGATSIYASI” AVIATSIYA QOIDALARINI (OʻZR AQ-93) TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2011-yil 8-noyabr, 6-24/14-11046/6-son]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligining 2026-yil 19-avgustdagi 130-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining aeronavigatsiya axborot xizmatlari boʻyicha aviatsiya qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida aeronavigatsiya va parvozlarni aeronavigatsion taʼminoti faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasini aeronavigatsiyasi” aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-93) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2003-yil 10-sentabrdagi 135-son “Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro aviatsiyasini aeronavigatsiyasi” aviatsiya qoidalarini (OʻzR AQ-93) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, kelishilgandan keyin oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Inspeksiya boshligʻi T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-oktabr,
124-son