Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIJORAT BANKLARI UChUN NIZOMDAGI SARMOYaNING ENG OZ MIQDORINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyuldagi PF-3624-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash va bank muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobatchilikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining:
1993-yilning 1-iyulidan boshlab amaldagi va yangidan tashkil qilinadigan tijorat banklari uchun nizom jamgʻarmasining eng oz miqdorini 100 million soʻm, kooperativ va xususiy banklar nizom jamgʻarmasining eng oz miqdorini 50 million soʻm qilib belgilash toʻgʻrisidagi;
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan 1993-yilning 1-iyunigacha tijorat, kooperativ va xususiy banklarni mazkur Farmonning 1-bandi talablarini hamda ularning bundan buyon ishlashi qay darajada maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqidagi takliflarni belgilangan tartibda respublika Oliy Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 16-fevral,
PF-563-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 3-son, 138-modda)