Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (“JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, pul mablagʻlarining pochta joʻnatmalarini qabul qilishda va yetkazib berishda (topshirishda) pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-noyabr,
298-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-noyabrdagi 298-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi”;
uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 9-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan rioya etilishi monitoringini va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
beshinchi—oʻn toʻqqizinchi xatboshi tegishli ravishda oltinchi—yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“monitoring va tekshirishlar natijalari boʻyicha aniqlangan tartib buzishlar haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, yozma koʻrsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, tartibni buzishlarga doir Davlat aloqa inspeksiyasi vakolatlariga tegishli boʻlmagan materiallarni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari boʻyicha belgilangan tartibda beradi”;
v) 10-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“maʼmuriy huquq buzilishlar toʻgʻrisida bayonnoma tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan buzilishi hollari aniqlangan taqdirda esa ularni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari boʻyicha belgilangan tartibda berish”;
Toʻrtinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazoratning joriy etilishini tashkil etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish”;
yettinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshi tegishli ravishda toʻqqizinchi—oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 9-bandga quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan rioya etilishi monitoringini va nazoratini olib borish masalalariga rahbarlik qiladi va ishlarni muvofiqlashtiradi”;
oʻn toʻrtinchi—qirq sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda oʻn beshinchi—qirq toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 473-modda; 2012-y., 52-son, 589-modda)