27.10.2011 yildagi 231-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining yoʻriqnomasi, 27.10.2011 yildagi 231-son
Кучга кириш санаси
18.11.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi BOShLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOZONXONALARDA UGLEROD OKSIDI MIQDORINI NAZORAT QILISh BOʻYIChA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2011-yil 8-noyabr, 6-24/11-11817/6-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 191-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish boʻyicha Yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ texnik hujjat sifatida eʼtirof etilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin va koʻpaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi B. GʻULOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 27-oktabrdagi 231-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarni bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 191-modda) qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma qozonxonalarda uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asboblarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash va ulardan foydalanishga nisbatan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Yoʻriqnoma foydalanishda boʻlgan, loyihalashtirilayotgan va qayta jihozlanayotgan qozonxonalarga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Yoʻriqnoma talablari barcha tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar foydalanildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish zonasi — ishlovchilar muntazam yoki muntazam boʻlmagan (vaqtincha) holda ishlaydigan, yerdan 2 m balandlikdagi chegaralangan joy yoki maydoncha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyi — ishlovchilar muntazam yoki vaqtincha ishlaydigan ish joyi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ish joyi — ishlovchilar ish vaqtining katta qismi (50 foizdan ortiq yoki uzluksiz 2 soatdan ortiq) davomida ishlaydigan ish joyi. Bunda ish zonasining turli punktlarida ishlar bajariladigan hollarda, butun ish zonasi muntazam ish joyi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafas olish zonasi — qozonxona operatorining ish joyi bilan chegaralangan zona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qozonxonalar havosida uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish tizimi — gaz tipi va konsentratsiyasi miqdori darajasini aniqlash, gaz konsentratsiyasi miqdorining chegaralangan miqdorlar bilan taqqoslanishi, yorugʻlik, ovozli signalizatsiyalar va tashqi bajaruvchi qurilmalar uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqarilishini taʼminlovchi, oʻzaro konstruktiv bogʻliq boʻlgan texnik elementlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qozonxonalar havosida uglerod oksidining yuqori miqdorlarda paydo boʻlishi sabablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qozonxonalar havosida uglerod oksidining yuqori miqdorlarda paydo boʻlishining asosiy sabablari havo tortuvchi dudburonlar tortish imkoniyatlarining quyidagi vaziyatlarda sodir boʻladigan buzilishidan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
purkovchi ventilyator va dud soʻrgʻichning bir maromda ishlamasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qozon oʻtxonasida yonuvchi goryelka, goryelka tonnelining emirilishi, yonilgʻining havo bilan aralashmasi paydo boʻlish jarayonining buzilishi natijasida dud tortish oʻlchamidagi tebranishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy dud tortuvchi dudburonli qozonlarda yoz vaqtlarida tortish oʻlchamining kichikligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dudburoni umumiy boʻlgan qozonlarning gaz traktlarida bosimlarning biror bir qozon oʻchirilganda oʻzaro taʼsiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dudburon yoʻllariga yer osti suvlari (yoki boshqa kommunikatsiyalar orqali suvlar) tushishidan emirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qozonlar, ekonomayzerlar yuzalaridagi quvurlar yoki boshqa elementlardan suv sizib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq yoki suyuq yoqilgʻida ishlaydigan qozonlarning qizuvchi yuzalaridagi qurumlarning yonib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“gaz-havo” bosimlar nisbatlarining sozlagichlari, oʻtxonadagi dud tortish, issiqlik kuchlanishi asboblari va sozlagichlaridagi nuqsonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qozonxonalarda yonilgʻining yonishi uchun havo ushbu xonadan olingan hollarda, kiruvchi havo ventilatsiyasi ishining buzilishi natijasida havo soʻrilishi paydo boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtxonasi havo purkash orqali ishlaydigan qozonlar obmurovkasi va garniturasida gaz zichligi buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yonish jarayoni avtomatlashtirilgan holda boshqariladigan asboblarni sozlash dasturida koʻzda tutilgandan farqlanadigan yonish issiqligiga ega boʻlgan yonilgʻi tipiga oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa sabablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish asboblariga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qiluvchi asbob konstruksiyasi GOST 13320-81 talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qiluvchi asboblar ish zonasidagi uglerod oksidi miqdorini GOST 12.1.005-88 bilan belgilangan talablarga muvofiqligi konsentratsiya chegaralaridan oshib ketishi toʻgʻrisida xabar beruvchi signalizatsiya orqali uzluksiz nazorat qilib turilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod oksidi miqdori darajasini nazorat qiluvchi asboblarning sezgirligi uglerod oksidini tanlab olish turiga muvofiq boʻlishi hamda boshqa toksik va yonuvchan gazlarga nisbatan sezgirligi mavjud boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Signalizatsiya ish zonasidagi uglerod oksidi konsentratsiyasining ikkita bosqichi (darajalari) doirasida ishlab ketishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqich “Porog — 1” chegarasi ish zonasida uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdori 20 ± 5 mg/m3 ga teng boʻlgan (PDK r.z. — ish zonasidagi konsentratsiyaning ruxsat berilgan eng yuqori chegarasi)da ishlab ketishi zarur boʻlib, bunda uzilish bilan ishlaydigan yorugʻlik signali ishga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqich “Porog — 2” signalizatsiyasi uglerod oksidi konsentratsiyasi 95 — 100 mg/m3 (5 PDK r.z.) ga yetganda ishlab ketishi koʻzda tutilib, bunda toʻxtovsiz ishlaydigan yorugʻlik va ovozli signal ishga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qiluvchi asbob ish rejimi uglerod oksidi konsentratsiyasi PDK r.z. dan kamayganda, “Porog — 1” signalizatsiyasi avtomatlashtirilgan holda uzib qoʻyilishi koʻzda tutilgan boʻlishi zarur. Uglerod oksidi 2 PDK r.z. dan yuqori boʻlmagan darajada operator “Porog — 2” ovozli signalizatsiyani “Sbros” tugmachasini bosish orqali oʻchirishi mumkin, bunda konsentratsiya ruxsat berilgan chegaralarga yetganda yorugʻlik signalizatsiyasi avtomatik ravishda oʻchadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asbobi, qozonxonadagi havoda uglerod oksidi konsentratsiyasini nazorat qilishning loyihada qabul qilingan sxemasidan kelib chiqib, muntazam ish joylarida uglerod oksidining konsentratsiyasi normal holgacha yetishi taʼminlanguncha avariyaviy ventilatsiyani ishga tushirishi (oʻchirishi) yoki qozon (qozonlar)ga yoqilgʻi uzatishni avtomatik ravishda oʻchirish dasturiga ega boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qiluvchi bir necha asboblariga ulangan ovozli va yorugʻlik signalizatsiyalari umumiy pultga ulangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asboblarining tuzilishi portlash xavfi boʻlmagan zonalarga oʻrnatiladigan elektr jihozlariga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi zarur. Bunda konstruksiyasining xavfsizligi GOST 12.2.007.0-75 muvofiq boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Gaz yoqilgʻi tizimining ijro mexanizmlariga ulanadigan uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asboblaridan faqat, ularning sifati toʻgʻrisidagi hujjat mavjud hollarda foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Konsentratsiyani oʻlchashdagi umumiy nisbiy xatolik ± 25 foizdan oshmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish zonasidagi havoda uglerod oksidi konsentratsiyasini nazorat qilish tizimining xizmat qilish muddati kamida 10 yilga teng boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asboblarining foydalanish tavsifnomalari xonadagi havo harorati 0 dan +50° S gacha boʻlganda normal holda ishlashini koʻzda tutishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish asboblarini loyihalashtirish, montaj qilish (oʻrnatish) va sozlashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muntazam ravishda xodimlar ishlaydigan qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish asboblarining datchiklari yerdan yoki ish maydonchasidan 150 — 180 cm masofada, ish smenasi davomida operator eng koʻp turishi mumkin boʻlgan joyda oʻrnatiladi. Ushbu joy ish stoli ortida qozon roʻparasidagi nafas olish zonasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toʻliq avtomatlashtirilgan, davriy ravishda xizmat koʻrsatiladigan qozonxonalarda uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish uskunalarining datchiklari xonaga kirish joyida oʻrnatiladi, uglerod oksidi miqdorini nazorat qilish uskunasining signalizatsiyasi esa navbatchi operator pultiga ulanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qavatlar oraligʻi yoppasiga yopilmagan qozonxona zallarida asboblar oʻrnatilishida har bir qavat alohida xona sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qozonxona zalining har 200 m2 ga uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asbobiga bitta datchik, shu bilan birga har bir xonaga kamida bitta datchik oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdorini nazorat qilish asbobining datchiklarini havo oqimi uzatiladigan joylar va ochiq fortochkalardan kamida 2 m uzoqlikda oʻrnatish zarur. Datchiklarni oʻrnatishda ularni ishlab chiqargan zavodning montaj qilish boʻyicha yoʻriqnomasi talablariga rioya etish zarur boʻlib, unda uglerod oksidi konsentratsiyasini oʻlchashdagi aniqlikka qozonxonadagi havoning harakatlanuvchi oqimlari, nisbiy namlik hamda issiqlik nurlanishlarining salbiy taʼsiri maksimal darajada istisno etilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarining datchiklari namlik tushishiga qarshi himoya qopqogʻi bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Changlanadigan xonalarda datchiklarni changga qarshi filtrlar bilan oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yangi quriladigan qozonxonalarning loyihalarida uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarining bevosita qozonxonalarda oʻrnatilishi koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Foydalanishda boʻlgan yoki qayta jihozlanayotgan qozonxonalarga uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarining oʻrnatilishi ushbu qozonxona egasi tomonidan amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblaridan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Foydalanishda boʻlgan uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarini davriy ravishda tekshirib turish imkoni boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nosoz holdagi, tekshirish muddati oʻtgan uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish uskunalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Porog — 1” signali ishlab ketganda ishchi xodim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
signalning muntazamligiga amin boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshiklar, framugalarni ochadi, ishchi ventilatsiyasining ishlayotganligini tekshiradi va avariyaviy ventilatsiyani (mavjud hollarda) ishga tushiradi;

uglerod oksidini qozonxonaga kirish sababi yoki manbalarini aniqlaydi va bartaraf etib, tegishli choralar koʻradi;

vaxta jurnalida tegishli yozuvni qayd etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. “Porog — 2” signali ishlab ketganda ishchi xodim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshiklar, framugalarni ochadi, ishchi ventilatsiyasining ishlayotganligini tekshiradi va avariyaviy ventilatsiyani (mavjud hollarda) ishga tushiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod oksidini qozonxonaga kirish sababi yoki manbalarini aniqlaydi va bartaraf etib, tegishli choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglerod oksidi konsentratsiyasi miqdori 30 daqiqa davomida 5 PDK r.z. darajada saqlanib tursa, qozonga yoqilgʻi uzatilishi toʻxtatilganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozonni takroran ishga tushirishga faqat uglerod oksidining yuqori konsentratsiyasi sabablari bartaraf etilgandan keyingina ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta jurnalida tegishli yozuvni qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblariga xizmat koʻrsatish, ularni taʼmirlash va tekshirishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qozonxonada ishlaydiganlar har smenada uglerod oksidi konsentratsiyasi darajasini nazorat qilish asboblarining ishlash qobiliyati saqlanib turganligini, vaxta jurnalida qayd etgan holda aniqlab turishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” DAK boshqaruvi raisi B. TEShABAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” AK bosh direktori T. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi I. YULDASHEV