ILOVA
|
T/r |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari |
Masʼul bajaruvchilar |
Bajarish muddatlari |
| 1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillar davrida Fargʻona shahrining 2030-yilgacha boʻlgan bosh rejasini amalga oshirish, ijtimoiy va transport-kommunal infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiyalashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori loyihasini tayyorlash. |
R.S. Azimov, Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Moliya vazirligi (Guskova), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Toxtayev), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2011-yil 28-oktabr |
| 2. |
Qayta ishlash korxonalarini, birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish hisobiga sanoatning yalpi mintaqaviy mahsulotdagi ulushini oshirish dasturini ishlab chiqish. |
Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Roʻziyev), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2011-yil 1-dekabr |
| 3. |
Xizmatlar koʻrsatish sohasini rivojlantirish va uning koʻrsatkichlarini oʻrtacha respublika koʻrsatkichlarigacha yetkazish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish. |
Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2011-yil 1-dekabr |
| 4. |
Ish bilan bandlik masalalarini, ayniqsa qishloq mintaqalarida tubdan hal qiluvchi yangi ish oʻrinlari tashkil etish dasturini ishlab chiqish. |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Xaitov), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2011-yil 1-dekabr |
| 5. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini puxta tahlil qilish hamda qoʻshilgan qiymatni oʻstirish maqsadida ularni chuqur qayta ishlash dasturini ishlab chiqish va paxta, meva-sabzavot, poliz mahsulotlari, uzum va shu kabilarning qayta ishlangan mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni kengaytirish boʻyicha takliflar kiritish. |
Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Roʻziyev), Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (Gʻulomov), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2011-yil 1-dekabr |
| 6. |
“Indorama-Qoʻqon-Tekstil” qoʻshma korxonasi bilan Qoʻqon shahridagi sohaga oid kollejlar oʻrtasida mustahkam aloqalar oʻrnatish, kollej oʻquvchilarini oʻqitishni va korxonalarda tajriba orttirishini tashkil etish, bevosita kollejlarda korxonaning texnik xodimlari tomonidan oʻquv-seminarlari oʻtkazish. |
A.N. Aripov “Oʻzbekyengilsanoat” (Haydarov), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (Ismoilov), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov), “Indorama-Qoʻqon-Tekstil” QK | 2011-yil 15-noyabr |
| 7. |
Qoʻqon shahridagi “Oʻrda”ning tutash maydonini landshaft arxitekturasi qoidalari asosida obodonlashtirish, maydon hududini sugʻorish tizimini ishlab chiqish. |
Bosh vazir oʻrinbosari, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD (Xanov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Toxtayev), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Roʻziyev), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2012-yil 1-martgacha |
| 8. |
Qoʻqon shahridagi “Oʻrda” maydoni hududida landshaft arxitekturasi asosida yangi “Ezgu niyat” xiyobonini tashkil etish hamda oila qurgan yoshlarning oilaviy rishtalarini mustahkamlash maqsadida ushbu xiyobonni “Yangi hayot” deb nomlash. |
Bosh vazir oʻrinbosari, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD (Xanov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Toxtayev), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (Qoʻziyev), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2011-yil 1-dekabr |
| 9. |
Qoʻqonlik hunarmandlarning yutuqlari va eng yaxshi anʼanalarini namoyish etish maqsadida Qoʻqon shahridagi “Oʻrda” muzeyi ekspozitsiyalarini tubdan yangilash hamda xarakterli boʻlmagan eksponatlarni (aravalar va shu kabilarni) olib tashlash. |
A.N. Aripov, Madaniyat va sport ishlari vazirligi (Qoʻziyev), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2012-yil 1-mart |
| 10. |
Qoʻqon shahridagi “Jome” kompleksidan maʼnaviyat va maʼrifat markazi sifatida foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
A.N. Aripov, “Respublika maʼnaviyat va targʻibot markazi” (Mirzayev), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2011-yil 1-noyabr |
| 11. |
Prezidium uchun sahna balandligini pasaytirish va zaldagi oʻrindiqlarni yanada oqilona joylashtirish maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi majlislar zali dizaynini qayta ishlash. |
Bosh vazir oʻrinbosari, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD (Xanov), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Toxtayev), Fargʻona viloyati hokimligi (Neʼmatov) | 2012-yil 1-iyul |