Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING NAMANGAN VILOYATIDA BOʻLGAN VAQTDAGI TOPShIRIQLARINI AMALGA OShIRIShGA DOIR TADBIRLAR REJASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash, sanoat salohiyatini, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hisobiga rivojlantirish, shu asosda Namangan viloyati aholisi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va turmush darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-sentabrda Namangan viloyatida boʻlgan vaqtdagi topshiriqlarini amalga oshirishga doir Tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
tasdiqlangan Tadbirlar rejasining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsinlar;
Tadbirlar rejasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aniqlasinlar;
Tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsinlar hamda muammoli masalalarni har oyda koʻrib chiqsinlar, ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Namangan viloyati hokimligi (Yusupov):
bir hafta muddatda ushbu qarorni bajarish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin, unda bajarish muddatlari va bajarish uchun masʼullarni koʻrsatgan holda qarorni bajarishning kalendar jadvalini tasdiqlashni nazarda tutsin;
har oyda tadbirlarning bajarilishi muhokamasini tashkil etsin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim etsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar hamda Namangan viloyati hokimligi rahbarlari Tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-oktabr,
287-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-oktabrdagi 287-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-sentabrda Namangan viloyatida boʻlgan vaqtdagi topshiriqlarini amalga oshirishga doir
TADBIRLAR REJASI
|
T/r |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari |
Masʼul bajaruvchilar |
Bajarish muddatlari |
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va homiylar mablagʻlari hisobiga Namangan viloyatining “Istiqlol” korxonasi uchun ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, namoyish zalini, zamonaviy dizayn boʻyicha atelyeni, tajriba ishlab chiqarish sexini oʻz ichiga oluvchi Dizayn va modalar markazini tashkil etish. | Azimov R.S., Namangan viloyati hokimligi (Yusupov), “Oʻzbekyengilsanoat” DAK (Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (Turdiyev), Moliya vazirligi (Tursunov), Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (Gʻulomov) | 2012-yil IV chorak |
|
Ushbu maqsadlarda xorijiy mamlakatlar (Fransiya, Italiya, Germaniya)ga borgan holda dizayn va modalar markazlari ishlarini tashkil etish tajribasi va tizimini oʻrganish. |
2011-yil 30-dekabrgacha | ||
| 2. | Doʻstlik shoh koʻchasi va Bobur koʻchasida joylashgan koʻp kvartirali uylar va maʼmuriy binolarning tayanch qismini granit plitalar bilan qoplash tadbirlarini amalga oshirish. | Xoʻjayev B.A., “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), Namangan viloyati hokimligi (Yusupov) | 2011-yil 10-noyabrgacha takliflar tayyorlash. 2012-yil II chorakda tadbirlarni amalga oshirish |
| 3. | Namangan shahridagi “Navbahor” markaziy sport stadionini rekonstruksiya qilishni tugallash. | Xoʻjayev B.A., Namangan viloyati hokimligi (Yusupov), Oʻzbekiston futbol federatsiyasi (Usmanov) | 2012-yil IV chorak |
| 4. | Namangan viloyati hok�mligi bilan kelishgan holda shaharning markaziy va shoh koʻchalarida joylashgan maʼmuriy va turar joy binolarining fasadlarini qayta boʻyash yuzasidan takliflar kiritish. | Xoʻjayev B.A., “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev) | 2012-yil 10-noyabrgacha |
| 5. | OTBning qarz mablagʻlari hisobiga Pungan-Namangan yoʻnalishi boʻyicha 4R112 avtomobil yoʻlining 75 kilometrli uchastkasini harakatlanishni 4 polosaga oʻtkazishni nazarda tutgan holda rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini tayyorlash. | Azimov R.S., Xoʻjayev B.A., Moliya vazirligi (Tursunov), Respublika yoʻl jamgʻarmasi (Shukurov), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (Gʻulomov), “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), Namangan viloyati hokimligi (Yusupov) | 2012-yil III chorak qurilishning boshlanishi — 2012-yil IV chorak |
| 6. | Doʻstlik shoh koʻchasidan oʻtuvchi yoʻl oʻtkazgich toʻsiqlarining dizaynini yaxshilash. | Xoʻjayev B.A., “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), Respublika yoʻl jamgʻarmasi (Shukurov), “Oʻzavtoyoʻl” DAK (Abdullayev), Namangan viloyati hokimligi (Yusupov) | 2012-yil 1-yanvargacha |
| 7. | Xorijiy investor bilan birgalikda ipakchilik sanoatini rivojlantirish yuzasidan toʻliq siklga (tut koʻchatlari ekishdan boshlab ipak gazlamalar ishlab chiqarishgacha) ega boʻlgan yirik kompleks yaratish. | “Oʻzbekyengilsanoat” DAK (Xaydarov), Namangan viloyati hokimligi (Yusupov), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (Gʻulomov) | 2011 — 2013-yillar |
| 8. | Jamiyat hayotining turli sohalarida (sanʼat, adabiyot, sport, tadbirkorlik va boshqalarda) iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. | Aripov A.N., Namangan viloyati hokimligi (Yusupov), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy hara�ati (Gʻaniyev) | 2011-yil 10-noyabrgacha |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 43-44-son, 463-modda)