ILOVA
|
T/r |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari |
Masʼul bajaruvchilar |
Bajarish muddatlari |
| 1. |
Andijon shahrining markazi joylashgan joyni belgilovchi bosh rejani ishlab chiqish, markaziy maydon va anjumanlar saroyini qurish. |
Xoʻjayev B.A., “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov) | 2011-yil 1-dekabr |
| 2. |
110-35 kV kuchlanishli ikki zanjirli elektr uzatish liniyasini Andijon viloyati Andijon tumanidagi “Kamolot” mavzesi hududidan koʻchirish. |
“Oʻzbekenergo” DAK (Teshaboyev), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov) | 2012-yil 1-mart |
| 3. |
Andijon shahrida kichik ichki va katta halqa yoʻllarini qurish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
Xoʻjayev B.A., “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Moliya vazirligi (Guskova), Respublika yoʻl jamgʻarmasi (Shukurov), “Oʻzavtoyul” DAK (Abdullayev), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov) | 2011-yil 1-dekabr |
| 4. |
Andijon shahrining 2500 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Komissiya tarkibi yuzasidan taklif kiritish va tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
Aripov A.N., Andijon viloyati hokimligi (Usmonov) | 2011-yil 15-noyabr |
| 5. |
Dasturni 2014-yilda toʻliq tugallagan holda, infratuzilma obyektlarini qurish va foydalanishga topshirishni tezlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda Andijon viloyatining uy-joy mavzelari uchun kommunal infratuzilmani jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 18-iyundagi PQ-1355-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritish. |
Xoʻjayev B.A., Andijon viloyati hokimligi (Usmonov) (Usmanov), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Moliya vazirligi (Guskova) | 2011-yil 1-dekabr |
| 6. |
Asaka shahrining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishni, obodonchilikni davom ettirishni va tashqi qiyofasini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi shaharni rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiqish. |
Azimov R.S., Xoʻjayev B.A., “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov) | 2011-yil 30-dekabr |
| 7. |
Andijon va Asaka shaharlarining oziq-ovqat taʼminotini yaxshilash hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish uchun Asaka tumanini va Andijon tumanining bir qismini bogʻdorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va Respublika komissiyasiga (Mirziyoyev) kiritish. |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Roʻziyev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Arabov), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov), Iqtisodiyot vazirligi (Salimov) | 2011-yil 15-noyabr |
| 8. |
Yaqin 5 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari ajratishning aniq manzilli rejasini ishlab chiqish, unda paxta va gʻalla dalalaridan uzoqroqda boʻlgan kamida 50—60 ta uyni joylashtirish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalarini tanlashni nazarda tutish. |
Xoʻjayev B.A., “Qishloqqurilishinvest” injiniring kompaniyasi (Xoshimbekov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Arabov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | 2011-yil 1-dekabr |
| 9. |
Fermer xoʻjaliklari tuman Kengashlarini tuzi� yuzasidan takliflar hamda ular faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan boshqa tavsiyalar ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati (kelishuv boʻyicha), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Roʻziyev) | 2011-yil 30-dekabrgacha |