Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
OʻSIMLIK XOM AShYoSINI SAQLASh, QAYTA IShLAB ChIQARISh VA UNDAN FOYDALANISh BOʻYIChA PORTLASh VA YoNGʻIN XAVFI MAVJUD BOʻLGAN IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARI UChUN SANOAT XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2011-yil 16-fevral, 6-24/13-486/6-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻsimlik xomashyosini saqlash, qayta ishlab chiqarish va undan foydalanish boʻyicha portlash va yongʻin xavfi mavjud boʻlgan ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilib, normativ texnik hujjat sifatida eʼtirof etilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin va koʻpaytirilsin.
Inspeksiya boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-yanvar,
11-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 14-yanvardagi 11-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
OʻSIMLIK XOM AShYoSINI SAQLASh, QAYTA IShLAB ChIQARISh VA UNDAN FOYDALANISh BOʻYIChA PORTLASh VA YoNGʻIN XAVFI MAVJUD BOʻLGAN IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARI UChUN SANOAT XAVFSIZLIGI
QOIDALARI
Mazkur “Oʻsimlik xomashyosini saqlash, qayta ishlab chiqarish va undan foydalanish boʻyicha portlash va yongʻin xavfi mavjud boʻlgan ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi Qoidalari” (bundan keyin — Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi” Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda)ga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 64-modda)ga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, oʻsimlik xomashyosini saqlash, qayta ishlab chiqarish va undan foydalanish boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarida portlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash, avariya holatlari va ishlab chiqarishda shikastlanish hollarining oldini olish hamda tashkilotlarda avariya oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etishga yoʻnaltirilgan. Ushbu Qoidalarning ilovasiga muvofiq oʻz tarkibida portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarish obyektlariga (bundan keyin — xavfli ishlab chiqarish obyektlari) ega, ularda bir joydan boshqa joyga koʻchayotgan, qayta ishlab chiqilayotgan va saqlanayotgan oʻsimlik xomashyosi va uning qayta ishlab chiqilgan mahsuloti, portlash xavfi bor chang-havo aralashmasini hosil qilish imkoni bor, yondirish manbaidan portlashi, oʻz-oʻzidan yonishi yoki yonishi va uni bartaraf etgandan soʻng mustaqil yonishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish obyektlarning barcha tashkilotlariga Qoidalar tegishlidir.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar quyidagi hollarda qoʻllash uchun moʻljallangan:
a) oʻsimlik xomashyosini saqlash, qayta ishlab chiqarish va undan foydalanish boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish, ulardan foydalanish, ularni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va ularni tugatish;
b) oʻsimlik xomashyosini saqlash, qayta ishlab chiqarish va undan foydalanish boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan texnik qurilmalarni tayyorlash, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish;
v) sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish;
g) tashkilot xodimlarini sanoat xavfsizligi boʻyicha tayyorlash va bilimlarini tekshirish.
2. Oʻsimlik xomashyosini saqlash, qayta ishlab chiqarish va undan foydalanish boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari quyidagilardan iborat:
1) oʻsimlik xomashyosi va uni qayta ishlab chiqarish mahsulini temir yoʻl, avtomobil va suv transportiga qabul qilish yoki undan tushirishga moʻljallangan qabul qilish-tushirish qurilmalari;
2) oʻsimlik xomashyosi va uni qayta ishlab chiqarish mahsulini harakatlanishini taʼminlaydigan ish binolari, elevatorlarning silos korpuslari, silos tipidagi omborlar hamda idishsiz saqlashga moʻljallangan yer omborlari va galereyalar;
3) un, don, arpa, turli em va em aralashmalarini ishlab chiqaruvchi sexlar, boʻlinmalar, blokli-modulli va agregatli qurilmalar, urugʻ va joʻxorini qayta ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishlar;
4) arpa, don, turli emlarni tozalovchi, maydalovchi, moy olinadigan urugʻlarni kepakka ajratuvchi, tayyorlovchi, ishlov beruvchi va maydalovchi boʻlinmalar;
5) unni qoplash, tortish, elakdan oʻtkazish hamda shakar kukunini maydalash boʻlinmalari;
6) don quritish qurilmalari, qabul qilib tozalovchi va quritib tozalovchi minoralar, chiqindilar, chang, shuningdek qoplarni tozalash va saralash sexlari.
II. Tashkilot va mansabdor shaxslarga nisbatan talablar
3. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilot quyidagilarni taʼminlaydi:
a) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, mazkur Qoidalar hamda belgilangan tartibda qabul qilingan boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlarda belgilangan sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishi;
b) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan mehnat muhofazasi boʻyicha meʼyoriy talablarning bajarilishi;
v) xodimlarni sanoat xavfsizligi boʻyicha tayyorlash hamda ularning ushbu masaladagi bilimlarini belgilangan tartibda tekshirish;
g) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda uning hududiy idoralari va mansabdor shaxslari tomonidan, oʻz vakolatlari doirasida berilgan farmoyishlari va yozma koʻrsatmalarining bajarilishi;
d) sanoat xavfsizligi talablarini belgilaydigan meʼyoriy-huquqiy va meʼyoriy-texnik hujjatlarning mavjudligi;
e) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalanishda boʻlgan binolar, inshootlar, texnik qurilmalarni, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish boʻyicha loyiha hujjatlarini, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi hamda xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar (portlash xavfsizligi boʻyicha texnik pasport, avariyalarni bartaraf etish rejasi va shu kabilar)ni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.
4. Tashkilotning umumiy boshqarish tizimi tarkibida (kam sonli tashkilotlar bundan mustasno) sanoat xavfsizligini boshqarish tizimi (SXBT) tashkil etilib, joriy etiladi.
SXTBga sanoat xavfsizligi talablariga rioya etish ustidan ishlab chiqarish nazorati xizmati integratsiya qilinadi. Tashkilot sanoat xavfsizligining holatini davriy ravishda baholash uslublarini ishlab chiqib, joriy etadi;
SXTB faoliyatining samaradorligining ichki tekshiruvini oʻtkazish rejalari va usullarini oʻz vaqtida tuzatib turadi hamda ishlab chiqarish nazorati xizmati faoliyatini tahlil etadi.
5. Tashkilotda ishlab chiqarish nazorati va SXTBni amalga oshirish uchun masʼul shaxs tayinlanadi.
6. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlaydigan xodimlarni xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi va mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish, yoʻriqnomadan oʻtkazish va bilimlarini tekshirish “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizom” (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust)ga muvofiq belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
III. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish va qurishga nisbatan talablar
7. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish, ulardan foydalanish, ularni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish ishlarini bajarish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, loyihalashning barcha bosqichlarida loyiha hujjatlarining tegishli boʻlimlarida talablar hisobga olinadi hamda sanoat xavfsizligini taʼminlash, avariyalarning oldini olish va sodir boʻlganda oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar, zarur asoslanishlar va hisob-kitoblar bilan birga koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
8. Ishlab chiqarish va obyektlar loyihalaridagi tushuntiruvchi yozuvlarda portlash-yongʻin xavfsizligi boʻyicha mustaqil boʻlimlari koʻzda tutilgan boʻlib, ularda portlash va yongʻin xavfsizligi boʻyicha loyihada koʻzda tutilgan barcha chora-tadbirlar koʻrsatib oʻtilgan va asoslangan boʻlishi zarur.
9. Loyihalashda barcha xonalar va binolarning portlash-yongʻin xavfsizligi boʻyicha toifalari aniqlanadi.
10. Ishlab chiqarish va obyektlarni loyihalash hamda ulardan foydalanishda ishlab chiqarish xonalari va tashqi qurilmalarning portlash hamda yongʻin xavfi mavjud zonalarning klasslarini aniqlash zarur.
11. Loyiha hujjatlarida avariya, yongʻin holatlarining oldini olish va sodir boʻlganda oqibatlarini lokalizatsiya qilish ishlari loyihalashtirilayotgan obyektda, shuningdek ushbu loyihalashtirilayotgan obyekt joylashgan hududdagi boshqa obyektlarda sodir boʻlgan avariya hollarida bajariladigan chora-tadbirlar koʻzda tutiladi.
Ushbu chora-tadbirlarni ishlab chiqishda xavf manbasi, tavakkalchilik omillari, avariya sodir boʻlgan sharoitlar va ularning ssenariysi, ishlab chiqarish xodimlarining soni va joylashishi hisobga olinishi zarur.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini konservatsiya qilish yoki tugatish boʻyicha loyiha hujjatlarida obyektni konservatsiya qilish yoki tugatish jarayonida, shuningdek undan keyingi vaqtda avariya va yongʻin holatlarining oldini olish, sodir boʻlganda oqibatlarini lokalizatsiya va bartaraf etish chora-tadbirlari koʻzda tutiladi.
12. Xavfli ishlab chiqarish obyekti uchun loyiha hujjatlari tarkibida “Davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolariga sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va taqdim etish tartibi haqidagi Nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli qarorining 4-ilovasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 50-son, 496-modda) muvofiq sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqiladi. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining meʼyoriy huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi, aniqlashtiriladi hamda sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkaziladi.
13. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalash hamda xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish jarayonida loyiha hujjatlarining sifati hamda loyihaviy qarorlarga rioya etilishi ustidan ShNQ 1.03.07-2010-sonli “Qurilishni texnik mualliflik nazorat qilish toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq mualliflik nazorati taʼminlangan boʻlishi zarur.
14. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertizaning ijobiy xulosasi mavjud hollarda “Sanoat xavfsizligini ekspertiza qilish tizimi toʻgʻrisidagi Nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli qarorining 2-ilovasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 50-son, 496-modda)ga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
15. Xavfli ishlab chiqarish obyekti qurilishi tugallangandan keyin uni foydalanishga qabul qilish ShNQ 3.01.04-2004-sonli “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish. Umumiy qoidalar”ga muvofiq amalga oshiriladi.
IV. Portlash xavfsizligi boʻyicha umumiy talablar
1§. Xonalar, binolar va inshootlarga nisbatan talablar
16. Xonalar, binolar va inshootlar amaldagi qurilish meʼyoriy hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
17. “A” va “B” toifa xonalarda yengil ochiladigan tashqi toʻsiq konstruksiyalari koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
Engil ochiladigan toʻsiq konstruksiyalari (LSK) sifatida, odatda deraza va fonuslarni oynalar bilan qoplashdan foydalanish lozim. Deraza oynasining qalinligi 3,4 va 5 mm hamda maydoni (muvofiq ravishda) kamida 0,8 , 1 va 1,5 m2 boʻlganda yengil ochiladigan konstruksiya hisoblanadi. Simli (armirovka qilingan) oynalar yengil ochiladigan konstruksiya hisoblanmaydi.
Oyna bilan qoplanadigan maydon hajmi yetarli boʻlmagan hollarda yengil ochiladigan konstruksiyalar sifatida poʻlat, alyuminiy va asbest-sementli listlardan tayyorlangan konstruksiya qoplamalari hamda samarali issiqlik qoplamasidan foydalanishga ruxsat beriladi. . Engil ochiladigan konstruksiyalar uchastkasidagi rulonli gilam qoplamalarini har birini, koʻpi bilan 180 m2 maydondan iborat kartalarga kesish lozim.
18. Engil ochiladigan konstruksiyalar maydonini hisob-kitoblar orqali aniqlash zarur. Hisob-kitob qilingan maʼlumotlar yoʻq boʻlgan hollarda yengil ochiladigan konstruksiyalar maydoni “A” toifali xonaning 1 m3 uchun kamida 0,05 m2, “B” toifali xonaning 1 m3 uchun esa kamida 0,03 m2 tashkil etishi lozim.
Engil ochiladigan konstruksiyalar qoplamalaridan chiqadigan hisoblangan kuchlanish 0,7 kRa (70 kgf/m2) dan oshmasligi lozim.
19. “A” va “B” toifali xonalarni yertoʻla hamda poydevor qavatlarida joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
Koʻrsatib oʻtilgan cheklash kuchga kiritilishidan oldin foydalanishga topshirilgan, “B” toifa ishlab chiqarish xonalari boʻlgan hamda yertoʻla va poydevor qavatida joylashgan binolardan mazkur Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan talablar bajarilishi sharti bilan foydalanishga ruxsat beriladi.
20. Loyihalarida “B” toifa xonalarni oʻzaro yoki boshqa toifa xonalari bilan bogʻlovchi yer osti galereyalari yoki tonnellari mavjudligi zarurati qatʼiy ravishda asoslangan boʻlishi zarur. “B” toifa binolarni loyihalashtirishda olovdan toʻsuvchi klapanlar va tambur-shlyuz qurilmalarisiz ularni boshqa bino va xonalar bilan bogʻlovchi tonnellar va yer osti galereyalarini qurish koʻzda tutilishiga ruxsat berilmaydi.
21. “B” toifali xonalarni bir-biridan va boshqa toifa xonalari, koridorlar hamda zinapoya maydonchalaridan ajratib turuvchi yongʻinga qarshi devordagi oʻtish joylari va toʻsiqlarda tambur-shlyuzlar joylashtirilishi koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
22. Tambur-shlyuzlarning “B” toifa ishlab chiqarish xonalar tomonidagi eshiklari (“B” toifa ishlab chiqarish xonalarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan portlash holatini zinapoya maydonchasi yoki boshqa ishlab chiqarish xonasiga oʻtishining oldini olish maqsadida) ichki tomonga ochilishi zarur.
23. “B” toifali xonalardagi tambur shlyuzlar (yonuvchan chang chiqaruvchi), shu jumladan xonalardan zinapoya maydonchasiga oʻtishdagi tambur-shlyuzlarda podporka uchun havo uzatish zarur emas (havo uzatuvchi ventilatsiya kanallari evakuatsiya yoʻllari orqali portlashni tarqalib ketishiga yordam berishi mumkin).
24. Ikkita xona uchun bitta umumiy tambur-shlyuzni joylashtirishga ruxsat beriladi (bunda, “B” toifa xonalarda ikkinchi evakuatsiya chiqish joyi boʻlishi zarur).
25. Tambur-shlyuzlarni joylashtirish texnik jihatdan mumkin boʻlmagan hollarda, tambur-shlyuzlarni joylashtirish boʻyicha talablar kuchga kiritilishidan oldin ishlab chiqilgan loyihalarga asosan qurilib, ishlayotgan elevatorlar, tegirmonlar, arpa va kombikorm zavodlaridan foydalanish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash jarayonida koʻrsatib oʻtilgan xonalardan, eshiklari qarama-qarshi tomonlarga ochiladigan kichik chuqurlikdagi (ikkita eshik tipli) yoki odatda “B” toifa ishlab chiqarish xonasi tomoniga ochiladigan bitta eshikli tambur-shlyuzlardan foydalanish mumkin. Bunda, koʻrsatilgan xonalarning yongʻin va portlash xavfsizligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan tashkiliy-texnik kompensatsiyalovchi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi zarur.
26. Koʻp qavatli ishlab chiqarish binolarining zinapoya maydonchalari “B” toifa xonalaridan havo zonalari yoki tambur-shlyuzlar bilan toʻsilgan boʻlishi zarur.
27. “B” toifali ishlab chiqarish binolarining balandligi yerdagi rejalashtirilgan belgidan oxirgi qavatning poligacha 30 metrdan oshiq hollarda H1 (zinapoya maydonchasiga ochiq oʻtish joylaridan tashqi havo zonasi orqali) yoki N3 (zinapoya maydonchasiga bevosita qavatdan tambur-shlyuz orqali oʻtish) tipidagi tutun yigʻilmaydigan zinapoya maydonchalari koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
N2 tipidagi (zinapoya maydonchasiga havo uzatiladigan) tutun yigʻilmaydigan zinapoya maydonchasi joylashtirilishini koʻzda tutishga ham ruxsat beriladi.
28. Elevatorlarning ish binolarida H1 tipidagi (ayvon va lodjiyalardan tashqi havo zonasi orqali chiqish) tutun yigʻilmaydigan zinapoyalarni joylashtirishga ruxsat beriladi.
29. Ishlayotgan ishlab chiqarishlar va obyektlarda elektr kabellari oʻtkazilgan zinapoya maydonchalaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda ushbu kabellar mexanik himoyalangan (koroblar, kojuxlar va shu kabilar bilan) hamda ularda taqsimlovchi shitlar va har qavatda qoʻlda boshqariladigan yongʻindan xabar beruvchi vositalar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
30. Evakuatsiya yoʻllari bino xonalarida joylashgan barcha odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlashi zarur.
Evakuatsiya yoʻllarida ishlab chiqarish jihozlarini oʻrnatish va ushbu joylarni toʻsib qoʻyish man etiladi.
31. Har bir ishlab chiqarish xonasi va binosida evakuatsiya chiqish yoʻli kamida ikkita boʻlishi zarur.
32. Chiqish joylari quyidagi xonalardan chiqilganda evakuatsiya hisoblanadi:
a) birinchi qavatdan bevosita yoki koridor, vestibyul (foye) zinapoya maydonchasi orqali tashqariga;
b) birinchi qavatdan tashqari boshqa barcha qavatlardan zinapoya maydonchasiga oʻtiladigan koridorga yoki bevosita zinapoya maydonchasiga (shu jumladan xoll orqali). Bunda zinapoya maydonchalarining bevosita tashqariga yoki tutashuvchi koridorlardan eshiklari bor boʻlgan toʻsiqli chiqish joylari boʻlishi zarur;
v) oʻsha qavatning oʻzidagi qoʻshni xonaga yuqorida “a” va “b” bandlarda koʻrsatilgan, chiqish joylari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur, qurilish meʼyorlari va qoidalarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
33. Evakuatsiya chiqish joylarini “A” va “B” toifa xonalarida koʻzda tutishga ruxsat berilmaydi.
Ikkinchi evakuatsiya chiqish joylari sifatida tashqi yongʻinga qarshi zinapoyalar (3-tipli tashqi ochiq zinapoyalar)dan foydalanishga ruxsat beriladi.
34. Evakuatsiya yoʻlidagi eshiklar odatda binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur (“A” va “B” toifa xonalaridan chiqish joylari, agar ular boshqa toifa xonalariga oʻtilmaydigan boʻlsa, bundan mustasno).
Tashqi evakuatsiya zinapoyalariga chiqiladigan eshiklar, ichkaridan kalitsiz ochish imkonini beradigan yopuvchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
35. Koʻp qavatli binolarda, odamlarni evakuatsiya qilishga moʻljallangan tashqi poʻlat zinapoyalar odatda, tashqi devorlarning toʻsilgan uchastkalarida joylashtiriladi.
Koʻrsatib oʻtilgan zinapoyalarni oynalangan joylarda joylashtirishga ruxsat beriladi. Bunda, zinapoyalarning oynaband tomonidan yonmaydigan materialdan tayyorlangan toʻsiqlari boʻlib, qavatdan chiqish joylari esa toʻsiq tashqarisida joylashgan boʻlishi zarur.
Tashqi evakuatsiya zinapoyasi oynalangan oʻtish joylari qarama-qarshisida joylashgan ishlab turgan ishlab chiqarishlar va obyektlardan, toʻsiqlarning joylashishi bitta xonadagi LSK maydonini meʼyoriy talablarda belgilangan oʻlchamlardan kichiklashtiradigan hollarda, yalpi toʻsiqsiz foydalanishga ruxsat beriladi.
36. Silos korpuslarida silos qavatlari yuqorisidagi boshqa bino va inshootlarga oʻtiladigan, zinapoya maydonchalari va tashqi evakuatsiya zinapoyalari bilan jihozlangan konveyer galereyalaridan evakuatsiya chiqish joylari sifatida foydalanishga ruxsat beriladi.
37. Bitta inshootga birlashtirilgan yoki oʻzaro va elevatorlarning ish binolari, shuningdek don mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish binolari bilan konveyer galereyalari orqali bogʻlangan silos korpuslarida zinapoya maydonchalarini joylashtirmaslik mumkin.
Bunda, elevator ish binolari va silos korpuslarida silos yuqorisidagi qavat tomigacha yetadigan ochiq poʻlat evakuatsiya zinapoyalari boʻlishi zarur.
Silos yuqorisidagi qavat xonasining eng uzoqda joylashgan uchastkasidan tashqi zinapoya yoki zinapoya maydonchasiga chiqadigan joygacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi zarur.
38. Quyidagi joylarda bitta (ikkinchisini joylashtirmagan holda)evakuatsiya chiqish joyini joylashtirishga ruxsat beriladi:
a) “A” va “B” toifa xonalar orqali oʻsha qavatda joylashgan, ishlab chiqarish yoki muhandislik jihozlari oʻrnatilgan va muntazam ravishda odamlar boʻlishi mustasno etilgan xonalarda;
b) chiqish joyigacha 25 m dan uzoq boʻlmagan va ushbu chiqish joyi qavatdan ikkita evakuatsiya chiqish joyiga olib chiqqan hollarda istalgan qavatda joylashgan xonadan, eng koʻp ishchilar ishlaydigan smenada ishlovchilar soni:
“A” va “B” toifa xonalarda — 5 kishi;
“V” toifa xonada — 25 kishidan oshmagan hollarda.
v) yertoʻla, poydevor yoki yer ustki qavatda joylashgan xonadan, agar ushbu chiqish joyi bevosita tashqariga yoki tashqariga chiqadigan zinapoyaga olib chiqqan hollarda va xonadagi eng uzoq joylashgan uchastkadan chiqish joyigacha masofa 25 m dan oshmagan hollarda (zinapoya balandligining uch barobariga teng boʻlgan zinapoya uzunligiga teng masofani hisobga olgan holda) hamda eng koʻp ishchilar ishlaydigan smenada ishlovchilar soni 5 kishidan oshmagan hollarda;
g) birinchi qavatdan yuqorida muntazam ravishda ishlovchilar boʻlmaydigan bino va inshootlarda. Bunday hollarda bitta evakuatsiya chiqish joyi tutun yigʻilmaydigan zinapoya maydonchasi yoki 3-tipli tashqi zinapoya orqali joylashtirilishi mumkin.
39. “B” toifa ishlab chiqarish binolari va inshootlarini bogʻlab turadigan galereyalarda, odatda profili poʻlat ruxlangan yoki asbest sementli (shiferli) listlardan tayyorlangan yengil ochiladigan konstruksiyalar koʻzda tutiladi.
40. Elevatorlarning ish binolarini va “B” toifa boshqa binolarni xomashyoni yerda saqlanadigan omborlar bilan bogʻlash don omborlaridan yongʻinga qarshi 1-tipli toʻsiqlar va tambur-shlyuzlar bilan ajratilgan konveyer galereyalari orqali joylashtirish koʻzda tutiladi.
Konveyerlar oʻtkaziladigan oʻtish joylari avtomatlashtirilgan yongʻinga qarshi klapanlar yoki himoya shitlari bilan himoyalangan boʻlishi zarur.
41. Elektr xonalari (taqsimlovchi podstansiyalar, transformator podstansiyalari, taqsimlovchi qurilmalar va shu kabilar)ni loyihalashtirishda, ularni “A” va “B” toifa xonalari (turli klassdagi portlash xavfi mavjud zonalari) ustida va (yoki) ostida joylashtirilishiga ruxsat berilmaydi.
Qoʻshimcha qurilgan elektr xonalarini “B” toifa (V-Pa klassli zona) osti yoki ustida joylashtirishga, agar elektr xonalarida havoning ortiqcha bosimi hamda kirish tuynuklari va ochiq joylarni yonmaydigan materiallar bilan zich yopilgan hollarda joylashtirishga ruxsat beriladi.
Koʻrsatib oʻtilgan talablar kuchga kiritilishidan oldin ishlab chiqilgan loyihalar asosida qurilgan ishlab turgan obyektlarda ushbu talablarni texnik tomondan bajarish imkoni boʻlmagan hollarda, ulardan “B” toifa xonalariga chiqish joyi boʻlgan, “B” toifa xonalarining ustida va (yoki) ostida joylashtirilgan elektr xonalari bilan birgalikda foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda kabellarning ishlab chiqarish xonalariga oʻtish joylarini germetik zichlash va elektr himoya xonalaridan “B” kategoriya xonalariga oʻtish joylarida tambur-shlyuzlar joylashtirish zarur.
42. Ishlab chiqarish xonalarining devorlari va toʻsinlarida ochiq joylar va tuynuklar joylashtirilishiga, faqatgina ishlab chiqarish zarurati (masalan, jihozlarni montaj qilish uchun) yoki isitiladigan xonalarda havo almashishi maqsadida ruxsat beriladi.
43. Un saqlash uchun moʻljallangan bunkerlar va siloslar oraligʻida qayta oʻtkazuvchi oynalarni joylashtirish man etiladi.
44. Kabellarni oʻtkazish uchun moʻljallangan shaxtalarda noriylar va boshqa jihozlar, oqova quvurlar va aspiratsiya havo oʻtkazgichlarini joylashtirish man etiladi.
Akkumulyatorda ishlaydigan pogruzchiklar uchun moʻljallangan zaryadka stansiyasi boshqa omborxonalardan 1-tipli yongʻinga qarshi toʻsiq devorlari va 3-tipli yongʻinga qarshi toʻsinlar bilan toʻsilgan boʻlishi hamda alohida chiqish joyi boʻlishi zarur.
Zaryadka stansiyalarini yertoʻla xonalarida joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
Zaryadka stansiyalarini “B” va “V” toifa binolari va xonalariga tutashtirib qurish hamda ularni koʻp qavatli binolar xonalarida joylashtirish mumkin boʻlib, bunda, ular tashqi devor oldida joylashtirilishi, ushbu qavatlar gazlar kirishidan himoyalanishi hamda portlashga qarshi chora-tadbirlar koʻrilishi zarur.
Ishlab turgan ishlab chiqarishlar va obyektlar uchun zaryadka xonasini tambur-shlyuzlar orqali “V” toifa xonalari bilan bogʻlashga ruxsat beriladi.
45. Melassa va moylar saqlash uchun moʻljallangan omborlarni yertoʻla (poydevor) qavatlarida joylashtirishda, ularni boshqa ishlab chiqarish xonalaridan yongʻinga qarshi chidamlilik chegarasi REI 45 dan kam boʻlmagan yonmaydigan materiallardan tayyorlangan qurilish konstruksiyalari bilan izolatsiya qilish va alohida chiqish joyini joylashtirish zarur.
46. Aspiratsiya havo oʻtkazgichlari, havo bilan isitish tizimi quvurlari, material uzatuvchi quvurlar, oqova quvurlar, noriy va konveyerlarni maishiy, yordamchi va maʼmuriy-xoʻjalik xonalari, boshqarish pulti, elektr taqsimlash qurilmalari va ventilatsiya kameralari joylashgan xonalar, shuningdek zinapoya maydonchalari va tambur-shlyuzlar orqali oʻtkazish man etiladi.
47. Binolar tashqarisida devorda yoki tomda oʻrnatiladigan siklonlar (siklonlar bilan bir balandlikda yoki undan balandda joylashgan derazalar mavjud hollarda) eng baland joylashgan derazalardan yuqori chiqarilgan quvurlar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
48. Silos va bunkerlar uchun moʻljallangan lyuklar, shuningdek oqova quvurlar, aspiratsion havo oʻtkazgichlar va koroblardagi lyukchalarning xonaga chang kirishiga yoʻl qoʻymaydigan zich yopiladigan ulanishlari boʻlishi zarur.
49. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun moʻljallangan maʼmuriy va maishiy xonalar, odatda alohida binolarda joylashtirilgan boʻlib, ishlab chiqarish sexlari bilan isitiladigan oʻtish joylari orqali bogʻlangan boʻlishi zarur.
50. Ishlab chiqarish xonalarida maishiy va odamlar gavjum boʻladigan (qisqa vaqt davomida yoki muntazam ravishda) xonalar (majlislar xonasi, ovqatlanish xonasi va shu kabilar) joylashtirilishiga ruxsat berilmaydi.
51. Maʼmuriy-maishiy xonalarni “G”, “D” yoki “V” toifali ishlab chiqarish binolarining yon tomoniga tutash qurilgan xonalarga joylashtirishga ruxsat beriladi.
Tutash qurilgan maʼmuriy-maishiy xonalarni “V” toifa xonasining ustida yoki ostida, olovga chidamlilik chegarasi R 90 boʻlgan yongʻinga qarshi toʻsiq devori hamda 3-tipli yongʻinga qarshi toʻsiq bilan toʻsilgan holda joylashtirishga ruxsat beriladi.
52. Ishlab chiqarish binolarida dispetcherlik, ishchilarning isinish xonalarini, shuningdek odamlar muntazam yigʻilmaydigan yordamchi xonalarni joylashtirishga ruxsat beriladi.
53. Ishlab chiqarish binolarida hojatxonalarni, ichimlik suv taʼminoti xonasi, ustalar hamda ishlab chiqarish sharoitidan kelib chiqib, bevosita ish joyining yaqinida boʻlishi zarur boʻlgan boshqa xonalarni joylashtirishga ruxsat beriladi.
54. Ishlab chiqarish va omborxona binolarini portlash xavfsizligi meʼyorlari va qoidalariga rioya qilgan holda qoʻshma ishlab chiqarishlarni tutashtirishga ruxsat beriladi. Bunda tutashtirib qurilayotgan ishlab chiqarishlar binolar, inshootlar va ishlab chiqarish xonalar(zona)i portlash, portlash yongʻin va yongʻin xavfsizligi boʻyicha toifa va klassidan oshmasligi zarur.
55. Chiqindilar, chang va changsimon mahsulotlarni saqlash uchun moʻljallangan bunkerlarni portlash va yongʻin xavfi mavjud bino va inshootlarga joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
56. Yerga joylashtiriladigan tipdagi mexanizatsiyalashgan omborlar, kombikormlar, kepak, un, shrot, jmix, otrublarini saqlashda portlash va yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi zarur.
2§. Ishlab chiqarish jihozlari(texnik qurilmalar)ga nisbatan talablar
57. Har bir ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar tasdiqlangan chizma boʻyicha amaldagi texnologik jarayonlarni tashkil etish va yuritish qoidalari hamda mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
58. Jihozlardan texnologik chizma talablariga muvofiq ishlab chiqarish va yoʻnalishi va maqsadida foydalanish zarur boʻlib, unga yuklanadigan kuchlanishlar pasportida koʻrsatilgan oʻlchamlar, texnologik loyihalash meʼyorlari hamda texnologik jarayonlarni tashkil etish va yuritish qoidalar bilan belgilangan oʻlchamlardan oshmasligi zarur.
59. Chang va havo aralashmasini yondirish manbasi paydo boʻlishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish jihozlarini emirilish va undan ishlab chiqarish xonalariga yonuvchan moddalar chiqishini maksimal chiqarilishdan himoya qilish zarur.
60. Portlovchi razryadli qurilmalar noriyalar, bolgʻali maydalovchilar, filtr-siklonlar, qizdirish kamerasi boʻlgan retsirkulyar don qurituvchilar, qizdirish kamerasi boʻlgan shaxtali don qurituvchilar va kaskadli qizdiruvchilarda oʻrnatiladi.
Portlovchi razryadli qurilmalarni quyidagilarga oʻrnatmaslikka ruxsat beriladi:
a) noriyalarda hamda mineral xomashyoni uzatish va maydalash drobilkalarida;
b) erkin hajmi 0,25 m3 dan kam boʻlgan noriyalarda, ish zonasi va chiqarish (drobilka osti) bunkerining hajmi 0,3 m3 dan kam boʻlgan drobilkalarda va erkin hajmi 0,5 m3 dan kam boʻlgan filtr-siklonlarda.
61. Portlovchi razryadli qurilmalar “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining meʼyoriy hujjatlariga muvofiq oʻrnatiladi.
62. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda portlovchi razryadli qurilmalarni ishlab chiqarish xonasiga oʻrnatishga ruxsat beriladi. Bunda, ularga chiqarilayotgan portlab yonadigan mahsulotlarning haroratini pasaytiradigan, olovni toʻsadigan hamda alangani oʻchiradigan moslamalarni oʻrnatish zarur.
63. Noriyli quvurlar noriy (mineral xomashyo noriysidan tashqari), bunkerlar ichidan oʻtkazilgan, silos va shaxtalar changdan portlovchi ichki qoldiq bosim hamda bunker va silosdagi mayda kukunli mahsulotning tashqi bosimiga moʻljallangan boʻlishi zarur.
Noriylarni emirilishdan himoya qilish uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan usullarda tayyorlangan noriyli quvurlarni kuchaytirishga ruxsat beriladi.
Hisoblangan maʼlumotlar boʻlmagan hollarda quvurlar payvandlanadigan, aylana kesimli, devorining qalinligi kamida 2 mm boʻlishi zarur.
64. Portlab yonuvchi yuqori haroratli mahsulotlarning oqova quvurlar, havo oʻtkazgichlar, yopiq konveyerlar va boshqa kommunikatsiyalar boʻylab tarqalishining oldini olish uchun, ikkilamchi portlash hollariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bunker va siloslar ichida portlash hollarini lokalizatsiya qilish tizimini oʻrnatish koʻzda tutilishi lozim.
65. Portlash holatlarini lokalizatsiya qilish tizimi umumiy texnologik liniyani olovni toʻsuvchi (alangani oʻchiruvchi) va portlashni razryadka qiluvchi qurilmalarni oʻrnatish orqali, nisbatan qisqa, lokallashtirilgan uchastkalarga boʻlishni taʼminlashi lozim.
66. Olovni toʻsuvchi (alangani oʻchiruvchi) qurilma sifatida shlyuzli zatvorlar, vintsimon konveyerlar, porsiyalovchi tarozilar, portlash tarqalishining oldini oluvchi tezkor taʼsir etadigan qurilmalardan foydalanish mumkin.
67. Olovni toʻsuvchi (alangani oʻchiruvchi) qurilmalar va boshqaruvchi datchiklar (birlamchi portlashni aniqlaydigan datchik-indikatorlar)ni oʻrnatish joylari loyihaning texnologik qismida belgilanib, asoslangan boʻlishi zarur.
68. Olovni toʻsuvchi (alangani oʻchiruvchi) qurilmalar quyidagi kommunikatsiyalarga oʻrnatiladi (mineral xomashyo kommunikatsiyalaridan tashqari):
a) bunker va siloslarga bevosita yuklanadigan noriy golovkalari va drobilkalardagi quvur oʻtkazgichlar;
b) bunker va siloslarga zanjirli va yopiq lentali konveyerlar orqali bevosita yuklanadigan noriy glolovkalari va drobilkalardagi quvur oʻtkazgichlar;
v) noriy golovkali tarozi ustidagi bunkerlarga yuklanadigan quvur oʻtkazgichlar;
g) noriy golovkasidan tutash oʻrnatilgan don qurituvchi bunkerlardagi don uzatuvchi quvur oʻtkazgichlar;
d) bunkerlar, siloslar yoki elevator noriylarini alohida joylashgan don qurituvchilari bilan ulaydigan (shu jumladan zanjirli va yopiq lentali konveyerlar orqali) quvur oʻtkazgichlar.
69. Noriylar tezlikni nazorat qiluvchi rele (TNR) va podporka datchiklari, shuningdek lenta sirpanib chiqib ketishini nazorat qiluvchi moslama bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Podporka datchiklari noriylarning kiruvchi shoxobchasiga oʻrnatiladi. Ularni oʻrnatish uchun tavsiya etiladigan balandlik noriy bashmakidan 300-400 mm ni tashkil etadi.
70. Noriylar toʻsatdan toʻxtagan vaqtda lenta orqaga harakatlanishining oldini olishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan holda ishlab ketadigan toʻxtatuvchi (tormozlovchi) moslamalar bilan butlangan boʻlishi zarur.
71. Birlashtirilgan noriylar konstruksiyasi har bir lentani alohida tortish imkonini berishi zarur. Birlashtirilgan noriy har bir lenta tezligini nazorat qiluvchi mustaqil rele bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
72. Lenta harakatining tezligi 1 m/s va undan ortiq boʻlgan turgʻun lentali konveyerlar TNR bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
73. Zanjirli va vintsimon konveyerlarda koroblarini quyidagi mahsulotlar bilan toʻlib, tiqilib qolishining oldini olishga moʻljallangan moslamalari boʻlishi zarur: yuqori nuqta datchikli bunker va siloslarga toʻkiluvchi oqovalar;
uchida oʻchiruvchi moslamalr oʻrnatilgan himoya klapanlari; podporka datchiki yoki boshqa qurilmalar.
Konveyerlarni toʻlib, tiqilib qolishidan himoya qiladigan moslamalarni qoʻllash, loyiha hujjatlarida koʻzda tutilishi lozim.
74. Zanjirli konveyerlarda zanjir uzilishini nazorat qiluvchi qurilma oʻrnatilishi koʻzda tutiladi.
75. Mazkur Qoidalarning 69—74-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan moslamalar ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan seriyali ishlab chiqarilayotgan jihozlarning komplektatsiyasiga kiritilishi zarur.
76. Tashqi yuzasining harorati 45°S dan yuqori boʻlgan jihozlar, sigʻimlar, mahsulot uzatuvchilarning issiqlik izolatsiyasi boʻlishi zarur.
77. Jihozlar va mahsulot uzatuvchilarning konstruksiyasi germetik zichlikni taʼminlashi zarur. Texnologik liniyalarni ishlab chiqarish xonalariga chang kirmasligi uchun aspiratsiya qilinadi.
78. Chang chiqaruvchi, lyuklari, qopqoqlari va eshikchalari ochiq mashinalarni ishga tushirish man etiladi.
79. Ishlab chiqarish xonalarida changni tozalash ishlari tashkilot rahbari (texnik direktori) tasdiqlaydigan jadvallarga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshiriladi. Chang tozalash jadvallari ishlab chiqarish xonalariga ilib qoʻyiladi. Jadvallarda joriy va bosh tozalash ishlarining davriyligi hamda ish hajmlari koʻrsatiladi.
80. Ishlab chiqarish xonalarida changni tozalash uchun portlash xavfi mavjud xonalar (zonalar)da ishlab chiqarish talablariga javob beruvchi V-Pa klassli pnevmatik yoki mexanik usulda changni markazlashgan holda tozalash qurilmalarini qoʻllash tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish xonalarini tozalashda yonuvchan suyuqliklardan foydalanish man etiladi.
81. Jihozlar doimo soz holda boʻlishi, sozlangan boʻlishi, oʻziga xos boʻlmagan shovqin chiqarmasligi, vibratsiya va harakatlanuvchi qismlarining ishqalanishi yuqori boʻlmasligi zarur.
82. Ishlab chiqarishlar va obyektlarda jihozlarni rejali-ogohlantiruvchi taʼmirlash (ROT)tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan boʻlishi zarur.
83. Turbokompressorlar, turbohavopurkovchi mashinalar, drobilkalar va valsovka qiluvchi stanoklarning podshipniklari haroratini masofadan turib, avtomatlashtirilgan holda nazorat qilish qurilmalarini koʻzda tutish tavsiya etiladi.
84. Portlash xavfini oldini oluvchi vositalar ishini nazorat qilish belgilangan tartibda, tegishli kitobga yozuvlarni qayd etgan holda, har oyda amalga oshiriladi.
85. Valsovka qiluvchi stanoklar, drobilkalar, paletsli va shtiftli maydalagichlar, detasherlar, entoleytorlar, bogʻlovchi mashinalar, oboyli mashinalar, yassilovchi stanoklar, granulyatorlar va boshqa zarbli taʼsir koʻrsatadigan mashinalar oldida magnitli toʻsiq, shuningdek begona jismlarni tortib oluvchi qurilma oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
Agar entoleytor yoki detasher bevosita valsovka stanogidan keyin oʻrnatilgan boʻlsa, magnitli himoyani faqatgina valsovka stanogi oldida oʻrnatishga ruxsat beriladi.
86. Magnitli toʻsiqlarni xomashyoni avtomobil, suv va temir yoʻl transportidan qabul qilish joylarida oʻrnatish koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
87. Bolgʻali drobilkalarning elektr privodlari drobilka usti bunkerlarning pastki darajasi datchiklari bilan blokirovka qilingan boʻlishi zarur.
88. Drobilkalarning konstruksiyalarida yuklash qurilmasi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
89. Drobilkalar unda begona jismlar va maydalash mahsullari yoʻqligi, butlanganligi, mustahkam mahkamlanganligi va rotordagi bolgʻalarning holati va elaklarning butligi sinchkovlik bilan tekshirilgandan keyingina ishga tushirilishi lozim.
90. Valsovka stanoklarini mahsulot yuklanmagan holda, siqilgan valslari boʻlsa, ularning qiyshayishi va oʻqi boʻylab siljishi hollarida ishga tushirish mumkin emas.
91. Ishlayotgan noriylardan foydalanishda ularni nazorat vositalari bilan jihozlanmaguncha (mazkur Qoidalarning 69-bandi), uning barabanda probuksovka qilishi hamda lenta va kovshlarni noriy quvuri, golovka va bashmak kojuxiga tegishi hollarini istisno etadigan darajada noriy lentasining tortilishi va yurishini sozlash taʼminlanishi zarur.
92. Lentali konveyerlarning ishlashida konveyer lentasining baraban va roliklardan chiqib ketishi, asosiy konstruksiyalarga tegishi hamda barabanlarda probuksovka qilishi hollarini istisno etgan holda normal ishlashi taʼminlanishi zarur.
93. Transportyor lentalari uchlari va privod remenlarini metall skoba, boltlar va boshqa shu kabilar bilan ulashga ruxsat berilmaydi (ular issiq vulkanizatsiyadan foydalangan holda, xom remenlar va shu kabilar bilan tikish orqali ulanishi zarur).
94. Qoziq remenli uzatishlarda barcha qoziqli remenlarning tortilishi bir xilda boʻlishi lozim.
Privodni qoziqli remenlar butlanmagan va shkiv ariqchalariga mos boʻlmagan profilli remenlardan foydalangan holda ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Alohida qoziqli remenlarini almashtirishga ruxsat berilmaydi. Privod remenlarini almashtirish yoki ularni butlash zarurati hollarida qoziqli remenlarning butun komplekti (paketi) almashtirilishi zarur.
95. Jihozlar quyidagi nosozlik hollarida toʻxtatilishi lozim:
oʻziga xos boʻlmagan shovqin va tebranish paydo boʻlganda;
mahsulot toʻldirilib, tiqilib qolsa, podporka boʻlsa va toshirib yuborilgan hollarda;
buzilish va nosozliklarda;
ish organlariga begona jismlarning tushishida;
aspiratsiyasi ishlamaganda;
96. Barcha portlash va yongʻin hamda yongʻin xavfi bor ishlab chiqarish binolari va xonalarda chekish man etiladi. Chekish, alohida ajratilgan yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan, sigareta qoldiqlari uchun chelak va suv toʻldirilgan idishlar oʻrnatilgan joylarda ruxsat beriladi. Ushbu joylarda “Chekish joyi” belgisi oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
3§. Masofadan turib avtomatlashtirilgan holda boshqarish, jihozlarni blokirovka qilish va ishini nazorat qilish
97. Jihozlarning elektr privodlarini masofadan turib avtomatlashtirilgan holda boshqarish (MTB), jihozlar ishini nazorat qilish, avtoblokirovka qilish, ishlab chiqarish va avariyaviy signalizatsiya texnologik loyihalashtirish meʼyorlari hamda mazkur Qoidalar talablariga javob berishi zarur.
98. Boshqarish uslublari (usullari), avtomatlashtirish hajmlari va buning uchun foydalaniladigan element bazasi loyihalashtirish uchun texnik vazifa bilan belgilanadi va loyihalashtirilayotgan ishlab chiqarish yoki obyektning mazkur Qoidalar talablari bilan oʻrnatilgan portlash xavfsizligi darajasini pasaytirmasligi zarur.
99. Jihozlar ishini masofadan turib avtomatlashtirilgan holda boshqarish quyidagilarni taʼminlashi zarur:
1) Portlash xavfining oldini olishga moʻljallangan vositalar ish qobiliyatini nazorat qilish imkonini (shu jumladan, tezligini nazorat qilish relesi, lenta chiqib ketishini nazorat qilish qurilmasi, podporka datchiki va hokazo) berishi.
2) Texnologik liniya yoki jihozlarni avtomatlashtirilgan holda avariyaviy oʻchirish toʻgʻrisida signal bergan qurilmani aniqlashi.
100. Portlash va yongʻin xavfi bor ishlab chiqarishlarda quyidagilarni koʻzda tutish zarur:
a) jihozlarning elektr dvigatellarini masofadan turib markazlashgan holda ishga tushirish va oʻchirish;
b) sexdagi barcha elektr dvigatellarini turli qavat va boshqarish pulti(dispetcherlik)dan turib avariyaviy holda toʻxtatish;
v) jihozlarning har bir birlik elektr privodini mahalliy boshqarish;
g) jihozlar yoki bir guruh jihozlarning elektr dvigatellarini avtoblokirovka qilishda, ularni ishga tushirish va toʻxtatish ketma-ketligi, shuningdek ushbu guruh ichidagi bironta mashinani avariyaviy toʻxtatish natijasida tiqilib qolish va podporka istisno etilishi zarur;
d) aspiratsiya qurilmalari va jihozlarini, aspiratsiya qurilmalari ishga tushirilgandan keyin maʼlum muddatdan keyin ishga tushishini, aspiratsiya qilinadigan jihozlar toʻxtatilgandan keyin maʼlum muddatdan keyin toʻxtatilishini hamda aspiratsiya qurilmalari avariyaviy toʻxtatilgan vaqtda jihozlarni zudlik bilan toʻxtatilishini taʼminlaydigan aspiratsiya qurilmalari va aspiratsiya qilinadigan mashinalar elektr dvigatellarining blokirovkasi;
e) elektr magnitli separatorlarning, elektr magnit zanjirlarida doimiy tok yoʻq hollarida toʻxtashini taʼminlaydigan elektr dvigatellarining blokirovkasi;
j) silos va bunkerlarda xomashyo va mahsulotlarning yuqori va pastki darajasini masofadan turib nazorat qilish;
z) har bir havo haydaydigan mashinada ishga tushirish moslamalari boʻlgan havo haydovchi mashina zadvijkalari privodining blokirovkasi;
i) silos va bunkerlar ostidagi zadvijka va chiqaruvchi qurilmalar, oʻzgaruvchan klapanlar va boshqalarning elektr privodlarini masofadan turib boshqarish;
k) poʻchoq tozalovchi, silliqlovchi mashinalar, soch oluvchi stanoklar, valsovka qiluvchi stanoklar, presslar, bolgʻali drobilkalar, quvurlar orqali havo haydovchi mashinalar, noriylarning elektr privodlaridagi zanjirlarida (boshqarish pultlari yoki mashinalar oldida) ampermetrlar oʻrnatish orqali yuklanishini nazorat qilish;
l) noriylar ishini nazorat qilish;
Ishlab turgan ishlab chiqarishlar va obyektlarda transmissiya privodli har bir noriydan chiqqan TNR uchun faqat avariyaviy yorugʻlik va ovozli signalizatsiyani yoqish koʻzda tutilgan boʻlishi mumkin;
m) pnevmotransport tizimidagi turgʻun lentali konveyerlar, zanjirli konveyerlar, vintsimon konveyerlar va shlyuzli zatvorlar ishini nazorat qilish;
Konveyerlarni boshqarish chizmasida avariya holatini bartaraf etguncha privodni takroran ishga tushirilishini istisno etuvchi blokirovka koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
Avtomatlashtirilgan transport yoki texnologik liniyalar tarkibiga kiruvchi konveyerlarda avariya holati sodir boʻlganda privodni avtomatik ravishda toʻxtatuvchi qurilmalar koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
Bir nechta ketma-ket oʻrnatilgan va birgalikda ishlaydigan konveyerlar yoki boshqa mashinalar (toʻldirib turuvchilar, noriylar, drobilkalar va shu kabilar) bilan birgalikda oʻrnatilgan konveyerlardan iborat texnologik liniyalarda konveyerlar va barcha mashinalarning privodlari biror bir mashina yoki konveyer toʻsatdan toʻxtab qolgan hollarda oldida turgan mashina yoki konveyerlar avtomatik ravishda toʻxtatiladigan, undan keyinda turganlari esa ulardan uzatilayotgan mahsulot toʻliq tushirilguncha ishlashni davom ettirish imkoni mavjud boʻlgan holda blokirovka qilingan boʻlishi zarur.
n) pnevmatik tarmoqlardagi havo haydaydigan turbomashinalardan iborat toʻkuvchilarning shlyuzli zatvorlarini blokirovka qilish;
o) turbokompressorlar, turbohavo haydovchilar, valsovka stanoklari va drobilkalardagi podshipniklarning haroratini nazorat qilish;
p) jihozlar elektr dvigatellarini ishga tushiruvchi yorugʻlik va ovozli signalizatsiyalar va ularning ishini nazorat qilish;
r) operator va ish joylari orasida ikki tomonlama baland ovozli ishlab chiqarish hamda telefon aloqasi;
s) drobilkalarda yuklash jarayonini avtomatik ravishda boshqarish uchun moʻljallangan qurilma koʻzda tutilgan hollarda, ushbu qurilma drobilka elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi zarur;
t) smesitel ichiga belkuraklari buralishini sozlash, belkurak va togʻora orasidagi oraliqni oʻzgartirish va boshqa ishlar uchun kirish uchun moʻljallangan qopqoqlar, mashinani oʻchirish va toʻliq toʻxtatish uchun moʻljallangan privod elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi zarur;
u) elevatorlarda qoʻshimcha ravishda quyidagilar boʻlishi zarur:
asosiy noriylarni, boshqarish pulti yoki joyida ampermetrlarni oʻrnatgan holda yuklash ustidan nazorat qilish;
ish binosida bunkerlaridagi don hamda zarur hollarda silos korpuslaridagi siloslarning yuqori va pastki darajasi ustidan masofadan turib nazorat qilish.
101. Oʻsimlik xomashyosi (don, otrublar, shrot, jmix, oʻt uni, arpa va hokazo) saqlash uchun moʻljallangan elevatorlar va silos korpuslarining barcha silosi xomashyo haroratini masofadan turib nazorat qilish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
4§. Aspiratsiya va pnevmotransport
102. “B” toifa xonalaridagi pnevmatransport va aspiratsiya qurilmalaridagi havo haydovchi mashinalar va ventilyatorlar chang ushlab qoluvchilardan keyin oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
“B” toifali xonalarda uchqun chiqishidan xavfsiz ventilyatorlarni filtrlar va siklonlardan oldin oʻrnatishga ruxsat beriladi.
103. Bitta aspiratsion qurilmada quyidagilarni birlashtirishga ruxsat berilmaydi:
xavfli jihozlar (noriylar, drobilkalar, valsovka stanoklari va boshqa zarbli mashinalar) va bunkerlarni changsizlantirish;
xavfli jihozlar va bunker tipidagi boshqa jihozlar (gravitatsion smesitellar, tarozlar va shu kabilar)ni changsizlantirish;
xavfli jihozlar va siloslarni changsizlantirish.
104. Chang yigʻish va saqlash uchun moʻljallangan sigʻimlar alohida qurilmalar bilan aspiratsiya qilinishi zarur.
105. Chang ushlab qoluvchi qurilmalardan keyin joylashtiriladigan aspiratsiya chang tindiruvchi shaxtalari, kameralari, koroblarini oʻrnatishga ruxsat berilmaydi.
106. Aspiratsiya qurilmalari jihozlari (filtrlar, siklonlar, ventilyatorlar va shu kabilar) “B” va “V” toifa ishlab chiqarish xonalarida transport va texnologik jihozlar bilan birgalikda joylashtirilishi mumkin.
107. Havo haydovchilarning gorizontal uchastkalari uzunligi minimal darajada boʻlishi zarur.
108. Tranzit havo haydovchilarni xomashyo va tayyor mahsulot omborlari, shuningdek turli toifa xonalari ichidan oʻtkazishga ruxsat berilmaydi.
109. Alohida turgan don qurituvchilarning ventilyatorlari va chang ushlovchilarini elevator ish binolarida joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
110. Aspiratsiya jihozlarining ulanishlari, kiruvchi va chiquvchi patrubkalarning jihozlar bilan ulangan joylarida mahsulotning changlanishi va ifloslanishini istisno etuvchi zichlantiruvchi prokladkalar boʻlishi zarur.
111. Pnevmotransport va aspiratsiya qurilmalarining havo haydovchilari, shuningdek oqova quvurlarda, ularning germetik zichligini buzadigan teshiklari, yoriqlari, darz ketgan joylari boʻlmasligi zarur.
112. Tarozlar germetik qoplama bilan yopilgan boʻlishi zarur.
113. Chang va boshqa chiqindilar chang ushlab qoluvchilardan uzluksiz chiqarib turilishi lozim.
114. Aspiratsiya qurilmalarining havo haydovchilari isitish tizimi quvurlari bilan tegib turishiga ruxsat berilmaydi.
115. Havo haydovchilar va material uzatuvchilar kamida ikki joyda yerlashtirilgan boʻlishi zarur.
Chang ushlab qoluvchilar va havo haydovchi mashinalar qoʻshimcha ravishda alohida yerlashtirilgan boʻlishi zarur. Qurilmalar elementlari orasidagi ulanishlarda, boltlar ostida elektr oʻtkazmaydigan boʻyoqlar bilan boʻyalgan, dielektrik materiallardan tayyorlangan shaybalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
116. Aspiratsiya qurilmalari texnologik va transport jihozlari bilan blokirovka qilingan boʻlishi zarur. Aspiratsiya qurilmalari texnologik va transport jihozlaridan 15 — 20 daqiqa oldin ishga tushirilishi, shuningdek ular toʻxtagandan keyin 20 — 30 daqiqadan keyin toʻxtatilishi zarur.
117. Texnologik va transport jihozlari ishlayotgan vaqtda aspiratsiya qurilmalarini oʻchirish qatʼiyan man etiladi.
118. Barcha siloslar va bunkerlar aspiratsiya va boshqa qurilmalar bilan shunday jihozlangan boʻlishlari zarur-ki, bunda don, tayyor mahsulot yoki chiqindilar bilan toʻldirish vaqtida siqib chiqariladigan chang havo ish xonasiga kirishi istisno etilsin. Chang yigʻish va saqlash sigʻimlari hamda tezkor sigʻimlarning aspiratsiyasini texnologik va transport jihozlari bilan birgalikda bitta aspiratsiya qurilmasiga birlashtirishga ruxsat berilmaydi. Chang yigʻish va saqlash sigʻimlarini alohida qurilma bilan aspiratsiya qilish lozim boʻlib, tezkor sigʻimlarni aylanadigan detallar, masalan, toʻldiruvchi lotoklar, buriladigan quvurlar va shu kabilar boʻlmagan jihozlar bilan birga bitta aspiratsiya qurilmasiga birlashtirish mumkin.
119. Portlash va yongʻin xavfi mavjud obyektlarda aspiratsiya va pnevmotransport qurilmalarining ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan tuziladigan pasportlari boʻlishi zarur.
Aspiratsiya qurilmasini taʼmirlash (va jihozlarni almashtirish) boʻyicha bajarilgan har bir ishdan keyin, qurilma aspiratsiya boʻyicha muhandis yoki tashkilot rahbari tayinlaydigan boshqa shaxs tomonidan tekshirilishi va natijalari (shu jumladan barcha aniqlangan nuqsonlar) aspiratsiya qurilmasining pasportiga yozib qoʻyilishi zarur.
Aspiratsiya tarmoqlaridagi barcha oʻzgarishlar aspiratsiya qurilmasining pasportiga yozib qoʻyilishi lozim.
5§. Isitish va ventilatsiya
120. Portlash va yongʻin xavfi mavjud boʻlgan uch smena ish tashkil etilgan ishlab chiqarish xonalari uchun moʻljallangan ventilatsiya tizimlari havo yordamida isitish tizimi bilan birga joylashtiriladi. Boshqa ishlab chiqarish va yordamchi xonalarda suv bilan isitish koʻzda tutiladi.
121. Yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va texnik qayta jihozlanadigan ishlab chiqarishlar va obyektlarni loyihalashtirishda, ular havo uzatiladigan qurilmalar “A” va “B” toifa xizmat koʻrsatiladigan xonalarda joylashtirilishi mumkin emas.
“A” va “B” toifa xizmat koʻrsatiladigan xonalari portlash xavfidan himoyalangan hollarda ularda havo uzatish qurilmalarini oʻrnatishga ruxsat beriladi.
122. Izolatsiya qilingan xonalar va “A” va “B” toifa xizmat koʻrsatish xonalariga joylashtiriladigan, oddiy tayyorlangan havo uzatish tizimlari portlashdan himoyalangan, ventilsiya uchun moʻljallangan jihozlar xonalar toʻsiqlarini havo oʻtkazgichlar bilan kesishgan joylariga oʻrnatiladigan qaytaruvchi klapanlar bilan butlangan boʻlishi zarur.
123. Yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va texnik qayta jihozlanadigan ishlab chiqarishlar va obyektlarni loyihalashtirishda ventilatsiya va havo bilan isitish tizimlari koʻpi bilan uchta qavatda joylashtirilgan “B” toifa ishlab chiqarish xonalari uchun umumiy holda koʻzda tutiladi.
124. “B” toifa xonalariga xizmat koʻrsatuvchi ventilatsiya qurilmalarida avariya va yongʻin holatlarida masofadan turib oʻchirish moslamalari boʻlishi zarur.
125. Yongʻin va portlash xavfi mavjud ishlab chiqarish xonalarida gidrofiltri nosoz, filtrlari qurib qolgan, chang tortuvchi va chang ushlab qoluvchi hamda ventilatsiya tizimlarining boshqa qurilmalari nosoz boʻlgan jihozlarini ishga tushirishga ruxsat berilmaydi.
Ventilatsiya tizimlarining mahalliy tortuvchi moslamalari (ventilyatorlar ichiga metall yoki qattiq jismlar tushishining oldini olish maqsadida) himoya oynalari yoki magnitli tutqichlar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Portlash xavfi mavjud boʻlgan yoki yonuvchan chang transportirovka qilinadigan tortuvchi havo oʻtkazgichlarda, davriy ravishda tozalash uchun moʻljallangan moslamalari (lyuklari, ajraladigan ulanishlari va boshqalar) boʻlishi zarur.
126. Yongʻinga qarshi devorlar yoki toʻsinlar kesishadigan joylarda, havo uzatgichlarda olovni toʻsadigan klapanlar oʻrnatiladi.
Ventilatsiya va havo bilan isitish tizimlarining tranzit havo oʻtkazgichlari va kollektorlarini “A”, “B” va “V” toifa ishlab chiqarish xonalari orqali oʻtkazishda, ularning olovga chidamlilik chegarasi kamida EI 30 dan iborat boʻlishi zarur.
Avtomatlashtirilgan olov ushlab qoluvchi qurilmalardan foydalanishda quyidagilarni bajarish zarur:
har haftada kamida bir marta ularning umumiy texnik holatini tekshirib turish;
zadvijka privodlarining sezgir elementlarini yonuvchan changdan oʻz vaqtida tozalab turish.
127. Elevatorlarning ish binolari hamda isitilmaydigan omborlarda joylashgan xona (kabina)larda ishchilarni isitish uchun, yopiq metall qoplamasi boʻlgan (ochiq spiral va boshqa isitish elementlari boʻlmagan), zavodda tayyorlangan, quvvati 1 kW gacha boʻlgan turgʻun holda oʻrnatilgan elektr isitish asboblaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
128. Aspiratsiya ishlashi natijasida razryadka hosil boʻladigan isitilmaydigan ishlab chiqarish xonalarida zarur miqdorda tashqi havo oqimi kirib turishi koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
129. Isitish asboblari oldiga oʻtish yoʻllari toʻsilmagan boʻlishi zarur. “A”, “B” va “V” toifa ishlab chiqarish xonalarida silliq yuzali isitish asboblaridan foydalanish zarur boʻlib, ularni changdan tozalash imkoni taʼminlangan balandlikda joylashtirish lozim.
Isitish mavsumi boshlanishidan oldin qozonxonalar, kalorifer qurilmalari va mahalliy isitish uskunalari sinchiklab tekshirilishi va taʼmirlanishi zarur. Nosoz isitish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Isitish asboblarini begona jismlar yoki materiallar bilan yopib qoʻyish man etiladi. Isitish asboblarini tokchalarga joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
130. Ishlayotgan ishlab chiqarishlar va obyektlardagi “B” va “V” toifa ishlab chiqarish xonalarida havo sirkulatsiyasini sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertizaning ijobiy xulosasi olingan texnik qarorlarga muvofiq aspiratsiya va pnevmotransport qurilmalari orqali olishga ruxsat beriladi.
131. Qoplarni tozalash xonalari ish zonasida hosil boʻladigan changlarni tozalash uchun samarali ishlaydigan tortish-kirish ventilatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
132. “B” toifa xonalarida joylashgan noriylar, zanjirli konveyerlar va shu kabilarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan chuqurchalar uchun kiritish-tortish yoki tortish ventilatsiyasini koʻzda tutmaslikka ruxsat beriladi.
6§. Elektr qurilmalari
133. Elektr qurilmalaridan foydalanish “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish Qoidalari” (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda), “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi Qoidalari” (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 18-avgust Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
134. Qoʻllaniladigan mashinalar, apparatlar, asboblar, kabellar, privodlar va elektr qurilmalarining boshqa elementlari konstruksiyasi, tayyorlash turi, qobigʻini himoya qilish darajasi, oʻrnatish usuli, izolatsiya klassi tarmoqdagi nominal kuchlanish, portlash va yongʻin xavfi zonalarining klassi, atrof muhit xususiyati, shuningdek “Elektr qurilmalari tuzilishi qoidalari” (ETQ) talablariga mos kelishi zarur.
135. Xonalar va tashqi qurilmalarning portlash hamda yongʻin xavfsizligi klassini aniqlash texnologlar tomonidan, loyihalashtiruvchi yoki foydalanuvchi tashkilotning energetiklari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish xonasiga kirish joyida uning portlash yoki yongʻin xavfi boʻyicha klassi yozilgan boʻlishi zarur.
136. Elektr mashinalari, apparatlar va asboblarga kabellar yoki simlarni ulash moslamalari portlash va yongʻin xavfi zonalarining mazkur klassi uchun ETQ lari talablariga mos boʻlishi zarur.
137. Turgʻun oʻrnatilgan elektr dvigatellarining tiplari, tayyorlanishi portlash va yongʻin xavfi zonalarining mazkur klassi talablariga javob berishi lozim.
138. Ishlab chiqarish xonalaridagi portlash va yongʻin xavfi mavjud zonalarida, mazkur Qoidalarning 127-bandida koʻrsatilgan hollardan tashqari, elektr isitish asboblaridan foydalanish man etiladi.
139. Portlash va yongʻin xavfi mavjud zonalarda joylashgan kranlar, tallar, liftlar va boshqa elektr yuk koʻtarish mexanizmlaridagi elektr jihozlarining qobigʻi himoyasi ETQ talablariga javob berishi zarur.
140. Elektr magnitli separatorlardagi tok oʻtkazuvchan qismlarining ishonchli izolatsiyasi boʻlishi zarur. Elektr apparatlarining qobiqlari xonaning portlash va yongʻin xavfsizligi boʻyicha tegishli toifasi talablariga mos holda tayyorlangan boʻlishi zarur. Elektr maydoni kuchlanishi zavod tomonidan berilgan pasportda koʻrsatilgan oʻlchamdan oshmasligi, elektr magnit oʻrami izolatsiyasining qarshiligi esa kamida 0,5 MQ boʻlishi lozim.
141. Elektr magnit separatorini kuchlanish ostiga yoqish faqatgina izolatsiyasi tekshirilgandan keyin va barcha elektr qismlarini elektr jihozlari tuzilishi qoidalariga mosligi tekshirilgandan keyingina ruxsat beriladi. Elektr magnit separatorlarining toʻsiq qoplamalari statik elektr tokini chetlatish uchun ishonchli ravishda yerlashtirilgan boʻlishi zarur.
142. Yoritqichlar, shitlar, apparatlar, elektr simlari, yoritish qurilmalarining barcha asosiy qismlari va detallarining konstruksiyasi portlash va yongʻin xavfi mavjud zonalar klassi, portlash xavfi mavjud aralashmalar toifalari va guruhlariga muvofiq boʻlishi zarur. Yoritish tarmoqlari elementlarining konstruksiyasi chang kirishi hollarini istisno etishi zarur.
143. Elektr dvigatellar, yoritqichlar, elektr simlari, taqsimlovchi qurilmalar yonuvchan changdan kamida har oyda ikki marta, chang koʻp chiqaradigan xonalarda esa har oyda kamida toʻrt marta tozalab turilishi zarur.
144. Yoritqichlardagi lampalarning quvvati, mazkur tipli yoritqichlar tipi uchun moʻljallangan quvvatlardan oshmasligi lozim. Yoritqichlar mustahkam mahkamlangan boʻlishi zarur.
145. Bunkerlar va siloslarni yoritish, qobigʻining himoya darajasi kamida IP 54 boʻlgan, chang oʻtkazmaydigan qilib tayyorlangan projektor tipidagi koʻchma yoritqichlar yordamida yuqoridagi lyuk orqali yoki koʻchma akkumulyatorli fonuslar yordamida amalga oshirishga ruxsat beriladi.
146. Bunker va siloslar ichini yoritish (yuk tushiruvchi-chiqaruvchi mexanizmlar va jihozlar oʻchirilgan hollarda) koʻchma yoritqichlar bilan elektr tarmogʻida quvvat 12 V (metall sigʻimlarda) hamda 42 V (temir-beton va yogʻoch sigʻimlarda)dan oshmagan hollarda ruxsat beriladi.
Bunda koʻchma yoritqichlar portlashga qarshi himoyasi kuchaytirilgan, qobigʻining himoya darajasi kamida IP54, shisha qalpoqlari esa metall setka bilan himoyalangan boʻlishi zarur.
147. Bino tashqarisidagi yoritqichlar portlash xavfi mavjud zonalarda shamol taʼsirida chayqalmasligi lozim.
148. Xona ichkarisidagi yoritqichlar kamida 2,5 m balandlikda oʻrnatilishi zarur, 2,5 metrdan pastda oʻrnatilgan yoritqichlarning metall setkadan tayyorlangan himoyasi boʻlishi zarur.
Narvonlar yoki tirkama zinapoyalar yordamida xizmat koʻrsatiladigan yoritqichlar koʻpi bilan poldan 4,5 metr balandlikda oʻrnatilishi zarur.
149. Galereyalar, tonnellar, maydonchalar osti va ustida yoritqichlar kamida 1,7 m balandlikda oʻrnatiladi, bunda armaturalarning mustahkamlagichlari oʻtish joylarida xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning harakatiga xalaqit bermasligi lozim. Bunda, lampa va tok oʻtkazgich qismlariga faqat elektr taʼmir asboblari yordamida ishlarni bajarish imkoni boʻlgan yoritqichlardan foydalanish zarur.
150. Armatura oʻrnatilgan quvur va kronshteynlar ichida elektr simlarini ulashga ruxsat berilmaydi.
Pogodokka zich tutashgan armatura (plafonlar) rozetkaga izolatsiyasi boʻlgan material bilan mustahkamlanishi zarur.
151. Tambur-shlyuzlar avariyaviy yoritqichlar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Avariya hollarida foydalaniladigan yoritqichlar mustaqil elektr manbasiga ulanishi zarur.
152. Umumiy maqsadda foydalaniladigan elektr jihozlari boʻlgan (portlashga qarshi himoya vositasisiz) taqsimlovchi qurilmalar (TQ), transformatorlar, butlangan transformatorlar va tok oʻzgartirgich podstansiyalari (TP, BTP va TOʻP) ETQ talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
153. Elektr xonalarida ortiqcha issiqlikni chiqarib yuborish uchun moʻljallangan mexanik kiritish-tortish ventilatsiyasi koʻzda tutilgan boʻlishi zarur. Bunda ushbu xonalardagi kiritish-tortish ventilatsiyasi portlash xavfi mavjud zonalardagi xonalarga bogʻliq boʻlmasligi lozim.
154. Moyli, quruq, shuningdek yonmaydigan suyuqliqda ishlaydigan BTPlarni, transformatorlarini toʻsiqlar bilan ajratmagan holda, TQli umumiy xonalarda joylashtirishga ruxsat beriladi.
155. Yongʻin va portlash xavfi mavjud moddalar (aralashmalar) uzatiladigan quvur oʻtkazgichlarni TQ, TP va TOʻP lar orqali oʻtkazish qatʼiyan man etiladi.
156. B-Ia, B-I6 va V-Iia klassli xonalar hamda yongʻin xavfi mavjud boʻlgan TQ, TP zonalar va portlash xavfi mavjud boʻlgan barcha klass xonalardan kabellar va elektr simlari oʻtkazilgan quvurlarni kirish joylari yonmaydigan materiallar bilan zich berkitilgan boʻlishi zarur.
157. TQ, TP va BTP xonalarida kabel kanallari va pollari yonmaydigan materialdan tayyorlangan boʻlishi va pol bilan bir tekislikda, yonmaydigan plitalar bilan yopilgan boʻlishi lozim.
158. Boshqarmadagi dispetcherlik xonalarining pollarini linoleum yoki parket bilan qoplash zarur boʻlib, kanal va ikkinchi polning nastili kabel oʻtkazilgan tomoni listli temir bilan yopilgan holda, ochiladigan yogʻoch shit bilan yopiladi.
159. TQ, TP, BTP, dispetcher xonasi va ularning oldidagi tamburlarda ostonalar boʻlishiga ruxsat berilmaydi.
160. Moyda ishlaydigan transformatorlari boʻlgan TP va BTP xonalardagi eshiklar yoki ventilatsiya tuynugi ustida deraza boʻlganda, uning ostida eshik yoki ventilatsiya tuynugi kengligida yonmaydigan materialdan tayyorlanadigan 70 cm uzunlikka chiqarilgan toʻsiq (kozerek) oʻrnatiladi.
161. Akkumulyator batareyalari xonalarining yongʻinga qarshi himoyasi darajasi kamida 2 boʻlgan binolarda joylashtiriladi. Zaryadka stansiyasining zaryadka xonasiga elektr qurilmalarini tanlash, oʻrnatish va montaj qilish ETQ talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
162. Tyagali va starterli akkumulyator batareyalari ushbu maqsadlarga alohida moʻljallangan zaryadka stansiyalari yoki sexdagi alohida ajratilgan joylarda zaryadka qilinadi.
Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalari alohida xonalarga joylashtiriladi.
163. Tyagali akkumulyator batareyasi boʻlgan yer usti mashinalarining soni olti birlikkacha boʻlganda, ularni tabiiy ventilatsiyali alohida xonalarda, shuningdek umumiy portlash va yongʻin xavfi mavjud boʻlmagan ishlab chiqarish xonalarida, bitta joyda ikkitadan oshmagan mashina yoki batareyalarni, mahalliy tortuvchi ventilatsiya oldiga joylashtirgan holda zaryadka qilinadi.
Ushbu talablarga rioya etilgan hollarda portlash va yongʻin xavfi mavjud zonalar klassi oʻzgarmaydi.
164. Akkumulyator xonalaridagi kiruvchi va tortuvchi ventilatsiya zaryadka qurilmalari ishga tushirilishidan oldin yoqilib, zaryadka tugaganidan keyin kamida 1,5 soatdan keyin oʻchiriladi.
165. Akkumulyator batareyalarini zaryadka qilishni boshqarish va avtomatikasi chizmasida ventilatsiya toʻliq oʻchgan hollarda zaryadka qilayotgan tokni oʻchiruvchi blokirovka koʻzda tutilgan boʻlishi zarur. Kiruvchi ventilatsiya taʼsiri toʻxtaganligi toʻgʻrisida signalizatsiya yordamida xabar berilishi lozim.
166. Koʻchma qurilmalarning bir qismi boʻlgan koʻchma elektr mashinalari, apparatlar va uskunalar turgʻun holda joylashtiriladigan elektr mashinalari, apparatlar va uskunalar kabi tayyorlangan boʻlishi zarur. Koʻchma qurilmalar ETQ talablariga javob berishi zarur.
167. Portlash va yongʻin xavfi mavjud zonalarda foydalaniladigan qoʻlda koʻtarib yuriladigan va koʻchma apparatlar va uskunalar ETQ talablariga javob berishi zarur. Ushbu uskunalar va apparatlar qobiqlarining himoya darajasi kamida IP54 dan iborat boʻlishi zarur.
168. Elektr rubilniklarida yopiq qoplama (kojux)lar boʻlishi zarur.
169. Koʻchma priyemniklarni nollashtirish ish oʻtkazgichlari bilan birgalikda, umumiy qobiqda joylashgan va nollashtirish tarmogʻiga oʻtkazgichning manbadan tok oluvchi tomonidan ishonchli ravishda ulangan maxsus moʻljallangan egiluvchan oʻtkazgich yordamida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun bevosita elektr priyemnik oldidagi yerlashtirilgan nolinchi oʻtkazgichdan foydalanish man etiladi.
170. Elektr asbob-uskunalar va koʻchma yoritqichlarni yoqishga moʻljallangan shtepselli ulanishlarning tok oʻtkazuvchi qismlari himoyalangan boʻlishi hamda 127 V va 220 V kuchlanishga moʻljallangan nollashtiruvchi kontakti boʻlishi lozim.
171. 42 V kuchlanishgacha quvvatlarda foydalaniladigan shtepselli ulanishlar (vilkalar, rozetkalar) oʻzining konstruktiv tayyorlanishi jihatidan 127 V va 220 V kuchlanishga moʻljallangan oddiy shtepselli ulanishlardan farqlanishi hamda 42 V kuchlanishgacha quvvatlarga moʻljallangan elektr vilkalarini 127 V va 220 V kuchlanishga moʻljallangan shtepselli rozetkalarga kirishini istisno etishi zarur.
172. 42 V kuchlanishgacha quvvatlarda foydalaniladigan shtepselli ulanishlar 127 V va 220 V kuchlanishga moʻljallangan shtepselli ulanishlardan keskin farqlanadigan ranglarga boʻyalishi zarur.
173. Kuchlanish quvvati 42 V dan oshgan hollarda shtepselli ulanishlarda korpusni nollashtiruvchi simni majburan va oldini oluvchi ulanishga moʻljallangan kontaktlari boʻlishi zarur.
174. Xavfsiz kuchlanish olish maqsadida avtotransformatorlar va qoʻshimcha qarshiliklardan foydalanish man etiladi.
7§. Elektrostatik uchqun xavfsizligi
175. Elektrostatik uchqun xavfsizligi, changli havo aralashmalarining yonib ketishi manbai yoki jihozlarning elektrizatsiyaga duchor boʻladigan nometall devorlarini yorilishi va emirilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan statik elektr toki razryadlari paydo boʻlishini istisno etish uchun sharoitlar yaratish hisobiga taʼminlanadi.
176. Shishadan tayyorlangan quvurlardan foydalanishning ruxsat berilgan sohalari elektrostatik xavfsizlik boʻyicha belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi zarur.
177. Ishlayotgan ishlab chiqarishlar va obyektlarda sanoat xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarda statik elektr tokining xavfli koʻrinishlaridan himoyalanish choralari koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
178. Statik elektr tokidan himoyalanishning asosiy vositalari yerlashtirishdan iboratdir.
Elektr oʻtkazuvchan materialdan tayyorlangan jihozlar, shuningdek elektr oʻtkazuvchan materiallardan tayyorlangan uning ish organlari, qismlari va konstruksiyasi elementlari belgilangan tartibda yerlashtirilgan boʻlishi zarur.
179. Alohida joylashgan, shuningdek boshqa mashinalar va jihozlar bilan material oʻtkazuvchilar va metall konstruksiyalar bilan ulangan mahsulotlar va changli havo aralashmalarining maydalanishi, changlashtirilishi, tortilishi, granularga ajratilishi, harakatlanishi amalga oshadigan apparatlar, sigʻimlar, agregatlar va shu kabilar, koʻrsatib oʻtilgan material oʻtkazgichlar va metall konstruksiyalarning yerlashtirilganligidan qatʼi nazar, yerlashtirish konturlari bilan alohida shoxobchalar orqali ulangan boʻlishi zarur.
180. Pnevmotransport material oʻtkazgichlari, metall bunkerlar, temir-beton siloslarning tubi, siklonlar, unlarni saqlash uchun moʻljallangan idishsiz jihozlardan iborat barcha quvurlar, ishonchli ravishda yerlashtirilgan boʻlishi zarur.
181. Un tindiriladigan materialsimon filtrlarda statik elektr zaryadlari yigʻilishi xavfi mavjud boʻladi. Materialsimon filtrlardan statik elektr zaryadlarini chetlatish uchun ularni mis simlar bilan tikib, yerlashtirish tizimiga ulash zarur.
182. Un tashuvchi avtomashinani qabul qilish tizimi bilan ulash uchun xizmat qiladigan egiluvchan rukavlar tok oʻtkazuvchan boʻlishi hamda elektr oʻtkazuvchan rezinadan tayyorlangan metall rukav koʻrinishida tayyorlangan boʻlishi zarur.
183. Statik elektr toki zaryadlarini kamaytirish, bunkerga un yuklovchi patrubkaning kirish qismini yuqorida, unni vertikal ravishda pastga yoʻnaltirish, un aeroaralashmasini esa gorizontal holatda — sigʻimning yuqori qismidagi aylana yuzasiga tegib turgan holda (tomida) yoʻnaltirish orqali erishiladi. Bunday holatda barcha oqim bunkerga kirgandan keyin, u toʻliq toʻldirilguncha doimo devorining tok oʻtkazuvchan yuzasi bilan kontaktda boʻladi. Toʻgʻri burchakli bunkerda oqimni birorta bir devorga yoʻnaltirish lozim.
184. Jihozlar tok oʻtkazuvchan materialdan tayyorlangan boʻlib, yerlashtirish statik elektr tokidan himoyalash uchun yetarli darajada himoya vositasi boʻlgan barcha hollarda yerlashtirishni eng oddiy va ishonchli himoya vositasi sifatida foydalanish zarur.
185. Barcha klassli portlash va yongʻin xavfi mavjud zonalarda joylashgan texnologik jihozlar, mahsulot uzatuvchilar va shu kabilar potensiallari xavfsiz oʻlchamlargacha tenglashtirgan holda kamida ikkita joyida yerlashtirilgan boʻlishi zarur.
186. Pnevmotransport qurilmalarida oʻrnatiladigan organik shishadan tayyorlangan vstavkalarning tashqi tomonini oʻram qadami 100 mm dan oshmagan holda, sim bilan oʻrab chiqiladi. Koʻrsatib oʻtilgan simning ikkala uchlari, oraligʻida vstavka joylashgan qurilmalarning metall qismlariga mustahkamlanadi.
Aspiratsion havo oʻtkazgichlarga oʻrnatilgan brezent va rezinadan tayyorlangan vstavkalarning sim yoki trosdan tayyorlangan peremichkasi boʻlishi lozim. Koʻrsatib oʻtilgan sim yoki trosning ikkala uchlari, oraligʻida vstavka joylashgan qurilmalarning metall qismlariga mahkamlanadi.
187. Quvurlar, apparatlardagi flanetsli ulanishlar, qopqoqlarning korpuslar bilan ulanishlari, razbortovkadagi ulanishlarda uzluksiz elektr toki zanjirini paydo qilishi uchun qoʻshimcha qurilmalar, masalan maxsus peremichkalar qurilmasi talab etilmaydi. Ushbu ulanishlarda elektr tokini oʻtkazmaydigan boʻyoqlar bilan boʻyalgan hamda dielektrik materiallardan tayyorlangan shaybalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
188. Yerlashtirish qurilmasi yerlashtirishning umumiy konturi koʻrinishida amalga oshiriladi. Umumiy yerlashtirish qurilmasidan statik elektr toki, chaqmoqning birlamchi va ikkilamchi taʼsiri hamda elektr qurilmalarining himoya yerlashtirilishi sifatida foydalanishga ruxsat beriladi.
189. Ishlab chiqarish va omborxonalarda ishlashi statik elektr zaryadlari va uchqunli razryadlar keltirib chiqaradigan jihozlar va qurilmalardan, shakllanadigan statik elektr zaryadlarini uzluksiz va toʻliq bartaraf etuvchi yoki ularda uchqun razryadlari paydo boʻlishini istisno etuvchi himoya qurilmalarisiz foydalanishga ruxsat berilmaydi.
190. Statik elektr toki zaryadlari yigʻilishi bilan bogʻliq xavfning oldini olish uchun halqali moylanib sirpanadigan podshipniklar bilan jihozlangan mashina vallarini yerlashtirish zarur.
191. Elektr qurilmalaridan foydalanishda quyidagilar zarur:
a) yonuvchan moddalar va materiallar, shuningdek axlat, chang va ishlab chiqarish chiqindilarini elektr dvigatellari, taqsimlovchi qurilmalar, boshqarish apparatlari va asbob-uskunalar oldida toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik;
b) elektr dvigatellarini ishga tushirish va toʻxtatishda signallarni qabul qilish va berish boʻyicha belgilangan ketma-ketlikka qatʼiy rioya etish;
v) yoritish armaturasini almashtirish, uni koʻchirish, yangi yoritqichlarni oʻrnatishda, simlarning yoritqichga ulanish joylarida ishqalanishi, tortilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ularda izolatsiya mavjudligi taʼminlanishi zarur.
192. Elektr dvigatellar, taqsimlovchi qurilmalar, oʻtkazgichlar, yoritqichlar, ular oʻrnatilgan xonalarda chang tozalab turish boʻyicha tasdiqlangan jadvallarga muvofiq muntazam ravishda changdan tozalanib turilishi zarur.
193. Izolatsiyasi buzilgan, elektr izolatsiya xususiyatlarini yoʻqotgan kabellar va simlardan, shuningdek buzilgan rozetkalar va ulanish korobkalaridan foydalanish man etiladi.
194. Elektr energiyasini uzatish toʻsatdan toʻxtatilgan hollarda zudlik bilan barcha oʻchiruvchi qurilmalarni oʻchirish lozim.
195. Koʻchma va koʻtarib yuriladigan elektr priyemniklarni manbadan taʼminlash uchun egiluvchan shlangli kabellardan foydalaniladi. Shlangli kabellarning qobigʻi holatini tizimli ravishda tekshirib turish zarur boʻlib, izolatsiyasi buzilganligi aniqlangan hollarda kabelni almashtirish uchun zudlik bilan mexanizm ishini toʻxtatish zarur.
196. Oʻzi yurar transport mashinalarining bosib ketishi natijasida qisqa tutashuvning oldini olish maqsadida shlangli kabel xavfsiz balandlikda ilib qoʻyilishi yoki maxsus korob bilan himoyalangan boʻlishi zarur.
197. Shtepselli elektr vilkalarini ulash yoki oʻchirish taqsimlovchi yashikdagi rubilnik (avtomat) oʻchirilgan holatida amalga oshirilishi lozim.
198. Bunkerlari, siloslari, boshqa sigʻimlari va quritgichlari ichidagi kuchlanish manbasining quvvati 42 V dan ortiq boʻlgan elektr qurilmalaridan foydalanish man etiladi.
199. Elektr payvand qurilmalari, ishonchli kontaktni taʼminlaydigan qisqichlari boʻlgan, egiluvchan mis simlar bilan ishonchli ravishda yerlashtirilishi zarur. Elektr payvand qurilmalari ishlamaydigan holatida, kuchlanishni chegaralaydigan moslamalar bilan jihozlanadi.
200. Qoʻl elektr asbob-uskunalari yoki koʻtarib yuriladigan lampalarga tortilgan simlarni imkon darajasida yuqorida ilib qoʻyish lozim. Simlarni issiq, nam va yuzasi moy bilan qoplangan metall jismlar bilan bevosita tegib turishi istisno etilgan boʻlishi zarur.
201. Koʻtarib yuriladigan elektr asbob-uskunalar, lampalar, transformatorlar, ulardagi yerlashtiruvchi simlarining sozligi va simlar orasida tutashuv yoʻqligini tekshirib turish maqsadida kamida bir oyda bir marta stendda yoki asboblar yordamida tekshirib turish zarur.
202. Elektr montaj ishlarini bajarish uchun moʻljallangan qoʻl asbob-uskunalari (otvertkalar, ombirlar, kusachkalar va boshqalar)ning dastaklari izolatsiyalangan boʻlishi zarur.
203. Elektr qurilmalaridan foydalanishda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
a) elektr kuchlanish ostida boʻlgan elektr jihozlari va tarmoqlarini taʼmirlash va tozalash;
b) elektr qurilmalarini yerlashtirishi (nollashtirish) apparatlarining qopqoqlari blokirovkasi va mashinalarni yoqish blokirovkasi nosozliklarida hamda portlashdan himoya qurilmalari nosozliklari (nuqsonlari) mavjud hollarida ishga tushirish;
v) elektr jihozlarining qoplamalarini, tok oʻtkazuvchan qismlari elektr toki kuchlanishi ostida boʻlganda ochish;
g) qisqa tutashuv yoki boshqa sabablarga koʻra avtomatik ravishda oʻchgan elektr qurilmalarini sabablari aniqlanib, bartaraf etilmaguncha ishga tushirish;
d) foydalanilmayotgan elektr tarmoqlarini kuchlanish ostida qoldirish (vaqtincha ham mumkin emas), shuningdek uchlari izolatsiyalanmagan elektr simlari va kabellarni kuchlanish ostida qoldirish;
e) elektr qurilmalarini mexanik shikastlanishdan himoyasini taʼminlamasdan turib, ishga tushirish;
j) kabellar, simlar va elektr qurilmalarini nominal oʻlchamlardan ortiqcha kuchlanish uzatmaslik;
z) uchqun xavfsizlik asboblarini elektr toki bilan taʼminlaydigan transformatorlarga uchqun xavfsizlik komplektiga kirmaydigan boshqa zanjirlar va asboblarni ulash;
i) portlash va yongʻin xavfi mavjud zonalarda oʻrnatilgan yoritqichlardagi kuygan elektr lampalarini mazkur klassli zonalarda ishlashga yaroqsiz boʻlgan boshqa tip va quvvatli lampalarga almashtirish;
k) kuchlanish ostida boʻlgan yoritqichlardagi shisha qalpoqlar, qaytaruvchilar va boshqalarni echish;
l) yoritqichlardagi portlashdan himoya qiladigan armaturalarni oddiy tayyorlanganlariga almashtirish;
m) elektr jihozlaridagi himoya vositalarini (issiqlik elementlari, predoxranitellar, rassepitellar) himoyaning boshqa turlariga yoki shu turdagi, biroq mazkur elektr jihozi moʻljallanmagan nominal oʻlchamlari boʻlgan himoya vositalariga almashtirish.
204. Elektr tarmoqlari va elektr apparatlaridagi uchqun chiqarish, qisqa tutashuv, kabel va simlaridagi izolatsiyaning haddan tashqari qizib ketishini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan nosozliklar zudlik bilan navbatchi xodimlar tomonidan bartaraf etilishi zarur.
Nosoz elektr tarmogʻi zudlik bilan oʻchirilishi zarur.
8§. Xom ashyo va chiqindilarni transportirovka qilish va saqlash
205. Mahsulot va chiqindilarni avtotransportga idishsiz yuklash hudud changlanishining oldini oluvchi qurilmada amalga oshirilishi yoki yopiq xonada amalga oshirilishi zarur.
206. Unsimon xomashyo va otrublarni temir yoʻl va avtomobil transportidan tushirish joylari chang shakllanishining oldini oluvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
207. Ishlab chiqarish va omborxonalar ichida ichki yonuv dvigatelli mashina va jihozlardan foydalanish man etiladi.
208. Joʻxori donini faqat alohida joylashgan shaxtasimon toʻgʻri oqimli quritgichlarda quritish mumkin.
209. Joʻxori donini saqlashda uni minimal miqdorda harakatlantirish koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
210. Guruch, proso, arpa, grechka kepaklari don zavodidagi 1-2 sutkalik ishga moʻljallangan sigʻimli bunkerlarda saqlanishi zarur.
Kepaklarni ochiq maydonlarda, ayvon tagida saqlash man etiladi.
211. Jmix va shrotlarni saqlash amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
212. Sotiladigan shrot partiyasi tarkibidan belgilangan tartibda namuna tanlab olinadi va shrot tarkibida benzin mavjudligi nazorat qilinadi.
Silosga benzin hidi boʻlgan shrotni tushirishga ruxsat berilmaydi.
213. Harorati va namligi belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan shrot va jmixlarni saqlash man etiladi. Ularga darhol qayta ishlov berilishi yoki saqlash imkoni taʼminlanadigan oʻlchamlarga keltirilishi lozim.
214. Oʻz-oʻzidan yonib ketishga moyil boʻlgan shrot va boshqa unsimon xomashyoni davriy ravishda egallab turgan sigʻimidan boʻshlariga koʻchirib turish lozim.
Koʻrsatib oʻtilgan koʻchirishlar xomashyoni bunker va siloslarda uzluksiz saqlashning yoʻl qoʻyiladigan muddatlari asosida ishlab chiqilgan reja-jadvallar asosida amalga oshiriladi.
215. Unsimon va donali xomashyoda oʻz-oʻzidan yonib ketishi alomatlari bilan bogʻliq boʻlgan harorat oshishi aniqlangan hollarda, mazkur partiyaning harorati har sutkada tekshirib turiladi.
Ushbu partiyalar birinchi navbatda sotilishi zarur.
216. Chiqindilarni transportirovka qilish uchun oʻzi oqadigan, mexanik transport (noriylar, zanjirli va vintsimon konveyerlar, yopiq kojuxlardagi lentali va roliksiz konveyerlar) hamda xona changlanishini istisno etuvchi pnevmotransportdan foydalanish mumkin.
Ishlab chiqarish chiqindilarini ochiq lentali konveyerlarda trasnportirovka qilish man etiladi.
217. Bunker va siloslardan unsimon mahsulotlarni toʻsiqlarsiz chiqarilishini taʼminlash uchun antiadgezion polimer qoplamalar (changlatilgan qoplamalar) va maxsus texnik qurilmalar yoki silos (bunker)dan chiqarilishini yengillashtiradigan toʻquvchi mexanizmlardan foydalanish tavsiya etiladi.
218. “V” toifa yongʻin xavfi mavjud xonalarda ishlab chiqarish chiqindilarini idishga sindirib joylashtirish man etiladi.
219. “B” toifa ishlab chiqarish xonalarida texnologik jarayonni yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan holda xomashyo yoki tayyor mahsulot toʻldirilgan qoplarni, boʻsh qoplarni yoki boshqa yonuvchan materiallarni saqlash man etiladi.
220. Qop chiqaruvchi mashinalar quyidagicha boʻlishi zarur:
a) aspiratsiya qilinishi va changni xonaga ajralib chiqishiga yoʻl qoʻymasligi;
b) ishonchli yerlashtirilgan boʻlishi;
v) xona devori va boshqa jihozlardan kamida 0,9 m masofaga joylashtirilgan boʻlishi;
g) muntazam ravishda qop iplaridan tozalab turilishi.
221. Qoplarni saqlash uchun moʻljallangan omborning chekkasida qoplarga ishlov berish uchun, ombordan yonmaydigan materialdan tayyorlangan yopiq devor bilan toʻsilgan, toʻsinli va olovga chidamlilik chegarasi kamida R 90 boʻlgan oʻzi yopiladigan eshiklari boʻlgan maxsus xona ajratilishiga ruxsat beriladi.
222. Elevatorlarda chiqindi sexlari yoki alohida joylashgan chiqindilar uchun moʻljallangan bunkerlar boʻlishi zarur.
9§. Qurilish-montaj ishlari
223. Ishlayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashda tashkilot, rekonstruksiya qilinadigan uchastkani ishlayotgan sexlar, omborlar va boshqa ishlab chiqarish xonalaridan yonmaydigan shitlar yoki toʻsiqlar bilan ajratish shart.
224. Tashkilot hududida ishlarni boshlashdan oldin buyurtmachi va bosh pudratchi, subpudratchi tashkilotlar ishtirokida naryad-dopusk rasmiylashtirishlari zarur.
Naryad-dopuskda koʻzda tutilgan chora-tadbirlar bajarilishi (rioya etilishi) uchun masʼuliyat qurilish-montaj tashkiloti va buyurtmachi rahbarlari zimmasida boʻladi.
225. Ishlayotgan tashkilotlarda joriy va mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash va kengaytirishda oʻz xodimlari va tashqaridagi tashkilotlar xodimlari tomonidan olov bilan bogʻliq ishlarni bajarishda portlash va yongʻin xavfsizligi boʻyicha belgilangan talablarga amal qilish zarur.
226. Siloslar, rezervuarlar, quduqlar ichida montaj ishlarini bajarishda tegishli meʼyoriy-texnik hujjatlarda koʻrsatilgan xavfsizlik choralariga rioya etish zarur. Koʻrsatib oʻtilgan talablar ushbu ish turlarini bajaruvchi barcha ijrochilar, jumladan pudrat tashkilotlari uchun ham majburiydir.
227. Jihozlar ishlayotgan portlash va yongʻin xavfi mavjud xonalarda jihozlarni taʼmirlash, demontaj va montaj qilishda ochiq olovdan foydalanish hamda uchqun chiqarishi mumkin boʻlgan mexanizm va moslamalardan foydalanish man etiladi.
Jihozlar va qurilmalarning qismlari va detallarini isitish faqat bugʻ yoki issiq suv bilan amalga oshirish mumkin. Foydalanilgan moylangan artish materiallari (lattalar va hokazolar)ni zich yopiladigan poʻlat konteynerlarga toʻplash va xonadan chiqarib tashlash lozim.
V. Sanoat xavfsizligi boʻyicha umumiy talablar
1§. Hududlarning tuzilishi va saqlab turish
228. Tashkilot hududi balandligi kamida 2 metrdan iborat toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi zarur. Devor ustidan balandligi kamida 0,5 metrdan iborat metall sterjenlarga toʻrt oʻram tikanli sim tortiladi.
Devorda qulflanadigan darvoza va eshik boʻlishi zarur.
229. Tashkilot hududining atmosfera yogʻingarchiliklarini bino va inshootlardan oqovalarga chetlatilishi, transport uchun yoʻllar, yongʻinni oʻchirish transport vositalari uchun yoʻllar, talab etiladigan oʻlchamlarga, yoʻl qoʻyiladigan pastlashish va aylanma radiuslarga rioya etilgan relsli yoʻllar, tashqi yoritish tarmogʻi, piyodalar yoʻlakchalari, yongʻin holatiga va xoʻjalik ishlariga moʻljallangan suv quvurlari koʻzda tutilgan tegishli rejasi boʻlishi zarur.
230. Tashkilot hududida texnik maqsadlar uchun moʻljallangan oʻra va boshqa chuqurliklar zich va mustahkam yopilgan, ishonchli toʻsilgan, tungi vaqtda yoritilgan hamda signalli (ogohlantiruvchi) yozuvlari boʻlishi zarur.
231. Yuklash-tushirish ishlarini bajarish, koʻchma transport mexanizmlarining muntazam harakatlanish joylari (konveyerlar, uzatuvchilar, elektr yuklagichlar va shu kabilar) va pereyezdlar rejalashtirilgan hamda qattiq qoplamali boʻlishi zarur.
Maydonlarning pastlashish darajasi 3° dan oshmasligi zarur.
232. Hududning ishlab chiqarish va omborxonalar, hovlidagi hojatxonalarga tutashgan uchastkalari proyezdlar va piyodalar yoʻlakchalari bilan ulangan holda qattiq qoplamali boʻlishi zarur. Hududning boʻsh yerlari obodonlashtirilgan va koʻkalamzorlashtirilgan boʻlishi lozim.
233. Tashkilot hududida vaqtinchalik inshootlar qurish yoki turar xonalarni joylashtirish man etiladi.
234. Hududdagi chekish uchun ajratiladigan joylar tashkilot boʻyicha chiqariladigan buyruq bilan maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarida joylashtiriladi. Chekish uchun ajratilgan joylarda sigareta qoldiqlari uchun moʻljallangan chelaklar yoki suv toʻldirilgan bochkalar oʻrnatilgan hamda “Chekish joyi” yozuvi boʻlishi lozim.
235. Hududi 5 ha dan katta boʻlgan har bir tashkilotda avtotransport vositalari kirishiga moʻljallangan kamida ikkita kirish joyi boʻlishi zarur.
Avtomobil transportini tashkilot hududiga oʻtishi uchun qattiq qoplamali yoʻllar quriladi. Ushbu yoʻllar texnik meʼyorlarga muvofiq boʻlishi zarur: kengligi, bir tomonlama harakatda — kamida - 3,5 metr ikki tomonlama harakatda — 6 metr boʻlishi lozim.
236. Avtomobil yoʻllari va piyodalar yoʻlakchalarining temir yoʻllar bilan kesishgan joylarida rels usti balandligida yoppa nastillar oʻrnatilishi lozim. Piyodalar yoʻlakchalarining kengligi kamida 1 metr boʻlishi zarur.
237. Avtomobillarning vaqtincha toʻxtash joyi hamda shaxsiy avtotransport vositalari uchun moʻljallangan joylar tashkilot hududidan tashqarida, kirish yoʻllaridan chetda joylashgan boʻlib, qattiq qoplamali boʻlishi zarur.
238. Tashkilot hududiga kirish joyida uning ichida avtotransport vositalarining harakatlanishi chizmasi ilib qoʻyilgan boʻlishi zarur.
Tashkilot hududida oʻtish yoʻllari va joylari koʻrsatkichlari, shuningdek avtotransport vositalarining harakatlanishi tezligi, yoʻnalishi, toʻxtash joylari koʻrsatilgan yozuv va belgilar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
239. Tashkilotdagi barcha bino va inshootlarning oldiga yongʻinni oʻchirish avtomashinalari, bino va inshootning kengligi 18 metrgacha boʻlganda bir tomondan, kengligi 38 metrdan oshiq boʻlganda ikki tomondan erkin oʻtish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi zarur.
Binolar va yongʻin holatiga moʻljallangan suv manbalari, yongʻinni oʻchirish vositalari va jihozlarining oldiga oʻtish joylari har doim ochiq boʻlishi zarur. Binolar oraligʻidagi yongʻinga qarshi oʻtish joylaridan materiallar, jihozlar, upakovka taralarini toʻplash va avtotransport vositalarining toʻxtash joylari sifatida foydalanishga ruxsat berilmaydi.
240. Hududga kirish va chiqish darvozalari odatda mexanizatsiyalashgan privodli boʻlib, hudud ichkarisiga ochilishi yoki suriladigan boʻlishi lozim. Bunda ularning oʻz-oʻzidan yopilish holati istisno etilgan boʻlishi kerak. Darvoza kengligi kamida 4,5 metrdan iborat boʻlishi zarur.
241. Avtomobil tarozlari va qabul qilish qurilmalarining yopiq oʻtish joylari kengligi 3,5 metr, balandligi koʻpi bilan 3,5 metr boʻlishi zarur. Avtomobil tarozlarining chiqish joylarida, darvozadan 1 metr masofada yoʻnaltiruvchi ustunlar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
242. Normal darajadagi va tor izli temir yoʻllari, pereyezdlar va ular ustidan oʻtish joylarini qurish, shuningdek korxona temir yoʻl xoʻjaligini tashkil etish hamda ulardan foydalanish amaldagi talablarga javob berishi lozim.
243. Tashkilot hududidagi temir yoʻllar inshootlarga nisbatan yaqinlashish gabariti talablariga muvofiq holda joylashtirilgan boʻlishi zarur.
244. Temir yoʻllarda ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi, moʻljallanmagan joydan oʻtish taqiqlanishi toʻgʻrisidagi plakatlar ilib qoʻyilish lozim. Yuklash va manevr operatsiyalari bajariladigan joylar sunʼiy yoritilishi zarur.
Temir yoʻllar soz holda saqlanishi, qor, muz, axlat va oʻtlardan tozalab turilishi kerak.
245. Ishlab chiqarish yoki yordamchi xonalardan 6 metrdan yaqin masofada bevosita temir yoʻllarga chiqish joylari mavjud hollarda, ombor darvozasidan tashqari barcha binodan chiqish joylarida, binodan chiqadigan odamlarni temir yoʻl sostavi yaqinlashayotgani toʻgʻrisida ogohlantiruvchi signalizatsiya oʻrnatilgan boʻlishi zarur. Bundan tashqari, temir yoʻllarining binodan chiqish joylarida toʻsiqlar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
246. Temir yoʻllarining elektr uzatgich, aloqa, quvur oʻtkazgich liniyalari va boshqa yer osti va usti qurilmalari bilan kesishgan joylarini oʻrnatishga poyezdlarning uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini taʼminlaydigan maxsus toʻsiq moslamalarini oʻrnatgan holda joylashtirishga ruxsat beriladi.
247. Temir yoʻllarining yer osti kabellari bilan kesishgan joylari mavjud hollarda kabellarni rels iziga perpendikulyar holatda, kamida 1 metr chuqurlikda va maxsus jelob yoki quvurlar bilan himoyalagan holda oʻrnatish mumkin.
248. Rels izlari ustidan koʻchma transport vositalari harakatlanish joylarida kengligi kamida 2,5 metrdan iborat nastillar qurilishi lozim.
249. Temir yoʻllarda vagonlarni qoʻlda harakatlantirishdan foydalaniladigan hollarda yoʻlning butun uzunligi boʻyicha, shpallarning kengligida harakatlanish xavfsizligini taʼminlaydigan nastillar joylashtirilishi zarur. Nastil rels yuzasidan balandroq boʻlishi lozim.
250. “A”, “B” va “V” toifa ishlab chiqarish xonalariga barcha tipdagi lokomivlar, “G” toifa ishlab chiqarish xonalariga esa parovoz va teplovozlarning kirishi man etiladi.
251. Toʻxtab turish hamda yuklash-tushirish ishlarini bajarish uchun toʻxtatib qoʻyiladigan vagonlar tormoz bashmaklari bilan mustahkamlab qoʻyilishi zarur.
252. Yuklash (tushirish) uchun moʻljallangan inshootlar signalizatsiya qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
253. Tashkilot hududi ozoda saqlanishi zarur. Oʻtish va yurish yoʻllari harakatlanish uchun ochiq, tekislangan boʻlishi, chuqurliklar va ariqchalar boʻlmasligi, tungi vaqtda yoritilishi zarur.
254. Yozgi quruqchilik vaqtlarida, ishlab chiqarish, maʼmuriy va sanitar-maishiy xonalarga tutashgan oʻtish va yurish yoʻllariga suv sepiladi. Qishki vaqtlarda oʻtish yoʻllari, yoʻlakchalar, estakadalar, platformalar va tashqi zinapoyalar qor va muzdan tozalanadi, muzlagan hollarda esa qum sepiladi.
255. Atmosfera yogʻingarchiliklari uchun moʻljallangan oqovalar muntazam ravishda tozalanib turishi va soz holda saqlanishi zarur.
256. Koʻpriklar, oʻtish yoʻllari, oʻtish yoʻlakchalari, estakadalar soz holda saqlanishi, koʻrsatkichlar oʻrnatilgan boʻlishi hamda tungi vaqtda yoritilishi lozim.
257. Ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur boʻlgan yer osti rezervuarlari, quduqlar, yongʻinga qarshi hovuzlar yopiq va har tomonlama toʻsilgan boʻlishi zarur. Yongʻinga qarshi gidrantlar joylashgan joylarda koʻrsatkichdan gidrantgacha boʻlgan masofa hamda quvur oʻtkazgichning millimetrlarda koʻrsatilgan ichki diametri, “PG” raqamli indeks sifatida yozilgan yoritiladigan yoki fluoressentli koʻrsatkichlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Yongʻin oʻchirishda foydalanish mumkin boʻlgan suv havzalari yoki tabiiy suv manbalari oldiga oʻtish maqsadida, ushbu joylarga borish uchun kengligi kamida 3,75 metrdan iborat qattiq qoplamali yoʻllar va oldida oʻlchami kamida 12x12 metrdan iborat maydonchalar qurilishi zarur.
258. Tashkilot hududida don chiqindilari, kepak va changni ochiq holda saqlashga ruxsat berilmaydi.
259. Avtotransport vositasiga mahsulot va chiqindilarni idishsiz yuklashda hudud changlanishining oldini olishga moʻljallangan qurilmalarni koʻzda tutish lozim. Shu kabi qurilmalarni don, un, kombikorm va boshqa turdagi unsimon xomashyo va tayyor mahsulotni temir yoʻl va avtomobil transportidan qabul qilish va uzatish joylarida ham koʻzda tutish lozim.
2§. Ishlab chiqarish va omborxona binolari
260. Ishlab chiqarish va omborxona binolari sanoat va yongʻin xavfsizligi talablariga javob berishi zarur.
261. Ishlab chiqarish xonasining hajmi har bir ishlovchiga kamida 15 m3, xonaning maydoni esa kamida 4,5 m2 boʻlishi zarur.
262. Xonaning balandligi, poldan toʻsinlarning turtib turgan konstruksiyalarigacha kamida 2,2 m boʻlishi zarur.
263. Ishlab chiqarish xonalaridagi devorlar, shiplar, asosiy konstruksiyalar, eshiklar, pollarning ichki yuzalari, shuningdek ishlab chiqarish binolariga tutashgan siloslar va bunkerlar devorlarining ichki yuzalari turtib chiqqan joylarisiz, chuqurliklarsiz, belbogʻlarsiz boʻlishi va yengil tozalash imkonini berishi zarur.
264. Pollarning qoplamasi tiplari texnologik talablarni hisobga olgan holda tanlanadi. Pollar tekis va mustahkam qoplamaga ega boʻlishi lozim boʻlib, chang chiqariladigan ishlab chiqarishlarda tozalash yengil hamda imkon qadar kam chang chiqaradigan qoplamali boʻlishi zarur.
265. Tabiiy yoritiladigan har bir xonada, shamollatish maqsadida derazalarda har birining maydoni kamida 1 m2 dan iborat kamida ikkita ochiladigan tavaqa (birinchidan yuqoridagi qavatlarda ichkariga ochiladigan) yoki qoʻlda ochiladigan fortochka koʻzda tutilishi lozim. Ochiladigan tavaqalar va fortochkalarning umumiy maydoni xona maydonining kamida 0,2%, silos ustidagi qavatlarda esa kamida 0,3% tashkil etishi lozim.
266. Deraza romlarining oʻrnatilishi derazalarning tashqi yuzalarini bevosita xonadan turib tozalash va taʼmirlash imkonini taʼminlaydigan holda boʻlishi zarur.
267. Tayyor mahsulotlarni qoplarga joylash va paketlarga fasovka qilish uchun moʻljallangan xonalar boshqa ishlab chiqarish xonalari va omborxonalardan ajratilgan boʻlishi zarur.
268. Foydalanishda boʻlgan qoplarga saralash, tozalash, taʼmirlash va dezinseksiya qilish uchun moʻljallangan alohida maxsus jihozlangan xonalarda qayta ishlov beriladi.
269. Valsovka qilib kesish ustaxonasi, izolatsiya qilingan xonada, odatda valsovka stanoklari joylashgan qavatda joylashgan boʻlishi zarur. Valslarning valsovka qilib kesish va valsovka stanoklariga nisbatan harakatlanishi mexanizatsiyalashgan boʻlishi zarur.
270. Antibitotiklar, mikroelementlar, vitaminlar va fermentlarni saqlash, suspenziya tayyorlash, shuningdek joʻxori urugʻlarini zaharlash, urugʻlarga kimyoviy ishlov berish xonalari asosiy ishlab chiqarish xonalaridan ajratiladi. Suspenziyalar va boyitiladigan aralashmalar tayyorlanadigan xonalarda oqova va tortish ventilatsiyasi boʻlishi, devorlari silliqlangan plitkalar bilan qoplangan boʻlishi zarur. Koʻrsatib oʻtilgan xonalar ishdan holi vaqtlarda qulflangan boʻlishi zarur.
Ushbu xonalar boshqa xonalardan ajratilgan boʻlishi va oqova-tortuvchi ventilatsiyasi boʻlishi zarur.
271. Texnologik jihozlar joylashgan ishlab chiqarish binolari, maydonchalar, antresollar, chuqurchalarning toʻsiqlari poʻlat reshetkasimon boʻlib, balandligi 1,0 m, boʻlib, bunda toʻsiqlarning poldan 150 mm balandlikdagi qismi butunlay yopilgan boʻlishi zarur. Balandligi karniz tepasigacha yoki parapetgacha 10 metrdan baland boʻlgan ish va boshqa bino hamda inshootlarning tashqi devori perimetri boʻyicha, tomida balandligi kamida 0,6 metrdan iborat yonmaydigan materialdan tayyorlanadigan reshetkasimon toʻsiqlari boʻlishi zarur. Tomda xizmat koʻrsatiladigan jihozlar oʻrnatilgan hollarda toʻsiq balandligi kamida 1,0 metrdan iborat boʻlishi zarur.
272. Poldan balandligi 1 metrdan past joylashgan derazalarda, poldan 1 metr balandlikda, butun kengligi boʻyicha toʻsiqlari boʻlishi lozim.
273. Yassi polli omborxonalarning balandligi transport vositalarining erkin harakatlanishini taʼminlashi va binoning turtib turgan konstruktiv elementlari pastidan yoki yuqoridagi turgʻun transport va boshqa qurilmalardan kamida 2,6 metr boʻlishi zarur.
274. Omborxona pollari chuqurchalarsiz, qattiq, tekis va mustahkam qoplamali boʻlishi zarur.
275. Don omborlarining ichki devorlari yuzasi silliq (turtib chiqqan joylarisiz, chuqurchalarsiz, gorizontal qovurgʻalarsiz, belbogʻchalarsiz), tozalash yengil boʻlishi zarur.
276. Omborlarni toʻldirishning balandlik boʻyicha ruxsat beriladigan chegarasi ombor devorida aniq koʻrsatilgan chiziq (loyihaga muvofiq) hamda ogohlantiruvchi yozuvlar bilan koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
277. Yassi polli mexanizatsiyalashgan don omborlarida, shu jumladan aerojeloblar bilan jihozlanganlarida konveyerga toʻkuvchi tuynuklar ustida, ularning markazida ishlayotganlarni oʻramaga tortib ketishidan himoyalaydigan vertikal ustunlar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
Vertikal ustunning balandligi 5500 mm, tashqi diametri 394 mm hamda halqalari orasidagi masofa 165 mm boʻlishi lozim.
Chiqaruvchi oʻrama joylarida ikkita tirgak (upor) payvandlanadi. Mahkamlovchi ramka va tirgaklarga, ustunlarning davomi hisoblangan balandligi 690 mm dan iborat ikkita narvon payvandlanadi. Ustunlarni narvonlarsiz oʻrnatish man etiladi.
Oʻtish imkoni boʻlmagan galereyalari boʻlgan omborlar uchun piramidasimon reshyotkalarni oʻrnatishga ruxsat beriladi. Piramidasimon reshyotkalarning oʻlchamlari: pastki qismida 1,2x1,2 m va yuqorisida 0,4x0,4 m dan iborat boʻladi. Ularning balandligi don uyumining maksimal balandligidan 0,5 m balandroq boʻlishi zarur. Koʻndalang plankalar oraligʻidagi masofa koʻpi bilan 0,25 m boʻlishi zarur. Piramidasimon reshyotkaning oʻqi, chiqaruvchi tuynuk markazi bilan aniq mos kelishi zarur. Piramidasimon reshyotkalar polga mustahkam mahkamlangan boʻlishi zarur.
278. Mexanizatsiyalashgan don omborlaridan vertikal ustunlar yoki piramidasimon reshyotkalar oʻrnatmasdan turib foydalanishga ruxsat berilmaydi.
279. Kombikormlar, otrublar, kepak, un, shrot va jmixni yassi polli va pastki galereyali (oʻtishli yoki oʻtishsiz) mexanizatsiyalashgan omborning polida saqlash hollarida mahsulotlarning oʻz-oʻzidan pastki konveyerga tushishi istisno etilgan boʻlishi zarur. Omborni yuklashda kamida bitta chiqarish qurilmasini hamda koʻchma mexanizatsiya harakatlanishi uchun erkin maydonni boʻsh qoldirish zarur. Uyum ostida boʻlgan boshqa lyuklar va chiqarish qurilmalari zich qopqoq bilan yopilgan boʻlishi zarur.
Mahsulot uyumlari chiqish qurilmasi tomoniga harakatlanishi koʻchma mexanizatsiya vositalari bilan omborning mahsulot boʻlmagan tomonidan eng yaqindagi boʻsh chiqarish qurilmasi tomoniga harakatlantirilishi lozim.
Ishchilarning mahsulot uyumlari ustiga chiqishi man etiladi. Ombor boʻshatib borilgan sari navbatdagi chiqarish tuynuklaridan qopqoqlari ochiladi.
Yassi polli omborlarning oʻtish galereyalari majburiy tortish yoki tabiiy ventilatsiya bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
280. Donni oʻz oqimi bilan chiqariladigan mexanizatsiyalashgan har bir omborda tashqarida pastki galereya konveyerini avariyaviy holda toʻxtatish uchun moʻljallangan “Toʻxtatish” yozuvli kamida ikkita, har bir tomonidan bittadan tugmacha boʻlishi zarur. “Toʻxtatish” yozuvli avariyaviy toʻxtatish tugmachasi oldiga oʻtish yoʻllari boʻsh boʻlishi zarur. “Ishga tushirish” va “Toʻxtatish” tugmachalari konveyer elektr dvigateli oldida ham joylashtirilishi lozim.
3§. Siloslar, bunkerlar
281. Oʻsimlik xomashyosi va uni qayta ishlab chiqarish mahsulotlari uchun moʻljallangan siloslar va bunkerlar, ularning joylashgan joyidan qatʼi nazar, ulardagi yuklash va oʻtish lyuklarini zich yopiladigan qurilmasi hamda qulflanadigan himoya reshyotkalari boʻlgan yalpi toʻsiqli yopish qurilmasi boʻlishi zarur.
Qabul qilish bunkerlarida kirish lyuklari boʻlgan bunkerga odamlar kirishining oldini olish uchun qulflanadigan lyuklari boʻlishi zarur.
282. Ishlab chiqarish toʻsinlaridagi siloslar va bunkerlar lyuklari pol balandligida qopqoqlar bilan yopilishi zarur.
283. Siloslar va bunkerlar hamda boshqa qurilmalarning kiruvchi va yuklash lyuklarida, joylashgan joyidan qatʼi nazar, qopqoqlaridan tashqari, yacheykalarining oʻlchami koʻpi bilan 250x75 mm dan iborat mustahkam metall reshyotkalari boʻlishi zarur. Lyuk reshyotkalarini xona poli yuzasidan 60 mm dan ortiq chuqurlikda joylashtirish tavsiya etilmaydi.
284. Lyuklarning barcha reshyotkalari oshiq-moshiq yoki boltlar bilan mahkamlanishi va qulflanishi lozim.
285. Kirish lyuklari toʻgʻri toʻrtburchak shaklida kesimining oʻlchami kamida 500x600 mm boʻlishi zarur.
286. Siloslar va bunkerlar devorlarining ichki yuzasi va tublari ulardan mahsulotning toʻliq chiqib ketishini taʼminlagan holda silliq boʻlishi (odatda turtib chiqqan joylarisiz, qobirgʻasiz, belbogʻsiz, chuqurliklarsiz, gʻadirliklarsiz) zarur. Siloslarning ichki yuzasiga ishlov berilishi toʻkiluvchan materialning erkin sirpanishini taʼminlashi zarur. Siloslarning ichki yuzasi, shuningdek chiqaruvchi oʻramalarga ishlov berish uchun polimer materiallardan foydalanish lozim.
287. Don, un, otrublar, kombikormlar, kepak va boshqa toʻkiluvchan mahsulotlarni saqlash uchun moʻljallangan siloslar va bunkerlar, mahsulotning toʻliq chiqib ketishini taʼminlaydigan qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
288. Siloslar va bunkerlarda saqlanadigan xomashyo va boshqa mahsulotlarning haroratini tekshirish harorat oʻlchaydigan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda siloslar va bunkerlarga odamlarni tushirish man etiladi.
289. Tutash qurilgan idishsiz saqlash uchun moʻljallangan bunkerlar va bino devorlari oraligʻida oʻtish joylari mavjud hollarida ularning kengligi kamida 0,7 m boʻlishi zarur.
4§. Yertoʻlalar, tonnellar, galereyalar va maydonchalar
290. Texnologik zarurat boʻlgan hollarda alohida xonalarni don va xomashyo tushiriladigan inshootlarning rejalashtirilgan belgisidan pastroqda joylashtirishga, shuningdek ochiq chuqurchalarni ishlab chiqarish binolarining birinchi qavatida joylashtirishga ruxsat beriladi. Bunda barcha yer osti xonalaridagi chuqurliklar texnologik jarayonni hisobga olgan holda minimal darajada boʻlishi zarur.
291. Binolarda yertoʻlalar va yer osti galereyalari(tonnellar) qurilishi ularning ichiga yer osti suvlarining kirishini istisno etishi zarur.
292. Yertoʻlalarda hamda poydevor qavatlarida “B” toifa portlash va yongʻin xavfi mavjud ishlab chiqarishlarni joylashtirish man etiladi. Yarim yertoʻla qavatlarida joylashgan ishlab chiqarish xonalari, shuningdek yer osti transport tonnellari samarali ventilatsiya bilan taʼminlangan boʻlishi hamda xona yoki tonnelning boshi va oxirida joylashgan kamida ikkita kirish va chiqish joylari boʻlishi zarur. Qisqa tonnellar (uzunligi 15 — 20 metrdan iborat)da bitta kirish-chiqish joyi boʻlishi mumkin. Tonnelning uzunligi 120 metrdan ortiq hollarda kamida har 100 metr oraligʻida balandligi 1,5 metr va kengligi 0,7 metrdan iborat oraliq chiqish joylari boʻlishi zarur boʻlib, ular don omboridan tashqarida, metall narvon yoki chiqish uchun moʻljallangan zinapoyalari boʻlgan lyukli quduq bilan tugashi zarur.
293. Transport galereyalari va tonnellarning oʻlchovini texnologiya talablariga muvofiq belgilash zarur. Bunda oʻtish joylarining balandligi kamida 1,8 m boʻlishi zarur.
294. Alohida yaxlit boʻlmagan toʻsinlar, mexanizmlarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan koʻprikchalar va galereyalar, omborlar galereyalarining yuqori konveyerlari, oʻtish koʻprikchalarining balandligi kamida 1,0 metr hamda pastki qismining kamida 0,15 metri yopiq boʻlgan toʻsiqlari boʻlishi zarur.
295. Uzunligi 20 metrdan ortiq boʻlgan hamda yerdan yoki poldan 2 metrdan ortiq balandlikda joylashgan galereyalar va maydonchalarning bittasi galereyalar va maydonchalarning boshlanishida va ikkinchisi oxirida boʻlgan kamida ikkita kirish va chiqish joylari boʻlishi zarur.
5§. Jihozlarga nisbatan umumiy talablar
296. Jihozlarning konstruksiyasi, ularni montaj (demontaj) qilish, ulardan foydalanish, taʼmirlash, transportirovka qilish va saqlashda, ularni alohida yoki texnologik tizimlar majmui tarkibida foydalanishda xavfsizlik boʻyicha belgilangan talablarga javob berishi zarur.
297. Xom ashyoni tozalash, quritish, qayta ishlov berish va transportirovka qilish uchun moʻljallangan jihozlarda, ularning oʻzaro ishqalanishi yoki mashina detallarining bir-biriga oʻzaro yoki xomashyo va mahsulotdagi begona aralashmalari bilan urilib ketishi natijasida uchqun chiqishini istisno etuvchi qurilmasi boʻlishi zarur.
298. Ishlab chiqarish jihozlarining konstruksiyasi statik elektr toki zaryadining xavfli miqdorlarda toʻplanishini istisno etishi zarur boʻlib, buning uchun ularda yerlashtirish konturini ulash imkonini beruvchi qurilmalar boʻlishi zarur.
299. Ishlab chiqarish jihozlarining konstruksiyasi ishlovchilarning issiq qismlarga tasodifan tegib ketishi hollarini istisno etishi lozim.
Don qurituvchilar, ventilyatorlar, oʻtxona devorlari, kaloriferlar, radiatorlar, bugʻ va issiqlik oʻtkazgichlar va hokazolarning issiq konstruktiv qismlari issiqlik izolatsiyasi bilan qoplangan boʻlishi zarur. Tashqi yuzalarining harorati 45° S dan oshmasligi zarur.
300. Jihozlar konstruksiyalari elementlarida, shikastlanish xavfini keltirib chiqaradigan oʻtkir burchaklari, chiqib qolgan ortiqlari, qirralari va tozalanmagan yuzalari, payvanddan keyin metall oqishi boʻlmasligi lozim.
301. Boshqarish organlari (ishga tushirish tugmalari, dastaklar, pedallar, magnitli puskatellar va boshqalar)ning konstruksiyasi va joylashuvi jihozlarning notoʻgʻri yoki oʻz-oʻzidan ishlab ketishi hamda toʻxtab qolishi hollarini istisno etishi zarur. Boshqarish organlarida, qanday organligi toʻgʻrisidagi yozuvi boʻlishi hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning uning oldiga erkin oʻtishi uchun imkon boʻlishi zarur. Avariyaviy oʻchiriladigan boshqarish organlari qizil rangga boʻyalgan boʻlishi, koʻrinadigan toʻgʻri joyda joylashishi hamda qayerda joylashgani toʻgʻrisida koʻrsatilgan yozuvlari boʻlishi zarur.
302. Ishlab chiqarish jihozlarining xavf manbai boʻlgan harakatlanuvchi qismlari, vallarining turtib chiqqan qismlari, ochiq uzatuvchilar (shkivlar, remenlar), konveyerlarning tortilgan buriluvchi barabanlari va boshqa elementlari ishonchli ravishda toʻsilgan boʻlishi zarur.
Tishli uzatuvchilar stanina yoki mashinaning boshqa turgʻun qismiga mustahkam mahkamlangan yopiq kojuxlar bilan qoplangan boʻlishi zarur. Mashina va mexanizmlarda foydalaniladigan harakatlanuvchi yukka qarshiliklar (ogʻirlikka qarshiliklar) mashina ichida joylashtirilishi yoki mustahkam va ishonchli mahkamlangan toʻsiqlar ichiga oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
303. Foydalanish maqsadi va muddatlaridan kelib chiqib, toʻsiqlar ochiladigan yoki echiladigan kojuxlar koʻrinishida tayyorlanadi. Echiladigan kojuxlarning dastaklari, qisqichlari va ularni echish va oʻrnatishda qulay va xavfsiz ushlab turish uchun moʻljallangan boshqa qurilmalari boʻladi.
Echiladigan, koʻtarib qoʻyiladigan va suriladigan toʻsiqlar, shuningdek ulardagi ochiladigan qopqoqlar, lyukchalar va shitlarda, ularning tasodifan echilishi yoki ochilib ketishining oldini oluvchi moslamalari boʻlishi lozim.
Mexanizmlarning ish jarayonida boshqarib turish va sozlash talab etiladigan toʻsiqlari elektr privodlar bilan blokirovka qilingan boʻlishi zarur.
304. Remen toʻsiqlari jihoz va toʻsiq ostini, ularni echmasdan turib tozalash imkonini taʼminlashi lozim.
305. Jihozlar ishlayotgan vaqtda toʻsiqlarni echish va oʻrnatish man etiladi.
306. Jihozlarning tez aylanadigan(tezligi 5 m/s dan yuqori) qismlari (shkivlar, ventilyatorlarning shkivlari bilan birga ish gʻildiraklari, chyotkali va arqonli barabanlar, shkiv va shesternyalar bilan valslar, disklar bilan birga diskli triyerlar, shlifovka va polirovka qiluvchi mashinalarning barabanlari va shu kabilar) yigʻilgan hamda alohida qismlarga ajratilgan hollarda statik balansirovka qilingan boʻlishi zarur.
Balansirovka qiluvchi yuklarning oʻtkir uchlari boʻlmasligi zarur boʻlib, ular yuklarni tenglashtiradigan detallarning ichki yuzasi tomonidan vintlar yoki boltlar bilan mahkamlanmasligi zarur.
307. Jihozlar ishlayotgan vaqtda podshipniklarning korpuslari 60° S dan ortiq qizib ketmasligi zarur.
308. Privod remenlari hamda yassi remenli uzatuvchilar uchlarining ulanishi mustahkam, silliq, egiluvchan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning qoʻlini shikastlash yoki ularning kiyimini ilib olish hollarini istisno etishi zarur.
Remen uchlarini uzaytirish, yelimlash yoki xom yamoqlar bilan tikish orqali amalga oshirilishi zarur.
Privod remenlarining uchlarini metall ulanishlar bilan ulashga ruxsat berilmaydi.
309. Mashinalarning konstruksiyasida (ichkari va tashqari tomonida) mahkamlovchi detallarning oʻz-oʻzidan ochilib ketishini istisno etuvchi choralar koʻzda tutilishi, vertikal joylashgan boltlar esa golovkasi yuqoriga qaratilgan holda oʻrnatilib, boltning rezbali chiqib turadigan qismi, rezbaning 2 - 2,5 aylanishidan ortiq chiqib turmasligi lozim.
310. Stanoklar, mashinalar, apparatlar va mexanizmlarning moylash talab etiladigan barcha qismlari avtomatlashtirilgan holda moylaydigan uskunalar bilan taʼminlangan boʻlishi yoki ularda ushbu jihoz toʻxtagan hollarda moylash uchun yetarli darajada moy zaxiralari rezervurlari koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
311. Taʼminlovchi qurilmalar (bunkerlar va oʻramalar)da, zarur hollarda yuklangan materiallarning muallaq turib qolishi yoki boʻshliq hosil qilishi imkonlarini istisno etuvchi moslamalari boʻlishi zarur.
312. Vibrotaʼminlovchi va separator kuzovining balansirovka qiluvchi yuki, ekssentrik tebratuvchi, shneklarning muftalari va remenli uzatuvchilari toʻsilgan boʻlishi zarur. Toʻsiqlar, ularning devorlari va aylanuvchi detallari hamda remenli uzatuvchilari, oraliqdagi masofani saqlagan holda oʻrnatilgan boʻlishi zarur. Yarim chorrahali remenli uzatuvchisi boʻlgan separatorlarning privodlarida remen ushlovchilar boʻlishi zarur.
313. Tosh yigʻib oluvchilar va aylanma harakatlanuvchi elakli separatorlardagi yuklar boltlar yoki kontrgaykalar va shplintli shpilkalar bilan mustahkam mahkamlanishi zarur.
314. Diskli triyerning har bir diski va rotori yigʻilgan holda statik balansirovka qilingan boʻlishi zarur.
315. Triyer yuzasiining yacheykalarida tishlari va ortiqlari boʻlmasligi zarur.
316. Silindrik triyerning sozlovchi va sektorli qurilmalari yengil burilishni, shuningdek togʻorasini tegishli holatda mustahkam mahkamlanishini taʼminlashi zarur.
317. Mashina va apparatlarning turgʻun qismlari oraligʻida, ularning ishqalanishini istisno etuvchi oraliq boʻlishi zarur.
318. Triyerlar aspiratsiya qilinishi, ularning kojuxlari esa germetik zich boʻlishi zarur.
319. Radial yoki koʻndalang bichlarning valga va rozetkalarga mahkamlanishi ishonchli boʻlib, ularning uzilib ketishini istisno etishi zarur. Har bir rozetka va yigʻilgan bich barabani statik balansirovka qilingan boʻlishi zarur.
320. Xizmat koʻrsatish xavfsizligi maqsadida rozetkalarning lapkalari bichlarning chekkasidan turtib chiqmasligi, boltlarning golovkalari yarim aylana shaklida boʻlishi va bich tomonida joylashishi, kontrgaykali gaykalar esa — rozetka lapkalari tomonida joylashishi zarur.
321. Oboy mashinalari toʻgʻri kesimli, darzsiz va sinmagan bir xil poʻlatdan yasalishi zarur boʻlib, uchqun chiqishining oldini olish maqsadida bichlar bilan bichli barabanning ichki yuzasiga tegib turishiga ruxsat berilmaydi.
322. Barabanlarning balansirovka qiluvchi yuklari boltlar yordamida, rozetkalarning ichki yuzasiga mahkamlanishi zarur. Bichlarning uchlari dumaloqlashtirilgan, ish qirralari charxlangan boʻlishi zarur.
323. Abraziv barabanlarining najdakli massasi mustahkam boʻlishi, darzlari yoki obechayklardan qatlamlarga ajralgan boʻlmasligi zarur.
324. Eshikchalar, koʻrish lyukchalari va chiqarish moslamalari zichlangan va chang oʻtkazmaydigan boʻlishi zarur.
325. Donga suv va issiqlik bilan ishlov beruvchi mashinalar, ularning bugʻ seksiyalari bugʻ va issiq suv quvur oʻtkazgichlarning tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish boʻyicha belgilangan talabalarga javob berishi zarur.
326. Namlantiruvchi mashinalarning suv va don gʻildiraklari hamda disklari balansirovka qilingan, yumshoq aylanishi, suv oqimi bir maromda boʻlishi, quvurlar, rezervuarlar va armaturada suv sizib chiqishi hollari boʻlmasligi, suv chiqarish erkin boʻlishi zarur.
327. Yuvish mashinalari isitiladigan xonalarda, bortining balandligi 50 — 75 mm boʻlgan metall yoki beton togʻoralarda oʻrnatilgan boʻlishi zarur. Yuvish mashinasi atrofidagi pol quruq boʻlishi zarur.
328. Yuvish mashinasining siqiladigan kolonkali kojuxi suv sachratmaydigan, mustahkam boʻlishi, uning tez ochilishini taʼminlaydigan mahkamlovchisi boʻlishi zarur.
329. Konditsionerlarning konstruksiyasi ularda don osilib qolishini istisno etishi va avariya hollarida shaxta va kanallarini tozalash uchun moʻljallangan lyukcha va tuynuklari boʻlishi lozim.
330. Mashinalarda don miqdorini koʻrsatuvchi datchiklar hamda belgilangan ish rejimi buzilgan hollarda uni tezkor va ishonchli ishga tushirilishi hamda toʻxtatilishini taʼminlaydigan oxirgi oʻchiruvchilar oʻrnatilgan boʻlishi zarur. Mashinalar elektr tarmogʻida kuchlanish pasaygan hollarda yuqori zatvorining oʻz-oʻzidan ochilib ketishini istisno etuvchi moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
331. Tezkor havo almashtiradigan konditsioner apparatlari bugʻ bosimining yuqori va pastki chegaralarini boshqaruvchi uskuna, shuningdek konditsionerdagi don haroratini boshqaradigan va ortiqcha kuchlanishdan himoyalaydigan avtomatik tizim bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
332. Vals stanoklarining konstruksiyasi, boʻshliqli stanoklar uchun valslar orasida oʻlchami 5 mm dan oshmaydigan, yoppa bochkali maydalaydigan valsli stanoklar uchun esa 8 mm dan oshmaydigan begona jismlarning oʻtishini taʼminlashi lozim.
333. Vals stanoklari erkin yurishining yorugʻlik signalizatsiyasi boʻlishi zarur.
334. Pnevmopriyemnikli stanoklarda, bunker toʻlib ketganda stanokni erkin xolga oʻtkazadigan blokirovka mexanizmlari boʻlishi zarur.
335. Pnevmopriyemniklarda mahsulot toʻlib ketgan hollarda boʻshatishga moʻljallangan qurilmasi boʻlishi zarur.
336. Valslar oraligʻidagi uzatuvchi shesternyani toʻsadigan kojux konstruksiyasi karterda moy miqdori normal darajada boʻlgan holatda tashqariga moy sachratishini istisno etishi zarur.
337. Valslarni suvda sovutish qurilmasining konstruksiyasi kirayotgan va maydalangan mahsulot haroratini 12° S dan oshmagan darajada oʻzgarishini taʼminlashi lozim.
338. Vals stanogining privod remenlari hamda shkivlari va elektr dvigatellari ham tashqaridan, ham ichkari tomondan (stanok tomonidan) toʻsilgan boʻlishi zarur.
339. Aylanayotgan valslar qoʻl barmoqlarini ilib ketishidan himoya qilish maqsadida stanoklarda himoya qiluvchi reshyotkalar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
340. Don va arpalarga suv bilan issiqlik ishlov beruvchi mashinalar, ularning bugʻ seksiyalari va shu kabilari bugʻ va issiq suv quvur oʻtkazgichlarning tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish boʻyicha belgilangan talablarga javob berishi zarur.
341. Bugʻ bilan ishlov beruvchi yuqori va pastki shlyuzli zatvorlarni fiksatsiya qiluvchi qurilmalar ishlash vaqtida, qopqoq burilishida ularning ishonchli ilinishi hamda richagning erkin yurishi vaqtida ilgakdan erkin chiqishini taʼminlashi lozim. Bugʻ bilan ishlov beruvchining yuqori va pastki zatvorlari idishning don bilan toʻlgan holatda uni zich yopilishini taʼminlashi lozim.
342. Drobilkalarning yuklash voronkalarida, begona jismlar tushishidan himoyalovchi yacheykalarining oʻlchami 20x20 yoki 25x25 mm dan iborat himoya reshyotkasi boʻlishi zarur.
343. Drobilkalarning qopqoqlari, ularning oʻz-oʻzidan ochilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan ishonchli fiksatsiya qiluvchi qurilmalari boʻlishi zarur.
344. Jmix sindiruvchi va joʻxori poyasini maydalovchilarni taʼminlaydigan qurilmalar, gorlovinasidan maydalangan jmix va joʻxori mahsulotlarini qaytarib chiqarilishini istisno etadigan klapanlari boʻlishi zarur.
345. Qop tozalovchi mashinalar, ularni changdan tozalash jarayonida qoʻlda ushlab turishni istisno etishi lozim.
346. Matodan tikilgan qoplarni tozalaydigan mashina va apparatlarda ishlovchi qoʻlini, qoqayotgan (tozalayotgan) va transportirovka qilayotgan mexanizm zonasiga kirishining oldini oluvchi qurilmasi boʻlishi zarur.
347. Suyuq va gazsimon yonilgʻida ishlaydigan oʻtxonalarda, quyidagilarning oldini olish uchun moʻljallangan avtomatik tizimi boʻlishi zarur:
issiq yonilgʻini oʻtxona oldiga chiqarib tashlanishi;
oʻtxonaga alangalatuvchisi oʻchgan holatda yonilgʻi oqib kirishi;
ventilyatorni oldindan ishga tushirmasdan va oʻtxonani oldindan saqlanib qolgan yonilgʻi bugʻlarini havoda tozalab tashlamasdan turib, yonilgʻi yoqilishi.
348. Suyuq va gazsimon yonilgʻida ishlaydigan oʻtxonalarda alangalatuvchi oʻchgan holatda yonilgʻi uzatishni avtomatik ravishda toʻxtatilishini taʼminlaydigan qurilma boʻlishi zarur.
349. Bevosita suyuq va gazsimon yonilgʻi yoqiladigan oʻtxona boʻshligʻi portlashga qarshi razryadli (klapan) qurilma bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
6§. Jihozlarni joylashtirish
350. Ishlab chiqarish jihozlari, ularni montaj qilish, taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish qulay, xavfsiz xonalar va jihozlarni tegishli holatda saqlab turish imkonini beradigan holda joylashtirilishi zarur.
351. Turgʻun oʻrnatiladigan jihozlar, ularga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun oldiga bemalol oʻtish koʻzda tutilgan holda joylashtirilishi lozim.Oʻtish joylarining kengligini belgilashda, qurilish konstruksiyalarining turtib chiqqan joylari (kommunikatsiya tizimlari)dan jihozlarning eng koʻp chiqib turgan qismlari oraligʻini hisobga olish lozim.
352. Bevosita zinapoya maydonchalari yoki tutash xonalarga evakuatsiya chiqish, shuningdek mashina va stanoklar guruhi oldiga oʻtish bilan bogʻliq toʻgʻri va koʻndalang oʻtish joylarining kengligi kamida 1,0 metr, alohida mashina va stanoklar oldiga oʻtish joylarining kengligi esa kamida 0,8 metrdan iborat boʻlishi zarur.
353. Pastki qavatda joylashgan transmissiya privodi yoki individual elektr dvigatellari privodi tarkibidagi guruhda joylashgan vals stanoklari shkivlari oraligʻidagi ajralishlarning kengligi kamida 0,35 m boʻlishi zarur.
354. Vals stanoklari har bir guruhda, elektr dvigatellari bilan birga umumiy uzunligi 15 metrdan oshmasa va guruhdagi boshqa stanoklar ishini toʻxtatmagan holda istalgan stanokdagi ishchi vallarni almashtirish imkoni boʻlgan hollarda guruhiy ravishda oʻrnatilishi mumkin.
355. Bino devorlari va rassevlar oraligʻida, kengligi kamida 1,25 metr, ZRM tipidagi rassevlar oraligʻida, ularning uzun tomoni boʻyicha kamida 1,15 metr, qisqa tomoni boʻyicha esa kamida 1,0 metr oʻtish joylari koʻzda tutilgan boʻlishi zarur. 3 RSh, RZ-BRB va RZ-BRV tiplaridagi rassevlar oraligʻida, ular bir qator joylashtirilgan hollarda qisqa tomonlari boʻyicha kamida 1,15 metr, uzun tomonlari boʻyicha kamida 1,0 metr, ikki qator koʻndalang joylashtirilgan hollarda ushbu tipdagi rassevlar uchun oʻtish joylarining kengligi ham qisqa, qam uzun tomonlari uchun kamida 1,15 metrdan iborat boʻlishi zarur.
356. Xizmat koʻrsatish uchun barcha tomonlariga oʻtish zarur boʻlgan rassevlar, separatorlar, oboy va yuvish mashinalari, shuningdek shu kabi boshqa jihozlarni guruhiy joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
357. Elaklaydigan mashinalarning yon tomonlaridan, aspiratsiya quvurlaridan holi joylarda kengligi kamida 0,8 metr oʻtish joylari koʻzda tutiladi.
358. Vertikal dumaloq chyotkali mashinalarni guruhiy joylashtirishda guruhdagi alohida mashinalar oraligʻining kengligi kamida 0,7 metr boʻlishi zarur.
359. Mahsulotni taboqlash va upakovka qilish uchun moʻljallangan karusel tipidagi taroz qurilmasining barcha tomonlaridagi oʻtish joylarining kengligi kamida 2,0 metr boʻlishi zarur.
360. Taʼmirlash vaqtida xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratish maqsadida granulyator shneki privodidan devorgacha, kengligi kamida 1,7 metr hamda boʻshatuvchi qurilma privodi tomonidan sovutgichdan devorgacha kamida 1,6 metr kenglikda oʻtish joyi koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
361. Turgʻun joylashtiriladigan qattiq yonilgʻida ishlaydigan oʻtxonali don quritgichlarning kuldon tomonidan kengligi kamida 0,8 metr, oʻtxona oldida esa kamida 2,5 metr kenglikda oʻtish joyi koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
Suyuq yoki gazsimon yonilgʻidan foydalanishda oʻtxonaning forsunkalari, gaz goryelkalari va armaturasining chiqib turgan qismidan devor yoki binoning boshqa qismlari yoki ishlayotgan don quritgichlardagi jihozlargacha boʻlgan masofa, rekonstruksiya qilish vaqtida oʻtxona oldidagi xonaning kengligini kamida 1,5 metrgacha boʻlishiga ruxsat beriladi.
362. Ikkita separatorlar oraligʻida, shuningdek separatorlar va binoning konstruktiv elementlari oraligʻidagi oʻtish joylarining kengligi quyidagicha boʻlishi zarur:
reshyotkalarining yon tomonida ariqchasi boʻlgan separatorlar uchun:
privodli val tomonidan kengligi kamida 1,0 metr, yon tomonlarida esa kengligi kamida 1,2 metr;
reshyotkalari aylanma harakatlanadigan separatorlar uchun: privodli val tomonidan kengligi kamida 1,4 metr, yon tomonlarida esa kengligi kamida 1,0 metr;
ishlab chiqarish quvvati 50 t/h gacha (elevatorda tozalash hisoblangan holda)boʻlgan, reshyotkalari qaytarma va aylanuvchi harakatlanuvchi hamda reshyotkalarining privodli val tomonida ariqchalari boʻlgan holda, shuningdek A1-BSS marka tipidagi separatorlar uchun — kamida 1,0 metr, yon tomonlaridan esa kamida 0,8 metr.
Barcha separatorlar uchun don chiqariladigan tomonida kengligi 0,7 metrdan iborat oʻtish joyi boʻlishi zarur.
Separatorlarda don chiqish joyida magnitli himoya qurilmasi yoʻq boʻlgan hollarda, separator gabarit oʻlchamlaridan kamida 0,15 metr masofada noriy quvurlarini oʻrnatishga ruxsat beriladi.
363. Noriy bashmaklari oldidagi oʻtish joylari xizmat koʻrsatiladigan uchta tomonida kengligi kamida 0,7 metr boʻlgan oʻtish joylari boʻlishi zarur.
364. Ishlab chiqarish binolari, galereyalar, tonnellar va estakadalarda, konveyerlar trassalari boʻyicha, ularni joylashtirishda konveyerning har ikki tomonida, ularni xavfsiz montaj qilish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun oʻtish joylari koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
Konveyerlarga xizmat koʻrsatish uchun oʻtish joylarining kengligi kamida quyidagicha boʻlishi zarur:
lentali va zanjirli konveyerlar uchun — 0,75 metr;
parallel joylashtirilgan konveyerlar oraligʻi — 1,0 metr.
Butun trassa boʻylab qattiq koroblar yoki setkasimon toʻsiqlar bilan yopilgan parallel oʻrnatilgan konveyerlar uchun oʻtish joylarining kengligi 0,7 metrgacha kamaydi.
365. Konveyerlar oraligʻidagi oʻtish joylarida oʻtish joyini mahalliy toraytiradigan qurilish konstruksiyalari (ustunlar, pilyastr va shu kabilar) mavjud hollarda konveyerlar va qurilish konstruksiyalari oraligʻidagi masofa 1,0 metr uzunlikdagi oʻtish joyigacha, kengligi kamida 0,5 metr boʻlishi zarur. Oʻtish joyining ushbu joylari toʻsilgan boʻlishi zarur.
366. Galereyalarda joylashgan, polning pastlashish darajasi gorizontga nisbatan 6° — 12° ni tashkil etadigan konveyerlar trassasi boʻyicha oʻtish joyining kengligida koʻndalang toʻshalgan nastillar oʻrnatilishi, 12° dan ortiq pastlashish hollarida esa zinapoya maydonchalari oʻrnatilishi zarur.
367. Konveyerlarda yuk tushiruvchi aravachalar boʻlgan hollarda oʻtish joylarining kengligi ushbu aravachalarning enini hisobga olgan holda kattalashtirilishi zarur.
368. Oʻtish joylarining balandligi quyidagilardan past boʻlmasligi lozim:
ishlab chiqarish xonalariga oʻrnatilgan va ish joylari boʻlmagan konveyerlar uchun — 2,0 metr;
galereyalar, tonnellar va estakadalarda oʻrnatilgan konveyerlar uchun — 1,9 metr, bunda shiplarida turtib chiqqan oʻtkir qismlari boʻlmasligi zarur.
369. Uzunligi 20 metrdan ortiq boʻlgan, poldan 1,2 metrdan ortiq boʻlmagan balandlikda oʻrnatilgan konveyerlar(yuk tushiruvchi aravachalari boʻlmagan) ustidan, zarur joylarda odamlar oʻtishi uchun moʻljallangan, balandligi kamida 1,0 metrdan iborat toʻsiqlari boʻlgan koʻprikchalar oʻrnatish zarur.
Konveyerlar ustidan qurilgan koʻprikchalar oraligʻidagi masofa kamida quyidagicha boʻlishi zarur:
ishlab chiqarish xonalarida — 50 metr;
galereya va estakadalarda — 100 metr.
Koʻprikchalarni qurishda ularning polidan transportirovka qilinadigan mahsulotning eng koʻp turtib chiqqan qismi orasidagi masofa kamida 0,6 metr, turtib chiqqan qurilish konstruksiyalari (kommunikatsiya tizimlari)gacha boʻlgan masofa kamida 2,0 metrni tashkil etishi zarur.
370. Yuk tushiruvchi aravachalari boʻlgan lentali konveyerlar ustidan oʻtish uchun, kengligi kamida 0,7 metr boʻlgan yuk tushiruvchi aravachalar koʻprikchalaridan foydalanish zarur.
371. Oʻqi yerdan 1,8 metrdan yuqorida joylashgan zanjirli konveyerlarning privodli va tortish stansiyalari, 2,0 metrdan ortiq balandlikda joylashgan konveyerlardan toʻkuvchi korobkalardagi aylanuvchi chyotkalarga xizmat koʻrsatish uchun toʻsiqlari boʻlgan turgʻun maydonchalarni oʻrnatish koʻzda tutiladi.
Maydonchalarga koʻtarilish uchun kengligi kamida 0,7 metrdan iborat zinapoyalar oʻrnatilishi zarur.
372. Bino tashqarisida noriylarni oʻrnatish hollarida ular toʻsiqlarining balandligi kamida 1,0 metr boʻlgan, koʻtarilish burchagi 6,0 metrdan oshmagan, balandlashish burchagi 60° dan oshmagan toʻsiqlari boʻlgan alohida zinapoyalar koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
373. Harakatlanuvchi qismlari boʻlmagan jihozlar (oʻz oqimi bilan oqadigan quvur, mahsulot oʻtkazgich, havo oʻtkazgich, noriyli quvurlar va shu kabilar), devor ustunlar oldida, ulardan kamida 0,25 metr ajralgan holda joylashtirilishi mumkin.
374. Jihozlarning barcha ish organlari sozlangan, zarur hollarda balansirovka qilingan va soz holda, ularga xos boʻlmagan shovqin, vibratsiya va uzilishsiz ishlashi zarur.
375. Ishlayotgan ishlab chiqarishlardagi xonalarda taʼmir ishlarini bajarish, faqat bosh muhandis, sex boshligʻi yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslarning ruxsatiga koʻra bajarilishi zarur. Taʼmir ishlarini bajarishda, ularning xavfsiz amalga oshirilishini taʼminlovchi barcha tegishli choralar koʻrilishi lozim.
Murakkab taʼmir ishlarini bajarishda, ushbu ishlarni bajarish joylari toʻsilgan hamda tutash joylarda ishlayotgan ishchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida, ogohlantiruvchi plakatlar ilib qoʻyilgan boʻlishi zarur.
376. Taʼmirlanayotgan jihozlar energiya manbaidan uzib qoʻyiladi, jihozni ishga tushirish, taqsimlash punkti xonasi va dispetcherlik boshqarish punktida “Yoqilmasin. Odamlar ishlamoqda” yozuvli plakat ilib qoʻyish zarur.
377. Don quritgichlar, ayniqsa oʻtxonalar, issiqlik konditsionerlari, donga bugʻ bilan ishlov beruvchi avtomatlar, bugʻli quritgichlar, qaynatuvchi apparatlar, moy va kombikorm kirituvchi qurilmalar hamda don va mahsulotlarga issiqlik bilan ishlov beruvchi boshqa mashinalarni, ular toʻliq toʻxtatilib, sovutilganidan keyin taʼmirlash ishlarini amalga oshirish mumkin.
378. Ishlab chiqarish xonalarida payvandlash va boshqa olov bilan bogʻliq ishlarni faqat alohida zarur hollarda, ishlamayotgan sexlarda hamda faqatgina ularning oʻlchamlariga koʻra ushbu maqsadlar uchun ajratilgan maxsus joylarga olib chiqish imkoni boʻlmagan jihozlar uchun foydalanish mumkin. Jihozlarning asosiy qismlari, oʻz oqimi bilan oqadigan uskunalar, himoya kojuxlari va shu kabilarni, ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga olib chiqilib, keyin olov bilan bogʻliq ishlarni bajarish koʻzda tutilgan holda qismlarga ajratish koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
Payvandlash, gaz alangasi va olov bilan bogʻliq boshqa xavfli ishlarni xalq xoʻjaligi obyektlarida payvandlash va olov bilan bogʻliq boshqa ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga toʻliq rioya qilgan holda tashkil etish va bajarish zarur.
379. Jihozlar toʻxtatilishi va ularga texnik xizmat koʻrsatilishidan keyin ishga tushirishda, ularning sozligi tekshirib koʻrilishi zarur.
380. Yangi oʻrnatilgan yoki taʼmirlangan jihozlarni korxona bosh muhandisining ruxsatiga koʻra ishga tushirishga ruxsat beriladi. Jihozlarni oldin quyidagilar boʻyicha tekshirib koʻrish lozim:
toʻgʻri yigʻilganligi va mahkamlovchi detallarining ishonchli mustahkamlanganligi;
jihozlarda begona jismlarning yoʻqligi;
aylanuvchi qismlarining balansirovka qilinganligi;
moylash tizimining ishlashi;
uzatuvchi va privodli remenlari butlanganligi;
toʻsiqlarning mavjudligi, ularning sozligi va amaldagi qoidalarga muvofiqligi;
oʻchiruvchi va zichlovchi qurilmalari, lyuklari, qopqoqlari va eshikchalarining sozligi;
muntazam yoki vaqtinchalik privoddan erkin yurishini tekshirib koʻrish;
oʻrnatilgan issiqlik relesi va magnitli puskateli elektr dvigatelining nominal oʻlchoviga mosligi;
blokirovka qilish va nazorat qurilmalarining mavjudligi va sozligi.
381. Jihozlar erkin yurishi boʻyicha tekshirilgandan keyin va aniqlangan nuqson va nosozliklari bartaraf etilgandan keyin, jihozlarni avval kichik kuchlanish bilan, keyinchalik kuchlanishni zarur darajagacha oshirish orqali tekshirishga ruxsat beriladi.
7§. Jihozlardan foydalanish
382. Konveyerlar, noriylar bashmaklari va boshqa mashinalar ishlayotgan vaqtda ularni toʻlib qolish, presslangan mahsulotlardan yoki tushgan boshqa jismlardan tozalash mumkin emas.
Tozalash ishlarini mashinalar toʻliq toʻxtatilib, ular tasodifan ishga tushib ketishining oldini oladigan tegishli choralar koʻrilgandan keyin amalga oshirishga ruxsat beriladi.
383. Mashinalarni ishga tushirishdan oldin, ularning ishga tushirilishi ishlayotgan xodimlarga xavf keltirib chiqarmasligiga amin boʻlish, masofadan turib boshqarish hollarida esa, mashinalarni ishga tushirilishi haqida ogohlantiruvchi signal berilishi zarur.
384. Privodli remenlarni, harakatlanayotgan vaqtda echish yoki taqish, remen va zanjirlarning tortilishini mashina ishlayotgan vaqtda sozlash man etiladi.
385. Barcha ishlayotgan mashinalar, shovqin kuchayishi yoki aylanadigan detallarning qizib ketishini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan nuqsonlar (mashina qismlarining notoʻgʻri yigʻilishi yoki ularning yaroqsiz holga kelishi, oʻz vaqtida yoki yetarli darajada moylamaslik va hokazolar)ni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida muntazam nazorat qilib turilishi zarur. Ishlayotgan xodimlarga xavf keltirib chiqaradigan nosozliklar aniqlangan hollarda jihozlar zudlik bilan toʻxtatilishi zarur.
386. Harakatlanayotgan qismlarda boltli ulanishlarni tortish, turli nosozliklarni bartaraf etishga, jihozlar toʻliq toʻxtatilgandan keyin ruxsat beriladi.
387. Avtomatik ravishda moylash qurilmasining imkoni boʻlmagan hollarda va podshipniklar va maydonlarni ishlash vaqtida toʻldirish zarurati boʻlgan hollarda, moylash ishlari ushbu joylarga oʻtish joyining xavfsizligini taʼminlash yoki xavfsiz oʻtish qulay boʻlgan joylarga maxsus trubkalar va maydonlarni chiqarish orqali amalga oshiriladi. Qoʻl maydonlarining uchlari podshipnikka xavfsiz yaqinlashish imkonini taʼminlaydigan uzunlikda (kamida 200 mm) boʻlishi zarur.
388. Mashinalarning ichki tekshiruvchisi, ularni taʼmirlash, uzoq muddatga toʻxtatilishi, ularning nosozligi hollarida ularni elektr tarmogʻidan uzish, transmission privod mavjud hollarida esa, privod remenlari echib qoʻyilishi zarur. Jihozlarni ishga tushirish joylarida “Ishga tushirilmasin — taʼmirlanayapti” yoki “Jihozlar nosoz” kabi yozuvli tablichkalar ilib qoʻyilishi zarur.
389. Chang chiqaradigan mashinalarni ochiq lyuklari, qopqoqlari yoki eshikchalari boʻlgan holda ishga tushirish man etiladi.
Mashinalarning qopqoqlarida maxsus oʻrnatilgan aspiratsion teshiklarni yelimlash yoki toʻldirib qoʻyish man etiladi.
390. Jihozlardagi harakatlanayotgan qismlaridan yoki ushbu qismlarga yaqin joylardan don va arpani yoki ularni maydalash mahsulini qoʻlda sinov uchun olish man etiladi. Ushbu maqsadlar uchun mahsulot oʻtkazgichda maxsus lyukchalar qoldirilgan boʻlishi zarur Sinov uchun mahsulot olingandan keyin yoki tekshirish ishlaridan keyin lyukchalar zich yopib qoʻyilishi zarur.
Chiqarish patrubkasi lyukchasidan sinov uchun mahsulotni faqat xokandozlarda olish lozim.
Don qurituvchining issiq kamerasidan mahsulotni sinash uchun olish, olish oson va xizmat koʻrsatish qulay boʻlgan joyda saqlanadigan maxsus yogʻoch dastakli xokandozda olinadi.
391. Mashinalarga xizmat koʻrsatishda xavfsiz boʻlgan quyidagi maxsus qirgʻich va chyotkalardan foydalanish lozim:
vals stanokidagi zaslonka va taʼminlovchi valcha orasidagi oraliqni tozalash;
noriy bashmaklari va konveyerlar toʻlib qolganda tozalash;
separatorlar reshyotkalarining yuqori yassiliklarini erkin yurishda tozalash (uzun dastakli chyotkalar yordamida);
taʼminlovchi mexanizmlarni tozalash;
magnitlik kolonkalarni metall aralashmalaridan tozalash.
Koʻrsatib oʻtilgan moslamalar, olishga oson va xizmat koʻrsatish uchun qulay joylarda saqlanishi zarur.
392. Texnologik, transport, aspiratsion va boshqa jihozlar, shuningdek oqovalar, material oʻtkazuvchilar texnologik chizmaga muvofiq markirovka qilingan boʻlishi zarur. Yozuvlari aniq va koʻrinadigan joylarida boʻlishi zarur.
393. Separatorlar va tosh oluvchilarni ishga tushirishda, kuzovining erkin yurishida muvozanati, reshyotkali ramalarning ishonchli mahkamlanganligi, taqillashlari va ortiqcha vibratsiya yoʻqligiga amin boʻlish lozim.
394. Pnevmoseparatorlarning havo bilan tozalanadigan kanalidagi harakatlanuvchi devorini sozlaydigan mexanizmi kanal kengligini bir maromda oʻzgarishini taʼminlashi lozim.
395. Aylanma harakatlanadigan tosh oluvchilar va separatorlarda kuzov ilinadigan troslari bir xil tortilgan boʻlishi hamda tizimli ravishda tekshirilib turilishi zarur. Trosning oʻralgan qadamiga teng uchastkasidagi simlari umumiy sonining 5% uzilgan hollarda yangisiga almashtirish lozim. Tros uchlari mis sim bilan jipslashtirilgan hamda payvandlangan boʻlishi zarur.
396. Separatorlar reshyotkalarining muvozanati davriy ravishda tekshirilishi, ventilyatorlar rotorlari — balansirovka qilinishi zarur.
397. Triyerlar silindrlari aylanayotgan vaziyatda maydonlarga moy toʻldirish hamda undagi moyni presslash man etiladi.
398. Oboy mashinalari ishlayotgan vaqtda oboy ramkalarining setkalarini chiqarib olish hamda najdakli va metall barabanlardagi lyuklarni ochish man etiladi. Xuddi shu qoidalar don qobigʻini maydalash uchun moʻljallangan silindrlari gorizontal va vertikal joylashgan maydalovchi bichevka va chyotka mashinalari uchun ham tegishlidir.
399. Yuvuvchi mashina va siquvchi kolonkaning ish yuzalari kuchli suv oqimi bilan yuvilishi, zarur hollarda esa maxsus chyotka bilan yuvilishi zarur. Mashina ishlayotgan vaqtda togʻora shneklaridan donni sidirib olish hamda unga tasodifan tushgan begona jismlarni chiqarib olish man etiladi.
400. Donni isitadigan kolonkalar toʻsinga ishonchli mahkamlangan boʻlishi zarur. Isituvchiga bugʻ uzatadigan magistralda, kuzatish uchun qulay joyda, poldan koʻpi bilan 2 metr balandlikda monometr oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
Bugʻ uzatishdan oldin isituvchi don bilan yuqorisigacha toʻldirilgan boʻlishi zarur.
Isituvchining yuqori qopqogʻidagi ventilatsiya tuynugini kamida smenada bir marta, undan toʻydirilgan havoni chiqarish uchun ochib turish zarur.
401. Konditsionerni don bilan bir maromda toʻldirish zarur boʻlib, toʻxtab qolish hollarida zudlik bilan batareyalarni issiq suv bilan taʼminlashni toʻxtatish, quritish kamerasiga issiq havo uzatishni hamda konditsioner kolonnasiga don uzatishni toʻxtatish zarur. Don osilib qolish hollarida shaxta va kanallarni lyukchalar va tuynuklar orqali tozalash zarur.
402. Apparat shneklari (isituvchi va nazorat qiluvchi) jeloblarida germetik zich yopilgan boʻlib, ishlayotgan vaqtda uni toʻlib ketishidan tozalash va taʼmirlash man etiladi. Jeloblarning echiladigan qopqoqlarini faqatgina mashina toʻxtatilgan holatda ochishga ruxsat beriladi.
403. Mashinani boshqaruv pulti orqali boshqarganda, u barcha boshqarish mexanizmlarning aniq ishlashi hamda ularning normal ishlashi izdan chiqqan hollarda ovozli yoki yorugʻlik signali bilan ogohlantirilishi taʼminlanishi zarur.
404. Tezkor shamollatadigan konditsioner apparatining namlikni qurituvchisida don qabul qilish va chiqarishni avtomatik ravishda blokirovka qiladigan tizimi boʻlishi zarur.
405. Elektr magnitli separatorlar detallari(magnitli uzatgich, podshipniklar)ning qizishi 60° S dan oshmagan holatgacha ishlashga ruxsat beriladi, mahsulot bilan bevosita tegib turadigan detallarining ruxsat beriladigan qizish harorati 50° S ni tashkil etadi.
406. Tituvchi, valikni taʼminlovchi, yuruvchi valik privodlarining mexanizmlari, magnitli polyuslarni tozalovchi qurilmalar ishonchli ravishda toʻsilgan boʻlishi zarur.
407. Elektr magnitli separatorlarning qiruvchi mexanizmlari bir maromda ishlashi va magnitli aralashmalarni, keyin qoʻlda tozalamasdan, toʻliq chiqarilishini taʼminlashi zarur.
Separator polyuslariga qoʻl tegizish man etiladi.
408. Elektr magnitli separatorlarning yorugʻlik signalizatsiyasi uzluksiz ishlashi zarur boʻlib, u boʻlmagan hollarda separatorni elektr kuchlanishga ulash man etiladi.
409. Separatorda taqillash yoki nosozlikning boshqa belgilari paydo boʻlgan hollarda, uchqun chiqishining oldini olish maqsadida uni zudlik bilan toʻxtatish zarur.
410. Qobiqlarining tegishli darajadagi himoyasi boʻlmagan selenli vipryamitel, elektr kommutatsiya uskunalari elektr taqsimlash yoki yuqori xavf boʻlmagan boshqa xonalarga oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
411. Magnitli aralashmalar ajratadigan mashinalar xizmat koʻrsatish qulay boʻlgan, koʻrish uchun oldiga bemalol oʻtish imkoni boʻlgan joylarga oʻrnatilishi zarur.
412. Magnitli kolonkalarning konstruksiyasi podkovka bloklarini magnitli aralashmalardan, katta jismoniy kuch ishlatmasdan tozalash uchun yengil chiqarib olishni taʼminlashi zarur. Magnitlarni tozalash vaqtida ularning mahsulotga tushish hollari istisno etilgan boʻlishi zarur.
Magnitli kolonkalarni metall aralashmalaridan tozalash uchun maxsus chyotkalar yoki yogʻochdan tayyorlangan qirgʻichlardan foydalanish lozim. Magnitli aralashmalarni maxsus yashiklarga yigʻish zarur.
Magnitli podkovkalarning yon tomoni va chekkasidagi yuzalari toza ishlov berilgan hamda ularda oʻtkir qirralar va ortiqlar boʻlmasligi lozim.
413. Magnitli podkovkalarni magnitlash izolatsiyalangan quruq xonada bajarilishi lozim.
414. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tizimli ravishda mahsulotlarni elektromagnit separatorlar va magnitli kolonkalarga, magnit maydonining butun uzunligi boʻyicha uzluksiz va bir maromda uzatilishini tekshirib turishlari lozim.
415. Vals stanogining har bir yarmidagi maydalovchi valslarning tsapfalari (65 mm diametrli) yuzasining umumiy oʻqidagi qiyshayishi 1000 mm uzunlikda 0,25 mm dan oshmasligi zarur.
416. Valslar oraligʻidagi oraliq boshqariladigan boʻlishi hamda 0,1 dan 1,0 mm gacha chegaralarda boʻlishi zarur.
417. Vals stanogining taʼminlovchi qurilmasi valslarning butun uzunligi boʻyicha mahsulotni bir maromda uzatilishini taʼminlashi zarur.
418. Zaslonka va taʼminlovchi valik orasidagi oraliqni, shuningdek aspiratsiya quvurlari, kanallar va mahsulot uzatuvchilarni tozalash uchun xavfsiz va qulay moslamalar mavjud boʻlishi zarur. Taʼminlovchi valikni tozalash uchun zaslonkani echish va oʻrnatish ishlarini bajarishga stanok toʻliq toʻxtagandan keyin amalga oshirishga ruxsat beriladi.
419. Vals stanoki ishlayotgan vaqtda mahsulotlarni taʼminlovchi valikdan ish zonasiga uzatuvchi shitlarni tozalash va chiqarish, shuningdek stanokka tushib qolgan begona jismlarni qoʻlda ilib olish man etiladi. Shu kabi jismlarning tushib qolishi hollarida stanokni zudlik bilan toʻxtatish va stanok toʻliq toʻxtagandan keyingina ularni chiqarib tashlash lozim.
420. Valslarni stanokdan chiqarish, harakatlantirish va oʻrnatish faqatgina maxsus moslamalar(kranli va boshqa aravachalar, tallar, monorelsli izlar va shu kabilar)dan foydalangan holda bajariladi.
421. Monorelsning koʻndalang oʻqi tez aylanadigan vals oʻqi ustidan oʻtgan boʻlishi zarur. Poldan monorelsgacha boʻlgan masofa kamida 3,2 metrni tashkil etishi zarur.
422. Mashinalarning balansirlari va harakatlanuvchi qismlari (ekssentrikli tebratuvchi, privodli vallar va boshqalar) ishonchli mahkamlangan va yengil echiladigan toʻsiqlar bilan yopilgan boʻlishi zarur.
Rassevlarni toʻsilmagan balansirlar mavjud hollarda ishga tushirish man etiladi.
Balansirlar toʻsiqlarga va rassev korpusiga tegmasligi lozim.
423. Kuzov mustahkamlanishi ishonchli, kontrgaykali tortuvchi boltlarning toʻliq komplekti bilan mahkamlangan boʻlishi zarur.
424. Rassevlar kuzovlari, kuzovning pastki yuzasi poldan kamida 0,35 metr balandlikda joylashgan holda ilinishi zarur.
425. Chiqaruvchi patrubkali rassevlar va tosh oluvchilar kuzovlarining barcha egiluvchan ulanishlari chang oʻtkazmaydigan materialdan tayyorlangan boʻlishi, kuzov shtutserlari va patrubkalarda ishonchli mahkamlangan boʻlishi zarur.
426. Rukavlarni ilib qoʻyish uchun moʻljallangan shtutserlar oʻtkir qirralari va ortiqlari boʻlmasligi hamda shtutserlarning pastki qobirgʻalari ichkariga oʻralgan boʻlishi zarur.
427. Balansirlarni oʻrnatish, echish va harakatlantirish maxsus aravachalar yordamida bajarilishi zarur.
428. Normal holda ishlayotgan rassevning tezlashishi vaqtida toʻxtatish, shuningdek rassev toʻliq toʻxtaguncha qayta ishga tushirish man etiladi. Rassevlarni ishga tushirish va toʻxtatish vaqtlarida ular orasidagi oʻtish joylarida turish man etiladi.
429. Rassev, zarblar va taqillashlarsiz, bir maromda aylanishi zarur. Rassevlarning normal yurishi buzilsa yoki taqillash paydo boʻlgan hollarda uni, mahsulot uzatishni toʻxtatgan holda zudlik bilan toʻxtatish zarur.
430. Rassevni ishga tushirishdan oldin mashinada begona jismlar yoʻqligini tekshirib koʻrish lozim.
431. Elaklaydigan mashinalarda elakli ramalar, ularning mashina ishlayotgan vaqtda tushib qolishi yoki ariqchalarida harakatlanishining oldini olish maqsadida ishonchli mahkamlash zarur.
432. Elaklaydigan mashinalar ishlayotgan vaqtda yigʻma shneklarni (eski konstruksiyalarda) toʻlib qolishdan tozalash, ekssentrikli tebratuvchini moylash va taʼmirlash man etiladi.
433. Poʻchogʻini ajratuvchi mashinalarning golovkalari echilgan hollarda, tortuvchi qurilmalarning nosozligida yoki boʻsh mahkamlangan abraziv disklarida poʻchoq ajratuvchi kruglari boʻlmagan hollarda ishga tushirish man etiladi.
434. Poʻchoq ajratuvchi stanoklarning rezina valchalari yengil echilishi va taqilishi lozim. Rezina valchalarining qizib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
435. Disklar, valchalar, deklarda darz ketishlar va shikastlanishlar boʻlmasligi lozim. Disklar va valchalarning har biri alohida hamda rotorlar bilan yigʻilgan holda balansirovka qilingan boʻlishi zarur.
436. Vals-dekli stanok barabanining muvozanatli yurishini kuzatib turish zarur. Taqillash paydo boʻlsa yoki bir maromda ishlamagan hollarda stanok zudlik bilan toʻxtatilishi zarur.
437. Vals-dekli stanokning poʻchoq ajratish zonasidan mahsulot chiqishi joyida mahsulotning sachrashiga yoʻl qoʻymaydigan qaytaruvchi oʻrnatilishi zarur.
438. Stanokning ish zonasiga (valcha va dek oraligʻida) tushib qolgan begona jismlarni stanok toʻliq toʻxtamaguncha qoʻlda olish man etiladi.
Zaslonka va taʼminlovchi valcha orasidagi oraliqni tozalash uchun maxsus qirgʻichlardan foydalanish lozim.
439. Vals stanoklarining abraziv qismlari (baraban va deka) mustahkam boʻlishi, singan va darz ketgan joylari boʻlmasligi hamda choʻyan asoslar bilan mahkamlangan boʻlishi zarur. Darz ketgan valcha va dekalardan foydalanish man etiladi.
440. Poʻchoq ajratuvchi postavning ish yuzalari oʻzaro aniq gorizontal va parallel holda boʻlishi lozim. Pastki aylanuvchi disk davriy ravishda balansirovka qilinganligi va radial zarbi yoʻqligi tekshirib turilishi lozim.
Disklarning ishlash vaqtida, ish yuzalarining oʻzaro tegib turishi, ish yuzalarida darz ketishlar paydo boʻlishi va ular yorilib ketishining oldini olish maqsadida shturvalli mexanizmni toʻliq tushirish man etiladi.
441. Bugʻlantiruvchilar, bugʻli qurituvchilar, bugʻlovchi va qaynatuvchi qozonlarning ishlashi vaqtida quyidagilarga rioya etish zarur:
a) nazorat va oʻlchov asboblari (manometrlar, termometrlar va shu kabilar)ning himoya klapanlari sozligi;
b) jihozlar, bugʻ va issiqlik uzatgichlar, ularning ulanishlari ish xonasiga bugʻ kirishiga yoʻl qoʻymaydigan ishonchli germetik zichligi;
v) mashinalar, apparatlar, bugʻ va issiqlik uzatgichlarning barcha issiq uchastkalari yaxshilab termik izolatsiyalanganligi;
g) mahsulot kirishi va chiqarilishi joylaridagi oʻchiruvchi ventillar, shlyuzli zatvorlarning ishonchli ishlashi;
d) privodli remenlar, shkivlar va zanjirli uzatuvchilar toʻsiqlarining sozligi.
442. Bugʻ bosimi manometr koʻrsatkichida belgilangan nazorat belgisidan yuqori boʻlmagan darajada ushlab turilishi, apparatdagi harorat esa — belgilangan meʼyorlardan oshmagan holda saqlab turilishi zarur.
443. Bugʻlantiruvchilar, quritgichlar, bugʻlovchi va qaynatuvchi apparatlar joylashgan xonalar havo oqimli ventilatsiya bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
444. Qopqoqlar, lyukchalar, zadvijkalar suv, bugʻ, chang kirishini istisno etgan holda zichlangan va oʻrnatilgan joylarda ishonchli mahkamlangan boʻlishi zarur.
445. Jihozlarni taʼmirlashga faqat, apparatga bugʻ uzatishni toʻxtatib, undagi bugʻlar toʻliq chiqarib tashlangandan keyin ruxsat beriladi.
446. Apparatdan bugʻ liniyasini oʻchirish uchun oʻchiruvchi ventil oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
447. Bugʻli quritgichdan oldin kalorifer trubkalari yorilishining oldini olish uchun belgilangan, bosimni ushlab turish maqsadida manometrli reduksion klapan oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
448. Bugʻli quritgich chiqarish patrubkasining lyukchasidan sinovga mahsulot olishda faqat yogʻochdan tayyorlangan xokandozdan foydalanish zarur.
449. Rotor aylanayotgan vaqtda drobilkalarning qopqogʻini ochishga ruxsat berilmaydi. Drobilkalarning rotorlari yigʻilgan holatda statik balansirovka qilingan boʻlishi zarur.
Drobilkalar bolgʻalari ishonchli mahkamlangan boʻlishi, darz ketish yoki boshqa nuqsonlari boʻlmasligi zarur. Uchqun chiqarishning oldini olish maqsadida bolgʻalar deka va elakka tegmasligi lozim.
Tebranishi yuqori boʻlgan yoki boshqa nuqsonlari boʻlgan drobilkalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
450. Drobilkalarni faqat toʻldirilmagan holatda, unda begona jismlar yoʻqligi sinchkovlik bilan tekshirilgandan keyin ishga tushirish mumkin.Ularni ishga tushirishdan oldin butlanganligi, mahkamlanganligi va rotordagi bolgʻalarning holati va elaklarning butligini tekshirish lozim.
451. Taqillash yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etishgacha mashina zudlik bilan toʻxtatilishi lozim. Drobilkani ishga tushirishda avval uni boʻsh holda ishlatib koʻrish, keyin asta-sekin tegishli miqdorgacha toʻldirgan holda ishlatish zarur. Bunda mahsulotni ortga qaytarishga qarshi choralar koʻrilishi zarur.
Drobilkaga somon uzatishda, uning gorlovinasi ishonchli berkitilgan boʻlishi zarur.
Drobilkalar ishlayotgan vaqtda turli taʼmir ishlarini bajarish man etiladi.
452. Bolgʻali drobilkalar tebranishdan himoyalangan asoslarga oʻrnatilishi lozim.
453. Somonni maydalaydigan qurilmaga, bogʻlangan simdan echilgan somonni yuklash ishlari maxsus (roliksiz) konveyerlar yordamida amalga oshirilishi zarur. Somonni somon maydalash qurilmasi gorlovinasiga qoʻlda itarib tiqish man etiladi.
454. Jmix sindiruvchi qurilma va drobilkalar gorlovinasida tiqilib qolgan joʻxori poyasi yoki jmix plitkasini qoʻlda yoki boshqa biror-bir asboblar bilan itarib yuborish man etiladi.
455. Jmixni maydalash uchun drobilkaga konveyer orqali uzatish zarur.
456. Dozator ustidagi bunkerlar konuslari va dozatorlar ustidagi patrubkalar germetik zichlangan, mustahkam boʻlishi hamda mahsulot agʻdarilganda yorilishni istisno etishi zarur.
Ogʻir toʻkiluvchi mahsulotlar uchun, boʻshliq shakllanishi, mahsulotning osilib qolishi yoki agʻdarilishining oldini olish maqsadida bunker konuslarida elektr tebratuvchi yoki mexanik tebratuvchilarni oʻrnatish maqsadga muvofiqdir.
457. Barcha aylanuvchi richagli ulanishlar, dozatorlarning xrapli mexanizmlari, privodli va zanjirli uzatgichlar, vallarning oxirgi va erkin uchastkalari ishonchli toʻsilgan boʻlishi zarur.
458. Barabanli dozatorning lopastli qoʻzgʻatuvchisi valda ishonchli mustahkamlangan boʻlishi zarur.
459. Dozatorlar germetik zichlangan boʻlishi va chang oʻtkazmasligi lozim. Dozatorni taʼmirlash yoki tozalash mashina toʻliq toʻxtatilgandan keyin ruxsat beriladi.
460. Smesitelning yuk tushiruvchi qurilmalaridan keyingi oqova quvurlarda mahsulotni podporka qilishda ochiladigan, oʻzi ochiladigan himoya klapanlari oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
461. Sinov uchun mahsulot olishda, smesiteldan keyin xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning qoʻllari aralashtirish zonasiga kirishini istisno etuvchi moslamalar koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
462. Smesitelni ishga tushirishdan oldin quyidagilarni tekshirish zarur:
barcha zichlantiruvchi qurilmalar boltlarining tortilganligi;
reduktor va moy taqsimlovchilarning moylanganligi;
pastki qopqoqning zich yopilganligi va ochilishini fiksatsiya qiladigan oxirgi vklyuchatelning ishlab ketishi.
Smesitellarning yuqori qopqoqlari zich yopilgan va mahkamlangan boʻlishi zarur. Smesitellarni qopqoqlari ochiq holatda ishlatish man etiladi.
463. Smesitellarga mahsulot tiqilib qolishi yoki boshqa nosozliklar faqat oʻchirilgan elektr dvigateli va mashina toʻliq toʻxtatilgan holatda bartaraf etiladi.
Smesitellar tiqilishini tozalash uchun maxsus qirgʻichlardan foydalaniladi.
464. Kombikormlarni granulalarga ajratadigan qurilmani ishga tushirishdan oldin mashinada begona jismlar yoʻqligi, mexanizm va asboblarning sozligiga amin boʻlish zarur.
465. Granulyator ishlayotgan vaqtda matritsa shtiftini himoya qiluvchi kesadigan uzel zonasida turish man etiladi, chunki shtiftlarni kesish vaqtida aylanadigan flanets shikast yetkazishi mumkin.
466. Himoyalovchi shtiftlarni metall sterjen yoki boshqa biror jism bilan almashtirish man etiladi.
467. Matritsani almashtirish uchun maxsus koʻtargichdan foydalanish lozim.
Granulyator ramasining pastki yuzasi matritsani almashtirishda koʻtargichdan foydalanish imkoniyati boʻlishi uchun xona poli bilan bir tekislikda joylashgan boʻlishi zarur.
468. Roliklar va matritsa orasidagi oraliqni sozlash faqat granulyator toʻxtatilgan holatda bajarilishi mumkin.
469. Pultlar, boshqaruv shitlari, armatura va asboblar xizmat koʻrsatish uchun qulay joyda oʻrnatilgan boʻlishi va ularning oldiga bemalol oʻtish imkoni boʻlishi zarur.
470. Sovutgichni ishga tushirish faqat ishlayotgan ventilyator va shlyuzli zatvor holatida ruxsat beriladi.
471. Joʻxori poyasini quritgichlardagi issiqlik tashuvchining yoʻnalishini oʻzgartirish uchun moʻljallangan lyuklari, eshiklari va toʻsiqlari, ularning uzilib ketishi istisno etilgan holda mahkamlangan boʻlishi zarur.
472. Quritish kameralarining yuqoridagi havo bilan tozalash lyuklari qopqoqlardan tashqari, odamlarning kameralarga yiqilib ketishidan himoya qiluvchi echiladigan reshyotkalar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Quritish kameralariga oʻtish uchun toʻsiqli turgʻun zinapoyalar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
473. Poya va donni tozalash uchun moʻljallangan jihoz tebratgichining vali, ekssentrikni lotok bilan bogʻlaydigan ekssentrik va tyagalari ishonchli mahkamlangan, val ekssentrik esa toʻsilgan boʻlishi zarur.
474. Joʻxori maydalagich barabani va ventilyator krilchatkasi balansirovka qilingan va oʻz vallariga mustahkam mahkamlangan boʻlishi zarur. Baraban deka prutoklariga tegmasligi lozim.
475. Joʻxori urugʻlarini kalibrovka qiluvchining ekssentrik vali qoʻlda yengil burilishi va shovqinsiz ishlashi zarur.
476. Joʻxori urugʻlarini kalibrovka qilish uchun moʻljallangan qaytaruvchilarning ish yuzalari, shuningdek triyer silindrlarining yacheykalari tekis, oʻtkir chiqib turgan, qirilish hamda ortiqlarsiz va tirnalmagan boʻlishi zarur.
Privodning zanjirli uzatuvchisi ishonchli toʻsilgan, siltanmasdan, bir maromda ishlashi zarur.
477. Qoquvchi va ogʻirlik tushiruvchi apparatlarning silkituvchi mexanizmlari, tikish mashinalari va transportyorlarning, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga xavf tugʻdirishining oldini olish maqsadida, oʻz-oʻzidan ishga tushib ketishi mutlaqo istisno etilgan boʻlishi zarur.
478. Ogʻirlik tushiruvchi apparatlarning avtomatik ravishda ishlaydigan qoquvchi mexanizmi qattiq taqillash va silkinishlarsiz ishlashi lozim.
479. Ogʻirlik tushiruvchi apparatlarning yumshatuvchisi, lopastli taʼminlovchisi, blokirovka qiluvchi qurilmalari va qoquvchi mexanizmini, u toʻliq toʻxtatilmaguncha koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash man etiladi.
480. Tarozlarning zadvijka mexanizmi yengil ochilishi zarur. Hisoblagich va tarozning ogʻirlik shkalasi yetarli darajada yoritilgan boʻlishi lozim.
481. Kovshning koʻtarilishi va qoquvchi mexanizmning ishlashi vaqtida shovqin, zarblar yoki silkinishlarni kamaytirish maqsadida, tarozlar ostiga qalinligi 40 mm dan iborat yogʻoch rama oʻrnatilishi, rama va taroz staninasi oraligʻiga esa taroz staninasining oyoqlari kengligida rezina prokladkalar oʻrnatilishi lozim.
482. Unni qoplarga taboqlovchi va upakovka qiluvchi taboqlaydigan karuselli qurilmaning konstruksiyasi qurilmaning normal va xavfsiz ishlashi, xizmat koʻrsatilishi va taʼmirlanishini taʼminlashi zarur.
Qurilmadan faqat aspiratsiya mavjud hollardagina foydalanishga ruxsat beriladi. Mahsulot uzatiladigan trakt changdan himoyalangan boʻlishi lozim.
Qurilmada bajariladigan barcha turdagi taʼmirlash ishlarini, jihozni elektr taʼminoti tarmogʻidan toʻliq oʻchirilgandan keyin bajarishga ruxsat beriladi.
Taʼmirlash vaqtida qismlarga ajratilmaydigan yigʻma birliklarning barcha harakatlanuvchi detallari ishonchli mahkamlangan boʻlishi zarur.
483. Qoʻlda taboqlashda tikuv mashinalari va avtomatik tarozlarni ishga tushirish va oʻchirish, oyoqda bosiladigan pedal yordamida amalga oshirilishi zarur. Tikuv mashinalarining konveyerlari reversiv boʻlishi lozim.
484. Tikuv mashinani privodini toʻsmasdan turib, sim bilan tikuvchi mashinalarni esa — qisqichlarni tayyorlashga, sim uzatadigan joyini shit bilan toʻsmasdan turib ishga tushirish man etiladi.
485. Qoquvchi va taboqlovchi boʻlinmalar polidagi konveyerga qop uzatiladigan lyuklari kamida 1 metr toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi zarur. Qop uzatilishi toʻxtagan vaqtlarda lyuklar qopqoqlar bilan berkitilgan boʻlishi zarur.
486. Konveyerlardagi yoʻnaltiruvchi polosalar va buriladigan shitlarning oʻtkir qirralari, chekkalari va ortiqlari boʻlmasligi zarur.
487. Un va donni taboqlaydigan avtomat ishlayotgan vaqtda yaroqsiz paketlarni chiqarib olish, mashina qismlarini moylash va tozalash ishlarini bajarish man etiladi.
488. Avtomat va konveyerlar, ishida nosozlik aniqlangan hollarda tezkorlik bilan toʻxtatish uchun moʻljallangan “stop” yozuvi bitilgan tugmachalar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
489. Mahsulotni paketga joylash va uni zichlashtirishda faol chang chiqaruvchi barcha zonalar aspiratsiya qilinishi zarur.
490. Mahsulotni polietilen qoplarga upakovka qilishda termik payvandlash rejimida ishlaydigan avtomatlarning payvandlovchi qurilmalari zonasi, polietilen bugʻlari ajralib chiqarilishining oldini olish maqsadida, aspiratsiya zonalari boʻlishi zarur.
491. Matodan tikilgan qoplarni taʼmirlash uchun moʻljallangan tikuv mashinalari uzunligi 15 metrdan oshmagan umumiy stolga oʻrnatiladi. Ular stolga mustahkam mahkamlangan boʻlishi zarur. Mashinalarning golovkalari tebranmasligi lozim. Har bir mashinada chang va mato qoldiqlarini tortib oluvchi mahalliy moslama boʻlishi zarur.
492. Tikuv mashinalarida qoʻllarni igna ostiga kirib qolishidan himoyalovchi moslamalari boʻlishi zarur. Tikuv mashinalarida tez ishga tushadigan tormoz qurilmalari boʻlishi lozim. Igna ushlab turuvchi lopatka oldida yoysimon plastina mahkamlangan boʻlishi zarur. Igna ushlab turuvchining oyoqlari oldida, ipni qirqish uchun moʻljallangan tigʻ mahkamlangan boʻlishi zarur.
493. Stol chekkasi va yamoq kesuvchi stanokning tigʻ diski toʻsigʻi oraligʻida 3 mm dan oshmaydigan oraliq boʻlishi zarur.
494. Stanokning diskli tigʻlari boʻlgan privod vali sinchkovlik bilan balansirovka qilingan boʻlishi zarur. Stanokning har tomonidan kamida 1 metrdan iborat oʻtish joylari boʻlishi lozim. Disklari ishonchli toʻsilgan boʻlishi zarur.
495. Matodan tikilgan qoplarni changdan va qotib qolgan un qoldiqlaridan tozalovchi mashina va apparatlar aspiratsiya qilinishi hamda xonaga chang ajralib chiqishini istisno etishi zarur.
496. Qop qoquvchi mashinalarning xipchinli barabanlari balansirovka qilingan boʻlishi zarur. Baraban xipchinlari bir xil uzunlikda, oʻtkir qirralari va ortiqlari boʻlmasligi zarur. Baraban xipchinlari reshyotkalar orasidan erkin oʻtishi va mashinalarning harakatlanmaydigan qismlariga tegmasligi lozim boʻlib, ular oʻz barabanlarida ishonchli mahkamlangan boʻlishlari zarur. Qop qoquvchi mashinalarning qopqoqlari, lyukchalari va eshiklari rezina va matoli prokladkalar bilan zichlangan hamda chang oʻtkazmasligi lozim.
497. Qop qoquvchi mashinalar ishlayotgan vaqtda, qop ushlovchilar yoki konveyer hamda chiqaruvchi mexanizm zanjirlaridagi ilgaklardan qoplarni tortib chiqarishga ruxsat berilmaydi.
498. Zanjirli tros bloklari bilan boshqariladigan reykali zadvijkalar, oʻtkazuvchi klapanlarda, tushib qolishini chegaralovchilar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
499. Zadvijkalarning shiberlari ariqchalarda chayqalib va tiqilib qolmasdan harakatlanishi hamda ularda tushib qolishdan chegaralovchilari boʻlishi zarur. Zadvijkalarning oqova quvurlarga ulanishlari zich boʻlishi lozim.
500. Toʻldiruvchi lotoklar transportyor oʻqlari boʻyicha aniq oʻrnatilgan boʻlishi, yon chyotkalar va shitlar oʻz joylariga, toʻgʻri joylashtirilgan boʻlishi zarur. Toʻldiriladigan lotokning oʻtkir qirralari va ortiqlari boʻlmasligi lozim.
501. Toʻldiriladigan lotoklar aspiratsiya qilinishi hamda chang chiqarmasligi va donning ifloslanmasligini taʼminlashi lozim.
502. Shlyuzli zatvordan kiritiladigan va chiqariladigan mahsulot uzatiluvchi oqovalarning lyuklari, stroblarni olish va oqovani tozalashda' xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, zatvor korpusidan kamida 250 mm masofada joylashtiriladi.
503. Zatvor krilchatkasi aylanishini sinashda, valning uchidan ushlab turib aylantirish lozim, krilchatkani lopastlarni qoʻlda aylantirgan holda aylantirish man etiladi.
504. Aerozol, pnevmatik va aspiratsion qurilmalarda foydalaniladigan shlyuzli taʼminlovchilar germetik zichlangan boʻlib, havo chiqarmasligi lozim.
505. Shlyuzli zatvordagi krilchatka devorlariga yopishib qolgan mahsulotlarni havo bilan tozalash lozim.
506. Siklonlarning ulanish flanetslari va undagi ulitkalarda, havo chiqishini istisno etuvchi zichlantiruvchilar boʻlishi zarur.
507. Chang ushlab qoluvchilardan chang va boshqa chiqindilar uzluksiz ravishda chiqarib turilishi zarur. Shlyuzli zatvorlar va chang ushlab qoluvchilar ishini tizimli ravishda nazorat qilib turish zarur. Siklonlar toʻlib qolganda ulardan aspiratsion chiqindilarni chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
508. Tortuvchi filtrlar rukavlari butun boʻlib, yoriqlari boʻlmasligi zarur, ular havoni changdan belgilangan meʼyorlargacha tozalaydigan zich filtrlovchi materialdan tayyorlanishi zarur. Rukavlarning tortilishi bir maromda boʻlishi zarur.
509. Rukavlarni mexanik ravishda qoquvchi va atmosfera havosini qayta puflaydigan qurilmali filtrlarning nosoz qoquvchi mexanizmi yoki zarblar soni kamaygan hollarda ishlatilishiga ruxsat berilmaydi.
510. Filtrlovchi rukavlarning simli karkaslari korpusga folga qirqmalari bilan yerlashtirilgan boʻlishi zarur.
511. Kompressorni avtomatikasiz, harorat oshishidan himoyalaydigan klapansiz, bosim va moy darajasi past boʻlganda, suv va moy ajratuvchidan oldin oʻrnatiladigan qaytaruvchi klapansiz hamda suv va moy ajratuvchidan keyin oʻrnatiladigan himoya klapansiz foydalanishga ruxsat berilmaydi.
512. Suv bilan sovutiladigan kompressor uchun sovutilgan suv uzatuvchi avtomatik qurilma koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
513. Kompressorlarni avtomatik ravishda ishga tushirish, sovutilgan suv oqimi, moylash tizimidagi bosim va moy harorati tegishli oʻlchamda boʻlganda hamda kompressordan chiqish joyida harorat, havo bosimi mavjud hollarda ishga tushirish blokirovkasi yordamida amalga oshiriladi.
514. Suv va moy ajratuvchilar hamda ressiverlarni himoya klapanlari, tozalash uchun moʻljallangan lyuklar, chiqaruvchi kran va uch yurishli krani boʻlgan manometrlar bilan taʼminlash zarur. Himoya klapani maksimal ish bosimini, koʻpi bilan 10% ga ortiq boʻlgan chegara bosimi bilan sinash lozim.
515. Suv va moy ajratuvchilardan har kuni suv, moy va iflosliklarni tozalab turish lozim, havo ressiverlarini esa qishki vaqtda har bir kompressor toʻxtash hollarida suv muzlab qolishining oldini olish maqsadida, tozalab turish zarur. Kamida har olti oyda bir marta ressiverni sinchkovlik bilan tozalash lozim.
516. Kompressor va ressiver oraligʻidagi quvurni har olti oyda tozalash va sodali eritma bilan yuvish zarur.
517. Ressiverlar hamda moy va suv ajratuvchilarning tuzilishi, ularni montaj qilish va ulardan foydalanish bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
518. Rotatsion havo purkagichlarning individual elektr privodi, moylash tizimi, ovoz pasaytirgich, himoya klapani va manometri boʻlishi zarur.
519. Ventilyator va unga ulanadigan quvurlar orasida rezinali mato yoki sim karkasli, ikki qavat brezentdan tayyorlangan egiluvchan patrubkalar (vstavkalar) boʻlishi zarur.
520. Ventilyatorlarning ochiq tortuvchi tuynuklari holatida ishlashida, ushbu tuynuklar yacheykalarining oʻlchami 20x20 mm boʻlgan setkalar bilan yopilgan boʻlishi zarur.
521. Noriyalarda mahkamlovchi detallari, kovshlarning uzilib ketishi va mahkamlovchi detallarning transportirovka qilinayotgan mahsulot ichiga tushishini istisno etadigan holda, ishonchli oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
522. Noriy lentasi barabandan chiqib ketishining oldini olish maqsadida kengligi boʻyicha bir maromda tortilgan boʻlishi zarur. Lenta va kovshlar quvurlar, kojuxlar, golovkalar va noriy bashmaklari devoriga tegib turmasligi lozim. Harakatlanuvchi qismlarning zarbga uchrashi yoki ishqalanishi, shuningdek noriylar tiqilib qolgan hollarda ular zudlik bilan toʻxtatilishi zarur.
523. Noriylar golovkasi, poldan 1,5 metr balandlikda joylashgan privodli barabanlarga xizmat koʻrsatish uchun, oʻtish joyi qoldirilgan holda, toʻsiqlarining balandligi kamida 1 metr, pastki qismining 0,15 metri yopilgan maxsus maydonchalar oʻrnatilishi koʻzda tutiladi. Maydonchalarga koʻtarilish uchun kengligi kamida 0,7 metr boʻlgan, toʻsiqli zinapoyalar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
524. Noriyli bashmaklar va chuqurchalarni chuqurlashtirish tavsiya etilmaydi. Buning imkoni yoʻq hollarda noriylar chuqurchalari atrofida, balandligi kamida 1 metr boʻlgan toʻsiqlar oʻrnatilishi hamda ularda xizmat koʻrsatish uchun kamida 1 metrdan iborat oʻtish joylari boʻlishi zarur. Chuqurchaga tushish uchun turgʻun zinapoya oʻrnatilishi zarur.
525. Noriyli quvurlarda koʻrib turish va lentani tortish uchun moʻljallangan lyuklari boʻlishi zarur. Lenta yurishini kuzatish qulay boʻlishi uchun koʻrish lyuklari poldan 1,6 metr balandlikda oʻrnatiladi. Lentani tortish uchun moʻljallangan lyuklarning oʻrtacha oʻqi poldan koʻpi bilan 1,3 metr balandlikda joylashgan boʻlishi zarur. Noriylar ishlayotgan vaqtda koʻrish va lenta tortish lyuklari, shuningdek golovka va noriy bashmakidagi eshikchalar zich yopilgan boʻlishi zarur.
526. Noriylarning golovkalari, bashmaklari va quvurlari chang oʻtkazmaydigan ravishda boʻlishi zarur.
527. Masofadan turib boshqarishda noriylarni pultdan boshqarish faqat ogohlantiruvchi signaldan keyin amalga oshirilishi mumkin. Mahalliy boshqarish hollarida ishga tushiruvchi tugmacha elektr dvigatel yaqinidagi noriy golovkasi oldida joylashgan boʻlishi lozim.
528. Noriylarni toʻxtatish noriy golovkasi va bashmaki oldidagi “stop” tugmachasi yordamida amalga oshirilishi zarur. “Stop” tugmachasi ham mahalliy ham masofadan turib boshqarish rejimida ishlashi lozim.
529. Noriylarning ogʻir toʻkiluvchan mahsulotlarda ishlash hollarida noriylar tiqilib qolishining oldini oluvchi noriy bashmaklarining qabul qiluvchi nosoklari ustida taʼminlovchi qurilma oʻrnatilishi koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
Don va granullangan mahsulotdan tashqari boshqa xomashyoni lenta yuradigan yoʻnalish boʻyicha uzatish koʻzda tutilishi lozim.
530. Kovshlarning orqa devoridagi boltlar uchun moʻljallangan teshiklarda oʻtkir qirralar va ortiqlar boʻlmasligi lozim.
531. Yuklovchi va yuk tushiruvchi qurilmalarning oʻrnatilishi yukni konveyerga bir maromda va markazlashgan holda, uning yoʻnalishi boʻyicha uzatilishini taʼminlashi zarur.
Yuklovchi va yuk tushiruvchi qurilmalar ularda yuk tiqilib qolishi va osilib qolishi, toʻkilib ketish yoki donabay yuklarning tushib qolishi, konveyerning haddan tashqari koʻp yuklanishi hollarini istisno etishi zarur.
532. Turgʻun oʻrnatilgan toʻkiluvchan yuklar uchun moʻljallangan lentali konveyerlarda, lentaning erkin yuradigan shoxobchasini tozalash uchun moʻljallangan qurilmasi boʻlishi zarur.
533. Privod barabanidagi lentaning buksovka qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Buksovka paydo boʻlgan hollarda, u konveyer konstruksiyasida koʻzda tutilgan usullar (lentani kuchliroq tortish, qisuvchi rolikning bosimini oshirish va shu kabilar)da bartaraf etilishi lozim.
Lenta tortilishini boʻshatishda privod barabanlarini yopishqoq moddalar (saqich, kanifol va boshqalar)bilan moylash man etiladi.
Konveyerning plastik lentasidan polgacha boʻlgan masofa 150 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
534. Koʻchma yuklash va yuk tushirish qurilmalari boʻlgan konveyer trassalarida, yuklash va yuk tushirish qurilmalari yurishini chegaralaydigan oxirgi viklyuchatellar va qistirmalar boʻlishi zarur.
535. Konveyerlarning yaqinida ishlaydigan xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning boʻlgan harakatlanuvchi qismlari (privodli, tortiluvchi, tortish moslamalari, ustun roliklari va ish joylari pastki shoxobchalari, remenli va boshqa turdagi uzatishlar, uchlari va shu kabilar) toʻsilgan boʻlishi zarur. Vertikal tortiluvchi stansiyalarning yuklari poldan kamida 2 metr balandlikda toʻsilgan boʻlishi zarur. Yuklarning ogʻirligini boshqarish uchun, ularning oldiga bemalol oʻtish imkoni boʻlishi zarur.
536. Konveyerlarning bosh va orqa tomonlarida toʻxtatish uchun moʻljallangan avariyaviy tugmachalari boʻlishi zarur.
Butun trassa boʻyicha, xavf yuqori boʻlgan joylarda ochiq boʻlgan konveyerlarning, qoʻshimcha ravishda avariya hollarida xizmat koʻrsatish joylarining istalgan joyidan turib toʻxtatish uchun toʻxtatish qurilmalari boʻlishi zarur. Silos osti va silos usti pastki va yuqoridagi konveyerlar, omborlarda “stop” tugmachasi har 10 metr oraligʻida oʻrnatish tavsiya etiladi.
537. Turgʻun vintsimon konveyerlar (shneklar), zanjirli konveyerlar va aerojeloblarni, qopqoqlari ochiq holda ishlatishga ruxsat berilmaydi.
538. Temir yoʻl yoki avtomashinaga otrublar, unlar, kombikormlar va boshqa toʻkiluvchan yuklarni yuklashda foydalaniladigan shneklarning ochiq qismlari, yacheykalarning oʻlchami 250x75 mm boʻlgan mustahkam reshyotkalar bilan toʻsilgan boʻlishi zarur.
539. Vintsimon konveyerlarda togʻora tubida togʻorani tiqilib qolish hollarida tozalash hamda aralashtirilayotgan mahsulotni presslash uchun moʻljallangan zadvijkalari zich tutashgan maxsus tuynuklar oʻrnatish koʻzda tutiladi.
540. Vintsimon konveyerlarning podshipniklarini korob tashqarisida oʻrnatiladigan maydonlar yordamida moylash zarur.
541. Barcha tipdagi konveyerlarning barcha lyuklaridagi qopqoqlar, chang chiqarishni istisno etish maqsadida zich yopilgan boʻlishi zarur.
542. Lentali konveyerlar yuk tushiruvchi aravachalarining harakatlanishi uchun bir xil tekislikda joylashishi, birikkan joylarida chiqib qolgan joylari boʻlmasligi, toʻgʻri chiziqda joylashgan boʻlishi hamda konveyer oʻqiga parallel boʻlishi lozim. Staninaning oxirida, oxirgi vklyuchatellar mavjudligidan qatʼi nazar, aravachaning toʻxtashini kafolatlaydigan ishonchli mexanik qistirmalar oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
543. Lentali konveyerlarning oʻzi-yurar yuk tushiruvchi aravachalarida tez ishga tushiriladigan tormozlovchi moslamalari boʻlgan ishonchli ishga tushirish va toʻxtatish mexanizmlari boʻlishi zarur. Tormoz qurilmalari konveyer ishlayotgan vaqtda aravachaning harakatlanmasdan turishini taʼminlashi lozim.
544. Oʻzi yurmaydigan yuk tushiruvchi aravachalar bitta odamning kuchi yordamida yengil harakatlanishi zarur. Oʻzi yurmaydigan yuk tushiruvchi aravachani konveyer ishlayotgan vaqtda harakatlantirish man etiladi. Oʻzi yurmaydigan yuk tushiruvchi aravachani harakatlantirishda sarflanadigan kuch 150N (15kgf)dan oshmasligi lozim.
545. Yuk tushiruvchi aravachalar elevatorlarda aspiratsiya qilinishi lozim.
546. Aravachani masofadan turib harakatlantirishda, uni faqat qavat yoki galereyada ogohlantiruvchi signal berilgandan keyingina harakatlantirish mumkin.
8§. Don qurituvchilardan foydalanish
547. Donni toʻgʻri oqimli va retsirkulatsion shaxtali quritgichlarda (donni qizdirish uchun qoʻshimcha qurilmalarsiz) quritishdan oldin, uni qoʻpol va yengil aralashmalardan tozalash lozim, retsirkulatsion quritgichlarda, donni kamayadigan qatlamli kameralarda qizdirgan holda, quritishdan oldin esa qoʻpol aralashmalardan tozalash lozim.
548. Oʻtxonalarga xizmat koʻrsatishda, barcha hollarda uni 10 daqiqa davomida havo yordamida tozalab, shamollatilgandan keyin yonilgʻi yoqishga ruxsat beriladi. Gazsimon yoki suyuq yoqilgʻida ishlaydigan don quritgichlarning avtomatika va blokirovka tizimi, ushbu talab bajarilishini taʼminlashi zarur.
Quritgichni ishga tushirishdan oldin, unda yonayotgan jismlar va begona hidlar yoʻqligiga amin boʻlish lozim. Quritgichni, faqat bunkerga don toʻldirilgandan keyingina ishga tushirishga ruxsat beriladi.
549. Oʻtxonani yoqishda oʻtxonani yoqish boʻyicha belgilangan talablar va tartiblarga rioya qilish zarur.
550. Don quritgichning yengli alangalanuvchi moddalari mavjud boʻlgan, qattiq yonilgʻida ishlaydigan oʻtxonasini yoqishga ruxsat berilmaydi.
551. Mashinalar, mexanizmlar va oʻtxonalarni barcha ish xonalarida ovozli ogohlantiruvchi signal berilgandan keyin masofadan turib va mahalliy ishga tushirish mumkin.
552. Suyuq yoki gazsimon yonilgʻi uzatuvchi magistralda, oʻtxonasining chiqishida, undan kamida 3,0 metr masofada oʻrnatiladigan bosh oʻchiruvchi ventil oʻrnatilishi zarur.
553. Suyuq yoki gazsimon yonilgʻi oʻtxona yoqilgandan keyin 5 — 10 soniya davomida yonmasa, yonilgʻi yonishini nazorat qilish hamda avtomatikasi forsunkaga uzatishni toʻxtatishi zarur. Oʻtxonaga yonilgʻini takroran uzatish va uni yoqishga faqat, nosozlik sabablari aniqlanib, bartaraf etilishi hamda 10 daqiqa davomida oʻtxona shamollatilishidan keyin ruxsat beriladi.
554. Mashʼalaning har bir oʻchish hollaridan keyin, oʻtxona portlash xavfini keltirib chiqaruvchi aralashmani shakllantiradigan yonilgʻi yoki gaz bugʻlar yigʻilishining oldini olish maqsadida, yaxshilab shamollatilishi zarur.
555. Ishlayotgan oʻtxonani qarovsiz qoldirish man etiladi.
556. Yonilgʻi oʻtkazgichlar va yonilgʻi armaturasi mustahkam va zich berkitiladigan boʻlishi zarur. Ulardan suyuq va gazsimon aralashmalar armaturadan sizib chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
557. Don quritgichlarning issiq konstruktiv qismlari (ventilyatorlar, havo oʻtkazgichlar, oʻtxona devorlari va boshqalar) issiqlik izolatsiyasi bilan qoplangan boʻlishi zarur. Tashqi yuzalarining harorati 45° S dan yuqori boʻlmasligi zarur.
558. Ventilyatorlar ishlayotgan vaqtda havo oʻtkazgichlarni kuzatib turish uchun moʻljallangan lyuklarini ochish man etiladi.
559. Don quritgichlarning konstruktiv qismlari (isitish kamerasi, shaxtalari, issiqlik va namlik almashuvchilar, havo oʻtkazgichlar va boshqalar) germetik zich boʻlib, ish xonasiga quritish agentini oʻtkazmasligi zarur.
Don quritgichlar shaxtalariga chiqariladigan kameralarning eshiklari, don quritgichlar ishlayotgan vaqtda zich berkitilgan boʻlishi zarur.
Eshiklar kamera ichkarisi tomoniga ochilishi zarur.
560. Quritgich ishlayotgan vaqtda chiqarish mexanizmlarining soz holatdaligi muntazam kuzatib turilishi va ularning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Donni uzluksiz chiqaradigan quritgichlarda, oldin quritish kamerasiga issiqlik tashuvchi (quritish agenti) uzatishini toʻxtatmasdan turib, chiqarishni toʻxtatish mumkin emas.
561. Don quritgichning issiq zonasidagi donni sinashga olish faqat maxsus yogʻoch dastakli xokandozlarda amalga oshirilishi zarur.
562. Quritgich usti hamda ostki bunkerlari, issiqlik-namlik almashuvchilarga, ularni koʻrikdan oʻtkazish yoki taʼmirlash uchun ishchilar kirishi faqat sex yoki smena boshligʻi ishtirokida yoʻl qoʻyiladi.
Ishchining don quritgich yoki pastki bunkerda boʻlgan vaqtda ventilyatorning ishga tushirilishi yoki don uzatilishi hollarini istisno etuvchi choralar koʻrilgan boʻlishi zarur. Ushbu maqsadda, ishga tushirish apparaturasida ogohlantiruvchi yozuvli belgilar ilib qoʻyilishi, bundan tashqari, boshqa biror bir ishchi don quritgich yaqinida turib, zarur holda tezkor yordam berishga tayyor turishi zarur.
563. Donxonani va ayniqsa oʻtxonalarni ularning ishi toʻliq toʻxtatilib, sovutilgandan keyin taʼmirlashga ruxsat beriladi.
564. Nosozliklar, tiqilib qolish hollari va podporkalarni bartaraf etish, shuningdek quritgich jihozlarini taʼmirlash va tozalash ishlari, u toʻliq toʻxtatilgandan keyin amalga oshiriladi.
565. Turgʻun va koʻchma quritish apparatlarida oʻtxona qurilmalariga suyuq va gazsimon yonilgʻi uzatilishini avtomatik ravishda boshqaradigan hamda quritish zonasiga uzatiladigan issiqlik tashuvchi (quritish agenti) haroratini boshqaradigan tizimi boʻlishi zarur.
566. Retsirkulatsion don quritgichlarning isitish kamerasi va quritgich usti bunkerlarida, donni birlamchi isitish uchun moʻljallangan qurilmalarda portlash razryadli qurilma koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
567. Retsirkulatsion don quritgichlarning issiqlik-namlik almashtiruvchilarida tegishli blokirovkasi boʻlgan don miqdorini koʻrsatuvchi datchik hamda oqovalarni oʻzi oqizadigan qurilma koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
568. Donning kuygan hidi aniqlangan hollarda zudlik bilan oʻtxonaga yonilgʻi uzatilishini, quritish kamerasiga issiqlik tashuvchini uzatuvchi ventilyatorni hamda quritgich ichidan don chiqarilishini toʻxtatish zarur; quritgichga xom don uzatilishini, faqat u don bilan toʻlgan hollarda toʻxtatish lozim. Bundan keyin kuygan don hidi sababini aniqlab, bartaraf etish zarur.
569. Quritgichda don yonib ketishi hollari sodir boʻlganda zudlik bilan quyidagilarni bajarish lozim:
yongʻin haqida obyektning yongʻin komandasiga xabar berish;
barcha ventilyatorlarni oʻchirish hamda oʻtxona va quritgichdan chiqqan havo oʻtkazgich zadvijkalarini oʻchirish;
oʻtxonaga yonilgʻi uzatilishini toʻxtatish;
don quritgichga xom don uzatilishini toʻxtatmagan holda, quritgichdan donni elevator yoki omborga uzatishni toʻxtatish;
Chiqaruvchi mexanizmning holatini, undan donni maksimal darajada chiqarishga toʻgʻrilab qoʻyish.
Don quritgichdan donni bevosita polga toʻkish, oʻchayotgan donni temir yashiklar yoki chelaklarga yigʻish va keyinchalik oʻchirish uchun bartaraf etish.
Uchayotgan donni bevosita quritgich ichidaligida suv bilan oʻchirish man etiladi.
Quritgichni qayta ishga tushirishga faqatgina yongʻin sabablari aniqlanib, bartaraf etilgandan keyin ruxsat beriladi.
570. Yonilgʻi va moylash materiallarini quritgichdan 20 metrdan yaqinroq saqlash man etiladi. Yogʻoch inshootlar oʻtxona va oʻt oldiruvchi quvurdan kamida 5 metr uzoqroqda joylashgan boʻlishi zarur.
9§. Siloslar va bunkerlarda ishlash
571. Ishchilarning siloslar va bunkerlar ichiga tushishi faqatgina, asoslangan ishlab chiqarish zarurati bilan bogʻliq, oʻta zarur hollarda ruxsat beriladi. Ishchilarning tushishi sex boshligʻi yoki uning oʻrinbosari ishtirokida, ishlarni bajarish uchun bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan naryad-ruxsatnoma mavjud hollardagina ruxsat beriladi.
Tushish mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan xavfsizlikning barcha tegishli choralari taʼminlangandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
572. Ishchilar silos va bunkerlar (don, un, otrublar, kombikormlar va boshqa mahsulotlar saqlash uchun moʻljallangan)ichiga odamlarni tushirish va koʻtarish uchun moʻljallangan maxsus moslama (lebedka)yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Balandligi 3 metrdan yuqori boʻlgan silos va bunkerlarga yigʻiladigan arqonli narvonlarda odamlarning tushirilishi man etiladi.
573. Silos va bunkerlar ichiga tushish, himoyalovchi arqonli lebedkaga xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga faqat ishlarni xavfsiz bajarishga maxsus oʻqitilgan shaxslarga ruxsat beriladi. Silos ichiga bevosita tushadigan ishchida salomatligi boʻyicha, balandlikdagi silos ichiga tushishga ruxsat berilgan tibbiy xulosa, bundan tashqari ichiga tushuvchi shaxsning yozma roziligi boʻlishi zarur. Silos va bunkerlarga ishchining oʻz roziligisiz tushirish man etiladi.
574. Ichiga tushish ishlari uch kishi ishtirokida tashkil etilgan boʻlib, shulardan biri — zarur hollarda tezkor yordam berishga tayyor holda bevosita tushish joyi oldida turgan kuzatuvchi boʻlishi zarur. Ushbu kuzatuvchi protivogaz shlangini uzluksiz kuzatib turishi va bir uchi ichiga tushgan ishchining belidagi himoya belbogʻiga mahkamlangan himoya arqonini qoʻlidan chiqarmasligi hamda ushbu arqonni ichiga tushishda sekin-asta tushirib turishi, yuqoriga koʻtarilishda esa tortib turishi zarur. Himoya arqoni silos ichiga tushgan ishchi tomonidan xabar berib turish uchun moʻljallanadi. Masʼul rahbar yoki uning oʻrinbosari ichiga tushish ishlarida bevosita ishtirok etadigan ishchilarni ish joyida yoʻriqnomadan oʻtkazishi lozim.
575. Odam silos ichida boʻladigan vaqtda tushish ishlarida ishtirok etayotgan boshqa ishchilarning silos oldidan uzoqlashishi man etiladi.
576. Silos yoki bunker ichiga tushish oldidan uning ichi yaxshilab shamollatilishi zarur. Bundan keyin silos ichidan gaz analizatori yoki qogʻozli indikator yordamida, zaharli gaz mavjudligini aniqlash maqsadida olinadigan havo tahlil etilishi zarur. Gaz analizatori yoki qogʻozli indikator boʻlmagan hollarda shlangli protivogazsiz ichiga tushish man etiladi.
577. Shlang uzunligi 12 m va undan ortiq boʻlgan hollarda elektr dvigatel yordamida harakatlantiriladigan havo uzatgich orqali havo uzatib turish lozim. Protivogaz shlangi maska taqilishidan oldin, havo purkagich yordamida changdan yaxshilab tozalanishi, yuzga taqiladigan maskaning ichki tomoni esa denaturlangan spirtda shimdirilgan latta bilan artiladi.
578. Oʻta changlangan ishlarni bajarish, jumladan silos bunkerlari devorlarini supurish ishlarini bajarishda ham shlangli protivogazdan foydalanish lozim.
579. Ishchining silos va bunker ichida boʻlgan vaqtda don va boshqa mahsulotlarni u yerga tasodifan tushirish yoki chiqarish hollari istisno etilgan boʻlishi zarur.
Kiritish va chiqarish qurilmalarida “Ochilmasin, silos ichida odamlar ishlamoqda” yozuvli plakat ilib qoʻyilgan boʻlishi zarur.
580. Ishlar bajarilishi uchun masʼul shaxs lebedka, tros, lyulka, arqon, egar, protivogaz holatini shaxsan tekshirishi, silos ichiga tushishga tayyorgarlik koʻrish, ichiga tushish hamda ichida ishlarni bajarish jarayonlarida har bir ishchi tomonidan alohida xavfsizlik boʻyicha barcha tegishli choralar koʻrilganligini kuzatib turishi shart.
581. Silos va bunkerlar ichiga tushish hamda silos va bunkerlarga pastki lyuk orqali kirishda ishchilar boshlariga, yuqoridan tasodifan jism tushishidan himoya qiladigan montaj kaskalarini kiygan boʻlishlari zarur. Silosni “oʻra qazish” usulida tozalash man etiladi.
582. Silos va bunkerlar yuqoridan, lyulkalar orqali chang oʻtkazmaydigan qilib tayyorlangan projektor tipidagi yoritqichlar yoki koʻtarib yuriladigan yoritqichlar, shuningdek koʻtarib yuriladigan akkumulyatorli fonuslar bilan yoritiladi.
583. Odamlarni silos ichiga tushirish uchun moʻljallangan lebedkalarning tuzilishi va ulardan foydalanishda quyidagi talablarga rioya etilishi zarur:
a) bitta ishchini tushirish uchun moʻljallangan poʻlat arqon yoki tros(lift uchun moʻljallangan, oʻta egiluvchan)ning diametri kamida 7,7 mm boʻlishi;
b) baraban diametri, shuningdek yoʻnaltiruvchi baraban yoki blokning arqon diametriga nisbati kamida 40 ni tashkil etishi;
v) lebedkaning ishonchli ishlaydigan tormozi xavfsiz dastak bilan taʼminlanishi, odamni ichiga tushirishda dastak koʻtarishda aylanadigan yoʻnalishga teskari holda aylanishi zarur;
g) lebedka har yili eng koʻp kuchlanishdan ikki barobar ogʻirroq kuchlanish bilan sinab turilishi zarur.
d) egar yoki lyulkaga arqon ilintiriladigan gayka mahkamlanadigan joyida shplintlangan boʻlishi zarur;
e) egar oʻqiga, ishchini egarda ishonchli oʻtirishini taʼminlaydigan himoya belbogʻi (pastga tushiriladigan ishchini mahkam ilib olish uchun moʻljallangan) mahkamlangan boʻlishi zarur;
j) himoya arqoni yengil, mustahkam sintetik materialdan tayyorlanib, diametri 7,9 mm boʻlishi zarur.
z) Ishchiga himoya arqonini mahkamlash uchun karabinli himoya belbogʻidan foydalaniladi.
Himoya belbogʻining nosozligi (belbogʻidagi lentalar va yelka lyamkalari shikastlangan, taqish uchun moʻljallangan remenlar shikastlangan, pryajkalarning nosozligi, materiallar zaklepkalar bilan teshilgan) hollarida belbogʻ foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Karabin tezkorlik bilan ishonchli mahkamlanishi va ochilishini taʼminlashi zarur hamda uning tasodifan ochilib ketishidan himoyalaydigan moslamasi boʻlishi zarur.
Karabinda shikastlanish mavjud hollarda (ochish vaqtida zatvor tiqilib qoladi, karabin deformatsiyalangan, mahkamlovchining qulf ichiga kirish joyida chiqqan joylari va notekisliklar mavjud, zatvor prujinasi boʻsh) ushbu karabinlardan foydalanish man etiladi.
Himoya qiluvchi arqon yengil tortilgan holda ochilishi zarur.
Himoya qiluvchi arqonning uzunligi silos balandligidan kamida 5 metr uzun boʻlishi zarur.
584. Himoya belbogʻlaridan foydalanish jarayonida, har 6 oy oʻtishi bilan, shuningdek foydalanishga berilishidan oldin, ular 4000 N (400 kgf) statik kuchlanish bilan sinalishi lozim boʻlib, bu haqida markirovka tushirilgan joyda yozuv bitilgan boʻlishi zarur. Belbogʻni statik kuchlanish bilan sinash vaqtida 400 kg ogʻirlikdagi yuk 5 daqiqa davomida ushlab turiladi.
585. Ishchining silos va bunker ichiga lebedka yordamida tushishi quyidagicha amalga oshirilishi zarur:
bir maromda, silkinishlarsiz;
egar yoki lyulkada, tushirilayotgan ishchini maxsus belbogʻ bilan ikkala pryajka bilan egar oʻqiga taqib, shuningdek himoya arqonini belboqqa taqilgan holda, taqilgan shlangli protivogaz yordamida.
586. Himoyalovchi arqon va protivogazning shlangi ishchi tushirilishi bilan birgalikda tushirib boriladi, bunda arqonning ikkinchi uchi, ushbu arqonni sekin-asta tushirayotgan ishchining qoʻlidan tasodifan chiqib ketishining oldini olish maqsadida, ishonchli mahkamlab qoʻyilgan boʻlishi zarur.
Arqonni tushirish, atrofida arqon kamida 360°ga aylanadigan turgʻun ustun orqali amalga oshiriladi.
Silos ichiga .tushiradigan ishchi belbogʻidan himoyalovchi arqonni echishi va egardan tushish man etiladi; arqonning ikkinchi uchini ushlab turgan ishchiga esa, ishchining butun silos ichiga tushirish va u yerda ishlarni bajarish davomida arqonni qoʻlidan chiqarish man etiladi.
587. Silos va bunkerlarga ishchilarning pastki lyuklar orqali kirishi faqat naryad-ruxsatnomalarining mavjudligi hamda uchastka yoki smena boshligʻining ruxsati va bevosita kuzatuvi ostida bajariladi.
588. Silos yoki bunkerlarga ishchilarning, tubidagi va yon tomonidagi lyuklari orqali kirishidan oldin, devorlarida svodlar yoki mahsulot massalari ilinib qolgan hollari yoʻqligi tekshirib koʻriladi va ushbu hollar aniqlangan hollarda ushbu silos devoridan koʻrsatib oʻtilgan begona jismlar bartaraf etilgandan keyin ruxsat beriladi.
589. Don yoki boshqa mahsulotlar svodlari buzilishi va osilib qolgan massalar mavjud hollarda odamlarning siloslar va bunkerlar ostida boʻlishi man etiladi. Silos ichida ishlayotgan ishchi egar yoki lyulkada, svod ustida yoki osilib qolgan mahsulotdan balandroqda joylashgan boʻlishi zarur.
590. Svodlar yoki osilib qolgan massalarni buzishda ishtirok etmayotgan massalar kirish tuynuklari va yuklash lyuklari zonasida boʻlishiga ruxsat berilmaydi.
591. Svodlar yoki osilib qolgan don yoki boʻlmasa boshqa mahsulotlar massalar buzilishi hollarida kirish tuynuklari va yuklash lyuklari ochiq boʻlishi zarur.
592. Silos va bunkerlarga pastki lyuk orqali, yuqoridan qandaydir jismning tasodifan tushib ketishining oldini olish maqsadida, mazkur Qoidalarning 576-bandi talablariga rioya qilib, silos qopqogʻining yuqoridagi kirish tuynugi yopilgan holda kirishga ruxsat beriladi.
10§. Yuklash-tushirish va ombordagi ishlarni bajarish
593. Temir yoʻl vagonidan don va boshqa toʻkiladigan mahsulotlarni yuklash-tushirish bilan bogʻliq ishlarni, vagonni temir yoʻllardagi yuklash-tushirish nuqtasiga tormozlaydigan bashmaklar bilan mahkamlash (fiksatsiya qilish) orqali oʻrnatgandan keyingina bajarish mumkin. Ushbu maqsadlarda, vagon gʻildiraklari ostiga begona jismlar — yogʻoch, lom, tosh va shu kabilarni qoʻygan holda foydalanish man etiladi.
594. Shrot toʻldirilgan vagonlarni tushirishda ushbu ishlarni bajarishni laboratoriya bilan kelishgan holda bajarish zarur. Shrotda 0,1% dan ortiq boʻlgan benzin mavjud hollarda, bu haqida zudlik bilan korxona rahbariyatiga xabar berish, vagon lyuklari va eshiklarini shamollatish maqsadida ochib qoʻyish zarur. Tushirish ishlarini benzin miqdori 0,1% dan kamaygandan keyin bajarishga ruxsat beriladi.
595. Don tashuvchi vagonni tushirishda, vagonda vakuum holati yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, ikkita yuklash lyuklari ochib qoʻyiladi.
596. Vagon devorlarida ilinib qolgan mahsulotni vibratorlar yoki maxsus dastaklari uzaytirilgan belkuraklarda bartaraf etish lozim.
597. Don tashuvchi vagonlar ichiga, ularda mahsulot mavjud boʻlgan hollarda kirishi man etiladi.
598. Vagonni tomidagi lyuklari orqali toʻldirish hollarida, yordamchi maydonchadan vagon tomiga va ortga faqat koʻtariladigan, toʻsiqli koʻprikchalar orqali oʻtishga ruxsat beriladi. Qishki vaqtlarda koʻtarib qoʻyiladigan koʻprikcha qor va muzdan tozalangan boʻlishi zarur.
599. Bir vagon tomidan ikkinchisining tomiga oʻtish man etiladi. Vagon tomlarida faqat traplarda yurishga ruxsat beriladi.
600. Vagon tomida toʻsiqlar boʻlmagan hollarda yoki ishchilarning arqonli ilgakka himoya belbogʻlarini mahkamlamasdan bajarishiga ruxsat berilmaydi.
601. Yuklash lyukining qopqogʻini turli uzaytirgichlar yordamida mahkamlab qoʻyish man etiladi.
602. Shturvallarni aylantirishda richaglardan foydalanish man etiladi.
603. Teleskopik quvurlarni tushirishda, ularni lyuklarning yuzalariga urilishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Teleskopik quvurlarni koʻtarishda vagon tomida turishga ruxsat berilmaydi.
604. Vagonni bitta yuklash lyuki orqali toʻldirishda, vagondan ortiqcha havoni chiqarib yuborish maqsadida ikkinchi lyukni ochib qoʻyish lozim.
605. Don tashuvchi boʻsh vagonlarni yuklash lyuklari orqali, akkumulyatorli fonuslar bilan tekshirish zarur. Tekshirish ishlari kamida ikki kishidan iborat brigada bilan amalga oshirilishi zarur. Ushbu maqsadda vagon ichiga tushishga ruxsat berilmaydi.
606. Yuklash-tushirish ishlarida foydalaniladigan avtomobillar, pritseplar va shu kabilarning texnik holati ularning liniyada xavfsiz ishlashini taʼminlashi hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi lozim.
607. Avtomobillarni yuklash va tushirish maydonida joylashish intervali quyidagicha boʻlishi lozim: bir-biridan keyin turgan avtomobillar oraligʻi ichkarilikka — kamida 1 metr; front boʻyicha yonma-yon turgan avtomobillar uchun kamida 1,5 metr.
608. Avtomobillarning korxona hududida hamda don saqlash joylari, tayyor mahsulot omborlari va boshqa binolar oldiga kirishida harakatini tashkil etish mazkur Qoidalar talablariga javob berishi zarur.
Avtomobillarning harakati odatda oqimli boʻlishi zarur boʻlib, oqimli harakatni ishlab chiqarish imkoniyatlariga koʻra tashkil etish mumkin boʻlmagan hollarda avtomobillar yuklash va yuk tushirish joylariga orqa bilan yurib kelishini shunday tashkil etish zarur-ki, avtomobil ushbu joydan chiqib ketishi uchun ortiqcha manevr qilmasdan, bemalol chiqib ketishi lozim.
609. Yonuvchan suyuqliklarni faqat avtotsisternalar yoki metall bochkalarda transportirovka qilishga ruxsat beriladi, yonuvchan suyuqliklarni, hatto oz miqdorlarda ham boshqa turdagi idishlar (butillar, bidonlar, chelaklar)da tashishga ruxsat berilmaydi.
Yonuvchan suyuqliklarni bochkalarda tashishda, ularning orasiga yogʻoch bruslar joylashtirish, chekkadagi bochka qatorlarini esa yogʻochli qoziqlar bilan mahkamlab qoʻyish zarur.
Bochkalarning qopqoqlari yuqorida joylashishi zarur.
Bochkalarni avtomobillarda tashishda yuk mashinasi kuzovida odamlarning joylashishiga ruxsat berilmaydi.
610. Suv transporti vositalari(kemalar, barjalar)dan toʻkiluvchan yuklarni yuklash va tushirish mexanizatsiyalashgan yoki pnevmatik usullarda amalga oshirilishi zarur.
611. Yuklash-tushirish ishlarini bajarish vaqtida shamol, oqim va suv toʻlqini taʼsirida harakatlanishining oldini olish maqsadida, kema yoki barja yuk prichalida ishonchli mahkamlangan boʻlishi zarur.
612. Tushirish ishlari boshlanishi va tryumga odamlar kiritilishidan oldin, don tashish vaqtida yigʻilib qolishi mumkin boʻlgan gazlarni don ustidagi boʻshliqdan chiqarib, shamollatish maqsadida lyuk qopqoqlarini ochib qoʻyish zarur.
613. Ishlayotganlarni kema yoki barja tryumiga tushishi faqat trap yoki zinapoya orqali amalga oshirilishi lozim.
Traplar oʻtish joyining butun kengligida oʻrnatilishi va ishonchli mustahkamlanishi zarur.
614. Pnevmatik qurilmani ishga tushirishdan oldin, don oʻtkazgichlarni gorizontal va vertikal holatda harakatlantirish uchun moʻljallangan osma don oʻtkazgichlar, lebedkalar va oʻqlarning sozligini, ularning iladigan moslamalari va mahkamlovchilarini, soplolarni don oʻtkazgichlarga ishonchli mahkamlanganligini tekshirish zarur.
Don oʻtkazgichlarni moslamalari yordamida yigʻish va tryumga tushirish zarur. Don oʻtkazgich ilingan oʻqni, bittasi ikkinchisiga tegmaydigan ravishda koʻtarish va tushirish zarur.
Lebedkani tushirish hamda oʻqni koʻtarishdan oldin oʻq, shuningdek ilingan don oʻtkazgich turtib chiqqan joylari bilan kema (barja) lyuki devoriga tegmagan holda, erkin osilib turganligiga amin boʻlish zarur.
615. Pnevmatik qurilmalar va siklonlarga balandligi kamida 1 metr toʻsigʻi boʻlgan maydonchalardan turib xizmat koʻrsatish lozim.
616. Don irgʻituvchi bilan voronkaga yuklashda, voronkani, ilgakda oʻz holicha aylanishining oldini olish maqsadida, uchta penli arqon yordamida kema (barja) konstruksiyasiga mahkamlash lozim.
617. Kema tryumida, omborda, buntda don yuzasida, sinash uchun namuna olishda yogʻoch reshyotkalardan foydalanish lozim. Ushbu reshetkalarning kengligi kamida 0,4 metr, uzunligi koʻpi bilan 2,5 metr, kamida har 0,3 metrda koʻndalang plankalari boʻlishi, umumiy ogʻirligi 30 kg dan oshmasligi lozim. Tryum, ombor yoki buntdan sinovlar uchun don namunasini olish ishlarida kamida ikki kishi ishtirok etishi lozim.
618. Toʻldirilgan qoplarni kema va barjadan tushirish ishlari turgʻun va koʻchma koʻtarish moslamalari va konveyerlar, qoplarni tushirish uchun moʻljallangan mashinalar va boshqa mexanizatsiyalashgan vositalar yordamida amalga oshirilishi zarur.
619. Kema va barjalardan saralangan yuklarni tushirish boʻyicha ishlarni boshlashdan oldin tryumning barcha lyuklari ishonchli mahkamlangan toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi zarur.
620. Yuklash-tushirish ishlarini bajarish vaqtida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
tryumga yukni ogohlantirmasdan uzatish;
koʻtarilgan yuk ostida turish;
yuk kema(barja) qiyshayishi natijasida harakatlanishi mumkin boʻlgan hollarda uni koʻtarilgan va mahkamlanmagan hollarda qoldirish.
621. Kema va barja tryumlarini yuklash va tushirish ishlarini bajarish vaqtida projektorlar bilan yoritish zarur. Bunda, elektr tarmogʻidagi kuchlanish 12 V dan oshmagan holda, portlashdan xavfsiz tayyorlangan koʻtarib yuriladigan yoritqichlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
11§. Taʼmir ishlari
622. Ishlayotgan ishlab chiqarish xonalarida taʼmir ishlarini olib borish obyekt rahbari yoki tashkilot bosh muhandisining ruxsatiga koʻra amalga oshiriladi.
623. Jihozlarni taʼmirlash, demontaj va montaj qilish ishlarini boshlashdan oldin ishchilarni ishlarni xavfsiz olib borish usullari hamda tutash, bir-biriga yaqin joylashgan ishlab chiqarish uchastkalarida ishlayotganlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yoʻriqnoma oʻtkazilishi zarur.
624. Jihozlarni taʼmirlash ishlari, ularning toʻliq toʻxtatilishi, kuchlanish oʻchirilgan holda, privod remenlarini echib, portlash va yongʻin xavfsizligi boʻyicha zarur choralar taʼminlangandan keyin boshlanishi zarur.
625. Jihozlarni taʼmirlash ishlari boshlangan vaqtdan ushbu ishlar tugatilishigacha jihozlarni ishga tushirish qurilmasi oldiga “Ishga tushirilmasin, taʼmirlanmoqda!” ogohlantiruvchi yozuv ilib qoʻyilishi kerak.
626. Obyektlarni mukammal taʼmirdan keyin foydalanishga qabul qilish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Obyektni oʻn kunlik taʼmir ishlaridan keyin ishga tushirish bosh muhandis yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan yozma ruxsat berilgandan keyin amalga oshiriladi.
627. Jihozlarni qavatlar orasidagi maydonchalarda yoki galereyalarda oʻrnatilishi hollarida, ushbu joylar dinamiklik koeffitsiyenti hisobga olingan holda, oʻrnatiladigan jihoz, undagi mahsulot bilan birgalikdagi ogʻirligi miqdoridagi kuchlanish bilan tekshirilishi zarur.
628. Yangi oʻrnatilgan tez yurar mashinalar, shuningdek toʻsinlarga ilinadigan barcha mashinalar va jihozlar qismlarining poydevor boltlari kontrgaykalar bilan mahkamlangan boʻlishi lozim.
629. Jihozlarning ogʻirligi 50 kg dan ortiq boʻlgan echiladigan detallari ustida tal, bloklar ilish uchun ilgaklar, bir qator joylashtirilgan stanoklar guruhi uchun esa — talli monorels oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
630. Ishlayotgan ishlab chiqarish sharoitida montaj va demontaj ishlarini bajarishda foydalanilayotgan elektr tarmoqlari va ish zonasidagi boshqa muhandislik tizimlari oʻchirilgan boʻlishi zarur.
631. Montaj ishlarini bajarishda texnologik va montaj osnastkasini mahkamlash va foydalanish uchun masʼul shaxslar bilan kelishilmasdan turib, jihozlar va quvur oʻtkazgichlardan, shuningdek texnologik va qurilish konstruksiyalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
632. Bitta vertikalda joylashgan ikkita yoki undan koʻp yaruslardagi konstruksiyalar, jihozlarni bir vaqtning oʻzida qismlarga ajratish yoki taʼmirlash, barcha joylarda ishlarning xavfsiz olib borilishini taʼminlaydigan tegishli himoya qurilmalari (reshyotkalar, setkalar, peshayvonlar)siz amalga oshirishga ruxsat berilmaydi.
633. 1,3 metr va undan ortiq balandlikda ishlar, toʻsiqlarining balandligi kamida 1 metr, pastki qismining 0,15 metri yopilgan koʻprikchalardan turib bajarilishi zarur.
634. Ish maydonchalari boʻlmagan tirkama narvonlardan, ijrochidan bino konstruksiyasiga tirkash talab etilmaydigan ishlarni bajarishda ruxsat beriladi.
635. Koʻtarib yuriladigan narvonlarda, ishlash vaqtida surilib ketish va agʻdarilishdan himoyalaydigan moslamalari boʻlishi zarur. Narvonlarning pastki uchlarida oʻtkir uchli okovkalari boʻlishi zarur. Ulardan asfalt, beton yoki shu kabi pollarda foydalanishda uchida rezina yoki boshqa sirgʻanmaydigan materialdan tayyorlangan bashmakalari boʻlishi zarur. Zarur hollarda narvonlarning yuqori uchlarida mustahkam konstruksiyalarga mahkamlab qoʻyish uchun moʻljallangan maxsus ilgaklari boʻlishi zarur.
636. Koʻtarib yuriladigan narvonlar, traplar, koʻprikchalar 1 va 2 sortli, tolalari egilmagan igna bargli yogʻoch materiallardan yoki metalldan tayyorlanishi zarur.
637. Uzunligi 3 metrdan ortiq boʻlgan koʻchma yogʻoch narvonlar hamda ikki oyoqli narvonlarning zinapoyalari ostida kamida ikkitadan tortuvchi boltlari boʻlishi zarur. Orasi ochiladigan narvonlar, ularning oʻz-oʻzidan surilishini istisno etuvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
638. Quvur va boshqa metall mahsulotlarni kesish, egish va ularga ishlov berish ishlari montaj koʻprikchalari va narvonlardan tashqarida bajarilishi zarur.
639. Balandlikda ishlarni bajarish, shuningdek jihozlar va boshqa ogʻir yuklarni koʻtarish va harakatlantirish ishlari xavfsizlik uchun masʼul boʻlgan xodimning bevosita ishtirokida amalga oshirilishi zarur.
640. Balandlikda oqova quvurlar, havo oʻtkazgichlar, siklonlar, chiqaruvchi qurilmalar va shu kabilarni taʼmirlash, montaj va demontaj qilish ishlarini bajarish uchun sanoat xavfsizligi talablariga javob beradigan himoya belbogʻlaridan foydalanish zarur. Himoya belbogʻlari, arqonlari va kaskalarisiz, ishchilar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarishga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.
Himoya belbogʻlarini mahkamlash joylari ishchilarga avvaldan koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
641. Jihozlarning vertikal holatda oʻrnatiladigan, zarur ravishda mustahkamlikka ega boʻlmagan yirik bloklari yoki qismlarini montaj qilishda kamida 3 ta raschalka bilan ajratish lozim boʻlib, ular jihozlar oxirigacha mahkamlangandan keyingina echiladi.
Montaj qilish jarayonida jihozlardagi barcha qismlarning mustahkam oʻrnatilganligi taʼminlanishi zarur.
642. Portlash xavfi mavjud xonalarda jihozlarni montaj va demontaj qilishda ochiq olovdan hamda uchqun chiqarishi mumkin boʻlgan mexanizmlar va moslamalardan foydalanish man etiladi.
643. Jihozlarni, asta-sekin kuchlanishni oshirib borgan holda erkin yurishida sinash vaqtida aniqlangan nuqson va nosozliklar bartaraf etilgandan keyin kuchlanish ostida sinash mumkin.
12§. Mexaiizatsiyalashmagan qoʻl asboblari bilan ishlash
644. Nosoz, yaroqsiz holga kelgan hamda bajarilayotgan ishlarga mos boʻlmagan asbob-uskunalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
645. Zarbli asbob-uskunalar (bolgʻalar, kuvaldalar va boshqalar) bir oz qabariqli, yuzasi tekis, qiyshaymagan hamda zarb beriladigan qismi siniq va darzlarsiz boʻlishi zarur.
646. Chilangarlik zubilalar, kreysmesellar va proboyniklar ish uchlarida shikastlari (siniq, chuqurchali), shuningdek orqa tomonida darzlari, ortiqlari va siniqlari boʻlmasligi lozim. Metallni kesish uchun moʻljallangan zubilalar va boshqa qoʻl asboblaridan foydalanishda ishchilar sinmaydigan oynali himoya koʻzoynaklari bilan taʼminlangan boʻlishlari zarur.
647. Kuvalda va vikolotka yordamida detallar(podshipniklar, vtulkalar va shu kabilar)ni presslash va raspressovka qilishda, detallarni ombirlar yoki maxsus qisqichlar bilan ushlab turish lozim. Vikolotka yumshoq metalldan tayyorlangan boʻlishi zarur.
648. Egovlar, arralar, uskunalar, doloto va boshqa qoʻl asboblari poʻlat halqa taqilgan yogʻoch dastaga mustahkam mahkamlangan boʻlishi zarur.
649. Parma, zenkerlar, razvertkalar, metchiklar va shu kabi tirkama asboblar toʻgʻri charxlangan, darzlari, siniqlari, ortiqlari va boshqa nuqsonlari boʻlmasligi zarur. Asboblarning orqa tomoni mustahkam oʻrnatilgan, toʻgʻri markazlashtirilgan hamda notekisliklari, siniqlari, darzlari va boshqa shikastlari boʻlmasligi zarur.
650. Gayka buraydigan kalitlarda darzlar va siniqlar boʻlmasligi, kalit gubkalari aniq parallel va silliqlanib ketmagan boʻlishi zarur.
Razvodkali kalitlarning harakatlanuvchi qismlari boʻshab ketmagan boʻlishi zarur.
Kalitlarni quvurlar va boshqa jismlar yordamida uzaytirish, gaykalarni katta oʻlchamli kalitlar bilan burash, kalit gubkalari va gaykalar orasiga prokladkalar qoʻyish mumkin emas.
651. Nosoz asbob-uskunalar taʼmirlash uchun ishlatishdan olib qoʻyiladi. asbob-uskunalar sozligi ustidan nazoratni taʼmir sexi ustasi yoki bosh muhandis farmoyishi bilan tayinlangan shaxs amalga oshiradi.
13§. Pnevmatik asbob-uskunalarda ishlash
652. Pnevmatik zarbli asboblar (pnevmatik bolgʻa, zubila) sozlangan boʻlib, zarb beradigan qismi chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan moslamasi boʻlishi zarur.
653. Pnevmatik asboblarning klapanlari zich mahkamlangan boʻlib, yopiq holatida havo oʻtkazmasligi lozim.
Boshqariladigan dastakka bosim toʻxtatilgan holatda klapanlari yengil ochilishi va tez yopilishi zarur.
654. Shlanglarning asbob-uskunalar va quvur oʻtkazgichga mahkamlovchisi, shlangni havo bosimi uzib yuborishiga yoʻl qoʻymaydigan ravishda tayyorlangan boʻlishi zarur.
655. Pnevmatik asbob-uskunalarning pasporti boʻlishi hamda har oyda malakali xodimlar tomonidan, natijalarini tegishli kitobga yozgan holda sinalishi va tekshirib turilishi lozim.
Nosoz asboblar zudlik bilan havo oʻtkazgich tarmogʻidan uzilib, taʼmirlash uchun ishlatishdan chiqarilishi lozim.
656. Qurilish-montaj pistoleti bilan ishlashga yoʻl qoʻyiladigan ishchilar maxsus dastur asosida oʻqitilishi zarur. Pistoletlar bilan ishlashda yoʻriqnomada koʻrsatilgan xavfsizlik texnikasi va talablari boʻyicha barcha qoidalarga rioya qilish kerak. Qurilish-montaj pistoletlarini saqlash va ishlash uchun berish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14§. Olov bilan bogʻliq ishlar
657. Olov bilan bogʻliq ishlar 13-55-09 sonli STH “Portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish boʻyicha namunaviy yoʻriqnoma” (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2009-yil 4-may 87-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 29-may 20-15-200/13 sonli xati) talablariga muvofiq bajariladi.
658. Tashkilotda olov bilan ishlarni bajarishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun masʼuliyat korxona rahbarlari, shuningdek yongʻin xavfsizligi uchun belgilangan tartibda masʼul etib tayinlangan shaxslar zimmasida boʻladi.
659. Olov bilan ishlarga ochiq olov, uchqun chiqish hamda changli havo aralashmasining alangalanishini keltirib chiqaradigan haroratgacha qizishi bilan bogʻliq ishlab chiqarish operatsiyalari, tayyor mahsulotlar, xomashyo, materiallar, konstruksiyalar va ishlab chiqarish changlari qoldiqlari, jumladan elektr payvand, gaz payvand ishlari, gaz va elektr bilan kesish ishlari, metallga.uchqun chiqarilgan holda ishlov berish boʻyicha mexanik ishlar va shu kabilar kiradi. Eng xavfli ishlar metallni payvandlash va kesish hisoblanadi.
660. Olov bilan bogʻliq ishlarni faqatgina ushbu ishlar amalga oshirilayotgan boʻlinma rahbari imzolagan hamda tashkilotning texnik rahbari (bosh muhandis) yoki uning ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari yoki boʻlmasa, ishlab chiqarish boshligʻi tasdiqlagan tegishli ruxsatnoma olingandan keyin bajarish mumkin.
Avariya hollarida olov bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun ruxsatnomani ushbu ishlar bajariladigan boʻlinma rahbari yoki uning oʻrinbosari berishi mumkin. Ushbu hollarda olov bilan bogʻliq ishlar bevosita ruxsatnoma bergan shaxs rahbarligi ostida, tashkilotning texnik rahbari (bosh muhandisi)ga xabar bergan holda amalga oshiriladi.
661. Olov bilan bogʻliq ishlarni bajarishga, faqatgina yongʻin xavfsizligi xizmati yoki yongʻin xavfsizligi boʻyicha vakolatli shaxs bilan kelishgan holda hamda olov bilan bogʻliq ishlarni bajarishda koʻzda tutilgan chora-tadbirlar bajarilgandan keyin ruxsat beriladi.
662. Ruxsatnoma olov bilan bogʻliq har bir ish uchun alohida rasmiylashtiriladi va bitta kunduzgi ish smenasi davomida haqiqiy hisoblanadi.
663. Olov bilan bogʻliq bajariladigan ishlar quyidagilarga boʻlinadi:
muntazam — tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan belgilanib, maxsus jihozlangan sexlar, ustaxonalar yoki ochiq maydonchalarda;
vaqtinchalik — ushbu ishlar omborxonalar, ishlab chiqarish hamda yordamchi bino va inshootlarda bajariladi;
664. Ishlayotgan ishlab chiqarishlarda olov bilan bogʻliq ishlar vaqtinchalik bajarilishi alohida zarur hollarda, ularni istisno etish mumkin boʻlmasa yoki ushbu ishlar uchun maxsus ajratilgan joylarda bajarish imkoniyati boʻlmagan hollarda bajarilishiga ruxsat beriladi.
665. Portlash hamda yongʻin xavfi mavjud obyektlarda olov bilan bogʻliq ishlar faqat kunduz kuni (avariya hollaridan tashqari) bajarilishiga ruxsat beriladi.
666. Olov bilan bogʻliq ishlarni bajarishga maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan, malakasi haqida guvohnomasi boʻlgan, shuningdek yongʻin xavfsizligi choralari boʻyicha oʻqitilgan va buni tasdiqlovchi maxsus taloni boʻlgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Olov bilan bogʻliq ishlarni bajarishga payvandlash va alanga bilan bogʻliq ishlarni bajarish boʻyicha sinovlardan oʻtmagan, shuningdek yongʻin xavfsizligi choralari boʻyicha tekshiruv sinovlari natijalariga koʻra maxsus talon olmagan shogird va ishchilarning ushbu ishlarni bajarishi qatʼiyan man etiladi.
667. Olov bilan ishlarni bajarishda xonalar va ish joyini tayyorlash boʻyicha quyidagilarni bajarish lozim:
a) ogohlantiruvchi yozuvlar va belgilar oʻrnatiladigan xavfli zonalarni aniqlash;
b) olov bilan bogʻliq ishlar bajariladigan apparatlar, mashinalar, quvur oʻtkazgichlar, noriylar, siklonlar, metall sigʻimlarning filtrlari va shu kabilarni chang hamda boshqa yongʻin xavfi mavjud mahsulotlardan tozalash;
v) olov bilan ishlash zonasidagi xonalar va binolarning konstruktiv elementlarini yonuvchan mahsulotlar va changdan tozalash;
g) olov bilan bogʻliq ishlar bajariladigan joyni boshqa jihozlar bilan bogʻlaydigan havo oʻtkazgichlar va mahsulot uzatuvchilarni zadvijkalar, olov toʻsuvchilar, zaglushkalar, hoʻl lattalar va shu kabilar bilan toʻsib qoʻyish;
d) barcha koʻrikdan oʻtkaziladigan hamda asosiy tuynuklar va lyuklarni, shuningdek devorlar va olov bilan bogʻliq ishlar bajariladigan xonalardagi toʻsinlarda mavjud boʻlgan teshiklarni berkitish;
e) obyektdagi barcha jihozlar ishini toʻxtatish, ishga tushirish apparaturasi, mashina va mexanizmlarni, ularni ishga tushirish ehtimoli mavjudligi toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi yozuv va plakatlarni ilib qoʻygan holda oʻchirish va elektr tarmogʻidan uzib qoʻyish;
j) olov bilan bogʻliq ishlar bajarilayotgan joyning kamida 10 metr radiusi atrofidagi pol va boshqa yonuvchan konstruksiyalarni hoʻl qoplar bilan yopib qoʻyish;
z) hoʻl qoplar bilan yopilgan maydonlardan tashqariga, ayniqsa qavatlar orasidagi ochiq joylarga, mashina va aspiratsiya tarmoqlarining qabul qiluvchi tuynuklariga uchqun sachrashining oldini olishga qaratilgan, maxsus ekranlar va boshqa moslamalardan foydalangan holda tegishli chora-tadbirlarni koʻrish;
i) olov bilan bogʻliq ishlar bajariladigan joylarni yongʻinni oʻchirish boʻyicha zarur vositalar bilan taʼminlash;
k) olov bilan bogʻliq ishlar bajariladigan xonalardagi eshiklar va derazalarni tegishli holda saqlanishi tartibiga rioya etish
l) olov bilan bogʻliq ishlarni bajarishga aloqador boʻlmagan xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning, ushbu xonalarga kirishiga yoʻl qoʻymaslik.
668. Olov bilan bogʻliq ishlarni bajarishda quyidagilar man etiladi:
lyuk va qopqoqlarni ochish, metall bunkerlar, chang ushlab qoluvchilar, havo va mahsulot oʻtkazgichlar, turli jihozlar va shu kabilarga zarb berish;
xonalarni tozalash hamda olov bilan bogʻliq ishlar bajariladigan xonalarning changlanib ketishi natijasida yongʻin va portlash xavfini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan boshqa operatsiyalarni bajarish;
elektr oʻtkazgich simlarini issiq quvur oʻtkazgichlar va kislorodli ballonlardan 0,5 metr, yonuvchan gaz toʻldirilgan ballonlardan esa 1 metrdan yaqin oʻtkazmaslik;
elektr yoki gaz bilan kesish orqali demontaj qilinayotgan jihozlar, inshootlar va ularning qismlarini pol (er)ga tashlab yuborish (ularni asta-sekinlik bilan tushirish koʻzda tutiladi);
erlashtirish yoki nollashtirish tarmogʻining qaytaruvchi elektr tok oʻtkazuvchi simi sifatida inshootlar, kommunikatsiyalarning metall konstruksiyalari hamda texnologik jihozlardan foydalanish.
669. Ishlab chiqarish xonalarida payvandlash jihozlarining oʻrnatilishi va ularning muntazam ravishda saqlanishiga ruxsat berilmaydi. Payvandlash jihozlari, ushbu maqsadlar uchun alohida moʻljallangan xonalarda saqlanishi hamda olov bilan bogʻliq ishlarni bajarishda ushbu jihozlar, bosh muhandis (yoki uning oʻrinbosari) tasdiqlagan ruxsatnomaga asosan berilishi zarur.
15§. Oʻsimlik xomashyosini siloslar, bunkerlar va omborlarda saqlashda oʻz-oʻzidan yonib ketishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
670. Silos va bunkerga mahsulot toʻkishdan oldin, mahsulot zarur namlikkacha quritilishi, sigʻimlar esa yaxshilab tozalangan, shamollatilgan va quritilgan boʻlishi zarur. Haroratni masofadan turib boshqarish qurilmasi soz holda boʻlishi zarur.
671. Donni bir yilgacha muddatga saqlashda namlik miqdori quyidagicha boʻlishi zarur:
bugʻdoy, roj, arpa, guruch — sholisi, grechixa uchun — 14,5%;
joʻxori doni, proso, sorgo, oves uchun — 13,5%;
kungaboqar urugʻi, paps uchun — 7%;
noʻxat, loviya, chechevitsa, lyupinning em sifatida foydalaniladigan dukkakli turlari uchun — 16%;
soya uchun — 12%;
uzoq vaqt davomida saqlash hollarida (bir yildan ortiq: bugʻdoy, roj, arpa, oves, grechixa uchun — 13%; joʻxori va proso uchun — 12%; guruch sholisi uchun — 14%; noʻxot uchun — 15%).
672. Quritilgan donni saqlashda joylashtirishdan oldin, uning ifloslanish darajasidan qatʼi nazar, havoda haydaladigan elak mashinasidan oʻtkazib yuborish tavsiya etiladi.
673. Elevatorlarning yigʻma korpuslaridagi tashqi siloslarda yangi yigʻilgan mahsulotlarni, ularga ishlov berilishidan oldin, shuningdek birinchi navbatda joʻnatish uchun moʻljallangan partiyalarni joylashtirish koʻzda tutilishi lozim; ishlov berilgan don elevatorning ichki siloslarida uzoq muddat saqlanadi.
674. Bitta silos (bunker) ichida birgalikda turli mahsulotlarni joylashtirish man etiladi.
675. Oʻsimlik xomashyosining oʻz-oʻzidan yonib ketishini keltirib chiqaradigan sabablarni istisno etish, shuningdek oʻz-oʻzidan yonib ketish hollarini oʻz vaqtida aniqlash uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
mahsulotga ventilatsiya yordamida taʼsir etib turish va uni bir silosdan ikkinchisiga koʻchirib turish;
silos (bunker)dagi mahsulot haroratini nazorat qilib turish.
676. Donning korxonaga kelib tushgan vaqtidan boshlab, butun saqlash muddati davomida donning harorati va namligini tizimli ravishda nazorat qilib turish tashkil etiladi.
677. Elevator siloslari, silos tipidagi omborlar va metall siloslarda don haroratini oʻlchash uchun haroratni masofadan turib oʻlchash qurilmasidan foydalaniladi.
678. Xom ashyo harorati (guruch, joʻxori, kungaboqar, paps, prosodan tashqari) namligidan kelib chiqqan holda, har bir xomashyo turi uchun oʻrnatilgan muddatlarga koʻra tekshirib turiladi.
679. Metall siloslarda xomashyoning quruq holatida, atrofdagi harorat +10°dan yuqori boʻlsa har uch kunda bir marta, harorat +10° va undan past hollarda har yetti kunda bir marta tekshirib turiladi.
680. Kungaboqar urugʻini elevator siloslari va silos tipidagi omborlarda saqlashga ruxsat berilmaydi. Alohida hollarda, namligi 8% dan oshmaydigan kungaboqar urugʻini, haroratni masofadan turib boshqarish qurilmasi oʻrnatilgan elevator siloslari va silos tipidagi omborlarda saqlash mumkin.
681. Saqlanayotgan donning harorati koʻtarilib, oʻz-oʻzidan yonib ketish xavfidan dalolat boʻlgan hollarda, uni darhol sovutish yoki quritish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi, bunda ushbu maqsadlarda tozalash, quritish va faol ventilatsiya qilish boʻyicha barcha mavjud texnik vositalardan, shuningdek tungi havo haroratining pasayishidan foydalaniladi. Qiziyotgan donning haroratini atrofdagi havo haroratigacha pasaytirish zarur.
682. Oʻz-oʻzidan qizish hollari aniqlanganda, qiziyotgan don massasi, sogʻlom partiyada, ushbu don qolmasligini hisobga olgan holda koʻchiriladi.
Donni oʻsha silosning oʻziga koʻchirish man etiladi.
Oʻz-oʻzidan yonib ketish holi sodir boʻlgan don partiyasi birinchi navbatda joʻnatilishi zarur.
683. Oʻz-oʻzidan yonish oʻchogʻining harorati 100° S dan oshgan hollarda vaziyat avariyaviy hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarish jarayonlari toʻxtatiladi. Yuk tushirish amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
684. Siloslar (bunkerlar)dagi oʻz-oʻzidan yonish oʻchogʻi quyidagicha aniqlanadi:
a) mahsulot massasi ichidagi haroratni aniqlash va oʻlchash maʼlumotlarini tekshirib koʻrish asosida;
b) vizual ravishda, chiqayotgan tutun hamda silos konstruksiyasidagi boʻshliqlardan chiqayotgan bugʻlarni kuzatgan holda, toʻsiq konstruksiyalarining rangidagi oʻzgarishlar, ularda yoriqlar paydo boʻlishi hamda boʻyoqlarining kuyishiga koʻra;
v) mahsulotlardan taralayotgan, oʻsimlik xomashyosini quruq aylantirishdan olinadigan mahsulotlarga xos boʻlgan achchiq, oʻtkir va noxush hidlarga koʻra.
685. Siloslar va bunkerlardagi xomashyo harorati, siloslarda oʻrnatilgan haroratni masofadan turib boshqarish qurilmalaridan olingan maʼlumotlarga koʻra aniqlanadi.
686. Siloslar va bunkerlarda oʻz-oʻzidan yonish holati natijasida kelib chiqadigan avariya hollari turli usullarda bartaraf etilib, ushbu usullar portlashning oldini olish hamda xomashyoni tushirishda oʻchirishga qaratilgan quyidagi uchta asosiy operatsiyalarni bajarishdan iborat:
1) Yonayotgan oʻsimlik xomashyosi joylashtirilgan silosni maksimal darajada germetik zichlash. Germetik zichlash yonish zonasiga texnologik lyuklar va konstruktiv elementlarning ulanishlaridagi boʻshliqlar orqali havo kislorodi kirishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
2) Avariya sodir boʻlgan hamda u bilan oʻzaro oʻtkazuvchi derazalar bilan ulangan tutash siloslardagi yonuvchan chang havoli aralashmani erkin hajmlarda flegmatizatsiya qilish operatsiyasini bajarish orqali.
Yonuvchan chang havoli aralashmani silosdagi erkin hajmlarda toʻsin ustidagi hamda toʻsin ostidagi boʻshliqlarda, ularga inert gaz toʻldirish va kislorod miqdorini 8% ga teng va undan kam boʻlgan hajmdagi optimal darajagacha pasaytirish, shuningdek u yerga silosga yuqoridagi yuklash lyuklari orqali havoli-mexanik koʻpik uzatish orqali flegmatizatsiya operatsiyasi bajariladi.
3) Silosdan, yonayotgan mahsulotni silos osti qavatiga tushirish va undan keyin uni silos osti qavatida oʻchirib, xavfsiz zonaga evakuatsiya qilish operatsiyasini bajarish.
687. Tayyorlash ishlari jarayonida, silos va bunkerlarning erkin boʻshliqlarini flegmatizatsiya qilish tugallanishigacha silos va bunkerlardagi yongʻin oʻchogʻini oʻchirishda suv va bugʻdan foydalanish man etiladi.
688. Silosdan yonayotgan mahsulotni tushirishdan oldin, avariya sodir boʻlgan va unga tutash boʻlgan siloslarning toʻsin ustidagi butun boʻshliqlari, yuqoridagi yuklash lyuklari orqali uzatiladigan havo-mexani koʻpik bilan toʻldiriladi. Yuklash jarayonida, koʻpik emirilishi bilan birga uni, butun boʻshliq toʻldirilguncha qoʻshimcha ravishda uzatiladi.
689. Qisman boʻshatilgan siloslarni qoldirgan holda mahsulot (xomashyo) tushirilishini toʻxtatish man etiladi.
690. Silos ostidagi qavatlarda yonayotgan mahsulot nasadkali stvollar yordamida sachratiladigan suv bilan oʻchiriladi. Ushbu stvollar bilan mahsulotning silosdan chiqish joyida chang buluti paydo boʻlishining oldi olinadi.
691. Oʻchirilgan mahsulot silos osti qavatdan koʻchma texnika yordamida bartaraf etiladi.
VI. Yakuniy qoidalar
692. Mazkur Qoidalarning buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
693. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi uchun masʼuliyat, oʻzlarining lavozim majburiyatlariga muvofiq xavfli sanoat ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilot rahbarlari va bosh mutaxassislari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, tuzilmaviy boʻlinmalar rahbarlari, smena va ishlarga rahbarlik qiladigan shaxslar, shuningdek tegishli yoʻriqnomalar va ichki mehnat tartibi qoidalari bilan vazifalari belgilangan xodimlar zimmalarida boʻladi.
694. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yonilgʻi-energetika kompleksi, Kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushma Markaziy Kengashi, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoat uyushmasi hamda “Oʻzkimyosanoat” Davlat aksionerlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Oʻzbekiston yonilgʻi-energetika kompleksi, Kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi raisi G. XAKIMOVA
Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi R. BURIYEV
“Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi X. ShERMATOV
Oʻsimlik xomashyosini saqlash, qayta ishlab chiqarish va undan foydalanish boʻyicha portlash va yongʻin xavfi mavjud boʻlgan ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizlik Qoidalariga
ILOVA
ILOVA
Oʻsimlik xomashyosi turlari va uni qayta ishlab chiqarish mahsulotlarining roʻyxati, ularga tegishli boʻlgan
Qoidalar
Oʻsimlik xomashyosini:
bugʻdoy, roj, guruch, arpa, proso, sorgo, grechixa — don-boshoqli ekinlar
joʻxori,noʻxat, loviya, chechevitsa — dukkakli oʻsimliklar
soya, araxis, kungaboqar urugʻi, raps, kunjut va shu kabilar — moyli oʻsimliklar.
Qayta ishlab chiqarish mahsulotlari:
un, yorma, kepak, solod, turli em, jmix, shrot, shakar, oʻt va yogʻoch kukuni va shu kabilar hamda oqsil-vitaminli qoʻshimchalar va premikslar.