29.09.2011 yildagi O‘RQ-299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.10.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“JINOYAT IShINI YURITISh ChOGʻIDA QAMOQDA SAQLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 38-modda 4-bandining oʻzbekcha matnidagi “izolyatorlari” degan soʻz “hibsxonalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 97-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qamoqda saqlash joylarida, reabilitatsiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar soʻroq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning maʼmuriyati orqali chaqirtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 216, 229, 231, 232, 233-moddalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Militsiya xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning xodimi amalga oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaxs militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab oʻn ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda xabar berishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “avaxtaga” degan soʻz “gauptvaxtaga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “kemalarda” degan soʻz “dengiz va daryo kemalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “jazoni ijro etish koloniyalarida” degan soʻzlar “jazoni ijro etish muassasalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 244-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar tergov hibsxonasining kameralarida saqlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bir jinoyat ishi boʻyicha yoki bir necha oʻzaro bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilarni va ayblanuvchilarni alohida-alohida saqlash toʻgʻrisida tergov hibsxonasining maʼmuriyatiga yozma koʻrsatma berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan boʻlsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga koʻra tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan ogʻir kasallarga va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olinganlar vaqtincha saqlash hibsxonalarida oʻn sutkagacha saqlanishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonasiga olisligi yoki lozim darajadagi qatnov yoʻllari mavjud emasligi tufayli olib borishning imkoniyati boʻlmagan hollarda, bunday shaxslar vaqtincha saqlash hibsxonalarida tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻttiz sutkagacha saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda koʻpi bilan yigirma sutkagacha, olis joylarda esa, bu ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin. Harbiy xizmatchini gauptvaxtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishni sudda koʻrib chiqish vaqtiga, lekin koʻpi bilan oʻn besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yuborishga hukm qilingan harbiy xizmatchilar hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsxonalari joylashgan aholi punktlari hududidan tashqarida sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hollarda, qamoqqa olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini oʻtkazish uchun har kuni olib borish imkoniyati boʻlmaganda ular tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga oʻtkazilishi, lekin bir oy mobaynida koʻpi bilan oʻn sutkaga oʻtkazilishi mumkin. Bunday oʻtkazish uchun qamoqqa olinganni boshqa erga koʻchirish toʻgʻrisidagi tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi boʻyicha guvoh yoki jabrlanuvchi boʻlsa, u sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibsxonasiga oʻtkazilishi yoki tergov hibsxonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga koʻra esa ish sudda koʻrib chiqilishi vaqtiga tergov hibsxonasida saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa erga koʻchirish toʻgʻrisidagi tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga muvofiq boshqa erga oʻtkaziladi. Mahkumni boshqa erga koʻchirishni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus boʻlinmalari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 388-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ayblanuvchi qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar prokurorning topshirigʻiga koʻra unga qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan ular kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat hujjatlar topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 475-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, hukmning koʻchirma nusxasi unga qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat koʻchirma nusxa topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 538-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boshqa shaxs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur boʻlganda jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsxonasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining roziligi bilan esa olti oygacha muddatga yoki ish sudda koʻrilishi munosabati bilan — sud ajrimiga koʻra ish sudda koʻrib chiqiladigan vaqtga qadar ushlab turilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar) 210-moddasining nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga berilishi taqiqlangan narsalarni koʻzdan kechirishdan yashirib berish yoki boshqa har qanday usul bilan berishga urinish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar) 217-moddasining oʻzbekcha matnidagi “izolyatorlarida” degan soʻz “hibsxonalarida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-299-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 410-modda)