Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
KREDIT AXBOROTI ALMASHINUVI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 11-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi kredit axboroti almashinuvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
kredit bitimi — kredit, qarz, lizing, faktoring, sugʻurta shartnomasi hamda pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni qarzga berishni, shu jumladan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun toʻlovni boʻnak (oldindan toʻlash), kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash tarzida berishni nazarda tutuvchi boshqa shartnomalar;
kredit axboroti almashinuvi — kredit byurosi, kredit axboroti subyekti, kredit axborotini yetkazib beruvchi va kredit axborotidan foydalanuvchining kredit tarixini shakllantirish hamda kredit hisobotini taqdim etish maqsadida kredit axborotini yigʻish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash, taqdim etish, undan foydalanish va kredit axborotini himoya qilish borasidagi hamkorligi;
kredit axboroti subyekti — kredit bitimi boʻyicha tegishincha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qoʻyuvchi, shuningdek sugʻurtalovchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit axborotini yetkazib beruvchi — kredit axborotini kredit byurosiga taqdim etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
kredit axborotidan foydalanuvchi — kredit bitimi boʻyicha tegishincha kreditor, lizing beruvchi, garovga oluvchi, shuningdek sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Kredit axboroti
Kredit axboroti — kredit bitimining holati, berilgan taʼminot boʻyicha (garov, kafolat, kafillik, kreditni toʻlamaslik xavfini sugʻurtalash va taʼminotning boshqa turlari boʻyicha) majburiyatlarning bajarilishi haqidagi maʼlumotlar, shuningdek kredit axboroti subyektining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, toʻlov qobiliyatini, toʻlov intizomini va oʻzga sifatlarini aniqlashga koʻmaklashuvchi boshqa axborot, shu jumladan:
kredit axboroti subyektini va kredit axborotini yetkazib beruvchini identifikatsiyalash imkonini beradigan;
kredit axboroti subyektining fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi;
kredit axboroti subyektiga aloqador shaxslar toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit bitimi bilan bogʻliq mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
5-modda. Kredit tarixi
Kredit tarixi — kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyektiga nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmui.
Kredit tarixi oʻz ichiga:
kredit axboroti subyektini identifikatsiyalash imkonini beradigan;
kredit axboroti subyektining kredit bitimlari toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning ijro etilishi holati haqidagi;
kredit axboroti subyektining fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit tarixini shakllantirish sanasi toʻgʻrisidagi, shuningdek kredit tarixini shakllantirgan kredit byurosi haqidagi maʼlumotlarni olishi kerak.
Kredit tarixiga kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Kredit axboroti subyektining bajarilish sanasidan eʼtiboran besh yildan koʻp vaqt oʻtgan pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi.
6-modda. Kredit hisoboti
Kredit hisoboti — kredit tarixi tarkibiga kiruvchi axborotni toʻliq yoki qisman oʻz ichiga olgan hujjat.
Kredit hisobotining shakli, mazmuni va uni taqdim etish tartibi kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Kredit hisoboti kredit byurosi tomonidan quyidagilarga taqdim etiladi:
kredit axborotidan foydalanuvchiga — kredit axboroti subyektining roziligi bilan;
kredit axboroti subyektiga — mazkur kredit axboroti subyektining barcha kredit axboroti yetkazib beruvchilari va kredit axborotidan foydalanuvchilarining identifikatsiya maʼlumotlari koʻrsatilgan soʻrovi boʻyicha.
Kredit hisoboti kredit byurosi uni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov olgan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda taqdim etiladi.
Kredit hisoboti faqat bitta kredit axboroti subyekti xususida taqdim etiladi.
7-modda. Kredit byurosi
Kredit byurosi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan va kredit axboroti almashinuvini amalga oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit byurosining faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik tadbirkorlik subyekti boʻlmagan kredit byurosi oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan yeri koʻrsatilgan yumaloq muhrga ega boʻlishi lozim. Muhrda bir vaqtning oʻzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham koʻrsatilishi mumkin.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit byurosining firma nomida “kredit byurosi” degan soʻz birikmasi yozilgan boʻlishi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs oʻz nomida “kredit byurosi” degan soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit byurosi oʻzining firma nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va oʻz emblemasiga ega boʻlishga haqli. Kichik tadbirkorlik subyekti boʻlgan kredit byurosi muhrga ega boʻlishga haqli.
(7-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holda ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
muassislar umumiy yigʻilishining kredit byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bayonnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit byurosining taʼsis hujjatlari;
kredit byurosining rahbari va muassislari haqidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kredit byurosining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi.
Kredit byurosining taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Kredit byurosiga litsenziya berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni quyidagi hollarda rad etishi mumkin:
davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
taʼsis hujjatlari va taqdim etilgan boshqa hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan, uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleks mavjud boʻlmaganda yoki dasturiy-texnikaviy kompleks belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
kredit byurosining rahbari belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlmaganda.
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, takroran koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi. Bunda kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
10-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qayta rasmiylashtirish
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qayta rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning bekor qilinishi kredit byurosining kredit axboroti almashinuvi bilan bogʻliq ilgari amalga oshirilgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishga sabab boʻlmaydi.
11-modda. Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish
Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin kredit byurosi bu haqda bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yozma shaklda xabar qiladi va ikki oy mobaynida ommaviy axborot vositalarida har hafta tegishli eʼlon berib boradi.
Kredit byurosi qayta tashkil etilgan taqdirda kredit axboroti maʼlumotlar bazasi kredit byurosining huquqiy vorisiga, agar u litsenziyaga ega boʻlsa, topshiriladi. Bu holda kredit byurosining huquqiy vorisi bu haqda kredit axboroti yetkazib beruvchilarni va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini kredit axboroti maʼlumotlar bazasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida yozma shaklda xabardor etishi shart. Bunda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan eʼlonlarda kredit byurosining kredit axboroti maʼlumotlar bazasi uning huquqiy vorisiga topshirilganligi koʻrsatiladi.
Agar kredit byurosining huquqiy vorisi litsenziyaga ega boʻlmasa, shuningdek kredit byurosi tugatilgan, litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilingan hollarda kredit axboroti maʼlumotlar bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tekin topshiriladi.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit byurolari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish borasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
kredit axboroti almashinuvi sohasida oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi, uning amal qilishini toʻxtatib turadi yoki tugatadi, shuningdek litsenziyani bekor qiladi yoki qayta rasmiylashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit byurolarining davlat reyestrini va Kredit axborotining davlat reyestrini yuritadi;
kredit byurolari uchun ichki audit oʻtkazishga, yillik hisobotlar tuzishga, shuningdek kredit axboroti himoya qilinishini taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuviga doir majburiy talablarni belgilaydi;
kredit byurolarining faoliyatiga taalluqli hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni oladi;
kredit byurolarining faoliyatini belgilangan tartibda tekshiradi;
kredit byurosining rahbariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi;
kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish haqida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi, koʻrsatmalar ijro etilmagan taqdirda javobgarlik choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlariga muvofiq kredit byurolarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Kredit byurosining huquqlari
Kredit byurosi:
kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bitimlar tuzishga;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit axborotini yetkazib beruvchilardan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axboroti taqdim etishini talab qilishga;
kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit axboroti subyektlarining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, toʻlov qobiliyatini va toʻlov intizomini baholashda koʻmaklashish maqsadida maslahat xizmatlari hamda boshqa xizmatlar koʻrsatishga;
kredit axborotini yetkazib beruvchilarga kredit axborotini taqdim etishda koʻmaklashishga;
kredit axboroti subyektlari reyting bahosini hisoblash uslubini ishlab chiqish va undan foydalanishga;
boshqa kredit byurolaridan kredit axborotini soʻrab olishga haqli.
Kredit byurosi qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Kredit byurosining majburiyatlari
Kredit byurosi:
kredit axborotining elektron shakldagi maʼlumotlar bazasini yuritishi va uni muntazam ravishda yangilab borishi;
kredit axboroti kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay uni kredit tarixining tarkibiga kiritishi;
kredit axborotining xolisligi va ishonchliligini taʼminlashi;
axborotni himoya qilish xizmatini tashkil etishi;
kredit axboroti almashinuvini faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq amalga oshirishi;
kredit axboroti subyektlariga, kredit axborotini yetkazib beruvchilarga va kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit axborotidagi notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni aniqlash hamda tuzatishda koʻmaklashishi;
kredit axboroti subyektining reyting bahosini hisoblash uslubini va kredit axboroti subyektini reyting baholashga taʼsir qilgan omillarni kredit axboroti subyektining yoki kredit axborotidan foydalanuvchining talabiga koʻra tushuntirib berishi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni va boshqa maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etishi;
kredit axborotining besh yil mobaynida saqlanishini taʼminlashi shart.
Kredit byurosining zimmasida qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Kredit byurosining yillik hisoboti
Kredit byurosining oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi yillik hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmasdan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Yillik hisobot mazmuniga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
16-modda. Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish
Kredit axboroti kredit axborotini yetkazib beruvchilar tomonidan kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida kredit byurolariga taqdim etiladi.
Kredit tashkiloti boʻlgan kredit axborotini yetkazib beruvchilar oʻzidagi mavjud kredit axborotini Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit axboroti, qoida tariqasida, elektron shaklda taqdim etiladi. Kredit axborotining qogʻozda taqdim etilishi kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Kredit axborotini yetkazib beruvchilar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti subyektining roziligisiz taqdim etadi.
Kredit byurolari kredit axboroti subyektining roziligisiz oʻzaro kredit axborotini almashishi mumkin.
Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish tijorat, bank sirining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning buzilishi deb hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Kredit byurosiga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar
Kredit axboroti kredit byurosiga uning soʻroviga muvofiq quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:
yuridik shaxslarni, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — Yuridik shaxslarning davlat reyestriga va Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestriga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
Keyingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga va koʻchmas mulk haqidagi boshqa ochiq foydalaniladigan maʼlumotlar bazalariga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisoboti toʻgʻrisida;
ichki ishlar organlari tomonidan — berilgan pasportlar toʻgʻrisida, shu jumladan yoʻqolgan yoki amal qilish muddati tugagan pasportlar oʻrniga berilgan pasportlar, shuningdek avtomototransport vositalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida hamda ularning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat notarial idoralari tomonidan — bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni beruvchi organlar tomonidan — ushbu hujjatlar berilganligi faktlari toʻgʻrisida, litsenziyaning va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi haqida, shuningdek ularning bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida.
Kredit axboroti kredit byurosiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan ham taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma
Kredit byurosi kredit axborotini kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida kredit axborotini yetkazib beruvchilardan oladi va kredit hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchilarga taqdim etadi.
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyekti yoki kredit axborotini yetkazib beruvchi yoxud kredit axborotidan foydalanuvchi bilan tuziladi.
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
kredit axborotining turi, shakli, uni taqdim etish va yangilash tartibi;
taraflarning kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlashga doir huquq va majburiyatlari;
kredit axborotidagi notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni aniqlash va tuzatishda taraflarning hamkorligi tartibi.
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomada qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Kredit axboroti subyektining kredit hisobotini kredit byurolariga taqdim etishga roziligi
Kredit byurosi kredit hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchiga faqat kredit axboroti subyektining roziligi bilan taqdim etadi.
Kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi qonun hujjatlariga muvofiq yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida kredit axborotining sanasi, kredit axborotidan foydalanuvchi va kredit hisobotini taqdim etish maqsadi koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Kredit hisoboti faqat kredit axboroti subyektining roziligida koʻrsatilgan kredit axborotidan foydalanuvchiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi bir oy mobaynida haqiqiydir. Agar kredit axboroti subyekti va kredit axborotidan foydalanuvchi oʻrtasida kredit bitimi tuzilsa, unda mazkur rozilik tegishli kredit bitimi amal qiladigan butun muddat mobaynida haqiqiydir.
Kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida besh yil mobaynida saqlanishi kerak. Agar kredit axboroti subyekti va kredit axborotidan foydalanuvchi oʻrtasida kredit bitimi tuzilsa, unda kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida kredit bitimi ijro etilgan sanadan keyin besh yil mobaynida saqlanishi lozim. Kredit axborotidan foydalanuvchi kredit byurosining talabiga koʻra mazkur rozilikni tanishish uchun uch ish kuni ichida taqdim etishi shart.
20-modda. Kredit axborotini yetkazib beruvchining huquq va majburiyatlari
Kredit axborotini yetkazib beruvchi:
kredit byurosidan litsenziyasi mavjudligini talab qilishga;
kredit axborotini bir nechta kredit byurosiga taqdim etishga haqli.
Kredit axborotini yetkazib beruvchi qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit axborotini yetkazib beruvchi:
kredit byurosiga haqiqiy maʼlumotlarga asoslangan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axborotini taqdim etishi;
kredit byurosiga kredit axborotidagi oʻzgarishlar va yangilashlar haqida oʻz vaqtida xabar qilishi;
kredit byurosiga berilgan kredit axborotiga belgilangan tartibda, kredit axboroti subyektining talabiga koʻra oʻzgartirishlar kiritishi;
kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq kredit byurosiga maʼlumotlar uzatish tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlashi shart.
Kredit axborotini yetkazib beruvchining zimmasida qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Kredit axborotidan foydalanuvchining huquq va majburiyatlari
Kredit axborotidan foydalanuvchi:
bir nechta kredit byurosidan kredit hisobotlarini olishga;
taqdim etilgan kredit hisobotining xolisligi va ishonchliligi yuzasidan kredit byurosiga oʻz fikr-mulohazalarini bildirishga;
kredit byurolaridan kredit axboroti subyektining reyting bahosini hisoblash uslubini hamda kredit axboroti subyekti reyting bahosiga taʼsir qilgan omillarni tushuntirib berishni talab qilishga haqli.
Kredit axborotidan foydalanuvchi qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit axborotidan foydalanuvchi:
kredit axboroti subyekti toʻgʻrisidagi kredit hisobotini kredit byurosidan olish uchun kredit axboroti subyektidan rozilik soʻrashi;
kredit hisobotining maxfiyligi va but saqlanishiga rioya etishi hamda unda mavjud boʻlgan kredit axborotini uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi;
kredit hisobotidan faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanishi;
kredit axboroti subyekti xususida olingan kredit hisobotining koʻchirma nusxasini uning soʻroviga koʻra taqdim etishi;
kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini berishga ilgari olingan roziligini tanishib chiqish uchun kredit byurosining talabiga koʻra unga uch ish kuni ichida taqdim etishi shart.
Kredit axborotidan foydalanuvchining zimmasida qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Kredit axboroti subyektining huquqlari
Kredit axboroti subyekti:
kredit byurosidan oʻzi haqidagi kredit hisobotini olish, shu jumladan bir yilda bir marta tekinga olish;
oʻzi haqidagi kredit hisobotining taqdim etilishi maqsadi toʻgʻrisida va kredit hisoboti taqdim etilgan kredit axborotidan foydalanuvchilar haqida kredit byurosidan axborot olish;
kredit axborotidan foydalanuvchidan oʻzi haqidagi kredit hisobotining koʻchirma nusxasini olish;
oʻzi haqidagi kredit axborotida xolis, ishonchli va yangilangan maʼlumotlar aks ettirilishi maqsadida unga oʻzgartirishlar kiritishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish;
kredit axborotini kredit byurolariga oʻz vaqtida taqdim etishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish;
oʻzi haqidagi kredit tarixiga aniqliklar kiritishni kredit byurosidan talab qilish;
oʻzi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga rozilik berishni rad etish;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit byurosiga qilgan murojaati oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit byurosida mavjud boʻlgan oʻzi haqidagi kredit axborotidan, qanday maqsadlarda boʻlishidan qatʼi nazar, foydalanish huquqiga ega.
Kredit axboroti subyekti qonun hujjatlari va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Kredit axborotini saqlash va himoya qilish
Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar va kredit axborotidan foydalanuvchilar kredit axborotining saqlanishini hamda ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, uni yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilinishini taʼminlashi kerak.
Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar, kredit axborotidan foydalanuvchilar, ularning rahbarlari va boshqa xodimlari kredit axboroti almashinuvi jarayonida oʻzlari olgan yoki oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etishi taqiqlanadi.
Kredit axborotini tashkil etuvchi maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar bunday maʼlumotlarni mehnat shartnomasi (kontrakt) tugatilganidan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
24-modda. Kredit axborotini taqdim etishga va uning almashinuviga doir cheklashlar
Kredit axborotini taqdim etish va uning almashinuvi faqat kredit bitimi tuzish, uni oʻzgartirish hamda kredit bitimining ijrosini monitoring qilishdagi tavakkalchilikni baholash, shu jumladan kredit axboroti subyektlarini reyting asosida baholash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Kredit axborotining ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilmagan maqsadlarda taqdim etilishiga va almashinuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kredit axborotini, kredit tarixini, kredit hisobotlarini, shuningdek boshqa axborotni kredit axborotidan foydalanuvchi boʻlmagan shaxslarga taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
25-modda. Nizolarni hal etish
Kredit axboroti almashinuvi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2012-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 4-oktabr,
OʻRQ-301-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son; 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son; 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son)