OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASINING APELLATSIYA KENGAShIGA APELLATSIYALAR VA ARIZALARNI TOPShIRISh HAMDA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUQQA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1889-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-oktabrdagi 494-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalarni berish va ularni koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3190, 30.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-dekabrdagi 100-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1889, 2009-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 5-son, 45-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 23-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning nomi va 1-bandidagi “Davlat patent idorasining” degan soʻzlar “Intellektual mulk agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
nomidagi “Davlat patent idorasi” degan soʻzlar “Intellektual mulk agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
muqaddima va 27-banddagi “Davlat patent idorasining” degan soʻzlar “Intellektual mulk agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-band “a” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)”;
4-banddagi “Patent idorasida” degan soʻzlar “Agentlikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari”ga (2002-yil 1-noyabr, roʻyxat raqami 1184)” degan soʻzlar “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “Patent idorasi” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Patent idorasiga” degan soʻzlar “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
18 va 38-bandlardagi “Patent idorasining” degan soʻzlar “Agentlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 420-modda)