OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalari oʻquvchilarining bilimini baholash uchun test savollarini tuzish va test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2271]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
1. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalari oʻquvchilarining bilimini baholash uchun test savollarini tuzish va test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-iyul,
7-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-iyul,
316-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-iyul,
89-01-2090-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011-yil 29-iyuldagi 7, 316, 89-01-2090-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalari oʻquvchilarining bilimini baholash uchun test savollarini tuzish va test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-avgustdagi PQ-1392-son “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati idoralari faoliyatini takomillashtirish va masʼuliyatini oshirish choralari haqida”gi qaroriga muvofiq avtomototransport va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) faoliyatining samaradorligini oshirish, test savollarini tuzish va test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi davlat taʼlim muassasalari, shuningdek Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, “Transkasb” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomotohavaskorlar koʻngilli jamiyatiga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Taʼlim muassasalari ushbu Nizom asosida ishlab chiqilgan test savollari bilan oʻquvchilarning bilimlarini baholaydi.
2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash muddatlari tasdiqlangan rejalar va oʻquv dasturlariga muvofiq belgilanadi.
II. Test savollarining tuzilishi
3. Test savollari ularni tuzishga qoʻyilgan talablarga qatʼiy rioya etilgan holda tuzilishi, ularning javoblari mazmunan bir-biriga yaqin boʻlishi, alternativ javoblardagi jumlalar soni va hajmi bir-biridan keskin farq qilmasligi va murakkablik darajalari boʻyicha uchta toifaga (murakkab, oʻrtacha va oddiy) boʻlinishi lozim.
4. Oʻquv dasturidagi har bir fandan test savollari tuzilishi lozim.
5. Test savollari soni fanga ajratilgan har bir mavzu uchun uchtadan beshtagacha tuzilishi hamda har bir savoldagi alternativ javoblar soni ikkitadan beshtagacha va ular A, V, S, D, E koʻrinishida berilishi shart.
6. Test savollari bilan fanning barcha boʻlimlari toʻliq qamrab olinishi kerak.
III. Taʼlim muassasalarida oʻquvchilar bilimini baholash
7. Oʻquvchilar bilimini baholash uchun quyidagi nazorat tadbirlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat — oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalari muntazam nazorat qilinishi munosabati bilan oʻtkaziladi;
oraliq nazorat — fanning maʼlum bir qismi, boʻlimi yakunlangandan soʻng oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi;
yakuniy nazorat — kurs tamom boʻlgandan keyin tashkilotdagi ichki imtihon davrida oʻtkaziladi.
8. Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar testlar, ogʻzaki soʻrovlar, yozma ishlar va shu kabi soʻrov shakllari orqali amalga oshiriladi.
9. Oraliq nazoratni oʻtkazish tartibi va shakli taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.
10. Joriy va oraliq nazoratlarning test natijalari Mashgʻulotlarni hisobga olish jurnalida baho qoʻyish yoʻli bilan qayd etiladi.
Yakuniy nazorat test sinovi natijasi ichki imtihon bayonnomasida aks ettiriladi.
11. Oʻquvchilarning bilimi 5 ballik (“5”, “4”, “3”, “2”) tizimida, butun sonlar yordamida baholanadi.
12. Oʻquvchi har bir nazorat turidan unga ajratilgan ballning kamida 55 foizini toʻplashi lozim.
13. 55 foizdan kam ball toʻplagan oʻquvchi yakuniy test sinovlari (ichki imtihon)ni topshirmagan hisoblanadi va kamida 5 kundan soʻng qayta test sinoviga qoʻyiladi.
14. Joriy va oraliq nazoratlar taʼlim muassasasida mashgʻulotlarni olib borayotgan oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
15. Yakuniy nazorat taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan tarkibdagi test sinovlarini oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
IV. Taʼlim muassasasida test sinovlarini oʻtkazish
16. Komissiya taʼlim muassasalarida test sinovlarini yuqori saviyada va sifatli tashkil etish maqsadida tuziladi.
17. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
test oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
oʻquvchilarga ularning test jarayonidagi huquq va vazifalarini tushuntirish;
test jarayonining xolis va adolatli oʻtishini taʼminlash;
oʻquvchilarga test natijalari boʻyicha toʻliq maʼlumotlar berish.
18. Komissiya test jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish vaqtida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
komissiya aʼzolarining vazifalarini aniqlab, tegishli hujjat bilan rasmiylashtiradi;
komissiyaning ish vaqtini belgilab eʼlon qiladi;
test jarayoni boshlangunga qadar test oʻtkaziladigan auditoriyalar va ulardagi oʻrinlar sonini aniqlaydi. Bunda, har bir auditoriyada oʻtirish oʻrinlari 25 nafar oʻquvchiga moʻljallangan boʻlishi lozim;
oʻquvchilarga test jarayoni, baholash mezonlari va boshqa tegishli zaruriy axborot (tushuntirish)larni beradi;
barcha oʻquvchilarni mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan Oʻquvchilarga eslatma bilan taʼminlaydi;
mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Oʻquvchilarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining tegishli qismini toʻldiradi.
V. Oʻquv guruhi oʻqituvchisi va amaliy mashgʻulot instruktorining test sinovlarini oʻtkazishdagi ishtiroki
19. Oʻquv guruhi oʻqituvchisi va amaliy mashgʻulot instruktori test sinovlarini oʻtkazishda bevosita qatnashadilar.
20. Test sinovi oʻtkaziladigan xonada sinovning belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilgan holda xolis va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash, paketlar, savollar kitobi va javoblar varagʻi qutisidagi shakllarni toʻgʻri toʻldirish, dalolatnomalarni toʻgʻri rasmiylashtirish boʻyicha masʼuliyat shaxsan oʻquv guruhi oʻqituvchisi va amaliy mashgʻulot instruktorining zimmasiga yuklatiladi.
VI. Test sinovi natijalariga keltirilgan eʼtirozlar boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish
21. Oʻtkazilgan test sinovlari natijalari boʻyicha oʻquvchilarning arizalarini koʻrib chiqish maqsadida arizalarni koʻrib chiqish komissiyasi tashkil etiladi.
22. Arizalarni koʻrib chiqish komissiyasi tarkibiga masʼul xodimlar va fanlar boʻyicha ekspertlar kiritiladi va uning tarkibi taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
23. Oʻquvchilar tomonidan fanlar boʻyicha test savollariga eʼtiroz bildirib yozilgan arizalar test javoblari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun davomida arizalarni koʻrib chiqish komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi shart.
24. Ariza oʻquvchi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Bunda oʻquvchi oʻzining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati bilan ishtirok etadi.
25. Arizani koʻrib chiqish jarayonida oʻquvchiga uning javoblar varagʻi koʻrsatiladi va unga test sinovida u tomonidan toʻldirilgan javoblar roʻyxati bilan birgalikda testda tushgan savollar kitobining varianti nusxasi joyida oʻrganish uchun beriladi.
Arizalarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma tuziladi va arizalarni koʻrib chiqish komissiyasi aʼzolari hamda murojaat etgan oʻquvchi tomonidan imzolanadi.
VII. Yakuniy qoidalar
26. Test sinovlarini topshirgan oʻquvchi taʼlim muassasasining ichki sinovlaridan oʻtgan haydovchilikka nomzod deb hisoblanadi va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlarining roʻyxatlash va imtihon olish boʻlimlari yoki tumanlararo roʻyxatlash va imtihon olish boʻlinmalarida imtihon topshirishga qoʻyiladi.
27. Oʻquvchi arizalarni koʻrib chiqish komissiyasining xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalari oʻquvchilarining bilimini baholash uchun test savollarini tuzish va test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻquvchiga eslatma
Test sinovi oʻquv guruhi taʼlim olgan oʻquv xonasida oʻtkaziladi.
Test sinovlarida axborot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlaridan, adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalari yoki boshqa hujjatlar va vositalardan foydalanish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Test sinovlari boshlangandan soʻng kechikib kelgan oʻquvchi sinov oʻtkazilayotgan xonaga kiritilmaydi.
Oʻquvchi test sinovlarini taʼlim muassasasida oʻqitiladigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshirishi mumkin.
Savollar varagʻining test savollarida tipografik xato yoki boshqa sabablarga koʻra toʻla nashr qilinmagan oʻrinlari boʻlsa, zudlik bilan guruh oʻqituvchisiga xabar beradi va nuqsonsiz test savollari varagʻini oladi. Javoblar varagʻining tegishli joyiga oʻz familiyasi, ismi va otasining ismini yozib, imzo qoʻyadi.
Javoblar varagʻini toʻldirishda oʻquvchiga flomaster va qalamdan foydalanish man etiladi.
Oʻquvchi oʻzi haqidagi maʼlumotlarni javoblar varagʻining tegishli qismiga titul varagʻidan koʻchirib yozadi va imzo qoʻyadi.
Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanadi. Agar bitta savolga ikki yoki undan koʻp javob belgilansa, ushbu savolga ball berilmaydi.
Test sinovlarini bajarish uchun 1 soat vaqt ajratiladi.
Javoblar varagʻining toʻgʻri toʻldirilishi uchun oʻquvchi shaxsan javobgardir.
Javoblar varagʻida notoʻgʻri belgilangan, javoblar varagʻini almashtirgan, fan bloklari oʻrnini almashtirib belgilagan, javoblar varagʻining tegishli bloklarida familiyasi, ismi va otasining ismi, test varianti raqamini yozmagan hamda imzo qoʻymagan oʻquvchilarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Test sinovini belgilangan muddatdan oldin tugatgan oʻquvchi savollar varianti va javoblar varagʻini guruh oʻqituvchisiga topshiradi va test oʻtkazilayotgan xonadan chiqib ketadi.
Test sinovidan chetlashtirilganlarning javoblar varagʻi oʻqilmaydi va unga ball berilmaydi.
Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng, auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman eʼlon qiladi. Oʻquvchilarning barcha test materiallari — savollar variantlari, javoblar varagʻlari guruh oʻqituvchisi va amaliy mashgʻulot instruktori tomonidan yigʻib olinadi.
Test materiallarini topshirishga rozi boʻlmagan oʻquvchi uchun belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi va uning javoblar varagʻi oʻqilmaydi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalari oʻquvchilarining bilimini baholash uchun test savollarini tuzish va test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
Oʻquvchilarning guruhlar boʻyicha | ||||
| Taʼlim muassasasi _________________________________ | ||||
| Taʼlim tili _______ Guruh _______ Sana_________ | ||||
|
T/r |
Oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi |
Javoblar varagʻi raqami |
Variant raqami |
Imzo |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
| | | | | |
Komissiya raisi ________________________________ |
|
| ||
| |
(F.I.O) |
|
(imzo) | |
| Komissiya raisi ________________________________ | |
_____________ | ||
| |
(F.I.O) |
|
(imzo) | |
| Komissiya raisi ________________________________ | |
_____________ | ||
| |
(F.I.O) |
|
(imzo) | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 416-modda; 2013-y., 52-son, 697-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)