OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN BIRJADAN TAShQARI BITIMLARNING HISOB REGISTRI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 26-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1919-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) 11-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tomonlari (tomoni)ning xohish-istaklarini tasdiqlovchi shartnoma yoki boshqa hujjatning barcha nusxalariga roʻyxatga oluvchi yoki roʻyxatga oluvchi filialining qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasiga ega boʻlgan vakolatli xodimi, roʻyxatga oluvchi yoki roʻyxatga oluvchi filialining qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisida qayd etadigan roʻyxatga olish (hisobga olish) shtampi bosmasini qoʻyib chiqadi, qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri boʻyicha tartib raqamini koʻrsatadi va roʻyxatga oluvchining asosiy muhri yoki roʻyxatga oluvchi filialining muhri bilan tasdiqlanadigan imzosini qoʻyadi”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor v.v.b. A. OBIDOV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-avgust,
2011-15-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 403-modda)