04.12.2008 yildagi 279-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 04.12.2008 yildagi 279-son
Кучга кириш санаси
04.12.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasi BOShLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NEFT VA GAZ SANOATIDA BURGʻULASh USKUNALARIGA BOʻLGAN XAVFSIZLIK UChUN TALABLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.Shoismatov tomonidan 2007-yil 21-mayda tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi meʼyoriy-huquqiy va meʼyoriy texnik hujjatlarni tayyorlash jadvaliga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft va gaz sanoatida burgʻulash uskunalariga boʻlgan xavfsizlik talablari tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279-son

“Sanoatkontexnazorat”
davlat inspeksiyasining 2008-yil 4-dekabrdagi 279-sonli
buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NEFT VA GAZ SANOATIDA BURGʻULASh USKUNALARIGA BOʻLGAN XAVFSIZLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLARI

I - bob. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 - §. Qoʻllash sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur “Neft va gaz sanoatidagi burgʻulash uskunalariga boʻlgan xavfsizlik talablari” (quyida — Talablar) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Talablar Oʻzbekiston Respublikasi hududida burgʻulash ishlarini olib borayotgan, barcha neftgaz soha tashkilotlari va korxonalariga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur meʼyoriy hujjat talablariga rioya qilish, barcha burgʻulash tashkilotlari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xavfsizlik talablari neft va gaz burgʻ quduqlarini qurish uchun bajarilayotgan barcha yangi uskunalarni ishlab chiqishlarga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shu asnoda, mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, elektr xavfsizligi, yongʻin-portlashdan xavfsizlik talablari va shuningdek, tasdiqlangan tegishli meʼyoriy hujjatlarda (MH) bayon etilgan tabiatni muhofaza qilish organlari talablarini ham hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Talablarga rioya qilish sohaga oid ishlab chiqarish korxonalarida sanoat xavfsizligini taʼminlaydi. Ushbu Talablar avariyalarni, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olishga va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatuvchi tashkilotlarda sodir boʻlgan avariya holatini chegaralab, bartaraf qilish uchun tayyorligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Burgʻulash ishlarini tashkillashtirish va burgʻulash asbob-uskunalarini ishlatish sharoitlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllanilayotgan jihozlar va texnik moslamalari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, davlat standartlari, qurilish, yongʻinga qarshi va sanitariya meʼyorlari va qoidalari “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bergan hujjatlar va boshqa meʼyoriy dalolatnomalar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Talablar uskunalar, asboblar, texnik moslamalar, texnologiyalarni ishlab chiquvchi va kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlarga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllanilayotgan burgʻulash uskunalari, texnik moslamalar sertifikatsiya qilingan va amaldagi meʼyorlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Texnik qurilmalarni ishlatish, ularni yasagan (tayyorlagan) tashkilotning ishlatish boʻyicha yoʻriqnomasiga mos ravishda bajariladi. Import (xorijiy) uskuna va asboblar ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlariga mos ravishda ishlatiladi. Ularni xavfsiz ishlatishga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan meʼyorlardan past boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II - bob. BURGʻULASh USKUNALARI KONSTRUKSIYASIGA DOIR XAVFSIZLIK TALABLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 - §. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Burgʻulash uskunalari GOST 12.2.2003 va mazkur meʼyoriy hujjat talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur meʼyoriy hujjatga kirmagan uskunalarga boʻlgan xavfsizlik talablari, shu uskunalarga qoʻyilgan texnik shart va standartlar asosida oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektrdvigatellar, ishga tushirish tartiblagich apparaturalari elektrkommunikatsiya va uskunalarni boshqarish postlari GOST 12.2.007.0 SSBT; GOST 12.2.007.6 SSBT; GOST 12.2.007.8 SSBT; GOST 12.2.007.14 SSBT talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Doimiy ish joylarida sodir boʻladigan shovqinlar darajasi GOST 12.1.003 SSBT talablariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ish joylarida sodir boʻladigan tebranishlar darajasi GOST 12.1.003 SSBT talablariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Burgʻulash qurilmasi tarkibiga kiradigan uskunalarning texnik tavsiyalari shu qurilmalar sinfiga va ularni ishlatish sharoitiga muvofiq boʻlishi lozim. Muayyan sharoit uchun burgʻulash qurilmalarini tanlash mazkur meʼyoriy hujjatning 17-bandidagi talablarni hisobga olgan holda “Ilgakka tushadigan ruxsat etiladigan yuk” parametrlari boʻyicha amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 8 - sinfga kiruvchi burgʻulash uskunalari (yuk koʻtara olishi 400 t va yuqori)da burgʻulovchining ishlashi uchun maxsus kabina jihozlangan boʻlishi lozim. Boshqa kategoriyali burgʻulash uskunalari uchun ularni maxsus kabinalar bilan jihozlash sharti oʻrnatilgan tartib boʻyicha ishlash uchun kelishilgan texnik vazifalarga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Burgʻulash qurilmalarida, Oʻzbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatidagi xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq ish joylari isitish tizimlari bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xavfsizlikdan xabar berish ranglari va belgilari GOST 12.4.026 SSBT talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 - §. Burgʻulash minoralari va ularning poydevorlariga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minoralar va ularning poydevori mustahkamligi va barqarorligini loyihalashda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kashaksiz minora:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tal tizimi moslama turlarini aniqlash uchun ilgakka tushadigan maksimal statik vazn oʻlchami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shamsupada butlangan quvurlar yoʻqligida minora yoki machta shamol kuchiga dosh beraoladigan hisoblangan maksimal shamol tezligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shamsupada toʻliq butlangan quvurlar mavjudligida minora yoki machta dosh beraoladigan maksimal shamol tezligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) shamsupada burgʻulash quvurlari birikmasining maksimal soni, turlari va oʻlchamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kashakli (tortgichli) minora:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishlab chiqaruvchilar tomonidan koʻzda tutilgan tortqilarni joylashtirish sxemasi va tal tizimi moslamalarini aniqlash uchun ilgakka tushadigan ruxsat etilgan statik yuk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shamsupada quvurlar yoʻqligi sharoitidagi maksimal shamol tezligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shamsupada quvurlarning toʻla komplekti boʻlgandagi maksimal shamol tezligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) shamsupa va rotorga bir vaqtda taʼsir etuvchi yuklanishlarning maksimal hisoblangan kombinatsiyalari.

19. Minora osti poydevorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ilgakdagi maksimal statik yuklanish (nagruzka);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shamsupaga maksimal statik yuklanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rotorga maksimal statik yuklanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) shamsupa va rotorga bir vaqtda taʼsir etuvchi yuklanishlarning maksimal hisoblangan kombinatsiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Seysmik jihatdan faol zonalarda ishlash uchun hududning seysmikligi nuqtai - nazaridan minora, machtalar, poydevorlarining mustahkamlik va barqarorligi hisoblangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Minora va machtalar poʻlat arqonli tortqilar bilan, agar minora konstruksiyasida shunday mahkamlanish koʻzda tutilmaganidan qatʼi nazar, mahkamlanishi kerak. Tortqilar soni, diametri va mahkamlanish joylari texnik hujjatlarga mos boʻlishi kerak. Tortqilar diagonal tekisliklarda joylashishi va oʻzining pastki qismida 5 m balandligigacha yoʻllar va elektr tarmoqlar bilan kesishmasligi kerak. Ularning uchlari 3 vintli qisqichlar yoki arqonning kamida 15 diametri uzunligida mahkamlanishi kerak. Har qaysi tortqi alohida yakor (langar) ga ega boʻlishi kerak. Ularni (yakorni) uzaytirilgan arqonga oʻrnatishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Minoraning balandligi tal bloki koʻtarish chegaralagichi tayyorlanganligi va shuningdek asbobni uzaytirish boʻyicha qoʻllanilayotgan usullarni hisobga olgan holda tal bloki maksimal tezlikda koʻtarayotganda, ishni bajarish xavfsizligi taʼminlanishi lozim. 7-darajadagi va undan yuqori sinfdagi (yuk koʻtaruvchanligi 320 t va yuqori) burgʻulash uskunalari uchun minora balandligi, yuqorigi yuritmasi qoʻllanilishi imkoniyatini eʼtiborga olgan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yopiq profilli materiallardan tayyorlangan minora konstruksiyasi uning qismlarida suv yigʻilib qolishi imkoniyatini istisno qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Minora va machta konstruksiyalarida kuyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kronblok va uning seksiyalarini (statsionar burgʻulash qurilmasi uchun) montaj va demontaj qilishda rolikni mahkamlash uchun qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mashina kalitlarini osish arqonlari, yordamchi chigʻirning yuk arqoni, mustahkamlovchi quvurlarni burab biriktirish uchun pnevmo (gidro) kalitlarni osish arqonida bloklarni mahkamlash uchun joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oldi ochiq A simon machta va minoralarning shamol taʼsiridan yiqilishining oldini oluvchi svecha barmogʻidan keyin oʻrnatilgan moslamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ustki chigʻir (kranblok) ga xizmat koʻrsatish uchun maydoncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quvur ustunini burgʻulash shlangi bilan birlashtirishga xizmat koʻrsatish uchun maydoncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yuqorida ishlovchi ishchi uchun, quduq ogʻzida avariya vaziyati sodir boʻlganda minora chegarasidan tashqariga tezda evakuatsiya qilish uchun maydoncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) amaldagi MH talablariga muvofiq yasalgan, yuqorida ishlaydigan ishchini xavfsiz koʻtarish va tushirish uchun inersion yoki boshqa turdagi moslama bilan, yoki har 6 m dan keyin oʻtish maydonchalari bilan yuqoridagi ishchi balkonigacha boradigan narvonlar, teparoqda esa — yuqorida ishlovchi ishchini xavfsiz koʻtarish va tushirish uchun moslama bilan narvon—stremyanka yoki tonnel turidagi narvon.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma:

1. Yuqorida ishlovchi ishchisiz mexanizatsiyalashtirilgan tushirish- koʻtarish operatsiyalarini amalga oshirishda yuqoridagi ishchining maydonchasi oʻrniga avtomat tushirish -koʻtarish mexanizmlarini xizmat koʻrsatish uchun maydoncha koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida ishlovchi ishchi ishtirokidagi tushirish-koʻtarish operatsiyalarida uning ish maydonchasi, ularning sinash paytida yiqilishdan arqon bilan himoyalangan va ishchi turgan lyulkaning tushib ketishi himoyalagan, burgʻulash svechalarini oʻrnatish uchun sharnirli kallakli barmoqlar bilan uskunalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Konstruksiya asosida quyidagi imkoniyatlarni amalga oshirish inobatga olinishi lozim (“Uralmash”, BU-75 burgʻulash qurilmalaridan tashqari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvurlar birikmasi kallagini va preventorli qurilmani quduq ogʻziga yer sathidan baland boʻlgan poydevor temirkonstruksiyasiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritmay montaj qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) favvora moslama (armatura)si yoki uning qismlari oʻrnatilganda poydevorni boʻlaklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) burgʻulash qurilmasi poli sathida rotor stolini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 - §. Tal tizimiga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tal tizimi tarkibiga kiradigan (kronblok, tal bloki, ilgak), asbob-uskuna korpuslarida, ularning ruxsat etilgan yuk koʻtara olish chegarasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Burgʻulash qurilmasining ruxsat etilgan yuk koʻtara olish imkoniyati va uni koʻrikdan oʻtkazish muddati, Oʻzbekiston Respublikasi neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari talablariga asosan tayyorlangan maxsus tablichkada koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ilgak oʻzagini tayanch gayka bilan rezbali ulanishi gaykaning oʻzidan-oʻzi boʻshab ochilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan moslamaga ega boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Asosiy ilgak shoxi, uning boʻgʻzidan vertlyug baldogʻi oʻzidan-oʻzi chiqib ketishining oldini oladigan qurilmaga ega boʻlishi lozim. Qurilma uni majburan ochilishi uchun moslamaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ilgak konstruksiyasi yon shoxlar elevator baldoqlarining oʻzidan-oʻzi tushib ketishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ilgak tanasi, texnologik zarurat tugʻilgan paytda, aylanishini majburiy toʻxtatuvchi moslamaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ilgak va tal bloki konstruksiyasi unga osilgan baldoqlardagi yukni teng taqsimlanishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tal tizimi shkivlari rebordalari va gʻiloflari orasidagi tirqish arqon diametrining 0,25% dan katta boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tal bloki ilgak yoki avtomatik elevator bilan yuksiz siljiganda turgʻunligini taʼminlash uchun uning ogʻirlik markazi kanat shkivlaridan pastda joylashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Arqonning harakatsiz uchini qayta oʻtkazish va mahkamlash mexanizmlari konstruksiyasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) barabanda (mobil burgʻulash qurilmasidan tashqari) oʻramni tashlamasdan, arqonni almashtirish va qayta oʻtkazish imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uning tarangligi boʻshagan paytda barabandagi arqon oʻramida chalkashish sodir boʻlishini istisno qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 - §. Burgʻulash chigʻirlariga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Chigʻir barabani konstruksiyasi mahkamlangan joyidan ochilib ketishi yoki oʻzidan-oʻzi boʻshashishi, qiyshayishi yoki pachoqlanishining istisno qiluvchi, harakat qiladigan tal arqoni oʻramini mahkamligini taʼminlashi lozimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Chigʻir barabani konstruksiyasida osma arqonning birinchi qatori zich va bir tekisda oʻralishi uchun maxsus qoplamali ariqchalar koʻzda tutilishi zarur. Qoplamalar, ochiladigan va qoʻllanilayotgan osma arqonlarning oʻlchamiga qarab har xil diametrlarda yasalishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tormoz konstruksiyasi chigʻir barabanining tormozsizlanishini yoki oʻzidan-oʻzi tormozlanishi (toʻxtatishi) mumkinligini istisno qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Chigʻirning tormoz mexanizmi ikkitadan kam boʻlmagan mustaqil boshqarish tizimiga ega boʻlishi, ulardan bittasi (asosiy) toʻxtatish momentini ohista tartiblanishini taʼminlashi lozimdir. Asosiy tormoz tizimi elektryuritma bilan tartiblanadigan chigʻirlarda avariyali toʻxtatish va barabanni qoʻzgʻalmas holatini qayd qilish uchun mexanik tormoz oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Asosiy tormozlanish mexanik tormozlar yordamida amalga oshiriladigan burgʻulash uskunalaridagi, chigʻir yordamchi tartiblanadigan (elektrik, gidravlik yoki pnevmatik) tormoz moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Chigʻirni boshqarish, burgʻulovchining pultidan masofadan turib amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi tormozni boshqaruv tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektr tormozli boshqaruv tizimida elektr kuchlanishli va qoʻzgʻatish toki mavjudligi toʻgʻrisida signal beruvchi qurilmaga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gidravlik tormozda uni tartiblash mumkinligini va tormoz tizimida suyuqliklar sathining nazoratini taʼminlashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mexanik yuritma konstruksiyasi (transmissiyalar, uzatish qutichalari va sh.k.) bir paytda bittadan ortiq uzatmani qoʻshish mumkinligini va shuningdek oʻzidan-oʻzi uzilib qolish yoki uzatkichni qoʻshilib qolishini istisno qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Chigʻirni boshqarish tizimi, saqlagich qurilmalaridan signal kelgan paytda, tormozni ishga tushirish bilan bir vaqtning oʻzida, yuritmani avtomatik toʻxtashini taʼminlashi lozim (chigʻirning yuk koʻtarish cheklagichini, tal blokining koʻtarilish cheklagichi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Chigʻirni va uning yuritmalarini toʻxtatishda tal arqonlarining harakatlanuvchi uchining qismlarini oʻralib qolishi va yuksizlanishi sodir boʻlmasligiga eʼtibor berish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Chigʻirning ishlash paytida oʻramlarni notekis oʻralishi va chuvalanishini istisno qiluvchi, arqonlarni barabanga toʻgʻri oʻralishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 - §. Burgʻulash rotoriga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Burgʻulash rotorining konstruksiyasida rotor stolini toʻxtatuvchi va vkladishlarni fiksatsiyalovchi qurilma koʻzda tutilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Rotordagi kichik vkladish(pona)lar yoki yoʻnaltiruvchi rolikli yetakchi quvurlarning qisqichlari, ularni qoʻllash paytida, rotordan oʻzidan-oʻzi otilib chiqishini istisno qiluvchi qurilmaga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 - §. Burgʻulash nasoslariga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Nasosning gidravlik qismi elementlari konstruksiyasi zichlagichlari buzilganda, xizmat koʻrsatayotgan xodimlarni suyuqlik oqib chiqishidan jarohatlanishini istisno qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Pnevmokompensator konstruksiyasi bosimni nolga tushirish mumkinligini taʼminlashi va gaz yoʻlidagi bosimni oʻlchash uchun manometr oʻrnatishga imkon berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Nasosning saqlagich moslamasi konstruksiyasi va undan mahsulotni chiqarib yuborish moslamasi Oʻzbekiston Respublikasi neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Nasosning gidravlik qismida, saqlagich qurilmasi va pnevmokompensator korpuslaridagi zichlagichlar, nasosning maksimal ishchi bosimga nisbatan 1,5 barobarga teng boʻlgan bosimga hisoblangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Burgʻulash nasoslarining soʻrgʻich tarmoqlari burilishsiz va qayrilishsiz boʻlishi va ularning diametri 200 mm dan kam, uzunligi esa 5 m dan ortiq boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Burgʻulash nasoslarini ishga tushirish mahalliy boshqaruv postidan, ularning ishini tartiblash va toʻxtatish esa, burgʻulovchining pultidan va mahalliy boshqarish postidan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 - §. Vertlyugga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Vertlyug baldogʻi, vertlyugning qarama-qarshi tomondagi boʻgʻzidan, boshqa tomonga burilishi 25° dan 50° atrofida chegaralinishiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Vertlyug konstruksiyasi burgʻulash sharoitida loyqalanib zichlangan quvurlarni xavfsiz sharoitda (chetlagich va burgʻulash yoʻgʻon shlanglarini echmasdan) almashtirishni taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Vertlyugning gidravlik qismidagi zichlagich elementlari uning 1,5 baravar ishchi bosimiga teng bosimga moʻljallangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Vertlyug tanasining ulanadigan rezbasi chapaqay boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 - §. Burgʻulash nasoslarining haydovchi quvurlariga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Quvuruzatkichlar minimal egilishlar va burilishlar bilan yotqizilgan boʻlishi lozimdir. Quvuruzatkichlar burilishi suyuqliklar oqimini 90° dan ziyodga burmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Haydovchi quvuruzatkichlarida preventor chorbarmogʻi orqali quvur tashqi boʻshligʻiga suyuqliklarni haydash uchun berkitish qurilmasi bilan chetlagich koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Haydovchi quvuruzatkichlarning ulanish konstruksiyasida jipslik buzilganda xodimlar jarohatlanishining oldi olingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Haydovchi quvuruzatkich ularni asta-sekin ish rejimiga chiqarish va nasoslarni salt holda ishga tushirishga imkoniyat beradigan, berkitish-ishga tushirish moslamasi boʻlishi lozim. Burgʻulash qurilmalarida burgʻulash nasosini tartiblanadigan yuritma bilan ishga tushirish zulfinini oʻrnatish shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Burgʻulash nasoslarining ishga tushirish berkitish qurilmalari boshqarish pultidan ularning berkitilishining oxirgi holatini nazorat qilish, masofadan turib boshqariladigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Haydovchi quvuruzatkich va uning elementlari 20 MRa gacha ishchi bosimda 1,5 karra ishchi bosimga teng, 21 dan 56 MRa gacha bosimda esa 1,4 karra ishchi bosimga dosh beradigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Manifold konstruksiyasi haydash quvuruzatkichida optimal qiyalik burchagini hosil qilish hisobiga nasos toʻxtaganda, manifolddan burgʻulash qorishmasini tez toʻkilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 - §. Aylanish (sirkulatsiya) tizimi uskunalariga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Burgʻulash eritmasi uchun ochiq sigʻim borligida, unga ulangan aylanish novi uchun, kengligi kamida 750 mm boʻlgan ikki tomonidan toʻsilgan toʻshama oʻrnatish kerak. Aylanma (nov) uzunligi boʻyicha joylashgan toʻshama, novning yuqori chetidan 150 mm pastda joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Gidravlik aralashtiruvchi qurilmalarning (gidromonitorlar) burilish burchaklari gorizontal va vertikal tekislikda shunday cheklanishi kerakki, eritma oqimi sigʻim chegarasidan chiqmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Gidromonitorlar va gidroaralashtirgichning naychalari oson ochiladigan va tez almashtiriladigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Gidromonitorlar sharnirlari boshqarish dastasida reaktiv moment sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Gidrotsiklon va qumajratkichlar konstruksiyasi uning uchliklaridan eritma sachrashidan xizmatchilarni himoyalashni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69 Vibroelaklar maydonchasi konstruksiyasi ularga xavfsiz va qulay xizmat koʻrsatish va toʻrlarni tez almashtirishga imkon beradigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Sigʻimlar, suyuqlikni toʻkish va xizmat koʻrsatish uchun qopqoqli tuynuk (lyuk)ka ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Xizmat koʻrsatish lyuklarining oʻlchamlari 600 x 700 mm dan kam boʻlmasligi lozim. Toʻkish lyukining pastki cheti sigʻimning eng tagida joylashishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Aylanma tizim Oʻzbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq mexanizmlar va signal berish qurilmalari bilan butlangan boʻlishi lozim. Aylanma tizim tarkibida satxoʻlchagich, haydovchi moslamalar bilan jihozlangan va Oʻzbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq quyib-toʻldirishni nazorat qilishga qulay boʻlgan darajalangan meʼyorli sigʻim boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 -§. Qabul qilish koʻprigiga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Qabul qilish koʻprigi minora yonida, darvoza tomonida, uzunligi kamida 14 m va kengligi kamida 2 m boʻlgan gorizontal uchastkaga oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Qabul qilish koʻprigining tagligi yogʻochdan yoki gʻadir-budur novli temirdan yasalgan boʻlib, quvurlarni sudrash va tashlash talabiga javob berishi kerak. Shunday nov bilan qabul qilish koʻprigining qiya qismi jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Qabul qilish koʻprigining balandligi 1250 mm gacha boʻlgan quvurlarni shtabel qilib (taxlab) joylashtirish uchun, soʻkichaklar bilan jihozlanishi lozim. Soʻkichaklar quvurlarni yumalab ketishdan saqlaydigan va qabul qilish koʻprigiga ikki tomonidan oʻtish yoʻlkasini oʻrnatishga imkon beradigan koʻtarilib tushiriladigan ustunlarga ega boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Qabul qilish koʻprigidan yerga tushish va minora ostonasiga kirish tomoniga 20° dan koʻproq qiyalikdagi panjara (toʻsiqli) zina bilan uskunalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Quvurlarni koʻtarish va tushirish ishlari qabul qilish koʻprigida mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim. Yuk koʻtarish mexanizmlarini masofadan turib boshqarish darkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11 - §. Boshqaruv tizimi organlariga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Boshqaruv tizimi va asboblarni oʻlchov zanjirlarini qayta ulash moslamalari pult yoki shchit panellarida joylashishi GOST 12.2.064 SSBT talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Ishlovchining maʼlum bir harakatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv tizimlari shunday guruhlanishi lozimki, uning harakatlari chapdan oʻngga va yuqoridan pastga qarab amalga oshirilishi kerak; shunga oʻxshash boshqaruv organlarining joylashishi ham barcha pultlarda bir xil boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Asbob-uskunalarni tezkor nazorat qilish va boshqarish uchun kerak boʻlgan koʻrsatayotgan asboblar va asosiy uskunalarning (chigʻir, rotor va b.) boshqaruv organlari burgʻulovchining boshqaruv pultida toʻplangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Boshqaruv organlarini bitta panelda, ular bilan bogʻliq boʻlgan indikatorlarni esa boshqasida joylashtirganda, ikkala panelda elementlarning bir-biriga nisbatan joylashishi bir xil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Ikkita yonma-yon knopkalar markazi orasidagi masofa quyidagi oʻlchamdan kam boʻlmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta barmoq bilan bosilayotganlarida

75 mm‎

boshqa barmoqlar bilan bosilayotganlarida ‎

45 mm‎

“Ishga tushirish” va “Toʻxtatish” larida ‎

75 mm‎‎

“Ishga tushirish” va “Ishga tushirish” larida

125 mm‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ikkita qoʻshni tumblyerlar markazi orasidagi masofa 25 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Ikkita qoʻshni yonma - yon turgan almashlab ulagichlarni bir vaqtda ikki qoʻl bilan yurgizish zarurati boʻlganda, ular orasidagi masofa 75 mm dan kam boʻlmasligi lozim, har safar faqat bitta ulagich bilan manevr qilganda esa, 25 mm dan kam boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Knopkalarning turtgichlari panel yuzasi bilan bir tekislikda oʻrnatilishi kerak. “Ishga tushirish” knopkasi yuzadan 3 dan 5 mm gacha chuqurlashtirilgan boʻlishi lozim, “Stop” avariyali knopka qoʻziqorin simon boʻlib, kattalashtirilgan va panel yuzasidan boʻrtib chiqib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Ochiq ish maydonchalarida joylashgan boshqaruv pultlari, GOST 15150 ga koʻra, joylashtirilishi boʻyicha 1-kategoriyaga muvofiq oʻrnatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Richag va dastaklarning joylashish balandligi, GOST 12.2.032 SSBT; GOST 12.3.033 SSBT ga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv organlari dastalari (knopkalari)da qilinayotgan harakatlarning vazifasi va yoʻnalishlarini koʻrsatadigan aniq va yuvilmaydigai yozuvlar boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv organlari simvollari—tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yozuvlar operatordan 90 cm gacha masofada boʻlganda, raqamlarning balandligi 6 mm ga teng boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) masofa 90 cm dan koʻp boʻlganda — 8 mm,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Boshqaruv organlarining pedallari gʻilof bilan yopilib, old tomonigina ochiq qolishi lozim. Gʻilofning chetlari yumaloq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Uskunalarni mexanik boshqaruv tizimida richaglarni qoʻshish uchun ularga tushadigan yuk quyidagilardan ziyod boʻlmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir muayyan siklda qoʻllanilayotgan uskunalarni boshqaruv pedallarida — 60 N (6 kgf);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir muayyan siklda qoʻllanilayotgan ishchi uskunalarni boshqaruv pedallarida — 120 N (12 kgf);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) smena davomida 5-martadan kam ishlatiladigan richag va pedallarda — 150N (15 kgf);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan yordamchi yuritmada ishlayotgan asosiy tormoz dastasiga esa 250 N (25 kgf) dan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Dastak va richaglarni toʻsatdan yoki oʻzidan-oʻzi ishlab ketishining oldini olish uchun ular kerakli holatda turishini taʼminlaydigan fiksatorlar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Qoʻl barmogʻi bilan siqib qoʻshiladigan fiksator prujinasining qarshiligi quyidagi miqdorlardan kam boʻlmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir smenada besh martagacha ishlatiladigan fiksatorlarda — 100 N (10 kgf);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir smenada besh martadan koʻp ishlatiladiganlari uchun esa — 50 N (5 kgf).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III - bob. USKUNALARNING KONSTRUKSIYASIGA KIRADIGAN HIMOYA VOSITALARIGA BOʻLGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Himoya toʻsiqlariga talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Mexanik uzatmalar (zanjirli, kardanli, tishli va b.) tirkash muftalari, shkivlar va boshqa aylanadigan va harakatlanadigan uskunalar elementlari va shuningdek chiqib turadigan ularning qismlari GOST 12.2.062 SSBT talablariga koʻra temir toʻsiqli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Rotor stolida va harakatlanayotgan ponasimon tutqich elementlarida himoyalash toʻsigʻini oʻrnatish shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tal bloki (kronblok) gʻilofdagi pazlar kengligi tal arqoni diametrining 2,4 kattaligidan ziyod boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Tez-tez tekshirib turiladigan uskunalarning toʻsiqlari, ochiladigan yoki tez echib olinadigan boʻlishi darkor, buning uchun konstruksiyada qurilma toʻsigʻini tez va xavfsiz echib olishni va oʻrnatishni taʼminlaydigan skoba, dastaklar va boshqa maxsus qurilmalar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Toʻsiqlarning balandligi harakatlanayotgan mexanizmlar qismlari oʻlchamiga qarab aniqlanadi. Mexanizmlarning aylanadigan qismlarining balandligi 1,8 m gacha balandlikda boʻlsa ular toʻliq toʻsiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Sigʻimning diametri kamida 2 mm, uyachalarning oʻlchami 30 x 30 mm boʻlgan ramkali toʻrli toʻsiqlar harakatlanayotgan qismlardan eng kamida 150 mm masofada oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Yuritma tasma shkivining tashqi tomoniga, tasmaning uzilishidan saqlanish uchun temir shchitlar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Himoya toʻsiqlarining tashqi yuzasi (toʻrni hisobga olmaganda) silliq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Yuqorida ishlaydigan ishchining ish maydonchalari (kajavalari) ehtiyot poʻlat arqonlari bilan mahkamlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Narvonlarga va maydonchalarga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Minora yoki machtalarning ichki qismiga chiqib turadigan, soyabon bilan jihozlangan yuqorigi ishchi maydonchasining kengligi kamida 75 cm bortlari bilan kamida 15 cm boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoncha ikkita osma arqon bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir osma arqonning bitta uchi machtaga yoki minoraning metall konstruksiyasiga mahkamlanishi, boshqa uchi esa yuqorida ishlovchi ishchining ehtiyot belbogʻiga ulanadi. Yuqorigi ishchi maydonchasining qolgan barcha perimetri boʻylab balandligi 1,25 m dan kam boʻlmagan poʻlat panjaralar yoki toʻsiqlar bilan oʻraladi. Panjaralar balandligi 15 cm dan kam boʻlmagan bort va bir-biridan 40 cm dan kam boʻlmagan balandlikda uzunasiga joylashgan (plankalar) taxtalardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,8 m dan va undan koʻproq balandlikda joylashgan boshqa ishchi maydonchalar, uskunalar elementlariga xizmat koʻrsatish uchun kengligi 75 cm dan kam boʻlmagan foydali maydonchasi 0,6 m2 keladigan, ish joylari ham yuqorida koʻrsatilgandek panjara, bortlar va himoyalovchi osma arqonlari boʻlishi lozim. Panjaralari yoʻq uchastkalarda osma arqonlarni ishlatish koʻzda tutiladi. Hamma maydonchalar, sirpanish mumkinligini kamaytiradigan, toʻshalgan yogʻoch yoki gʻadir - budir temir taglikka ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Minoraga chiquvchi va tonnel narvonlar, qoʻshoyok narvonlar Oʻzbekiston Respublikasining neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq yasalgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Muhosaralash tizimlariga boʻlgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Burgʻulash qurilmasining boshqaruv tizimlari konstruksiyasida quyidagilar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tal blokining yuqoriga koʻtarilishini cheklagichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chigʻirning yuk koʻtara olishini cheklagichi (“Uralmash”, BU-75 burgʻulash qurilmalaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chigʻirning yordamchi va bosh yuritmasini bir paytda qoʻshilishini istisno qiluvchi, muhosaralash moslamasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ponalari koʻtarilib turgan rotorni qoʻshish va aylanayotgan rotorda pnevmoponalar koʻtarilishini muhosaralash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) haydovchi quvuruzatkichda bosim ruxsat etilganidan 10% ga yuqoriga koʻtarilganda avtomatik tarzda bosimni tushirish (tashlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tushirib-koʻtarish avtomatini qanot uzaytirilgan holatida va shuningdek chigʻir barabani ishlab turganda avtomat qanotni chiqishini, chigʻir barabani qoʻshilishini istisno etuvchi muhosaralash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xavfli zonada osma chigʻir (kronblok) mavjudligida tushirish - koʻtarish avtomati qanotning harakatlanishini va aksincha uzaytirilgan strelada xavfli zonaga tal bolki (kronblok) harakatlanishini istisno etuvchi, tushirish - koʻtarish avtomati qanoti va lebedka (chigʻir) orasida muhosaralash (Uralmash”, BU — 75 burgʻi qurilmalaridan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Burgʻulash qurilmasi kuchli agregatining ichki yonuvchi dvigatellari avariyali — ogohlantirish signalizatsiyasi va himoyalash tizimi bilan GOST 11928 ga muvofiq va shuningdek havoyigʻgichni yopib, avariyali (tezkor) toʻxtatuvchi tizim bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV - bob. USKUNALARNI IShLATISh, YIGʻISh, TAʼMIRLASh IShLARIDA VA ULARNI TAShIShDA XAVFSIZLIK TALABLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Burgʻulash uskunalarining uzellarida, koʻtarish paytida ilish uchun, maxsus joy yoki qurilmalar koʻzda tutilgan boʻlishi lozim. Domkratlarni oʻrnatish joylari va koʻtarish paytida tebranish sxemasi uskunalarni ishlatish hujjatlarida va uskunalarning oʻzida koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Tez eskiradigan detallarni va 300 N (30 kgf) ogʻirlikdagi yigʻiladigan yuklarni koʻtarish uchun yukni tutish elementlari bilan mexanizatsiyalashtirilgan usul koʻzda tutilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Uskunalar komplektida, ularni yigʻiladigan qismlari va tez eskiradigan detallariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash paytida ishlovchilarning xavfsizligini taʼminlaydigan qurilma va moslamalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Uskunalar konstruksiyasi kon hududi ichida va magistral avtomobil yoʻllarida maxsus yoki standart transport vositalari yordamida ularni tashish mumkinligini taʼminlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Uskunalarni ishlatishda xavfsizlik talablari GOST 2.601 boʻyicha ishlatish hujjatlarida, ularni taʼmirlaganda esa, GOST 2.602 boʻyicha taʼmirlash boʻyicha hujjatlarda bayon etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V - bob. XAVFSIZLIK TALABLARI BAJARILIShINI NAZORAT QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Uskunalarning xavfsizlik talablariga munosibligini quyidagilarda tekshirish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) texnik topshiriq va konstruktorlik hujjatlash ekcpertizasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tajriba namunalarini (partiyalarini) sinashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) seriyali ishlab chiqarilayotgan uskunalarni sinashda va sertifikatsiyali sinovlarda (agar ular olib borilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) uskunalarni montaj qilishda va ularni ishlatishga topshirilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kapital taʼmirlash va zamonaviylashtirilgandan soʻng sinaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Sinash paytida bosimlarni oʻlchash uchun GOST 2405 ga mos keladigan manometrlardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germetiklikka sinash paytida 2,5 dan past boʻlmagan aniqlikda oʻlchaydigan sinfli manometrlarni qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovqin manbaining shovqin tavsiflarini aniqlash usullari va odamlar boʻladigan joylar GOST 23941 ga koʻra muayyan turdagi uskunalarga beriladigan standartlar va texnik shartlarida koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uskunaning shovqin tavsiflarini GOST 12.1.026 SSBT; GOST 12.1.027 SSBT; GOST 12.1.028 SSBT talablari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlar boʻladigan joyda shovqinni GOST 23941 boʻyicha oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Tebranishlar tavsiflarini aniqlash usuli, muayyan turdagi uskunalarga beriladigan standart va texnik shartlarga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tebranish tafsilotlarini aniqlash — GOST 12.1.012 SSBT boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Shovqin va titrash parametrlarini oʻlchash quyidagi joylarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) burgʻulovchining ish joyida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuqorigi ishchining ish joyida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) avtomatik tushirish - koʻtarish operatorining ish joyida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuchli agregatlar, dizel elektrostansiyalari va burgʻulash qorishmasini tayyorlash mexanizmlarini boshqarish pultlarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI - bob. YAKUNIY HOLAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. “Neftgaz sanoatida burgʻulash uskunalariga boʻlgan xavfsizlik talablari” “Oʻzbekneftgaz” MXK va Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi N. AHMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 11-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining raisi A. GʻULOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 6-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ATAMALAR, ULARNING BAYoNI VA QABUL QILINGAN QISQARTMALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maksimal yuklama — qabul qilingan mustahkamlik. meʼyorlari bilan aniqlanadigan, chegaraviy darajaga yetgan konstruksiya kuchlanishidagi kuch yoki kuchlar kombinatsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgakdagi maksimal statik yuklama — shamsupada yuklama yoʻqligida, minoraga shamol yuklamasi yoʻqligiga tal tizimining maʼlum bir turidagi moslamasida, oʻrnatilgan meʼyorlar chegaralarida konstruksiyalarga taʼsir etishi mumkin boʻlgan maksimal yuklama.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shamolning maksimal tezligi — konstruksiyaning har qanday elementida ruxsat etilgan kuchlanishlardan ziyod boʻlmagan, minora yoki yigʻilgan machta dosh beraoladigan maksimal shamol tezligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rotorga qoʻyilishi mumkin boʻlgan statik yuklama — rotor ostidagi balkalarga oʻrnatilgan rotor stoliga tushadigan maksimal yuklama (kuch), bunda paydo boʻlayotgan kuchlanishlar xavfsizlik koeffitsiyentiga boʻlingan material oquvchanligi oʻrnatilgan chegara minimumidan oshmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shamsupaga qoʻyilishi mumkin boʻlgan statik yuklama — chegaraviy ruxsat etilgan kuchlanishlardan oshmasdan, shamsupa poydevori dosh beraoladigan quvurlarning maksimal ogʻirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meʼyoriy hisoblangan koʻrsatkichlar — bu minoralarni xavfsiz ishlatish va ularni ekstremal sharoitlarda saqlashni aniqlovchi koʻrsatkichlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgak koʻtarishi mumkin boʻlgan yuklama — “Oʻzbekiston Respublikasi neftgazqazibchiqarish sanoatida xavfsizlik qoidalari”da oʻrnatilgan meʼyorlar chegaralarida burgʻ quduq qurish jarayonida, burgʻulash qurilmasi ilgagiga qoʻllanishi mumkin boʻlgan statik va dinamik yuklama (kuch) larning yigʻindisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statik yuklama — burgʻulash qurilmasi konstruksiyasiga yoki uskunalariga, ularga taʼsir etayotgan omillar yoʻqligida taʼsir etuvchi kuch.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dinamik ogʻirlik (kuch) — burgʻulash qurilmasi konstruksiyasiga yoki uskunalariga, koʻtarilayotgan (tushirilayotgan) yuklar harakatining tezlanish yoki sekinlanish jarayonlari natijasida taʼsir etayotgan yuklama (kuch).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MH — meʼyoriy hujjat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KUMK — kasaba uyushmalarining markaziy kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MXK — milliy xolding kompaniyasi