Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
TOSHKENT SHAHRI VA TOSHKENT VILOYATIDA DOIMIY PROPISKA QILINISHI LOZIM BOʻLGAN SHAXSLAR-OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI TOIFALARINING ROʻYXATI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 12-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-sentabr,
OʻRQ-296-son
Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar—Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonuniga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining
Keyingi tahrirga qarang.
ROʻYXATI
1. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qarindoshlar — oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ota-onasi boʻlmagan voyaga yetmagan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan hamda oʻz oilasi boʻlmagan voyaga yetgan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar — oʻzlarining tugʻishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida bir yil birgalikda yashayotgan boʻlsa. Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganidan soʻng bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda, er (xotin) Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida olingan doimiy propiskani yoʻqotadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzil boʻyicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzil boʻyicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar — oʻqishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʻra, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan taʼminlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari).
Izoh: ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin mazkur Roʻyxatning 3, 5, 9 — 12-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.