Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2021 14.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2264
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSULLIK YIGʻIMLARI TARIFINI AQSh DOLLARI KURSIGA NISBATAN QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2264]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2021-yil 25-fevraldagi 63-sonli ““Konsullik yigʻimlari tarifini AQSh dollari kursiga nisbatan qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2264-1, 25.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 124-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1994-y., 3-son, 16-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsullik yigʻimlari tarifini AQSh dollari kursiga nisbatan qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan vaqtdan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir E. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
989-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2011-yil 9-avgustdagi 989-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik yigʻimlari tarifini AQSh dollari kursiga nisbatan qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 124-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1994-y., 3-son, 16-modda) qaroriga muvofiq AQSh dollarida belgilangan konsullik yigʻimlarini boshqa erkin almashtiriladigan valyutaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari uchun ular joylashgan mamlakatining milliy valyutasiga nisbatan tarifini qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsullik yigʻimlari tarifi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-sonli “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-ilovasiga muvofiq oʻrnatilgan konsullik yigʻimlari tarifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxonalar — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining konsullik yigʻimlari tarifiga muvofiq konsullik yigʻimlari quyidagi valyutalarda toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) AQSh dollarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa erkin almashtiriladigan valyutada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzaro tenglik prinsiplariga rioya qilish asosida vakolatxonalar joylashgan davlatlarning milliy valyutasida (milliy valyuta erkin almashtiriladigan valyuta boʻlmagan joylarda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Diplomatik vakolatxona rahbari tomonidan konsullik yigʻimlari tarifi uchun toʻlanadigan valyuta toʻgʻrisida buyruq chiqariladi. Konsullik yigʻimlari tarifini valyutada toʻlovini qayta hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda diplomatik vakolatxona rahbari tomonidan konsullik yigʻimlarining qayta hisoblangan hisob-kitob kursi oʻrnatiladi. Qayta hisoblangan hisob-kitob kursi miqdorini belgilashda quyidagi omillar taʼminlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa mamlakatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan konsullik yigʻimlari miqdori boʻyicha oʻzaro tenglik prinsipiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyuta kursining AQSh dollariga nisbatan oʻzgarishi natijasida konsullik yigʻimlaridan olinadigan daromadlar kamayishining oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsullik yigʻimlari tarifining qayta hisoblangan kursi diplomatik vakolatxona rahbari tomonidan, odatda, har chorakda buyruq bilan tasdiqlanadi. Zaruriyat tugʻilganda qayta hisoblangan hisob-kitob kursi chorak mobaynida oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsullik yigʻimlari tarifining qayta hisoblangan kursi konsullik yigʻimlarining tushumi va xarajatlari bilan bogʻliq operatsiyalarni buxgalteriya hisobidan oʻtkazish maqsadida qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Konsullik yigʻimlari tarifini diplomatik vakolatxonalar joylashgan mamlakatlarning milliy valyutalariga nisbatan qayta hisoblashda hisob-kitob kursining toʻgʻri qoʻllanishi uchun javobgarlik diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va buxgaltyerlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 8-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 385-modda)