Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.10.2021 13.09.2011 yildagi 256-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.10.2021
Hujjat 13.09.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanishga va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning taʼlim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ning differensiallashgan tarmoqlarini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktab-internatlar) toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini ikki oy muddatda oʻrgansin va ularni ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatining muntazam nazorat qilinishini taʼminlasin, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tarzda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning taʼlim tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan, shuningdek jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari deb ataladi) maqomini belgilaydi va ularning faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari taʼlim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda jismoniy yoki psixik rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida koʻmaklashish, shuningdek ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga taʼlim berishda yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus taʼlim talablariga muvofiq bilim olishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga yoʻnaltirilgan, ijtimoiy yoʻnaltirilgan taʼlim jarayonida oʻquvchilarning eng maqbul rivojlanishini taʼminlash maqsadida tabaqalashtirilgan va individual taʼlimni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy hayotida va mehnat faoliyatida xulq-atvorning eng maqbul modelini shakllantirish orqali shaxsni tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni umumtaʼlim muassasalarida inklyuziv (uygʻunlashgan) taʼlim sharoitida oʻqishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishlari, hayotiy qobiliyatlarining shakllanishi uchun zarur korreksion (tuzatuvchi) — rivojlantiruvchi taʼlim muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berish jarayonida ularning psixik funksiyalari va salomatligi tizimli tarzda kuzatilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, gʻaznachilik boʻlimlarida shaxsiy hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining muassislari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maxsus sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar oʻrtasida tegishli kasalliklarning koʻpayganligini koʻrsatadigan sogʻliqni saqlash organlarining rasmiy statistika maʼlumotlari bilan asoslanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga bir oy muddatda oʻrganish va ekologik qulay mintaqadagi mavjud obyektlardan namunaviy binoni yoxud ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini tashkil etishda qoʻyiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha boʻyicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash toʻgʻrisida topshiriq beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I—VIII) turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-boʻlim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III — koʻzi ojiz (koʻr) bolalar uchun maktab-internatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV — zaif koʻradigan va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII — psixik rivojlanishi sust boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek III va IV turlar aralash holdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aralash turdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif eshituvchi (keyinchalik kar boʻlgan) bolalar, koʻr va zaif koʻruvchi (keyinchalik koʻr boʻlgan) bolalar sinflari boʻyicha taʼlimni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga qatnamagan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida bir va ikki yil muddatli, oʻz faoliyatini ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida olib boruvchi tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan maktab yoshidagi, tayyorlov guruhlariga esa — ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga qatnamagan — maktabgacha yoshdagi bolalar qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga yuborish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda psixologik-tibbiy- pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga bolalar 7 yoshdan boshlab, tayyorlov guruhlariga esa — 5 — 7 yoshdagilar qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning taʼlim olish huquqini taʼminlash maqsadida umumtaʼlim maktablari uchun belgilangan yosh meʼyoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bolalarni qabul qilish oʻquv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoʻllangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun – vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida quyidagi hujjatlar boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoʻllangan bola bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish boʻyicha tavsiyalari aks etgan bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) oʻqish joyidan taʼlimning muddati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda koʻmak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan maʼlumotnoma va tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal koʻchirma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻgʻrisidagi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun — soʻzlashuv nutq va shivirlab aytilgan soʻzlarni idrok etish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlari, audiogramma maʼlumotlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oftalmologning koʻrish organiga tavsifi (koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun- batafsil tashxisi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) yashash joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taʼlim muassasalarida oʻqimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 20-bandi 4 va 5-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoʻllangan chin yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni taʼlim muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar haqidagi maʼlumotlar (ota-onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining yoʻqligi yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshlar borligi va ularning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar boʻlsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga masʼul shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan mulk roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyni bolaning nomiga oʻtkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turar joy rejasi, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan turar joy egasi va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma nusxalari);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrugʻi nusxasi (yoki aliment toʻlash haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusxasi), jamgʻarma daftarchasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik kar boʻlgan bolalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar (koʻrlar, zaif koʻruvchilar, keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nutqida ogʻir nuqsonlar boʻlgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar (bolalar tserebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, boʻy oʻsishining yetishmovchiligi — pakanalik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixik rivojlanishi sust bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aqli zaif bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp yetishmovchilik boʻlgan bolalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Murakkab nuqsonli bolalarni (agar hamroh nuqsonlardan biri aqliy zaiflik boʻlgan hollarda) qabul qilish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi asosida, ota-onalari yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan, oʻquv-tarbiya jarayonida bolalar bilan bir yildan kam boʻlmagan muddat davomida uning oʻzlashtirmasligi oligrofreniya darajasidagi aqli zaiflik bilan bogʻliqligi aniqlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aqli oʻta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xulq-atvorida ogʻir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari boʻlgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsata olmaydigan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻr-kar-soqov bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanogʻi tez-tez takrorlanadigan) bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toifadagi bolalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli muassasalariga yoʻllanadi yoki ularga yakka tartibda uyida oʻqitish tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktori oʻquvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquv-taʼlim jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning taʼlim olishi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim-tarbiyaning nuqsonlarni tuzatish (korreksiya)ga yoʻnaltirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va tarbiya jarayonida tashxisning qoʻyilishiga maxsus yondashuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqitish va tarbiyalash jarayoni oʻquvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Oʻquvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, belgilangan tartibda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim-tarbiya jarayoni umumiy oʻrta taʼlimning davlat standartiga muvofiq holda belgilanadi. Taʼlim-tarbiya jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, oʻquv rejalari va dasturlari asosida, maxsus korreksion tuzatish uslublaridan foydalanilgan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻqish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat va dam olishni ilmiy asoslangan holda uygʻunlashtirishni taʼminlovchi kun tartibi bolalarning ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida yashashini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) va ular bilan bogʻliq bola rivojlanishining oʻziga xosliklarini bartaraf etish taʼlim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻquv xonalari zarur maxsus jihozlar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida butun guruh bilan va yakka tartibda mashgʻulotlar olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida eshitishida, koʻrishda nuqsoni boʻlgan va maktab taʼlimiga yetarlicha tayyorgarlikka ega boʻlmagan bolalar uchun tegishli tayyorlov sinflari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida rivojlanishida murakkab nuqsonli (2 ta va undan koʻp nuqsoni bor boʻlgan) bolalar uchun maxsus tuzatuvchi (korreksion) guruhlar (sinflar) ochilishi mumkin. Ushbu guruhlarga taʼlim oluvchilar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi va bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sinflarning soni, eng avvalo, taʼlim jarayoni uchun sanitariya meʼyor va qoidalari talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishiga bogʻliq boʻladi hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasa turiga, undagi oʻquvchilar kontingenti va sinflarning toʻldirilishiga koʻra belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Taʼlim yoʻnalishi turlari va sinflardagi bolalar toifalari

Sinflarning oʻquvchilar bilan minimal toʻldirilishi
Boshlangʻich sinflarda bolalar soni Yuqori sinflarda bolalar soni
1. I-II turlar:
Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun 8‎ 10‎
Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar boʻlgan (1, 2-boʻlimlar) bolalar uchun 10‎ 12‎
2. III-IV turlar:
Koʻr(koʻzi ojiz) bolalar uchun 8‎ 10‎
Zaif koʻruvchilar va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun 10‎ 12‎
3. V tur:
Nutqida ogʻir nuqsoni boʻlgan bolalar uchun 10‎ 12‎
4. VI tur:
Poliomiyelit xastaligi oqibatlari boʻlgan bolalar uchun 10‎ 12‎
Serebral falaji oqibatlari boʻlgan bolalar uchun 10‎ 10‎
5.VII tur:
Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun 12‎ 16‎
6. VIII tur:
Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun 13‎ 13‎
Oʻrta va ogʻir darajadagi aqli zaif bolalar uchun 11‎ 11‎
*Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan muassasalarda taʼlim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqson boʻlgan) bolalar uchun 6‎ 8‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qoʻshimcha sinflarni ochish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining taqdimotlari boʻyicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi tarbiya guruhlarida va ixtisoslashtirilgan maktablardagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar soni quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Taʼlim yoʻnalishlari turlari va bolalar toifalari

Maktabgacha tayyorlov guruhlaridagi bolalar soni

Tarbiya guruhlari va kuni uzaytirilgan guruhlarning minimal toʻldirilishi

Boshlangʻich sinflardagi bolalar soni

Yuqori sinflardagi bolalar soni

1. I-II tur:
Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun 8‎ 8‎ 12‎
Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar boʻlgan (1, 2-boʻlimlar) bolalar uchun 8‎ 8‎ 12‎
2. III-IV tur:
Koʻr (koʻzi ojiz) bolalar uchun 10‎ 10‎ 12‎
Zaif koʻruvchilar va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun 10‎ 10‎ 12‎
3. V tur:
Nutqida ogʻir nuqsoni boʻlgan bolalar uchun 10‎ 10‎ 14‎
4. VI tur:
Poliomiyelit xastaligi oqibatlari boʻlgan bolalar uchun 8‎ 12‎ 14‎
Serebral falaji oqibatlari boʻlgan bolalar uchun 8‎ 8‎ 10‎
5.VII tur:
Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun 8‎ 12‎ 16‎
6. VIII tur:
Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun 8‎ 12‎ 12‎
Oʻrta va ogʻir darajadagi aqli zaif bolalar uchun 8‎ 10‎ 10‎
*Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 va undan koʻp nuqson boʻlgan) bolalar uchun 6‎ 6‎ 8‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻquv yilining boshlanishi, oʻquv mashgʻulotlari va taʼtillarning davomiyligi, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish hamda davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi oʻquvchilarini bir sinfdan ikkinchi sinfga oʻtkazish pedagogik kengashning qarori asosida, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining tibbiy va pedagog xodimlari xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻquvchilarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga koʻra, bolaning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli muassasasiga oʻtkazish pedagogik kengashning qaroriga asosan, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga koʻra, bolaning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi muassasasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining maʼmuriyati mazkur turdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqishga layoqati boʻlmagan oʻquvchilarni tegishli muassasalarga joylashtirishga koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Taʼlim-tarbiya ishlari oʻquvchilarning oddiy oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatishdan tortib ixtiyoriy ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlarigacha boʻlgan turli xil faoliyatlari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻquvchilarning jismoniy tarbiyasi kun tartibini toʻgʻri tashkil etish, oʻquv yuklamasi meʼyoriga qatʼiy rioya qilish, davolash tadbirlarini oʻtkazish, oʻquvchilarga gigiyena koʻnikmalarini singdirish, jismoniy tarbiya darslari va sport bilan shugʻullanish, sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oʻquvchilarning mehnat taʼlimi va tarbiyasi mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, ishchi kadrlarga boʻlgan ehtiyoj asosida, oʻquv ustaxonalarida, qishloq joylarda esa — ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining yordamchi xoʻjaligida tarbiyalanuvchilarning psixik va jismoniy rivojlanishining oʻziga xosligi, sogʻligʻi, imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning aqliy, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli toʻgaraklar, klublar, studiyalar, seksiyalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqson boʻlgan bolalar sogʻligʻi va intellektining holati haqidagi maʼlumotlar hisobga olingan holda, 9 yillik umumiy taʼlim dasturini quyidagi davrlar davomida oʻzlashtirishadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Taʼlim yoʻnalishlari turlari va bolalar toifalari

Tayyorlov guruhlari

Boshlangʻich sinflar

Yuqori sinflar

Jami (yil)

I-II turlar:

Kar bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi 1‎ 1 — 5‎ 6 — 10‎ 10‎
Zaif eshituvchi va keyinchalik kar boʻlgan 1-boʻlim bolalarining umumiy oʻrta taʼlimi 1‎ 1 — 4‎ 5 — 9‎ 9‎
Zaif eshituvchi 2-boʻlim bolalarining umumiy oʻrta taʼlimi 1‎ 1 — 5‎ 6 — 10‎ 10‎

III-IV turlar:

Koʻzi ojiz bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi 1‎ 1 — 4‎ 5 — 10‎ 10‎
Zaif koʻruvchi bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi 1‎ 1 — 4‎

5 — 9‎

9‎

V tur:

Nutqida ogʻir nuqsoni boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi —‎ 1 — 5‎ 6 — 10‎

10‎

VI tur:

Tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta taʼlimi

‎—

1 — 4�

5 — 9‎

9‎

VII tur:

Psixik rivojlanishi sust bolalarning boshlangʻich taʼlimi (tenglash sinflari) —‎

1 — 5‎

—‎

5‎

VIII tur

Aqli zaif bolalar uchun toʻliqsiz umumiy oʻrta maʼlumot —‎ 1 — 4‎ 5 — 9‎ 9‎
* Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqsoni boʻlgan) bolalar toifasi uchun
Murakkab nuqsonlari boʻlgan bolalarning (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqsoni boʻlgan) toʻliqsiz umumiy oʻrta taʼlimi —‎ 1 — 4‎ 5 — 9‎ 9‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida taʼlim jarayoni korreksion pedagogika, defektologiya sohasi pedagoglari, shuningdek ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining faoliyat sohasi boʻyicha qayta tegishli qayta tayyorlashdan oʻtgan oʻqituvchilar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Taʼlim-tarbiya jarayonini, uning korreksion yoʻnalishi sifat va samaradorligini oshirish maqsadida koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tayyorlov va I—IV sinflarda faqat koʻrishi sogʻlom oʻqituvchi-tiflopedagoglar dars berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida koʻzi ojiz oʻqituvchilar jami pedagog xodimlar sonining nisbati 30 foizidan oshmagan va bitta fandan dars beruvchi koʻzi ojiz oʻqituvchilar uchun 50 foizdan koʻp boʻlmagan tarzda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida koʻzi ojiz oʻqituvchilar ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, tarix va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, matematika va musiqadan taʼlim berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda koʻzi ojiz oʻqituvchilar tarix va (geografiyadan tashqari) ijtimoiy fanlardan, musiqadan taʼlim berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida taʼlim jarayonini psixologik jihatdan taʼminlash muassasa shtatiga kiruvchi psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida davolash-sogʻlomlashtirish jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan davolash-sogʻlomlashtirish, reabilitatsiya qilish, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari shtatidagi tibbiyot xodimlari yoki mazkur muassasalarga biriktirilgan sogʻliqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining tibbiyot xodimlari bolalarni davolash-sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya qilish, kasallik va unga hamroh xastaliklar xurujining oldini olishga va salomatligini yaxshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tibbiyot xodimlari pedagoglarga oʻquvchilarning sogʻligʻi va rivojlanish xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda ularga individual va tabaqalashtirilgan yondashishga koʻmaklashadilar, ularga oʻquvchilarni tibbiy-pedagogik korreksiyalash, kasbga yoʻnaltirish, keyinchalik ish bilan taʼminlanishi boʻyicha, shuningdek ota-onalarga va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga kasalliklarning oldini olish maqsadida uy sharoitida himoyalovchi (maxsus) tartibga amal qilish boʻyicha tavsiyalar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tibbiy sogʻlomlashtirish protseduralari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun mashgʻulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Davolash davrida bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xodimlari ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qoʻshimcha dam olish kunlari berish orqali ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish tartibiga amal qilishni, shuningdek haftaning bir kunini ochiq havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari bilan shugʻullanish hamda sayr qilishni tavsiya etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida har bir bolaga tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada boʻlish muddati tugagach ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga undan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida dori-darmon va fizioterapiya yordamida davolash hamda psixoterapiya, massaj, jismoniy mashqlar, chiniqtirish ishlari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida olib borilayotgan barcha tibbiy sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarini tashkil qilish va olib borishning toʻgʻriligi ustidan nazorat muassasa joylashgan hududdagi sogʻliqni saqlash organlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Sogʻliqni saqlash organlari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini tibbiyot xodimlari shtatlari bilan toʻldirishda, ushbu xodimlarning malakasini oshirishda hamda davolash-sogʻlomlashtirish ishlarining zamonaviy uslublarini mazkur muassasada keng joriy qilishda, ularga malakali mutaxassislarni maslahat yordami berish uchun jalb etishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Taʼlim jarayonining ishtirokchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Oʻquvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar oʻrnini bosuvchi shaxslar, pedagogik, tibbiy va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining taʼlim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari bepul maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari uchun belgilangan norma va qoidalar asosida bepul oziq-ovqat bilan taʼminlanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, koʻrgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga yoʻllangan chin yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar maqomi boʻyicha “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilariga tenglashtiriladi va ularga nisbatan mazkur Nizom “Mehribonlik” uylari toʻgʻrisidagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda koʻzda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida chin yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek turli sabablarga koʻra yakshanba, bayram va taʼtil kunlari uylariga keta olmaydigan oʻquvchilar uchun sutka davomida ishlaydigan guruhlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining oʻquvchilari muassasaning ustavi va ichki tartibiga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻquvchilarning boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tegishli soha boʻyicha oliy maʼlumotli, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining pedagog-oʻqituvchilari oʻzlariga yuklangan majburiyatlardan tashqari, shaxsni shakllantirish va nuqsonlarini korreksiyalash, jismoniy va psixik nuqsonlarini bartaraf etish, nuqsonlar bilan bogʻliq boʻlgan bilish faoliyatidagi oʻziga xosliklarini meʼyorga keltirish, bilimga oid qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida ish olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining tarbiyachisi rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash ishlarida oʻqituvchi ishlarini davom ettiradi, jismoniy yoki psixik nuqsonlar sababli yuzaga keladigan psixik yoki jismoniy rivojlanish xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda oʻquvchilarga individual yondashuvni amalga oshiradi, oʻz guruhidagi oʻquvchilarning hayoti va salomatligi saqlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining tibbiyot xodimlari muassasa maʼmuriyati bilan birgalikda bolalar salomatligini himoya qilish va oʻquvchilarning psixofizik holatini mustahkamlash, dispanserizatsiya, profilaktika chora-tadbirlarini va epidemiyalarga qarshi sanitariya-gigiyena tartibini, bolalarni chiniqtirish, ovqatlanishi, shu jumladan parhez taomlar bilan ovqatlanishini nazorat qilish uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining taʼlim-tarbiya faoliyati va bu yerda farzandiga koʻrsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam bilan tanishish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktori lavozimiga qoʻyiladigan malakaviy talablar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Direktor ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini ifodalaydi, ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasasi mol-mulkini qonunda belgilangan tartibda boshqaradi va shartnomalarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi hamda ularning oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagogik kadrlar bilan taʼminlash hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini hal qilish bilan bogʻliq takliflarni tegishli xalq taʼlimi organlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagoglar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida pedagogik, uslubiy hamda vasiylik kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining mol-mulki va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari va maqsadli badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Shtatlar jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishning oʻrtacha sutkalik normalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni taʼminlash va oʻqitish qonun hujjatlariga muvofiq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalash uchun ota-onalardan yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq taʼlim masalalari boʻyicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga koʻra, oʻquv yili tugagach amalga oshiriladi, bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan kelishgan holda oʻquvchilarni boshqa taʼlim muassasalariga koʻchirish masʼuliyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktab-internatlar) toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq alohida sharoitlarda davolanish va sogʻlomlashtirishga, taʼlim va tarbiya olishga muhtoj bolalar huquqlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquv-tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari hisoblanadi va davolanish, sogʻlomlashtirishga muhtoj bolalarga ularning bilim olish imkoniyatlariga muvofiq ravishda umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlish va tarbiya olishida yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barkamol, jismonan va maʼnaviy sogʻlom shaxsni voyaga yetkazish, oʻquvchilarda madaniy-estetik qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim standartlari asosida sifatli taʼlim olish, shu jumladan kasbga yoʻnaltirish, bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli bolalarni taqdirlash va qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning psixofiziologik yosh xususiyati, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi, hayoti va sogʻligʻi muhofazasi talablariga muvofiq ravishda reabilitatsiya hamda davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, gʻaznachilik boʻlimlarida shaxsiy hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi muassislar tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari muassislari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan salomatligida nuqsonlari boʻlgan, davolanish, sogʻlomlashtirish va maxsus sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingentini birgalikda oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolanish, sogʻlomlashtirish va maxsus sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingenti mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini tashkil etish taklif etilayotgan hududda keyingi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar oʻrtasida tegishli kasalliklarning koʻpayganligini koʻrsatadigan sogʻliqni saqlash organlarining rasmiy statistika maʼlumotlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, tegishli viloyat va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifni bir oy muddat ichida oʻrganib va ekologik qulay hududda mavjud obyektlardan namunaviy bino yoxud ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini tashkil etishga qoʻyiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maxsus loyiha boʻyicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash toʻgʻrisida topshiriq beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq, quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari xavfi boʻlgan guruh bolalari uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning eng koʻp soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga ularning turiga muvofiq holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I—IV daraja skolioz bilan kasallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklariga chalingan, alohida shart-sharoitlarda davolash va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan maktab yoshidagi bolalar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bolalarni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yuborish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga bolalar 7 yoshdan boshlab qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoʻllangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun — vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida quyidagi hujjatlar boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoʻllangan bola bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish boʻyicha tavsiyalari aks etgan bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) oʻqish joyidan taʼlimning muddati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda koʻmak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan maʼlumotnoma va tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal koʻchirma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻgʻrisidagi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixonevrologning tibbiy tashxis bilan asoslangan va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi bilan xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi bilan xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oftalmologning koʻrish organiga tavsifi bilan xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni boʻlgan, skoliozga chalingan bolalar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vrach-ftiziatrning xulosasi (tuberkulez va nafas olish organlarining surunkali kasallanishi xavfi ostidagi bolalar guruhlari uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) yashash joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taʼlim muassasalarida oʻqimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 17-bandi 4 va 5-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoʻllangan chin yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida 17-bandda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni taʼlim muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar haqidagi maʼlumotlar (ota-onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining yoʻqligi yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshlar borligi va ularning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar boʻlsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga masʼul shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan mulk roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyni bolaning nomiga oʻtkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turar joy rejasi, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan turar joy egasi va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma nusxalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrugʻi nusxasi (yoki aliment toʻlash haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusxasi), jamgʻarma daftarchasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp yetishmovchilik boʻlgan bolalar) qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aqli zaif bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xulq-atvorida ogʻir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari boʻlgan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yurak-qon tomiri kasalliklari bor bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsata olmaydigan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) koʻr-kar-soqov bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanogʻi tez-tez takrorlanadigan) bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktori oʻquvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquv-taʼlim jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqitish umumiy oʻrta taʼlim oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi umumiy oʻrta taʼlim davlat standartlariga muvofiq 1—9 — sinflar hajmida oʻquvchilarga majburiy umumiy oʻrta taʼlim beruvchi sogʻlomlashtirish taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davolanish, sogʻlomlashtirish va taʼlim olishga muhtoj bolalar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 1—9 — sinflariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi yoʻllanmalari asosida, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga koʻra, shuningdek ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bolalarni qabul qilish oʻquv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida bolalarning boʻlishi muddati tibbiy koʻrsatmalarga muvofiq va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan, lekin 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari rivojlanishi xavfi mavjud guruhdagi bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi toʻldirilishi kamida 25 nafarni, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sinflar va tarbiyalanuvchilar guruhi toʻldirilishi esa — kamida 20 nafarni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻquv yilining boshlanishi, darslar va taʼtillarning davomiyligi, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish va taʼlim olganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Taʼlim olish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʻullanish, davolanish va dam olishni asosli ravishda uygʻunlashtirishni taʼminlaydigan kun tartibi bolalarning ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida boʻlishi muddatini hisobga olgan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Birinchi yarim yillikda I sinfda darsning davomiyligi — 35 daqiqa, ikkinchi yarim yillikda I sinfda va boshlangʻich taʼlim (maktab)ning II — IV sinflarida-40 daqiqa, V va keyingi sinflarda — 45 daqiqa boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bolalarning mehnat tarbiyasi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi pedagogik va tibbiy xodimlarining tibbiy koʻrsatmalari hamda tavsiyalariga koʻra taʼlimni egallangan mehnat koʻnikmalari bilan uygʻunlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun turli toʻgaraklar, qiziqishlariga koʻra klublar, seksiyalar (jumladan, shifokorlar tavsiyalariga koʻra sport seksiyalari) va bolalarning intellektual hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga moʻljallangan studiyalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida taʼlim jarayonining psixologik taʼminotini muassasa shtatidagi psixolog amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida davolash-sogʻlomlashtirish jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bolalarni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan davolash-sogʻlomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika chora-tadbirlari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining shtatdagi tibbiy va pedagog xodimlari hamda taʼlim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi tibbiyot xodimlari kasallikning qaytalanishi holatlari (retsidivlari), hamroh kasalliklar profilaktikasiga va bolalar sogʻligʻini yaxshilashga qaratilgan davolash-sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradi. Tibbiyot xodimlari oʻz ishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga amal qilishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davolash kurslari bilan belgilangan tibbiy sogʻlomlashtirish protseduralari har bir bola uchun mashgʻulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Davolash davrida bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot xodimlari ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qoʻshimcha dam olish kunlari berish orqali ehtiyotkorona munosabatda boʻlish tartibiga amal qilishni, shuningdek haftaning bir kunini ochiq havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari hamda sayr qilishga tavsiya etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida har bir bola uchun tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada boʻlish muddati tugagach, ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga undan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida barcha tibbiy-sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya chora-tadbirlarining toʻgʻri tashkil etilishi hamda amalga oshirilishini nazorat qilish ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi joylashgan hududdagi sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sogʻliqni saqlash organlari tomonidan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga uning tibbiyot xodimlari shtatini toʻldirishda, tibbiyot xodimlari malakasini oshirishda, konsultatsiya yordami koʻrsatish va davolash-sogʻlomlashtirish ishlarining zamonaviy metodlarini joriy etishga malakali mutaxassislarni jalb etishda yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidagi taʼlim jarayoni ishtirokchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻquvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar oʻrnini bosuvchi shaxslar, pedagogik, tibbiy va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining taʼlim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oʻquvchilar bepul umumiy oʻrta taʼlim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish hamda ixtisoslashtirilgan sogʻlomlashtirish taʼlim muassasalari uchun belgilangan normalar asosida bepul oziq-ovqat bilan taʼminlanish, qiziqishlariga qarab turli toʻgaraklar, klublar, seksiyalarga (jumladan, shifokor tavsiyasi bilan sport seksiyalariga ham), bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan studiyalarga qatnash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining ustavi va ichki tartibiga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi oʻquvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tegishli kasbiy maʼlumotga, tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ota-onalar va ota-onalar oʻrnini bosuvchi shaxslar bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ixtisoslashgan taʼlim muassasasining taʼlim-tarbiyaviy faoliyati, bolaga koʻrsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam darajasi bilan tanishish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlangan direktor ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga bevosita rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi direktori lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Direktor ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassasa mol-mulkini boshqaradi va shartnomalarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va mazkur muassasaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning masʼullik darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazani mustahkamlash, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda maktab-internat faoliyatining boshqa masalalarini hal qilish bilan bogʻliq takliflarni tegishli xalq taʼlimi organlariga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya, pedagogik, uslubiy hamda homiylik kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari va maqsadli badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Shtatlar jadvali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishning oʻrtacha sutkalik oqilona normalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni taʼminlash va oʻqitish uchun oʻquvchilarning ota-onalari va ota-onalarining oʻrnini bosuvchi shaxslardan toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq taʼlim masalalari boʻyicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga koʻra, oʻquv yili tugagach amalga oshiriladi, bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan kelishgan holda oʻquvchilarni boshqa taʼlim muassasalariga oʻtkazish masʼuliyatini oʻz zimmasiga oladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 380-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 35-son, 931-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)