Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BADIIY GIMNASTIKA BOʻYIChA BOLALAR-OʻSMIRLAR IXTISOSLAShTIRILGAN RESPUBLIKA OLIMPIYA ZAXIRASI SPORT MAKTABI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 238-sonli “Gimnastika sport turlari boʻyicha davlat sport-taʼlim muassasalarida shugʻullanuvchi oʻquvchi-sportchilar uchun oziq-ovqat meʼyorlari, jihoz va inventarlar normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi oʻquvchi-sportchilarini:
yashash uchun anjomlar bilan taʼminlash normativlari 1-ilovaga muvofiq;
oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash normativlari 2-ilovaga muvofiq;
sport anjomlari, sport ekipirovkasi va ixtisoslashtirilgan kiyim bilan taʼminlash normativlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 9-sentabr,
253-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 253-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi oʻquvchi-sportchilarini yashash uchun anjomlar bilan taʼminlash
normativlari
|
T/r |
Anjom nomi |
Oʻlchov birligi |
1 nafar oʻquvchi-sportchi hisobiga ehtiyoj |
Foydalanish muddati* |
| 1. | Toʻshak | dona | 1 | 5 yil |
| 2. | Paxtali koʻrpa | dona | 1 | 3 yil |
| 3. | Yostiq | dona | 1 | 3 yil |
| 4. | Qalin choyshab | dona | 1 | 5 yil |
| 5. | Jun adyol | dona | 1 | 3 yil |
| 6. | Sochiq | dona | 2 | 1 yil |
| 7. | Yostiq jildi | dona | 2 | 1 yil |
| 8. | Choyshab | dona | 2 | 1 yil |
| 9. | Koʻrpa choyshabi | dona | 2 | 1 yil |
| 10. | Kiyim shkafi | dona | 1 | 5 yil |
| 11. | Javon�a | dona | 1 | 5 yil |
| 12. | Stol | dona | 1 | 5 yil |
| 13. | Stul | dona | 1 | 5 yil |
| 14. | Grafin va stakan | komplekt | 1 | 3 yil |
* Yashash uchun anjomlar ularning amaldagi holatini va tegishli anjomlarning foydalanishga yaroqliligini hisobga olgan holda almashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 253-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi oʻquvchi-sportchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash
normativlari
|
T/r |
Mahsulotlar |
Bir kunga gramm |
Kkal |
| 1. | 1-navli bugʻdoy non | 300 | 678 |
| 2. | 1-navli bugʻdoy uni | 20 | 65,8 |
| 3. | Kartoshka uni | 2 | 5,98 |
| 4. | Yorma, makaron mahsulotlari | 50 | 166,5 |
| 5. | Qand-shakar | 50 | 165,5 |
| 6. | Asal | 30 | 101,37 |
| 7. | Qandolatchilik mahsulotlari | 25 | 101,5 |
| 8. | Sariyogʻ | 50 | 374 |
| 9. | Oʻsimlik yogʻi | 15 | 134,8 |
| 10. | Sut | 500 | 290 |
| 11. | Qaymoq | 20 | 41,2 |
| 12. | Suzma | 50 | 78 |
| 13. | Pishloq | 15 | 55,6 |
| 14. | Goʻsht, parranda goʻshti | 130 | 171,6 |
| 15. | Kolbasa mahsulotlari | 25 | 69,3 |
| 16. | Baliq | 70 | 21,0 |
| 17. | Tuxum (dona) | 1 | 62,8 |
| 18. | Kartoshka | 300 | 277,45 |
| 19. | Sabzavotlar, shu jumladan tomat pastasi | 450 | 126,0 |
| 20. | Mevalar, rezavorlar, vitaminlashtirilgan sharbatlar | 300 | 138,0 |
| 21. | Quruq mevalar, shu jumladan naʼmatak-5 gr. | 20 | 54,6 |
| 22. | Choy | 0,5 | 0,545 |
| 23. | Kakao | 1 | 3,7 |
| 24. | Yodlangan tuz | 8 | 0 |
| 25. | Achitqilar | 1 | 0,85 |
| 26. | Mineral suv | 500 | 0 |
| | Jami: | | 3184,07 |
Izoh: oziq-ovqatlarning toʻyimliligi va quvvatini hisobga olgan holda ularni oʻzaro almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 253-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Badiiy gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi oʻquvchi-sportchilarini sport anjomlari, sport ekipirovkasi va ixtisoslashtirilgan kiyim bilan taʼminlash
normativlari
|
T/r |
Nomi |
Oʻlchov birligi |
Soni |
Foydalanishning cheklangan muddatlari |
| 1. | Gimnastika argʻamchilari | dona | 1 | 6 oy |
| 2. | Gimnastika chambaraklari | dona | 1 | 3 yil |
| 3. | Gimnastika toʻplari | dona | 1 | 2 yil |
| 4. | Gimnastika bulavkalari | juft | 1 | 2 yil |
| 5. | Gimnastika lentalari | dona | 1 | 1 yil |
| 6. | Lentalar uchun tayoqchalar | dona | 1 | 1 yil |
| 7. | Mashgʻulot kiyimi (mayka, shortiklar) | dona | 1 | 1 yil |
| 8. | Shamoldan himoyalovchi sport kostyumlari | dona | 1 | 2 yil |
| 9. | Gimnastika shippaklari | dona | 1 | 2 hafta |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 378-modda)