Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi Qonuniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartishlar kiritilsin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF–2240-son Farmoniga:
4-banddagi “Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Farmon 1-ilovasi 34-bandining oʻninchi xatboshidagi “Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasining, ichki qoʻshinlar” hamda “praporshchiklari, michmanlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin, “muddatga qoʻshimcha xizmat qilayotgan” degan soʻzlar esa “kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Farmon 1-ilovasi 34-bandining oʻn ikkinchi xatboshidagi “praporshchiklar, michmanlar” va “Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni ilovasiga;
II boʻlimdagi 6-band chiqarib tashlansin;
7—11-bandlar tegishli ravishda 6—10-bandlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-iyun,
PF-3441-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)