OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“DAVLAT ULUSHLARINI ISHONCHLI BOSHQARISH VA AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI BOSHQARISHDA ISHTIROK ETISH MAXSUS HUQUQI (“OLTIN AKSIYA”) BOʻYICHA DAVLAT VAKILLARINING XIZMAT HAQI TOʻLOVLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM”NI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3202-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 12-modda) va 2007-yil 20-iyuldagi “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarining xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3897-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 299-modda) Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 189-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 63–modda) va 2007-yil 24-iyuldagi “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi 151-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 307-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2003-yil 16-iyuldagi “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 86, 01/06-7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1262, 2003-yil 1-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 4-martdagi “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 38, 01/06-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 1262-1, 2004-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 180-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 25-yanvardagi “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 7-, 01/06-18/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 1262-2, 2006-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 56-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 6-apreldagi “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 37-, 01/12-18/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 1262-3, 2007-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 204-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-avgust,
51-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi v.b. A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-avgust,
01/12-18/05-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 11-avgustdagi 51, 01/12-18/05-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 12-modda), 2007-yil 20-iyuldagi PF-3897-son “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 299-modda) farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 63-modda) va 2007-yil 24-iyuldagi 151-son “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 307-modda) qarorlariga muvofiq davlat ulushini boshqarish va davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlatning ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish faoliyati boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilgan (davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga berilgan hollar bundan mustasno) aksiyadorlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlarga (keyingi oʻrinlarda xoʻjalik jamiyatlari deb yuritiladi) hamda davlatning ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat vakili — Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi qaroriga asosan tayinlangan va aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlatning ishtirok etish maxsus huquqini (“oltin aksiya”) qonunchilik asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ulushi – davlatga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari va masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar ustav jamgʻarmasidagi ulushlar;
Keyingi tahrirga qarang.
ishonchli boshqaruvchi – davlat ulushini ishonchli boshqarish shartnomasi tuzilgan davlatning ishonchli vakili, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi yoki tijorat banki;
xizmatlar haqi toʻlovi – davlat ulushini boshqarish boʻyicha qatʼiy belgilangan mukofot.
II. Ishonchli boshqaruvchi va davlat vakili xizmatlari haqi toʻlovini shakllantirish manbalari
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqini toʻlash uchun mablagʻlar manbai hisobot yilidagi davlat ulushi boʻyicha davlat budjetiga tushgan dividendlar hisobidan shakllanadi. Bunda, hisobot yilining toʻrtinchi choragi uchun xizmat haqi hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida davlat budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, hisobot yilida davlat budjetiga dividendlar tushumidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqini toʻlash uchun moʻljallangan, hisobot yilida davlat budjetiga tushgan davlat ulushi boʻyicha dividendlar yetarli boʻlmaganda yoki ular tushmagan (hisoblanmagan) taqdirda, xizmat haqini toʻlash uchun xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlarning bir qismidan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqi va mukofot Davlat mulk qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bosh boshqarmasining Toshkent shahridagi Hisob-kassa markazida xizmat haqini toʻlash uchun ochilgan alohida subschyotidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan har yili davlat ulushlarini boshqarish xarajatlari smetasi loyihasini shartnomalar va davlat ulushlarini ishonchli boshqaruvga bosqichma-bosqich berish hamda “oltin aksiya” kiritish grafigi, shuningdek, ishonchli boshqaruvchilarning choraklik hisobotlari asosida choraklarga boʻlgan holda ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat mulki qoʻmitasi ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillariga xizmat haqi va mukofot toʻlovi xarajatlari smetasi boʻyicha hisob-kitoblarni 1-iyuldan kechiktirmay kelgusi yil davlat budjeti loyihasiga kiritish uchun Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ishonchli boshqaruvchilar Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakl va muddatlarda davlat ulushlarini boshqarish faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Davlat mulki qoʻmitasiga topshiradi.
Davlat vakili bir paytda davlat ulushining ishonchli boshqaruvchisi vazifasini bajargan taqdirda, u bu vakolatlari ijrosi toʻgʻrisida Davlat mulk qoʻmitasi tasdiqlagan muddat va tartibda alohida hisobotlar topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Topshirilgan hisobotlar tahlili asosida Davlat mulki qoʻmitasi ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillari xizmatlari haqi va mukofot toʻlovi boʻyicha smetani toʻlash manbalarini koʻrsatgan holda tayyorlaydi va hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 5-sanasigacha Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Bunda, hisobot yilining toʻrtinchi choragi boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar xizmatlari haqi va mukofot toʻlovlari smetasi ular tomonidan belgilangan tartibda Davlat mulki qoʻmitasiga topshirgan yillik hisobotlar asosida tayyorlanadi va hisobot yilidan keyingi yilning 5-martigacha Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Taqdim etilgan smeta asosida Moliya vazirligi 10 ish kuni ichida ishonchli boshqaruvchilar xizmati haqlari va mukofotlarini toʻlash uchun smetaga kiritilgan xoʻjalik jamiyatlaridan davlat ulushi boʻyicha tushgan dividendlar hisobidan Davlat mulki qoʻmitasi subschyotiga mablagʻlarni oʻtkazadi.
Davlat mulki qoʻmitasi davlat ulushlarini boshqarish choraklik xizmat haqlarini va mukofot toʻlovini quyidagicha amalga oshiradi:
a) davlat ulushlari boʻyicha budjetga toʻlangan dividendlarning qismi hisobiga Moliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan, Davlat mulki qoʻmitasi subschyotiga tegishli mablagʻlar kelib tushgan paytdan boshlab 10 bank ish kuni ichida;
b) xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlar hisobidan Davlat mulki qoʻmitasi subschetiga tegishli mablagʻlar kelib tushgan paytdan boshlab 10 bank ish kuni ichida, agar;
xizmatlar haqi toʻlashda davlat ulushi boʻyicha dividendlar yetarli boʻlmasa;
davlat ulushi boʻyicha dividendlar Hukumat qarorlarida koʻrsatilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan taqdirda;
aksiyadorlik jamiyati umumiy yigʻilishi (qatnashchilar yigʻilishi) tomonidan dividendlarni korxonani rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirish boʻyicha qaror qabul qilinganda;
hisobot davrida haqiqatda jamiyat tomonidan dividendlar toʻlanmagan taqdirda;
aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 60-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 61-modda) muvofiq dividendlar toʻlashdagi cheklash sababli toʻlanmaganda;
masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 10-modda) 26-moddasiga muvofiq foydani taqsimlashdagi cheklash sababli.
Davlat mulki qoʻmitasi xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlar hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli mablagʻlarni xizmatlar haqini toʻlash uchun subschyotga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Xizmat haqi va mukofot toʻlovlari Davlat mulki qoʻmitasi subschetiga oʻtkazilgandan keyin Davlat mulki qoʻmitasi bu haqda, shuningdek, shaxsiy hisob varaqlari yoki hisob-kitob varaqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etish haqida (toʻlov birinchi marta amalga oshirilayotgan boʻlsa) ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillarini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ishonchli boshqaruvchilar va davlat vakillarining xizmat haqini va mukofot toʻlovlarini toʻlash Davlat mulk qoʻmitasi tomonidan ularning bankdagi shaxsiy hisob varaqlari yoki hisob-kitob varaqlariga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Xizmat haqini toʻlash uchun nazarda tutilgan, Davlat mulki qoʻmitasi subschyotida 90 kundan ortiq turib qolgan, ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillari tomonidan talab qilinmagan hamda Davlat mulki qoʻmitasiga tegishli hujjatlarni taqdim etmaganliklari sababli ularning shaxsiy hisob varaqlari yoki hisob-kitob varaqlariga oʻtkazilmagan pul mablagʻlari Davlat mulki qoʻmitasi maxsus hisob raqamiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, xizmat haqini va mukofot toʻlovlarini toʻlash uchun davlat budjetidan yuborilgan mablagʻlar toʻlaligicha davlat budjetiga qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ishonchli boshqaruvchilar va davlatning vakillari tomonidan 90 kundan keyin xizmat haqi toʻlovini soʻrab murojaat qilinsa, pul mablagʻlari toʻlovi mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Ishonchli boshqaruvchilar xizmatiga haq toʻlashning hisob-kitoblari
12. Agar ulush toʻliq chorak davomida boshqarilmagan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchilarga xizmat haqi ulush haqiqatda boshqarilgan davr (ishonchli boshqaruv shartnomasi kuchga kirgan vaqtdan kunlar soni) uchun hisoblanadi.
13. Strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga (tijorat banklariga) hisobot choragi uchun davlat ulushini boshqarish xizmati haqi toʻlovi eng kam ish haqining toʻrt barobarini mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan tegishli koeffitsiyentlarga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillarga hisobot choragi uchun davlat ulushini boshqarish xizmati haqi toʻlovi eng kam ish haqining ikki barobarini mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan tegishli koeffitsiyentlarga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlarida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga (tijorat banklariga) hisobot choragi uchun davlat ulushini boshqarish xizmati haqi toʻlovi eng kam ish haqining ikki barobarini mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan tegishli koeffitsiyentlarga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlarida davlatning ishonchli vakillariga hisobot choragi uchun davlat ulushini boshqarish xizmati haqi toʻlovi eng kam ish haqining bir yarim barobarini mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan tegishli koeffitsiyentlarga koʻpaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ishonchli boshqaruvchilarga hisobot choragi uchun xizmat haqi toʻlovi va yil yakuni boʻyicha mukofot quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan muddatlarda davlat ulushini boshqarish faoliyati boʻyicha hisobotlarni topshirmagan yoki toʻliq topshirmagan va dividendlarning tegishli qismini toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomalari nusxalarini (agar toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa) taqdim etmagan holatda;
avvalgi chorakka nisbatan davlat ulushiga hisoblangan dividendlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik koʻpayganda;
ishonchli boshqaruv shartnomasi kuchga kirgandan boshlab olti oydan ortiq vaqt oʻtganda zararlar mavjud boʻlsa.
16. Quyidagi hollarda ishonchli boshqaruvchilarga hisobot choragi uchun xizmat haqi toʻlovi tegishli 0,6 pasayish koeffitsiyentiga kupaytiriladi:
jamiyatning davlat ulushiga hisoblangan dividendlardan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlsa;
jamiyat tomonidan uning biznes-rejasida nazarda tutilgan sof foydaning choraklik prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan boʻlsa.
17. Ishonchli boshqaruvchilarga hisobot choragi uchun xizmat haqi (asosiy) toʻlovidan tashqari yil yakuni boʻyicha olingan sof foyda miqdori jamiyatning biznes-rejasida nazarda tutilgan sof foydadan va oʻtgan yil boʻyicha olingan sof foydadan oshsa, davlat ulushiga hisoblangan va toʻlab berilgan dividendlarning 2% miqdorida (eng kam ish haqining 25 barobaridan oshmagan holda) mukofot toʻlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Davlat vakillari xizmatiga haq toʻlashning hisob-kitoblari
18. Davlat vakillari xizmat haqi toʻlovi shartnoma kuchga kirgan paytdan boshlab ishlangan kunlarga mutanosib ravishda hisoblanadi.
19. Davlat aktivlarini ishonchli boshqarishni ham amalga oshiruvchi davlat vakiliga ishonchli boshqaruvchilar uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda xizmat haqi toʻlanadi.
20. Aksiyadorlik jamiyatida faqat davlatning ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)ni boshqarishni amalga oshiruvchi davlatning vakillariga ular tomonidan Davlat mulki qoʻmitasiga yil yakuni boʻyicha belgilangan tartibda hisobot topshirilib, qonun hujjatlari talablari asosida Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida va Kuzatuv kengashining majlislarida albatta shaxsan qatnashishini inobatga olib bir yilda bir marotaba xizmat haqi toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Toʻlovlar xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlar hisobidan aksiyadorlik jamiyati joylashgan joydan kelib chiqib, quyidagi formulalar boʻyicha amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
|
№ |
Hududlar nomi |
Davlat vakili xizmati haqini toʻlashning hisob-kitobi |
| 1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati | (A+V)*5 EKIH |
| 2. | Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari | (A+V)*4 EKIH |
| 3. | Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari | (A+V)*3 EKIH |
| 4. | Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari | (A+V)*2 EKIH |
| 5. | Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari | (A+V)*1 EKIH |
| 6. | Toshkent shahri | (A+V)*0.5 EKIH |
Bunda:
A — davlat vakili ishtirok etgan va ovoz bergan kuzatuv kengashi majlislari soni;
B — davlat vakili ishtirok etgan va ovoz bergan Aksiyadorlarning umumiy majlislari soni;
EKIH — smeta tuzilgan davrdagi eng kam ish haqi.
Aksiyadorlik jamiyati va davlat vakili bitta hududda joylashgan taqdirda, xizmat haqi toʻlovi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
(A + V) * 0,5 EKIH
22. Davlat vakillariga yil yakuni boʻyicha xizmat haqi quyidagi hollarda toʻlanmaydi:
belgilangan muddatlarda hisobotlarni topshirmagan yoki toʻliq topshirmaganda;
davlat vakili tomonidan hisobot yili davomida davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”)dan foydalanish tartibi boʻyicha qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari bartaraf etilgan taqdirda (agarda ularni bartaraf etish mumkin boʻlsa) va davlat vakili tomonidan xizmat haqi toʻlash shartlariga rioya etilsa, xizmat haqi keyingi yildan boshlab toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish faoliyati xizmat haqi toʻlovini belgilovchi
koeffitsiyentlar
| T/r | Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushining miqdori (mln. soʻm) | Koeffitsiyent |
| 1. | 10 gacha | 5,0 |
| 2. | 20 gacha | 5,5 |
| 3. | 30 gacha | 6,5 |
| 4. | 40 gacha | 7,5 |
| 5. | 50 gacha | 8,5 |
| 6. | 60 gacha | 9,5 |
| 7. | 70 gacha | 10,5 |
| 8. | 80 gacha | 11,5 |
| 9. | 90 gacha | 12,5 |
| 10. | 100 gacha | 13,5 |
| 11. | 200 gacha | 14,0 |
| 12. | 300 gacha | 14,5 |
| 13. | 400 gacha | 15,0 |
| 14. | 500 gacha | 15,5 |
| 15. | 600 gacha | 16,0 |
| 16. | 700 gacha | 16,5 |
| 17. | 800 gacha | 17,0 |
| 18. | 900 gacha | 17,5 |
| 19. | 1000 gacha | 18,0 |
| 20. | 1000 dan koʻp | 18,5 |
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish faoliyati xizmat haqi toʻlovini belgilovchi
koeffitsiyentlar
|
T/r |
Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushining miqdori (mln. soʻm) |
Koeffitsiyent |
| 1. | 10 gacha | 4,5 |
| 2. | 20 gacha | 5,0 |
| 3. | 30 gacha | 5,5 |
| 4. | 40 gacha | 6,0 |
| 5. | 50 gacha | 6,5 |
| 6. | 60 gacha | 7,0 |
| 7. | 70 gacha | 7,5 |
| 8. | 80 gacha | 8,0 |
| 9. | 90 gacha | 8,5 |
| 10. | 100 gacha | 9,0 |
| 11. | 200 gacha | 9,5 |
| 12. | 300 gacha | 10,0 |
| 13. | 400 gacha | 10,5 |
| 14. | 500 gacha | 11,0 |
| 15. | 600 gacha | 11,5 |
| 16. | 700 gacha | 12,0 |
| 17. | 800 gacha | 12,5 |
| 18. | 900 gacha | 13,0 |
| 19. | 1000 gacha | 13,5 |
| 20. | 1000 dan koʻp | 14,0 |
Keyingi tahrirga qarang.