OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
DAVLAT ULUShLARINI BOShQARISh BOʻYIChA TOʻLOVLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-mayda 1262-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 11-avgustdagi 51, 01/12-18/05-sonli ““Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi (“oltin aksiya”) boʻyicha davlat vakillarining xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2263, 09.09.2011-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2003-yil 16-iyuldagi 86, 01/06-7-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2003-yil 1-avgust, roʻyxat raqami 1262 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 15-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 180-modda; 2006-y., 8-son, 56-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel,
37-son
Davlat mulkin boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel,
01/12-18/08-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 204-modda)