Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 09.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2262
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 9-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2262]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2836, 03.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) va “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 480-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) va “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 480-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti, soliq solinadigan baza, imtiyozlar, yagona ijtimoiy toʻlovni, shuningdek fuqarolarning sugʻurta badallarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona ijtimoiy toʻlovni va fuqarolarning sugʻurta badallari stavkalari, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovning Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida taqsimlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy ravishda xorijda istiqomat qiluvchi va tashkilotlarda fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlovchi xorijiy davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining daromadlaridan (ish haqlaridan) yagona ijtimoiy toʻlov va davlat ijtimoiy sugʻurtasiga oid majburiy sugʻurta badallari hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish toʻlovchi tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlov yuridik shaxslar tomonidan bola tugʻilishi munosabati bilan, dafnga nafaqalar toʻlanishi (keyingi oʻrinlarda — nafaqalar deb yuritiladi), uy-joy-kommunal xizmatlari boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga toʻlanadigan kompensatsiya pul toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiyalar deb yuritiladi), ishlovchi pensionyerlarga pensiyalar (keyingi oʻrinlarda — pensiyalar deb yuritiladi), 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalariga qoʻshimcha dam olish kunlariga haq toʻlash, bolalar sogʻlomlashtirish lagyerlari va sanatoriy-profilaktoriylarning tutib turilishiga biror-bir chegirishlarsiz hisoblab yozilgan summaning toʻliq hajmida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash uchun mablagʻlar toʻlovchilar tomonidan tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 777 shartli hisobvaraqlar raqamiga (keyingi oʻrinlarda — ShHR deb yuritiladi) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kun davomida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari uchun ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 777 ShHRga kelib tushgan mablagʻlar ularga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan har ish kuni yakunida qonunchilikda belgilangan miqdorlarda avtomatik tarzda quyidagi tartibda ajratma qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Pensiya jamgʻarmasiga — Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalarida ochilgan Pensiya jamgʻarmasining 20205 balans hisobvaraqlarining 881 ShHRga toʻliq miqdorda oʻtkazilishi shart, keyinchalik u yerdan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob Kassa Markazida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi uchun ochilgan Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasiga — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining 20205 balans hisobvaraqlarining 779 ShHRga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishidagi tegishli 20205 balans hisobvaraqlarining 779 ShHRga kelib tushgan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan toʻlov topshiriqnomasi asosida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari Hisob-kitob Kassa Markazida Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi uchun ochilgan 21508 hududiy gʻaznachilik balans hisobvaraqlariga oʻtkaziladi hamda quyidagi tartibda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasining 21508 hududiy gʻaznachilik balans hisobvaraqlariga oʻtkazilgan jami mablagʻlarning 70 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalari tasarrufida qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalarining toʻlov topshiriqnomalari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kelib tushgan mablagʻlarni qonun hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda sarflaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari tegishli 20205 balans hisobvaraqlarining 780 ShHRga kelib tushgan yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishidagi mablagʻlardan quyidagi tartibda foydalanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdoridan 20 foizi kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining toʻlov topshiriqnomalariga asosan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 20205 balans hisobvaragʻiga, mablagʻlarning keyinchalik belgilangan tartibda sarflanishi uchun oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdoridan 80 foizini kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining 20205 balans hisobvaraqlariga hududiy kasaba uyushmalari tomonidan tasdiqlangan budjetlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning xodimlaridan davolanish va dam olishga yoʻllanmalar uchun qisman undiriladigan qiymat xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi, kelib tushgan mablagʻlar keyinchalik mazkur kichik bandda belgilangan tartibga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xizmat koʻrsatuvchi banklardan yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha 20205 balans hisobvaraqlarining 777 ShHR koʻchirmalarini barcha ilovalari bilan birga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xizmat koʻrsatuvchi banklar yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha 20205 balans hisobvaraqlarining 777 ShHRdan koʻchirmalarning elektron fayllarini kasaba uyushmalarining hududiy birlashmalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarga ham yuboradilar, kasaba uyushmalarining hududiy birlashmalari oʻz navbatida, banklar tomonidan taqdim etilgan koʻchirmalar asosida kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga tarmoqlarga doir toʻlovchilar boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovning bir qismi koʻrinishida ajratilgan mablagʻlarni ajratib koʻrsatgan holda toʻlovchilar bilan hisob-kitoblarini mustaqil ravishda yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash boʻyicha summalarni toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining (keyingi oʻrinlarda — Qonun deb yuritiladi) 12-moddasi “b” — “j” bandlari, 14 va 15-moddalariga muvofiq tayinlangan pensiya toʻlovlarini qoplash Qonunning 66-moddasining ikki va uchinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga Qonunning 12-moddasi “v” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar uchun xarajatlarni qoplash 2016-yilning 1-yanvarigacha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik shaxslar mehnatga haq toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlardan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga boʻlgan xarajatlarni qoplovchi toʻlovlarni kirim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yuridik shaxslar tomonidan Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga boʻlgan xarajatlarni qoplovchi toʻlovlarni hisoblab yozilishi hisobot yili yakuniga koʻra amalga oshiriladi va mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvaridan kechiktirmasdan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻ toʻlanishi hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvaridan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda, Qonunning 14-moddasiga muvofiq pensiyalar toʻlovi amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ishsiz maqomiga ega shaxslarga muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlashga boʻlgan xarajatlarning qoplanishiga doir hisoblangan summalar boʻyicha maʼlumot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan maʼlumotning koʻchirma nusxasi ushbu muddatlarda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qonunning 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlashga boʻlgan xarajatlarni qoplash boʻyicha hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻ toʻlovi har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari Qonunning 15-moddasiga muvofiq mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalligi oqibatida yuz bergan nogironlik boʻyicha pensiyalarni tayinlay turib, pensiyalarni toʻlash amalga oshirilgan oydan keyingi har bir oyning 5-sanasiga qadar bu kabi pensiyalarni oluvchilar roʻyxatini, pensionyerlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, pensiyalar miqdori, ularning aybi bilan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari yuz bergan korxonalar, tashkilotlarning nomlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamlari (STIR), yuridik manzillari va bank rekvizitlari koʻrsatilgan holda tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga, ularning aybi bilan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari yuz bergan ushbu tashkilotlardan toʻlangan pensiya summalarini undirib olish uchun yetkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonunning 15-moddasiga muvofiq mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar toʻlovi boʻyicha xarajatlarni qoplash hisob-kitoblari tuman (shahar) davlat soliq xizmati organiga oʻsib boruvchi yakun boʻyicha, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlar toʻlovi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxslar mehnatga haq toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlardan, har oyda ish beruvchining aybi bilan yuz bergan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida nogironlik boʻyicha Qonunning 15-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash uchun xarajatlarni qoplovchi mablagʻlarni tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochilgan 20205 balans hisobvaragʻining 887 ShHRga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kun davomida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari uchun ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 887 ShHRga kelib tushgan mablagʻlar ularga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan har ish kuni yakunida quyidagi ulushlarda ajratma qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85 foizi 20205 balans hisobvaraqlarining 692 ShHRga ajratiladi, keyin toʻliq miqdorda Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalarida ochilgan Pensiya jamgʻarmasining balans hisobvaragʻiga oʻtkazadilar, keyinchalik u yerdan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob Kassa Markazida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi uchun ochilgan Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizi tuman (shahar) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari uchun ochilgan 20205 balans hisobvaraqlarining 839 ShHRga Qonunning 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida nogironlik boʻyicha pensiya toʻlovlariga xarajatlarni toʻlash uchun taqdim etilgan regress talablari (daʼvolari) boʻyicha ish beruvchilar tomonidan qoplanadigan mablagʻlardan Pensiya jamgʻarmasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish, moddiy ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xizmat koʻrsatuvchi banklardan 20205 balans hisob raqamining 887 ShHR boʻyicha bank koʻchirmasini barcha ilovalari bilan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yuridik shaxslar tomonidan davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari yuridik shaxsning talabnoma boʻyicha ishlaydigan pensionyerlarga pensiya, nafaqalar, kompensatsiyalar, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolasi bor ota-onalarga qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlovlarini moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxslar hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga yuridik shaxslar xarajatlarini toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olish uchun oylik talabnomalarni mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl boʻyicha (keyingi oʻrinlarda — talabnoma deb yuritiladi) taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning taqdim etilgan talabnomalarda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha maʼlum davr uchun buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha hisoblab yozilgan summalardan ortiq boʻlgan xarajatlar summalarini koʻrsatishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari talabnomalarning toʻgʻri tuzilganligini tekshirishga majburdirlar va talabnomalar summasini ularga ilova qilingan reyestrlar bilan taqqoslaydi, zarur boʻlganda yuridik shaxslardan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos boʻlib hisoblangan birlamchi hujjatlarni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan yuridik shaxslar tomonidan (budjet tashkilotlaridan tashqari) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarning toʻlanishi uchun kelib tushgan mablagʻlarni kirim qilish uchun yuridik shaxslar, ularning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda 888 ShHR bilan ikkilamchi hisobvaraqlarni ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan yuridik shaxslarning, jumladan, davlat budjetidan dotatsiya oluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga kelib tushadigan mablagʻlarga, Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son) belgilangan yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda, ularni hisobdan chiqarish tartibi tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlariga Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlar ularning budjet mablagʻlari boʻyicha tegishli depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlarni ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjet tashkilotlari budjet tasnifi boʻlimlari boʻyicha alohida talabnoma tuzadi va xarajatlar amalga oshiriladigan ushbu boʻlimlarni (depozit va shaxsiy) hisobvaraqlarini belgilab koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yuridik shaxslardan buyurtmanomalarni olishlari bilan Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari belgilangan tartibda yuridik shaxslarning 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga va budjet tashkilotlarining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlariga yoki gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlarining shaxsiy hisobvaraqlariga yuqorida keltirib oʻtilgan xarajatlarni toʻlash uchun zarur mablagʻlarni oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar (budjet tashkilotlari ham) Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha hisoblab yozilgan xarajatlar boʻyicha mablagʻlarni toʻlaydilar, banklar esa belgilangan muddatlarda beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun olingan mablagʻlar qatʼiy nazoratda boʻlishi va faqatgina buyurtmanomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin. Hisob-kitoblarda kerakli summalarni ataylab buzib koʻrsatishga va ulardan maqsadga nomuvofiq foydalanishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda toʻlov intizomiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuridik shaxslar (budjet tashkilotlaridan tashqari) oʻz mablagʻlari mavjud boʻlgan hollarda, keyinchalik toʻlangan summalarni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash evaziga pensiyalar, kompensatsiyalar va nafaqalarni ish haqini toʻlash kunida oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlashni amalga oshirish huquqiga egalar. Yuridik shaxslar tomonidan toʻlangan summalarning qoplanishi Pensiya jamgʻarmasidan olingan mablagʻlar 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaragʻidan xarajatlar ularning toʻlab berilgan asosiy hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar oʻrniga oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini va bir martalik bola tugʻilishi munosabati bilan beriladigan nafaqalar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallarining toʻlanishi, shuningdek Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishi hisobi, hisobotlar va ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yuridik shaxslar yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanishi boʻyicha hisob-kitoblarni oʻzlari soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari bilan yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuridik shaxslar (kredit tashkilotlardan tashqari) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozish hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni qoplashni belgilangan tartibda amalga oshiradilar va uni quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish haqi tarzidagi daromadlardan hisoblab yozilgan yagona ijtimoiy toʻlov summalari xarajatlarini hisobga olish hisobvaraqlarida (2000, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400) 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻi krediti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolarning ish haqidan ushlangan sugʻurta badallari summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻida 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻining krediti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tegishli pensiyalar va nafaqalarning talab qilingan summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻi debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tegishli mablagʻ summalarining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan kelib tushishi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xodimlarga tegishli pensiyalar va nafaqalar boʻyicha mablagʻlar summasi toʻlovi pul mablagʻlarini hisobga olish hisobvaraqlarida 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻining debeti boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kredit tashkilotlari (banklar, kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozish hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni qoplash belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga asosan ushbu maqsad uchun koʻzda tutilgan tegishli hisobvaraqlarda hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobida yagona ijtimoiy toʻlov hisoblab yozilishi va oʻtkazilishi, shuningdek Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nafaqalar, pensiyalar, kompensatsiyalar, xodimlar ish haqi tarzidagi daromadlaridan ushlab qolinadigan majburiy sugʻurta badallar toʻlovlarining aks ettirilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yuridik shaxslar har chorakda moliyaviy buxgalteriya hisobotini taqdim etish muddatlarida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga mablagʻlarning Pensiya jamgʻarmasi hisobidan sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻsib boruvchi yakun asosida, mazkur Nizomning 5-ilovasidagi shakl boʻyicha taqdim etishlari va bir vaqtning oʻzida mazkur Nizomning 6-ilovasidagi shakl boʻyicha solishtirma dalolatnomasini tuzgan holda hisob-kitoblarni solishtirishni amalga oshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari hamda Pensiya jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalari belgilangan tartibda har oylik va choraklik asosda oʻzlarining tegishli yuqori organlariga yigʻma hisob-kitoblar (oylik) va hisobotlarni (choraklik) taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlar, shuningdek majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlarning turlari boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisida tezkor hisobot — har oyda keyingi hisobot oyning 10-sanasiga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlar hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha hisobot — yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari topshirilgandan soʻng 15 kun ichida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari va tijorat banklarining filiallari har oy Pensiya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻ turlari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 8-sanasiga qadar solishtirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish natijalari yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlari boʻyicha haqiqiy tushum miqdori toʻgʻrisidagi solishtirma dalolatnomada uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida, xizmat koʻrsatuvchi tijorat bank filialida va Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimida solishtirma dalolatnomasi bir nusxadan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomasi nusxalari oʻz navbatida Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalariga, hududlardagi davlat soliq boshqarmalariga va Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalariga kelgusi kundan kech qolmagan holda yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hududiy davlat soliq boshqarmalari, Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari va Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari har oy Pensiya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻ turlari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar solishtirishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish natijalari yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlari boʻyicha haqiqiy tushum miqdori toʻgʻrisidagi solishtirma dalolatnomada uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy davlat soliq boshqarmasida, Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmasida va Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasida solishtirma dalolatnomasining bir nusxasi qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomasi nusxalari oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, Davlat soliq qoʻmitasiga hamda Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga kelgusi kundan kechiktirilmasdan yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga toʻlovlar boʻyicha har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar oʻsib boruvchi yakun bilan solishtirma dalolatnomalar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirma dalolatnomalar bir nusxadan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov, sugʻurta badallari va boshqa toʻlovlar boʻyicha maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari filiallari tushumlarni oʻz vaqtida Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalarida ochilgan Pensiya jamgʻarmasining tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilishi boʻyicha javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tijorat banklari tomonidan tushumlarni oʻz vaqtida Pensiya jamgʻarmasi tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilishi boʻyicha nazorat Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan tushumlarni oʻz vaqtida tegishli tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilmagan holatlar aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yagona ijtimoiy toʻlovdan bir qismi koʻrinishidagi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga ajratmalar boʻyicha solishtirma dalolatnomalar tuzish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yagona ijtimoiy toʻlovdan bir qismi koʻrinishidagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ajratmalar boʻyicha solishtirma dalolatnomalar tuzish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tushgan mablagʻlar va davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari toʻgʻrisida yigʻma hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov va davlat ijtimoiy sugʻurtasiga sugʻurta badallari xarajatlariga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidan talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yuridik shaxslar tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga amalga oshirilgan yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallar hamda Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash boʻyicha summalar hisob-kitoblarining toʻgʻriligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlovlar va sugʻurta badallari boʻyicha xarajatlarni hisoblash tartibi va toʻlov muddatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Pensiya, nafaqa va kompensatsiyalar toʻlovi xarajatlari, shuningdek yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarini oʻz vaqtida moliyalashtirilishi ustidan monitoring Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 9-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi “b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha HISOB-KITOB*
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Oʻlchov birligi
Yillik summa
Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlari soni
010
Birlik
Oldingi yildagi maʼlumotlar boʻyicha koʻrsatilgan ishlarda band boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni
020
Birlik
Qonunning 12-moddasi “b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlarida band boʻlgan barcha xodimlarga toʻlangan yillik ish haqi summasi
030
Soʻm
Oʻtkazilishi lozim boʻlgan summa (hisob-kitobning 030-satri x 0,03 x 0,6)
040
Soʻm
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan
050
Soʻm
Lozim:
060
Qoʻshimcha toʻlanishi
061
Soʻm
Kamaytirilishi
062
Soʻm
Rahbar
_______________________
(imzo)
Bosh buxgalter
_______________________
(imzo)
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Hisobot yilida bir marotaba, 20___ yilning 15-yanvariga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha HISOB-KITOB
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Oʻsib boruvchi yakun bilan
Pensiyalarni toʻlovi boʻyicha xarajatlarning qoplanishi boʻyicha hisoblab yozilgan summa
010
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi
020
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan
030
Lozim:
040
Qoʻshimcha toʻlanishi
041
Kamaytirilishi
042
Oʻtgan hisobotga asosan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi
050
Rahbar
__________________
(imzo)
Bosh buxgalter
__________________
(imzo)
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalliklari boʻyicha tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash uchun toʻlangan mablagʻ boʻyicha HISOB-KITOB (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari)
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Oʻsib boruvchi yakun bilan
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalliklari boʻyicha tayinlangan nogironlik pensiyalarini toʻlashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi
010
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi
020
Oʻtgan hisobotga asosan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi
030
Rahbar
__________________
(imzo)
Bosh buxgalter
__________________
(imzo)
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STIR
0
3
-varaq
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalliklari boʻyicha tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash uchun toʻlangan mablagʻ boʻyicha HISOB-KITOB (mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun)
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Oʻsib boruvchi yakun bilan
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalliklari boʻyicha tayinlangan nogironlik pensiyalarini toʻlashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi, shu jumladan:
010
hisobot choragining birinchi oyi uchun
011
hisobot choragining ikkinchi oyi uchun
012
hisobot choragining uchinchi oyi uchun
013
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi, shu jumladan:
020
hisobot choragining birinchi oyi uchun
021
hisobot choragining ikkinchi oyi uchun
022
hisobot choragining uchinchi oyi uchun
023
Oʻtgan hisobotga asosan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoplanish summasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot shtampi
____________________________budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga
______________________________boʻyicha
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimining shtampi yoki belgisi
Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni, shu jumladan, ayollar:
__________________ __________________
20_____ yil ________________ uchun xarajatlarni toʻlashga budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga mablagʻlarni olishga TALABNOMA*
Mehnatga layoqatsizlikning haqiqatdagi kunlari soni
Haqiqatdagi xarajatlar (soʻmda)
1
2
3
4
5
1.
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya
shu jumladan:
a) 100% oluvchilarga
b) 50% oluvchilarga
2.
Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar
3.
Dafn etish marosimi uchun nafaqalar
4.
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalariga qoʻshimcha dam olish kunlari haqining toʻlanishi
5.
Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga (bundan budjet tashkilotlari mustasno) kompensatsiya pul toʻlovlarining toʻlanishi
Shu jumladan, quyidagilarni oluvchilarga:
a) eng kam ish haqi miqdorining 45%ini
b) eng kam ish haqi miqdorining 18%ini
JAMI:
Tashkilotning rahbari
________________
(imzo)
Bosh buxgalter
________________ M.Oʻ.
(imzo)
Ijtimoiy sugʻurtalash boʻyicha komissiya raisi (vakolatli vakili)
________________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar muddatda Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4a-ilovasidagi shakl boʻyicha reyestr majburiy ilova qilingan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot shtampi
_________________________ budjetdan tashqari
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga
__________________________________________dan
(tashkilotning toʻliq nomi)
STIR ___________________
20__ yil ___________da budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ olish uchun tashkilotning xodimlari REESTRI
T/r
F.I.Sh.
Jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaragʻining tartib raqami*
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlov
1.
2.
JAMI:
Uy-joy va kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlovi (budjet tashkilotlaridan tashqari)
1.
2.
JAMI:
HAMMASI
x
x
x
x
x
x
Tashkilot rahbari
___________________
(imzo)
M.Oʻ
Bosh hisobchi
___________________
(imzo)
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya raisi (vakolatli vakil)
___________________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining tartib raqami koʻrsatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** hujjat nomi (pensiya topshiriqnomasi (shakl-25), kasallik varaqasi, FHDY maʼlumotnomasi, 16-yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qoʻshimcha dam olish kuni uchun tashkilotning buyrugʻi, oylik kompensatsiya oluvchilarga imtiyoz beruvchi guvohnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot shtampi
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimining shtampi yoki belgisi
______________________ budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga
_________________________________ boʻyicha
Olindi _______________
(tashkilotning toʻliq nomi)
BXUT boʻyicha KTUT boʻyicha XXTUT boʻyicha MHOBT boʻyicha DBIBT boʻyicha MShCh boʻyicha STIR _________
20___ yilning ____________ oyida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisida HISOBOT
T/r
Moddalar nomi
Oluvchilar soni (birligi)
Hisobot choragi uchun (ming soʻm)
Ortib boruvchi yakun boʻyicha (ming soʻm)
1.
Ishlovchilarning roʻyxatdagi oʻrt�cha soni (birligi)
1.1.
shu jumladan, ayollar
2.
Ishlaydigan pensionyerlarga pensiyalar, jami
Shu jumladan:
2.1.
a) 100% miqdorida oluvchilar
2.2.
b) 50% miqdorida oluvchilar
3.
Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar
4.
Dafn marosimi nafaqalari
5.
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlov
6.
Uy-joy va kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlovi (budjet tashkilotlaridan tashqari)
Shu jumladan:
a) eng kam ish haqining 45% miqdorida oluvchilar
b) eng kam ish haqining 18% miqdorida oluvchilar
7.
Jami xarajatlar
8.
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar olingan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш