Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 9-sentabr,
PF-4362-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 9-sentabrdagi PF-4362-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari roʻyxatining III boʻlimi 6-bandidagi “Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5069-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻkotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 447-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli qarori bilan tasdiqlangan oʻrta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha tadbirlar kompleksining 4-bandidagi “masʼul ijrochilar” grafasida “Patent idorasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 366-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda)