Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINING ELEKTRON NUSXASINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 2-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1055-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1997-y., 9-son, 230-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi “2011—2015-yillarda Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi islohotlar koʻlamini chuqurlashtirish va kengaytirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirish mezonlari va baholash tizimlarini belgilash hamda amalga oshirish Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1464-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2001-yil 23-iyundagi 02/20-16-son “Bojxona yuk deklaratsiyasining elektron nusxasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1055, 2001-yil 25-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror 2011-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi.
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2011-yil 16-avgust,
01-02/15-15-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 370-modda)