01.05.2009 yildagi 85-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining buyrugʻi, 01.05.2009 yildagi 85-son
Кучга кириш санаси
07.06.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
METALLURGIYA IShLAB ChIQARIShLARI UChUN UMUMIY XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 28-may, 20-15-195/12-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1 may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 1 maydagi 85-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
METALLURGIYA IShLAB ChIQARIShLARI UChUN UMUMIY XAVFSIZLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 16-oktabrda 979-son bilan roʻyxatga olingan “Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari”ga (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 20-son) muvofiq ishlab chiqilgan va metallurgiya ishlab chiqarishlarida qoʻllaniladigan texnologik qurilmalar tuzilishiga, shuningdek texnologik jarayonlarni boshqarish, nazorat qilish hamda tartibga solish tizimlaridan foydalanishda sanoat xavfsizligi talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
І BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar, atamalar va qisqartmalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
blokirovka — texnik qurilma, mashina ish organlari yoki elektr sxemalarini maʼlum holatda tutib turishni taʼminlaydigan uslublar va vositalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma-ruxsatnoma — bir yuridik shaxs (pudratchi) xodimlarining boshqa yuridik shaxs (buyurtmatchi) hududida ishlarni bajarish shartlarini aniqlovchi, ikkala yuridik shaxs xodimlarining mehnat xavfsizligini taʼminlovchi, kelishilgan tashkiliy va texnik tadbirlar roʻyxatini qayd qiluvchi, pudratchi bajaradigan ishlarga buyurtmachining yozma ruxsati boʻlib, ikkala yuridik shaxsning vakolatli vakillari imzolagan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy taʼmirlash — uskunani taʼmirlash grafiklariga koʻra uskunaning ish qobiliyatini taʼminlash yoki qayta tiklash uchun bajariladigan va alohida qismlarini almashtirish va (yoki) qayta tiklashdan iborat taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrni — xodimning bajaradigan ishi bilan bogʻliq boʻlgan joy, u shu joyda boʻlishi yoki shu joyga kelishi lozim va bu joy ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni tashkil etish loyihasi (ITEL) — kapital va joriy taʼmirlashlarga tayyorgarlik koʻrishda va bajarishda mehnat va sanoat xavfsizligini taʼminlovchi texnik va tashkiliy qarorlarni kelishish uchun ishlab chiqarish tarkibiy boʻlinma mutaxassislari ishlab chiqqan tashkiliy-texnologik hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital taʼmirlash — texnik qurilmaning sozligini qaytadan tiklash, hamda uning resursini asosiy va umuman har qanday qismini almashtirish yoki tiklash yoʻli bilan toʻliq yoki deyarli toʻliq qayta tiklash uchun bajariladigan taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naryad-ruxsatnoma — bajariladigan ishga topshiriq, joriy qilingan shakldagi blankada tuzilib va ishning mazmuni, joyini, shu ishga taalluqli xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini, bexatar bajarish shartlarini, uning boshlanish va tugash vaqtini, ijrochilar va ishlarni bexatar olib borishga masʼul xodimlar tarkibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt — xavfi yuqori boʻlgan ishlar bajariladigan hudud, bino, inshoot, agregat, texnik qurilma, mashina, mexanizm, kommunikatsiya, uskuna, mahsulot va hokazolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot texnik rahbari — tashkilotning texnik xizmatlari faoliyati rahbari, texnologiyani takomillashtirishni va ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlaydi, tashkilotda sanoat xavfsizligi talablariga amal qilinishini nazorat qiladi. Tashkilot rahbarining birinchi muovini hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik qurilma — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnologik uskuna, agregatlar, texnik tizimlar (komplekslar), apparatura, asboblar, ularning uzel va tarkibiy qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayon — ishlab chiqarish jarayonining qismi, mehnat predmeti holatini oʻzgartirish va (yoki) aniqlashga qaratilgan maqsadli harakatlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: 1. Texnologik jarayon mahsulotga, uning tarkibiy qismiga yoki qayta ishlash, shakliy tuzilish va yigʻish uslublariga taalluqli boʻlishi mumkin. 2. Mehnat predmetlariga zagotovka va mahsulotlar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik yoʻriqnoma — mahsulot tayyorlash texnologiyasiga va texnologik jarayonlar oʻlchamlariga majburiy talablarni oʻrnatadigan hujjat, tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfi yuqori boʻlgan ishlar — bajarish paytida xodimga xavfli va (yoki) zararli ishlab chiqarish omillari taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ishlar, ularni boshqarish uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlovchi tegishli choralar qoʻllash talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ABER — avariyani bartaraf etish rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NOʻA va A — nazorat-oʻlchash asboblari va avtomatizatsiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAS — tez alangalanadigan suyuqlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChRBK — chegaraviy ruxsat berilgan konsentratsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShHV — shaxsiy himoya vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EMM — elektr magnit maydoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HBM — havo boʻlinishi mahsulotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) sanoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan talablarni belgilab beradi va ularning bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qarori bilan tasdiqlangan (Oʻz.R QT, 2004-y., 28-son, 321 b.; 2006-y., 41-son, 414 b.) “Oʻzbekiston Respublikasi sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi” Nizomga muvofiq “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi organlari nazorat qiladigan texnik qurilmalarni loyihalash, tayyorlash, montaj qilish va taʼmirlash, metallurgiya ishlab chiqarishlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilotlar uchun (ularning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Metallurgiya ishlab chiqarishlarining xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotganda loyiha hujjatlarida ijro hokimiyatining sanoat xavfsizligi sohasida maxsus vakolat berilgan Davlat organi — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tasdiqlagan sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq loyiha hujjatlaridan tashqari texnik qurilmalar, bino va inshootlar, shuningdek sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar ham sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertiza qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilish chogʻida ushbu obyektning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning ushbu obyektdan foydalanishga va avariya oqibatlarini lokallashtirish hamda bartaraf etishga tayyorligi tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har qaysi foydalanuvchi tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish nazorati toʻgʻrisida nizom ishlab chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish uchun javobgarlik foydalanuvchi tashkilot rahbariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan bunday vazifalar belgilangan shaxslarga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini bexatar olib borish tartibi va shartlarini, avariya vaziyatlarida va taʼmirlash ishlarini bajarish chogʻida xodimlarning xatti-harakatini belgilab beruvchi meʼyoriy-texnik va foydalanish hujjatlari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjatlar kamida besh yilda bir marta, portlash-yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarishlarda esa kamida uch yilda bir marta, shuningdek ushbu hujjatlar uchun asos qilib olingan meʼyoriy hujjatlar oʻzgarganda, avariya va baxtsiz hodisalarni tekshirish boʻyicha tuzilgan komissiya xulosalari natijalari boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sanoat xavfsizligi, texnologik jarayonni olib borish, uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashga doir talablarni oʻz ichiga olib ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnomalarni tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yangi ishlab chiqarishlar, texnologik jarayonlar va texnik qurilmalar oʻzlashtirilganda ularni ishlab chiqqan va tayyorlagan tashkilotlar tomonidan texnologik jarayonlarni olib borish va texnik qurilmalardan bexatar foydalanishni taʼminlovchi vaqtinchalik yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik yoʻriqnomalar yangi ishlab chiqarishlar uchun koʻpi bilan bir yil mobaynida amal qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga tushirilayotgan portlash-yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarishlar va texnologik jarayonlar uchun ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish chogʻida portlash-yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Rahbarlar, mutaxassislar va ishlab chiqarish xodimlarini oʻqitish va attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Rahbarlar va mutaxassislar loyihalash, qurilish, montaj va korxonadan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga kirayotganlarida mustaqil ish boshlashga ruxsat olish uchun mazkur Qoidalar hamda ularning ish uchastkasiga taalluqli boʻlgan mehnat muhofazasi qoidalari va yoʻriqnomalari boʻyicha bilimlari yuzasidan sinovdan oʻtishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbarlar va mutaxassislarning mehnat muhofazasi qoidalari va yoʻriqnomalari boʻyicha bilimlarini davriy tekshirish kamida uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchilarni mehnat xavfsizligiga oʻqitishni tashkil etish va yangi ishchilarni (kasbi boʻlmagan yangi ishga kiruvchilar yoki kasbini oʻzgartirayotganlar) tayyorlash, ishchilar malakasini oshirish GOST 12.0.004-90 “SSBT. Mehnat xavfsizligiga oʻqitishni tashkil etish. Umumiy qoidalar” va “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va bilimlarni tekshirish toʻgʻrisida namunaviy nizom” (1996-yil 14-avgustda 272-son bilan roʻyxatga olingan) talablari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishga kiruvchi ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtishlari, ishlovchilar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 6-iyundagi 300-son buyrugʻiga muvofiq davriy koʻrikdan oʻtishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashkilotda uning texnik rahbari tasdiqlagan xavfi yuqori boʻlgan ishlar roʻyxati ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xavfi yuqori boʻlgan ishlar naryad-ruxsatnoma boʻyicha bajarilishi kerak (1-ilova*). Naryad-ruxsatnoma konkret sharoitlarda ishlarni bajarish xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi va naryad-ruxsatnomalarni roʻyxatga olish jurnalida qayd etilishi kerak (3-ilova*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 3 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xavfi yuqori boʻlgan ishlar kamida ikki kishidan iborat brigada tomonidan, agar ishlar texnik qurilma va apparatlar ichida bajarilsa, kamida uch kishidan iborat brigada tomonidan bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik qurilmalarga sexning doimiy xodimlari tomonidan reglament asosida xizmat koʻrsatiladigan vaqti-vaqti bilan takrorlanuvchi xavfi yuqori boʻlgan ishlar tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan maxsus ishlab chiqilgan yoʻriqnomalar boʻyicha bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har qaysi tashkilotda avariyalarni bartaraf etish rejalari (ABER) tuzilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ABER kamida uch yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi va avval tasdiqlangan rejaning amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasida belgilangan chegaraviy miqdordagi xavfli moddalari boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa xavfli ishlab chiqarishlar va obyektlar uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish majburiyligi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xavfli metallurgiya obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishda ziyon yetkazganlik uchun javobgarlik boʻyicha sugʻurta shartnomasi tuzishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlar (obyektlar)ni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqlashtirish tashkilot rahbariyati tomonidan “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organlari bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish va obyektlar mazkur Qoidalar talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar ishlab chiqarishdan foydalanish xavfsizligini taʼminlovchi qoʻshimcha tadbirlar ishlab chiqishlari va ular “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organlari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. TEXNOLOGIK QISM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Texnik qurilma va ish oʻrinlarining joylashishiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Texnik qurilmalarning joylashishi ishlab chiqarish jarayonlarining amaldagi umumiy xavfsizlik talablariga, texnologik loyihalash meʼyorlariga, qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq ulardan foydalanish xavfsizligini, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash qulayligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashkilotning ishlab chiqarish binolarida quyidagilar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv shitlariga xizmat koʻrsatish fronti boʻylab kengligi kamida 2,0 m boʻlgan maydonchalar (doimiy ish oʻrinlari boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik qurilmalarga doimiy xizmat koʻrsatiladigan joylarda kengligi kamida 1,0 m boʻlgan maydonchalar va vaqti-vaqti bilan xizmat koʻrsatiladigan joylarda kengligi kamida 0,8 m boʻlgan maydonchalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) montaj va demontaj qilinadigan uskunalarni, montaj va taʼmirlash ishlarini bajarish uchun zarur moslamalarni, asboblar va yordamchi materiallarni joylashtirish uchun yetarli oʻlchamlardagi taʼmirlash (montaj qilish) maydonchalari. Bunda ishchi oʻtish yoʻllari va maydonchalarning oʻlchamlarini qisqartirish, shuningdek asosiy va zaxira chiqish joylarini toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ish oʻrinlarining xavfsizligi GOST 12.2.061-81 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Ish oʻrinlariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari” va boshqa amaldagi tegishli standartlar talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Texnologik jarayonlarning umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Texnologik jarayonlar tasdiqlangan texnologik yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan texnologik yoʻriqnomalarda koʻzda tutilmagan ishlar va operatsiyalarni bajarishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Eritish agregatlarining ishchi maydonchalarida va erigan metall yoki shlak tushishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarda namlik, eritmalar bilan oʻzaro reaksiyaga kirishadigan oson parchalanuvchi material va moddalar boʻlishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nam shixta va materiallarni ichida erigan metall yoki shlak boʻlgan agregatga yuklash, shuningdek erigan metall yoki shlakni ichida namlik yoki nam materiallar boʻlgan agregat yoki idishlarga quyish ruxsat etilmaydi. Eritish agregatlariga yuklanadigan shixta yoki boshqa komponentlardagi namlik yoki tarkibida birikkan holda suv boʻlgan materiallarning chegaraviy miqdori agregatning texnologik yoʻriqnomasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Suv bilan sovutish tizimining germetikligi buzilgan eritish agregatlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Portlash-yongʻin xavfi boʻlgan yoki zaharli moddalar qoʻllaniladigan (hosil boʻladigan) texnologik jarayonlarni bajarish chogʻida ishlatiladigan texnik qurilmalar va kommunikatsiyalar germetik boʻlishi kerak. Agar uskunani toʻliq germetiklash imkoniyati boʻlmasa, xavfli moddalar ajralib chiqadigan joylar muhitni nazorat qilish vositalari va mahalliy soʻrish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Germetiklash qurilmalari muntazam koʻzdan kechirib turilishi kerak. Germetikning buzilishi zudlik bilan bartaraf etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ishlayotgan yoki yangi barpo etilayotgan (tajriba) texnik qurilmalarda tajriba ishlarini bajarish bilan bogʻliq yangi texnologik jarayonlarni joriy etish texnik jihatdan asoslangan hollarda, ushbu ishlarni bajarish xavfsizligini taʼminlovchi tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan vaqtinchalik texnologik yoʻriqnomalar boʻyicha bajarish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Texnologik jarayonlarni avtomatik va uzoqdan turib boshqarish, nazorat qilish tizimlari, avariyalarga qarshi himoya, aloqa va xabar berish tizimlari ishlab chiqarish jarayonlarining va texnologik operatsiyalarning ishonchli va bexatar olib borilishini qabul qilingan texnologik reglament va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bajarilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hajmi texnologik loyihalash meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarish tizimlari zamonaviy nazorat, avtomatika, hisoblash texnikasi va axborot vositalari bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblash va mikroprotsessor texnika vositalari asosida tashkil etilgan texnologik jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish tizimlari amaldagi standartlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda texnologik uskunaning belgilangan ish rejimi buzilganda ishlab ketadigan texnologik, ogohlantirish va avariya signalizatsiyasi, blokirovkalar va himoya tadbirlari koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Boshqaruv pultlari, postlari va panellari texnologik loyihalash meʼyorlariga binoan aloqa va signalizatsiya vositalari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yorugʻlik va tovush signalizatsiyasi tizimi foydalanuvchi xodimlarni texnik qurilmalarning ishga tushganligi, toʻxtaganligi va belgilangan ish rejimi buzilganligi toʻgʻrisida ogohlantirilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Boshqaruv xonalari, pultlar, postlar va panellar xizmat koʻrsatish uchun qulay, xavfsiz, xizmat koʻrsatilayotgan texnik qurilma yaxshi koʻrinadigan joylarda joylashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yuqori haroratli hududda joylashgan boshqaruv xonalari issiqlik taʼsiridan himoyalangan boʻlishi kerak. Derazalar ochilmasligi va issiqlikni qaytaruvchi maxsus oynalar yoki oyna paketlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Boshqaruv xonalari yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq oʻt oʻchirish vositalari bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Texnik qurilmalarning boshqaruv organlari GOST 12.2.064-81 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasining boshqaruv organlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga va boshqa amaldagi standartlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatorlar ish oʻrinlarining tuzilishi GOST 12.2.032-78 “SSBT. Oʻtirib ishlash paytida ish oʻrni. Umumiy ergonomik talab”, GOST 12.2.033-78 “SSBT. Turib ishlash paytida ish oʻrni. Umumiy ergonomik talab”larda ishlarni oʻtirib yoki turib bajarganda qoʻyiladigan umumiy ergonomik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bir biriga zid boʻlgan operatsiyalarga xizmat qiluvchi boshqaruv mexanizmlari ikkala boshqaruv tizimi bir vaqtning oʻzida ishga tushmasligi uchun blokirovkalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bitta operatsiyaning qoʻl va pedalli boshqaruv tizimlari mavjud boʻlsa, ikkala boshqaruv tizimini bir vaqtning oʻzida ishga tushmasligi uchun blokirovka koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Nazorat-oʻlchash asboblari, ishlab chiqarish signalizatsiyasi va aloqa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Boshqaruv shitlari, pultlari, postlari va panellarida joylashgan nazorat-oʻlchash asboblarining boshqaruv, signalizatsiya va elektr toki taʼminoti sxemalarida ularda elektr tok kuchlanishi borligini bildiruvchi signalizatsiya boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Uzoqdan turib boshqariladigan texnik qurilmalar oʻrnatilgan joyida ham, uskunani boshqarish joyida ham texnologik jarayon parametrlarini koʻrsatuvchi nazorat-oʻlchash asboblari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat-oʻlchash asboblari kuzatish va tartibga solish uchun qulay va xavfsiz joylarda oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Nosoz yoki qiyoslash muddati oʻtgan nazorat-oʻlchash asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oʻlchash vositalari ustidan nazorat va idoraviy tekshiruv amaldagi standartlarning talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Elektr asboblari va shitlar yerga ulangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Nazorat-oʻlchash asboblari va avtomatizatsiya (NOʻA va A) hamda boshqaruv tizimlari ehtiyoji uchun beriladigan siqilgan havo tarmoqlarida tizimlarning bir soat mobaynida ishlashini taʼminlaydigan bufer sigʻimlar oʻrnatilishi kerak. Agar NOʻA va A hamda boshqaruv tizimlarini havo bilan taʼminlash havoning uzluksiz berilishini taʼminlovchi umumzavod quruq siqilgan havo tarmogʻidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan boʻlsa, bufer sigʻimlar oʻrnatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NOʻA va A hamda boshqaruv tizimlari ehtiyoji uchun beriladigan siqilgan havoning sifati amaldagi standartlarning talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq ishlab chiqarish uchastkalari va texnik qurilmalar ikki tomonlama baland tovushli va telefon aloqasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Avtomatik, rostlash va qoʻl rejimlarida ishlashi koʻzda tutilgan texnik qurilmalarda ularning ushbu ish rejimida yurgizilishini bildiruvchi signalizatsiya boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Aloqa va signalizatsiya vositalari ishlab chiqarish xodimlarining eng yuqori koʻrish va eshitish imkoniyati boʻlgan joylarda oʻrnatiladi, shuningdek xizmat koʻrsatish uchun qulay va xavfsiz boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Signallarning maʼnosi va signal berilganda ishlab chiqarish xodimlarining oʻzini tutish qoidalari, shuningdek signal berish huquqiga ega shaxslar roʻyxati tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan ishlab chiqarish yoʻriqnomalarida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Signal va blokirovka qurilmalari nosoz boʻlgan texnik qurilmalar, shuningdek barcha turdagi texnologik, relsli va relssiz zavod ichki transportidan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Asboblar, avtomatizatsiya vositalari, signalizatsiya, uzoqdan turib boshqarish va himoya blokirovka qurilmalari ustidan ularning soz holda ishlashini taʼminlovchi doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Boshqaruv, nazorat tizimlari va signalizatsiya asboblari va elementlariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalardan texnik foydalanish qoidalari” (2004-yil 9-iyulda 1383-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 27-son, 317-bet) va “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2004-yil 20-avgustda 1400-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, 379-bet) talablariga binoan tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislar tomonidan bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Boshqaruv, nazorat tizimlari va signalizatsiya asboblari va elementlarini almashtirish davrida texnologik jarayonlarni qoʻl rejimida bajarish xavfsizligini taʼminlovchi chora-tadbirlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Aspiratsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Aspiratsiya tizimlari chang-gaz-havo aralashmalari koʻrinishidagi xavfli va zararli moddalar (gaz, bugʻ, chang, aerozollar)ni ular hosil boʻlgan joylardan chiqarib yuborilishini va ishlab chiqarish binolari ish hududi havosida bunday moddalarning miqdori GOST 12.1.005-88 “SSBT. Ish hududi havosiga qoʻyiladigan umumiy sanitariya-gigiyena talablari”, SanQM 0046-95 “Ish hududi havosida zararli moddalarning chegaraviy ruxsat berilgan konsentratsiyasi (ChRBK)”larda belgilangan chegaraviy ruxsat berilgan konsentratsiyalar (ChRBK) darajasidan oshmasligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aspiratsiya tizimlarini oʻrnatish amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ishlab chiqarish xonalarida aspiratsiya tizimlarini oʻrnatmasdan havoni xavfli va zararli moddalar bilan ifloslantirish manbalari boʻlgan texnik qurilmalar va texnologik transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Aspiratsiya uskunalari texnik qurilmalar ishga tushirilgunga qadar yurgizilishi, ular toʻxtagandan keyin esa ish hududi havosida xavfli va zararli moddalar konsentratsiyasi ChRBKdan ortiq hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan vaqt oʻtgandan soʻng oʻchirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Agar avtomatik tarzda ishga tushadigan aspiratsiya uskunalari boʻlsa, aspiratsiya uskunasi yaqinida bevosita qoʻshimcha ishga tushirish qurilmalari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Agar ish oʻrnida ventilatsiya tizimi bexosdan (avariya) oʻchib qolsa ishlab chiqarish jarayoni (texnik qurilma)ni toʻxtatish imkoni boʻlmasa yoki ishlab chiqarish jarayoni (texnik qurilma) toʻxtatilganda ish hududiga ChRBKdan ortiq miqdorda zararli moddalar ajralib chiqishi davom etsa, avtomatik tarzda ishga tushadigan zaxira ventilyatorlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Aspiratsiya tizimlari germetik boʻlishi kerak. Aspiratsiya tizimlarining germetikligi muntazam tekshirilishi, aniqlangan nozichliklar bartaraf etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrnidagi soʻrish qurilmalari konstruksiyasi uskunaga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash ishlarini qiyinlashtirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Chiqarib olinayotgan chang-gaz-havo aralashmalar atmosferaga chiqarilishdan oldin tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Portlash-yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarish binolarida aspiratsiya qilinishi zarur boʻlgan chang-gaz-havo aralashmalaridagi portlash-yongʻin xavfi boʻlgan moddalarning mavjudligi tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnoma va grafikka binoan tekshirilishi kerak. Bunday moddalarning maksimal ajralib chiqish rejimidagi konsentratsiyasi alanga tarqalishining quyi konsentratsiya chegarasining 50% dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida suv taʼsirida portlashga xavfli va zaharli modda (gaz)lar ajratadigan modda va materiallar boʻlgan havoni namlab tozalash apparatida tozalash chang-gaz-havo aralashmalari konsentratsiyasi alanga tarqalish quyi konsentratsiya chegarasining 20% idan, zaharli gazlar uchun esa — ChRBKdan ortiq hosil boʻlmasa ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Aspiratsiya tizimining chang tutish apparatlaridan changni olib tashlash uzluksiz yoki tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan grafik boʻyicha vaqti-vaqti bilan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Changni tashiydigan aspiratsiya tizimining kommunikatsiyalariga oʻtirib qolgan chang muntazam ravishda tozalanishi kerak. Aspiratsiya tizimlarida portlash-yongʻin va yongʻin xavfi boʻlgan changlarning toʻplanib qolishi ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Chang-gaz-havo aralashmalarini portlash-yongʻin va yongʻin xavfi boʻlgan changlardan tozalash uchun changni tindirish kameralaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Chang-gaz-havo aralashmalarini namlab tozalash apparatlaridan foydalanilganda apparat va kommunikatsiyalarni qiyin yuviladigan choʻkmalardan tozalash yoki ularning hosil boʻlishining oldini olish uchun chora-tadbirlar koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Yuvish uchun suyuqlik kelishi toʻxtaganda portlash-yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarishlarning aspiratsiya tizimlari, namlab tozalash apparatlari va ushbu tizimlar xizmat koʻrsatayotgan texnik qurilmalar zudlik bilan toʻxtatilishi kerak. Ularni toʻxtatish va ishga tushirish texnologik yoʻriqnomalarning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Aspiratsiya tizimlarining ish samaradorligini instrumental tekshirish kamida bir yilda bir marta, shuningdek har gal kapital taʼmir yoki rekonstruksiya ishlaridan keyin oʻtkazilishi kerak. Tizimlarni tekshirish dalolatnomalarini tashkilotning texnik rahbari tasdiqlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Texnologik quvur oʻtkazgichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Bosimi qoldiq 0,001 MPa (vakuum) dan 320 MPa gacha va ishchi harorati minus 196°S dan plyus 700°S gacha boʻlgan gazsimon, bugʻsimon va suyuq muhitlarni tashish uchun moʻljallangan poʻlat turgʻun texnologik quvur oʻtkazgichlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish amaldagi texnologik quvur oʻtkazgichlarni oʻrnatish va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan texnologik quvur oʻtkazgichlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda tashilayotgan muhitning fizik-kimyoviy xossalari va parametrlari hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Texnologik quvur oʻtkazgichlar ishlab chiqarish binolarida ochiq holda oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik quvur oʻtkazgichlarni kanallarda oʻtkazish faqat amaldagi loyihalash meʼyorlarida koʻzda tutilgan hollarda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Kislota, ishqor, boshqa agressiv moddalar uchun quvur oʻtkazgichlarni, shuningdek bugʻ quvurlarini ish maydonchalari, oʻtish yoʻllari va ish oʻrinlari ustidan oʻtkazishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik quvur oʻtkazgichlarni maʼmuriy-xoʻjalik va maishiy xonalar, elektr qurilmalari, NOʻA va A, ventilatsiya kameralari va issiqlik punktlari joylashgan xonalardan oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dudboʻronlar, borov (dudboʻronni pech bilan tutashtiruvchi quvur) va boshqa shu kabi qurilmalar orqali har qanday quvur oʻtkazgichni oʻtkazish ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Agressiv suyuqliklarni tashish uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlarning barcha flanetsli birikmalarida himoya qurilmalari (qoplamalar, tarnovlar va hokazolar) boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlar va transport harakatlanadigan joylar (yoʻllar, oʻtish joylari)da qoplamalar va tarnovlar agressiv suyuqlikni xavfsiz joyga olib boradigan qilib oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Quvur oʻtkazgichlarning binoga kirish joyida qulfli armatura, zarur hollarda — tartibga soluvchi armatura oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Quvur oʻtkazgich armaturasi foydalanish uchun qulay va xavfsiz joylarda oʻrnatilishi kerak. Uzoqdan turib boshqariladigan armaturani qoʻllash zaruriyati texnologik jarayon va xavfsizlikni taʼminlash sharoitlariga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik quvur oʻtkazgichlarning qulfli qurilmalari raqamlangan va oxirgi holatlarni bildiruvchi “Ochiq” — “Yopiq” koʻrsatkichlari boʻlishi kerak. Qulfli qurilmalarning raqamlari va kommunikatsiya sxemalaridagi boshqa belgilar texnologik yoʻriqnomalardagi raqam va belgilarga toʻgʻri kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Portlash va yongʻin xavfi boʻlgan yoki zaharli moddalarni tashish uchun moʻljallangan texnologik quvur oʻtkazgichlar uchun ularning boshlangʻich va soʻnggi nuqtalarida ularni inert gaz yoki suv bugʻi bilan puflash, suv yoki maxsus eritma bilan yuvish uchun armatura va tiqinli shtutserlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Puflash svechalarida puflash samaradorligini nazorat qilish uchun armaturali namuna olish qurilmasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inert gaz, bugʻ, suv yoki boshqa eritmalar quvur oʻtkazgichlarga ularning echiladigan uchastkalari yoki elastik shlanglar yordamida berilishi (chiqarilishi) kerak. Puflash (yuvish) tugagandan soʻng echiladigan uchastkalar yoki elastik shlanglar echib olinishi, qulfli armaturaga tiqin oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Bosim ostidagi quvur oʻtkazgichlarda, shuningdek siyraklashish ostidagi portlash va yongʻin xavfi boʻlgan bugʻ va gazlarni tashish uchun moʻljallangan quvur oʻtkazgichlarda har qanday turdagi taʼmirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼmirlash ishlariga portlash va yongʻin xavfi boʻlgan yoki zaharli moddalar toʻliq chiqarilgandan (puflash yoki yuvish ishlaridan) soʻng va muhit tekshirilgandan keyin kirishish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi gazlarni tashish uchun moʻljallangan va bosim ostida boʻlgan mavjud quvur oʻtkazgichlarga yangi quvur oʻtkazgichlarni kesib ulashni faqat tashqi quvur oʻtkazgich va apparatlarda bajarish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Gaz (siqilgan havo) yoki suyuqlik berish uchun moʻljallangan yeng (shlang)larni qoʻl asbobiga yoki texnik qurilma quvur oʻtkazgichiga ulash va ajratish ishlari ushbu moddalarning berilishi toʻxtatilgandan keyin va bosim tushirilgach bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Englar shtutser (nippel)larga ularning sirpanib chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus qisqichlar yordamida mahkamlanishi kerak. Bu maqsadda sim va qoʻlbola qisqichlardan foydalanish ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosim ostidagi gaz, suyuqlik, bugʻ uzatishda ishlatiladigan shlanglar (shu jumladan xorijiy)ni qoʻllash shartlari amaldagi standartlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Texnologik apparatlardan portlash va yongʻin xavfi boʻlgan moddalar chiqariladigan quvur oʻtkazgichlarda olovdan toʻsuvchi moslamalar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Toʻsiqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Xavf tugʻdiruvchi harakatlanadigan qismlarga ega barcha texnik qurilmalar GOST 12.2.062-81 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Himoya toʻsiqlari” va tegishli amaldagi standartlar talablariga binoan toʻsilgan boʻlishi kerak. Istisno sifatida funksional vazifasiga koʻra toʻsish ruxsat etilmaydigan, shuningdek 2,5 m dan ortiq balandlikda joylashgan va xavf tugʻdirmaydigan harakatlanuvchi qismlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻsiqlar texnik qurilma bilan bir komplektda yetkazib berilishi yoki loyihada koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik qurilmalarning toʻsiqlari nosoz yoki echib olingan boʻlsa ishlashi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlanuvchi qismlar toʻsigʻi turgʻun boʻlishi kerak. Agar texnik yoki texnologik sabablarga koʻra turgʻun toʻsiq oʻrnatishning imkoni boʻlmasa, echiladigan himoya va toʻsiq konstruksiyalardan foydalanish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻsiqlar yaxlit metall yoki toʻrsimon koʻrinishda yasaladi. Toʻrsimon toʻsiq kataklarining oʻlchami koʻpi bilan 20 x 20 mm boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar texnik qurilmalarning ijro organlari insonlar uchun xavf tugʻdirsa va toʻsish imkoni boʻlmasa, texnik qurilmani ishga tushirilganligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi signalizatsiya va uni toʻxtatish hamda elektr energiya manbalaridan uzish vositalari koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Texnik qurilmalarning ichiga joylashtirilmagan kontryuklar yuqorida koʻrsatilganday toʻsilishi yoki odamlarning xavfli hududga kirishiga yoʻl qoʻymaydigan yopiq yoʻnaltiruvchi qurilmalar (quduqlar, quvurlar, shaxtalar)da joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tishli, tasmali va zanjirli uzatmalarda, ularning joylashish balandligi va harakat tezligidan qatʼiy nazar, echiladigan yaxlit toʻsiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Echiladigan, koʻtariladigan va suriladigan toʻsiqlar, shuningdek ulardagi qopqoq va shitlar ularning bexosdan ochilishi yoki echilishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalar (qulflar, elektr qulflar, maxsus asboblar bilan ochish va hokazolar) bilan jihozlanishi, zarur hollarda toʻsiq ochilganda yoki echilganda ish jarayonining toʻxtashini taʼminlovchi blokirovkaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Texnik qurilmalardagi toʻsiqlarning sozligi har smenada tekshirilishi kerak. Aniqlangan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Texnik qurilmalar ishlayotgan paytda harakatlanuvchi qismlari va toʻsiqlarni taʼmirlash, qoʻlda tozalash yoki mahkamlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Toʻsiqni taʼmirlash uchun echib olish faqat texnik qurilma toʻliq toʻxtagandan keyin ruxsat etiladi. Taʼmirlash, koʻrik, tozalash ishlaridan keyin ishga tushirish toʻsiqlar oʻz joyiga oʻrnatilgandan soʻng va uning barcha qismlari mahkamlangandan keyin ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Maydonchalar va zinalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ishlab chiqarish binolari va inshootlarida qoʻllaniladigan maydonchalar, zinalar va ularning toʻsiqlarini oʻrnatish mazkur Qoidalar, amaldagi standartlar, qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Xona poli sathi (rejaviy belgi)dan 2,0 m va undan ortiq balandlikda joylashgan yordamchi uskunalar, quvur oʻtkazgich armaturasi, isitish va ventilatsiya agregatlariga xizmat koʻrsatish uchun doimiy maydonchalar va ularga zinalar koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan uzoqdan turib boshqariladigan qurilmalarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash uchun koʻchma maydonchalar, zinalar, vishkalar yoki osma kajavalar koʻzda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Oʻtish koʻprikchalari, zinalar va pol sathidan 0,6 m va undan balandroqda joylashgan maydonchalarda pastki yon taraflarida, balandligi 0,14 m yaxlit yon qoplama oʻrnatilgan balandligi 1,0 m toʻsiqlar (panjaralar) boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish binolarining ustyopmalaridagi oʻra ogʻizlari, lyuklar, quduqlar, kanallar va tuynuklar qopqoqlar bilan bekitilgan yoki butun yuzasi boʻylab pol sathi baravarida yotqizilgan mustahkam toʻshama bilan yopilgan boʻlishi kerak. Agar ish sharoitiga koʻra bu oʻra ogʻizlar, kanallar va tuynuklar ochiq boʻlishi talab etilsa, ularda yuqorida koʻrsatilgan toʻsiqlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Oʻra ogʻizlari va quduqlardan foydalanish uchun vertikal zinalar yoki balandlik boʻyicha bir-biridan 0,3 m masofada skobalar oʻrnatish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Rezervuarlar (doimiy idishlar)ning ustida joylashgan lyuklar, quvur oʻtkazgich armaturasi, oʻlchash va boshqa qurilmalarga xizmat koʻrsatish uchun toʻsiqli maydoncha va zinalar qurilgan boʻlishi kerak. Idishlarni koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash uchun kajava va boshqa moslamalar ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Maydoncha va zinalar soz holatda saqlanishi va oʻz vaqtida taʼmirlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Binodan tashqarida joylashgan maydoncha va zinalar qish paytida qor va muzdan tozalanishi, muz qoplaganda esa qum yoki mayda shlak sepilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Shixta va konsentratlarni pishirishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Shixta materiallari va konsentratlar (keyingi oʻrinlarda — materiallar)ni pishirish uchun moʻljallangan pechlarning korpuslari, gaz moʻrilari, utilizatsiya qozonxonalari va boshqa texnologik uskunalarning konstruksiyalari, shuningdek ular bir-biri bilan yoki boshqa uskunalar bilan ulangan joylar germetiklangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Ish hududi havosiga gaz va changlar chiqarishi mumkin boʻlgan pishgan materiallarni pechdan tushirish va pechga yuklash uzellari texnik qurilmalar bilan blokirovka qilingan panajoylar va aspiratsiya vositalari bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Pechdagi ishchi va kuzatish oynalari, shuningdek boshqa texnologik tuynuklar eshikchalar (qopqoqlar) bilan zich yopilishi yoki issiq oʻtkazmaydigan materiallar bilan bekitilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuynukcha-qopqoqchalarning konstruksiyasi ularning oʻz-oʻzidan ochilib ketishi va issiq gaz, changning chiqishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Pechni qizdirish uchun ishlatiladigan goryelka va forsunkalarning konstruksiyasi pech ishga tushgandan keyin ularni tez va xavfsiz chiqarib olinishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Materiallarni qaynash qatlamda pishirish pechining gumbazi va gaz moʻrisi tuynugining yuqori chekkasi orqali oʻtuvchi gorizontal tekislik orasida hosil boʻlgan boʻshliq pech hajmining 10% ni tashkil etsa, gumbazda portlash klapanlari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Pechga materiallarni yetkazib berish qurilmasining konstruksiyasi material sarfini avtomatik tarzda tartibga solib, uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan yetkazib berilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Pishgan materialni pechdan tushirish jarayoni mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Pishgan material va changni chiqarish uchun moʻljallangan tuynukchalarni, shuningdek borov va gaz moʻrilarini tozalash ishlari mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak. Tuynukchalar toʻlib qolganda ularni pastdan kovlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Tushirib olingan pishgan materialni tashish va uni sovutish ishlari chang va gaz chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalarda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Gaz moʻrisining pechdan sovutish apparatigacha boʻlgan uchastkasining va apparatning konstruksiyasi chang oʻtirib qolishiga yoʻl qoʻymasligi hamda borov va gaz moʻrisini koʻrikdan oʻtkazish va tozalash uchun darcha va maydonchalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Chang yigʻgichlar yukni boʻshatish paytida chang hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan zatvorlar va boshqa qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Boshqarish tizimi pechni qoʻlda ham avtomatik rejimda ham, ishlashini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichlari pech ishlashini avtomatik yoki qoʻlda boshqarilishini belgilovchi nazorat-oʻlchash asboblari alohida xonada joylashgan umumiy boshqaruv pultiga chiqarilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Pechning boshqaruv tizimida pech avariya tufayli toʻxtaganligini ogohlantiruvchi yorugʻlik va tovush signalizatsiyasi va texnologik uskuna toʻxtaganda pechning ishlashiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovka koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Pech tubi, yuklash va yukni tushirish uzellari, borov, gaz moʻrilari va changni tutuvchi qurilmalarni koʻzdan kechirish, shuningdek pechni taʼmirlash paytida ularni yoritish uchun 12 V kuchlanishdagi elektr tarmogʻi va koʻchma yoritqichlarni ulash uchun rozetkalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Materiallarni pishirish uchun moʻljallangan pechlarni ishga tushirish va toʻxtatish texnologik yoʻriqnoma talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Qoldiq siyraklashuvi tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yoʻriqnomada koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlgan pechlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Ishlab chiqarish binolarida pechlarni yoqish uchun koʻpi bilan bir sutkalik ehtiyojga yetarli miqdorda mazut zaxirasini saqlash ruxsat etiladi. Koʻrsatilgan maqsadlar uchun mazut saqlanadigan joy yongʻin nazorati organlari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Texnologik maxsus transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konveyer transportiga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Konveyer transportini oʻrnatish va joylashtirish loyihaga, mazkur Qoidalar va GOST 12.2.022-80 “SSBT. Konveyerlar. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.003-91 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konveyerlarning konstruksiyasi tashilayotgan buyum va materiallarning tushib ketishiga yoʻl qoʻymasligi va ularda mazkur Qoidalarning 7-paragrafi talablarini hisobga olgan holda toʻsiqlar va blokirovkalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlanadigan va aylanadigan qismlari (tasma, baraban, roliklar) tashiladigan material ostida qolgan konveyerlarni yurgizish va foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konveyerlar ortiqcha yuklanganda yuritmalarni oʻchirib qoʻyadigan ehtiyot qurilmalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Konveyer transportidan foydalanishga mazkur Qoidalarning I-bobi talablariga muvofiq tayyorlangan foydalanuvchi va taʼmirlovchi xodimlar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Konveyerlar ishlayotganda harakatlanadigan qismlarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini bajarish, konveyer tasmasini tortish va toʻgʻrilash hamda uning biror qismini qoʻlda tozalash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Kukunsimon changiydigan materiallar, shuningdek oʻzidan bugʻ va gaz chiqaradigan, yoki yuqori haroratli materiallar tashiladigan konveyerlar materiallarning fizik-kimyoviy xossalari va konveyer konstruksiyasiga qarab chang bosish, ventilatsiya yoki aspiratsiya va issiqlikdan himoyalash tizimlari bilan jihozlanishi kerak. Nam materiallar tashiladigan konveyerlar material sachrashi ehtimoli boʻlgan joylarda qoplama (shit)lar bilan bekitilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Odamlar va transport vositalari muntazam oʻtib turadigan joylarda konveyer trassasi ostida konveyerdan tushadigan material va buyumlarni tutib qoluvchi yaxlit himoya toʻsigʻi oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasmali va plastinkali konveyerlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Qiya galereyada joylashgan konveyerning ishchi qismi qiyalik burchagi 6° va undan ortiq boʻlganda oʻtish joyi tomonidan toʻsilishi kerak. Qiyalik burchagi 6 — 12° boʻlganda konveyerlar trassasi boʻylab oʻtish joyi kengligida koʻndalang pogʻonachali toʻshamalar, qiyalik burchagi 12° dan ortiq boʻlganda esa zinalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Agar konveyerning ish holatida boʻlmagan qismi pol sathidan 0,7 m va undan ortiq balandlikda joylashgan boʻlsa, konveyerning pastki qismi boʻylab oʻtish joylari koʻzda tutilmagan joylarda konveyerning ikkala tomoniga uning ostidan oʻtishga yoʻl qoʻymaydigan toʻsiqlar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzunligi 20,0 m dan ortiq boʻlgan konveyerlarning zarur joylarda ustidan oʻtish koʻprikchalari yoki ostidan oʻtish joylari oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Konveyerlarning yuritish, tortish va burish barabanlari, tortish qurilmalari, ularning arqonlari va bloklari, tasmali, chervyakli, muftali va boshqa uzatmalari toʻsilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Tortish qurilmalarining yuklari toʻsilgan boʻlishi kerak. Konveyer ishlayotgan paytda toʻsilgan hududga kirishga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Konveyer konstruksiyasida konveyerning vaqti-vaqti bilan tekshirish talab etiladigan elementlariga, bloklariga va nazorat qurilmalariga, shuningdek tartibga solish va moylash qurilmalariga toʻsiqni echmasdan yaqinlashish imkoniyati koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Tasmalarning barabanlar ustidan oʻtadigan qismlari konveyerning uzunligi boʻyicha baraban radiusi oʻqidan diametri 1,0 m gacha boʻlgan barabanlar uchun kamida 1,0 m plyus baraban radiusi va diametri 1,0 m dan ortiq barabanlar uchun kamida 1,5 m plyus baraban radiusi masofada toʻsilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Tortish qurilmalari va yuritma mexanizmlari barabanlarining toʻsiqlaridagi blokirovkalar toʻsiq echilganda konveyerning ishga tushishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Tasmaning orqaga harakatlanishini oldini olish uchun qiyalik burchagi 6° va undan ortiq boʻlgan tasmali konveyerlarning yuritmalari avtomatik tormoz qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konveyerlarning qiyalik burchagi 10° dan ortiq boʻlganda tasmali konveyerlarning yuk koʻtarish qismi tasma uzilganda uni tutib qoluvchi maxsus qurilmalar (tutqichlar) bilan jihozlangan boʻlishi, shuningdek rezina-mato tasmalarning butligi vaqti-vaqti bilan vizual nazorat qilinishi kerak. Nazorat konveyerni toʻxtatib va tasmadan yukni tushirib oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Tasmali konveyerlar quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tasmaning barabanlar va rolikli tayanchlar chetidan chiqib ketishining oldini oluvchi markazlash qurilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tasma uzilganda yoki u oʻrnidan jilmay qolganda, shuningdek yuk tushiriladigan voronka va tarnovlar toʻlib qolganda konveyer yuritmasini toʻxtatish qurilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) asosiy oʻtish joylari tomonidan konveyerning butun uzunligida uning har qanday nuqtasidan yuritmani avariya vaziyatida toʻxtashini taʼminlovchi qurilmalar. Bunda mexanizmlardagi blokirovka va avariya vaziyatida toʻxtatish qurilmalaridan ishga tushirish apparati sifatida foydalanish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tasma va barabanlarni yopishib qolgan materiallardan mexanik tozalash qurilmalari; bunday qurilmalarni tartibga solish organlari xavfsiz joyda joylashgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) zarur hollarda yukni qayta ortish punktlarida metall qoʻshimchalarni ajratib olish uchun magnitli metall tutqichlar (elektr magnit separatorlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Bitta texnologik liniyadagi boshqa texnik qurilmalar bilan birgalikda ketma-ket material tashiyotgan bir nechta konveyer bir vaqtda ishlayotganda ularning elektr yuritmalari blokirovka qilingan boʻlishi kerak. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) texnik qurilmalarni ishga tushirish va toʻxtatish texnologik yoʻriqnomada belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnologik liniya boʻyicha texnik qurilmalardan biri bexosdan toʻxtab qolganda orqadagi boshqa texnik qurilmalar avtomatik tarzda toʻxtatilishi, oldingi konveyerlar esa ulardagi material toʻliq tushirilgunga qadar ishni davom ettirishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) konveyer yoki texnik qurilmani boshqaruv pultidan uzoqdan turib ishga tushirilishining oldini oluvchi mahalliy blokirovka oʻrnatilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) magnit tutqichlar bilan jihozlangan konveyerlarda metall tutqich oʻchirilgan holda konveyerning ishga tushirilishiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovkalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Ish paytida tasmali konveyerlar ostiga tushgan materialni yigʻishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak. Materialni qoʻlda yigʻishtirib olish faqat konveyer toʻxtaganda va birka tizimi talablariga rioya qilingan holda ruxsat etiladi. Bunda konveyerning ishga tushirish apparatlari materialni yigʻishtirish, koʻzdan kechirish va boshqa ishlarni bajarish chogʻida konveyerning ishga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Konveyer tasmasi joyidan jilmay qolganda, barabanlar va tasma tozalangandan soʻng tortish qurilmalari yordamida tasmani tortib bartaraf etilishi kerak. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida kanifol va boshqa materiallar sepish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Tasmaning yonib ketishining oldini olish uchun konveyerlarning yurgizish stansiyalarida yuritmaga blokirovkalangan issiqlik datchiklari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Harakatlanadigan (reversiv) konveyerlarning harakat hududi butun uzunligi va kengligi boʻyicha balandligi pol sathidan kamida 1,2 m boʻlgan yaxlit yoki toʻrsimon toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqlarda odamlarning oʻtishi uchun eshiklar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Eshiklar konveyer yuritmasi bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlanadigan konveyerlarning maksimal yurishi ikkala tomondan oxirgi ulab-uzgichlar va turgʻun tirgaklar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Harakatlanadigan yuk ortish va tushirish qurilmalari (telejkalar) boʻlgan konveyerlarning trassalarida oxirgi ulab-uzgichlar hamda yuk ortish va tushirish qurilmalarining harakatini cheklovchi tirgaklar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukni avtomatik tarzda agʻdaradigan telejkalar va harakatlanadigan konveyerlarning elektr dvigatellariga elektr toki osma shlangli kabellar orqali berilishi kerak. Bu dvigatellarga elektr tokini trolley simlar orqali berish ruxsat etiladi. Ularning osilish balandligi loyihada belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Harakatlanadigan yuk tushirish telejkalari va harakatlanadigan konveyerlarning elektr dvigatellariga kuchlanish uzatuvchi elektr kabellar ulardan ishonchli foydalanishni taʼminlaydigan va oʻtish joylarini toʻsib qolmaydigan holatda oʻrnatilishi kerak. Kabellar issiqlik taʼsiri va mexanik shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Yuk tushirish telejkalari ularning oʻz-oʻzidan yurib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Yuk tushirish telejkalari, harakatlanadigan konveyerlar va taʼminlovchilarning relsli yoʻllari va gʻildiraklarining oʻrnatilishi va holati ularning relsdan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yukni oʻzi tushiradigan telejkalar, harakatlanadigan konveyerlar va taʼminlovchilarning gʻildiraklarida toʻsik (shitlar) boʻlishi kerak. Toʻsiq va rels orasidagi tirqish 10 mm dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Qiya plastinkali konveyerlarning yuritmalari zanjir uzilganda mexanizm orqaga yurib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan avtomatik tormoz qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zanjirli konveyerlarning qiya uchastkalari zanjir uzilganda uni tutuvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shnekli konveyerlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Shnekli konveyerlarning tarnovlari (novlari) echish va oʻrnatish qulayligi uchun echib olinuvchi zich yopiladigan dasta (ilgak)li metall qopqoqlar bilan bekitilgan boʻlishi kerak. Tuynuklarni bekituvchi shiberlar xizmat koʻrsatish uchun qulay va xavfsiz joylarda joylashgan boʻlishi kerak. Konveyer ishlayotgan paytda tarnovning qopqogʻini olish, uning ustiga chiqish, shuningdek material bilan taʼminlovchi va tushiruvchi tuynuklarni tozalash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shnekli konveyerlar mexanizmlarining ishchi organlarini nazorat qilish uchun qoplamalarda zich yopiladigan qopqoqli kuzatish darchalari (lyukchalar) koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Shnek qoplamalarining qopqoqlari (maxsus kuzatish darchalari va lyukchalardan tashqari) shneklar ishlayotganda ularning aylanadigan qismlariga tegishga yoʻl qoʻymaydigan blokirovka bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Shnek ishlayotganda tashilayotgan materialdan namuna olish uchun avtomatik namuna olish moslamalari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Qoʻlda namuna olish faqat konveyer toʻxtaganda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kovshli elevatorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Quruq changiydigan mahsulotlar tashiladigan elevatorlar butun uzunligi boʻyicha zich qoplamalar bilan bekitilishi lozim. Yukni ortish va tushirish joylari zich panajoylar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elevatorlar mexanizmlarining ishchi organlarini nazorat qilish uchun qoplamalarda zich yopiladigan qopqoqli kuzatish darchalari (lyukchalar) koʻzda tutilishi kerak. Kuzatish darchalari oʻrtasidagi masofa — koʻpi bilan 4,0 m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Elevatorni kuzatish darchalari qopqoqlarida elevator yuritmasi bilan avtomatlashgan blokirovka boʻlib, qopqoq ochiq boʻlsa, elevatorni yurgizilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Elevator qoplamalari uning tebranishining oldini olish uchun balandligi boʻyicha ustyopmalarga harakatchan mahkamlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Elevator kallagining xizmat koʻrsatish maydonchasidan bino shipi (ustyopmasi) gacha masofa kamida 1,8 m boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Tortish qurilmasiga xizmat koʻrsatish uchun elevator boshmoqlari atrofida kengligi uch tomondan kamida 1,0 m, toʻrtinchi tomondan esa kamida 0,8 m boʻlgan ishchi maydoncha koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elevator boshmogʻi pol sathidan pastda (oʻrada) joylashgan boʻlsa, oʻra devoridan elevator kojuxigacha masofa uch tomondan kamida 1,2 m, toʻrtinchi tomondan esa kamida 0,8 m boʻlishi kerak. Oʻraga tushish uchun zina qurilgan boʻlishi kerak. Oʻra lyukli yaxlit qoplama bilan yopilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Elevator zanjiri (tasmasi) tortilishini tartibga solish mexanizmi pol (maydoncha) sathidan 0,7 — 1,2 m masofada joylashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Barcha elevatorlar kovshli zanjir (tasma)ning orqaga harakatlanishiga yoʻl qoʻymaydigan tormoz qurilmalari va zanjir (tasma) uzilganligini bildiruvchi signal qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Elevatorda boshmoq joylashgan joyda ham elevator kallagida ham, avariya vaziyati uchun uzib-ulagichlar boʻlishi kerak. Elevator bitta joydan yurgizilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Avariyadan boshqa hollarda kovshli elevator yuritmasini toʻxtatish, faqat yuklash qurilmasi tokdan uzilgandan keyin va barcha kovshlar yukdan boʻshatilgach, amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elevatorni toqdan uzish qurilmasi yuklash mexanizmining ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Elevator ishlayotgan paytda quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kovshni koʻtaruvchi zanjir (tasma)lar tortilishini rostlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elevatorda birorta taʼmirlash ishlarini bajarish yoki kovshlarni yopishib qolgan materialdan tozalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osma konveyerlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Pol sathi (rejaviy belgi)dan kamida 2,0 m balandlikda joylashgan zanjirli osma konveyerning yurgizish va burilish bloklari zanjir blokka harakatlanishi tomondan mahkam qotirilgan toʻsiqlar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Zanjirli osma konveyerlarning tutgich konstruksiyasi yuk tashilayotganda uning tushib ketishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Monorelsli konveyer zanjir uzilganda elektr dvigatelni oʻchirib qoʻyadigan blokirovka va zanjirni tutib qoluvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Monorelslar avtomatik harakat cheklovchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pnevmatik va vibratsion transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Pnevmatik va vibratsion transportning yukni tashish va tushirish qurilmalari germetik boʻlishi va changni tutuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Changiydigan materiallarni tashish tizimining barcha kommunikatsiyalari germetik boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlash-yongʻin xavfi boʻlgan moddalar va materiallarni tashish tizimi kommunikatsiyalarida portlash xavfi boʻlgan muhitning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Pnevmatik transport tizimini foydalanishga tushirishdan oldin ishchi bosim ostida uning jipsligi tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Relsli va relssiz transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Korxona qaramogʻidagi inshootlar, temir yoʻllar, harakatlanadigan sostav, aloqa vositalari, signalizatsiya va blokirovkalarni oʻrnatish va ulardan foydalanish, shuningdek harakatni tashkil etish va yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish QMQ 2.09.03-02 “Sanoat korxonalarining inshootlari”, Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻllardan texnik foydalanish qoidalari”, “Temir yoʻllarda signalizatsiya boʻyicha yoʻriqnoma”, “Temir yoʻllarda poyezdlar harakati va manevr ishlari boʻyicha yoʻriqnoma”, “Temir yoʻl transportida yuk ortish-tushirish ishlarida texnik xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Temir yoʻl transportining harakatlanuvchi tarkibini tashkilot hududidagi suyuqlikni ortish-tushirish yoʻllarida, odamlar va transport vositalari kesib oʻtadigan joylarda, stryelkalarda va manyovrlash joylarida harakatlanish tezligi mazkur Qoidalarning 148-bandida koʻrsatilgan qoida va yoʻriqnomalarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Suyuq shlak va metall solingan idish (chasha) va kovshlarni tashish uchun moʻljallangan lokomotivlar avtoulagich bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Shlak yoki metallni boʻshatishdan oldin lokomotivlar ajratilgan va xavfsiz masofaga, lekin kamida 15 m chetga chiqarilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar lokomotiv va shlakovoz oʻrtasida pana qiluvchi temir yoʻl platformasi boʻlsa, lokomotivni shlakovozdan ajratmay shlakni boʻshatish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Shlakovozlar idishni elektr yuritmali va uzoqdan turib boshqariladigan aylantirib toʻkish (burish) mexanizmlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Idishni aylantirib toʻkish mexanizmi idishning oʻz-oʻzidan aylanishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Shlak tashiladigan telejkaning ramasi tutqichlar bilan jihozlangan boʻlishi, shlakni boʻshatishdan oldin shlak tashiladigan telejka ular yordamida relslarga mahkamlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoulagich mavjud boʻlganda tutqichlardan foydalanish zaruriyati texnologik yoʻriqnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Shlak otvallari va granulatsiya qurilmalari shlak solinadigan idishlarda qotib qolgan shlak qatlamlarini koʻchirish uchun moʻljallangan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bunday moslamalar boshqaruv pultidan uzoqdan turib boshqarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Shlak otvalida ishlab chiqarishning dispetcherlik xizmati bilan telefon va radioaloqa boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Shlak otvallarida, shlak boʻshatiladigan joy yaqinida biror ish bajarish taqiqlanadi. Idishdan shlak boʻshatilayotganda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar texnologik yoʻriqnomada koʻrsatilgan xavfsiz masofada turishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shlak otvalidagi temir yoʻllarda oʻtga chidamli shpallar qoʻllanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Suyuq metall, shlak, koloshka changi, aglomerat, qotishmalar va boshqa materiallarni tashish ishlari tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomaga muvofiq belgilangan yoʻnalishlar boʻylab bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Kukunsimon va sochiluvchan materiallar maxsus temir yoʻl vagonlarida, avtomashinalarda yoki konteynerlarda tashilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Changni tindirish qurilmalaridan chiqqan chang ushbu maqsadlar uchun maxsus moslashtirilgan idishlarda yoki pnevmogidrotransport tizimlari yordamida tashilishi kerak. Changni tindirish qurilmalaridan changni tushirib olish usuli changning chiqishi va tarqalishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Tor izli transport vagonetkalarining sexlarda harakatlanishi mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. uzoqdan turib boshqariladigan uzatish telejkalari harakatlanganda ishlab ketadigan tovush signalizatsiyasi, shuningdek tormoz qurilmalari, oxirgi uzib-ulagichlar, qulf-kalit, platformaga koʻtarilish uchun zinalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Telejkalarning gʻildiraklarida toʻsiq (shitka) boʻlishi kerak. Toʻsiq va rels orasidagi tirqish 10 mm dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Agʻdariladigan kuzovli vagonetkalarda yuk tashish paytida kuzovni ishonchli mahkamlaydigan va yuk tushirilganda uni teskari tomonga agʻdarilishining oldini oluvchi moslamalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Sexlarda transport yoʻlaklarini qurayotganda ishlab chiqarish xodimlari uchun kengligi kamida 1,2 m boʻlgan bemalol oʻtish joyi koʻzda tutilishi kerak. Oʻtish joyi qatnov qismidan balandligi kamida 1,0 m boʻlgan baryer bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Metallurgiya sanoati tashkilotida avtomobil transportidan foydalanish amaldagi yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Tashkilotda foydalanilayotgan va OʻzR IIV organlarida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan relssiz transport vositalari tashkilotning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Relssiz transport (elektrokarlar, avtokarlar, elektr yuklagichlar va hokazolar)ning mexanizatsiyalashgan telejkalari tormozlar, tovush signalizatsiyasi, yoritish asboblari va ulardan begonalar foydalanishiga yoʻl qoʻymaydigan blok-qulflar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Mexanizatsiyalashgan telejkalarda tashiladigan yuklar yuk platformasiga ishonchli mahkamlangan boʻlishi va uning gabaritlaridan platformaning uchdan bir qismidan ortiq chiqib turmasligi kerak. Yuklagich harakatlanayotgan paytda yukni koʻtarish, tushirish va qiyshaytirish, shuningdek yukni 1,0 m dan ortiq balandga koʻtarib tashish taqiqlanadi. Elektrokarlar yoki elektr yuklagichlarning platformalarida odam tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Relssiz transportning mexanizatsiyalashgan telejkalaridan foydalanish va ularni taʼmirlash ishlari tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomaga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Akkumulyatorlarni zaryadlash ishlari “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2004-yil 20-avgustda 1400-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, 379-bet) talablariga javob beradigan binolarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Portlash-yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarishlar joylashgan binolarda portlash xavfsizligini hisobga olmay yasalgan mexanizatsiyalashgan telejkalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Havo yuborish-tortish ventilatsiyasi bilan jihozlanmagan binolarda chiqindi gaz neytralizatorlari bilan jihozlanmagan ichki yonuv dvigatelli transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Mexanizatsiyalashgan telejka platformasining koʻrinarli joyida uning raqami va yuk koʻtaruvchanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Akkumulyatorlardagi kuchlanish 80 V va undan yuqori boʻlgan koʻchma elektr transport vositalaridan tegishli elektr-himoya vositalari (dielektrik qoʻlqoplar va gilamchalar)siz foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan texnik yuk koʻtarish qurilmalari (mashina va mexanizmlar) tashkilotning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Gazli yoki changli sharoitda ishlaydigan yuk koʻtarish kranlarining kabinalari germetik boʻlishi va toza havo bilan taʼminlanishi kerak. Ochiq maydonchalarda ishlaydigan kranlarning kabinalari isitish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Kovshlar, shlak idishlari, muldlar va boshqa texnologik taralardan, shuningdek umumiy maqsadlar uchun moʻljallangan transport konteyneridan foydalanish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yoʻriqnomalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik taraga ohak suti yoki boshqa materiallar sepish ishlari mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Material solinishidan oldin tara koʻzdan kechirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Kovsh tsapfalarining barcha oʻlchamlardagi yedirilishi uning dastlabki oʻlchamlarining 10% dan oshmasligi kerak. Kovsh tsapfalari kamida bir yilda bir marta buzmaydigan nazorat usuli bilan tekshirilishi kerak. Tekshiruv natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Konteynerlarda sochiluvchan materiallar tashilayotganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konteynerlarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maydonchalar koʻzda tutilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konteynerlardan yuk tushirish-ortish mexanizatsiyalashgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) konteynerlarni mexanik tozalash, zarur hollarda yuvish va quritish taʼminlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) konteynerlar holati ustidan nazorat taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Konteynerlardagi materiallar muzini tushirish maxsus kameralarda yoki qurilmalarda tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomaga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Omborxonalar, estakadlar, bunkerlar va taʼminlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Changiydigan kukunsimon materiallarni siloslarga, bunkerlarga yuklash va ularni tushirish ishlari germetik transport qurilmalari yordamida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Changiydigan material greyfer kran yordamida ortiladigan (tushiriladigan) bino umumiy almashuv ventilatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Ochiq omborxonalarda shtabellarda saqlanadigan sochiluvchan materiallar (koʻmir, ruda, koks, qum va hokazo) tabiiy qiyalik burchagiga mos nishablikdagi qiya holatda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sochiluvchan materiallarni shtabel tagidan oʻyib olish, ishlab chiqarish xodimlarining esa qiyaliqda turishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Materiallar ochiq holda saqlanganda shtabellarning gabaritlari va ular oʻrtasidagi oʻtish joylarining kengligi tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnoma talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Zararli moddalar tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnoma talablariga muvofiq saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Zararli suyuq moddalarni saqlash uchun moʻljallangan rezervuarlarning sigʻimi transport idish (sisterna)larning sigʻimidan katta boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Yongʻin xavfi boʻlgan suyuqliklarni saqlash uchun moʻljallangan omborxonalarni qurish va ulardan foydalanishda amaldagi texnologik loyihalash meʼyorlari, qurilish meʼyorlari va qoidalarining talablari inobatga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Tez parlanadigan suyuqliklar va zararli moddalardan boʻshagan taralar zich bekitilishi va maxsus maydonchada saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Uchuvchan zararli suyuq moddalar quyilganda idishlardan siqib chiqarilgan havo keyinchalik ushbu moddalarning bugʻlarini tozalash yoki utilizatsiya qilish uchun yopiq tizimga yoʻnaltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Zararli suyuq moddalarni qabul qilish uchun moʻljallangan idishlar avtomatik tarzda yopiladigan klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Ishlab chiqarishda muomalada boʻladigan turli zararli moddalarni saqlash, tashish, zararsizlantirish va koʻmish ishlari texnologik reglamentlar, loyiha yechimlari va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan, shuningdek “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi organlari va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarida kelishilgan yoʻriqnomalar boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Kislotalar, ishqorlar va boshqa zararli suyuqliklar omborxonaga maxsus tarada keltirilishi kerak. Zararli moddalarni tashish, qabul qilish va tushirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasida kelishilgan yoʻriqnoma boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Kislotalar, ishqorlar va boshqa zararli suyuqliklar solingan idishlarda ularning qopqoq (lyuk)lari ochiq holda bajariladigan barcha ishlar tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Bunker estakadalarining xizmat koʻrsatish maydonchalari yoʻl oʻqidan kamida 2,0 m uzoqda joylashgan boʻlishi kerak. Maydonchalarning kengligi kamida 0,7 m boʻlishi kerak. Maydonchalar oʻrni yuk tushirilayotgan vagonlar lyukidan shixta materiallari tushishiga yoʻl qoʻymaydigan va lyuklarning ochish va yopish qulayligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Estakada ostidan oʻtish yoʻllari tashilayotgan material tushishiga yoʻl qoʻymaydigan ustyopmalar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Estakada va bunkerlarga tarkiblar yoki alohida vagonlarni olib kirish va manyovrlash ishlari begona odamlar chetga chiqarilgandan keyin bajarilishi kerak. Shixta materiallari omborxonasiga kiritilgan tarkibning uzunligi darvozalarning yopilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Binolarning ichida joylashgan estakadalar yaqinlashib kelayotgan tarkib toʻgʻrisida bildiruvchi avtomatik tovush va yorugʻlik signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Vagonlar yukdan boʻshatilgandan keyin estakada material qoldiqlari va chiqindilardan tozalanishi kerak. Ishlarning rahbari har gal yuk tushirilgandan keyin estakadani yigʻishtirish sifatini tekshirishi kerak. Estakadaning tozalanayotgan joylarida toʻxtash signallari oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Bunkerlarda yotqizilgan temir yoʻl izlari mazkur Qoidalarning 10-paragrafi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Bunkerlar ustki kataklarining oʻlchami koʻpi bilan 300 x 300 mm boʻlgan saqlovchi panjaralar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shixta materiallari konveyerlar yoki lyuklari uzoqdan turib ochiladigan vagonlarda olib kiriladigan sexlarda yon tomonlari va yuk tushirishga teskari tomoni kamida 1,0 m balandlikdagi yaxlit devor bilan toʻsilgan oldi ochiq tomonli bunkerlar qurish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Bunker zatvorlari yopiq holatda materiallarning tushib ketishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Zatvorlarda “Ochiq”-“Yopiq” holatlar koʻrsatkichlari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Bunkerlardagi material sathi nazorat qilinishi kerak. Ruxsat etilgan boʻshatish chegarasidan ogohlantiruvchi qurilmalarni bunkerlarga oʻrnatish loyihada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Bunkerlarning changiydigan materiallar uchun yuk qabul qilish maydonchalari samarali chang bosish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Changiydigan materiallarni ortish paytida namlashga texnologik jarayon imkon bersa, ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Changiydigan materiallarni saqlash uchun moʻljallangan bunkerlar yaxlit qoplama bilan, yuk tushiriladigan lyuklar esa zich yopiladigan qopqoqlar bilan bekitilgan boʻlishi kerak. Changiydigan materiallar uchun moʻljallangan bunkerlar aspiratsiya qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Bunkerlarni materiallardan tozalash, osilmalarni bartaraf etish, shuningdek bunkerlarni taʼmirlash ishlari birka tizimi toʻgʻrisida amaldagi nizomga rioya qilgan holda, tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomaga muvofiq naryad-ruxsatnoma boʻyicha bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Bunkerlarda osilib olgan materiallarni bartaraf etish uchun maxsus moslamalar (elektr vibratorlar, pnevmatik asbob) yoki siqilgan havodan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunkerlarda tiqilib qolgan materialni qoʻlda kovlab chiqarishni kovlash lyuklari yoki panjara orqali maxsus asbob yordamida bajarish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Toʻliq koʻrik va taʼmirlash ishlaridan oldin yuk qabul qilish qurilmalari va bunkerlar materiallardan tozalangan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Bunker tubi futerovka (qoplama)sini taʼmirlash va almashtirish uchun bunker tubining qiya devorlarida ishlarning xavfsizligini taʼminlovchi moslamalar ishlatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunker tubidagi chiqarish tuynuklari va yuk tushirish teshiklari futerovkani taʼmirlash va almashtirish paytida bekitilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqarish tuynuklari taʼminlovchilar bilan jihozlangan bunkerda taʼmirlash ishlari olib borilayotganda taʼminlovchilarni ishga tushirish barcha hollarda taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Bunkerlarda temir yoʻl izlarini tozalash paytida, ishlar bajariladigan joylarda toʻxtash signallari va juftlangan tormoz boshmoqlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Vagon agʻdargichlarni va greyfer kranlarning mashinist kabinalari isitish va ventilatsiya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Taʼminlovchilar va dozatorlarning konstruksiyasi uzatilayotgan materialning chiqib ketishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Temir yoʻl quyish-toʻkish estakadalarining tuzilishi amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-§. Omborxonalar, estakadalar va bunkerlarda yuk ortish va tushirish ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Omborxonalar hududida yuk ortish va tushirish, shuningdek yukni joydan-joyga koʻchirish ishlari mexanizatsiyalashgan boʻlishi va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yoʻriqnomalar boʻyicha bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Omborxonaga kirib kelgan tarkibni yukdan boʻshatish ishlari u toʻliq toʻxtagach, toʻxtash signallari bilan toʻsilib, tormoz boshmoqlari oʻrnatilib va yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish uchun masʼul shaxsning ruxsati olingandan soʻng bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish qurilmalarining yuk tushirish maydonchasida va vagon agʻdargichlardan keyin boʻsh vagonlarni qabul qilish yoʻllarida taʼmirlash ishlarini bajarish va eshiklarni yopish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Vagon eshiklarini va platforma bortlarini, yukni oʻzi tushiradigan vagonlarni eshik va lyuklarini ochish malakali ishchilar tomonidan maxsus moslamalar yordamida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan qurilmalarni ochish paytida vagon yaqinida boshqa ishlab chiqarish xodimlarining boʻlishi ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Lyuklar yoki zatvorlar ochiq boʻlganda bunkerga yuk tushirish taqiqlanadi. Bunkerlardan yuk tushirishda lyuklar yoki zatvorlar roʻparasida ishlab chiqarish xodimlarining boʻlishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Vagonlardan bir vaqtning oʻzida qoʻlda va yuk koʻtarish vositalari yordamida yuk tushirish, yuk koʻtarish vositalari yordamida yukni tushirish chogʻida vagonlarda va avtomashinalarning kuzovida odamlarning boʻlishi, shuningdek vagonlardan qoʻlda yuk tushirilayotgan joy ustidan kranlar bilan yukni koʻtarib olib oʻtish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Baʼzi joylarida tutash alomatlari boʻlgan koʻmir va boshqa oʻz-oʻzidan alangalanadigan materiallar yuklangan vagonlardan yukni tushirish omborxonaning maxsus ajratilgan maydonchasida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Vagonda muzlab yopishib qolgan materiallar (sochiluvchan yuklar)ni isitish muzdan erituvchi qurilmalar yordamida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzlab yopishib qolgan materiallarni yumshatish uchun vibroyumshatgichlar, vibratorlar, ishlarning xavfsizligini taʼminlovchi boshqa moslama va maxsus asboblar ishlatilishi kerak. Muzlab yopishgan va tiqilib qolgan materiallarni koʻlda urib yumshatish ishlarini faqat tepadan boshlab bajarish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Temir yoʻlda turgan tarkibdan yuk tushirilayotgan paytda temir yoʻl izlarini tozalash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-§. Materiallarni maydalash, tuyish va elakdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Metallurgiya ishlab chiqarishlarining ruda va noruda materiallarini maydalash, tuyish va elakdan oʻtkazish bilan bogʻliq ishlab chiqarishlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish mazkur Qoidalar, amaldagi texnologik loyihalash meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Materialni maydalash va tuyish mashinalariga yuklash, shuningdek maydalangan (tuyilgan) materialni tashish ishlari mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Maydalash va tuyish mashinalarining ishga tushirish qurilmalari taʼminlovchilarning ishga tushirish qurilmalari bilan blokirovkalangan boʻlishi kerak. Blokirovkalar toʻsatdan toʻxtab qolgan mashinalarga material berilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Maydalash va tuyish mashinalarining yuklash va yukni tushirish qurilmalari (voronkalar, zatvorlar) pana qilingan va changni bosish (changni tutish) tizimlari-aspiratsiya va gidrochangsizlantirish uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Baraban elaklar havo tortish ventilatsiya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Materialni maydalash va tuyish paytida uni namlash va gidrochangsizlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar maydalash yoki tuyish uskunasi bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak. Namlash tizimlari uskuna salt (boʻsh) holatda ishlayotganda avtomatik tarzda toʻxtashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv bilan reaksiyaga kirishib portlash xavfi boʻlgan yoki zararli gazlar hosil qiladigan nam materiallarni maydalash va tuyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Maydalash va tuyish uskunasini ishga tushirish, undan foydalanish va xizmat koʻrsatish ishlari tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Maydalash va tuyish mashinalarini koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash, tarnovlar va ishchi boʻshliqni material yoki begona predmetlardan tozalash, shuningdek tarnov yoki ishchi boʻshliqqa odam tushishi talab etiladigan boshqa ishlar birka tizimiga rioya qilgan holda bajarilishi kerak. Ishlar naryad-ruxsatnoma boʻyicha bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashinalarning ishchi boʻshligʻini ichki koʻrik oʻtkazish va taʼmirlashdan oldin havodagi zararli moddalar miqdori tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Maydalash va tuyish mashinalari yaqinidagi ish maydonchalarda sterjenlar, sharlar, futerovkalar, ehtiyot qismlar va moslamalarni saqlash taqiqlanadi. Ularni maxsus ajratilgan joylarda stellaj yoki taralarda saqlash koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Konusli va shekali maydalash uskunalarining yuklash qurilmalarini perimetri boʻylab tuynukli yopiq toʻsiq bilan bekitish kerak. Tuynuklarga oʻrnatilgan qopqoqlar maydalash mashinalarining ishga tushirish qurilmalari bilan blokirovkalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Qulachoqli, gorizontal va vertikal bolgʻali maydalash uskunalarida korpus qopqogʻi ochiq holda ularni ishga tushirishga imkon bermaydigan blokirovka boʻlishi kerak. Qulachoqli va gorizontal bolgʻali maydalash mashinalarining korpus qopqoqlari massasi 50 kg dan oshiq boʻlsa mexanizatsiyalashgan usul bilan ochilishi va yopilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Operator (maydalovchi)ning ishchi maydonchasida maydalash mashinasidan material boʻlaklari otilib chiqqanda saqlash uchun echiluvchan panjarasimon metall toʻsiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv pulti mavjud boʻlganda u joylashgan xona kataklarining oʻlchami koʻpi bilan 15 x 15 mm boʻlgan metall toʻr bilan toʻsilgan sinmaydigan oyna bilan oynalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Maydalash mashinasini, avariya vaziyatlaridan tashqari, yuklangan material toʻliq qayta ishlangandan keyin va taʼminlovchidan osilib qolgan material boʻlaklari olib tashlangandan soʻng toʻxtatish ruxsat etiladi. Taʼminlovchi uzoq vaqt toʻxtab qolganda undagi material olib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. “Uyum ostida” ishlash uchun moʻljallanmagan maydalash mashinasini material bilan yuklash mashinalar nominal oborot yoki tebranishlar soniga erishgandan soʻng amalga oshirilishi kerak. “Uyum ostida” ishlamayotgan maydalash mashinalarini ishga tushirish faqat ularda material boʻlmasa ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. “Uyum ostida” ishlaydigan maydalash uskunalari avariya tufayli toʻxtaganda uni toshlardan boʻshatish va ishga tushirish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnoma boʻyicha bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Mashinaning ishchi boʻshligʻida tiqilib qolgan material boʻlaklarini qoʻl asbobi yordamida chiqarib olish va maydalash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydalash uskunasiga tushib kelgan metall predmetlarni kesish naryad-ruxsatnoma boʻyicha bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Maydalash uskunalarining ishchi boʻshligʻiga odam tushirish chogʻida saqlovchi kamarlardan foydalanish, uskunaning yuklash tuynugi ustida esa ishlab chiqarish xodimlarini begona predmetlar tushishidan himoyalash uchun vaqtinchalik ustyopmalar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Tuyish chogʻida portlash xavfi boʻlgan chang hosil qiluvchi materiallarni changning portlashiga, shuningdek uch tarkibli “chang-issiq gaz-havo” portlovchi aralashmalar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan tadbirlarni bajarib maydalash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Tegirmonlar ish oʻrnidan boshqarilganda ularning ishga tushirish qurilmalari operator tegirmon ishlashini bemalol kuzatadigan qilib oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Tegirmonlarga shar va sterjenlarni yuklash va tushirish ishlari mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Konteynerlarga sharlarni ortish chogʻida ortish ishlari olib borilayotgan joy toʻsilishi va “Xavfli!” plakati osib qoʻyilishi kerak. Sharlar konteynerlarga ularning bortlaridan 100 mm pastroq ortilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Tegirmon lyuki pastga qaragan holatda boʻlgan paytda lyuk qopqogʻi gaykalarini burab ochish yoki boʻshatish, shuningdek tegirmon ishlayotganda chigʻanoqsimon taʼminlovchi qoplamasining boltlarini tortish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Nam holda maydalaydigan tegirmon toshlari idish perimetri boʻyicha kamida balandligi 1,5 m yaxlit metall toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqda tegirmon toshlarini ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovka qilingan eshikchalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Quruq holda maydalaydigan tegirmon toshlari aspiratsiya qurilmasiga ulangan yaxlit germetik qoplamaga joylashtirilgan va qoplama echilgan holda ularning ishga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovkaga ega boʻlishi kerak. Tegirmon toshlarining ishlashini kuzatish uchun qoplamada kuzatish darchalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yuklash darchalari germetiklangan va tegirmon toshlarini ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovkalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Tegirmon toshlari ishlayotganda qayta ishlanayotgan materialdan namuna olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Elakli qurilmalar (gʻalvirlar)ning yuklash va yuk tushirish voronkalarida ularning butun kengligi boʻyicha xizmat koʻrsatadigan xodimlarni bexosdan material boʻlaklari otilib chiqishidan saqlovchi himoya moslamalari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Elakli qurilmalar (gʻalvirlar) va baraban elaklarni ishga tushirishdan oldin ularning barcha mahkamlangan joylari tekshirilishi, notekis nomuvozanat yuklarning mahkamlanishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Elakli qurilma (gʻalvir)lar va taʼminlovchilar ishlab turganda elakli qurilma (gʻalvir)ga material yetkazib beradigan taʼminlovchilarning chiqarish tuynuklarini, shuningdek yuklash va yuk tushirish voronkalarini kovlash ishlariga maxsus kovlash tuynuklari boʻlganda hamda maxsus moslama va asboblar yordamida bajarish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Elakli qurilma (gʻalvir)larning yuk tushirish voronkalarini qoʻlda tozalash, ishlab chiqarish xodimlarini yuk tushirish voronkalariga tushirish, shuningdek baraban elaklarning ishchi boʻshliqlarini tozalashga mazkur Qoidalarning 11-paragraf talablariga rioya qilinganda ruxsat etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-§. Gazsimon kislorod va boshqa havo boʻlinishi mahsulotlari isteʼmoliga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Har qaysi ishlab chiqarish, uchastka yoki obyekt boʻyicha havo boʻlinishi mahsulotlari (HBM)dan foydalanish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yoʻriqnomalar boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HBM dan belgilanmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. HBM isteʼmoli bilan bogʻliq texnik qurilmalar va kommunikatsiyalardan xavfsiz foydalanish ustidan nazoratni yuritish uchun mutaxassislar ichidan tashkilotning texnik rahbari farmoyishi bilan masʼul shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Gazsimon kislorod quvur oʻtkazgichlar loyihaga muvofiq qurilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik sxemalarga, texnik qurilmalarning konstruksiyasiga ularni ishlab chiqqan tashkilot bilan kelishmasdan oʻzgartirish kiritish yoki ish rejimini oʻzgartirish ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Metallurgiya ishlab chiqarishi texnik qurilmalariga gazsimon HBM markazlashgan tarzda va quvur oʻtkazgichlar orqali yetkazib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Loyiha boʻyicha asoslangan hollarda HBMni isteʼmolchilar yaqinida joylashgan ballonlardan reduktor orqali bevosita berish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam miqdordagi HBMdan foydalanadigan doimiy isteʼmolchilar uchun isteʼmol joyi yaqinida sigʻimi 40 l boʻlgan 20 MPa bosim ostidagi koʻpi bilan ikkita ballon oʻrnatish ruxsat etiladi. Bunda har qaysi juft ballonlar oʻrtasidagi masofa kamida 12 m boʻlishi kerak. Ballonlar metall shkaflarda oʻrnatilgan va mahkamlangan, shkaflar esa yopilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik (taʼmirlash) ishlarini bajarish chogʻida ballonlar turgʻun holatda va issiqlik taʼsiridan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. HBM ballon taqsimlash qurilmalari (razryad rampalari) gazsimon va suyultirilgan havo boʻlinishi mahsulotlari ishlab chiqarishni loyihalash boʻyicha amaldagi yoʻriqnomaga muvofiq alohida xonalarda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. HBM solingan zaxira ballonlar loyihada koʻzda tutilgan omborxonalarda saqlanishi kerak. Bitta xonada kislorod va yoqilgʻi gaz solingan ballonlarni birgalikda saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ballonlarni saqlash va tashish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yoʻriqnomaga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. HBM quvur oʻtkazgichlari tarmogʻi ularga suyuq eritma mahsulotlarining tushishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Issiqlik taʼsiri hududida joylashgan kislorod quvurlari yonmaydigan materiallardan issiqlik izolatsiyasi qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kislorod kommunikatsiyalari va texnik qurilmalar ularga yoqilgʻi mahsulotlari tushishidan va toʻplanishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Gazsimon kislorod bilan ishlash uchun moʻljallangan barcha turdagi texnik qurilmalar (idishlar, quvur oʻtkazgichlar, armatura, asboblar, saqlovchi qurilmalar va boshqa buyumlar, shuningdek ularni tayyorlash uchun materiallar) GOST 12.2.058-81 “SSBT. Gazsimon kislorod bilan ishlaydigan uskuna. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.003-91 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.085-82 “SSBT. Bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar. Saqlovchi klapanlar”, GOST 12.2.063-81 “SSBT. Sanoat quvur oʻtkazgichlarining armaturasi. Umumiy xavfsizlik talablari” va boshqa amaldagi standartlarda belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kislorod quvurlarida titanli qotishmalardan tayyorlangan armatura oʻrnatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Korxonada texnik qurilmalarni yogʻsizlantirish usullari va davriyligi loyihada belgilanadi va korxonaning texnik rahbari tasdiqlagan hamda ishlab chiqaruvchi zavodlarning maxsus yoʻriqnoma va tavsiyalari inobatga olingan yoʻriqnoma boʻyicha bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik qurilmalarni yogʻsizlantirish uchun toʻrt xlorli ugleroddan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. HBM oqib chiqayotgan uskuna va kommunikatsiyalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kislorodning boshqa gazlar oqimiga qoʻshilib ketish ehtimoli oldi olingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Texnik qurilmalarni taʼmirlash ishlarini, shu jumladan olov bilan bajariladigan ishlarni, tashkil etish mazkur Qoidalarning ІV-bobi talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Korxonada avariya vaziyatlarida havodagi kislorod miqdori 19% dan kam va 23% dan ortiq (hajmiy) boʻlishi mumkin boʻlgan HBM isteʼmoli bilan bogʻliq joylar va binolar roʻyxati tuzilishi, unda nazorat turlari va davriyligi, shuningdek havo tarkibini normallashtirish boʻyicha tadbirlar koʻrsatilishi kerak. Roʻyxatni korxonaning texnik rahbari tasdiqlagan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalar GOST 12.4.026-76 “SSBT. Ogohlantirish ranglari va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq tegishli xavfsizlik belgilari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kislorod kommunikatsiyalarini texnik qurilmalarning boshqaruv shitlari joylashgan xonalardan oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Kislorod muhitida ishlaydigan texnik qurilmalarni qismlarga ajratish va taʼmirlash uchun ishlatiladigan asbob yogʻsizlantirilgan va farqli havorang chiziqli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Kislorodli texnik qurilmalarga xizmat koʻrsatadigan xodimlarning maxsus kiyimi, poyabzali va qoʻlqoplari toza boʻlishi va ularda moy dogʻlari boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrofdagi havo tarkibida kislorod miqdori yuqori boʻlgan joylarda bajariladigan ishlar tugagandan soʻng 30 minut mobaynida olovga, qizib turgan predmetlarga yaqinlashish yoki chekish taqiqlanadi. Ushbu ishlarni bajarish paytida foydalanilgan kiyim koʻrsatilgan vaqt mobaynida shamollatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Kislorod quvurlari va kislorod muhitida ishlaydigan boshqa texnik qurilmalarda yoki ular joylashgan joylarda yongʻin chiqqanda kislorod quvurlari va texnik qurilmalar darhol uzib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Taʼmirlash, lyotkani, poʻlat chiqadigan tuynuklarni kuydirish va boshqa ishlarni bajarish chogʻida kislorod berish uchun ishlatiladigan yeng (shlang)lar uskunalarning kislorod muhitida ishlash xavfsizligi standartlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuydirish ishlari uchun moʻljallangan yeng va metall trubkalar quruq boʻlishi va ularda moy dogʻlari boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Englarning uzunligi 30 m dan oshmasligi kerak. Kuydirish ishlari uchun moʻljallangan trubkaning minimal qoldik uzunligi kamida 1,5 m boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Englar bilan birlashtiriladigan kislorod armaturasi shamollatish teshiklari boʻlgan metall shkafda joylashtirilgan boʻlishi kerak. Ishlarni bajarish paytida shkaf eshiklari ochiq boʻlishi kerak. Armaturadan foydalanadigan xodim boʻlmagan paytida shkaf qulflangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB. TEXNIK QURILMALARGA QOʻYILADIGAN UMUMIY XAVFSIZLIK TALABLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Metallurgiya sohasining xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik qurilmalar (texnologik uskuna, agregatlar, mashina va mexanizmlar, texnik tizimlar va komplekslar, asboblar va apparatlar), shu jumladan xorijda ishlab chiqarilgan, qabul sinovlaridan oʻtkazilishi, belgilangan namunadagi sertifikat va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi ruxsatnomasiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Texnik qurilmalar (ishlab chiqarish uskunalari)ning konstruksiyasi mazkur Qoidalar talablariga, shuningdek tegishli ishlab chiqarish uskunasiga qoʻyiladigan amaldagi xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Tashkilotdagi mavjud barcha texnik qurilmalar uchun tegishli foydalanish hujjatlari tayyorlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Bevosita agregatlar yoki ularga xizmat koʻrsatish va boshqarish joylari yaqinida agregatlar va kommunikatsiyalarning joylashish va texnologik aloqalar sxemalari osilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Texnik qurilmalardan foydalanish ishlab chiqarish sharoitlari va mazkur Qoidalar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiquvchi tashkilotning texnik hujjatlari asosida ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnomalar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Texnik qurilmalardan foydalanishga faqat mazkur Qoidalarning I bobi talablariga muvofiq tayyorlangan foydalanuvchi va taʼmirlovchi xodimlar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Ish jarayonida uzellari yoki oʻzi toʻliq siljiydigan texnik qurilmani ishga tushirishdan oldin kamida 10 sekund davomida tovush va yorugʻlik signallari berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrinish hududidan tashqarida joylashgan texnik qurilmani pultdan, shuningdek aralash (qoʻlda va avtomatik tarzda) boshqarishda ishga tushirish faqat ikki yoqlama signalizatsiya tizimi orqali ishlovchilardan oʻzlariga biriktirilgan uchastkalarda uni ishga tushirish xavfsizligini tasdiqlovchi javob signallari olingandan keyin amalga oshirilishi kerak. Signallar bilan almashinish tartibi, ogohlantiruvchi signallar davomiyligi va ular orasidagi pauza tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yoʻriqnomada belgilanadi. Uskuna va mexanizmlarning ishga tushirish qurilmalari signal berish davomiyligini hisobga olib, ularni belgilangan tartibda toʻliq ulanadigan qilib bloklanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalit-birka qoʻllanib foydalaniladigan texnik qurilmalar roʻyxatini tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlarida texnik qurilmalarni ishga tushirish (toʻxtatish) tartibi toʻgʻrisida texnologik yoʻriqnomadan koʻchirmalar yoki tablichkalar osilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Texnik qurilmalarga xizmat koʻrsatish uchun ishlatiladigan asbob va moslamalar xavfsizlik talablari va bajariladigan ishlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlash-yongʻin xavfi boʻlgan hududlar va xonalarda ishlatiladigan asbob va moslamalar ular bilan ishlaganda uchqun chiqarmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Ish oʻrinlarida asbob va moslamalar maxsus ajratilgan joylarda yoki asbob shkaflarida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Mexanizatsiyalashtirilgan asbob va moslamalar ishlatilganda ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish yoʻriqnomalarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Nosoz texnik qurilmalarda ishlash, shuningdek nosoz moslama va asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Mexanizmlarni moylash tizimi germetik boʻlishi kerak. Mexanizmlarning qiyin joyda joylashgan, shuningdek tez-tez moylanadigan uzellari, agar ular koʻp boʻlsa, markazlashgan avtomatik moylash tizimiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanizmlarni qoʻlda moylash faqat ular toʻliq toʻxtaganda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Texnik qurilmalar, apparatlar, quvur oʻtkazgichlar va toʻsiqlarning yuza harorati ish oʻrinlarida 45°S dan oshmasligi kerak. Agar texnik sabablarga koʻra koʻrsatilgan haroratni saqlash imkoniyati boʻlmasa, ish oʻrinlarida nurli va konvektiv issiqlik oqimlari manbalari yaqinida ishlab chiqarish xodimlarini qattiq qizishdan himoyalash choralari (ekran oʻrnatish, havo dushi va boshqa usullar orqali) koʻrilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Ish oʻrinlarida ruxsat beriladigan shovqin darajasi va titrashning gigiyenik meʼyorlari GOST 12.1.003-83 “SSBT. Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”, SanQM 0120-01 sonli “Ish joylarida ruxsat beriladigan shovqin darajasining sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.012-90 “SSBT. Titrash xavfsizligi. Umumiy xavfsizlik talablari”, SanQM 0122-01 sonli “Ish joylarida umumiy va mahalliy titrash sanitariya meʼyorlari”da belgilangan miqdorlardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovqinni chegaraviy ruxsat berilgan meʼyorlarga qadar pasaytirib boʻlmasa, u holda xodimlar quyidagi eshitish organlarining ShHV bilan taʼminlanishi lozim: shovqinga qarshi quloq qopqoqlari (naushniklar), shlem yoki quloq taqm (vkladish)lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eshitish organlarining ShHVlarini ish joyidagi shovqin chastotasining oraliq miqdorlariga bogʻliq holda tanlab olish zarur. Eshitish organlarining ShHVlari turi va guruhi GOST 12.4.051-87 “SSBT. Eshitish organlarining shaxsiy himoya vositalari. Umumiy texnik talablar va nazorat usullari”, GOST 12.1.029-80 “SSBT. Shovqindan himoyalash vosita va usullari. Tasnifi” talablariga muvofiq tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy titrash koʻrsatkichlari meʼyorlardan ortiq boʻlsa, ish oʻrinlari GOST 12.1.012-90 “SSBT. Titrash xavfsizligi. Umumiy texnik talablar”iga binoan titrashni chegaraviy ruxsat berilgan koʻrsatkichlargacha pasaytiruvchi texnik vositalar bilan uskunalanishi, ish oʻrinlarida mahalliy titrash yuqori boʻlsa xodimlar GOST 12.4.002-97 “SSBT. Titrashdan qoʻllarni himoyalash vositalari. Texnik talablar va sinash usullari” talablariga muvofiq ShHV bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Portlatish ishlarini olib borish, portlovchi moddalar va portlatish vositalarini saqlash, berish va hisobga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Oʻzidan elektr magnit maydoni (EMM) energiyasi chiqaradigan va ishlab chiqarish sharoitlarida EMM taʼsiri ostida boʻladigan xizmat koʻrsatilayotgan uskunalar, ishlab chiqarish xodimlarining ish oʻrinlaridagi radiochastota EMM energiya oqimi kuchlanishi va zichligining chegaraviy ruxsat beriladigan miqdorlari, SanQM 0064-96 sonli “Radiochastota elektr magnit maydoni darajasining ruxsat etilgan sanitariya meʼyorlari” koʻrsatkichlaridan ortiq boʻlmasligi, shuningdek nazorat usullari hamda asosiy himoya usullari va vositalari amaldagi tegishli standartlar talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Sohaviy mansubligidan qatʼi nazar, metallurgiya korxona va ishlab chiqarishlarining ortiqcha bosimi 1,2 MPa gacha boʻlgan tabiiy, ferroqotishma va boshqa gazlar yoki ularning aralashmalarini, shuningdek bosimi 1,6 MPa gacha boʻlgan suyultirilgan propan-butanni tayyorlash, tashish va yoqilgʻi sifatida foydalanish bilan bogʻliq gaz xoʻjaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Agar korxonalarda radioaktiv moddalardan foydalanilsa, amaldagi radiatsiya xavfsizligi meʼyorlari hamda SanQM 0193-06 sonli “Radiatsiya xavfsizligi qoidalari va sanitariya meʼyorlari” talablariga rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioaktiv moddalar bilan ishlash oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan yoʻriqnoma asosida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Ishchi muhit fazalarini ajratish chegaralari boʻlgan idishlarda suyuqlik sathini nazorat qilish talab etilsa, sath koʻrsatkichlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, idishlarda tovush, yorugʻlik va boshqa signalizatorlar, shuningdek sath boʻyicha blokirovkalar oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Metallurgiya ishlab chiqarishlari materiallarini quritish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Xavf-xatar yuqori boʻlgan va texnik qurilmalar oʻrnatilgan joylarda GOST 12.4.026-76 “SSBT. Ogohlantirish ranglari va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq ogohlantiruvchi plakatlar osilgan, xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan yoki tovush (yorugʻlik) signalizatsiyasi jihozlari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Qoʻllaniladigan armatura (shu jumladan, xorijiy) GOST 12.2.063-81 “SSBT. Sanoat quvur oʻtkazgichlarining armaturasi. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.003-91 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”da belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Texnik qurilmalarning tajriba namunalarini sinovdan oʻtkazish tartibi mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tatbiq etishga doir amaldagi standartlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Korroziyaga moyil sharoitlarda ishlaydigan texnik qurilmalar va kommunikatsiyalar maxsus nazoratda boʻlishi kerak. Ularning davriy koʻrigi, devorlarining qalinligini va yedirilish darajasini aniqlash tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan grafik boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ІV BOB. TEXNIK QURILMALARDAN FOYDALANISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Texnik qurilmalardan tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomalarga muvofiq foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Smenani qabul qilish va topshirishda kuyidagilar tekshirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) texnik qurilmalarning sozligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻsiqlar, himoya blokirovkalari, signalizatsiya, nazorat-oʻlchov asboblari, yerga ulash qurilmalari, oʻt oʻchirish vositalarining borligi va holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoritish va ventilatsiya (aspiratsiya) tizimlarining sozligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv natijalari smenani qabul qilish va topshirish jurnalida qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Texnik qurilmalar tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan grafiklarda koʻzda tutilgan muddatlarda tekshirilishi va taʼmirlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Texnik qurilmalarning ehtiyot qismlari va almashtiriladigan uzellarini saqlash uchun sexlarda yuk koʻtarish mexanizmlari va borish yoʻllari bilan jihozlangan omborxonalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Korxonalarda texnik qurilmalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil etish va oʻtkazish amaldagi taʼmirlash ishlarining xavfsizlik qoidalariga, texnik qurilmalarni ishlab chiqqan tashkilotning foydalanish hujjatlariga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasi (ITEL) boʻyicha bajarilishi kerak. ITELda taʼmirlash ishlarini bajarish xavfsizligini taʼminlash choralari koʻzda tutilgan, shuningdek xavfsizlik talablariga rioya qilinishi uchun javobgar shaxslar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Har bir korxonada taʼmirlash ishlari birka tizimi, naryad-ruxsatnomalar qoʻllanilib va ITEL ishlab chiqqan holda bajariladigan texnik qurilmalar roʻyxati tuzilgan boʻlishi kerak. Roʻyxatni tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naryad-ruxsatnoma berish huquqiga ega shaxslar tashkilot buyrugʻi bilan tayinlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Ishlab turgan sexlarda boshqa sexlar yoki pudrat tashkilotlarning taʼmirlovchi (ishlab chiqarish) xodimlari tomonidan bajarilayotgan taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari xavfi yuqori ishlar jumlasiga kiritiladi va naryad-ruxsatnomalar asosida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat tashkiloti kuchi bilan ishlarni bajarish uchun ajratilgan ishlab chiqarish uchastkalari, texnologik liniyalar yoki alohida oʻrnatilgan uskuna, bino va inshootlar, hamda faoliyat koʻrsatayotgan sex tashqarisida joylashgan uchastkalar dalolatnoma-ruxsatnoma (2-ilova) bilan ularga topshiriladi. Bu holda naryad-ruxsatnomani pudrat tashkiloti beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Mazkur Qoidalarning 292-bandiga asosan roʻyxatga olingan texnik qurilmalarni taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi tegishli sex (uchastka) rahbari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. Ishni boshlashdan oldin taʼmirlash ishlariga jalb qilingan barcha mutaxassis va ishchilar ITEL bilan tanishishlari va mehnat xavfsizligi boʻyicha instruktajdan oʻtishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼmirlash chogʻida mehnat sharoitlari oʻzgarganda yangi naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilishi va takroriy instruktaj oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim ishga faqat taʼmirlash ishlari uchun masʼul shaxsning ruxsati bilan qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. ITELda ish oʻrinlariga, dam olish joylariga va hokazoga xavfsiz oʻtish yoʻllari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Taʼmirlash ishlari bajariladigan joylar va barcha oʻtish yoʻllari amaldagi meʼyorlarga binoan yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Har kuni ishni boshlashdan oldin taʼmirlash ishlari uchun masʼul shaxs ish oʻrinlarida xavfsizlik belgilari, ogohlantiruvchi plakatlar, turgʻun va koʻchma yoritish qurilmalari borligini, shuningdek asbob va moslamalarning sozligi, ish oʻrni ustidagi osmalarning, maydonchalar, havozalar, ustyopmalar va boshqa yordamchi qurilmalarning mustahkamligini tekshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan ishchilar uchun amaldagi tegishli qurilish meʼyorlari va qoidalari talablari hisobga olingan dam olish joylari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Texnik qurilmalarni taʼmirlash uchun berish va taʼmirlash ishlari tugagandan soʻng ularni qabul qilish amaldagi qoidalar talablari va mazkur bobning 292-bandida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Barcha turdagi texnik qurilmalarni koʻrikdan oʻtkazish, tozalash yoki taʼmirlash uchun toʻxtatish, shuningdek taʼmirlash ishlari tugagandan soʻng ularni ishga tushirish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yoʻriqnomalar talablariga rioya qilgan holda bajarish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Ichki koʻzdan kechirish, tozalash yoki taʼmirlash uchun toʻxtatilgan texnik qurilmalar energiya manbalari va texnologik kommunikatsiyalardan uzilgan boʻlishi kerak. Quvur oʻtkazgichlarda tiqinlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik qurilmalar texnologik materiallardan tozalangan, ichida zararli yoki portlash xavfi boʻlgan gaz, bugʻ yoki chang boʻlgan qurilmalar, bundan tashqari, puflangan boʻlishi kerak. Havodagi zararli va portlash xavfi boʻlgan moddalar miqdori analiz qilingan boʻlishi kerak. Havo nazorat analizlari ish jarayonida vaqti-vaqti bilan oʻtkazib turilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvur oʻtkazgichlarda oʻrnatiladigan echib olinuvchi tiqinlar standartlar talablariga muvofiq tayyorlanishi va ularda dumchalar boʻlishi kerak. Tiqin dumchasida uning raqami, poʻlat markasi, shartli bosim Ru va shartli oʻtish Du oʻyib yozilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiqinlarni oʻrnatish va echib olish jarayonlari maxsus jurnalda ushbu ish uchun masʼul shaxsning imzosi bilan qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuritmalarning elektr sxemalari uzib qoʻyilishi, ishga tushirish qurilmalarida yoki rubilnik dastaklarida “Qoʻshilmasin — odamlar ishlayapti!” plakatlari osilgan, bundan tashqari qurilmalarni yanglishib yoki oʻz-oʻzidan qoʻshilishiga yoʻl qoʻymaydigan choralar qabul qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hudud ishlayotgan texnik qurilma va kommunikatsiyalardan toʻsilgan, xavfsizlik belgilari, plakatlar, signal vositalari bilan jihozlangan va meʼyorlarga muvofiq yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Taʼmirlanayotgan, koʻrik oʻtkazilayotgan yoki tozalanayotgan texnik qurilma va kommunikatsiyalarda “Uskuna (apparat) taʼmirlanmoqda”, “Quvur oʻtkazgich taʼmirlanmoqda” va hokazo ogohlantiruvchi plakatlar osib qoʻyilishi kerak. Ogohlantiruvchi plakatlarni echib olish va texnik qurilma yoki quvur oʻtkazgichlarni ishga tushirish faqat taʼmirlash ishlarining masʼul rahbari ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Qizigan texnik qurilmalar ichida taʼmirlash ishlarini uning ichi shamollatilgandan keyin va havo harorati 40°S gacha pasaygandan soʻng bajarish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno hollarda ularda taʼmirlash ishlarini havo harorati 40°S dan yuqori boʻlganda bajarish ruxsat etiladi. Bunday ishlar roʻyxati va xavfsizlik choralari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Ishlab turgan elektr uzatish liniyalari va yashirin kommunikatsiyalarning qoʻriqlanadigan hududida taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi ulardan foydalanish uchun masʼul tashkilot va xizmatchilar bilan kelishilgan, shuningdek mazkur Qoidalarning I-bobidagi talablarni hisobga olgan holda bunday uchastkalarda ishlarni bajarish xavfsizligini taʼminlovchi tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Taʼmirlash ishlari ustma-ust joylashgan ikki yoki undan ortiq yaruslarda (vertikal belgilar boʻyicha) bajarilganda yaruslar oʻrtasida mustahkam ustyopmalar yoki ishlovchilarning ustiga materiallar yoki predmetlar tushishiga yoʻl qoʻymaydigan toʻrsimon toʻsiqlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. Tepadan materiallar, qurilish konstruksiyalari elementlari, texnik qurilma detallari va boshqa predmetlarni tashlash taqiqlanadi. Singan gʻishtlar va chiqindilarni pastki uchi yer sathidan (xona poli) 1,0 m dan koʻp boʻlmagan balandlikda joylashgan quvurlar yoki novlar orqali tushirish ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310. Materiallar va texnik qurilmalarni ishchi maydonchalarga yetkazib berish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ularning tushib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. Yuklarni joydan-joyga koʻchirish bilan bogʻliq barcha ishlar ITELga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik gabaritli yuklarni joydan-joyga koʻchirish ishlari taʼmirlash ishlari uchun masʼul shaxsning ishtirokida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik gabaritli montaj uzellari bilan takelaj ishlarini bajarish paytida ushbu uchastkadagi boshqa barcha ishlar toʻxtatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312. Havoza, koʻprikcha, narvon va boshqa moslamalar yordamida balandlikda taʼmirlash ishlarini bajarish paytida amaldagi standartlar talablariga rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313. Havozalar qavatma-qavat va yaruslar boʻylab tepadan pastga tomon echib olinishi kerak. Havozalarni echib olishdan oldin ular chiqindilardan tozalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havozalarni echib olish taʼmirlash ishlari uchun masʼul shaxs ishtirokida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. Havoza va koʻprikchalar oʻrnatish imkoniyati boʻlmaganda 2,0 m dan ortiq balandlikda ishlarni narvonda turib bajarish paytida ishchilar ehtiyot arqonli saqlovchi kamarlardan foydalanishlari kerak. Arqon mahkamlanadigan joy ishlar boshlangunga kadar taʼmirlash ishlari uchun masʼul shaxs tomonidan koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315. Saqlovchi kamarlarda yelkadan oʻtkaziladigan tasmalar boʻlib, ular kesishgan joyda bel tomondan ehtiyot arqonni mahkamlash uchun halqalar boʻlishi kerak. Elkadan oʻtkaziladigan tasmalari boʻlmagan kamarlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316. Saqlovchi kamarlar, kamar karabinlari va ehtiyot arqonlar omborxonadan olingandan soʻng va ishlatish davrida kamida bir yilda ikki marta sinovdan oʻtkazilishi kerak. Ularning sinovi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak. Har bir kamar va arqonda keyingi sinov muddati koʻrsatilgan anjom (inventar) raqami boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317. Saqlovchi kamarlar va ehtiyot arqonlar GOST R 12.4.184-95 “SSBT. Saqlovchi kamarlar. Umumiy xavfsizlik talablari. Sinash usullari”ning xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318. Quyidagi hollarda taʼmirlash ishlari toʻxtatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishlarni bajarishning haqiqiy holati xavfsizlik talablariga toʻgʻri kelmasligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik qurilmalarni elektr tokidan uzish shartlari buzilishi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ish xususiyati va hajmlari texnik qurilmalarni elektr tokidan uzish sxemalari va ishlarni bajarish tartibini oʻzgartirish talab etiladigan darajada oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishlovchilarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ishlab chiqarish xonasida avariya signali berilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319. Taʼmirlash ishlari tugagandan keyin keraksiz konstruksiyalar, moslamalar, materiallar, asboblar va chiqindilar yigʻishtirib olinishi, barcha toʻsiqlar, saqlovchi va blokirovka qurilmalar yana tiklanishi, taʼmirlovchi xodimlar ishlar bajarilgan joydan olib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320. Asosiy metallurgiya uskunalarini joriy taʼmirlash muddatlarini koʻchirish faqat texnik qurilmani tekshiruvdan oʻtkazgan komissiyaning ijobiy xulosasi va tashkilot texnik rahbarining yozma ruxsatnomasi boʻlganda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Asosiy metallurgiya uskunalarini kapital taʼmirlash muddatlarini koʻchirish faqat sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi boʻlganda kiritilishi mumkin. Qabul qilish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB. ELEKTR QURILMALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Elektr dvigatellar, elektr tarmoqlari, ishga tushirish-rostlash, nazorat-oʻlchov va himoya apparaturalari, shuningdek nazorat, avtomatizatsiya, ogohlantirish va aloqa vositalarining joylashtirilishi, tuzilishi va ulardan foydalanish amaldagi “Elektr uskunalar tuzilishi qoidalari” (keyingi oʻrinlarda — EUTQ), “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalardan texnik foydalanish qoidalari” (2004-yil 9-iyulda 1383-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 27-son, 317-bet) va “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2004-yil 20-avgustda 1400-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, 379-bet) hamda mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Portlash-yongʻin xavfi va yongʻin xavfi boʻlgan materiallar ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan yoki saqlanadigan xona va tashqi qurilmalar EUTQ talablariga muvofiq portlash xavfliligi va yongʻin xavfliligi boʻyicha tasniflanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Har qaysi elektr qurilma ish rejimi uchun foydalanish sxemalari tuzilgan boʻlishi kerak. Elektr birikmalar sxemalariga kiritiladigan barcha oʻzgartirishlar, shuningdek yerga ulash joylarining oʻzgarishi sxemada aks ettirilishi, u yoki bu oʻzgartirish kim tomonidan, qachon va qanday sabab boʻyicha kiritilganligi koʻrsatilishi kerak. Foydalanish elektr sxemalari va ularga kiritiladigan oʻzgartirishlar korxonaning elektr xoʻjaligi uchun masʼul shaxs tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Elektr sxemalarda elektr qurilmalarni yuqori kuchlanish va qisqa tutashuvdan, shuningdek xodimlarni EMM taʼsiridan himoyalash koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. Elektr toki urishi yoki EMM taʼsiri xavfi bilan bogʻliq ishlarda “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2004-yil 20-avgustda 1400-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, 379-bet) talablariga muvofiq himoya vositalari ishlatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya vositalarining qoʻllanilishi va sinalishi “Elektr qurilmalarda ishlatiladigan himoya vositalarini qoʻllash va sinash qoidalari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327. Elektrlashgan asboblar (elektr asboblar), koʻchma elektr lampalar, tok kuchini kamaytiruvchi transformatorlar va elektr toki chastotasini oʻzgartirgichlarni ishlatishdan oldin korpusida qisqa tutashuv yoʻqligi, yerga ulovchi simning sozligi va tok bilan taʼminlovchi simlar izolatsiyasi holati tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328. Koʻchma elektrlashgan asbob amaldagi xavfsizlik standartlari talablariga muvofiq boʻlishi, asboblar omborida saqlanishi va ishchilarga ish paytida berilishi kerak. Kuchlanishi 42 V dan yuqori boʻlgan elektrlashgan asbob individual himoya vositalari bilan komplektda berilishi kerak. Asbob va moslamalar qoʻllanib ish bajarilayotgan paytda xodimlar “Asbob va moslamalar bilan ishlash paytida xavfsizlik qoidalari” talablariga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329. Elektr uskunalar va elektr qurilmalaridan foydalanish “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalardan texnik foydalanish qoidalari” (2004-yil 9-iyulda 1383-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 27-son, 317-modda) va “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2004-yil 20-avgustda 1400-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalarning I-bobi talablariga muvofiq tayyorlangan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VІ BOB. YoNGʻIN VA PORTLASh XAVFSIZLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330. Metallurgiya ishlab chiqarishlarida bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi amaldagi yongʻin xavfsizligi qoidalari, tegishli qurilish meʼyorlari va qoidalari, shuningdek GOST 12.1.004-91 “SSBT. Yongin xavfsizligi. Umumiy talablar”iga rioya qilgan holda taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Portlash xavfi boʻlgan muhitni hosil qilishga moyil moddalar ishtirokidagi texnologik jarayonlarning portlash xavfsizligi GOST 12.1.010-76 “SSBT. Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST 12.1.004-91 “SSBT. Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST R 12.3.047-98 “SSBT. Texnologik jarayonlarning yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablar. Nazorat usullari”, GOST 12.1.041 -83 “SSBT. Yonuvchan changlarning yongʻin-portlash xavfsizligi. Umumiy talablar” va boshqa amaldagi standartlarda belgilangan talablar hajmida portlashning oldini olish va portlashdan himoyalash choralari, tashkiliy va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VІІ BOB. GAZ-QUTQARUV XIZMATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Avariya oqibatlarini mahalliylashtirish va bartaraf etish boʻyicha xatti-harakatlarga tayyorgarlikni taʼminlash maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot gaz-qutqaruv xizmatini, shuningdek xodimlar ichidan noshtat avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz-qutqaruv xizmati tegishli meʼyoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII BOB. KORXONALARNING HUDUDI. BINO VA INShOOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Metallurgiya ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishda ShNQ 3.01.04-04 “Qurilishi tugagan obyektlarni foydalanishga qabul qilish. Umumiy qoidalar” qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda boshqa amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlarga rioya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona hududida otvallar, shlam toʻplagichlar, kon qoldiqlari omborxonasi va chiqindi toʻplagichlarni qurish faqat chiqindilarni utilizatsiya qilish imkoniyati yoʻqligi asoslab berilganda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Tashkilot hududida bino va inshootlar hamda 1520 (1524) mm va 750 mm izli temir yoʻlda harakatlanadigan tarkiblarining yaqinlashish gabaritlari GOST 9238-83 “Qurilishlar va 1520 (1524) mm izli temir yoʻlda harakatlanadigan tarkiblarning yaqinlashish gabaritlari” va amaldagi loyihalash meʼyorlari hamda standartlar boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335. Temir yoʻllarning avtomobil yoʻllari va piyodalar yoʻlaklari bilan kesishish joylari tegishli qurilish meʼyorlari va qoidalari talablarini hisobga olgan holda qurilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslangan hollarda temir yoʻl bilan kesishish joylari turli sathlarda koʻzda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336. Tashkilot maʼmuriyati tomonidan tashkilot, obyekt hududida transport vositalari va piyodalarning harakatlanish sxemalari ishlab chiqilgan boʻlishi kerak. Harakatlanish sxemalari tashkilot hududida va barcha obyektlarda osib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337. Tashkilot hududida avtomobillar va boshqa relssiz transport vositalarining harakatlanish tezligi mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda maʼmuriyat tomonidan belgilanadi. Ishlab chiqarish binosiga kirish (chiqish)da va uning ichida harakatlanish tezligi 5 km/soatdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport harakati yoʻl belgilari va tegishli standartlarda koʻzda tutilgan yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalari yordamida tartibga solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338. Elektr karlarda, avtokarlarda, har qanday turdagi transport yuk pritseplarida va bu maqsadlar uchun jihozlanmagan avtomobillarda odam tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339. Tashkilot hududida materiallar, buyumlar va boshqa yuklar maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk ortish va tushirish ishlari GOST 12.3.009-76 “SSBT. Yuk ortish-tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yoʻriqnomalar boʻyicha bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340. Tashkilot hududi amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq obodonlashtirilgan boʻlishi va toza saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻllar, oʻtish yoʻllari va oʻtish joylari transport vositalari va odamlar oʻtishi uchun ochiq boʻlishi kerak. Yoʻllar, oʻtish yoʻllari va trotuarlar oʻz vaqtida taʼmirlanishi, qishda qor va muzdan tozalanishi, yaxmalak paytida qum (kul, shlak) sepilishi kerak. Sutkaning qorongʻi paytida oʻtish yoʻllari va oʻtish joylari yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Tashkilot hududida toʻsilmagan oʻralar, zovurlar, transheyalar boʻlishi ruxsat etilmaydi. Vaqtinchalik ochiq lyuklar, quduqlar, novlar, kanallar balandligi kamida 1 m boʻlgan toʻsiqlar bilan toʻsilgan va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik basseynlar (toʻplagichlar, tindirgichlar)ning atrofi marzalangan yoki kamida 1 m balandlikdagi toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. Tashkilot hududida tuproq ishlari QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda texnika xavfsizligi”ga rioya qilgan holda va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan ITEL boʻlganda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar tugagandan keyin barcha kiritilgan oʻzgartirishlar tashkilot bosh rejasining kommunikatsiyalar ijro sxemalarida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Xona va binolarning portlash-yongʻin va yongʻin xavfsizligi boʻyicha toifasi obyektni loyihalash paytida yongʻin xavfsizligi meʼyorlari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda xona yoki binolarning toifasini oʻzgartirish loyiha tashkiloti tomonidan bajarilishi va hisob-kitoblar bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344. Vodorod va boshqa yonuvchan gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlar joylashtirilgan binolar elementlarining konstruksiyasida gaz toʻplanib qoladigan hududlar va shamollatilmaydigan uchastkalar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345. Pollarning tuzilishi QMQ 2.03.13-97 “Pollar. Loyihalash meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolardagi pollar ishlab chiqarish jarayonida yoʻl qoʻyiladigan mexanik, issiqlik yoki kimyoviy taʼsirlarga chidamli va quyidagicha oʻrnatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vaqti-vaqti bilan yoki muntazam suyuqliklar (suv, kislota va ishqor eritmalari, mineral moylar, emulsiyalar va hokazolar) oqib turadigan xonalarda — bunday suyuqliklarni oʻtkazmaydigan va suyuqliklarning novlarga, kanallarga qarab oqishi uchun nishablikka ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektroliz sexlarida — elektr tokini oʻtkazmaydigan, nam shimmaydigan va issiqlikka chidamli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) metallurgiya agregatlarining ishchi maydonchalarida va sexlarning kuyish oraliqlarida — sirpanmaydigan yuzali yedirilishga chidamli mustahkam materiallardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xonaning portlash va yongʻin xavfi boʻlgan hududlarida — uchqun chiqarmaydigan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346. Bino va inshootlarning agressiv muhit taʼsiri ostida boʻlgan barcha qurilish konstruksiyalari QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash”ga muvofiq korroziyadan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino kolonnalari va boshqa qurilish konstruksiyalarining eritilgan mahsulotlar tegishi mumkin boʻlgan joylarida oʻtga chidamli himoya boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pech va mikserlardan eritilgan va qizdirilgan mahsulotlar chiqadigan hududda joylashgan pech, toʻkish, quyish oraliqlari va mikser boʻlinmalari maydonchalari issiqlikdan izolatsiyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347. Ishlab chiqarish bino va inshootlarining qurilish konstruksiyalaridan foydalanish (saqlash, nazorat qilish va taʼmirlash) va ularning holati ustidan nazorat amaldagi tegishli qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlik nazorati oʻtkaziladigan bino va inshootlar roʻyxati tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalariga tushadigan yukni oʻzgartirish faqat hisob-kitoblar tekshirib chiqilgandan keyin va oʻzgarishlar bosh loyihachi bilan kelishilgandan soʻng ruxsat etiladi. Kiritiladigan oʻzgarishlar sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishi va texnik xavfsizlik darajasini pasaytirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349. Ishlab chiqarish va ombor xonalarga temir yoʻl tarkiblari va katta yuk avtomobillarining kirishi uchun moʻljallangan ochiq joylar (darvozalar) transport vositalarining kirishi (chiqishi)ga ruxsat berish yoki taqiqlash uchun yorugʻlik signalizatsiyasi, shuningdek ishlab chiqarish xodimlarini xabardor etish uchun tovush signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha oʻtish joylari (eshiklari) boʻlgan gʻildiratib suriladigan mexanizatsiyalashgan darvozalarda oʻtish joyi (eshik) ochiq boʻlganda darvozaning ochilishi va yopilishiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovka boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350. Ishlab chiqarish binolaridagi transport vositalari va odamlar oʻtish joylarining chegaralari toʻsilgan yoki maxsus chiziqlar bilan belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish konstruksiyalari, ishlab chiqarish uskunalari va sex ichidagi transportning avariya va baxtsiz hodisa xavfini yuzaga keltiruvchi elementlari, shuningdek oʻt oʻchirish va xavfsizlikni taʼminlash qurilmalari va vositalari tegishli xavfsizlik belgilari bilan jihozlangan va GOST 12.4.026-76 “SSBT. Ogohlantirish ranglari va xavfsizlik belgilari”ga va boshqa amaldagi standartlarga muvofiq signal-ogohlantiruvchi rangda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Ishlab chiqarish binolari toza saqlanishi kerak. Binoning toifasiga qarab pol va boshqa qurilish konstruksiyalarini yigʻishtirish tartibi belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari, oʻtish joylari, xonadan chiqish joylari, oʻt oʻchirish, xavfsizlikni taʼminlash va aloqa vositalariga borish yoʻllarini toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. Xona ichidagi qurilish konstruksiyalarida, xizmat koʻrsatish maydonchalarida va uskunalarda chang toʻplanib qolishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez alangalanadigan kukun materiallar ishlab chiqariladigan yoki ishlatiladigan xonalarda changni tozalash shu ishlarni xavfsizligi koʻzda tutilgan va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomaga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. Binolarning tomlari chang, qor va muzdan tozalanishi kerak. Tomlarni tozalash ishlari tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomaga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. Binolar, inshootlar va tashqi qurilmalarni yashinning toʻgʻridan toʻgʻrizarbidan va ikkilamchi taʼsiridan himoyalash tadbirlari loyihada koʻzda tutilishi va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yoʻriqnomaga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ІX BOB. UMUMIY SANITARIYA TALABLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355. Sanoat tashkilotlarining ishlab chiqarish binolari amaldagi sanoat tashkilotlarini loyihalash sanitariya meʼyorlari talablariga muvofiq loyihalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356. Xodimlarning ish va dam olish rejimlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari taʼsiri sharoitida ishlar bajaruvchi xodimlarni ish va dam olish rejimi SanQM 0141-03 sonli va “Mehnat sharoitlarini baholash va ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha sinovdan oʻtkazish uslublari”ga (1996-yil 28-mayda 247-son bilan roʻyxatga olingan) binoan mehnat sharoitlarining baholanishi hisobga olinib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357. GOST 12.0.003-74 “SSBT. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Tasnifi” boʻyicha tasniflangan, ishlovchilar ish bajarayotganda ish hududida paydo boʻladigan zararli ishlab chiqarish omillari GOST 12.4.011-89 “SSBT. Xodimlarni himoyalash vositalari. Umumiy talablar va tasnifi” va boshqa tegishli standartlar boʻyicha umumiy texnik himoya vositalari va ShHVlar bilan taʼminlanib bartaraf etilishi yoki chegaraviy ruxsat etilgan miqdorlargacha kamaytirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358. Ishlab chiqarish sexlarining ish hududlaridagi harorat, namlik va havo harakati tezliklarining ruxsat etilgan oʻzaro moslashuvi SanQM 0203-06 sonli “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimining sanitariya meʼyorlari” va GOST 12.1.005-88 “SSBT. Ish hududi havosiga qoʻyiladigan umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq reglamentlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359. Ovqatlanish faqat oshxona, bufet yoki shu maqsad uchun maxsus ajratilgan xonada ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-xavflilik moddalari mavjud boʻlgan sexlarda oshxona, bufet va maxsus ovqat tarqatish punktlarini joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoiti zararli ishlar bilan band boʻlgan ishchi va xizmatchilarga sut berilishi korxona oshxonalarida yoki maxsus jihozlangan tarqatish punktlarida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360. Ishlab chiqarish binolaridan tashqarida (shlak uyumlari va hokazo) ishlovchilar uchun isinish xonalari koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361. Zaharli moddalar bilan muomala qiluvchi ishchi va xizmatchilarga qoʻshimcha va maxsus taomlar berilishi korxona oshxonasi va maxsus jihozlangan tarqatish punktlarida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish joylarida ovqatlanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida birinchi tibbiy yordam punktlari, sogʻliqni saqlash punktlari QMQ 2.09.04-98 “Korxonaning maʼmuriy va maishiy binolari”ga muvofiq tashkil etilgan boʻlishi kerak. Punktni tashkil etish va uning uskunalari mahalliy sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishiladi. Har bir maishiy xonada birinchi tibbiy yordam aptechkalari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori-darmonlar saqlanishi va ular toʻplamining toʻliqligi ustidan kuzatishni sex (boʻlinma) boshligʻi va sogʻliqni saqlash punkti xodimlari olib borishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363. Ishda jabrlangan yoki toʻsatdan ogʻrib qolgan shaxslarni birinchi tibbiy yordam punktidan davolash muassasasiga olib borish uchun maxsus sanitariya mashinalari koʻzda tutilgan boʻlib, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X BOB. ISITISh, VENTILATSIYA VA HAVONI MOʻʼTADILLASh. SUV OʻTKAZGICh VA KANALIZATSIYA. YoRITISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364. Isitish, ventilatsiya va havoni moʻtadillash tizimlari mazkur Qoidalar va amaldagi standartlar talablariga, shuningdek QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va moʻtadillash” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365. Ishlab chiqarish jarayonida havo yuborish-tortish ventilatsiyasi tizimlari va aspiratsiya vositalarining uzluksiz ishlashi taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlash jarayonida zaharli, portlash-yongʻin va yongʻin xavfi boʻlgan moddalar ajralib chiqadigan texnologik uskunalardan ventilatsiya tizimi nosoz boʻlganda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366. 1-chi xavflilik sinfiga mansub portlash xavfi boʻlgan yoki zararli moddalarni ishlab chiqarish, ular bilan muomala qilish va saqlash bilan bogʻliq xonalarda havo muhitining holati avtomatik gazoanalizatorlar hamda portlash xavfi boʻlgan moddalar (gazlar va TAS bugʻi) konsentratsiyasi alangalanish quyi konsentratsiya chegarasining koʻpi bilan 20% ga etganda, zaharli gazlar, bugʻlar va aerozollar uchun esa ChRBKga yaqinlashganda ishga tushadigan yorugʻlik va tovush signalizatsiya qurilmasi yordamida nazorat qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367. Shamollatish tizimlari ishining samaradorligini instrumental tekshirish kamida bir yilda bir marta, shuningdek har gal bu tizimlar kapital taʼmirlangandan yoki rekonstruksiya qilingandan keyin oʻtkazilishi kerak. Tekshirish dalolatnomalari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368. Barcha shamollatish tizimlariga tegishli foydalanish hujjatlari (pasportlar yoki formulyarlar) tuzilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369. Texnologik jarayon oʻzgarganda yoki ishlab chiqarish uchastkasi rekonstruksiya qilinganda ushbu uchastkada faoliyat koʻrsatayotgan shamollatish tizimlari yangi ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiqlashtirilishi kerak. Shamollatish tizimlarining ishlash sxemalarini oʻzgartirish bilan bogʻliq loyiha ishlari hisob-kitoblar bilan asoslangan va bosh loyiha tashkiloti bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370. Shamollatish tizimlaridan foydalanmaydigan shaxslarga ventilatsiya xonalariga kirish, ventilyatorlarni ishga tushirish va oʻchirish, shamollatish tizimlari armaturasi (klapanlar, shiberlar)ni ochish yoki yopish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371. Korxonaning suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlari hamda tashqi tarmoqlari QMQ 2.04.02-97 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, QMQ 2.04.03-97 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372. Binoning suv oʻtkazish va kanalizatsiya tizimlari QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv oʻtkazgich va kanalizatsiyalari”, QMQ 2.09.04-98 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373. Suv bilan qoʻshilganda portlashni yuzaga keltirib parchalanadigan yoki alangalanadigan, shuningdek portlash xavfi boʻlgan yoki zaharli gazlar hosil qiladigan moddalar ishlab chiqariladigan, ishlatiladigan yoki saqlanadigan xonalardagi suv taʼminoti, kanalizatsiya va isitish tizimlarining tuzilishi ushbu xavfli moddalarga suv tushishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374. Xoʻjalik-ichimlik suv oʻtkazgich tarmogʻining texnik suv beriladigan suv oʻtkazgich tarmoqlari bilan ulanishi ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375. Kiyim yonib ketishi eki kimyoviy kuyishlar sodir boʻlish ehtimoli boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida favvorachalar, kranlar, rakovinalar yoki oʻz-oʻziga yordam koʻrsatish vannalari, avariya dushlari boʻlishi kerak. Bu qurilmalar qulay joylarda oʻrnatilgan va xoʻjalik-ichimlik suv oʻtkazgichga ulangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan barcha qurilmalarni suv bilan qoʻshilganda parchalanib portlaydigan yoki alangalanadigan, shuningdek portlash xavfi boʻlgan yoki zaharli gazlar hosil qiladigan moddalar saqlanadigan yoki ular bilan muomalada boʻlinadigan xonalarda joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
376. Texnik qurilmalar (idishlar, apparatlar)ning kanalizatsiyaga chiqarish qurilmalarida gidravlik zatvorlar va qurilma taʼmirlash uchun toʻxtatilganda tiqin oʻrnatish uchun flanetsli birikmalar boʻlishi kerak. Shuningdek, kanalizatsiyaning iflos oqimlar chiqadigan joylaridagi stoyak oldida ham gidravlik zatvorlar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377. Kanalizatsiya tarmoqlari va quduqlarni koʻzdan kechirish va tozalash ishlari grafik boʻyicha va gaz xavfi boʻlgan ishlarni olib borish tartibiga muvofiq bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378. Oqova suvlarni suv havzalariga tashlash sharoitlari suv yuzalarini ifloslanishdan muhofaza qilishga oid amaldagi sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona tozalash inshootlarining samarali ishlashini taʼminlashi va oqova suvlarning ifloslanish darajasini nazorat qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379. Tashkilot hududidagi ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritish, shu jumladan avariya yoritish, QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” hamda boshqa tegishli amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380. Portlash xavfi boʻlgan xonalarda portlashdan bexatar qilib yasalgan yoritish tizimlari koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381. Ishlab chiqarish uchastkasi rekonstruksiya qilinganda uning yoritish tizimi yangi ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382. Avariya yoritish tarmogʻining sozligi muntazam tekshirib turilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383. Ish oʻrinlarini koʻprikli kranlar bilan qorongʻilashtirib qoʻyilishining oldini olish uchun kran fermalarida qoʻshimcha yoritqichlar koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarda, tashkilot hududida umumiy yoritish rubilniklarini qoʻshish (uzish), shuningdek yoritish tarmoqlariga xizmat koʻrsatish (yoritqichlarni taʼmirlash va tozalash, lampalarni, rozetkalarni almashtirish va boshqa ishlar) faqat elektr texnik xodimlar tomonidan kuchlanishni uzib qoʻyib bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385. Koʻchma yoritqichlar uchun kuchlanishi 42 V dan yuqori boʻlmagan, portlash xavfi boʻlgan xonalarda, xona tashqarisida, idishlar va texnologik inshootlar ichida ishlaganda esa kuchlanishi 12 V dan yuqori boʻlmagan elektr tarmogʻi oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchma yoritqichlar konstruksiyasi muhit xususiyati va ular ishlatiladigan joyga qarab tanlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
386. 2,2 m va undan ortiq balandlikda joylashgan yorugʻlik tushadigan tuynuklarning tavaqalari va framugalari, shuningdek ochiladigan fonar romlari uchun xonaning ishchi yoki xizmat koʻrsatiladigan hududi chegarasida ularni uzoqdan turib yoki qoʻlda ochish qurilmalari koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387. Deraza oynalari va fonarlarni chang va iflosliklardan muntazam tozalash, shuningdek yoritqichlarga xizmat koʻrsatish uchun koʻrsatilgan ishlarni qulay va xavfsiz bajarishni taʼminlovchi qurilma va moslamalar ishlatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388. Xonalarning yorugʻlik tushadigan tuynuklarini materiallar, buyumlar va boshqa begona predmetlar bilan toʻsib qoʻyish ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XІ BOB. XAVFSIZLIK QOIDALARINING BUZILIShI UChUN JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389. Mazkur Qoidalar bajarilishi metallurgiya ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash, qurish, foydalanish hamda uskunalarni tayyorlash va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslari, rahbarlari va mutaxassislari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
390. Koʻrsatilgan shaxslar buzilishlar xarakteri va ularning oqibatiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII BOB. YAKUNIY QOIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxitektura va qurilish boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi N.M. XANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA