OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
Qarori
RIELTORLIK TASHKILOTLARI UCHUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda), qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi v.b. A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 8-avgust,
01/19-18/04-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b. B. ZILYAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 8-avgust,
27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 8-avgustdagi 01/19-18/04, 27-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) muvofiq rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha rieltorlik tashkilotlarining faoliyati;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, ular topshirgan hujjatlar asosida rieltorlik tashkilotlari tomonidan mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash — rieltorlik tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz — koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida ogʻzaki yoki yozma ravishda shartnoma tuzmoqchi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida rieltorlik tashkilotlari tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlardan kelib chiqib, rieltorlik tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Rieltorlik tashkilotlarida ichki nazoratning maqsadi quyidagilardan iborat:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
rieltorlik tashkilotlarini qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
rieltorlik tashkilotlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda koʻchmas mulk oldi-sotdisi bilan bogʻliq operatsiyalarni rasmiylashtirish va amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Rieltorlik tashkilotlarida ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat:
qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek koʻchmas mulk oldi-sotdisi faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk manbalarining kelib chiqish manbaini aniqlash va oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarning 21-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
alohida hollarda koʻchmas mulk oldi-sotdisi bilan bogʻliq xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor etish;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulk oldi-sotdisi bilan bogʻliq faoliyat toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
rieltorlik tashkilotlari rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam taʼminlab borish;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
Keyingi tahrirga qarang.
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni aniqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratini tashkil etish maqsadida rieltorlik tashkilotlarda ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun rahbarning buyrugʻi bilan masʼul shaxs (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Rieltorlik tashkilotlarining ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
6. Rieltorlik tashkilotlari har yili yanvar oyining 10-sanasidan kechiktirmay tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasiga taqdim etishlari shart.
Masʼul shaxs oʻzgargan taqdirda, bu haqda rieltorlik tashkiloti besh ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasini xabardor qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi har yili yanvar oyining 20-sanasidan kechiktirmay rieltorlik tashkilotlarining masʼul shaxslari haqida maʼlumotlarni Departamentga taqdim etadi. Hisobot yili davomida masʼul shaxslar oʻzgargan taqdirda, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi rieltorlik tashkilotlardan oʻzgarishlar haqida tasdiqlovchi hujjatlar olgan kunidan boshlab besh ish kuni mobaynida qoʻshimcha ravishda Departamentni xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida masʼul shaxs quyidagi vazifalarni bajaradi:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
rieltorlik tashkiloti faoliyatiga xos jihatlaridan kelib chiqib, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlashga kiritadi;
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarning Departamentga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek Departamentning qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalar ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi.
9. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlaridagi fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha).
10. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagilarga majburdir:
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrish;
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda Departamentga maʼlumot berish;
Keyingi tahrirga qarang.
olingan maʼlumotning maxfiyligiga rioya qilish;
mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va koʻzlangan xususiyati, shuningdek zarur hollarda pul mablagʻlarining kelib chiqish manbai toʻgʻrisida soʻrash;
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Masʼul shaxs qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida rieltorlik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda masʼul xodimlarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Rieltorlik tashkilotlari har yili 1-fevralgacha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Mijozlarning tegishli tekshiruvi
14. Rieltorlik tashkilotlari:
amaliy ish munosabatlari oʻrnatilganda;
koʻchmas mulk oldi-sotdisi bitimlarini amalga oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganda;
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha yuzaga kelganida;
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubha tugʻilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradilar.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻchmas mulk sotuvchisi va oluvchisiga nisbatan birdek amalga oshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mijozlarni lozim darajada tekshirish, koʻchmas mulk oldi-sotdisi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish paytidagi barcha bosqichlarda olib borilishi lozim.
Binefitsar mulkdorni aniqlash uchun rieltorlik tashkiloti mijoz boshqa mijoz nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va undan keyin mijoz kimning nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ularning qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlaridan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar tekshirilishi lozim.
Mijoz yuridik shaxsni yanada batafsilroq oʻrganish uchun:
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli maʼlumotlarga alohida eʼtibor berilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Rieltorlik tashkilotlari mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash;
boshqa erkin foydalanish mumkin boʻlgan axborot manbalari orqali tekshirishga majburdir.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun kerak boʻlgan identifikatsiya va boshqa maʼlumotlar kamida bir yilda bir marta yangilanib turilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va zarur chora-tadbirlar qoʻllanishi lozim.
20. Rieltorlik tashkilotlari mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
21. Quyidagi hollarda koʻchmas mulk oldi-sotdisi bilan bogʻliq operatsiya shubhali deb topilishi mumkin:
mijoz tomonidan zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan, ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishning sababsiz rad etilishi;
mijozning amalga oshirilayotgan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
mijozning xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmaganligi, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyati turlariga toʻgʻri kelmasligi;
bitimga mijoz faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan qoʻshimchalar va oʻzgarishlar kiritilishi;
operatsiyani amalga oshirishda mijoz talabi bilan qilayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uning amalga oshirilishidan oldin koʻproq, ayniqsa, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk harakati yoʻnalishiga taalluqli oʻzgartirishlar kiritilishi;
mijoz haqidagi maʼlumotning mavjud emasligi, shuningdek koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining yoʻqligi;
maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilishining mijoz tomonidan asossiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib boʻlmaydigan maʼlumotning taqdim etilishi;
mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolgʻon axborot va notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi;
agar mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatda doimiy yashaydigan, turgan yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
amalga oshirish maqsadi qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan nazorat jarayonlaridan bosh tortish deyishga asos boʻladigan operatsiyalar yoki bitimlarning koʻp marotaba yuritilganligining aniqlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozning oldi-sotdi shartnomasida koʻchmas mulkning bahosini haqiqiy bahosidan oshirib koʻrsatish xohishi;
mijozning shartnoma boʻyicha bozor amaliyotidan oʻzgacha va nostandart hamda qiyin boʻlgan toʻlov sxemasi orqali hisob-kitob qilish taklifi;
mijoz tomonidan qasddan koʻchmas mulk obyekti uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda, birja (yarmarka)larning hisob-kitob-kliring palatalarida mavjud yakka tartibdagi foydalanuvchilar raqamlaridagi yigʻilib qolgan legitim mablagʻlardan foydalanilishi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, yangi tashkil boʻlganiga 3 oy boʻlmagan yuridik shaxs tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kunda eng kam ish haqining 1000 baravaridan oshiq boʻlgan bahoda koʻchmas mulk sotib olinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulk oldi-sotdisi shartnomasida koʻrsatilgan oluvchi va sotuvchi yuridik shaxslar bir-biriga oʻzaro aloqador boʻlsa (taʼsischilari, rahbarlari, roʻyxatdan oʻtgan manzillari bitta boʻlsa va h.k.);
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijoz shaxsi, uning obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
23. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar har qanday operatsiya, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilikni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, Departamentga xabar qilinishi lozim.
Bunday hollarda rieltorlik tashkilotlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turishga va ushbu operatsiya haqida uni toʻxtatib qoʻyilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilishga majburdirlar. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani toʻxtatish haqida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmaganda, koʻrsatilgan muddat tugashi bilan rieltorlik tashkilotlari toʻxtatilgan operatsiyani amalga oshirishga kirishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, masʼul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
shubhali operatsiya toʻgʻrisida Departamentga xabar berish haqida;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar rieltorlik tashkilotlari tomonidan Departamentga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir maʼlumot haqidagi axborot masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va (yoki) elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
26. Rieltorlik tashkilotlari tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni Departamentga kechiktirmay topshirishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
27. Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiya turi va uni amalga oshirishning asoslari;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyani topshirigʻi boʻyicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha qabul qiluvchi va uning vakilini indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
28. Rieltorlik tashkilotlari koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash materiallarini va maʼlumotlarini shu jumladan, ish yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Rieltorlik tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida Departamentga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berishga haqli emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Rieltorlik tashkilotlari ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakunlovchi qoidalar
30. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi tomonidan Departament bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha boshqa hujjatlar rieltorlik tashkilotlarining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.