Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011—2015-yillarda yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 30-maydagi PQ-1542-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
“Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
uch oy muddatda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsinlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash hamda yolgʻiz keksalar, nogironlar, urush va mehnat faxriylariga yordam koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining faoliyati yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlasinlar, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama yordam bersinlar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
uch oy muddatda ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan nogiron bolalarni tarbiyalash va oʻqitish dasturlarini qayta koʻrib chiqsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan bolalarni tarbiyalash, oʻqitish, ruhiy va intellektual rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini hisobga olgan holda pedagoglar va tarbiyachilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni muntazam amalga oshirsinlar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda, Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatida yashovchi shaxslarga doimiy asosda profilaktik, diagnostik, davolash-maslahat yordamini doimiy ravishda koʻrsatishni taʼminlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-avgust,
240-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisida
Nizom
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi oʻrinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarini (keyingi oʻrinlarda “Saxovat” internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Saxovat” internat uylari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I guruh nogironligi boʻlgan keksalar (keyingi oʻrinlarda — vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Saxovat” internat uylari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Saxovat” internat uylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. “Saxovat” internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa “Saxovat” internat uylariga oʻtkazish taʼminlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
5. “Saxovat” internat uylarida davolash-mehnat va faollashtiruvchi terapiyani amalga oshirish uchun davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari, shuningdek, agar “Saxovat” internat uylari qishloq joylarda joylashgan boʻlsa, zarur anjomlarga, asbob-uskunalarga va transportga ega boʻlgan yordamchi xoʻjalik tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Saxovat” internat uylari ustavlari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Saxovat” internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Saxovat” internat uylaridagi oʻrinlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishib, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga majburiy rioya qilgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
9. “Saxovat” internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
“Saxovat” internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. “Saxovat” internat uylarining asosiy vazifalari
10. Quyidagilar “Saxovat” internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni taʼminlash, ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2-marta dispanserizatsiyadan oʻtkazish, rejali sogʻlomlashtirish, muhtoj boʻlinganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qoʻltiqtayoqlar) bilan taʼminlash;
vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
“Saxovat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar koʻrsatishi ham mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
III. Vasiylikka olinganlarni “Saxovat” internat uylariga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
11. “Saxovat” internat uylariga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironligi boʻlgan shaxslar hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I gurux nogironligi boʻlgan keksalar qabul qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
12. Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga yuborishga qarshi koʻrsatkichlar hisoblanadi:
tez-tez, har oyda 5-martadan koʻp tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
Oldingi tahrirga qarang.
bemorning oʻzi va atrofidagilar uchun xavfli boʻlgan moyillikning qoʻpol buzilishlari va axloqiy dagʻallik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
13. Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy koʻrsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tanosil kasalliklari.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
“Saxovat” internat uylariga qabul qilish chogʻida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. “Saxovat” internat uylariga yuborish, shuningdek, bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari boshligʻining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
“Saxovat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimiga yuklanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. “Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan yolgʻiz keksaning, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxsning hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I guruh nogironligi boʻlgan keksaning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi nomiga berilgan arizasi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
16. “Saxovat” internat uylariga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy yigʻmajild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 15-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Vasiylikka olinganlarning shaxsiy yigʻmajildlari “Saxovat” internat uyi direktorida saqlanadi.
17. Vasiylikka olinganlarga tibbiy xizmat koʻrsatishni, ularni parvarishlashni yaxshilash hamda ularning ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (oʻrin-toʻshaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sogʻligʻi, yoshi va shaxsiy xohishiga muvofiq holda alohida boʻlimlar va xonalar boʻyicha joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish
171. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi oʻrinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan shaxslar “Saxovat” internat uylariga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshligʻining buyrugʻi asosida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(171-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
172. Reabilitatsiya markazlaridan “Saxovat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
173. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish toʻgʻrisida reabilitatsiya markazida saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan shaxslarning reabilitatsiya markazi boshligʻi nomiga berilgan arizasi;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganning sogʻligʻi holati boʻyicha tibbiy xulosa;
hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari;
“Saxovat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning nogironligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan toʻplanadi.
174. Reabilitatsiya markazlarida “Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yigʻmajild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 173-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yigʻmajildlari bir nusxasi saqlash uchun “Saxovat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(III1-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 597-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/597/1600-son)
IV. “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlar
18. “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy taʼminoti toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
19. “Saxovat” internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan taʼminlanadi:
inson shaʼnini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda boʻlish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va doʻstlari bilan telefon orqali soʻzlashuvlar yoʻli bilan aloqa bogʻlash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda boʻlish, joʻnatmalar, banderollar, buyumlar, xat va telegrammalarni olish va joʻnatish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar boʻyicha yumshoq anjomlar bilan taʼminlanish.
Ehtiyoj boʻlganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanadilar.
Vasiylikka olinganlarga pensiya va nafaqalar toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Vasiylikka olinganlar sogʻliqni saqlash organlari mansabdor shaxslarining, “Saxovat” internat uylari rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
21. Vasiylikka olinganlarga tibbiy yordam koʻrsatish “Saxovat” internat uylarining shtatdagi tibbiy xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa — tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Vasiylikka olinganning sogʻligʻi yomonlashganda yoki u vafot etganda maʼmuriyat bu haqda uning qarindoshlari, tanishlari va doʻstlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
22. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bogʻliq xarajatlar “Saxovat” internat uylarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Vasiylikka olinganning “Saxovat” internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat “Saxovat” internat uyi rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylikka olingan oʻzboshimchalik bilan “Saxovat” internat uyi tashqarisiga chiqqan taqdirda maʼmuriyat ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab zudlik bilan bu haqda ichki ishlar organlariga, sogʻliqni saqlash organlariga xabar qiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
24. Qarindoshlari, tanishlari va doʻstlari vasiylikka olinganlar bilan koʻrishib turish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal, ashyoviy taʼminotning boshqa buyumlari va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari har chorakda “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllarga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
27. Vasiylikka olinganni “Saxovat” internat uylaridan chiqarish:
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari ruxsati bilan;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
turar joy maydoni, yashash uchun mablagʻlar va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda yoki vasiylikka olinganni taʼminlash va zarur darajada parvarishlashga qodir boʻlgan qarindoshlarining iltimosiga koʻra, shuningdek navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat boʻyicha tavsiyalar mavjud boʻlganda) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
28. “Saxovat” internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganga quyidagi hujjatlar beriladi:
“Saxovat” internat uyida boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼlumotnomalarni berish tartibi va shakllari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
29. “Saxovat” internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni “Saxovat” internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va “Saxovat” internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish
30. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida “Saxovat” internat uylarida tibbiy-psixologik komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya “Saxovat” internat uyining mutaxassis xodimlaridan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi “Saxovat” internat uyi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga majburiy tartibda komissiyani boshqaradigan “Saxovat” internat uyining direktori, “Saxovat” internat uyi direktorining tibbiy boʻlim boʻyicha oʻrinbosarlari, vrach-psixiatr kiradi.
31. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi.
VI. “Saxovat” internat uylari faoliyatini tashkil etish
32. “Saxovat” internat uylariga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tibbiy xizmat koʻrsatish “Saxovat” internat uylarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sogʻligʻi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. “Saxovat” internat uylarida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. “Saxovat” internat uylarida psixologik taʼminot Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
35. “Saxovat” internat uylarining maʼmuriyati “Saxovat” internat uylari mutaxassis xodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
36. “Saxovat” internat uylarining xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy axloq-odobga qatʼiy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini taʼminlash;
oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borish.
37. “Saxovat” internat uylarining xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
“Saxovat” internat uyini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb shaʼnini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish.
38. “Saxovat” internat uylari xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek “Saxovat” internat uylari ustavlari bilan belgilanadi.
VII. “Saxovat” internat uylarini boshqarish
39. “Saxovat” internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari boʻyicha va “Saxovat” internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
40. “Saxovat” internat uylarining maʼmuriyati “Saxovat” internat uylarida yashaydigan vasiylikka olinganlar tomonidan jamoatchilik asosida hamda “Saxovat” internat uyi tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi nizomlar asosida tashkil etiladigan madaniy-maishiy komissiya, jamoatchilik kengashi yordamida maishiy va madaniy xizmatlarni tashkil qiladi.
41. “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlarni taʼminlashning maxsus shart-sharoitlari taʼminlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy taʼsiridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
42. “Saxovat” internat uyiga bevosita rahbarlikni oliy maʼlumotga ega boʻlgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
43. Direktor “Saxovat” internat uyida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning ahvoli uchun toʻliq javob beradi.
44. “Saxovat” internat uyi direktori:
“Saxovat” internat uyi nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
“Saxovat” internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va “Saxovat” internat uyi ustavida belgilangan tartibda “Saxovat” internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida “Saxovat” internat uyining barcha xodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun “Saxovat” internat uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash va “Saxovat” internat uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha tegishli organlarga takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
VIII. Moliya-xoʻjalik faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
45. “Saxovat” internat uylarining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
46. “Saxovat” internat uylari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
47. “Saxovat” internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
48. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda “Saxovat” internat uylariga har oyda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga xayriya ehsonlari tarzida tushgan mablagʻlarning bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarini tovarlar xarid qilish va xizmatlarga doir kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda toʻlash uchun (Gʻaznachilik organlarida ularning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini hisobga olmasdan) ular uchun tijorat banklarida ochiladigan kartochka hisob raqamlariga oʻtkazishga ruxsat beriladi.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
50. “Saxovat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
51. “Saxovat” internat uylarining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisida
nizom
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi oʻrinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarini (keyingi oʻrinlarda “Saxovat” internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Muruvvat” internat uylari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironligi boʻlgan shaxslari (keyingi oʻrinlarda vasiylikka olinuvchilar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Muruvvat” internat uylari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Muruvvat” internat uylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. “Muruvvat” internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa “Muruvvat” internat uylariga oʻtkazish taʼminlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
5. “Muruvvat” internat uylari erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida tashkil etiladi. Erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida internat uylar tashkil etishning iloji boʻlmagan hollarda erkaklar va ayollarni bitta internat uyda, lekin alohida korpuslarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
6. “Muruvvat” internat uylarida davolash-mehnat va faollashtiruvchi terapiyani amalga oshirish uchun davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari, shuningdek, agar “Muruvvat” internat uylari qishloq joylarda joylashgan boʻlsa — zarur anjomlarga, asbob-uskunalarga va transportga ega boʻlgan yordamchi xoʻjalik tashkil etiladi.
7. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejimlarga rioya qilish va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan nazorat sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Muruvvat” internat uylari ustavlari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Muruvvat” internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. “Muruvvat” internat uylaridagi oʻrinlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga majburiy rioya etgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
11. “Muruvvat” internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
“Muruvvat” internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. “Muruvvat” internat uylarining asosiy vazifalari
12. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni taʼminlash, ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2-marta dispanserizatsiyadan oʻtkazish, rejali sogʻlomlashtirish, muhtoj boʻlinganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qoʻltiqtayoqlar) bilan taʼminlash;
vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish.
III. Vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
13. “Muruvvat” internat uylariga quyidagi tashxislar bilan vasiylikka olinganlar qabul qilinadi:
moʻtadil darajadagi aqliy zaiflik;
ogʻir darajadagi aqliy zaiflik;
chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
qoldiq shizofreniya;
demensiya.
Qabul qilish boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylariga yuborishga qarshi koʻrsatkichlar hisoblanadi:
tez-tez, har oyda 5-martadan koʻp tutqanoq hurujlari sodir boʻladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq hurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan qoʻpol va hulqiy buzilishlar sabab boʻladigan ruhiy kasalliklar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
15. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy koʻrsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tanosil kasalliklari.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
“Muruvvat” internat uylariga qabul qilish chogʻida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. “Muruvvat” internat uylariga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari boshligʻining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
“Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning xaqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlariga yuklanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
17. “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik boʻyicha davlat organi vakili tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi nomiga berilgan arizasi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning pasporti nusxasi;
vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berayotgan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy pasportining nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda tomonidan tasdiqlanadigan sogʻliqning holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar;
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
pensioner guvohnomasining nusxasi, mavjud boʻlsa;
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
18. “Muruvvat” internat uylariga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy yigʻmajild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 17-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Vasiylikka olinganlarning shaxsiy yigʻmajildlari “Muruvvat” internat uyi direktorida saqlanadi.
19. Vasiylikka olinganlarga tibbiy xizmat koʻrsatishni, ularni parvarishlashni yaxshilash hamda ularning ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (oʻrin - toʻshaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sogʻligʻi, yoshi va shaxsiy xohishiga muvofiq holda alohida boʻlimlar va xonalar boʻyicha joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish
191. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi oʻrinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan shaxslar “Muruvvat” internat uylariga joylashiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshligʻining buyrugʻi asosida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(191-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
192. Reabilitatsiya markazlaridan “Muruvvat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida belgilangan koʻrsatkichlar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
193. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan shaxsning sogʻligʻi holati boʻyicha tibbiy xulosa;
hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari;
“Muruvvat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan toʻplanadi.
194. Reabilitatsiya markazlarida “Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yigʻmajild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 193-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yigʻmajildlari bir nusxasi saqlash uchun “Muruvvat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(III1-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 597-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/597/1600-son)
IV. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlar
20. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy taʼminoti toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
21. “Muruvvat” internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan taʼminlanadi:
inson shaʼnini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda boʻlish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va doʻstlari bilan telefon orqali soʻzlashuvlar yoʻli bilan aloqa bogʻlash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda boʻlish, joʻnatmalar, banderollar, buyumlar, xat va telegrammalarni olish va joʻnatish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar boʻyicha yumshoq anjomlar bilan taʼminlanish.
Ehtiyoj boʻlganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Vasiylikka olinganlar sogʻliqni saqlash organlari mansabdor shaxslarining, “Muruvvat” internat uylari rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
23. Vasiylikka olinganlarga tibbiy yordam koʻrsatish “Muruvvat” internat uylarining shtatdagi tibbiy xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa — tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Vasiylikka olinganning sogʻligʻi yomonlashganda yoki u vafot etganda maʼmuriyat bu haqda uning qarindoshlari, tanishlari va doʻstlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
24. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bogʻliq xarajatlar “Muruvvat” internat uylarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
25. Vasiylikka olinganning “Muruvvat” internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat “Muruvvat” internat uyi rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylikka olingan oʻzboshimchalik bilan “Muruvvat” internat uyi tashqarisiga chiqqan taqdirda maʼmuriyat ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab zudlik bilan bu haqda ichki ishlar organlariga, sogʻliqni saqlash organlariga xabar qiladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
26. Vasiylikka olinganlarning “Muruvvat” internat uylaridan vaqtinchalik ketishiga, vrachning ketish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosasini hisobga olgan holda, koʻpi bilan 1 oy muddatga ruxsat berilishi mumkin. Buning uchun direktorning roziligi bilan, qarindoshlari va boshqa shaxslarning yozma majburiyati mavjud boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal, ashyoviy taʼminotning boshqa buyumlari va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi;
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
28. Qarindoshlar vasiylikka olinganlar bilan biror-bir cheklanishsiz, lekin boshqa vasiylikka olinganlarga zarar yetkazmasdan koʻrishib turish, shuningdek “Muruvvat” internat uylarining tibbiy-ijtimoiy faoliyati, vasiylikka olinganning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasining borishi bilan tanishish huquqiga ega.
29. “Muruvvat” internat uylarida yashovchi vasiylikka olinganlar maʼmuriyat ruxsati bilan oʻzlariga tegishli buyumlardan foydalanishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari har chorakda “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadilar.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
31. Vasiylikka olinganni “Muruvvat” internat uylaridan chiqarish:
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari ruxsati bilan;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
turar joy maydoni, yashash uchun mablagʻlar va oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda shaxsning shaxsan arizasiga binoan yoki vasiylikka olinganni taʼminlash va zarur darajada parvarishlashga qodir boʻlgan qarindoshlarining iltimosiga koʻra, shuningdek, navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat boʻyicha tavsiyalar mavjud boʻlganda) amalga oshiriladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
32. “Muruvvat” internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganga quyidagi hujjatlar beriladi:
“Muruvvat” internat uyida boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼlumotnomalarni berish tartibi va shakllari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
33. “Muruvvat” internat uyidan ketishda vasiylikka olinganlarga mavsum boʻyicha ularga birkitilgan kiyim-bosh, ichki kiyimlar, poyafzallar beriladi, shuningdek uning “Muruvvat” internat uyida saqlanayotgan shaxsiy buyumlari qaytarib beriladi.
34. “Muruvvat” internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va “Muruvvat” internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish
35. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida “Muruvvat” internat uylarida tibbiy-psixologik komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya “Muruvvat” internat uyining mutaxassis xodimlaridan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi “Muruvvat” internat uyi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga majburiy tartibda komissiyani boshqaradigan “Muruvvat” internat uyining direktori, “Muruvvat” internat uyi direktorining tibbiy boʻlim boʻyicha oʻrinbosarlari, vrach-psixiatr kiradi.
36. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi;
vasiylikka olinganlarning ota-onasi (qarindoshlari) yoki ularning oʻrnini bosuvchilar bilan maslahat va reabilitatsiya ishlarini bajaradi.
37. Komissiya aʼzolari:
tibbiy-ijtimoiy-psixologik muammolar tashxisi;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish yoʻnalishlari boʻyicha ish olib boradilar.
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
VI. “Muruvvat” internat uylari faoliyatini tashkil etish
38. Xodimlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Tibbiy xizmat koʻrsatish “Muruvvat” internat uylarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sogʻligʻi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. “Muruvvat” internat uylarida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
40. “Muruvvat” internat uylarida psixologik taʼminot Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
41. “Muruvvat” internat uylarining maʼmuriyati “Muruvvat” internat uylari mutaxassis xodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
42. “Muruvvat” internat uylarining xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy axloq-odobga qatʼiy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini taʼminlash;
oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borish.
43. “Muruvvat” internat uylarining xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
“Muruvvat” internat uyini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb shaʼnini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish.
44. “Muruvvat” internat uylari xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek “Muruvvat” internat uylari ustavlari bilan belgilanadi.
VII. “Muruvvat” internat uylarini boshqarish
45. “Muruvvat” internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari boʻyicha va “Muruvvat” internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
46. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlarni taʼminlashning maxsus shart-sharoitlari taʼminlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy taʼsiridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
47. “Muruvvat” internat uyiga bevosita rahbarlikni oliy maʼlumotga ega boʻlgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
48. “Muruvvat” internat uyi direktori bu yerdagi tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning ahvoli uchun toʻliq javob beradi.
49. “Muruvvat” internat uyi direktori:
“Muruvvat” internat uyi nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
“Muruvvat” internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va “Muruvvat” internat uyi ustavida belgilangan tartibda “Muruvvat” internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida “Muruvvat” internat uyining barcha xodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun “Muruvvat” internat uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash va “Muruvvat” internat uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
VIII. Moliya-xoʻjalik faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
50. “Muruvvat” internat uylarining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
51. “Muruvvat” internat uylari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
52. “Muruvvat” internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Bunda “Muruvvat” internat uylariga har oyda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga xayriya ehsonlari tarzida tushgan mablagʻlarning bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarini tovarlar xarid qilish va xizmatlarga doir kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda toʻlash uchun (Gʻaznachilik organlarida ularning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini hisobga olmasdan) ular uchun tijorat banklarida ochiladigan kartochka hisob raqamlariga oʻtkazishga ruxsat beriladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
55. “Muruvvat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
56. “Muruvvat” internat uylarining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisida
nizom
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi oʻrinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylarini (keyingi oʻrinlarda “Muruvvat” bolalar internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Muruvvat” bolalar internat uylari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar (keyingi oʻrinlarda vasiylikka olinuvchilar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Muruvvat” bolalar internat uylari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Muruvvat” bolalar internat uylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. “Muruvvat” bolalar internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa “Muruvvat” bolalar internat uylariga oʻtkazish taʼminlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
“Muruvvat” bolalar internat uylari huzurida tasdiqlangan koyka fondi doirasidagi boʻsh oʻrinlar hisobiga nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlari tashkil etilishi mumkin.
“Muruvvat” bolalar internat uylarida boʻsh oʻrinlar mavjudligi toʻgʻrisidagi axborot “Muruvvat” bolalar internat uylarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ularning maʼmuriy binosida koʻrinarli joylardagi stendlarda yoki boshqa texnik vositalarda eʼlon joylashtirish yoʻli bilan manfaatdor shaxslar, shu jumladan ota-onalar, farzandlikka oluvchi, homiy yoki vasiy eʼtiboriga yetkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Muruvvat” bolalar internat uylari ustavlari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Muruvvat” bolalar internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Muruvvat” bolalar internat uylaridagi oʻrinlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishib, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, majburiy rioya etgan holda, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
8. “Muruvvat” bolalar internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
“Muruvvat” bolalar internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. “Muruvvat” bolalar internat uylarining asosiy vazifalari
9. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni taʼminlash, ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2-marta dispanserizatsiyadan oʻtkazish, rejali sogʻlomlashtirish, muhtoj boʻlinganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qoʻltiqtayoqlar) bilan taʼminlash;
sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-maʼrifiy, shuningdek vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga oʻrgatishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan oʻquv dasturi doirasida ularni taʼlim va mehnat koʻnikmalariga oʻqitish;
Oldingi tahrirga qarang.
oilalarda yashaydigan, ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalarga kunduzgi parvarish qilish guruhlarida kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va ular uchun oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
vasiylikka olinganlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, tarbiya-taʼlim ishlarining zamonaviy shakllari va metodlarini joriy etish hamda ulardan foydalanish.
III. Vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
10. “Muruvvat” bolalar internat uylariga tashhislari quyidagicha boʻlgan vasiylikka olinadiganlar qabul qilinadi:
moʻtadil darajadagi aqliy zaiflik;
ogʻir darajadagi aqliy zaiflik;
chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul qilishga toʻsqinlik qiluvchi gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari boʻlgan moʻtadil darajadagi aqliy zaif bolalar tserebral falajligi;
intellektning qoʻpol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;
demensiya.
Qabul qilish boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
11. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborishga qarshi koʻrsatkichlar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tez-tez, har oyda 5-martadan koʻp tutqanoq hurujlari sodir boʻladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq hurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan qoʻpol va hulqiy buzilishlar sabab boʻladigan ruhiy kasalliklar;
ular bilan kasallanganda bolani umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqitish mumkin boʻlgan har qanday ruhiy kasalliklar.
12. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy koʻrsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tanosil kasalliklari.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
“Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilish chogʻida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborish, shuningdek, bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari boshligʻining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. “Muruvvat” bolalar internat uylariga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi nomiga berilgan arizasi, kunduzgi parvarishlash guruhiga ega — “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori nomiga arizasi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
“Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirilayotganning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi (16 yoshdan katta shaxslar uchun — pasportining nusxasi);
vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berayotgan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy pasportining nusxasi;
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sogʻliqning holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
141. Nogiron bolalarni nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilishda ota-onalar (vasiylar yoki homiylar, farzandlikka oluvchilar) va “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori oʻrtasida begʻaraz shartnoma tuziladi, unda tomonlarning huquq va majburiyatlari koʻrsatiladi.
(141-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Shartnomada quyidagilar belgilanadi:
koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar roʻyxati;
“Muruvvat” bolalar internat uylari mutaxassislari tomonidan kunduzgi parvarishlash guruhi negizida oʻtkaziladigan tadbirlar;
ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar yoki homiylar tomonidan uy sharoitlarida oʻtkaziladigan tadbirlar.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qaroriga asosan bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
15. “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborilayotgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
tuman (shahar) hokimining homiylikni belgilash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ota-onasi pasportlarining yoki ularning vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxasi, sudning hukmlari yoki qarorlari, ota-onasining uzoq davom etgan kasalligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va ota-onasining yoʻqligini yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalashga iloji yoʻqligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
yaqin qarindoshlarining mavjudligi, agar ular boʻlsa — ularning yashash joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
vasiylikka olinganning ota-onasidan keyin qolgan mol-mulkining (agar bor boʻlsa) roʻyxati, roʻyxatda uning qayerdaligi, uni saqlash uchun koʻrilgan chora-tadbirlar va uning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
vasiylikka olinganga birkitilgan uy-joy maydoni toʻgʻrisidagi hujjatlar (order, uy daftari, uy-joy rejasi nusxasi, tuman (shahar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining uy-joy egasi va uning xususiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
sudning vasiylikka olingan foydasiga alimentlar undirish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi, agar bor boʻlsa — omonat daftarchasi.
16. “Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlari, jinsi, jismoniy holati, aqliy zaiflik darajasi, shuningdek yoshi hisobga olingan holda, quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
yotadiganlar guruhlari (yoshi va jinsidan qatʼi nazar, harakatlanish funksiyasi kuchli buzilgan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar);
emaklovchilar guruhlari (yoshi va jinsidan qatʼi nazar, harakatlanish funksiyasi cheklangan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar);
aralash guruhlar — 10 yoshgacha boʻlgan bolalar;
10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan va 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qiz bolalar uchun alohida-alohida guruhlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Guruhlardagilar soni — 5-6 nafardan boʻlishi kerak.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
17. Bundan tashqari, “Muruvvat” bolalar internat uylaridagi barcha vasiylikka olinganlar, mehnat koʻnikmalarini egallash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularning intellektual rivojlanishiga muvofiq ravishda tarbiyalash guruhlariga boʻlinadi.
Mehnatga oʻrgatiladigan bolalar guruhiga quyidagilar kiradi:
mehnatga oʻrgatishga tayyorlash guruhi;
mehnatga oʻrgatish guruhi.
Mehnatga oʻrgatish guruhlaridagilar soni — 5-6 kishidan boʻlishi kerak.
18. Yakka tartibdagi dastur boʻyicha guruhlardagi vasiylikka olinganlarni har bir bolaning imkoniyati va ehtiyojlariga qarab belgilash faqat xalq taʼlimi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi asosida amalga oshiriladi.
IV. “Muruvvat” bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlar
19. “Muruvvat” bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlarni tibbiy-ijtimoiy taʼminlash, tarbiyalash, oʻqitish, mehnat koʻnikmalariga oʻrgatish toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilingan nogironligi boʻlgan bolalar toʻliq davlat taʼminotida boʻlmaydi, shu sababli ularga tayinlangan pensiya va nafaqalar toʻliq hajmda toʻlanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
20. “Muruvvat” bolalar internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan taʼminlanadi:
inson shaʼnini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda boʻlish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va doʻstlari bilan telefon orqali soʻzlashuvlar yoʻli bilan aloqa bogʻlash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda boʻlish, joʻnatmalar, banderollar, buyumlar, xat va telegrammalarni olish va joʻnatish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar boʻyicha yumshoq anjomlar bilan taʼminlanish.
Ehtiyoj boʻlganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Nogironligi boʻlgan bolalarni kunduzi parvarishlash haftasiga besh marta (dushanba-juma kunlari) soat 9 dan 17 gacha amalga oshiriladi.
(201-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Vasiylikka olinganlarning kunduzgi parvarishlash guruhida boʻlishi ichki tartib-qoidalar bilan tartibga solinadi va “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qaroriga asosan bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ota-onalar, vasiylar yoki homiylar sogʻliqni saqlash organlari mansabdor shaxslarining, “Muruvvat” bolalar internat uylari rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
22. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam koʻrsatish “Muruvvat” bolalar internat uylarining shtatdagi tibbiy xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa — tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylikka olinganning sogʻligʻi yomonlashganda yoki u vafot etganda maʼmuriyat bu haqda uning ota-onasini yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarni, vasiylarini, qarindoshlarini, ular boʻlmaganda esa — vasiylikka olinganning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar vafot etgan taqdirda vasiylikka olinganlar fiziologik imkoniyatlariga va sogʻligʻining holatiga muvofiq, ularni dafn etishda qatnashish, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar ogʻir kasallanganda esa — ularni borib koʻrish huquqiga ega. Yoʻl xarajatlari “Muruvvat” bolalar internat uylari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bogʻliq xarajatlar “Muruvvat” bolalar internat uylarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
24. Vasiylikka olinganning “Muruvvat” bolalar internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat direktorning ruxsati bilan, xodimlarning yoki ota-onaning yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning hamrohligida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylikka olingan oʻzboshimchalik bilan “Muruvvat” bolalar internat uylari tashqarisiga chiqqan taqdirda maʼmuriyat zudlik bilan bu haqda uning ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylikka olinganning yashash va boradigan joyidagi ichki ishlar organlariga, sogʻliqni saqlash organlariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga xabar qiladi hamda birgalikda uni topish va qaytarib olib kelish chora-tadbirlarini koʻradi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
25. Vasiylikka olinganlarning “Muruvvat” bolalar internat uylaridan vaqtinchalik ketishiga, vrachning ketish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosasini hisobga olgan holda, koʻpi bilan 1 oy muddatga ruxsat berilishi mumkin. Buning uchun direktorning roziligi bilan, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, qarindoshlari yoxud boshqa shaxslarning yozma majburiyati mavjud boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va ashyoviy taʼminotning boshqa buyumlari hamda yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kunduzgi parvarishlash guruhidagi nogironligi boʻlgan bolalar “Muruvvat” bolalar internat uylari uchun ovqatlanish normalariga muvofiq uch marta ovqatlantirish bilan taʼminlanadilar.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
27. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar vasiylikka olinganlar bilan biror-bir cheklashlarsiz koʻrishib turish, “Muruvvat” bolalar internat uylarining tibbiy-ijtimoiy faoliyati, farzandlarining tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasining borishi bilan tanishish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari har chorakda “Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlari va kunduzgi parvarishlash guruhidagi nogironligi boʻlgan bolalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Vasiylikka olingan 18 yoshga toʻlganda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda “Muruvvat” internat uyiga oʻtkaziladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Mehnat koʻnikmalari olishgan vasiylikka olinganlar tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining nogironlikning III guruhini belgilash toʻgʻrisidagi xulosasi asosida (mehnat tavsiyalari mavjud boʻlgan taqdirda) ota-onasi (vasiylari) huzurida doimiy yashash uchun roʻyxatdan chiqariladi, yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joylar bilan taʼminlanadilar.
30. “Muruvvat” bolalar internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganlarga quyidagi hujjatlar beriladi:
“Muruvvat” bolalar internat uyida boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
Oldingi tahrirga qarang.
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nogironligi boʻlgan bolaga (bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalardan tashqari) ijtimoiy nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi guvohnoma — mavjud boʻlganda;
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
xalq taʼlimi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
(30-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼlumotnomalarni berish tartibi va shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(30-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
“Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlarini roʻyxatdan chiqarishda (mavjud boʻlsa) uning mol-mulkka, pul mablagʻlariga (ilgari u yoki uning ota-onasi egallagan) uy-joy maydoniga huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchasi hamda boshqa hujjatlar ham beriladi.
Bundan tashqari, vasiylikka olinganlarga 2 komplekt ichki kiyimlar, kiyim-bosh va poyabzal beriladi.
31. “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va “Muruvvat” bolalar internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. “Muruvvat” bolalar internat uylarida tarbiya-taʼlim jarayonini tashkil etish
32. Vasiylikka olinganlarni taʼminlash, tarbiyalash va oʻqitish tartibi ularning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, ruhiy va jismoniy holatini hisobga olgan holda belgilanadi.
Maishiy shart-sharoitlar reabilitatsiya jarayoniga koʻmaklashishi, vasiylikka olingandagi emotsional zoʻriqishni yoʻqotish uchun sharoitlar yaratishi kerak.
33. Vasiylikka olinganlarni oʻqitishning maxsus dasturi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarga oʻrgatish “Muruvvat” bolalar internat uyi tarbiyachilari tomonidan, zarurat boʻlganda esa, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, shuningdek sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari va boshqa tashkilotlar pedagoglarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
34. Taʼlimning har bir bosqichida oʻqitish yoshi va davomiyligi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi. Har bir bosqichdagi oʻqitishning davomiyligi toʻgʻrisidagi qaror “Muruvvat” bolalar internat uylarining tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
35. Vasiylikka olinganlarning tarbiya-taʼlim jarayoni yakka tartibdagi maxsus dasturlar boʻyicha, ularning rivojlanishidagi nuqsonlarga muvofiq ravishda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tibbiy-pedagogik asoslash bilan taʼminlangan kun tartib-qoidalari taʼlim, mehnat, hordiq va turli tadbirlarni uygʻunlashtirgan holda amalga oshiriladi, nogironligi boʻlgan bolalar hayot faoliyatini cheklash darajasini hisobga olgan holda tuziladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylikka olinganlarning mehnat tarbiyasi oʻqitishni mehnat koʻnikmalariga ega boʻlish bilan uygʻunlashtirish asosida ushbu “Muruvvat” bolalar internat uyining tibbiy-reabilitatsiya komissiyasi tomonidan tuzilgan nogironligi boʻlgan bolani rivojlantirish va reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturiga muvofiq, tibbiy koʻrsatkichlar va pedagogik tavsiyalarni hisobga olgan holda, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
VI. Ijtimoiy-psixologik va pedagogik kuzatuvni tashkil etish
37. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik yordamni amalga oshirish maqsadida “Muruvvat” bolalar internat uylarida tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya “Muruvvat” bolalar internat uyining mutaxassis xodimlaridan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi “Muruvvat” bolalar internat uyi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga komissiyani boshqaradigan “Muruvvat” bolalar internat uyining direktori, “Muruvvat” bolalar internat uyi direktorining tibbiy boʻlim boʻyicha va oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, vrach-psixiatr, vrach-pediatr kiradi.
38. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi;
“Muruvvat” bolalar internat uyining tarbiyachilari, pedagoglari, maʼmuriyati va boshqa xodimlari bilan psixologik-profilaktika, maslahat, taʼlim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradi;
vasiylikka olinganlarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar bilan maslahat va reabilitatsiya ishlarini bajaradi.
39. Komissiya aʼzolari:
vasiylikka olinganlarning “Muruvvat” bolalar internat uyidagi hayotga moslashish uchun zarur boʻladigan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
vasiylikka olinganlarni rivojlantirishning tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik muammolari tashxisi;
vasiylikka olinganlarni rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish yoʻnalishlari boʻyicha ish olib boradilar.
VII. “Muruvvat” bolalar internat uylari faoliyatini tashkil etish
40. “Muruvvat” bolalar internat uylariga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tibbiy xizmat koʻrsatish “Muruvvat” bolalar internat uylarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sogʻligʻi, jismoniy rivojlanishi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. “Muruvvat” bolalar internat uylarida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42. “Muruvvat” bolalar internat uylarida psixologik taʼminot Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
43. “Muruvvat” bolalar internat uylarining maʼmuriyati “Muruvvat” bolalar internat uylari mutaxassis xodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
44. “Muruvvat” bolalar internat uylarining xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy axloq-odobga qatʼiy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini taʼminlash;
oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borish.
45. “Muruvvat” bolalar internat uylarining xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
“Muruvvat” internat uylarini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb shaʼnini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish.
46. “Muruvvat” bolalar internat uylari xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek “Muruvvat” bolalar internat uyi ustavi bilan belgilanadi.
VIII. “Muruvvat” bolalar internat uylarini boshqarish
47. “Muruvvat” bolalar internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari boʻyicha va “Muruvvat” bolalar internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
48. “Muruvvat” bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlarni taʼminlashning maxsus shart-sharoitlari taʼminlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy taʼsiridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
49. “Muruvvat” bolalar internat uyiga bevosita rahbarlikni oliy maʼlumotga ega boʻlgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
50. “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori bu yerdagi tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning ahvoli uchun toʻliq javob beradi.
51. “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori:
“Muruvvat” bolalar internat uyi nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
“Muruvvat” bolalar internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va “Muruvvat” bolalar internat uyi ustavida belgilangan tartibda “Muruvvat” bolalar internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida “Muruvvat” bolalar internat uyining barcha xodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun “Muruvvat” bolalar internat uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni, tarbiya va taʼlim ishlarini takomillashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash va “Muruvvat” bolalar internat uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
IX. Moliya-xoʻjalik faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
52. “Muruvvat” bolalar internat uylarining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
53. “Muruvvat” bolalar internat uylari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
54. “Muruvvat” bolalar internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
55. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda “Muruvvat” bolalar internat uylariga har oyda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga xayriya ehsonlari tarzida tushgan mablagʻlarning bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarini tovarlar xarid qilish va xizmatlarga doir kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda toʻlash uchun (Gʻaznachilik organlarida ularning yuridik va moliyaviy.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
57. “Muruvvat” bolalar internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
58. “Muruvvat” bolalar internat uylarining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi oʻrinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarini (keyingi oʻrinlarda sanatoriylar deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sanatoriylar keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylarini (keyingi oʻrinlarda dam oluvchilar deb ataladi) sogʻlomlashtirish va ularning dam olishi uchun moʻljallangan davlat davolash-profilaktika muassasalari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sanatoriylar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sanatoriylar, respublika sanatoriylaridan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Respublika sanatoriylari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanatoriylarning, shu jumladan respublika sanatoriylarining ustavlari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sanatoriylar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni bepul sanatoriy-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
7. Sanatoriylar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmasida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Sanatoriylar tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. Sanatoriylarning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar sanatoriylarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davolash-reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatishga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va ularning xalqaro darajasini taʼminlash yoʻli bilan tibbiyot fani va amaliyotining zamonaviy talablarini hisobga olgan holda dam oluvchilarni toʻlaqonli sanatoriy-kurortda davolash, sogʻlomlashtirish va ularning dam olishini tashkil etish;
dam oluvchilarni sogʻlomlashtirishda tabiiy davolash omillaridan eng yuqori darajada foydalanish;
sanatoriy faoliyatini tashkil etishning bozor mexanizmlarini qoʻllash;
dam oluvchilarga koʻrsatiladigan sanatoriy-kurort xizmatlari roʻyxatini kengaytirish;
moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, dam oluvchilar uchun eng yuqori darajada sogʻlomlashtiruvchi natijani taʼminlash imkonini beradigan sanatoriylar faoliyat koʻrsatishi darajasiga erishish.
9. Sanatoriylar oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
dam oluvchilarni shinam, yashash uchun qulay turli toifalardagi xonalarga joylashtirishni tashkil etadi;
dam oluvchilarning oʻz sogʻligʻi holatidan xabardorligini, kasalliklar yuzaga kelishi tavakkalchiligi omillari mavjudligini, ularni bartaraf etish usullarini va organizmning fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tiklovchi tibbiyotning zamonaviy tibbiy texnologiyalariga asoslanadigan kasalliklar profilaktikasini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi, dam oluvchilarni oʻzini oʻzi nazorat qilish usullariga oʻqitadi;
dam oluvchilarga zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlangan davolash, diagnostika, fizioterapevtik, muolaja xonalari va boshqa xonalarni taqdim etadi;
sogʻliqni tuzatishning kompleks avtomatlashtirilgan usullari negizida tiklovchi tibbiyotning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
dam oluvchilarni oqilona va muvozanatli ovqat bilan taʼminlaydi, dam oluvchilarning tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha parhezli ovqatlanishini tashkil etadi;
jismoniy tarbiya va sport bilan fiziologik asoslangan mashgʻulot olib borish, dam oluvchilarda jismoniy yuklamaga moyillik va moslashish darajasini bosqichma-bosqich oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, maqbul harakatlanish faolligi koʻnikmalarini singdiradi;
zararli odatlardan voz kechishni hamda bexatar xulq-atvor haqidagi bilimlar, koʻnikmalar va andozalar shakllantirilishini taqozo etadigan muhit, sogʻlom turmush tarzining ruhiy dominantlari yaratilishini taʼminlaydi;
kishi sogʻlom turmush tarziga rioya qilganda organizmning funksional rezervlari koʻrsatkichlari dinamikasini aks ettirish maqsadida dam oluvchining sogʻligʻi “pasporti”ni shakllantirish va yuritishni tashkil etadi;
dam oluvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilishga, ularni estetik kamolga yetkazishga yoʻnaltirilgan turli madaniy-koʻngilochar tadbirlar tizimini ishlab chiqadi;
musiqiy, raqsli, koʻngilochar dasturlar oʻtkazilishini, tomosha tadbirlariga borishni, Oʻzbekiston Respublikasidagi tarixiy obyektlarga va boshqa obyektlarga ekskursiyalarni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga oʻzgartirishlar kiritadi, sanatoriylar sharoitida sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlar turlari, shakllari, muddatlari va hajmini belgilaydi;
(9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
dam oluvchilar orasida kasallanish holati va sabablarini oʻrganadi, davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar profilaktikasi va ularni sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda sogʻliqni saqlash organlariga sogʻlomlashtirish va kasalliklar profilaktikasining dolzarb masalalari boʻyicha axborot taqdim etadi;
(9-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
rejali sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davolash-profilaktika muassasalari, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar shuʼbalari bilan birgalikda seminarlar, konferensiyalar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
(9-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
qonun hujjatlariga muvofiq va smetada nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida xoʻjalik faoliyatini, sanatoriylarning kapital qoʻyilmalari boʻyicha joriy sarflar va xarajatlarni amalga oshiradi;
binolar, inshootlar, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, asbob-uskunalar va anjomlarga ega boʻlgan boshqa obyektlarni joriy saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlashni, shuningdek xodimlarning sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini, buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobotning oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
dam oluvchilar va sanatoriylarga keluvchilarga telefon aloqasi xizmatlari, maishiy xizmatlar koʻrsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yilning har choragida sanatoriylarning faoliyati, sogʻlomlashtirishning moddiy-texnika bazasi toʻgʻrisidagi hisobotni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadi;
(9-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
10. Tibbiyot xodimlari tarkibini tayyorlash tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Malaka toifalarini berish (tasdiqlash) belgilangan tartibda amalda oshiriladi.
11. Sanatoriylar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli xizmatlar koʻrsatishi ham mumkin.
12. Sanatoriylarning asosiy fondlarini qurish, rekonstruksiya qilish, shuningdek mukammal va joriy taʼmirlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Dam oluvchilarni oziq-ovqat va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
III. Sanatoriylarning huquqlari va javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sanatoriylar quyidagi huquqlarga ega:
davolash-profilaktika muassasalari, sogʻliqni saqlash organlaridan sanatoriylarning ishlari uchun zarur boʻlgan, shu jumladan dam oluvchilarning kasalliklari xususiyati va kechishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
davolash-profilaktika muassasalariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga dam oluvchilarning kasalliklari profilaktikasi va ularni sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha tavsiyalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sanatoriylarning ishlarini yaxshilash, dam oluvchilarning kasalliklari profilaktikasi va ularni sogʻlomlashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
sanatoriylar xodimlarining qonuniy manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
15. Sanatoriylar xodimlari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, shu jumladan amalga oshiriladigan davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari sifati uchun javob beradi.
16. Davolash-sogʻlomlashtirish muolajalarini tashkil etish, amalga oshiriladigan davolash va sogʻlomlashtirish tadbirlarining sifati va asoslanganligi yuzasidan nazorat qilish sanatoriylarning bosh vrachlari tomonidan amalga oshiriladi.
IV. Sanatoriylar faoliyatini tashkil etish
17. Sanatoriyga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bosh vrach tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tibbiy xizmat koʻrsatish va sogʻlomlashtirish sanatoriylarning tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan birgalikda) dam oluvchilarning sogʻligʻi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
19. Sanatoriylarning maʼmuriyatlari sanatoriylar xodimlarining kasb mahorati doimiy ravishda takomillashtirib borilishi uchun javob beradilar.
20. Sanatoriylar xodimlari:
ushbu Nizom talablariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishga, kasb odob-axloqiga qatʼiy amal qilishga;
dam oluvchilarga tibbiy-sogʻlomlashtirish yordamining, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatuvning yuqori samaradorligini taʼminlashga;
oʻz kasb malakasini muntazam ravishda oshirib borishga majbur.
Sanatoriylar xodimlari:
ushbu Nizomda va sanatoriy ustavida belgilanadigan tartibda sanatoriyni boshqarishda qatnashish;
kasb shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish huquqiga ega.
21. Sanatoriylar xodimlari va rahbarlarining lavozim huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek sanatoriy ustavida belgilanadi.
V. Sanatoriylarni boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bosh vrach sanatoriyga bevosita rahbarlik qiladi. Bosh vrach lavozimiga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
23. Sanatoriyning bosh vrachi lavozimiga oliy tibbiy maʼlumotga, oʻz mutaxassisligi boʻyicha yoki rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan vrach tayinlanadi.
24. Bosh vrach sanatoriy faoliyatini tashkil etadi va unga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi.
25. Sanatoriyning bosh vrachi:
sanatoriyning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi va sanatoriyga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
sanatoriy faoliyati masalalari boʻyicha sanatoriyning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi, xodimlarni ishga qabul qiladi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qiladi, xodimlarni ragʻbatlantirish choralarini qoʻllaydi;
sanatoriy ish tartibi va rejimini, xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi va majburiyatlar muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
xodimlar tomonidan moliya va mehnat intizomiga, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydi;
sanatoriyning mulkiy kompleksi, moddiy va moliyaviy resurslari, asbob-uskunalari, anjomlari, boshqa moddiy boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishni, ularning saqlanishini taʼminlaydi;
dam oluvchilarning murojaatlari jadal va har tomonlama koʻrib chiqilishini, qonun hujjatlariga muvofiq munosabat bildirishning zarur choralari koʻrilishini va ariza beruvchilarning ulardan oʻz vaqtida xabardor qilinishini taʼminlaydi;
sanatoriylar faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va uning ishlari rentabelligiga erishish uchun shaxsan javob beradi.
VI. Moliya-xoʻjalik faoliyati
26. Sanatoriylar faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
27. Sanatoriylar belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
28. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
30. Sanatoriylar qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
31. Sanatoriylarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi oʻrinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini (keyingi oʻrinlarda pansionat deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Pansionat Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruhlar nogironligi boʻlgan shaxslar hisoblangan hamda Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni taʼminlashga majbur boʻlgan qarindoshlar yoki boshqa shaxslarga ega boʻlmagan yolgʻiz urush va mehnat faxriylari (keyingi oʻrinlarda vasiylikka olinganlar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Pansionat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Pansionat Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligitomonidan belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Pansionatni tugatishda vasiylikka olinganlarning Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilangan tartibda “Saxovat” internat uylariga oʻtkazilishi taʼminlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi pansionatning muassisi hisoblanadi.
Pansionatning ustavi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Pansionat faoliyatini muvofiqlashtirish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Pansionatdagi oʻrinlar soni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga majburiy rioya qilingan holda, Toshkent shahri hokimligi bilan kelishib, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
8. Pansionat davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmasida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Pansionat tuman hokimligida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. Pansionat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari
9. Quyidagilar pansionat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini va ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
vasiylikka olinganlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlash.
10. Quyidagilar pansionatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni taʼminlash, ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini, ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda har yili 2-marta dispanserizatsiyadan oʻtkazish, rejali sogʻlomlashtirish, muhtoj boʻlinganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, kreslo-aravachalari, hassa va qoʻltiqtayoqlar) bilan taʼminlash;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Pansionat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar koʻrsatishi ham mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
III. Yolgʻiz urush va mehnat faxriylarini pansionatga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruhlar nogironligi boʻlgan shaxslar hisoblangan va Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz urush va mehnat faxriylari qabul qilinadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Boʻsh joylar mavjud boʻlgan taqdirda pansionatga yolgʻiz urush va mehnat faxriylaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar, 18 yoshdan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I guruh nogironligi boʻlgan keksalar ham qabul qilinishi mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qabul qilish boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
12. Quyidagilar pansionatga yuborishga qarshi koʻrsatkichlar hisoblanadi:
tez-tez (har oyda 5-martadan koʻp) tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
Oldingi tahrirga qarang.
bemorning oʻzi va atrofidagilar uchun xavfli boʻlgan moyillikning qoʻpol buzilishlari va axloqiy dagʻallik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
13. Quyidagilar pansionatga qabul qilishga qarshi umumiy koʻrsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tanosil kasalliklari.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Pansionatga qabul qilish chogʻida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma topilgan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Pansionatga qabul qilish, shuningdek undan koʻchirish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tegishli komissiyasining qaroriga muvofiq pansionatning direktori buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Pansionatga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimiga yuklanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
15. Pansionatda rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
pansionatda rasmiylashtiriladigan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi nomiga berilgan ariza;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
pansionatga rasmiylashtiriladiganning pasporti nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sogʻliqning holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
tuman (shahar) hokimining yolgʻiz shaxs sifatida hisobga olish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
pensioner guvohnomasining nusxasi, mavjud boʻlganda;
pansionatga rasmiylashtirilayotganning (6 sm x 4 sm oʻlchamli) 2 ta fotosurati;
xizmat koʻrsatganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (mavjud boʻlganda).
Pansionatga rasmiylashtirilayotgan nogiron boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi.
16. Pansionatga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi yuritiladi, unga ushbu Nizomning 15-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Vasiylikka olinganlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlari pansionat direktorida saqlanadi.
17. Pansionatda yashovchilarga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, ularni parvarish qilish va ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (oʻrin-toʻshaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sogʻligʻi, yoshi va shaxsiy xohishiga muvofiq alohida boʻlimlar va xonalar boʻyicha joylashtiriladi.
IV. Pansionatning vasiylikka olinganlari
18. Pansionatda vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy taʼminoti toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
19. Pansionatdagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan taʼminlanadi:
inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda boʻlish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va doʻstlari bilan telefon orqali soʻzlashuvlar yoʻli bilan aloqa bogʻlash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda boʻlish, joʻnatmalar, banderollar, buyumlar olish, xat va telegrammalarni olish va joʻnatish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, ashyoviy taʼminlashning boshqa buyumlarini va tasdiqlangan meʼyorlar boʻyicha yumshoq anjomlar olish.
Ehtiyoj boʻlganda vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanadilar.
Vasiylikka olinganlarga pensiya va nafaqalar toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Vasiylikka olinganlar sogʻliqni saqlash organlari mansabdor shaxslarining, pansionat rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
21. Vasiylikka olinganlarga tibbiy yordam koʻrsatish pansionatning shtatdagi tibbiyot xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Vasiylikka olinganning sogʻligʻi holati yomonlashganda yoki u vafot etganda maʼmuriyat bu haqda uning qarindoshlarini, tanishlari va doʻstlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
22. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bogʻliq xarajatlar pansionatning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Vasiylikka olinganning pansionat hududidan tashqariga chiqishi faqat pansionat rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylikka olingan oʻzboshimchalik bilan pansionat tashqarisiga chiqqan taqdirda maʼmuriyat zudlik bilan bu haqda ichki ishlar organlariga, sogʻliqni saqlash organlariga xabar qiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
24. Qarindoshlari, tanishlari va doʻstlari vasiylikka olinganlar bilan koʻrishib turish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Vasiylikka olinganlarni ovqat, kiyim-bosh, poyabzal, ashyoviy taʼminotning boshqa buyumlari va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Pansionat yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga vasiylikka olinganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
27. Vasiylikka olinganni pansionatdan chiqarish:
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar boʻlimlarining ruxsati bilan.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
turar joy maydoni, yashash uchun mablagʻlar va oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda yoki vasiylikka olinganni taʼminlash va zarur darajada parvarish qilish imkoniyatiga ega boʻlgan qarindoshlarning iltimosiga koʻra, shuningdek navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat boʻyicha tavsiyalar mavjud boʻlganda) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
28. Pansionatdan chiqarishda vasiylikka olinganga quyidagi hujjatlar beriladi:
pansionatda boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
xizmat koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (mavjud boʻlganda).
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼlumotnomalarni berish tartibi va shakllari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
29. Pansionat direktori vasiylikka olinganlarni pansionatga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish
30. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida pansionatda tibbiy-psixologik komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya pansionatning mutaxassis xodimlaridan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi pansionat direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Komissiya tarkibiga komissiyani boshqaradigan pansionatning direktori, pansionat direktorining tibbiy boʻlim boʻyicha oʻrinbosari, vrach-psixiatr kiritiladi.
31. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi.
VI. Pansionat faoliyatini tashkil etish
32. Xodimlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tibbiy xizmat koʻrsatish pansionatning tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sogʻligʻi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. Pansionatda davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Pansionatda psixologik taʼminot Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
35. Pansionat maʼmuriyati pansionat mutaxassis xodimlarining kasb mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
36. Pansionatning xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom meʼyorlariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish, kasb odob-axloqiga qatʼiy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini taʼminlash;
oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borish.
Pansionatning xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
pansionatni boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb shaʼnini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish.
37. Pansionat xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, shuningdek ushbu Nizom bilan belgilanadi.
VII. Pansionatni boshqarish
38. Pansionatni boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari boʻyicha va pansionat jamoasining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
39. Pansionatning maʼmuriyati pansionatda yashaydigan vasiylikka olinganlar tomonidan jamoatchilik asosida hamda pansionat direktori tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi nizomlar asosida tashkil etiladigan madaniy-maishiy komissiya, jamoatchilik kengashi yordamida maishiy va madaniy xizmatlarni tashkil qiladi.
40. Pansionatda vasiylikka olinganlarni taʼminlashning maxsus shart-sharoitlari taʼminlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy taʼsiridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Pansionatga bevosita rahbarlikni tegishli oliy maʼlumotga ega boʻlgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bilan kelishilgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
42. Direktor pansionatda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning holati uchun toʻliq javob beradi.
43. Pansionat direktori:
pansionat nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
pansionat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va pansionat ustavida belgilangan tartibda pansionat mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida pansionatning barcha xodimlari va vasiylikka olinganlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
pansionatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash va pansionat faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
VIII. Moliya-xoʻjalik faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
44. Pansionatning binosi texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
45. Pansionat faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
46. Pansionat belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
47. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda pansionatga har oyda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga xayriya ehsonlari tarzida tushgan mablagʻlarning bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarini tovarlar xarid qilish va xizmatlarga doir kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda toʻlash uchun (Gʻaznachilik organlarida ularning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini hisobga olmasdan) ular uchun tijorat banklarida ochiladigan kartochka hisob raqamlariga oʻtkazishga ruxsat beriladi.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
49. Pansionat qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
50. Pansionatning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli qaroriga asosan 2016-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 432-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 09/18/725/1874-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 348-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2015-y., 32-son, 432-modda; 2016-y., 42-son, 486-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/597/1600-son, 13.09.2018-y., 09/18/725/1874-son; 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)