Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011—2015-yillarda yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 30-maydagi PQ-1542-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
uch oy muddatda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash hamda yolgʻiz keksalar, nogironlar, urush va mehnat faxriylariga yordam koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining faoliyati yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlasinlar, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama yordam bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
uch oy muddatda ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan nogiron bolalarni tarbiyalash va oʻqitish dasturlarini qayta koʻrib chiqsinlar;
nogiron bolalarni tarbiyalash, oʻqitish, ruhiy va intellektual rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini hisobga olgan holda pedagoglar va tarbiyachilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni muntazam amalga oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda:
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi shaxslarga doimiy asosda profilaktik, diagnostik, davolash-maslahat yordami koʻrsatsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-avgust,
240-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “Saxovat” keksalar va nogironlar internat uylarini (keyingi oʻrinlarda “Saxovat” internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Saxovat” internat uylari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar hamda 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari (keyingi oʻrinlarda vasiylikka olinuvchilar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Saxovat” internat uylari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Saxovat” internat uylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. “Saxovat” internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa “Saxovat” internat uylariga oʻtkazish taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Saxovat” internat uylarida davolash-mehnat va faollashtiruvchi terapiyani amalga oshirish uchun davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari, shuningdek, agar “Saxovat” internat uylari qishloq joylarda joylashgan boʻlsa, zarur anjomlarga, asbob-uskunalarga va transportga ega boʻlgan yordamchi xoʻjalik tashkil etiladi.
6. “Saxovat” internat uylari ustavlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Saxovat” internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Saxovat” internat uylaridagi oʻrinlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib, sanitariya-gigiyena normalariga majburiy rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Saxovat” internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
“Saxovat” internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. “Saxovat” internat uylarining asosiy vazifalari
10. Quyidagilar “Saxovat” internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni taʼminlash, ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2-marta dispanserizatsiyadan oʻtkazish, rejali sogʻlomlashtirish, muhtoj boʻlinganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qoʻltiqtayoqlar) bilan taʼminlash;
vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Vasiylikka olinganlarni “Saxovat” internat uylariga qabul qilish
11. “Saxovat” internat uylariga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar hamda 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga yuborishga qarshi koʻrsatkichlar hisoblanadi:
tez-tez, har oyda 5-martadan koʻp tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
har qanday ruhiy kasalliklar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy koʻrsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari, OIV yuqqanlar.
Keyingi tahrirga qarang.
“Saxovat” internat uylariga qabul qilish chogʻida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
14. “Saxovat” internat uylariga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, belgilangan tartibda qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmalarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
“Saxovat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmalariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. “Saxovat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan yolgʻiz keksaning hamda I va II guruh nogironining doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy himoya qilish markazi direktori nomiga berilgan arizasi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning pasporti nusxasi;
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sogʻliqning holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimining yolgʻiz shaxs sifatida hisobga olish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
pensioner guvohnomasining nusxasi, mavjud boʻlsa;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati.
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning nogironligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. “Saxovat” internat uylariga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy yigʻmajild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 15-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Vasiylikka olinganlarning shaxsiy yigʻmajildlari “Saxovat” internat uyi direktorida saqlanadi.
17. Vasiylikka olinganlarga tibbiy xizmat koʻrsatishni, ularni parvarishlashni yaxshilash hamda ularning ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (oʻrin-toʻshaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sogʻligʻi, yoshi va shaxsiy xohishiga muvofiq holda alohida boʻlimlar va xonalar boʻyicha joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlar
18. “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy taʼminoti toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
19. “Saxovat” internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan taʼminlanadi:
inson shaʼnini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda boʻlish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va doʻstlari bilan telefon orqali soʻzlashuvlar yoʻli bilan aloqa bogʻlash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda boʻlish, joʻnatmalar, banderollar, buyumlar, xat va telegrammalarni olish va joʻnatish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar boʻyicha yumshoq anjomlar bilan taʼminlanish.
Ehtiyoj boʻlganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanadilar.
Vasiylikka olinganlarga pensiya va nafaqalar toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Vasiylikka olinganlar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari mansabdor shaxslarining, “Saxovat” internat uylari rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vasiylikka olinganlarga tibbiy yordam koʻrsatish “Saxovat” internat uylarining shtatdagi tibbiy xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa — tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Vasiylikka olinganning sogʻligʻi yomonlashganda yoki u vafot etganda maʼmuriyat bu haqda uning qarindoshlari, tanishlari va doʻstlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
22. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bogʻliq xarajatlar “Saxovat” internat uylarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Vasiylikka olinganning “Saxovat” internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat “Saxovat” internat uyi rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Vasiylikka olingan oʻzboshimchalik bilan “Saxovat” internat uyi tashqarisiga chiqqan taqdirda maʼmuriyat ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab zudlik bilan bu haqda ichki ishlar organlariga, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlariga xabar qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Qarindoshlari, tanishlari va doʻstlari vasiylikka olinganlar bilan koʻrishib turish huquqiga ega.
25. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Vasiylikka olinganlarni kiyim-bosh, poyabzal, boshqa buyumlar va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari har chorakda “Saxovat” internat uylarining vasiylikka olinganlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Vasiylikka olinganni “Saxovat” internat uylaridan chiqarish:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining ruxsati bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
turar joy maydoni, yashash uchun mablagʻlar va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda yoki vasiylikka olinganni taʼminlash va zarur darajada parvarishlashga qodir boʻlgan qarindoshlarining iltimosiga koʻra, shuningdek navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat boʻyicha tavsiyalar mavjud boʻlganda) amalga oshiriladi.
Bunda vasiylikka olinganlarni taʼminlash va ularni zarur darajada parvarishlash boʻyicha qarindoshlarining bunga qodirligi vasiylikka olinganni chiqarish toʻgʻrisidagi iltimos bilan murojaat qilayotgan qarindoshining doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
28. “Saxovat” internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganga quyidagi hujjatlar beriladi:
“Saxovat” internat uyida boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar).
Maʼlumotnomalarni berish tartibi va shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. “Saxovat” internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni “Saxovat” internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va “Saxovat” internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish
30. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida “Saxovat” internat uylarida tibbiy-psixologik komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya “Saxovat” internat uyining mutaxassis xodimlaridan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi “Saxovat” internat uyi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga majburiy tartibda komissiyani boshqaradigan “Saxovat” internat uyining direktori, “Saxovat” internat uyi direktorining tibbiy boʻlim boʻyicha oʻrinbosarlari, vrach-psixiatr kiradi.
31. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi.
VI. “Saxovat” internat uylari faoliyatini tashkil etish
32. “Saxovat” internat uylariga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Tibbiy xizmat koʻrsatish “Saxovat” internat uylarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sogʻligʻi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi hamda sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi uchun javob beradilar. “Saxovat” internat uylarida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. “Saxovat” internat uylarida psixologik taʼminot Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. “Saxovat” internat uylarining maʼmuriyati “Saxovat” internat uylari mutaxassis xodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
36. “Saxovat” internat uylarining xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy axloq-odobga qatʼiy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini taʼminlash;
oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borish.
37. “Saxovat” internat uylarining xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
“Saxovat” internat uyini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb shaʼnini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish.
38. “Saxovat” internat uylari xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek “Saxovat” internat uylari ustavlari bilan belgilanadi.
VII. “Saxovat” internat uylarini boshqarish
39. “Saxovat” internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari boʻyicha va “Saxovat” internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
40. “Saxovat” internat uylarining maʼmuriyati “Saxovat” internat uylarida yashaydigan vasiylikka olinganlar tomonidan jamoatchilik asosida hamda “Saxovat” internat uyi tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi nizomlar asosida tashkil etiladigan madaniy-maishiy komissiya, jamoatchilik kengashi yordamida maishiy va madaniy xizmatlarni tashkil qiladi.
41. “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlarni taʼminlashning maxsus shart-sharoitlari taʼminlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy taʼsiridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
42. “Saxovat” internat uyiga bevosita rahbarlikni tegishli oliy maʼlumotga ega boʻlgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Direktor “Saxovat” internat uyida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning ahvoli uchun toʻliq javob beradi.
44. “Saxovat” internat uyi direktori:
“Saxovat” internat uyi nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
“Saxovat” internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va “Saxovat” internat uyi ustavida belgilangan tartibda “Saxovat” internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida “Saxovat” internat uyining barcha xodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun “Saxovat” internat uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash va “Saxovat” internat uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha tegishli organlarga takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
VIII. Moliya-xoʻjalik faoliyati
45. “Saxovat” internat uylarining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. “Saxovat” internat uylari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
47. “Saxovat” internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
48. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. “Saxovat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
51. “Saxovat” internat uylarining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylarini (keyingi oʻrinlarda “Muruvvat” internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Muruvvat” internat uylari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari (keyingi oʻrinlarda vasiylikka olinuvchilar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Muruvvat” internat uylari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Muruvvat” internat uylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. “Muruvvat” internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa “Muruvvat” internat uylariga oʻtkazish taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Muruvvat” internat uylari erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida tashkil etiladi. Erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida internat uylar tashkil etishning iloji boʻlmagan hollarda erkaklar va ayollarni bitta internat uyda, lekin alohida korpuslarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
6. “Muruvvat” internat uylarida davolash-mehnat va faollashtiruvchi terapiyani amalga oshirish uchun davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari, shuningdek, agar “Muruvvat” internat uylari qishloq joylarda joylashgan boʻlsa — zarur anjomlarga, asbob-uskunalarga va transportga ega boʻlgan yordamchi xoʻjalik tashkil etiladi.
7. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejimlarga rioya qilish va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan nazorat sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. “Muruvvat” internat uylari ustavlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Muruvvat” internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. “Muruvvat” internat uylaridagi oʻrinlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib, sanitariya-gigiyena normalariga majburiy rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “Muruvvat” internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
“Muruvvat” internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. “Muruvvat” internat uylarining asosiy vazifalari
12. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni taʼminlash, ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2-marta dispanserizatsiyadan oʻtkazish, rejali sogʻlomlashtirish, muhtoj boʻlinganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qoʻltiqtayoqlar) bilan taʼminlash;
vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish.
III. Vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish
13. “Muruvvat” internat uylariga tashxislari quyidagicha boʻlgan vasiylikka olinadiganlar qabul qilinadi:
oʻrtacha darajadagi aqliy zaiflik (ogʻirlashgan shakli);
ogʻir darajadagi aqliy zaiflik;
chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
aqliy zaif, ogʻirlashgan gemiparez, paraparez va tetraparezli bolalar tserebral sholligi;
intellektning qoʻpol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;
aqliy zaiflikka olib kelgan epilepsiya (har oyda koʻpi bilan besh marta xuruj);
bosh miya shikastlanishi sababli aqliy zaiflik;
ensefalit, meningit, meningoensefalit, bosh miya sifilisi hisobiga, shuningdek bosh miyaning organik kasalliklari hisobiga aqliy zaiflik;
bosh miyaning organik shikastlanishi (ensefalit, meningit, meningoensefalit, bosh miya jarohati va shikastlanishi) bilan bogʻliq holdagi bola yoshidagi demensiya.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylariga yuborishga qarshi koʻrsatkichlar hisoblanadi:
shaxsning sezilmaydigan nuqsonisiz, produktiv simptomatik mavjud holdagi shizofreniya;
tez-tez, har oyda 5-martadan koʻp tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
har qanday nozologik mansublik doirasidagi ruhsimon simptomatika;
bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan qoʻpol va hulqiy buzilishlar sabab boʻladigan ruhiy kasalliklar;
har qanday ruhiy kasalliklar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy koʻrsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari, OIV yuqqanlar.
Keyingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” internat uylariga qabul qilish chogʻida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
16. “Muruvvat” internat uylariga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, belgilangan tartibda qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
“Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik boʻyicha davlat organi vakili tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori nomiga berilgan arizasi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning pasporti nusxasi;
vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berayotgan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy pasportining nusxasi;
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sogʻliqning holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
pensioner guvohnomasining nusxasi, mavjud boʻlsa;
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
18. “Muruvvat” internat uylariga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy yigʻmajild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 17-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Vasiylikka olinganlarning shaxsiy yigʻmajildlari “Muruvvat” internat uyi direktorida saqlanadi.
19. Vasiylikka olinganlarga tibbiy xizmat koʻrsatishni, ularni parvarishlashni yaxshilash hamda ularning ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (oʻrin - toʻshaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sogʻligʻi, yoshi va shaxsiy xohishiga muvofiq holda alohida boʻlimlar va xonalar boʻyicha joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlar
20. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy taʼminoti toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
21. “Muruvvat” internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan taʼminlanadi:
inson shaʼnini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda boʻlish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va doʻstlari bilan telefon orqali soʻzlashuvlar yoʻli bilan aloqa bogʻlash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda boʻlish, joʻnatmalar, banderollar, buyumlar, xat va telegrammalarni olish va joʻnatish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar boʻyicha yumshoq anjomlar bilan taʼminlanish.
Ehtiyoj boʻlganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanadilar.
22. Vasiylikka olinganlar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari mansabdor shaxslarining, “Muruvvat” internat uylari rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vasiylikka olinganlarga tibbiy yordam koʻrsatish “Muruvvat” internat uylarining shtatdagi tibbiy xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa — tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Vasiylikka olinganning sogʻligʻi yomonlashganda yoki u vafot etganda maʼmuriyat bu haqda uning qarindoshlari, tanishlari va doʻstlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
24. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bogʻliq xarajatlar “Muruvvat” internat uylarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
25. Vasiylikka olinganning “Muruvvat” internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat “Muruvvat” internat uyi rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Vasiylikka olingan oʻzboshimchalik bilan “Muruvvat” internat uyi tashqarisiga chiqqan taqdirda maʼmuriyat ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab zudlik bilan bu haqda ichki ishlar organlariga, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlariga xabar qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Vasiylikka olinganlarning “Muruvvat” internat uylaridan vaqtinchalik ketishiga, vrachning ketish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosasini hisobga olgan holda, koʻpi bilan 1 oy muddatga ruxsat berilishi mumkin. Buning uchun direktorning roziligi bilan, qarindoshlari va boshqa shaxslarning yozma majburiyati mavjud boʻlishi kerak.
27. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Vasiylikka olinganlarni kiyim-bosh, poyabzal, boshqa buyumlar va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Qarindoshlar vasiylikka olinganlar bilan biror-bir cheklanishsiz, lekin boshqa vasiylikka olinganlarga zarar yetkazmasdan koʻrishib turish, shuningdek “Muruvvat” internat uylarining tibbiy-ijtimoiy faoliyati, vasiylikka olinganning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasining borishi bilan tanishish huquqiga ega.
29. “Muruvvat” internat uylarida yashovchi vasiylikka olinganlar maʼmuriyat ruxsati bilan oʻzlariga tegishli buyumlardan foydalanishlari mumkin.
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari har chorakda “Muruvvat” internat uylarining vasiylikka olinganlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Vasiylikka olinganni “Muruvvat” internat uylaridan chiqarish:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining ruxsati bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
turar joy maydoni, yashash uchun mablagʻlar va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda yoki vasiylikka olinganni taʼminlash va zarur darajada parvarishlashga qodir boʻlgan qarindoshlarining iltimosiga koʻra, shuningdek navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat boʻyicha tavsiyalar mavjud boʻlganda) amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda vasiylikka olinganlarni taʼminlash va ularni zarur darajada parvarishlash boʻyicha qarindoshlarining bunga qodirligi vasiylikka olinganni chiqarish toʻgʻrisidagi iltimos bilan murojaat qilayotgan qarindoshining doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
32. “Muruvvat” internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganga quyidagi hujjatlar beriladi:
“Muruvvat” internat uyida boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maʼlumotnomalarni berish tartibi va shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. “Muruvvat” internat uyidan ketishda vasiylikka olinganlarga mavsum boʻyicha ularga birkitilgan kiyim-bosh, ichki kiyimlar, poyafzallar beriladi, shuningdek uning “Muruvvat” internat uyida saqlanayotgan shaxsiy buyumlari qaytarib beriladi.
34. “Muruvvat” internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va “Muruvvat” internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish
35. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida “Muruvvat” internat uylarida tibbiy-psixologik komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya “Muruvvat” internat uyining mutaxassis xodimlaridan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi “Muruvvat” internat uyi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga majburiy tartibda komissiyani boshqaradigan “Muruvvat” internat uyining direktori, “Muruvvat” internat uyi direktorining tibbiy boʻlim boʻyicha oʻrinbosarlari, vrach-psixiatr kiradi.
36. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi;
vasiylikka olinganlarning ota-onasi (qarindoshlari) yoki ularning oʻrnini bosuvchilar bilan maslahat va reabilitatsiya ishlarini bajaradi.
37. Komissiya aʼzolari:
tibbiy-ijtimoiy-psixologik muammolar tashxisi;
nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish yoʻnalishlari boʻyicha ish olib boradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. “Muruvvat” internat uylari faoliyatini tashkil etish
38. Xodimlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Tibbiy xizmat koʻrsatish “Muruvvat” internat uylarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sogʻligʻi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi hamda sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi uchun javob beradilar. “Muruvvat” internat uylarida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. “Muruvvat” internat uylarida psixologik taʼminot Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. “Muruvvat” internat uylarining maʼmuriyati “Muruvvat” internat uylari mutaxassis xodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
42. “Muruvvat” internat uylarining xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy axloq-odobga qatʼiy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini taʼminlash;
oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borish.
43. “Muruvvat” internat uylarining xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
“Muruvvat” internat uyini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb shaʼnini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish.
44. “Muruvvat” internat uylari xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek “Muruvvat” internat uylari ustavlari bilan belgilanadi.
VII. “Muruvvat” internat uylarini boshqarish
45. “Muruvvat” internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari boʻyicha va “Muruvvat” internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
46. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlarni taʼminlashning maxsus shart-sharoitlari taʼminlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy taʼsiridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
47. “Muruvvat” internat uyiga bevosita rahbarlikni tegishli oliy maʼlumotga ega boʻlgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. “Muruvvat” internat uyi direktori bu yerdagi tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning ahvoli uchun toʻliq javob beradi.
49. “Muruvvat” internat uyi direktori:
“Muruvvat” internat uyi nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
“Muruvvat” internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va “Muruvvat” internat uyi ustavida belgilangan tartibda “Muruvvat” internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida “Muruvvat” internat uyining barcha xodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun “Muruvvat” internat uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash va “Muruvvat” internat uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
VIII. Moliya-xoʻjalik faoliyati
50. “Muruvvat” internat uylarining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. “Muruvvat” internat uylari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
52. “Muruvvat” internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
53. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. “Muruvvat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
56. “Muruvvat” internat uylarining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “Muruvvat” nogiron bolalar internat uylarini (keyingi oʻrinlarda “Muruvvat” bolalar internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Muruvvat” bolalar internat uylari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogiron bolalar (keyingi oʻrinlarda vasiylikka olinuvchilar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Muruvvat” bolalar internat uylari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Muruvvat” bolalar internat uylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. “Muruvvat” bolalar internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa “Muruvvat” bolalar internat uylariga oʻtkazish taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Muruvvat” bolalar internat uylari ustavlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Muruvvat” bolalar internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Muruvvat” bolalar internat uylaridagi oʻrinlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib, sanitariya-gigiyena normalariga majburiy rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Muruvvat” bolalar internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
“Muruvvat” bolalar internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. “Muruvvat” bolalar internat uylarining asosiy vazifalari
9. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni taʼminlash, ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2-marta dispanserizatsiyadan oʻtkazish, rejali sogʻlomlashtirish, muhtoj boʻlinganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qoʻltiqtayoqlar) bilan taʼminlash;
sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-maʼrifiy, shuningdek vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga oʻrgatishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan oʻquv dasturi doirasida ularni taʼlim va mehnat koʻnikmalariga oʻqitish;
Keyingi tahrirga qarang.
vasiylikka olinganlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, tarbiya-taʼlim ishlarining zamonaviy shakllari va metodlarini joriy etish hamda ulardan foydalanish.
III. Vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilish
10. “Muruvvat” bolalar internat uylariga tashxislari quyidagicha boʻlgan vasiylikka olinadiganlar qabul qilinadi:
oʻrtacha darajadagi aqliy zaiflik (ogʻirlashgan shakli);
ogʻir darajadagi aqliy zaiflik;
chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
aqliy zaif, ogʻirlashgan gemiparez, paraparez va tetraparezli bolalar tserebral sholligi;
intellektning qoʻpol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;
aqliy zaiflikka olib kelgan epilepsiya (har oyda koʻpi bilan besh marta xuruj);
bosh miya shikastlanishi sababli aqliy zaiflik;
ensefalit, meningit, meningoensefalit, bosh miya sifilisi hisobiga, shuningdek bosh miyaning organik kasalliklari hisobiga aqliy zaiflik;
bosh miyaning organik shikastlanishi (ensefalit, meningit, meningoensefalit, bosh miya jarohati va shikastlanishi) bilan bogʻliq holdagi bola yoshidagi demensiya.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborishga qarshi koʻrsatkichlar hisoblanadi:
shaxsning sezilmaydigan nuqsonisiz, produktiv simptomatik mavjud holdagi shizofreniya;
Keyingi tahrirga qarang.
tez-tez, har oyda 5-martadan koʻp tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
Keyingi tahrirga qarang.
har qanday nozologik mansublik doirasidagi ruhsimon simptomatika;
Keyingi tahrirga qarang.
bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan qoʻpol va hulqiy buzilishlar sabab boʻladigan ruhiy kasalliklar;
ular bilan kasallanganda bolani umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqitish mumkin boʻlgan har qanday ruhiy kasalliklar.
12. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy koʻrsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari, OIV yuqqanlar.
Keyingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilish chogʻida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
13. “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, belgilangan tartibda qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmalarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
“Muruvvat” bolalar internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. “Muruvvat” bolalar internat uylariga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik boʻyicha davlat organi vakili tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori nomiga berilgan arizasi;
“Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirilayotganning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi (16 yoshdan katta shaxslar uchun — pasportining nusxasi);
vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berayotgan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy pasportining nusxasi;
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sogʻliqning holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar;
“Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
belgilangan tartibda berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi;
belgilangan tartibda berilgan nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi;
xalq taʼlimi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi;
boquvchisni yoʻqotganlik pensiyasi yoki nogiron bola uchun (bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalardan tashqari) ijtimoiy nafaqa olayotganlik (olmayotganlik) toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborilayotgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
tuman (shahar) hokimining homiylikni belgilash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ota-onasi pasportlarining yoki ularning vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxasi, sudning hukmlari yoki qarorlari, ota-onasining uzoq davom etgan kasalligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va ota-onasining yoʻqligini yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalashga iloji yoʻqligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
yaqin qarindoshlarining mavjudligi, agar ular boʻlsa — ularning yashash joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
vasiylikka olinganning ota-onasidan keyin qolgan mol-mulkining (agar bor boʻlsa) roʻyxati, roʻyxatda uning qayerdaligi, uni saqlash uchun koʻrilgan chora-tadbirlar va uning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
vasiylikka olinganga birkitilgan uy-joy maydoni toʻgʻrisidagi hujjatlar (order, uy daftari, uy-joy rejasi nusxasi, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimining uy-joy egasi va uning xususiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
sudning vasiylikka olingan foydasiga alimentlar undirish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi, agar bor boʻlsa — omonat daftarchasi.
16. “Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlari, jinsi, jismoniy holati, aqliy zaiflik darajasi, shuningdek yoshi hisobga olingan holda, quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
yotadiganlar guruhlari (yoshi va jinsidan qatʼi nazar, harakatlanish funksiyasi kuchli buzilgan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar);
emaklovchilar guruhlari (yoshi va jinsidan qatʼi nazar, harakatlanish funksiyasi cheklangan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalar);
aralash guruhlar — 10 yoshgacha boʻlgan bolalar;
10 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan va 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qiz bolalar uchun alohida-alohida guruhlar.
Guruhlardagilar soni — 15 nafardan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Bundan tashqari, “Muruvvat” bolalar internat uylaridagi barcha vasiylikka olinganlar, mehnat koʻnikmalarini egallash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularning intellektual rivojlanishiga muvofiq ravishda tarbiyalash guruhlariga boʻlinadi.
Mehnatga oʻrgatiladigan bolalar guruhiga quyidagilar kiradi:
mehnatga oʻrgatishga tayyorlash guruhi;
mehnatga oʻrgatish guruhi.
Mehnatga oʻrgatish guruhlaridagilar soni — 5-6 kishidan boʻlishi kerak.
18. Yakka tartibdagi dastur boʻyicha guruhlardagi vasiylikka olinganlarni har bir bolaning imkoniyati va ehtiyojlariga qarab belgilash faqat xalq taʼlimi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi asosida amalga oshiriladi.
IV. “Muruvvat” bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlar
19. “Muruvvat” bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlarni tibbiy-ijtimoiy taʼminlash, tarbiyalash, oʻqitish, mehnat koʻnikmalariga oʻrgatish toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. “Muruvvat” bolalar internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan taʼminlanadi:
inson shaʼnini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda boʻlish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va doʻstlari bilan telefon orqali soʻzlashuvlar yoʻli bilan aloqa bogʻlash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda boʻlish, joʻnatmalar, banderollar, buyumlar, xat va telegrammalarni olish va joʻnatish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar boʻyicha yumshoq anjomlar bilan taʼminlanish.
Ehtiyoj boʻlganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Ota-onalar, vasiylar yoki homiylar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari mansabdor shaxslarining, “Muruvvat” bolalar internat uylari rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam koʻrsatish “Muruvvat” bolalar internat uylarining shtatdagi tibbiy xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa — tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Vasiylikka olinganning sogʻligʻi yomonlashganda yoki u vafot etganda maʼmuriyat bu haqda uning ota-onasini yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarni, vasiylarini, qarindoshlarini, ular boʻlmaganda esa — vasiylikka olinganning doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar vafot etgan taqdirda vasiylikka olinganlar fiziologik imkoniyatlariga va sogʻligʻining holatiga muvofiq, ularni dafn etishda qatnashish, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar ogʻir kasallanganda esa — ularni borib koʻrish huquqiga ega. Yoʻl xarajatlari “Muruvvat” bolalar internat uylari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bogʻliq xarajatlar “Muruvvat” bolalar internat uylarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
24. Vasiylikka olinganning “Muruvvat” bolalar internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat direktorning ruxsati bilan, xodimlarning yoki ota-onaning yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning hamrohligida amalga oshiriladi.
Vasiylikka olingan oʻzboshimchalik bilan “Muruvvat” bolalar internat uylari tashqarisiga chiqqan taqdirda maʼmuriyat zudlik bilan bu haqda uning ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga, vasiylikka olinganning yashash va boradigan joyidagi ichki ishlar organlariga, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga xabar qiladi hamda birgalikda uni topish va qaytarib olib kelish chora-tadbirlarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Vasiylikka olinganlarning “Muruvvat” bolalar internat uylaridan vaqtinchalik ketishiga, vrachning ketish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosasini hisobga olgan holda, koʻpi bilan 1 oy muddatga ruxsat berilishi mumkin. Buning uchun direktorning roziligi bilan, ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, qarindoshlari yoxud boshqa shaxslarning yozma majburiyati mavjud boʻlishi kerak.
26. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Vasiylikka olinganlarni kiyim-bosh, poyabzal, boshqa buyumlar va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar vasiylikka olinganlar bilan biror-bir cheklashlarsiz koʻrishib turish, “Muruvvat” bolalar internat uylarining tibbiy-ijtimoiy faoliyati, farzandlarining tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasining borishi bilan tanishish huquqiga ega.
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari har chorakda “Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Vasiylikka olingan 18 yoshga toʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda “Muruvvat” internat uyiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnat koʻnikmalari olishgan vasiylikka olinganlar tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining nogironlikning III guruhini belgilash toʻgʻrisidagi xulosasi asosida (mehnat tavsiyalari mavjud boʻlgan taqdirda) ota-onasi (vasiylari) huzurida doimiy yashash uchun roʻyxatdan chiqariladi, yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joylar bilan taʼminlanadilar.
30. “Muruvvat” bolalar internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganlarga quyidagi hujjatlar beriladi:
“Muruvvat” bolalar internat uyida boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nogiron bolaga (bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalardan tashqari) ijtimoiy nafaqa toʻlash toʻgʻrisidagi guvohnoma — mavjud boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
xalq taʼlimi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi;
nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maʼlumotnomalarni berish tartibi va shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlarini roʻyxatdan chiqarishda (mavjud boʻlsa) uning mol-mulkka, pul mablagʻlariga (ilgari u yoki uning ota-onasi egallagan) uy-joy maydoniga huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchasi hamda boshqa hujjatlar ham beriladi.
Bundan tashqari, vasiylikka olinganlarga 2 komplekt ichki kiyimlar, kiyim-bosh va poyabzal beriladi.
31. “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va “Muruvvat” bolalar internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. “Muruvvat” bolalar internat uylarida tarbiya-taʼlim jarayonini tashkil etish
32. Vasiylikka olinganlarni taʼminlash, tarbiyalash va oʻqitish tartibi ularning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, ruhiy va jismoniy holatini hisobga olgan holda belgilanadi.
Maishiy shart-sharoitlar reabilitatsiya jarayoniga koʻmaklashishi, vasiylikka olingandagi emotsional zoʻriqishni yoʻqotish uchun sharoitlar yaratishi kerak.
33. Vasiylikka olinganlarni oʻqitishning maxsus dasturi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarga oʻrgatish “Muruvvat” bolalar internat uyi tarbiyachilari tomonidan, zarurat boʻlganda esa, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari, shuningdek sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari va boshqa tashkilotlar pedagoglarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
34. Taʼlimning har bir bosqichida oʻqitish yoshi va davomiyligi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi. Har bir bosqichdagi oʻqitishning davomiyligi toʻgʻrisidagi qaror “Muruvvat” bolalar internat uylarining tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
35. Vasiylikka olinganlarning tarbiya-taʼlim jarayoni yakka tartibdagi maxsus dasturlar boʻyicha, ularning rivojlanishidagi nuqsonlarga muvofiq ravishda tashkil etiladi.
36. Tibbiy-pedagogik asoslash bilan taʼminlangan kun tartib-qoidalari taʼlim, mehnat, hordiq va turli tadbirlarni uygʻunlashtirgan holda amalga oshiriladi, nogiron bolalar hayot faoliyatini cheklash darajasini hisobga olgan holda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vasiylikka olinganlarning mehnat tarbiyasi oʻqitishni mehnat koʻnikmalariga ega boʻlish bilan uygʻunlashtirish asosida ushbu “Muruvvat” bolalar internat uyining tibbiy-reabilitatsiya komissiyasi tomonidan tuzilgan nogiron bolani rivojlantirish va reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturiga muvofiq, tibbiy koʻrsatkichlar va pedagogik tavsiyalarni hisobga olgan holda, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Ijtimoiy-psixologik va pedagogik kuzatuvni tashkil etish
37. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik yordamni amalga oshirish maqsadida “Muruvvat” bolalar internat uylarida tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya “Muruvvat” bolalar internat uyining mutaxassis xodimlaridan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi “Muruvvat” bolalar internat uyi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga komissiyani boshqaradigan “Muruvvat” bolalar internat uyining direktori, “Muruvvat” bolalar internat uyi direktorining tibbiy boʻlim boʻyicha va oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, vrach-psixiatr, vrach-pediatr kiradi.
38. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi;
“Muruvvat” bolalar internat uyining tarbiyachilari, pedagoglari, maʼmuriyati va boshqa xodimlari bilan psixologik-profilaktika, maslahat, taʼlim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradi;
vasiylikka olinganlarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar bilan maslahat va reabilitatsiya ishlarini bajaradi.
39. Komissiya aʼzolari:
vasiylikka olinganlarning “Muruvvat” bolalar internat uyidagi hayotga moslashish uchun zarur boʻladigan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
vasiylikka olinganlarni rivojlantirishning tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik muammolari tashxisi;
vasiylikka olinganlarni rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish yoʻnalishlari boʻyicha ish olib boradilar.
VII. “Muruvvat” bolalar internat uylari faoliyatini tashkil etish
40. “Muruvvat” bolalar internat uylariga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Tibbiy xizmat koʻrsatish “Muruvvat” bolalar internat uylarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sogʻligʻi, jismoniy rivojlanishi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi hamda sanitariya-gigiyena normalariga rioya etilishi uchun javob beradilar. “Muruvvat” bolalar internat uylarida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. “Muruvvat” bolalar internat uylarida psixologik taʼminot Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. “Muruvvat” bolalar internat uylarining maʼmuriyati “Muruvvat” bolalar internat uylari mutaxassis xodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
44. “Muruvvat” bolalar internat uylarining xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy axloq-odobga qatʼiy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini taʼminlash;
oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borish.
45. “Muruvvat” bolalar internat uylarining xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
“Muruvvat” internat uylarini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb shaʼnini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish.
46. “Muruvvat” bolalar internat uylari xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek “Muruvvat” bolalar internat uyi ustavi bilan belgilanadi.
VIII. “Muruvvat” bolalar internat uylarini boshqarish
47. “Muruvvat” bolalar internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari boʻyicha va “Muruvvat” bolalar internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
48. “Muruvvat” bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlarni taʼminlashning maxsus shart-sharoitlari taʼminlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy taʼsiridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
49. “Muruvvat” bolalar internat uyiga bevosita rahbarlikni tegishli oliy maʼlumotga ega boʻlgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori bu yerdagi tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning ahvoli uchun toʻliq javob beradi.
51. “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori:
“Muruvvat” bolalar internat uyi nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
“Muruvvat” bolalar internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va “Muruvvat” bolalar internat uyi ustavida belgilangan tartibda “Muruvvat” bolalar internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida “Muruvvat” bolalar internat uyining barcha xodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun “Muruvvat” bolalar internat uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni, tarbiya va taʼlim ishlarini takomillashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash va “Muruvvat” bolalar internat uyi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
IX. Moliya-xoʻjalik faoliyati
52. “Muruvvat” bolalar internat uylarining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
53. “Muruvvat” bolalar internat uylari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
54. “Muruvvat” bolalar internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
55. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
57. “Muruvvat” bolalar internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
58. “Muruvvat” bolalar internat uylarining moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarini (keyingi oʻrinlarda sanatoriylar deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Sanatoriylar keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylarini (keyingi oʻrinlarda dam oluvchilar deb ataladi) sogʻlomlashtirish va ularning dam olishi uchun moʻljallangan davlat davolash-profilaktika muassasalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sanatoriylar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sanatoriylar, respublika sanatoriylaridan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Respublika sanatoriylari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Sanatoriylarning, shu jumladan respublika sanatoriylarining ustavlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sanatoriylar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriy-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sanatoriylar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmasida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Sanatoriylar tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. Sanatoriylarning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar sanatoriylarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davolash-reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatishga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va ularning xalqaro darajasini taʼminlash yoʻli bilan tibbiyot fani va amaliyotining zamonaviy talablarini hisobga olgan holda dam oluvchilarni toʻlaqonli sanatoriy-kurortda davolash, sogʻlomlashtirish va ularning dam olishini tashkil etish;
dam oluvchilarni sogʻlomlashtirishda tabiiy davolash omillaridan eng yuqori darajada foydalanish;
sanatoriy faoliyatini tashkil etishning bozor mexanizmlarini qoʻllash;
dam oluvchilarga koʻrsatiladigan sanatoriy-kurort xizmatlari roʻyxatini kengaytirish;
moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, dam oluvchilar uchun eng yuqori darajada sogʻlomlashtiruvchi natijani taʼminlash imkonini beradigan sanatoriylar faoliyat koʻrsatishi darajasiga erishish.
9. Sanatoriylar oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
dam oluvchilarni shinam, yashash uchun qulay turli toifalardagi xonalarga joylashtirishni tashkil etadi;
dam oluvchilarning oʻz sogʻligʻi holatidan xabardorligini, kasalliklar yuzaga kelishi tavakkalchiligi omillari mavjudligini, ularni bartaraf etish usullarini va organizmning fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tiklovchi tibbiyotning zamonaviy tibbiy texnologiyalariga asoslanadigan kasalliklar profilaktikasini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi, dam oluvchilarni oʻzini oʻzi nazorat qilish usullariga oʻqitadi;
dam oluvchilarga zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlangan davolash, diagnostika, fizioterapevtik, muolaja xonalari va boshqa xonalarni taqdim etadi;
sogʻliqni tuzatishning kompleks avtomatlashtirilgan usullari negizida tiklovchi tibbiyotning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
dam oluvchilarni oqilona va muvozanatli ovqat bilan taʼminlaydi, dam oluvchilarning tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha parhezli ovqatlanishini tashkil etadi;
jismoniy tarbiya va sport bilan fiziologik asoslangan mashgʻulot olib borish, dam oluvchilarda jismoniy yuklamaga moyillik va moslashish darajasini bosqichma-bosqich oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, maqbul harakatlanish faolligi koʻnikmalarini singdiradi;
zararli odatlardan voz kechishni hamda bexatar xulq-atvor haqidagi bilimlar, koʻnikmalar va andozalar shakllantirilishini taqozo etadigan muhit, sogʻlom turmush tarzining ruhiy dominantlari yaratilishini taʼminlaydi;
kishi sogʻlom turmush tarziga rioya qilganda organizmning funksional rezervlari koʻrsatkichlari dinamikasini aks ettirish maqsadida dam oluvchining sogʻligʻi “pasporti”ni shakllantirish va yuritishni tashkil etadi;
dam oluvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilishga, ularni estetik kamolga yetkazishga yoʻnaltirilgan turli madaniy-koʻngilochar tadbirlar tizimini ishlab chiqadi;
musiqiy, raqsli, koʻngilochar dasturlar oʻtkazilishini, tomosha tadbirlariga borishni, Oʻzbekiston Respublikasidagi tarixiy obyektlarga va boshqa obyektlarga ekskursiyalarni tashkil etadi;
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga oʻzgartirishlar kiritadi, sanatoriylar sharoitida sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlar turlari, shakllari, muddatlari va hajmini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
dam oluvchilar orasida kasallanish holati va sabablarini oʻrganadi, davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda keksalar va nogironlar profilaktikasi va ularni sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda sogʻliqni saqlash organlariga sogʻlomlashtirish va kasalliklar profilaktikasining dolzarb masalalari boʻyicha axborot taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
rejali sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazadi;
davolash-profilaktika muassasalari, bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda seminarlar, konferensiyalar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq va smetada nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida xoʻjalik faoliyatini, sanatoriylarning kapital qoʻyilmalari boʻyicha joriy sarflar va xarajatlarni amalga oshiradi;
binolar, inshootlar, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, asbob-uskunalar va anjomlarga ega boʻlgan boshqa obyektlarni joriy saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlashni, shuningdek xodimlarning sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini, buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobotning oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
dam oluvchilar va sanatoriylarga keluvchilarga telefon aloqasi xizmatlari, maishiy xizmatlar koʻrsatadi;
yilning har choragida sanatoriylarning faoliyati, sogʻlomlashtirishning moddiy-texnika bazasi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
10. Tibbiyot xodimlari tarkibini tayyorlash tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Malaka toifalarini berish (tasdiqlash) belgilangan tartibda amalda oshiriladi.
11. Sanatoriylar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli xizmatlar koʻrsatishi ham mumkin.
12. Sanatoriylarning asosiy fondlarini qurish, rekonstruksiya qilish, shuningdek mukammal va joriy taʼmirlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Dam oluvchilarni ovqat bilan taʼminlash meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Dam oluvchilarni yumshoq anjomlar bilan taʼminlash meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Sanatoriylarning huquqlari va javobgarligi
14. Sanatoriylar quyidagi huquqlarga ega:
davolash-profilaktika muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlaridan, sanatoriylarning ishi uchun zarur boʻlgan, shu jumladan dam oluvchilarning kasalliklari xususiyati va kechishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
davolash-profilaktika muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga dam oluvchilarning kasalliklari profilaktikasi va ularni sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha tavsiyalar berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sanatoriylarning ishini yaxshilash, dam oluvchilarning kasalliklari profilaktikasi va ularni sogʻlomlashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
sanatoriylar xodimlarining qonuniy manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Sanatoriylar xodimlari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, shu jumladan amalga oshiriladigan davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari sifati uchun javob beradi.
16. Davolash-sogʻlomlashtirish muolajalarini tashkil etish, amalga oshiriladigan davolash va sogʻlomlashtirish tadbirlarining sifati va asoslanganligi yuzasidan nazorat qilish sanatoriylarning bosh vrachlari tomonidan amalga oshiriladi.
IV. Sanatoriylar faoliyatini tashkil etish
17. Sanatoriyga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bosh vrach tomonidan amalga oshiriladi.
18. Tibbiy xizmat koʻrsatish va sogʻlomlashtirish sanatoriylarning tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan birgalikda) dam oluvchilarning sogʻligʻi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi va sanitariya-gigiyena meʼyorlariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Sanatoriylarning maʼmuriyatlari sanatoriylar xodimlarining kasb mahorati doimiy ravishda takomillashtirib borilishi uchun javob beradilar.
20. Sanatoriylar xodimlari:
ushbu Nizom talablariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishga, kasb odob-axloqiga qatʼiy amal qilishga;
dam oluvchilarga tibbiy-sogʻlomlashtirish yordamining, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatuvning yuqori samaradorligini taʼminlashga;
oʻz kasb malakasini muntazam ravishda oshirib borishga majbur.
Sanatoriylar xodimlari:
ushbu Nizomda va sanatoriy ustavida belgilanadigan tartibda sanatoriyni boshqarishda qatnashish;
kasb shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish huquqiga ega.
21. Sanatoriylar xodimlari va rahbarlarining lavozim huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek sanatoriy ustavida belgilanadi.
V. Sanatoriylarni boshqarish
22. Bosh vrach sanatoriyga bevosita rahbarlik qiladi. Bosh vrach lavozimiga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Sanatoriyning bosh vrachi lavozimiga oliy tibbiy maʼlumotga, oʻz mutaxassisligi boʻyicha yoki rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan vrach tayinlanadi.
24. Bosh vrach sanatoriy faoliyatini tashkil etadi va unga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi.
25. Sanatoriyning bosh vrachi:
sanatoriyning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi va sanatoriyga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
sanatoriy faoliyati masalalari boʻyicha sanatoriyning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi, xodimlarni ishga qabul qiladi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qiladi, xodimlarni ragʻbatlantirish choralarini qoʻllaydi;
sanatoriy ish tartibi va rejimini, xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi va majburiyatlar muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
xodimlar tomonidan moliya va mehnat intizomiga, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydi;
sanatoriyning mulkiy kompleksi, moddiy va moliyaviy resurslari, asbob-uskunalari, anjomlari, boshqa moddiy boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishni, ularning saqlanishini taʼminlaydi;
dam oluvchilarning murojaatlari jadal va har tomonlama koʻrib chiqilishini, qonun hujjatlariga muvofiq munosabat bildirishning zarur choralari koʻrilishini va ariza beruvchilarning ulardan oʻz vaqtida xabardor qilinishini taʼminlaydi;
sanatoriylar faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va uning ishlari rentabelligiga erishish uchun shaxsan javob beradi.
VI. Moliya-xoʻjalik faoliyati
26. Sanatoriylar faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
27. Sanatoriylar belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
28. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
30. Sanatoriylar qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
31. Sanatoriylarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini (keyingi oʻrinlarda pansionat deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Pansionat Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruhlar nogironlari hisoblangan hamda Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni taʼminlashga majbur boʻlgan qarindoshlar yoki boshqa shaxslarga ega boʻlmagan yolgʻiz urush va mehnat faxriylari (keyingi oʻrinlarda vasiylikka olinganlar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Pansionat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Pansionat Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Pansionatni tugatishda vasiylikka olinganlarning Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda “Saxovat” internat uylariga oʻtkazilishi taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi pansionatning muassisi hisoblanadi.
Pansionatning ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Pansionat faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Pansionatdagi oʻrinlar soni sanitariya-gigiyena meʼyorlariga majburiy rioya qilingan holda Toshkent shahar hokimligi bilan kelishib Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Pansionat davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlinmasida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Pansionat tuman hokimligida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
II. Pansionat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari
9. Quyidagilar pansionat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini va ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
vasiylikka olinganlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlash.
10. Quyidagilar pansionatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni taʼminlash, ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni sogʻlomlashtirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga koʻmaklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini, ularning sogʻligʻini muhofaza qilishni taʼminlash;
dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda har yili 2-marta dispanserizatsiyadan oʻtkazish, rejali sogʻlomlashtirish, muhtoj boʻlinganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qoʻltiqtayoqlar) bilan taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yolgʻiz urush va mehnat faxriylarini pansionatga qabul qilish
11. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruhlar nogironlari hisoblangan va Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz urush va mehnat faxriylari qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻsh joylar mavjud boʻlgan taqdirda pansionatga yolgʻiz urush va mehnat faxriylaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar 18 yoshdan boshlab I va II guruhlar nogironlari ham qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Quyidagilar pansionatga yuborishga qarshi koʻrsatkichlar hisoblanadi:
tez-tez (har oyda 5-martadan koʻp) tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
har qanday ruhiy kasalliklar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Quyidagilar pansionatga qabul qilishga qarshi umumiy koʻrsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari, OIV yuqqanlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Pansionatga qabul qilish chogʻida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma topilgan shaxslar sogʻliqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
14. Pansionatga qabul qilish, shuningdek undan koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tegishli komissiyasining qaroriga muvofiq pansionatning direktori buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Pansionatda rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Pansionatda rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
pansionatda rasmiylashtiriladigan doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori nomiga berilgan ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
pansionatga rasmiylashtiriladiganning pasporti nusxasi;
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sogʻliqning holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimining yolgʻiz shaxs sifatida hisobga olish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
pensioner guvohnomasining nusxasi, mavjud boʻlganda;
pansionatga rasmiylashtirilayotganning (6 sm x 4 sm oʻlchamli) 2 ta fotosurati;
xizmat koʻrsatganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (mavjud boʻlganda).
Pansionatga rasmiylashtirilayotgan nogiron boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi.
16. Pansionatga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi yuritiladi, unga ushbu Nizomning 15-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Vasiylikka olinganlarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlari pansionat direktorida saqlanadi.
17. Pansionatda yashovchilarga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, ularni parvarish qilish va ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (oʻrin-toʻshaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sogʻligʻi, yoshi va shaxsiy xohishiga muvofiq alohida boʻlimlar va xonalar boʻyicha joylashtiriladi.
IV. Pansionatning vasiylikka olinganlari
18. Pansionatda vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy taʼminoti toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
19. Pansionatdagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan taʼminlanadi:
inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda boʻlish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va doʻstlari bilan telefon orqali soʻzlashuvlar yoʻli bilan aloqa bogʻlash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda boʻlish, joʻnatmalar, banderollar, buyumlar olish, xat va telegrammalarni olish va joʻnatish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, ashyoviy taʼminlashning boshqa buyumlarini va tasdiqlangan meʼyorlar boʻyicha yumshoq anjomlar olish.
Ehtiyoj boʻlganda vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul taʼminlanadilar.
Vasiylikka olinganlarga pensiya va nafaqalar toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Vasiylikka olinganlar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza organlari mansabdor shaxslarining, pansionat rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vasiylikka olinganlarga tibbiy yordam koʻrsatish pansionatning shtatdagi tibbiyot xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa tegishli sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Vasiylikka olinganning sogʻligʻi holati yomonlashganda yoki u vafot etganda maʼmuriyat bu haqda uning qarindoshlarini, tanishlari va doʻstlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
22. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bogʻliq xarajatlar pansionatning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Vasiylikka olinganning pansionat hududidan tashqariga chiqishi faqat pansionat rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Vasiylikka olingan oʻzboshimchalik bilan pansionat tashqarisiga chiqqan taqdirda maʼmuriyat zudlik bilan bu haqda ichki ishlar organlariga, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlariga xabar qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Qarindoshlari, tanishlari va doʻstlari vasiylikka olinganlar bilan koʻrishib turish huquqiga ega.
25. Vasiylikka olinganlarni ovqat bilan taʼminlash meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Vasiylikka olinganlarni kiyim-bosh, poyabzal, ashyoviy taʼminlashning boshqa buyumlari va yumshoq anjomlar bilan taʼminlash meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Pansionat yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga vasiylikka olinganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Vasiylikka olinganni pansionatdan chiqarish:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining ruxsati bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
turar joy maydoni, yashash uchun mablagʻlar va oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlganda yoki vasiylikka olinganni taʼminlash va zarur darajada parvarish qilish imkoniyatiga ega boʻlgan qarindoshlarning iltimosiga koʻra, shuningdek navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat boʻyicha tavsiyalar mavjud boʻlganda) amalga oshiriladi.
Bunda vasiylikka olinganlarni taʼminlash va ularni zarur darajada parvarish qilish boʻyicha qarindoshlarining bunga qodirligi vasiylikka olinganni chiqarish toʻgʻrisidagi iltimos bilan murojaat qilayotgan qarindoshining doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Pansionatdan chiqarishda vasiylikka olinganga quyidagi hujjatlar beriladi:
pansionatda boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
xizmat koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (mavjud boʻlganda).
Maʼlumotnomalarni berish tartibi va shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Pansionat direktori vasiylikka olinganlarni pansionatga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish
30. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida pansionatda tibbiy-psixologik komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya pansionatning mutaxassis xodimlaridan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi pansionat direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Komissiya tarkibiga komissiyani boshqaradigan pansionatning direktori, pansionat direktorining tibbiy boʻlim boʻyicha oʻrinbosari, vrach-psixiatr kiritiladi.
31. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi.
VI. Pansionat faoliyatini tashkil etish
32. Xodimlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Tibbiy xizmat koʻrsatish pansionatning tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sogʻligʻi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining oʻtkazilishi hamda sanitariya-gigiyena meʼyorlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. Pansionatda davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Pansionatda psixologik taʼminot Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Pansionat maʼmuriyati pansionat mutaxassis xodimlarining kasb mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
36. Pansionatning xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom meʼyorlariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish, kasb odob-axloqiga qatʼiy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini taʼminlash;
oʻz kasb malakasini muntazam oshirib borish.
Pansionatning xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
pansionatni boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb shaʼnini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega boʻlish.
37. Pansionat xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, shuningdek ushbu Nizom bilan belgilanadi.
VII. Pansionatni boshqarish
38. Pansionatni boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari boʻyicha va pansionat jamoasining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
39. Pansionatning maʼmuriyati pansionatda yashaydigan vasiylikka olinganlar tomonidan jamoatchilik asosida hamda pansionat direktori tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi nizomlar asosida tashkil etiladigan madaniy-maishiy komissiya, jamoatchilik kengashi yordamida maishiy va madaniy xizmatlarni tashkil qiladi.
40. Pansionatda vasiylikka olinganlarni taʼminlashning maxsus shart-sharoitlari taʼminlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy taʼsiridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
41. Pansionatga bevosita rahbarlikni tegishli oliy maʼlumotga ega boʻlgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Direktor pansionatda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning holati uchun toʻliq javob beradi.
43. Pansionat direktori:
pansionat nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
pansionat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va pansionat ustavida belgilangan tartibda pansionat mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolatlari doirasida pansionatning barcha xodimlari va vasiylikka olinganlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
pansionatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash va pansionat faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yoʻli bilan ragʻbatlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
VIII. Moliya-xoʻjalik faoliyati
44. Pansionatning binosi texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya-gigiyena meʼyorlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Pansionat faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
46. Pansionat belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
47. Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Pansionat qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
50. Pansionatning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 28-maydagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionyerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar haqidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 5-son, 16-modda):
2-banddagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining boʻlimi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 117-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso koʻchasi, 1-uyda joylashgan”.
Keyingi tahrirga qarang.