Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUDJETDAN MABLAGʻ OLUVCHILARNING XARID QILISHDA 15 FOIZDAN ORTIQ MIQDORDA AVANS TOʻLASHI MUMKIN BOʻLGAN TOVARLAR (ISHLAR, XIZMATLAR)NING TURLARI ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandiga muvofiq, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-avgust,
241-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 241-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari
Keyingi tahrirga qarang.
ROʻYXATI*
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi |
Avans toʻlovlari miqdori |
Izoh |
| 1. | Elektr energiyasi | kamida 30% | shartnomaning oylik summasidan |
| 2. | Mazut yoqilgʻisi | 30% | shartnomaning oylik summasidan |
| 3. | Koʻmir | 30% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 4. | Paxta linti | 30% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 5. | Geologiya-qidiruv ishlari | 30% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 6. | Avtomobil benzini | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 7. | Dizel yonilgʻisi | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 8. | Aviatsiya kerosini | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 9. | Mineral oʻgʻitlar | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 10. | Qora metallar prokati | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 11. | Avia va temir yoʻl chiptalari | 100% | chiptalar narxidan, jumladan chiptalarni band qilish va xizmat koʻrsatish xarajatlaridan |
| 12. | Barcha turdagi shahar yoʻlovchi transporti yoʻl kartochkalari | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 13. | Davriy bosma nashrlarga obuna boʻlish | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 14. | Qoʻriqlash xizmati xizmatlari | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 15. | Mobil aloqa va telekommunikatsiya xizmatlari | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 16. | Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 17. | Sugʻurta (ixtiyoriy va majburiy) | 100% | shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti summasidan |
| 18. | Davlat zaxiralaridan xarid qilinadigan tovarlar | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 19. | Sanatoriylar, dam olish zonalari va bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalar | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 20. | Import qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq faqat “Oʻzmaxsusimpeks” davlat korxonasi vakolatiga kiradigan harbiy maqsadlardagi mahsulotlar turlari | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
|
21. |
Qishloq xoʻjaligi texnikasi |
kamida 70% |
shartnomaning umumiy summasidan (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalangan holda lizing asosida sotib olingan qishloq xoʻjaligi texnikasidan tashqari) |
* Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha birja savdolarida sotish oldindan toʻliq haq toʻlash yoki chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish shartlarida amalga oshiriladi.
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 334-modda)
Keyingi tahrirga qarang.