Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandiga muvofiq, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish boʻyicha summasi bir milliard soʻmgacha tuziladigan shartnomalarida 30 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi. Mazkur tartib ilovada keltirilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 139-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/139/0209-son)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-avgust,
241-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 241-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari
(ilovaning nomi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
ROʻYXATI*
Oldingi tahrirga qarang.
T/r | Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tomonidan shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi | Avans toʻlovlari miqdori | Izoh |
| 1. | Elektr energiyasi | kamida 30% | shartnomaning oylik summasidan |
| 2. | Mazut yoqilgʻisi | 30% | shartnomaning oylik summasidan |
| 3. | Koʻmir | 30% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 4. | Paxta linti | 30% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 5. | Geologiya-qidiruv ishlari | 30% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 6. | Avtomobil benzini | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 7. | Dizel yonilgʻisi | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 8. | Aviatsiya kerosini | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 9. | Mineral oʻgʻitlar | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 10. | Qora metallar prokati | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 11. | Avia va temir yoʻl chiptalari | 100% | chiptalar narxidan, jumladan chiptalarni band qilish va xizmat koʻrsatish xarajatlaridan |
| 12. | Barcha turdagi shahar yoʻlovchi transporti yoʻl kartochkalari | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 13. | Davriy bosma nashrlarga obuna boʻlish | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 14. | Qoʻriqlash xizmati xizmatlari | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 15. | Mobil aloqa va telekommunikatsiya xizmatlari | 100% | shartnomaning oylik summasidan |
| 16. | Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 17. | Sugʻurta (ixtiyoriy va majburiy) | 100% | shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti summasidan |
| 18. | Davlat zaxiralaridan xarid qilinadigan tovarlar | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 19. | Sanatoriylar, dam olish zonalari va bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalar | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
| 20. | Import qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq faqat “Oʻzmaxsusimpeks” davlat korxonasi vakolatiga kiradigan harbiy maqsadlardagi mahsulotlar turlari | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
21. | Qishloq xoʻjaligi texnikasi | kamida 70% | shartnomaning umumiy summasidan (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalangan holda lizing asosida sotib olingan qishloq xoʻjaligi texnikasidan tashqari) |
22. | Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari | 30% | shartnomaning umumiy summasidan |
23. | Kosmik xizmatlar | 100% | shartnomaning umumiy summasidan |
* Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha birja savdolarida sotish oldindan toʻliq haq toʻlash yoki chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish shartlarida amalga oshiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-155-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 06/24/155/0811-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 349-modda; 2012-y., 29-son, 334-modda; 2013-y., 22-son, 281-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/139/0209-son; 14.10.2024-y., 06/24/155/0811-son)