Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
buyrugʻi
LOK-BOʻYoQ IShLAB ChIQARIShLARNING XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 9-yanvar 20-15-459/13-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi № 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarining xavfsizlik qoidalari tasdiqlansin.
2. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-dekabr,
282-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 9-dekabrdagi 282-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
LOK-BOʻYoQ IShLAB ChIQARIShLARINING XAVFSIZLIK
QOIDALARI
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ushbu Qoidalar tashkiliy-huquqiy va mulkiy shakllaridan qatʼiy nazar sanoat xavfsizligi sohasida faoliyatini amalga oshiruvchi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi, tashkilotlar tomonidan qoʻllanishi uchun moʻljallangan.
Qoidalar sanoat xavfsizligini taʼminlovchi qoidalarni oʻrnatadi va lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarining xavfli ishlab chiqarishlari obyektlarida avariyalarni, ishlab chiqarish jarohatlanishlarini oldini olishga qaratilgan.
I bob. Umumiy qoidalar
1. “Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarining xavfsizlik Qoidalari” (bundan buyon — Qoidalar) quyidagilarda qoʻllanishi uchun moʻljallangan:
a) lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashda, qurishda, ekspluatatsiya qilishda, kengaytirishda, rekonstruksiya qilishda, texnik qayta qurollantirishda, konservatsiyalashda (vaqtincha toʻxtatib qoʻyish) va tugatishda;
b) “a” bandda koʻrsatilgan obyektlarda qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni tayyorlashda, montaj qilishda, sozlashda, xizmat koʻrsatishda va taʼmirlashda;
v) “a” bandda koʻrsatilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida binolar va inshootlarni loyihalashda, ekspluatatsiya qilishda, konservatsiyalashda va tugatishda;
g) “a” bandda koʻrsatilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligiga ekspertizasini oʻtkazishda.
II bob. Umumiy talablar
2. Texnologik jarayonni ishlab chiqish, uni apparatlar bilan jihozlash, uzib qoʻyuvchi qurilmalar turini va oʻrnatilish joyini, nazorat va boshqarish vositalari turini tanlash texnologik bloklar portlash xavfliligi minimal darajasini taʼminlashi kerak.
3. Loyiha tashkiloti tomonidan, ushbu Qoidalar ilovasida bayon qilingan umumiy prinsiplarni hisobga olgan holda, “Kimyo, neft-kimyo va neftgaz qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalari”ga muvofiq har bir texnologik blok uchun energetik darajasini baholash oʻtkaziladi va uning portlash xavfliligi kategoriyasi aniqlanadi.
4. Korxona-buyurtmachi (quruvchi) oʻz vaqtida, ishlarni boshlashdan oldin, belgilangan qurilish yoki qayta taʼmirlash, texnologik chizma oʻzgarishi, ishlab chiqarish texnologiyasi prinsipial oʻzgarishi haqida davlat nazorat organiga xabar berishi shart.
5. Texnologik sxemaga, apparatlar bilan jihozlashga, avariyaga qarshi himoya tizimiga oʻzgartirishlar kiritish faqat texnologik jarayonni ishlab chiquvchi tashkilot va loyihani ishlab chiquvchi tashkilot bilan kelishilgan meʼyoriy-texnik va loyiha hujjatlari mavjud boʻlsagina amalga oshiriladi.
6. Har bir portlash yongʻin xavfli texnologik obyekt uchun tashkilot tomonidan RPA-94 “Korxonalarda avariya vaziyatlarini lokalizatsiyalash rejasini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar” talablariga muvofiq avariya vaziyatlarini lokalizatsiyalash rejasi ishlab chiqiladi. Rejada, oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, avariyalarni va avariya vaziyatlarini oldini olish, ular paydo boʻlganda esa — lokalizatsiyalash (tarqalib ketmasligini oldini olish), yonishga yoki portlashga yoʻl qoʻymaslik, ularning oqibatini maksimal tarzda kamaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar va harakatlar koʻzda tutiladi.
7. Texnologik apparaturada zararli moddalar mavjudligida yoki portlashlarda, yongʻinlarda va boshqa avariyalarda ularning paydo boʻlish imkoniyati boʻlganda xodimlarni ushbu moddalar taʼsiridan himoyalash chora-tadbirlari zarur. Bunday chora-tadbirlar loyihada va texnologik reglamentda koʻzda tutiladi.
8. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va avariya holatlari oʻrnatilgan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
III bob. Texnologik jarayonlarning portlash xavfsizligini taʼminlashga talablar
9. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarining har bir kimyoviy-texnologik tizimi uchun uning portlash xavfliligi darajasini maksimal tarzda pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutiladi, shu jumladan:
texnologik asbob-uskunalar ichida portlashlar va yongʻinlarni oldini olish;
texnologik asbob-uskunalarni emirilishdan himoyalash va ulardan avariyada zichligi yoʻqolganda atmosferaga yonuvchi moddalar chiqib ketishini maksimal tarzda cheklash;
ishlab chiqarish binolari, inshootlari va tashqi qurilmalari doirasida portlashlar va yongʻinlar sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
ishlab chiqarish binolari, inshootlari va tashqi qurilmalari doirasida portlashlar va yongʻinlar oqibatlari ogʻirligini pasaytirish.
10. Texnologik jarayonlar oʻrnatilgan tartibda tuzilgan va tasdiqlangan texnologik reglamentlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ushbu hujjatda parametrlarning kritik qiymatlari, jarayon parametrlari oʻzgarishlarining yoʻl qoʻyiladigan chegaralari, jarayonni apparatlar bilan jihozlash, mumkin boʻlgan nosozliklar va ularni yoʻqotish usullari, ishlab chiqarishlar nazorati, texnologik jarayonni boshqarish, parametrlar qiymatini oʻrnatilgan chegaralardan chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan usullar va vositalar belgilanadi.
11. Alohida texnologik jarayonni yoki uning bosqichlarini portlash yongʻin xavfsizligi sharoitlarida oʻtkazish quyidagilar bilan taʼminlanadi:
portlash yongʻin xavfli aralashmalar yoki mahsulotlar hosil boʻlishini maksimal darajada kamaytiradigan yoki yoʻl qoʻymaydigan sharoitlardan kelib chiqib, oʻzaro taʼsirga kirishuvchi komponentlarni ratsional ravishda tanlash orqali;
komponentlar nisbatini reglamentlangan qiymatlaridan ogʻishiga va tizimda portlash xavfli konsentratsiyalar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymasdan, qadoqlashning (dozirovkaning) ratsional rejimlarini tanlash orqali;
texnologik muhitga portlash yongʻin xavfli aralashmalar hosil boʻlishiga xalal beradigan qoʻshimcha moddalarni (inertgazlarni) kiritish orqali;
muhitning harakatlanishi va komponentlar aralashtirilishi usullari va rejimlarini, oqim bosimi va tezligini, issiqlik naporini, issiqlik almashish yuzasining issiqlik uzatish koeffitsiyentini, shuningdek apparatlarning geometrik oʻlchamlarini ratsional ravishda tanlash orqali;
portlash yonish xavfliligini kamaytiruvchi texnologik muhit holati (tarkibi, bosimi, harorati) parametrlarining qiymatlarini tanlash orqali;
ishonchli energiya taʼminoti orqali.
12. Apparatlarga inert gazlarni kiritish tartibi va usullari, texnologik jarayonning maʼlum bosqichlarida, hamda apparatlarni toʻxtatishga va yuritishga qoʻyilayotganda, loyiha va reglament bilan belgilanadi.
13. Har bir texnologik obyekt uchun inert gazlar miqdori va ularni transport qilish tizimi, texnologik tizim ishlashining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, loyihada belgilanadi va reglamentlanadi. Inert muhit parametrlari, texnologik jarayonning portlash xavfsizligini va sifatli mahsulot olinishini (yoki oksidlovchi reaksiyalar boʻlmasligini hisobga olib) taʼminlash shartlaridan kelib chiqqan holda, belgilanadi. Inert gazda azotning yoki boshqa inert moddaning miqdori hamma turdagi plyonka hosil qiluvchi smolalar uchun 99,5 foizdan va poliefir smolalar uchun 99,9 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
14. Yonib ketish xavfli manbalarini yoʻqotish imkoniyati boʻlmagan portlash xavfli muhitga ega texnologik tizimlar portlashni oldini olish va asbob-uskunalarni va quvur oʻtkazgichlarni emirilishdan himoyalash vositalari (yoriluvchi saqlagich membranalar, portlovchi klapanlar bilan, inert gazni muhitga kiritish bilan, alangani oʻchirish vositalari bilan va boshqalar) bilan jihozlanadilar.
15. Havo bilan portlash xavfli aralashmalar hosil qiluvchi yonuvchi mahsulotlar (gazsimon, suyuq, qattiq) kimyoviy-texnologik tizimlar zichlanishi (germetizatsiyalanish) kerak.
16. Asbob-uskunalarda portlashlar va yongʻinlarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar jarayonning ishchi parametrlarida aylanuvchi moddalarning portlash yongʻin xavfliligi koʻrsatkichlari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.
17. A va B toifadagi binolar uchun xona ichida portlash roʻy bergan holda binoni buzilishdan himoyalash boʻyicha qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq chora-tadbirlar qabul qilinishi kerak.
18. Kimyoviy-texnologik tizimlar uchun changlanuvchi qattiq va dispers moddalar qoʻllanishi bilan bogʻliq bosqichlarida xona (ishchi zona), tashqi qurilmalar atmosferasiga yonuvchi chang chiqishini maksimal darajada kamaytiruvchi chora-tadbir va vositalar, asbob-uskunalar va qurilish konstruksiyalarida changlar yigʻilishini, shuningdek changdan tozalovchi, asosan mexanizatsiyalashtirilgan, vositalar, havoning changlanganlik darajasini davriy nazorati va changni tozalash rejimi koʻzda tutilishi kerak.
19. Har bir texnologik blok uchun uning energetik potensialini hisobga olib, yonuvchi mahsulotlarning atrof muhitga chiqib ketishini oldini olishga yoki ularning miqdorini maksimal darajada kamaytirishga, shuningdek portlashlarni oldini olishga va ishlab chiqarish xodimlari shikastlanishiga yoʻl qoʻyilmasligiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va vositalar koʻzda tutiladi.
Tanlangan tadbir va vositalar yetarliligi har bir muayyan holatda loyihada asoslanadi.
20. II va III toifa portlash xavfli texnologik bloklar avtomatik tizimlar yoki avtomatik tartibga solish tizimlari, jarayonning portlash xavfliligini belgilovchi parametrlar qiymatini nazorat qilish vositalar bilan jihozlanadilar.
21. Avariya holatlarida texnologik tizimlardagi asbob-uskunalarda zichlik yoʻqolganda atrof muhitga yonuvchi va portlash yongʻin xavfli moddalar chiqib ketishini maksimal darajada kamaytirish uchun quyidagilar koʻzda tutiladi:
II va III toifa portlash xavfli bloklar uchun ishlab ketish vaqti 120 sekunddan koʻp boʻlmagan va masofadan boshqariladigan berkituvchi yoki uzib qoʻyuvchi qurilmalar;
energetik potensiali Qv <10 nisbiy qiymatga ega bloklar uchun qoʻl uzatmali berkituvchi qurilmalar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda ratsional joylashtirish (operator ish joyiga yoʻl qoʻyiladigan maksimal yaqinlashtirib) hisobiga ularni ishga tushirilishining maksimal, ammo 300 sekunddan koʻp boʻlmagan, vaqti koʻzda tutiladi.
22. Tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar (TAS va YoS) aylanadigan texnologik bloklar va alohida apparatlar uchun ularni avariya tartibida boʻshatish koʻzda tutiladi.
Texnologik bloklar yoki apparatlarni nasoslar yordamida yoki boshqa turli usullarda oraliq va xomashyo omborlarining idishlariga ushbu ishlab chiqarishning, turdosh boʻlinmalari, qurilmalari va sexlarining texnologik apparatlariga yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan avariya yoki drenaj hajmlarga boʻshatish mumkin, bunda quvuroʻtkazgichlarning toʻla boʻshatilishi taʼminlanishi kerak.
Avariya hajmlarining sigʻimliligi apparatning eng katta hajmi hisobidan qabul qilinishi kerak. Ularni boshqa maqsadlarga ishlatish taqiqlanadi.
23. Aralashtirilganda portlash xavfli birikmalar hosil qiluvchi yoki mahsulot sifatini pasaytiruvchi moddalarga ega bugʻ-gaz muhitli liniyalar birlashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Har xil bosimli apparatlardan tashkil topgan bugʻ-gaz muhitli liniyalarni birlashtirganda bunday muhitlar yuqoriroq bosimli apparatlardan boshqa apparatlarga oqib oʻtishini oldini oladigan chora-tadbirlar koʻzda tutilishi kerak. Umumiy kollektorga birlashtiriladigan TAS va YoS ga ega apparatlarning nafas olish liniyalarida alanga tarqalishini oldini olish uchun chora-tadbirlar va vositalar (olovni toʻsuvchilar, gidrozatvorlar va boshqalar) koʻzda tutilishi kerak.
TASli asbob-uskunalardan chiqarib yuborish nafas liniyalari tomdan yoki xizmat koʻrsatiladigan maydonchadan 3 metrdan kam boʻlmagan hisoblangan balandlikka tashqariga chiqarilishi kerak, agar ular gorizontal boʻyicha binoning (inshootning) eng baland qismidan 6 metrdan yaqin boʻlmagan joyda boʻlsa.
24. TAS qoʻllanilishi bilan bogʻliq ish xonalarida portlashdan oldin konsentratsiyalarning avtomatik signalizatorlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
IV bob. Hudud, binolar, inshootlar
25. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlari hududining planini tuzishda ishlab chiqarish jarayoni va mehnati uchun eng qulay sharoitlarni taʼminlash kerak va amaldagi qurilish qoidalari va meʼyorlari talablariga muvofiq bajariladi.
26. Ishlab chiqarish hududi planini tuzishga umumiy talablar KM va QP-89 “Sanoat korxonalarining bosh plani”, QMQ 3.01.05 “Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari. Hududni obodonlashtirish”ga muvofiq boʻlishi kerak.
27. Atmosferaga zararli moddalar chiqaruvchi ishlab chiqarish jarayonlariga ega binolar, inshootlar, ochiq qurilmalar boshqa ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan shamollarning ustivor yoʻnalishi tomoniga qaratib joylashtirilishi kerak.
28. Quduqlarga hamda qayrilish burchaklarida kameralarga ega emas yer osti muhandislik tarmoqlari, tarmoq joylashishini aniqlashga imkon beruvchi, tashqi taniqli belgilarga ega boʻlishlari kerak.
29. Yer osti kabel yoʻllari, muftalar va kabellarning “Isteʼmolchilarning elektrqurilmalari texnik ekspluatatsiyasi Qoidalari”ga muvofiq joylashishini aniqlashga imkon beruvchi, tashqi taniqli belgilarga ega boʻlishlari kerak.
30. Ishlab chiqarish hududidagi lyuklar, quduqlar, chuqurlar berkitilgan boʻlishi kerak. Vaqtincha ochib qoʻyilgan lyuklar, quduqlar, chuqurlar, tungi vaqtda yorugʻlik signalizatsiyasi qurilmasi bilan, balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan vaqtincha toʻsiqqa ega boʻlishlari kerak.
31. Lotoklar, kanallar, transheyalar ustidan oʻtish joylarida, balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan, balandligi oʻrtasida plankalar qoʻyilgan, mustahkam panjaralar bilan toʻsilgan, kengligi 0,8 metrdan kam boʻlmagan koʻprikchalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Koʻprikchalarga yoʻl boʻsh boʻlishi kerak. Qorongʻi tushganda koʻprikchalar va ularga yoʻllar yoritilgan boʻlishi kerak.
32. Ishlab chiqarish hududi atmosfera, qor muzdan erigan va sugʻorish suvlarini chiqarib yuborish uchun zarur nishablikka ega boʻlishi kerak. Yoʻllar, oʻtish yoʻllari, yoʻlaklar, yuklarni tushirish uchun maydonchalar qattiq qoplamaga ega boʻlishlari kerak.
33. Yoʻllarni, yoʻlkalarni, binolar va inshootlar orasidagi joylarni materiallar, asbob-uskunalar, boʻsh upakovka hajmlarni va tayyor mahsulotni joylashtirish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
34. Yoʻllar, transport oʻtish joylari, yoʻlkalar, tashqi narvonlar, estakadalar, oʻtish joylari soz holatda ushlanishi kerak: oʻz vaqtida taʼmirlanishi, qish vaqtida qordan tozalanishi, yaxmalaklarga qum sochilishi, kechasi yoritilishi kerak.
Hududning boʻsh uchastkalari koʻkalamzorlashtirilishi kerak.
35. Zavod ichidagi avto yoʻllar “Avtomobil yoʻllari” QMQ 2.05.02 talablariga javob berishi kerak.
36. Hududda avtotransportning, boshqa mexanizmlarning, oʻtish yoʻllarining toraygan joylarida va oʻt oʻchirish operativ rejasi boʻyicha yongʻin texnikasi joylashtiriladigan joylarda, toʻxtab turishiga yoʻl qoʻymaydigan tegishli yoʻl belgilari va tushuntirish yozuvlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
37. Avtomashinalar, traktorlar, yuk koʻtarish-tashish va qurilish mexanizmlarining portlari va yongʻin xavfli sexlar va qurilmalar hududiga kirishiga faqat mazkur sexlar, qurilmalar rahbarlarining ruxsati boʻyicha, toʻxtash joylari, ularning harakati va xavfsizlik choralari koʻrsatilib, yoʻl qoʻyiladi.
38. Yonuvchan bugʻlar yoki gazlar toʻplanishi mumkin boʻlgan korxona hududining uchastkalaridan avtomobillar, traktorlar, mototsikllar va boshqa transportlarning uchqun oʻchiruvchi moslamasiz oʻtishi taqiqlanadi.
39. Doimiy oʻrnatilgan yongʻin narvonlari, hamda binolar tomlaridagi yonmaydigan toʻsiqlar yaroqli holda ushlab turilishi kerak.
40. Korxona hududi boʻyicha transport harakati, burilishlar, toʻxtashlar, kirish va chiqishlar va boshqa koʻrsatilgan transport va yoʻlovchilar oqimlari harakatining sxemalari boʻyicha tashkil qilinishi kerak.
41. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishining barcha binolari va inshootlariga erkin kirish taʼminlangan boʻlishi kerak. Binolarga va oʻt oʻchirish suv manbalariga oʻtish va yaqinlashish joylari, shuningdek yongʻinga qarshi inventarga, uskunalarga va rezervuarlarga yaqinlashish joylari maxsus maydonchalar bilan jihozlangan va muntazam boʻsh boʻlishi kerak, qish vaqtida qordan va muzdan tozalangan, tungi vaqtda oʻtish xavfsizligini taʼminlash uchun yoritilgan boʻlishi kerak. Binolar orasidagi yongʻinga qarshi uzilish joylarini materiallarni, uskunalarni omborxonada saqlanishiga va avtotransport turishiga ruxsat berilmaydi.
42. Yongʻin oʻchirish inventaridan tezlikda foydalanish uchun sharoit yaratish maqsadida ushbu vositalar maxsus yongʻin postlarida oʻrnatilishi va tungi vaqtda yoritilishi kerak. Koʻrinarli joylarda yongʻinga qarshi kurashuvchi xizmatni chaqirish tartibi toʻgʻrisidagi yozuvlar osib qoʻyilishi kerak.
43. Zavod ichidagi temir yoʻl izlari, oʻtish joylari va ulardan oʻtish vositalarining oʻrnatilishi, temir yoʻl xoʻjaligini tashkil qilish va ekspluatatsiyasi QMQ 2.05.01 “Temir yoʻllar, tor temir yoʻllar” va SNiP 2.05.07 “Sanoat transporti” talablarini qondirishi kerak.
44. Temir yoʻl va avtomobil transportining korxona hududi boʻyicha harakatlanish tezligi uchun GOST 10807 “Yoʻl belgilari” boʻyicha maxsus osib qoʻyilgan (chiqarib qoʻyilgan) yoʻl belgilarida, tezlik koʻrsatkichlarida va GOST 12.4.026 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” boʻyicha xavfsizlik belgilarida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
45. Har bir ishlab chiqarish binosiga sanitar-texnik pasport tuzilgan boʻlishi kerak, unda foydalanish uchun zarur boʻlgan bino toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, oʻtkazilgan taʼmirlash va koʻriklar haqidagi belgilar yoritilgan boʻlishi kerak.
46. Barcha ishlab chiqarish va yordamchi xonalar ozodalikda saqlanishi kerak.
47. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishining asosiy jarayonlariga tegishli hamma ishlab chiqarish va ombor xonalardagi pollar, devorlar va shiftlar namga chidamli, hoʻllab tozalashga va changdan oson tozalashga yoʻl qoʻyadigan boʻlishlari kerak. Pollar va devorlar silliq va choksiz boʻlishi kerak; devorlar chang toʻplanishiga yoʻl qoʻyadigan sathlarga ega boʻlmasligi kerak. Devorlar va pol yuzasining rangi ajraladigan chang-rangidan farq qilishi kerak.
48. Pollar tekis, yoriqlarsiz, oʻymalarsiz va qavariq joylarsiz boʻlishi va QMQ 2.03.13 “Pollar” talablariga muvofiq bajarilgan boʻlishi kerak.
49. Yongʻinga qarshi devorlarda va binolar va inshootlarning bostirmalariga oʻrnatilgan yongʻinga qarshi eshiklar, suv pardalari, toʻsiqlar, shiberlar, tutunga qarshi qurilmalar soz holatda ushlab turilishi kerak.
V bob. Ayrim texnologik jarayonlarga maxsus talablar
1-§. Texnologik qism
50. Texnologik jarayonlar oʻrnatilgan tartibda tuzilgan va tasdiqlangan texnologik reglamentlar boʻyicha amalga oshirilishlari kerak.
51. Bugʻlar, chang va zararli gazlar ajralishi bilan olib boriladigan jarayonlar apparatlari gazlar atmosferaga chiqarib yubormasdan avval tutqichlar va maxsus tozalovchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
52. Elektr induksiyasi yordamida isitiladigan reaktorlar elektr qurilmalari sifatida qaraladi va ularga “Elektr qurilmalar tuzilishi Qoidalari” taalluqlidir.
53. Yuqori temperaturada qaynovchi organik issiqlik tashuvchi bilan isituvchi qozon qurilmalari “Bugʻ va suv isitish kotellari tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiyasi Qoidalari”ga muvofiq boʻlishlari kerak.
2-§. Yonuvchan bugʻ-gaz muhitlar, suyuqliklar va mayda dispersli qattiq mahsulotlarning harakatlantirish
54. Quvuroʻtkazgichlarda harakatlanuvchi yonuvchan mahsulotlarning tezligi, bosimi va haroratining yoʻl qoʻyiladigan qiymatlari harakatlantirilayotgan moddalarning portlash xavfli tavsiflari va fizik-kimyoviy xossalari hisobga olingan holda oʻrnatiladi.
55 Qotib qoluvchi mahsulotlar va kristallanish qobiliyatiga ega quyuq eritmalarni (ftal va malein angidridlar, kanifol va boshqalar) quvuroʻtkazgichlar boʻyicha harakatlantirish isitiladigan “quvur quvurda” turidagi quvuroʻtkazgichlar boʻyicha va yoʻldosh issiqlik tashuvchilar bilan quvuroʻtkazgichlarda tiqilib qolishga yoʻl qoʻymaydigan rejimda amalga oshirilishi kerak.
Isitish va issiqlik tashuvchi turi harakatlantirilayotgan moddalarning fizik-kimyoviy va yonish portlash xavfliligi xossalarini hisobga olib tanlaniladi.
56. Kristallanib qolgan mahsulotni isitish (eritish) uchun ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi. Isitishdan avval isitiladigan uchastkani bosim manbaidan (manbalaridan), quvuroʻtkazgichlar va apparatlarning tutash uchastkalaridan dastlab uzib va berkitib qoʻyilishi zarur.
57. Nasoslar va kompressorlar uchun konstruksiyasini va konstruksiya materiallarini tanlash amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar boʻyicha harakatlantirilayotgan muhit va jarayonning ishchi parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
58. Harakatlantirilayotgan gaz muhitidan suyuqlik fazasini ajratish uchun kompressor, vakuum-nasos, gazoduvka soʻrish liniyasiga separatorlar, resiverlar, tomchi teruvchilar oʻrnatiladi, ular zarur hollarda sath nazorati asboblari, maksimal daraja boʻyicha signalizatsiya va blokirovka vositalari bilan jihozlanadi.
59. Vakuum ostida oʻtkaziladigan va EAS qoʻllash bilan bogʻliq texnologik jarayonlarda vakuumni tartibga solish va olib tashlash inert gazlar bilan bajariladi.
60. Quvuroʻtkazgichlar va apparatlarining ichki yuzalarida smolalanish polimerizatsiya, polikondensatsiya mahsulotlari oʻtirib qolishi mumkin boʻlgan yonuvchan moddalar va gazlar uzatish tizimlarida ushbu qoldiqlardan tozalashning samarali va xavfsiz usullari va vositalari koʻzda tutiladi, hamda ushbu ishlarni oʻtkazilishi davriyligi oʻrnatiladi.
61. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni bosim usulida uzatish inert gazlar yordamida amalga oshiriladi.
62. Sulfat va boshqa kislotalar uchun rezervuarlar kislotaga chidamli materiallardan tayyorlangan taglikka ega boʻlishlari kerak. Rezervuarlar botiriluvchi nasoslar yoki sifonlar yordamida boʻshatilishi kerak.
63. Changlanuvchan sochma materiallarning transportirovkasi uchun chang ajralishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalarni qoʻllash lozim. Pigmentlar ishlab chiqarishlarida sochma va changlanuvchi materiallar transportirovkasi zichlangan transport vositalarida bajarilishi kerak.
64. Yuzalardan yonuvchan changni siqilgan havo yoki boshqa siqilgan gaz bilan, shuningdek chang koʻtarishga va portlash xavfli chang-havo aralashmalari hosil boʻlishiga olib keluvchi boshqa usullar bilan tozalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
65. Pigment ishlab chiqarilishida changlanuvchi mahsulotni toʻkish va trasnportirovka joylari zichlangan va aspiratsion ventilatsiya qurilmalariga ulangan pana joylar bilan taʼminlangan boʻlishlari kerak.
Aspiratsion havo yurish qurilmalarining mahalliy soʻrish voronkalaridagi havo tezligi 2 m/s dan oshmasligi kerak.
66. Elevatorlar, yopiq konveyerlar, bu jihozlarning ishlayotganligi haqida yorugʻliq tovush beruvchi signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
67. Tasmali transportyorlar, ularda ilashadigan (yopishadigan) materiallar uzatilganda tasmani tozalab turish uchun moslamaga ega boʻlishi kerak.
Qoʻrgʻoshin va xromli pigmentlarni, hamda quruq va pasta koʻrinishidagi xavfliligi 1-sinfga kiruvchi zaharli materiallarni tasmali transportyorlarda uzatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
68. Bunkerlarni uskunalardan uzib qoʻyish uchun ular orasida shiberlar yoki toʻkma materiallar oqimini toʻsib qoʻyuvchi berkituvchi qurilmalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
69. Changushlagich kameralardan mahsulotni tushirib olish odatda mexanizatsiyalashgan va zichlashgan boʻlishi kerak.
70. Pigmentlar ishlab chiqarishlarida sochma xomashyoni transportirovkasi va yuklanishi bilan bogʻliq qurilmalar va asbob-uskunalar, asosiy uskunalar toʻxtatilganda materiallarni va yoqilgʻini berilishini toʻxtatuvchi avtoblokirovkalar bilan jihozlangan boʻlishlari kerak.
3-§. Kondensatsion smolalar asosida loklar va emallarni ishlab chiqarish
71. Mehnat xavfsizligini maksimal darajada oshirish maqsadida texnologik . jarayonni, uskunalar va quvuroʻtkazgichlarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, atrof muhitni qoʻriqlash, himoya vositalaridan foydalanish boʻyicha hamma ishlar ushbu turdagi ishlarni reglamentlaydigan texnik hujjatlar, qoidalar va meʼyorlarga muvofiq oʻtkazilishi kerak.
72. Texnolologik jarayonni xavfsiz olib borish uchun quyidagilar taʼminlangan boʻlishi kerak:
uskunalar va quvuroʻtkazgichlar tozaligi va zichligi;
uskunalar, kommunikatsiyalar, metallkonstruksiyalarni yerga ulash;
uskunalar va kommunikatsiyalarning termoizolatsiyasi;
inert gazning uzluksiz (betoʻxtov) berilishi;
elektr uskunalarning tok oʻtkazuvchi qismlarining izolatsiya qilinganligi;
xonalar havosida moddalarning zaharli va yongʻin portlash xavfli konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish;
uskunalarni, quvuroʻtkazgichlarni va kommunikatsiyalarga oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatish;
uskunalar aylanuvchi qismlari, ish maydonchalari, quduqlar, chuquroldi, eshik, deraza oʻrinlari va boshqa toʻsiqlarining sozligi;
ish oʻrinlarining yetarlicha yoritilganligi;
ishlovchilarni maxsus kiyim va individual himoya vositalari bilan taʼminlanganligi.
73. Lok boʻyoq ishlab chiqarishida qoʻllaniladigan hamma organik erituvchilar, transportirovka qilinishida, aralashtirilishida, oqim zarbasida va boshqa razryadi alangalanishga va portlashga olib kelishi mumkin boʻlgan statik elektrning xavfli potensialini toʻplash qobiliyatini hisobga olib, “Kimyo sanoati ishlab chiqarishlarida statik elektrdan himoyalash Qoidalari” talablariga qatʼiy rioya qilinishi kerak.
74. Statik elektr zaryadlari toʻplanishi imkoniyatiga yoʻl qoʻymaslik uchun quyidagilar bajarilishi kerak:
quvuroʻtkazgichlar kesishgan va oʻzaro yoki metallkonstruksiyalar bilan 0,1 metrdan kam masofaga yaqinlashgan joylarda ulagichlar bilan ulanishi kerak;
apparatlardagi loklar, smolalar, erituvchilar yuzasida suzib yuruvchi predmetlar boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak;
eritmalarni quvuroʻtkazgichlar boʻyicha transportirovka qilish tezligi 1,2 m/s dan oshmasligi;
paxta yogʻi va loklarning tezligi - 5,0 m/s dan oshmasligi kerak;
erituvchilarni erkin tushuvchi oqim koʻrinishida quyilishiga yoʻl qoʻymaslik;
texnologik uskunalarning metall va tok oʻtkazuvchi nometall qismlari, statik elektrdan himoyaning boshqa usullari qoʻllanishidan qatʼiy nazar, yerga ulangan boʻlishi kerak;
quvuroʻtkazgichlarning, apparatlarning flanetsli birikmalarida, korpuslarning qopqoqlar bilan berkitishda dielektrik materiallardan va tok oʻtkazmaydigan boʻyoqlar bilan boʻyalgan shaybalar qoʻllanishi taqiqlanadi;
sochma mahsulotlarni (ftal angidridi, kanifollar, sodalar) bevosita qogʻoz, polietilen va boshqa turdagi qoplardan suyuqlikka ega apparatlar lyuklariga toʻkish, agar muhit temperaturasi suyuqlikning chaqnash temperaturasidan yuqori boʻlsa, taqiqlanadi;
ftal angidridi, kanifol changlarini yerga tushishiga, tashlab yuborilishiga, chang toʻzonlari va ularning oʻramalari hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak;
muntazam ravishda, haftasiga kamida bir marta uskunalar, kommunikatsiyalar, qurilish konstruksiyalariga oʻtirgan changlarni tozalash;
hajmlar va apparatlar ichida elektrlanuvchi materiallardan tikilgan maxsus kiyimda ish bajarish taqiqlanadi.
75. Lokli asosda sintez oʻtkazilganda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
ftal angidridi, kanifol quvuroʻtkazgichlaridagi “tiqinlarni” yoʻqotishni bugʻ yordamida yoki uchqun bermaydigan materiallardan yasalgan moslamalarni qoʻllab mexanik tarzda yoʻqotish lozim;
ishchi temperaturadan oshirmaslik va uning koʻtarilish tezligini 1 gradus/min dan koʻp boʻlmagan holda oshirish;
reaktorga ftal angidridi yuklashni 15 kg/min dan yuqori boʻlmagan tezlikda oʻtkazish;
namunalarni faqat namuna olish moslamasidan olish;
suyuq xomashyo transportirovka qilinishida quvuroʻtkazgich, quvuroʻtkazgich armaturalari holatini kuzatish;
oqib chiqishlar aniqlanganda mahsulot berilishini darhol toʻxtatish, quvuroʻtkazgichni inert gaz bilan tozalash, nosozlikni yoʻqotish, toʻkilgan mahsulotni olib tashlash kerak;
qabul qiluvchi apparatlar toʻldirilishini diqqat bilan kuzatish, boshqaruvchi asbob ishlamay qolsa, mahsulotning berilgan miqdorini yetkazishni toʻxtatish, operatsiyani qoʻlda bajarish kerak.
76. Sharli tegirmon ishlayotganida baxtsiz hodisani oldini olish uchun tegirmon toʻsigʻining eshigi va mahsulot solish lyuki ochiqligida, tegirmon shunday blokirovkalanishi kerakki, dvigatelga tok kelishi toʻxtab, tegirmon ishlashdan toʻxtatishi kerak.
77. Kondensatsion smolalar asosida emallar olish sexida sanitariya laboratoriyasi tomonidan havo tarkibida zaharli va portlash yongʻin xavfli moddalar konsentratsiyasining muntazam nazorati tashkil qilingan boʻlishi kerak.
VI bob. Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jihozlash
1-§. Uskunalarni joylashtirish
78. Uskunalarni joylashtirishda quyidagilar koʻzda tutilishi kerak: ishlovchilar har doim boʻladigan joylarda eni 2 metrdan kam boʻlmagan asosiy yoʻlaklar;
ular boʻsh va toʻgʻri yoʻnalishli boʻlishi kerak;
nasos uskunalar, mahalliy nazorat-oʻlchov asboblariga xizmat koʻrsatish fronti boʻyicha eni 1,5 metrdan kam boʻlmagan yoʻlaklar;
apparatlar orasida, hamda apparatlar bilan xonalar devorlari orasida aylanma xizmat koʻrsatish zarur boʻlsa eni 1 metrdan kam boʻlmagan yoʻlaklar;
mashinalar va apparatlarga, hamda NOʻA va A asboblariga davriy koʻrik oʻtkazish va xizmat koʻrsatish uchun, alohida turuvchi nasoslar orasida eni 0,8 metrdan kam boʻlmagan yoʻlaklar;
aylanma xizmat koʻrsatishni talab qilmaydigan uskunalar bir biridan va qurilish konstruksiyalaridan kamida 0,2 metr uzoqlikda turishi kerak.
2-§. Avariyaga qarshi qurilmalar
79. Aylanuvchi pechlarning va quritgichlarning baland tayanchlari tayanch tepasidan 300 mm dan koʻp boʻlmagan masofada joylashgan xizmat koʻrsatish maydonchalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
80. Turli yoqilgʻilar bilan ishlovchi agregatlardan yonish mahsulotlarini bitta moʻriga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
81. Xonalarda joylashgan apparatlar uzatmalarini, xonada chang toʻplanishi mumkin boʻlsa, elektrdvigatellar bilan bitta valda bajarish yoki yopiq reduktorlar qoʻllash lozim. Ayrim hollarda tipovoy uskunalarni oʻrnatishda qiyiq tasmali uzatmalar qoʻllanishiga yoʻl qoʻyiladi. Silliq tasmali uzatmalar qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
82. Gaz yoqilgʻisida ishlovchi doimiy oʻchoqlar qobigʻida va aylanuvchi pechlar kallachalarida saqlagich klapanlar va yoriluvchan membranalar qoʻyilishi kerak.
VII bob. Materiallarni saqlash va tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni toʻkish-quyish jarayonlarini (operatsiyasini) bajarish
1-§. Toʻkish-quyish temir yoʻl estakadalariga talablar
83. Temir yoʻl sisternalariga quyish (toʻkish) uchun estakadalar temir yoʻlning toʻgʻri boshi berk uchastkasida joylashishi kerak va bir tomonli, shuningdek ikki tomonli boʻlishi mumkin, yaʼni temir yoʻl boshi berk ikkita parallel uchastkalari orasida joylashishi mumkin.
84. Bir tomondan toʻkish-quyish qurilmalari bilan jihozlangan toʻkish-quyish estakadalarini yoʻlning radiusi 200 metrdan kam boʻlmagan egri uchastkasida joylashtirishga ruxsat beriladi.
85. Yongʻin holatida tarkibni uzish imkoniyati uchun temir yoʻl berk uchastkasining uzunligi tarkibning oxirgi sisternasidan tayanch xodagacha masofa hisoblangandan 30 metrga uzaytirilishi kerak. Tirgovuch brusda yonuvchi tarkibni ajratish uchun mexanik uzatma bilan lebyodka oʻrnatilishi kerak.
86. Estakada uzunligi toʻkish-quyish qurilmalari va bir vaqtning oʻzida toʻkishga (quyishga) beriladigan sisternalar miqdori bilan belgilanadi.
87. Estakadalar tagiga avariya holatlarda (tasodifan) toʻkilgan suyuq mahsulotlarni yigʻish uchun ularni saqlanadigan joylarga nasos bilan uzatishga chuqurchali tagliklar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Tagliklar qoplamasining materialga quyiladigan mahsulotning agressiv taʼsiriga chidamli boʻlishi va ushbu mahsulotlar kelib tushganida portlash va alangalanish keltirib chiqarmasligi kerak.
88. Temir sisternalarini TAS va YoS larni (quyishga) qoʻyish tartibi ishlab chiqarish yoʻriqnomasida koʻzda tutilgan yonginga qarshi rejimga qatʼiy rioya qilinib, ushbu operatsiyalarni xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlashi kerak, shu jumladan:
vagon-sisternalarni biriktirish, uzish va saralash ishlari toʻkish-kuyish punktlaridan tashqarida oʻtkazilishi kerak;
temir yoʻllardagi toʻkish-quyish qurilmalarining ikkala tomonida (ikkita ikki oʻqli yoki bitta toʻrt oʻqli vagon uzunligida) lokomotivlarning kirishini taqiqlovchi signal belgilar boʻlishi kerak;
temir yoʻl sisternalarini tormozlash uchun tormozlash paytida uchqun bermaydigan materialdan tagliklar qoʻllanishi kerak;
toʻkish-quyish operatsiyalari vaqtida qoʻllaniladigan asboblar urilganda uchqun bermaydigan metalldan tayyorlangan boʻlishi kerak.
89. Birinchi va ikkinchi sinf xavfliligiga ega moddalarni qabul qilish uchun estakadalar faqat ustki tomondan toʻkish qurilmalari bilan boshqa moddalarga esa ham ustki, ham pastki tomondan toʻkish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
90. Toʻkish qurilmalarining soni va konstruksiyasi, yuklarni tashishga meʼyoriy-texnik hujjatlar talablarida oʻrnatilgan, temir yoʻl sisternalaridan mahsulotlarni toʻkish muddatlarini taʼminlashi kerak.
91. Toʻkish estakadasi tagida yopishqoq qotib qoluvchi mahsulotlar, chaqnash temperaturasi 28° S dan yuqori YoS va TAS (shu jumladan ksilol) uchun toʻkish nasoslarini joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi, xavfsizlik choralari taʼminlangan holda.
92. Yopishqoq qotib qoluvchi mahsulotlar uchun ularni toʻkishdan avval temir yoʻl sisternalarida qizdirishni taʼminlovchi uskunalar koʻzda tutilishi kerak.
Qizdirish uchun uskunalar ochiq maydonda, hamda xonada (isitgich) oʻrnatilish mumkin.
2-§. Rezervuarlarga (rezervuarlar saroyiga) talablar.
93. Tez alangalanuvchan va yonuvchan suyuqliklar saqlash uchun rezervuarlar mahsulotlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va ekspluatatsiyasining muayyan shartlarini hisobga olinib tanlanishi kerak.
94. Yer ustidagi rezervuarlar (er usti saqlash) ham vertikal, ham gorizontal holatda boʻlishlari mumkin.
95. Agar rezervuardagi suyuqlikning eng baland sathi yon atrofdagi maydonning eng past nuqtasidan kamida 0,2 metrga past boʻlsa, rezervuarlar yer osti rezervuari hisoblanadilar (erga koʻmilgan yoki tuproq bilan yopilgan - yer osti saqlash).
96. Rezervuar parklari sigʻimi “Neft va neft mahsulotlari omborlari” KMK 2.09.14 talablariga muvofiq qabul qilinadi.
97. Rezervuarlar saroylari tashqi toʻsiqlarga (marza bilan oʻralgan) ega boʻlishlari kerak. Marza ichidagi maydonchalar rejalashtirilgan boʻlishi kerak. Bunda saqlanayotgan mahsulotlarning yerga oʻtib ketishini oldini oladigan choralar koʻzda tutilishi kerak.
98. Quyosh nurlari taʼsirini oldini olish uchun TAS li yer usti rezervuarlari yorqin rangga boʻyalgan boʻlishi kerak.
99. Isitish talab qiladigan mahsulotni saqlashda rezervuar tashqi issiqlik izolatsiyasi bilan qoplanadi, u yonmaydigan materialdan boʻlishi kerak.
Rezervuarning va issiqlik izolatsiyasi gilofining tashqi yuzasining temperaturasi 60° S dan yuqori boʻlmasligi kerak.
100. Rezervuarlar ekspluatatsiyasi jarayonida ularning zichligi, sifonli joʻmraklar, flanetsli birikmalar qistirmalari holatining zavod yoʻriqnomasiga muvofiq doimiy nazorati oʻrnatilishi kerak.
101. Oʻxshash fizik-kimyoviy xossali mahsulotlarni saqlash uchun moʻljallangan rezervuarlar guruhida avariya holati uchun rezervuar oʻrnatilishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Bunda ushbu guruh rezervuarlarining texnologik kommunikatsiyalari ishchi rezervuarni avariya rezervuariga almashtirish imkoniyatlari bilan joylashtirilishi kerak. Avariya rezervuarining sigʻimi eng katta hajmli rezervuarnikidan kam boʻlmasligi kerak.
102. Rezervuarlar koʻrikdan oʻtkazilish, namuna olish yoki suyuqlik sathini oʻlchash vaqtida faqat portlashdan himoyalangan akkumulyatorli yoritgichlar qoʻllanishiga yoʻl qoʻyiladi, ishlatilayotgan asboblar uchqun chiqarmaydigan boʻlishlari kerak.
103. Kislotalar va ishqorlar saqlash uchun rezervuarlar yon devorchalar bilan jihozlangan, zanglashga qarshi himoyali taglikka ega boʻlishlari kerak.
104. Kislotalar uchun rezervuarlar konstruksiyasi har bir rezervuarning hamma yuzasini koʻrikdan oʻtkazishga va zarur hollarda mumkin boʻlgan oqishlarni yoʻqotishga imkon beruvchi poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
105. Rezervuarlar jarayon parametrlarini nazorat qilish va boshqarish vositalari bilan jihozlangan boʻlishlari kerak.
106. 12 metrdan baland devorli yer usti rezervuarlari (yonmaydigan materiallardan tayyorlangan issiqlik izolatsiyasili rezervuarlardan tashqari) doimiy sovutish qurilmalari - suv bilan sugʻorish xalqalari bilan jihozlangan boʻlishlari kerak.
107. TAS va YoS uchun yer usti rezervuarlardan temir yoʻl sisternalari uchun quyish-toʻkish qurilmalarigacha masofa neft va neft mahsulotlariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
108. Rezervuarlar saroyi va nasoslar inshooti (yoki teplyak) orasida past tayanchlarda quvuroʻtkazgichlar yetkazilganda yongʻin mashinalariga ushbu kompleksni aylanib oʻtishga yoʻl qoʻyiladi.
109. Yer osti rezervuarlarini tuproq bilan koʻmish kengligi rezervuar devoridan tarzda yuzasigacha masofa 3 metrdan kam boʻlmasligi hisobidan belgilanadi.
3-§. Nasos stansiyalariga talablar
110. Nasos stansiyalarini bosh planda joylashtirishda neft va neft mahsulotlari omborlariga qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga va sanoat tashkilotlari bosh planlariga qoʻyiladigan talablarga rioya qilinishi zarur.
111. TAS va YoSni haydash uchun nasoslar binolarda ham, maydonlarda (ochiq yoki bostirma tagida) ham joylashtirilishlari mumkin.
112. Maydonchalarda konstruksiyasi va dvigatellarini ochiq havoda ekspluatatsiyasiga yoʻl qoʻyiladigan nasoslarni joylashtirish lozim.
113. Nasoslarni atmosfera taʼsirlaridan himoyalash uchun yengil toʻsiq konstruksiyalari, bostirmalar, gʻiloflar (kojuxlar) koʻrinishidagi maxsus himoya pana joylar (doimiy va qismlarga ajratiladigan) qoʻllanilishi mumkin.
114. Nasos xonalarini quruq tozalash koʻzda tutilishi kerak.
115. Nasos stansiyalari xonalaridagi pollar uchun uchqun hosil qilmaydigan, hamda haydalayotgan muhitlar taʼsiriga chidamli materiallar qoʻllanilishi kerak.
116. Nasos turini tanlash haydalayotgan mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari, zarur ishlab chiqarish unumdorligi, napor va mahsulot olinadigan va uzatiladigan hajmlarning balandligi bilan aniqlanadi.
117. Turli chaqnash temperaturasiga ega mahsulotlarni haydash uchun nasoslarni bitta xonada oʻrnatilishida xona va unda joylashgan uskunalar eng xavfli mahsulot boʻyicha oʻrnatilgan talablarga muvofiq boʻlishlari kerak.
118. Zulfinlar uzellarini (boshqarish taroqlari), agar ushbu xonada asosiy ishchi nasoslar (chaqnash temperaturasi 120° S dan yuqori boʻlmagan mahsulotlar uchun) soni oʻntadan koʻp boʻlmasa, nasoslar bilan bir xonada joylashtirilishiga ruxsat beriladi.
4-§. Sigʻimlarga quyib berish, qadoqlash, tarqatish xonalariga talablar
119. Sigʻimlarga quyib berish, qadoqlash, tarqatish xonalarini klimatik sharoitlar va mahsulot turlariga bogʻliq holda binolarda yoki maydonchalarda (ochiq yoki pana qilingan) joylashtirish lozim.
120. Suyuq mahsulotni boʻsh idishga quyishni oʻlchov jihozlari (hajmiy, ogʻirlik boʻyicha) va suyuqlik schyotchiklari yordamida amalga oshirish lozim. Quyish joylarini yaqinlashtirilgan ventilatsiya soʻrgʻichlari bilan, qadoqlash agregatlari (kameralari) mahalliy soʻrgʻichlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
121. Quyish xonalarida xonalarni quruq tozalash koʻzda tutilishi lozim.
5-§. Tez alangalanuvchan va yonuvchan suyuqliklarni idishlarda saqlash uchun omborxona binolariga talablar
122. TAS va YoS idishlarda saqlashni binolarda yoki maydonchalarda (ochiq yoki usti yopiq) iqlimiy sharoitlarga va mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalariga bogʻliq ravishda joylashtirish koʻzda tutilishi lozim.
123. Bino bir qavatli va yonmaydigan devorlar bilan (toʻsiqlar) ajratilgan, TAS uchun har birining sigʻimi 200 m3 dan koʻp boʻlmagan va yonuvchan suyuqliklar uchun 1000 m3 dan koʻp boʻlmagan ombor seksiyalariga ega boʻlishi kerak.
124. Bitta omborxona binosining umumiy sigʻimi TAS uchun 1200 m3 dan, YoS uchun 6000 m3 dan oshmasligi kerak.
125. TAS va YoSlarni idishda bir vaqtda saqlovchi omborxona binosining sigʻimi quyidagi hisoblash boʻyicha aniqlangan keltirilgan sigʻim boʻyicha oʻrnatiladi:
TAS saqlash uchun 1 m3 sigʻim YoS saqlash uchun 5 m3 sigʻimga tenglashtiriladi.
126. Omborxona binolarini oʻt oʻchirishning avtomatik qurilmalari bilan jihozlanganda har bir seksiyaning va bir binoning umumiy sigʻimini uch martaga koʻpaytirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda xomashyo va tayyor mahsulotli tagliklar soʻrilarda (stellajlarda) olti yarusgacha taxlanishi mumkin (mexanizatsiyalashtirilgan) taxlashlarda.
127. Temir yoʻl yuklash-tushirish rampalari (sahnalari) ustidagi tom (naves) temir yoʻl oʻqini 0,5 metrga berkitib turishi, avtomobil rampalari ustidagi tom rampa chetidan kamida 1,5 metrni berkitib turishi kerak.
128. Yuklash-tushirish rampalari kamida ikkita bir biridan ayrim zinalarga yoki panduslarga ega boʻlishlari kerak.
129. Yuklash-tushirish rampalari pollarining koʻndalang qiyaligi 1 foizga teng qabul qilinishi kerak.
130. Omborxona binolari va rampalardagi pollar yonmaydigan materiallardan boʻlishi kerak.
VIII bob. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish tizimi
1-§. Umumiy talablar
131. Texnologik jarayonlarni, avtomatik, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqarishni, shu jumladan uskunalar bilan jamlangan holda yetkazib berilganlarini, nazorat qilish tizimi ushbu Qoidalar, amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar, loyihalar, reglamentlar talablariga javob berishlari va texnologik parametrlarni berilgan aniqlikda ushlab turilishini, texnologik jarayonlar oʻtkazilishining ishonchliligini va xavfsizligini taʼminlashi kerak.
132. Nazorat-oʻlchov asboblari xizmat koʻrsatish va kuzatish uchun quyidagi qulay joylarga oʻrnatilishi kerak: tegishli parametrlarni (bosim, sath va boshqalar) tartibga soladigan berkituvchi qurilmalar va boshqa armatura oʻrnatilgan joylar yaqinida.
133. Ishlab chiqarish jarayonida toʻxtashi avariyaga olib kelishi mumkin boʻlgan aralashtirgichli apparatlar aralashtirgich toʻxtaganini bildiruvchi signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak.
134. Tarkibiga asboblar, tartibga soluvchilar, signalizatorlar va boshqa avtomatlashtirish va masofadan boshqarish vositalari kiradigan texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun qurilmalar majmuasi quyidagilarni bajarishi kerak:
zararli moddalar ajralib chiqishi ehtimoli bilan kechadigan jarayonni xavfsiz nazorat qilish va boshqarishni taʼminlashi;
avtomatik tarzda va masofadan boshqariladigan mexanizmlar ishga tushishi toʻgʻrisida ogohlantirishi;
toʻldirilayotgan apparatlardan suyuq xomashyo va mahsulotlar toshib chiqishini oldini olishi;
xizmat koʻrsatilayotgan sex boʻyicha ortiqcha harakatlanishini oldini olish uchun nazorat va boshqaruvni markazlashtirishi.
2-§. Aloqa va xabar berish tizimlari
135. Portlash xavfli texnologik obyektlar aloqa tizimi bilan jihozlanadi. Aloqa oʻrnatiladigan ishlab chiqarish xonalari, aloqa turi loyiha ishlab chiquvchi tomonidan texnologik jarayonning oʻziga xos jihatlari, ishlab chiqarish sharoitlari, uning portlash xavfliligi toifasi va boshqa omillarni hisobga olib belgilanadi.
Xabar berish moslama va usullarining zaruriyati “Binolar va inshootlarga yongʻin paytida xabar berish tizim moslamasi va odamlarni evakuatsiyasini (olib ketilishini) boshqarish boʻyicha takliflar”ga muvofiq loyihalashtirishda aniqlanadi.
136. Barcha ishlab chiqarish sexlari xomashyo, tayyor mahsulot omborlari, qoʻshimcha-yordamchi sexlar, korxona dispetcherlik xizmati, maʼmuriy bilan telefon aloqasiga ega boʻlishlari kerak.
Ishlab chiqarish sexlarida shuningdek boʻlimlar va texnologik qurilmalar orasida toʻgʻridan toʻgʻri telefon aloqasi boʻlishi kerak.
137. Yongʻin toʻgʻrisidagi xabarni tez va aniq uzatish uchun yongʻin xavfli xonalar yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishlari kerak.
Qoʻl bilan ishlatiladigan xabar beruvchi moslamalar xonaga kirishda qulay joylarga oʻrnatilishlari kerak.
138. Sexlar ichida va sexlararo aloqa va signalizatsiya, hamda telefonlashtirish vositalari oʻrnatiladigan xonalar toifasiga mos boʻlishlari kerak. Portlash xavfli xonalarda aloqa va avtomatik signalizatsiya vositalarining elektr uskunalari portlashdan himoyalangan turda boʻlishi kerak.
IX bob. Elektr taʼminoti va elektr jihozlari
139. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishida elektr tarmoqlarining, elektr oʻtkazishning va elektr qurilmalarining tuzilishi, montaji va ekspluatatsiyasini tanlash amaldagi “Elektr qurilmalari tuzilishining qoidalari”, “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilinishida xavfsizlik texnikasi qoidalari”, qurilish meʼyorlari va qoidalari, davlat standartlari va ushbu Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
140. Elektr moslamalarni, nazorat va boshqaruv tizimi apparaturalarini, shuningdek portlash xavfi bor va yonish xavfi bor joylarda aloqa va signalizatsiyani tanlash va joylashtirish ular uchun elektr jihozlarni joylashtirish va konstruktiv rasmiylashtirish, EMQ ning 7.3 va 7.4 boblari bilan aniqlanadi.
Portlash xavfi bor joylarda oʻrnatilayotgan elektr jihozlarni, elektrapparaturalar va ularning ayrim qismlarini portlashdan himoyalanish darajasi, portlash xavfi bor toifasiga va guruhlariga mos boʻlishi yoki yanada yuqori boʻlishi kerak.
Elektr jihozlardan portlash xavfi bor zonada foydalanish ehtimolida, portlash himoyasining kerakli darajasida ularni bajarilishi mos kelmasa, EMQ 7.3 bobida belgilangan shartlar bilan aniqlanadi.
141. Ishlab chiqarish, maʼmuriy va maishiy bino hududlarining yoritilishi hamda ishlab chiqarish ish joylari QMQ 2.01.05 ning “Tabiiy va sunʼiy yoritish” va “Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari” (ETQ) talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
142. Yongʻin va portlash xavfli ishlab chiqarishlar uchun taqsimlovchi shaxobchalar, ishga tushiruvchilar, avtomatlar va boshqalar buning uchun maxsus moʻljallangan normal muhitli elektr xonalarida joylashtirilishlari yoki tashqi texnologik qurilmalarning portlashdan xavfsiz zonalaridan tashqariga chiqarilgan boʻlishi kerak.
143. Kimyoviy faol yoki changli muhitga ega ishlab chiqarishlarida boshqaruv stansiyalarining kuchlanish shchitlari va releli shkaflarning bir qismi maxsus, yopiq, havo kiritilgan elektr xonalariga joylashtirilishi kerak. Ushbu ishlab chiqarishlar xonalarida oʻrnatiladigan boshqaruv shchitlari zichlovchilarga va havo kiritish joylariga ega boʻlishi, apparatura esa (boshqarish, taqiqlash, oʻchirish knopkalari va boshqalar) chang kirmaydigan qilib tayyorlangan boʻlishi kerak.
X bob. Binolarni va inshootlarni yashindan himoyalanishi
144. Chaqmoq (yashin)ning toʻgʻridan toʻgʻri urishidan, ularning ikkinchi bor namoyon boʻlishidan portlash xavfi bor zonalardagi binolar, inshootlar va tashqi qurilmalarning himoyasi va statistik elektr toki loyihalashtirishda aniqlanadi va EMQga, “Binolar va inshootlarni yashindan himoya qilish qurilmalari boʻyicha yoʻriqnoma”ga RH 34.21.122 va “Kimyoviy, neft kimyoviy va neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida statistik elektr tokidan himoyalanish qoidalari”ga muvofiq bajarilishi kerak.
XI bob. Isitish, ventilatsiya va havoni konditsiyalash
145. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarining ishlab chiqarish xonalarini isituvchi, ventilatsiya va konditsiya qiluvchi qurilmalar QMQ 2.04.05 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash”ga muvofiq boʻlishi kerak.
146. Binolarning va inshootlarning ishlab chiqarish xonalaridagi ventilatsiya, isitish va konditsiyalash uskunalari doimiy ish oʻrinlarida va ish zonalarida asosiy va taʼmirlash (yordamchi) ishlarini bajarish vaqtida meʼyorlangan iqlimiy sharoitlarni (temperatura, havoning nisbiy namligini va harakatlanish tezligini), shuningdek havoda zararli moddalar miqdorini GOST 12.1.005 “Ishchi zona havosiga umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq taʼminlashlari kerak.
147. Lok-boʻyoq ishlab chiqarish korxonalarida havoni isitish va konditsiyalash (oqib keluvchi tizim) bilan ventilatsiya tizimlarining, shuningdek soʻruvchi ventilatsiya tizimlarining, toʻxtovsiz va avariyasiz ishlashini taʼminlovchi tartib oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Ventilatsiya qurilmalariga xizmat koʻrsatish, ularni yurgizish va toʻxtatish, samarali ishlashini nazorat qilinishi topshiriladigan shaxslar buyruq bilan tayinlanadilar.
148. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlari uchun, agar texnologik jarayonlar qizdirish yoki bosim ostida olib borish bilan bogʻliq boʻlsa, avariyali ventilatsiya koʻzda tutilishi zarur.
149. Ekspluatatsiya jarayonida havo bilan birga gazlar, bugʻlar yoki changlarning portlash xavfli aralashmalari tushishi mumkin boʻlgan ventilatsiya uskunalari, klapanlar, filtrlar va ventilatsiya va havoni konditsiyalash tizimining boshqa uskunalari portlash va uchqundan xavfsiz konstruksiyali boʻlishlari kerak va elektr uskunalari tuzilishiga va portlashdan himoyalangan ventilyatorlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilishga meʼyoriy-texnik talablarga muvofiq boʻlishlari kerak.
150. Idishdagi lok-boʻyoq materiallari uchun isitilmaydigan omborxonalar, saqlanayotgan lok-boʻyoq materiallarining miqdoridan qatʼiy nazar, soatiga kamida bir marta havo almashishini taʼminlovchi tabiiy soʻruvchi ventilatsiyaga (deflektorlar bilan) ega boʻlishlari kerak.
XII bob. Vodoprovod va kanalizatsiya
151. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlari binolari va inshootlarining suv taʼminoti va kanalizatsiyasi QMQ 2.04.01 “Binolarning ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”, QMQ 2.04.02 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, QMQ 2.04.03 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, GOST 12.3.006 “Vodoprovod va kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlarining ekspluatatsiyasi” talablariga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.
152. Vodoprovodning (ishlab chiqarish, yongʻin, ichimlik suviga) va kanalizatsiyaning barcha tizimlariga tarmoqlar va inshootlarning toʻliq tavsifiga ega ijro etish chizmalari boʻlishi kerak.
153. Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlariga ishlatiladigan sovuq va issiq suvlar sifati 0'2 081 950-2000 “Ichimlik suvi” talablarini qondirishi kerak.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun beriladigan suvning sifati texnologik talablarga mos kelishi kerak.
154. Issiq suv taʼminoti tizimining quvurlarini texnologik ehtiyojlar uchun ichimlik boʻlmagan sifatli issiq suvni beradigan quvurlar bilan birlashtirish, hamda texnologik uskunalar bilan bevosita toʻqnashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shahar vodoprovod tarmogʻidan taʼminlanadigan ichimlik suvi quvurlari boshqa mahalliy manbadan ichimlik suvi oladigan quvurlar bilan birikmaga ega boʻlishi kerak emas.
155. Xoʻjalik-ichimlik vodoprovodlarini kanalizatsiya quvurlari bilan birgalikda yotqizilishiga faqat oʻtish kanallarida yoʻl qoʻyiladi, bunda kanalizatsiya quvurlari suv quvurlaridan pastda joylashtiriladi.
Taʼminlanishini hisobga olgan holda, tanlanadilar va reglamentlanadilar.
156. Ichimlik suvi favvorachalari yoki gazlangan suv bilan taʼminlash qurilmalari ish joylaridan 75 metrdan uzoq boʻlmagan binolarda joylashtirilishi kerak. Ichimlik uchun xom suvni ishlatishga faqat sanitariya nazorati organlari ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
157. Texnik ehtiyojlar uchun suv joʻmraklari oldida bu suvni xoʻjalik-ichimlik maqsadlariga ishlashini taqiqlovchi yozuvlar boʻlishi kerak.
158. Texnologik obyektlar uchun, odatda, lokal (mahalliy) tozalash inshootlari koʻzda tutilishi kerak.
159. Mahalliy tozalash inshootlarining oqavalar kirish va chiqish joylari portlash xavfli mahsulotlar miqdorini nazorat qiluvchi vositalar va konsentratsiyalarning yoʻl qoʻyilgan qiymatlari oshganligi toʻgʻrisida signalizatsiya bilan jihozlanishi kerak.
Bunda portlash xavfliligining barcha toifadagi obyektlari uchun tozalash inshootlari portlash yongʻin xavfli mahsulotlarni kanalizatsiyaga baravariga tashlanishida avtomatik nazorat tizimiga va signalizatsiyasiga ega boʻlishi kerak.
Qolgan vaziyatlarda nazorat usullari, uning davriyligi ishlab chiqarishning muayyan sharoitlarini, ushbu nazoratning samaradorligini.
160. Oʻt oʻchirish jihozlari oʻrnatiladigan vodoprovod tarmogʻi oʻt oʻchirish maqsadlari uchun hisoblangan suv miqdorini oʻtkazishi va talab qilinadigan suv bosimini taʼminlab berishi kerak. Obyektlarda suv bosimi yetarli boʻlmasa bosim oshiruvchi nasoslar oʻrnatilishi kerak.
Oʻt oʻchirish gidraktlari yoki kranlari oʻrnatilgan vodoprovod uchastkasini vaqtincha oʻchirib qoʻyish, hamda tarmoqda suv bosimini kerak boʻlganidan pasaytirish yongʻindan qoʻriqlash xizmatini ogohlantirish orqali yoʻl qoʻyiladi.
161. Oʻt oʻchirish gidrantlariga kelish yoʻllari va yaqin joylari doimo boʻsh holda boʻlishi kerak.
Oʻt oʻchirish gidrantlari yaqinida “PG” indeksli koʻrsatkich taxtacha oʻrnatilishi kerak, raqamli qiymatlar bilan koʻrsatkichdan gidrantgacha boʻlgan masofa metrlarda va quvurlarning ichki diametri millimetrlarda koʻrsatilishi kerak.
162. Oʻt oʻchirish yer osti gidrantlari quduqlarining qopqoqlari muntazam ravishda loydan, muzdan va qordan tozalanib turishi, gidrant tikka quvuri suvdan boʻshatilib turishi kerak.
163. Oʻt oʻchirish gidrantlari, gidrant-kolonkalar va oʻt oʻchirish kranlari kamida olti oyda texnik xizmat koʻrsatishdan oʻtkazilishi va ishlash qobiliyati suv chiqarish yoʻli bilan tekshirilishi, tekshirish natijalari maxsus jurnalda qayd etilishi kerak.
164. Ichki oʻt oʻchirish kranlari asosan kirish joylari oldida, zinapollar kataklarining isitiladigan maydonchalarida, vestibyullarda, oʻtish joylarida, yoʻlaklarda va boshqa qulay joylarda oʻrnatilishi, bunda ularning joylashishi odamlarning evakuatsiya qilinishiga xalal bermasligi kerak.
Oʻt oʻchirish kranlarini plomba qoʻyishga va ochmasdan vizual koʻrik oʻtkazishga moslashgan shkafchalarda oʻrnatish lozim.
Brezent matodan yasalgan oʻt oʻchirish ichaklari (rukava) quruq, yaxshi oʻralib taxlangan va kranlarga hamda stvollarga ulangan boʻlishi kerak.
Oʻt oʻchirish krani shkafchasining eshigida oʻt oʻchirish kranining tartib raqami, xavfli indeks “PK”, eng yaqin oʻt oʻchirish qismining telefon raqami koʻrsatilishi kerak.
XIII bob. Xodimlarni jarohatlanishdan himoyalash
165. Oʻtish joylari, maydonchalar, narvonlar, ochiq quduqlar, chuqurchalar, oʻtish koʻpriklari balandli 1 metrdan kam boʻlmagan toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak. Tomlardagi montaj darchalari balandligi kamida 0,14 metr boʻlgan tagi boʻyicha uzluksiz toʻsiqqa ega boʻlishi kerak.
166. Pol yoki xizmat koʻrsatish maydonchasi sathidan kamida 2 metr balandlikda joylashgan mashina va apparatlarning barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari (vallar, muftalar, uzatmalar va boshqalar) yaxlik yoki toʻrsimon toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Barabanlar, hamda tasmali transporterlarning uzatish va tortish moslamalari joylashish balandligidan qatʼiy nazar toʻsilgan boʻlishi kerak.
167. Sharli tegirmonlar va tegirmon ustidagi tomlarda yoki maydonchalardagi lyuklar qopqoqlari tegirmon ishlayotganida (aylanayotganida) ularni olinishiga yoki ochilishiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovkalarga ega boʻlishi kerak.
168. Xizmat koʻrsatiladigan uskunalar 1,8 metrdan yuqori balandlikda joylashganida ularga chiqish uchun 45 gradus qiyalikka, ushlagichlarga va oʻralgan maydonchaga ega narvonlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Narvonning eni 0,7 metrdan kam, zinalar oraligʻi 0,25 metrdan oshiq, zina kengligi 0,12 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
3 metrdan baland boʻlmagan kamdan-kam xizmat koʻrsatiladigan uskunalarga yaqinlashish uchun 60 gradus qiyalikka ega narvonlar oʻrnatilishiga, ayrim hollarda esa koʻchma narvonlar ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
169. Apparatlarga xomashyoning qattiq turlarini yuklash uchun moʻljallangan yuklash moslamalari (bunkerlar, voronkalar, ogʻzi voronkasimon quvurlar va boshqalar) yuklash vaqtidan tashqari doimo berk turadigan qopqoqlarga ega boʻlishi kerak.
XIV bob. Ish oʻrinlarida shovqinni va tebranishni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar
170. GOST 12.1.003 “Shovqin. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga asosan texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda, mashinalarni va jihozlarni, ishlab chiqarish binolarini va inshootlarni loyihalashtirishda, tayyorlashda va ekspluatatsiya qilishda, hamda ish joylarini tashkil qilishda insonga taʼsir qiluvchi shovqinni, “Ish joylaridagi shovqinni sanitar meʼyorlarida ruxsat berilgan daraja” SanQvaM 0120-01ga muvofiq ruxsat berilgan chegaradan oshmaydigan (qiymat) raqamga qadar pasaytirish boʻyicha barcha zaruriy choralarni qabul qilishi shart:
shovqin-xavfsiz texnikani qoʻllashi;
jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari va usullarini qoʻllashi (GOST 12.1.029 “Shovqindan himoya qilish vositalari va usullari. Klassifikatsiya” va GOST 12.4.051 “Eshitish organlarining yakka tartibdagi himoya vositalari. Sinovning umumiy texnik talablari va usullari”).
“Shovqindan himoya qilish” QMQ 2.01.08 ga muvofiq qurilish-akustik chora-tadbirlarni olib borish.
171. Doimiy ish joylarida shovqinning ruxsat berilgan oxirgi chegara darajasi (RBOChD) 80 dBdan koʻp boʻlmasligi kerak va mehnatning ogʻirligiga va (quvvat) kuchliligiga bogʻliq holda pasayishi kerak.
172. Tovush bosimi 135 dBdan yuqori daraja boʻlgan har qanday oktan chegarada (polosada)gi zonalarda shilayotganlar boʻlishiga ruxsat berilmaydi.
173. Ish oʻrinlaridagi shovqin darajasini nazorat qilinishi yiliga 1 marotabadan koʻp boʻlmasligi kerak.
174. Ish joylaridagi shovqinni oʻlchanishi GOST 12.1.050 “Ish oʻrinlardagi shovqinni oʻlchash usullari” va SanQvaM 0120-01ga muvofiq olib borilishi kerak.
175. Asbob-uskunalarni tanlashda, uni ishlatish boʻyicha (rahbarlik) amal qilish (instruksiya) yoki boshqa yoʻllanma hujjatlarga, uning pasportida koʻrsatilgan shovqinlik tavsifini hisobga olish kerak.
176. Asbob uskunalarini ishlatishda shovqinni kamaytirish uchun aylanuvchi elementlarning balansirovkasini buzilishiga, detallarning meʼyorlardan ortiq emirilishiga (iznos), yuzalarning ishqalanishda yomon moylanishiga, ayrim (alohida) uzellarni bir-biri bilan mahkamlanishining boʻshashiga va barcha agregatlarni fundamentga, polga va boshqa qurilish konstruksiyalarining va boshqalarning mahkamlanishining boʻshashiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
177. Aerodinamik kelib chiqishidagi shovqinni bartaraf etish uchun (Havoni ventilatsiya va konditsionlashtirish tizimlarida havoni harakatlanish davrida soʻrib olish orqali va ayniqsa (alohida) teshiklar orqali oqib chiqishi orqali) havoning harakati yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishi (masalan: panjaralar-reshyotki), oqib chiqish teshiklaridan havoning oqish tezligini kamaytirishi, havoning toʻgʻri yoʻnalishga imkon beruvchi konussimon patrubkolarni oʻrnatilishi shart.
Ventilatsion kameralargacha va konditsionerlargacha hamda havoning undan keyingi harakati yoʻnalishi boʻyicha shovqinni tarqalishini kamaytirish uchun tovushni yutuvchi materialdan glushitel (tovush yutgich) oʻrnatish tavsiya etiladi, masalan, yumshoq matalardan yoki oyna tolali (steklovolokno) yarim qattiq plitalar, ular perforirlashgan metall listlarga oʻrnatiladi.
178. Tovush bosimi darajasini quyidagicha kamaytirish mumkin:
shovqinning alohida manbalariga tovushni yutuvchi donalarni oʻrnatish bilan;
shovqin manbai va himoyalovchi joylar orasiga ekranlarni oʻrnatish bilan;
shovqinni generatsiyalovchi jihozlar bilan xonalarning devorlarini, (potologini) shipini va toʻsinlari (toʻsiqlari)ni tovush yutuvchi oblitsovka yotqizilishi bilan tovush bosimi darajasi kamaytiriladi.
179. Tovush darajasi zonasi yoki tovush daraja ekvivalenti 80 dBdan yuqori boʻlsa, GOST 12.4.026 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” boʻyicha xavfsizlik belgilari bilan belgilangan boʻlishi kerak. Bu zonalarda ishlayotganlarni GOST 12.4.051 “Eshitish organlarining yakka tartibdagi himoyalovchi vositalari. Sinovlarning umumiy texnik talablari va usullari” boʻyicha taʼminlanadi.
180. Tebranishning xavfsiz mehnat sharoitlari taʼminlanishi GOST 12.1.012 “Tebranish. Umumiy talablar” boʻyicha va SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida tebranishning sanitar meʼyorlari” boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
181. Tebranish darajasini kamaytirish uchun mexanik jihozlar amortizatsiyalangan prokladka bilan (oʻrnotilgan) fundamentga oʻrnatilishi kerak.
Statsionar oʻrnatilgan jihozlar uchun fundamentlar qurilish konstruksiyalardan alohida (izolatsiyalangan) tuproqqa joylashtirish kerak.
Jihozlarni kommunikatsiyalarga birlashtirishda (yumshoq) egiluvchan vstavkalar yordamida amalga oshirish kerak.
182. Ishlatilayotgan tebranishda xavfli jihozlar oʻz vaqtida rejali va ogohlantiruvchi taʼmirlanishdan oʻtkazilishi kerak, unda taʼmirlanishdan keyin tebranish tavsifida (TT) nazoratda majburiy oʻtkazilishi kerak.
Tebranish tavsiflari jihozning pasportidagi yoki texnik shartlardagi koʻrsatilgan (TT) mos boʻlishi kerak.
183. Ish joylardagi tebranish darajasi yiliga 1 marotaba koʻp boʻlmagan nazoratdan oʻtkazilishi kerak.
XV bob. Texnologik uskunalar va quvuroʻtkazgichlarni taʼmirlash va xizmat koʻrsatish
184. Uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish tartibi uskunalarni ekspluatatsiya qilishning muayyan sharoitlarini hisobga olgan holda “Texnologik uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash tizimi” meʼyoriy-texnik hujjat bilan belgilanadi.
185. Yuqori darajada qaynovchi issiqlik tashuvchilar yoki elektr induksiya bilan isitiladigan va suv bilan sovitish uchun ichki zmeyevikka ega, 5,0 MRa ishchi bosimga hisoblangan, apparatlarda yiliga kamida ikki marta, hamda oraliq va kapital taʼmirlashlarda zmeyevikni zichlikka sinovini oʻtkazish kerak.
186. Taʼmirlashga topshirilishdan avval uskunalar tashqarisidagi loy va balchiqdan tozalanishi; mahsulotlardan batamom boʻshatilishi; erituvchi, ishqor va suv bilan yuvilishi; avval inert-gaz bilan, soʻngra toza havo bilan puflanishi; bosim manbai va boshqa agregatlar ulovchi quvurlardan tiqinlar bilan ajratilishi kerak. Elektr energiyasining elektr qabul qilgichlarga berilishini uzilishi kerak, ishga tushirish moslamalariga “Ulanmasin odamlar ishlamoqda” degan yozuvlar osib qoʻyilishi kerak.
187. Asbob-uskunalarni (jihozlarni) taʼmirlashga tayyorlash va taʼmirlashni oʻtkazish bilan bogʻliq gaz xavfi bor ishlar, meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga va “Gaz xavfi bor ishlarni xavfsiz oʻtkazilishini tashkil qilish boʻyicha namunaviy yoʻriqnomasi (instruksiyasi)”ga muvofiq olib borilishi kerak.
188. Ochiq alangani (olovni) qoʻllash bilan taʼmirlash ishlari amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq olib borilishi kerak.
XVI bob. Shaxsiy gigiyena qoidalari
189. Ishlab chiqarish xonalarida ish (mehnat)ning meʼyordagi sanitar sharoitlarini tashkil qilish uchun, havoni chiqaruvchi va soʻruvchi ventilatsiya, konditsionerlash, isitish tizimlari, yoritish moslamalari xizmat qiladi (Ushbu Qoidalarning IX, XI boblari).
190. Lok boʻyogʻi korxonalarining ishlash uchun xonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
maxsus kiyim boshsiz va yakka tartibdagi himoya vositalarisiz ishlash;
kasal holatda yoki charchagan holatlarda ishlarni bajarish;
ish joylarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, ovqatlanish yoki ovqat tayyorlash;
ish joylarida chekish;
algokol ichimliklarni ichish.
191. Har bir boʻlinmaning koʻzga tashlanadigan joyida zarur boʻladigan dori-darmonlar va materiallari nabori bilan aptechka boʻlishi kerak, shuningdek baxtsiz hodisa boʻlganida birinchi tez yordam koʻrsatish uchun neytrallaydigan moddalar boʻlishi kerak.
Oʻrta ogʻirlikdagi ishlar toifasi uchun ishlab chiqarish xonalarining ish mintaqasida ruxsat berilgan harorat meʼyorlari, nisbiy namlik, havoning, shovqinning va tebranishning harakat tezligi quyidagicha boʻlishi kerak (II-a, ІІ-6):
|
Harorat (optimal), °S: |
II-a |
II-b |
|
yilning sovuq davrida |
18 — 20 |
17 — 19 |
|
yilning issiq davrida |
23 — 25 |
22— 24 |
|
Nisbiy namlik (optimal), % |
40 — 60 |
40 — 60 |
|
Havoning harakat tezligi, t/z: |
|
|
|
yilning sovuq davrida |
0,2 |
0,2 |
|
yilning issiq davrida |
0,3 |
0,3 |
|
Shovqin darajasi, dV |
70 |
70 |
|
Tebranish darajasi, dV, koʻp emas |
92 |
92 |
192. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarini (KEO, yoritgichda ruxsat berilgan koʻzni olish koʻrsatkichi va pulsatsiya koeffitsiyenti birgalikda, yoritish meʼyorlari) ishlab chiqaruvchi va yordamchi binolarda va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritilishga boʻlgan talablarni koʻrish ishlarini bajarish tavsifidan hamda sunʼiy yoritilishga bogʻliq holda ishlab chiqarish hududlarida “Tabiiy va sunʼiy yoritish” QMQ 2.01.05 boʻyicha qabul qilish kerak.
193. Ovqatlanish uchun maxsus xonalar jihozlanadi. Suvni faqatgina (ichish) fontan (favvora)chilardan yoki gazli suv avtomatidan ichishga ruxsat beriladi.
Ishchilarga avariya paytida tekkan (tushgan) kimyoviy moddalarni yuvish uchun, oʻz-oʻziga yordam beruvchi rakovina bilan avariya dushlari yoki suv zaxira uchun metall bakli oʻz-oʻziga yordam beruvchi vanna bilan rakovinalar nazarda tutilishi kerak.
XVII bob. Sanitar-maishiy xizmat koʻrsatish
194. Sanitar-maishiy xonalar tarkibiga quyidagilar kiradi: garderobxona (kiyim-kechak xona), dushxona, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari uchun joy, yuvinish joyi (umivalniy), hojatxona (ubornie), isitish uchun xona, shuningdek maxsus kiyimlarni saqlash va tarqatish uchun xona. Maishiy xonalarning tarkibi soni, va maydoni, “Korxonaning maʼmuriy va maishiy binolari” QMQ 2.09.04.ga muvofiq, ishlarning miqdori, ogʻirlik toifasidan va tananing ifloslanishidan kelib chiqqan holda loyiha bilan aniqlanadi (4-Ilova).
195. Ishlab chiqarish binolaridagi ish joylaridan hojatxonagacha, chekish joyigacha, isitish uchun xonalargacha, dush xonagacha, suv taʼminoti qurilmalari xonasigacha masofa 75 m dan koʻp boʻlmagan, ish joyidan ishlab chiqarish maydonigacha — 150 m dan koʻp boʻlmagan masofa qabul qilinishi kerak.
196. Garderob xonaning, dush xona va dush oldi xonaning, yuvinish xonasining, hojatxonaning, quritish uchun xonaning maxsus kiyimlarni changdan tozalash xonasining devorlari va toʻsiqlari (peregorodki) 2 m dan kam boʻlmagan materiallardan, ularni yuvish vositalari bilan issiq (qaynoq) suvda yuvishga ruxsat materiallardan bajarilgan boʻlishi kerak. Koʻrsatilgan xonalarning devorlari va toʻsiqlari 2 m dan yuqori koʻrsatkichda boʻlsa, shuningdek ship(potolok)lar suvga chidamlik qoplamadan iborat boʻlishi kerak.
197. Barcha sanitar-maishiy xonalar toza boʻlishi kerak. Bu, tozalashni doimo (sistemali) va toʻgʻri tashkil qilishda, va oʻz vaqtida taʼmirlash ishlarini olib borilishda, amalga oshiriladi.
198. Xonalarni tozalashda, (namli) suv qoʻllab amalga oshirish kerak. Buning uchun xonalar issiq va sovuq suvlarni olib kelib, suvni ajratuvchi kranli quvurlar va ifloslangan suv uchun quvurlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Oynalarni, yorituvchi armaturalarni tozalashda metkalar yordami bilan yoki taxtachali yoki metalli shtoklarga mahkamlangan rezinali valiklar yordami bilan va yuvish uchun vositalardan foydalanib, maxsus sovunli eritmalar yordami bilan amalga oshiriladi.
199. Devorlarni va shaxsiy (yakka oʻziga tegishli) shkaflarni tozalash kerak. Dush xonalarning pollarini yuvishda dezinfeksiya vositalar yordamidan foydalanish kerak.
Rezinali gilamchalarni (kovrik) dezinfeksiya vositalar bilan ishlov berish zarur, bu zamburugʻli (gribkoviy) kasalliklarni tarqalishini oldini olish uchun zarur.
200. Maishiy xonalarni tozalash, har bir ish smenalardan keyin olib borilishi kerak. Maishiy xonalarni zaruriy sanitar holatda saqlash, bu oʻz shaxsiy gigiyenasini saqlab turish, ishchanlikni tiklash va oʻz sogʻligʻini saqlash uchun ishchilar ulardan toʻliq foydalanish imkonini taʼminlaydi.
XVIII bob. Yongʻin xavfsizligi
201. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarining hamma ishlab chiqarish, ombor va boshqa yordamchi xonalari oʻt oʻchirishning birlamchi vositalari va oʻt oʻchirish jihozlari bilan amaldagi tarmoq “Yongin xavfsizligi Qoidalari”ga muvofiq taʼminlangan boʻlishi kerak.
202. Yongʻinga qarshi uskunalar soz holatda ushlab turilishi va qulay joylarda joylashgan boʻlishi kerak. Yongʻinga qarshi uskunalarni va jihozlarni oʻt oʻchirish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarda foydalanish taqiqlanadi.
203. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlari boʻlinmalarining rahbarlari quyidagilarga majburdirlar:
barcha ishchi va muhandis-texnik xodimlar tomonidan yongʻin xavfsizligi qoidalarini oʻrganishni va bajarishni tashkil qilish;
ishlab chiqarishning yongʻin va portlash xavfliligini kamaytirishga yoʻnaltirilgan qarorlarni ishlab chiqish va joriy qilinishini taʼminlash;
ishlab chiqarishning barcha boʻlinmalarida qatʼiy yongʻinga qarshi rejimni oʻrnatish (chekish uchun joylarni belgilash va jihozlash, xomashyo va tayyor mahsulotni bir vaqtda saqlash uchun joylarni va yoʻl qoʻyiladigan miqdorini belgilash, olov bilan bajariladigan ishlarni oʻtkazishning aniq tartibini oʻrnatish, ishlar tamomlangandan soʻng xonalarni koʻrikdan oʻtkazish va berkitish tartibini belgilash) va uning bajarilishini doimiy nazorat qilish;
ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul shaxslarni tayinlash;
yongʻinga qarshi yoʻriqnomalarni oʻrganishni va yongʻinga qarshi texnik minimum boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazishni tashkil qilish.
204. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishi xodimlari quyidagilarga majbur:
yongʻin xavfsizligi qoidalarini bilish va bajarish, qoʻllaniladigan muhitlarning yongʻin portlash xavfli va zaharli xususiyatlarini bilish;
oʻt oʻchirish vositalari joylashgan joylarni bilish, ularning butligini kuzatish va ulardan foydalanishni bilish;
yongʻinga olib keladigan harakatlarga yoʻl qoʻymaslik.
205. Chekishga ruxsat berilgan joylarda tegishli plakatlar osib qoʻyilishi kerak. Chekish joylari “Yongʻin xavfsizligi Qoidalari”ga koʻra jihozlangan boʻlishi kerak.
206. Elektr uskunalari yonib ketganida, ularni dastavval elektr tokidan uzish kerak. Yonish oʻchogʻini oʻchirish uchun quruq qum yoki uglekislotali oʻt oʻchirish qurilmasini qoʻllash kerak.
207. Ishlab chiqarish xonalarida yongʻin oʻchogʻi paydo boʻlganida darhol ventilatsiyani oʻchirish, harbiylashtirilgan yongʻin oʻchirish qismiga xabar berish va lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomaga binoan yonish oʻchogʻini tugatishga kirishish zarur.
208. Yongʻin oʻchirishning mahalliy postlari quyidagilar bilan butlangan boʻlishlari kerak:
oʻt oʻchirish moslamalari; namat yoki asbestli mato; qum; qoʻlda ishlatiladigan suv va koʻpik stvollari.
209. Yonib ketishning barcha xollari haqida darhol ishlab chiqarish rahbariga dalolat qilish kerak.
XIX bob. Atrof muhitni muhofaza qilish
210. Lok-boʻyoq ishlab chiqarishlarini ekspluatatsiya qilinishida kam chiqindilik va chiqindisiz texnologiyalardan foydalanib, tabiiy resurslardan toʻliq foydalanib, hamda zararli otilmalar va chiqindilarni ushlash, zararsizlantirish va utilizatsiya qilish chora-tadbirlarini qoʻllab tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablariga rioya qilinishi, ifloslantiruvchi moddalar chiqib ketishini maksimal ravishda kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinishi kerak.
211. Tabiiy resurslar muhofazasining asosiy vazifalaridan biri atmosfera havosini sanoat korxonalarining chiqindilari bilan ifloslanishidan muhofaza qilishdir.
Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan, atmosfera havosi, tabiiy resurslarning tarkibiy resursi sifatida umum milliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan qoʻriqlanadi. Korxonani oʻrab turgan va yonida joylashgan aholi punktlarining atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi, amaldagi sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiyenik normativlarda oʻrnatilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Atmosfera havosini tozalash boʻyicha planirovka xarakteridagi chora-tadbirlar havo havzasini muhofaza qilish muammosini tubdan hal qila olmaydilar: gazlarni quvur orqali yuqoriga chiqarib tashlash zararli gazlarning miqdorini kamaytirmaydi, faqat ularni yoyib yuboradi xolos, sanitariya-himoyalash zonalarini kengaytirish esa katta iqtisodiy qiyinchiliklar yaratadi.
Shuning uchun sanoat chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiya qilish, hamda zararli moddalar ajralishiga manbaga boʻlgan uskunalarni zichlashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
212. Ifloslanish darajasi normativda oʻrnatilgandan yuqori boʻlgan hududlarda atmosferani zararlantirish manbai boʻlgan korxonalarni ekspluatatsiya qilish taqiqlanadi. Ishlayotgan (amaldagi) obyektlarni qayta taʼmirlash, kengayishi va texnik qayta jihozlanishi faqat shunday hududlarga ruxsat beriladiki, unda davlat ekologiya ekspertizasining atrof muhitga taʼsirini baholashda ijobiy xulosasi bor loyihalarga va kelajakda rivojlanishini hisobga olgan holda chiqindilarning atmosferaga otilib chiqishining oxirgi ruxsat berilganiga qadar qisqartirish sharoitida ruxsat beriladi.
213. Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofazasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan faoliyati atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarilishi bilan bogʻliq korxonalar tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiradi:
ifloslantiruvchi moddalar chiqarib yuborilishini kamaytirishga, chiqindilarni tozalash va ularni nazorat qilish uchun inshootlar, uskunalar va apparatlarni toʻxtovsiz samarali ishlashini va soz holatda ushlab turishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan, tabiat muhofazasi va davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan tashkiliy-texnik rejalar yoki boshqa chora-tadbirlar ishlab chiqish;
atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori va tarkibining doimiy hisobini va nazoratini amalga oshirish;
atmosferani ifloslantiruvchi moddalarning chegaraviy-yoʻl qoʻyiladigan miqdorini ishlab chiqishni va ularni oʻz vaqtida oʻrnatilgan tartibda kelishuvini taʼminlash;
seliteb hududlar atmosfera havosini ifloslanishi nazoratini taʼminlash. Ifloslantiruvchi moddalar roʻyxati, namuna olish davriyligi va nuqtalari tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologiya xizmatlari organlari bilan kelishilishi kerak;
atmosfera havosining va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlari holatini kuzatish, mulkiy shakllaridan qatʼiy nazar, faoliyati atmosfera havosi holatining yomonlashuviga olib keluvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar tomonidan amalga oshiriladi;
tabiat muhofazasi va sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari bilan texnologik jarayonlarning va uskunalarning hamma oʻzgartirishlarini kelishish (ishlab chiqarish quvvatini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish va tasdiqlangan loyihadan boshqa ogʻishlar);
atmosfera havosiga zararli qoʻshilmalarni birdaniga chiqarilgan barcha holatlar haqida tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati organlarini xabardor qilish, oʻxshash holatlarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
atmosfera havosiga zararli qoʻshilmalarni birdaniga chiqarilgan barcha holatlar haqida tabiat muhofazasi va sanitariya nazorati organlarini xabardor qilish, oʻxshash holatlarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
214. Chiqarib yuborilayotgan gazlar hajmini va ulardagi zararli moddalar konsentratsiyasini oshishi bilan birga kechadigan texnologik agregatlar unumdorligini oshirish, gaz chang ushlab qoluvchi qurilmalarning qayta tiklanishisiz, taqiqlanadi.
215. Chegaraviy-yoʻl qoʻyilgan chiqarib yuborishlar darajasida zamonaviy vositalari bilan erishish imkoni boʻlmaganida ushbu ifloslantirishni qisqartirish yoki yoʻqotish boʻyicha, texnologik jarayonlarni oʻzgartirish yoʻli bilan, chora-tadbirlar va aniq muddatlar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
216. Tashqi muhitni muhofazasiga albatta suv havzalarini, tuproqni, yerni muhofaza qilish omillari kiradi.
Sanoat oqova suvlarini zararsizlantirish barcha korxonalar uchun majburiydir. Sanitariya-maishiy foydalanishga moʻljallangan suv havzalari suvidagi zararli moddalar konsentratsiyasi amaldagi sanitariya meʼyorlari va qoidalarida koʻrsatilgan kattalikdan oshmasligi kerak.
217. Oqova suvlarni ochiq suv havzalariga va yer ustiga tashlash taqiqlanadi. Oqova suvlarni shahar kanalizatsiya tarmogʻiga tashlashda sanitariya meʼyorlari va qoidalari hisobga olinadi.
Atrof muhitga chiqindilarning taʼsirini oldini olish uchun, oqova suvlarning koʻp bosqichli tizimning tinimsiz ishlashi, u tindirgichdan, neytralitordan, flotatsiyalash qurilmasidan, qumli filtrlar, jala oqimlarining tindirgichlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
218. Oqova suvlarni shahar kanalizatsiya tarmogʻiga tashlash, oʻrnatilgan tartibda beriladigan, maxsus suvdan foydalanishga ruxsatnoma va shahar kanalizatsiya tarmogʻiga oqova suvlarni tashlashga kommunal-ekologik normativ asosida amalga oshiriladi.
219. Suvdan foydalanuvchilar oqova suvlarni muntazam hisob-kitobini va tozalovchi inshootlar ishini, oqova suv sifatini shahar kanalizatsiyasiga tushirilishidagi laboratoriya nazorati oʻtkazilishini taʼminlashlari kerak.
220. Sanitariya muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlar nafaqat atmosferaga chiqarib tashlashni yoʻqotishni, balki ishlab chiqarish madaniyatini oshirish maqsadida hududni ifloslantirishga olib keladigan sizib chiqishlar, toshib chiqishlar va boshqa omillarni chegaralashni ham koʻzda tutishi kerak.
Korxona hududida chiqindilarni vaqtinchalik olti oydan oshmagan muddatda yigʻilishini, ulardan kelajakda foydalanilishini (utilizatsiya qilish) yoki boshqa maxsuslashtirilgan tashkilotlarga berilishini nazarda tutish kerak.
Zararli moddalarga ega ishlab chiqarish chiqindilarini yigʻish va saqlash joylari tuproqni, yer osti suvlarini va atmosfera havosini ifloslanishini: toʻlaligicha oldini oladigan qurilmalarga ega boʻlishi kerak. Bu joylarni begona shaxslar kirishidan izolatsiya qilish kerak.
XX bob. Yakuniy qoidalar
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha Davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish boʻyicha Davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning yongʻin xavfsizligi boʻyicha Bosh boshqarmasi, “Oʻzkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi raisi A. GULYAMOV
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining SEN Bosh boshqarmasining boshligʻi S. SAIDALIYEV
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatini muhofaza qilish qoʻmitasi raisi B. ALIXONOV
Arxitektura va qurilish boʻyicha OʻzR Davlat qoʻmitasining raisi M. XANOV
OʻzR IIV yongʻin xavfsizligi Bosh boshqarmasi boshligʻi I. ISLOMOV
“Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV