28.10.2009 yildagi 211-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining buyrugʻi, 28.10.2009 yildagi 211-son
Кучга кириш санаси
11.12.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNOLOGIK QUVUROʻTKAZGIChLARNING TUZILIShI VA XAVFSIZ IShLATISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 1-dekabr 6-15/23-9626/6-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-y, 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Texnologik quvuroʻtkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq I. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 28-oktabrdagi 211-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEXNOLOGIK QUVUROʻTKAZGIChLARNING TUZILIShI VA XAVFSIZ IShLATISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur “Texnologik quvuroʻtkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (quyida — “Qoidalar”) Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda)ga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 64-modda) qaroriga asosan ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni qurish va xavfsiz ishlatishga oid mazkur qoidalar, texnologik quvuroʻtkazgichlarni ishlatishdagi sanoat xavfsizligi, avariyalar, ishlab chiqarish bilan bogʻliq shikastlanishlarning oldini olishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar, sanoat xavfsizligi doirasida faoliyat yuritayotgan va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazoratidagi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha tashkilotlar qoʻllashi uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoidalardan quyidagi jarayonlarda foydalanish belgilab qoʻyilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun texnologik quvuroʻtkazgichlarni loyihalash, yasash, montaj qilish, ishlatish, zamonaviylashtirish, taʼmirlash va konservatsiyalashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnologik quvuroʻtkazgichlarning sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qoidalar gazsimon, bugʻsimon va suyuq muhitlarni transportirovka qilishga moʻljallangan, qoldiq bosimi (vakuumi) 0,001 MRa (0,01 kgf/cm2) dan shartli 320 (3200 kgf/cm2) bosimgacha sharoitda ishlaydigan, texnologik poʻlat quvuroʻtkazgichlarni loyihalash, yangidan yasash va zamonaviylashtirish jarayonlari uchun taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalardagi talablarning muayyan texnologik quvuroʻtkazgichlar guruhi, kategoriyasi va turlariga taalluqlilik ehtimoli, ishlatish sharoitlariga koʻra aniqlanib, zarurat taqozo etganda hisob-kitoblar bilan asoslanib, loyihada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoidalarda texnologik quvuroʻtkazgichlarning konstruksiyasiga, materiallariga, ularni yasash, sinash usullari, qabul qilish, qayta tiklash, taʼmirlash, montaj qilishga doir texnik talablar bayon etilgan. Qoidalardagi talablar bilan bir qatorda sanoat xavfsizligiga doir meʼyoriy-texnik hujjatlarga ham amal qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qoidalardagi talablarga javob bera olmaydigan texnologik quvuroʻtkazgichlarni ishlatayotgan tashkilotlarda, zaruratga koʻra, asoslangan hisob-kitoblarga va (yoki) sanoat ekspertizasining xulosalariga tayanib, xavfsiz ishlatishni taʼminlashga qaratilgan texnik yechimlar va tadbirlar ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni ishlatishga doir qoʻllanmalar texnik hujjatlar, mazkur qoidalar va sanoat xavfsizligiga oid boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quvuroʻtkazgichlarning quvurlari, armaturalari va ulanadigan qismlari uchun shartli (Rsh), tegishli sinov (Rs), hamda ishchi (Rish) bosimlari davlat standartlariga qarab belgilanadi. Ishchi muhitning harorati manfiy qiymatga ega boʻlganda, shartli bosim 20°S dagi haroratga moʻljallab oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quvuroʻtkazgichlar quvurlari va detallari (devorlarining qalinligi), ishlatilayotgan quvurlarning xiliga mos keladigan, meʼyoriy-texnik hujjatlar boʻyicha parametrlari, korrozion va errozion xossalarini inobatga olib mustahkamlikka dosh berishiga doir hisob-kitoblar asosida belgilanishi kerak. Quvuroʻtkazgichlarning quvurlari va detallari devorlarining qalinligini tanlashda ularni tayyorlash (ishlab chiqarilishi)dagi texnologik jarayonlarga doir xususiyatlarni (egilish, yigʻish, payvandlash)ni eʼtiborga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgich uchun zarur bosim quyidagilarni inobatga olib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvuroʻtkazgich ulangan apparat uchun moʻljallangan bosimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) damlovchi quvuroʻtkazgichlar (nasoslar, kompressorlar, gazpuflagichlardan keyin)ning puflash tomonidagi zulfin berkligida markazdan qochma nasos hosil qilgan maksimal bosimni, porshenli mashina uchun esa, bosim beruvchi manbaga oʻrnatilgan saqlagich klapanlar ishlab ketishidagi bosimni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) saqlagich klapan oʻrnatilgan quvuroʻtkazgichlar uchun — saqlagich klapanni sozlash paytida oʻrnatilgan bosimni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apparat bilan birga mustahkamlik va zichlikka sinaladigan quvuroʻtkazgichlar apparatni sinash uchun zarur boʻlgan bosimga dosh beradigan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quvuroʻtkazgichlar devorlari qalinligini belgilashda, quvuroʻtkazgichning ishlash muddati va korroziya tezligini eʼtiborga olib, qalinlikning korroziya tufayli eyilishini hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metallda roʻy beradigan korroziya tezligiga qarab, muhitlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) korroziya tezligi yiliga 0,1 mm gacha boʻlgan tajovuzkor boʻlmagan va kam tajovuzkor muhitlar (chidamli poʻlatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrtacha tajovuzkor muhitlar-korroziya tezligi yiliga 0,1-0,5 mm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻta tajovuzkor muhitlar-korroziya tezligi yiliga 0,5 mm dan ziyod.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korroziya tezligi yiliga 0,1-0,5 mm va undan ziyod boʻlgan poʻlatlar past chidamli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quvuroʻtkazgichlar uchun materiallar va jihozlarni tanlashda ularning majmui, nomlari, turlari, asosiy parametrlari, qoʻllanish sharoitlari va boshqalarni belgilovchi mazkur qoidalar, hamda boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlarda bayon etilgan talablarga amal qilish lozim. Ayni paytda quyidagilarni eʼtiborga olish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transportirovka qilinadigan muhitning inobatga olingan bosimi va haroratini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) transportirovka qilinadigan muhitning xossalarini (tajovuzkorligi, portlash, yongʻindan xavfliligi, zararliligi va sh.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) materiallar va jihozlarning xossalarini (mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi, korroziyaga dosh bera olishi, payvandlana olish va sh.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quvuroʻtkazgichlar joylashgan ochiq maydon yoki isitilmaydigan binolardagi havoning past (sovuq) haroratini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlar materiallari va jihozlarini tanlashda havoning sovuq (past) haroratining moʻljaldagi hisobini quyidagicha belgilash lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi eng sovuq besh kunlik oʻrtacha haroratning (agar bosim ostidagi yoki vakuumli quvuroʻtkazgich devorlaridagi harorat ijobiy 0° dan yuqori boʻlganda) hukm surishi 0,92 boʻlganda (ijobiy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosim ostidagi yoki vakuum holatidagi quvuroʻtkazgich devorlarining absolyut minimal harorat hududdagi atrof havoning taʼsiridan sovub ketishi mumkin boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quvuroʻtkazgich sxemasini tanlashga, konstruksiyalarining toʻgʻriligiga, mustahkamlikka dosh bera olishiga, materiallarni belgilangan muddat davomida ishlashiga, tayyorlash montaj va taʼmirlash sifatiga, hamda quvuroʻtkazgichlar amaldagi qoidalar talablariga mosligiga, mazkur ishlarni bajargan tegishli tashkilotlar javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quvuroʻtkazgichlarni ishlatuvchi tashkilot, undagi ishlarning xavfsiz bajarilishiga, quvuroʻtkazgich ishini nazorat qilib turishga, taftish va taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishiga, hamda quvuroʻtkazgich konstruksiya va loyiha hujjatlariga kiritilgan oʻzgarishlarni belgilangan tartibda kelishuvdan oʻtkazilishiga mutasaddi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quvuroʻtkazgichlar va armaturalarning xizmat qilish (ishlash) muddati loyihalovchi tashkilot tomonidan belgilanib, loyihada bayon qilinishi va quvuroʻtkazgich pasportiga yozib qoʻyilishi lozim. Belgilangan ishlash muddati oʻtgan quvuroʻtkazgichlarni kelgusida ishlatish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. ShARTLI BOSIMI 10 MRA (100 kgf/cm2) BOʻLGAN TEXNOLOGIK QUVUROʻTKAZGIChLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Quvuroʻtkazgichlar klassifikatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishchi bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) boʻlgan quvuroʻtkazgichlar, transportirovka qilinadigan moddaning xavflilik sinfi (portlash-yongʻindan xavfliligi, zararliligi)ga koʻra A, B, V guruhlarga, muhitning ishchi parametrlariga koʻra esa 5 ta (I, II, III, IV,V) kategoriyaga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlar klassifikatsiyasi “10 MRa (100 kgf/cm2) gacha bosim ostidagi texnologik quvuroʻtkazgichlarni ishlatish va taʼmirlash” (K.N 39.0 — 042:2007)da berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2)gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni ishlatish, nazorat qilish, xizmat koʻrsatish, taʼmirlash ishlarini KN 39.0 — 042:2007 ga muvofiq ravishda amalga oshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Quvuroʻtkazgichlarda qoʻllaniladigan materiallarga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quvuroʻtkazgichlarni yasashda qoʻllaniladigan materiallar va tayyor buyumlarning sifati va texnik tafsiloti tegishli pasportlar yoki sertifikatlar bilan tasdiqlanadi. Pasporti yoki sertifikati yoʻq materiallar va buyumlarni standartlar, texnik shartlar va meʼyoriy-texnik hujjatlar asosida tekshiruv va sinovdan oʻtkazishni faqat II va undan past kategoriyaga mansub quvuroʻtkazgichlar uchungina qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlardagi ishlatilgan detallar, odatda, ulanadigan quvurlar materialiga mos boʻlishi lozim. Turli rusumdagi poʻlatlarni qoʻllash va payvandlashda tegishli meʼyoriy-texnik hujjatlardagi koʻrsatmalarga amal qilish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ekspertiza oʻtkazuvchi tashkilotlarning xulosalariga koʻra, davlat standartlarida va meʼyoriy-texnik hujjatlarda koʻrsatilmagan materiallardan yasalgan quvur va detallarni quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quvuroʻtkazgichning quvurlari va shaklli detallari oquvchan (eruvchan)lik chegarasining mustahkamlik chegarasiga nisbati 0,75 gacha, hamda texnologik payvandlana olish imkoniyatiga ega boʻlgan, besh karrali namunasining uzilishidagi nisbiy uzayishi eng kamida 16% va quvuroʻtkazgich elementlari devorlaridagi minimal haroratda zarbaga nisbatan qovushqoqligi eng kamida KCU = 30 J/sm2 (3,0 kgf x m/sm2) boʻlgan poʻlatdan yasalishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Chetdan keltirilgan (import) materiallar va buyumlarni qoʻllash uchun, ularning tafsilotlari Respublika standartlariga mos boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli qarorining “Sanoat xavfsizligi ekspertiza tizimi haqidagi” 2-ilovaga* monand boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yaxlit (yombi) poʻlatdan yasalgan choksiz quvurlarni, hamda ushbu quvurlardan tayyorlangan detallarni uning 100 % yuzasidagi nuqsonlarni ultratovush yordamida (UZD) nazorat qilish sharti bilan birinchi va ikkinchi kategoriyaga mansub A va B guruh quvuroʻtkazgichlarida qoʻllashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Suyultirilgan uglevodorodli gazlar (SUG), hamda A (a) guruhdagi moddalarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlar uchun choksiz issiq va sovuq deformatsiyalangan, davlat standartlariga yoki maxsus texnik shartlarga javob beradigan quvurlarni qoʻllash lozim. A (a) guruhga mansub moddalar va SUGni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlar uchun, amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlarga mos ravishda shartli diametri 400mm dan ziyod boʻlgan, elektr payvandlangan quvurlarni qoʻllash mumkin. Ayni asnoda metallning korroziyaga uchrash tezligi yiliga 0,1 mm gacha, ishchi bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2) gacha, harorati 200°S gacha boʻlib, termik ishlov berilgan, payvand choklarini UZD yoki nur yordamida 100 % nazorat qilish mumkin boʻlgan, mexanik sinovlardan yaxshi oʻtgan, zarbaga nisbatan yetarli darajada qovushqoqlikka ega boʻlganda, elektr payvandlab ulash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻllaniladigan quvurlar bir meʼyordagi kimyoviy tarkibga va V guruhga mansub mexanik xossalarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quvurlar uni yasagan korxona tomonidan gidravlik bosimga sinalgan boʻlib, quvurlarning meʼyoriy-texnik hujjatlarida qayd etilishi yoki mazkur sinov bosimni kafolatlovchi sertifikat (ruxsatnoma)ga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar choksiz quvurlarning yuzasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli qarorining 3-ilovasiga muvofiq buzmay nazorat qilish usuli bilan tekshirilgan boʻlsa, ularni gidrosinovdan oʻtkazmasa ham boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Spiral chokli elektrpayvandlangan quvurlarni quvuroʻtkazgichning faqat toʻgʻri uchastkalaridagina qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bosimi 1,6 MRa (16 kgf/cm2) dan ziyod boʻlgan suyultirilgan gazlar va bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2 ) dan katta boʻlgan harorati 300S dan yuqori B (v) va V guruhlarga mansub moddalardan tashqari A (b), B (a), B (b) guruhga kiruvchi moddalarni transportirovka qilishda qoʻllaniladigan elektrpayvandlangan quvurlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli qarorining 3-ilovasiga muvofiq termik ishlovdan oʻtgan, payvand choklari esa, buzmaydigan usul (UZD yoki nur yordami) bilan 100% hajmda tekshirilib, egilishga yoki zarbaga nisbatan qovushqoqlikka sinalgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korroziya tufayli metallda darz (yoriq)lar hosil qilmaydigan muhitni transportirovka qilish uchun tashqi diametrining devorlari qalinligiga nisbatini 50 va undan ortiq boʻlgan, termik ishlovdan oʻtmagan quvurlarni ishlatishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Korroziya tufayli metallda darzliklar hosil qiluvchi muhit bilan kontaktda boʻladigan elektrpayvandlangan quvurlarga, bosim va devorlarining qalinligidan qatʼiy nazar, termik ishlov berilib, ulardagi payvand choklar va asosiy metall qismlar buzmaydigan fizik usullar (UZD yoki nur yordamida) bilan 100 % hajmda tekshiruvdan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Uglerodli yarim qulay poʻlatdan yasalgan, devorlarining qalinligi 12 mm gacha boʻlgan quvurlarni V guruhga mansub muhitlar uchun qoʻllash mumkin. Ayni sharoitda hududdagi havo harorati 30°S dan past boʻlmasligi, hamda ishlatish paytidagi quvuroʻtkazgich devorlarining harorati 20°S dan past boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uglerodli qaynovchi poʻlatdan yasalgan, devorlarining qalinligi 8 mm gacha, bosimi esa, 1,6 MRa (16 kgf/cm2) boʻlgan quvurlarni havoning tashqi harorati — minus 10° dan past boʻlmagan sharoitlarda qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yassi payvandlangan flanetslarni shartli bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2) gacha va harorati 300°S gacha boʻlgan muhitda ishlaydigan quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash lozim. Shartli bosimi 1 MRa (10 kgf/cm2) gacha boʻlgan sharoitda ishlaydigan A va B guruhga mansub quvuroʻtkazgichlar uchun 1,6 MRa (16 kgf/cm2) shartli bosimga moʻljallangan flanetslar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Haroratidan qatʼiy nazar shartli bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2) dan ziyod sharoitda, hamda bosimidan qatʼiy nazar ishchi harorati 300°S dan katta sharoitda ishlaydigan quvuroʻtkazgichlar uchun bir-biriga zichlab payvandlangan flanetslarni qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Zichlab payvandlanadigan flanetslar toblangan yoki bandaj poʻlatdan yasalishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Flanetslar yuzasining zichlagichlarini tanlashda 1-ilovaga* amal qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. 1-kategoriyadagi texnologik obyektlarda, A va B guruhga mansub moddalarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlarda tekis yuzali zichlagichlarni qoʻllash mumkin emas (spiral usulida toʻqilgan zichlagichlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Flanetsli ulanmalarning mahkamlovchi detallari va materiallarini ish sharoiti va flanets yasalgan poʻlat rusumiga qarab tanlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Harorati 300°S dan yuqori va minus 40°S dan past sharoitda ishlovchi, flanetslarni ulashda bosim darajasidan qatʼiy nazar, shpilkalarni qoʻllash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yasalayotgan shpilka yoki boltlarning qattiqligi gaykaning qattiqligiga nisbatan 10 — 15 NV ga yuqori boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mahkamlovchi detallarni qaynovchi, yarimqulay, bessemer va avtomatik rusumlardagi poʻlatlardan yasash mumkin emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sifatli uglerodli, hamda issiqbardosh legirlangan poʻlatlardan yasalgan mahkamlash buyumlari va tayyor materiallarga issiqlik ostida ishlov berilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,6 MRa (16 kgf/cm2) bosim va 200°S gacha harorat ostida ishlovchi mahkamlash detallari, hamda rezbasining diametri 48 mm gacha boʻlgan uglerodli poʻlatlardan yasalgan mahkamlash detallariga issiqlik ostida ishlov berish shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Muhitning harorati 500°S dan yuqori boʻlganda qoʻllaniladigan austenit rusumdagi poʻlatdan yasalgan mahkamlash detallaridagi rezba (kertik)ning nakat uslida ochish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mahkamlash detallarini flanets yasalgan materialning boʻyiga uzayish (kengayish) koeffitsiyentiga yaqin darajadagilarini tanlash kerak. Bunda koeffitsiyentlarning oʻzaro farqli 10 % ziyod boʻlmasligi lozim. Alohida sharoitlarda, mustahkamlikka hisob-kitob qilib yoki tajriba asosida, mahkamlovchi detal va flanetsdagi kengayish koeffitsiyentining farqi 10 % dan ziyod boʻlgan, hamda flanets ulamalarining ishchi harorati 100°S gacha boʻlgan muhitda ishlaydiganlarni qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Flanetsli ulanmalardagi qistirma va zichlagich materiallarni transportirovka qilinadigan muhit va uning loyihada, meʼyoriy-texnik hujjatlar va (yoki) maxsus (ekspert) tashkilotlarining tavsiyasida koʻrsatilgan parametrlariga koʻra tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Quvuroʻtkazgichning shaklli detallarini transportirovka qilinadigan muhit va ishlatish sharoitlariga qarab, amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar, hamda loyihaga asoslanib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Quvuroʻtkazgichlarning shaklli detallarini choksiz va toʻgʻri chokli poʻlat quvurlardan yoki prokat listlardan yasash mumkin. Ular yasalgan metall xossalari loyiha va meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga, hamda ular ulanadigan quvurlar materiallari xossalariga mos boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Korroziya tufayli darzliklar hosil qiluvchi muhitda ishlaydigan quvuroʻtkazgichlarning detallariga, konstruksiyasidan qatʼiy nazar, issiqlik taʼsirida ishlov berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar quvuroʻtkazgich seksiyalarida ulangan detallar va uch yoqli payvandlangan quvurlarga avval issiqlik taʼsirida ishlov berilgan boʻlsa, ularga oʻsha joylarning oʻzida issiq ishlov berish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Quvuroʻtkazgichning payvandlanadigan detallarini muhitning tajovuzkorligi, harorati va bosimini hisobga olib, mavjud meʼyoriy-texnik hujjatlarga tayanib tanlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Fitinglarni payvandlash va payvand choklari sifatini tekshirishni amaldagi meʼyoriy-texnik va loyiha hujjatlari talablariga mos ravishda oʻtkazish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Quvuroʻtkazgichdan ajraladigan tarmoqlarni oʻrnatishda Qoidalarning 2-ilovasida koʻrsatilgan usullaridan birini qoʻllab bajarish kerak. Uch yoqli ulanmalarga mustahkamlik beruvchi moslama (qovurgʻa)lar oʻrnatib ulash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Payvandlab tayyorlangan uch yoqli (troynik)larni tarmoqdagi bosim 10 MRa (100 kgf/cm2) gacha boʻlganda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Koʻndalang kesimi Dsh 150 — 400 mm boʻlgan payvandlab yasalgan tarmoq (ulama)larini bosimi 6,3 MRa (63 kgf/sm2) gacha boʻlgan texnologik quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash lozim. Koʻndalang kesimi Dsh 150 — 400 mm gacha boʻlgan payvandlab tayyorlangan tarmoq (ulama)larini bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2 ) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Koʻndalang kesimi Dsh 250 — 400 mm boʻlgan konsentrik va ekssentrik usulda payvandlangan oʻtkazish qurilmalarini bosimi 4 MRa (40 kgf/cm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda, diametri Du 500 — 1400 gacha boʻlganlarini esa, bosimi Rsh 2,5 MRa (25 kgf/sm2) li quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poʻlatdan yasalgan joylar chegaralari muhitning harorati va tajavvuzkorligiga qarab ishlatilayotgan quvurlar rusumi chegarasiga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtish joylaridagi payvand choklari 100 % hajmda ultratovush yoki radiografik usulda tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Yaproqsimon oʻtkazish joylarini bosimi 1,6 MRa (16 kgf/cm2) gacha va kesimi Dsh 100 — 500 mm gacha boʻlgan texnologik quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaproqsimon oʻtkazish joylarini suyultirilgan gazlar va A (a) guruhga mansub moddalarga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Yaproqsimon oʻtkazish joylarini payvandlagandan keyin, choklarini 100 % hajmda ultratovush yoki radiografik usulda tekshiruvdan oʻtkazish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaproqsimon oʻtkazish joylarini yasab boʻlgandan keyin, ularga yuqori harorat ostida ishlov berish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Xochsimon (krestovina) payvandlash usulini uglevodorodli poʻlatdan yasalgan, ishchi harorati 250°S gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektrpayvandlab yasalgan xochsimon quvurlarni bosimi 1,6 MRa (16 kgf/cm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin. Ayni paytda, ular 2,5 MRa (25 kgf/sm2) bosimga moʻljallangan quvurlardan yasalgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Choksiz quvurlardan yasalgan xochsimon quvurlarning bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2 ) gacha boʻlgan sharoitda koʻllash mumkin. Ular albatta, 4 MRa (40 kgf/cm2) bosimga moʻljallangan poʻlat quvurlardan tayyorlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Texnologik quvuroʻtkazgichlar uchun, odatda, qaynoq shtampovkalash yoki choʻzish, egish va shtampovkalash usulida choksiz va toʻgʻri payvand chokli quvurlardan tayyorlangan tik egik ulamalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Choksiz quvurlardan tayyorlangan egik ulamalar, tik egik va payvandlangan ulamalar oʻrniga muhiti notekis harakatlanuvchi (titrash), hamda koʻndalang kesimi 25 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlardagi gidravlik qarshilikni maksimal darajada pasaytirish zarur boʻlgan sharoitlarda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egilish radiusi K ≥ 2 Dn boʻlgan, ishlab turgan quvurlar turiga mos materialdan yasalgan, tekis egilgan ulamalarning ishlatish chegaralari oʻzaro yaqin boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tekis egilgan ulamalarning egilish radiusini belgilashda mavjud loyihaviy va (yoki) meʼyoriy-texnik hujjatlarga amal qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvur uchidan egish joyigacha boʻlgan toʻgʻri qismining uzunligi quvur diametriga teng boʻlishi, ammo 100 mm dan kam boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatiladigan tiqin (berkitgich)larni muhitning ishchi parametrlari va ishlatishdagi muayyan sharoitlarini hisobga olib tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Flanetslardagi yoki flanetslar orasiga oʻrnatiladigan berkitgichlarni flanetslardagi materiallar uning ishlashi jarayonidagi harorat chegarasini hisobga olib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Tez echib olinadigan berkitgich (tikin)larni loyihaga mos ravishda ishlab chiqiladi va oʻrnatiladi. Yassi payvandlangan va qirrali tiqinlarni bosimi 2,5 MRa (25 kgf/cm2) gacha boʻlgan, A va B guruhga mansub moddalarni transportirovka qiluvchi texnologik quvuroʻtkazgichlarda koʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Flanetslar orasiga oʻrnatiladigan, hamda tez echib olinadigan tiqinlarni, oʻzaro aralashishi mumkin boʻlmagan turli muhitlarni ajratish maqsadida qoʻllash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tiqinlarning materiali va ularning sifati sertifikat bilan kafolatlanishi lozim. Har bir echib olinadigan tiqin (dumi yoki silindr yuzasi) ga uning tartib raqami, poʻlatining rusumi, shartli bosim va shartli kesimi yozilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Tiqinni oʻrnatish va echib olish maxsus jurnalga qayd etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. 10 MRa (100 kgf/cm2) DAN 320 MRa (3200 kgf/cm2) GAChA BOʻLGAN YuQORI BOSIMLI TEXNOLOGIK QUVUROʻTKAZGIChLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Quvuroʻtkazgichlarning konstruksiyasi uni xavfsiz ishlatish, hamda zaruratga koʻra toʻliq boʻshatish, tozalash, yuvish, puflash, tashqi va ichki tomonlarini koʻrikdan oʻtkazish, nazorat qilish, taʼmirlash, undagi havoni, agar gidravlik sinovdan oʻtkazilgan boʻlsa, undagi suvni chiqarib yuborish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Agar quvuroʻtkazgichning konstruksiyasi uni tashqi va ichki tomonini koʻrikdan oʻtkazish, nazorat yoki sinovdan oʻtkazishga imkon bermaydigan boʻlsa, loyihada nosozliklarni oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etish, mazkur ishlarning davriyligi (oʻtkazish muddatlari), ish hajmi va usullari loyihada bayon etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. 35 MRa (350 kgf/cm2) gacha boʻlgan bosimdagi quvuroʻtkazgichlarning ulash elementlarini, taglik halqasiz payvand chokli usul bilan tutashtirish lozim. Quvuroʻtkazgichlarni oʻzlarining flanetslari boʻlgan apparatlar, armaturalar va boshqa uskunalarga, hamda ish davomida vaqti-vaqti bilan qismlarga ajratish yoki almashtirish zarur boʻlgan uchastkalarga flanetsli ulashni qoʻllashga ruxsat etiladi. 35 MRa (350 kgf/cm2) dan ziyod bosimdagi quvuroʻtkazgichlarni ulashda maxsus talablar va texnik shartlarga rioya qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Bosimi 35 MRa (350 kgf/cm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarning toʻgʻri uchastka (qism)lariga shtutserlar, quvurlardan payvandlab yasalgan uchyoqlilarni, ikkita boʻylama chokli shtamplab payvandlangan tirsaklarning choklariga 100 % hajmda buzmay tekshirish oʻtkazish sharti bilan oʻrnatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Quvuroʻtkazgichlarning payvand choklari ustiga, hamda egik elementlar (burilgan joy)lar ustiga shtutserlarni payvandlab ulash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosimi 35 MRa (350 kgf/cm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichning egilgan (burilish) joylariga faqat oʻlchov apparatlarini oʻrnatishga moʻljallangan, diametri 25 mm gacha boʻlgan bitta shtutserni oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. 650 MRa (6500 kgf/cm2) va undan yuqori boʻlgan bosimdagi quvurlarning uzilishga vaqtinchalik qarshiligi oʻta mustahkam poʻlatdan yasalgan quvuroʻtkazgich elementlarini tutashtirish uchun rezbali mufta yoki flanetsli ulash usulini qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Payvand choklari koʻproq zoʻriqadigan, hamda metallning eyilishi tufayli paydo boʻlgan qoldiq deformatsiya joylarining izolatsiyasini echib olish imkoniyati zarurligini hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Quvuroʻtkazgich konstruksiyasiga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Yuqori bosimda ishlovchi quvuroʻtkazgichlarning detallarini toblangan metalldan, hajmli shtampovkalar va quvurlardan yasash lozim. Moʻljaldagi ishlash muddatida barcha ishlatish shartlariga javob bera oladigan boshqa turdagi detallarni ham qoʻllashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Tarmoqlanuvchi quvuroʻtkazgich ichki diametrining toblangan uchyoqli moslamalardagi asosiy quvur ichki diametriga nisbati 0,25 dan kam boʻlmasligi kerak. Shtutserning diametri va asosiy quvur diametrlari oʻrtasidagi nisbat 0,25 dan oz boʻlganda, shtutser yoki uchyoqli detallar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Quvurlardan payvandlab yasalgan uchyoqliklar, shtamppayvand halqalar, egik tarmoqlanish joylari, shtutserlarning konstruksiyalari va geometrik oʻlchamlari amaldagi talablarga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Quvurlardan payvandlab yasalgan uchyoqliklar, shtamppayvandlangan tarmoq detallari, elektr shlak texnologik usulda yasalgan quyma uchyoqlik va tarmoq detallarini quvuroʻtkazgichdagi bosim 35 MRa (350 kgf/cm2) gacha boʻlgan sharoitlarda ishlatish mumkin. Ayni sharoitda barcha payvand choklari va quyma metall detallar 100 % hajmda buzmay tekshirishdan oʻtkazilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Tarmoq ulanadigan shtutser ichki diametrining payvandlangan uchyoqliklarga ulangan asosiy quvur ichki diametriga nisbati 0,7 gacha boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Sektorlardan payvandlab yasalgan tarmoq detallarini ishlatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Tarmoq quvurlarini egishdan keyin termik ishlovdan oʻtkazish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. 20, 15GS, 14XGS rusumdagi poʻlatdan yasalgan tarmoq detallarini sovuq holda egishdan keyin mazkur jarayongacha toblanganligini hisobga olib, ularga issiq ishlov beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Echib olinadigan ulamalarda rezbali va mazkur Qoidalarning 66-bandidagi talablar asosida zichlab payvandlangan flanetslarni qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Flanetsli ulamalar uchun zichlagich elementlar sifatida metall qistirma — yassi, sakkizburchak, oval va boshqa shakllardagi linzalardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Quvuroʻtkazgich detallarida, rezbali flanetslarda, muftalar va boshqa mahkamlovchi ashyolarda standart rezbalar ochiladi. Tashqi rezbalarning botiq shakli dumaloqlangan boʻlishi kerak. Rezbalarga ruxsat 6N, 6g shaklida boʻlishi lozim. Rezbaning sifati rezba kalibrining qulay oʻtishi bilan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Mahkamlovchi detallarni sovuq deformatsiyalab tayyorlagandan keyin ularga termik ishlov berish zarur. Austenit poʻlatdan yasalgan shpilkalarda, muhit 500°S dan ziyod boʻlganda, rezba ochish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Payvand choklarining konstruksiyasi va joylashuvi ularni qulay bajarish, hamda yasash, montaj qilish, ishlatish va taʼmirlashda qulay nazorat qilishni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Yonma-yon halqasimon payvand choklari orasidagi masofa quvur devorining qalinligi 8 mm gacha boʻlganda, eng kamida 50 mm ni, 8 mm dan katta boʻlganda esa, eng kamida 100 mm dan iborat boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday sharoitda ham mazkur oraliq termik ishlov va buzmasdan tekshiruv oʻtkazish imkoniyatini berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payvand choklari quvur turgan tayanchdan kamida 50 mm (diametri 50 mm dan kam boʻlgan quvurlar uchun) va 200 mm (diametri 50 mm dan katta boʻlgan quvurlar uchun) narida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Quvurning egilgan (burilgan) joyidan halqa payvand chok oʻrtasigacha boʻlgan oraliq diametri 100 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun tashqi diametri oʻlchamidan kam (eng kamida 50 mm) boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yuqori bosimdagi quvuroʻtkazgichlarda qoʻllaniladigan materiallarga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Ish sharoitidagi bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) dan 320 MRa (3200 kgf/cm2) gacha, hamda harorati minus 50 dan 540°S gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun standart materiallar va yarim fabrikatlarni qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Vodorod sulfidi, uglerod oksidi, ammiak kabi korroziya sodir etuvchi muhitda qoʻllaniladigan materiallar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. 3-ilovaning 1-jadvalida berilgan poʻlatlarning parametrlari, metall chokidagi legirlovchi elementlar miqdori asosiy metalldagidan kam boʻlmaslik sharti bilan payvandlovchi birikmalarga taalluqli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15X5 va 15X5M-III rusumli poʻlatlarni, ish sharoitidagi harorat 540°S gacha, vodorodning parsial bosimi 6,7 MRa (67 kgf/cm2) gacha boʻlgandagina, qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllash sharoiti, karbonil korroziya uchun yiliga eng koʻpi bilan 0,5 mm, azotlanish tezligi uchun esa, yiliga eng koʻpi bilan 0,5 mm deb qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Ishlatiladigan yarim fabrikatlarning sifati va xossalari ularning sertifikatlarida yoki tegishli belgilarida yozilgan boʻladi. Sertifikati yoʻq yoki markirovkasi toʻliq boʻlmagan yarim fabrikatlarni barcha zarur sinovlardan oʻtkazib, natijalarini sertifikatni toʻldiruvchi yoki oʻrnini bosuvchi bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Yarim fabrikatlarni tayyorlagan korxona (zavod) materialning kimyoviy tarkibini tekshirib chiqishi lozim. Sertifikatga yarim fabrikatga bevosita aloqador kimyoviy tahlili yoki yarim fabrikatni tayyorlashda ishlatilgan ashyoning kimyoviy tahlili natijalarini yozish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Yarim fabrikatlar yasalgan metallning mexanik xossalarini 20° haroratda choʻzilishga sinash yoʻli bilan tekshiriladi. Ayni jarayonda metallning uzilishga vaqtinchalik dosh berishi, choʻzilishning shartli va tabiiy chegarasi, zarbali egish davomidagi choʻzilish nisbati va qisqarish nisbati aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91.U (KSU) va V (KSU) turidagi konsentratorli namunalardan yasalgan yarim fabrikatlar atrof muhitdagi harorat 20°S boʻlganda, hamda mahsulot sovuq haroratda ishlatilayotgan boʻlsa, zarbli egishga sinaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha haroratlarda KS11 turidagi konsentratorlarning zarbaga qovushqoqligi kamida 30 J/sm2 (3,0 kgf x m/sm2 ), KSU turidagilarda esa, kamida 25 J/sm2 (2,5 kgf x m/sm2) boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Yuqori haroratlarda mexanik xossalarning meʼyoriy darajalari va sinov oʻtkazish harorati yuqori haroratda ishlashga moʻljallangan yarim fabrikatlarning texnik hujjatlarida koʻrsatilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. 400°S dan yuqori haroratda ishlashga moʻljallangan yarim fabrikatlar uchun, mexanik yoyilishga qarshilik koʻrsatish darajasi belgilanib, qayd qilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Quvur materiallarini qoʻllash chegarasi, sinov va nazorat turlari meʼyoriy hujjatlarga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Choksiz quvurlar toblangan yoki toʻla (yaxlit) metalldan yasaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Har bir quvurni gidravlik sinovdan oʻtkazish rejalashtiriladi. Sinov paytida hosil qilinadigan bosim darajasi quvurlar uchun berilgan normativ-texnik hujjatlarda belgilangan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Quvurlar tayyorlovchilar (zavod) tomonidan termik ishlov berilgan holda keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir quvurning oxiri (uchi)da, poʻlat rusumi, eritish tartib raqami, tayyorlovchi va partiya (uyum) tartib raqami yozilgan tamgʻa qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Ichki diametri 14 mm va undan katta boʻlgan quvurlar buzmaydigan usul bilan, 14 mm dan kichik diametrli quvurlar esa, magnit-kukun yoki kapillyar (rangli) usulida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Korroziyaga chidamli poʻlatdan yasalgan quvurlar, loyihada taʼkidlangan boʻlsa, kristallararo korroziya (MKK)ga moyilligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Toblangan poʻlat olish uchun past legirlangan va korroziyabardosh poʻlatlarni qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Quvuroʻtkazgich uchun toblangan detallar IV va IVK guruhga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Toblangan poʻlatning oʻlchamlarini hosil qilishda, ular mexanik ishlov, razmerlar chegarasi, texnologik va namuna uchun chiqindilarni hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Uglerodli, pastlegirlangan va legirlangan poʻlatlardan yasalgan, oʻlchami 200 mm dan katta, qalinligi 50 mm dan ziyod boʻlgan toblanmalarning har biri alohida ultratovush yoki boshqa shunga teng keladigan usul bilan tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan toblanmalarning eng kamida 50 % defektoskopiya (nuqsonlarni tekshirish)dan oʻtkaziladi. Nazorat oʻtkaziladigan nuqtalar toblanma yuzasini bir tekis qamrab olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Shpilkalar, gaykalar, flanetslar va linzalar yuqori navli poʻlatdan tayyorlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Shpilka, gayka, flanets va linzalar tayyorlangan materiallar mazkur ashyoga berilgan normativ-texnik hujjatlardagi talablarga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Flanetslar va mahkamlovchi detallar uchun moʻljallangan turli rusumdagi poʻlatlarni qoʻllash chegarasi, zaruriy sinovlar va tekshiruvlar turi mavjud normativ-texnik hujjatlarga mos boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Mahkamlovchi detallar uchun materiallar mazkur Qoidalarning 41-bandiga muvofiq tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Gayka va shpilkalar turli rusumdagi poʻlatdan yasalishi mumkin. Bir xil rusumdagi poʻlatdan yasaganda esa, turli qattiqlikka ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Quvuroʻtkazgichlarni tayyorlash (yasash)ga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Payvandlab yigʻilgan birikmalar quvuroʻtkazgichlarni tayyorlash, tasdiqlangan yoʻriqnomalar yoki texnologik hujjatlar asosida bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjatlarda quvuroʻtkazgichlarni payvandlash texnologiyasi, qoʻshimcha materiallarni qoʻllash usuli, nazorat qilishning turlari va hajmi, hamda dastlabki va ish jarayonida qizdirib turish, termik ishlov berish zaruratlari yozilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Yigʻilgan birikmalarni, mazkur Qoidalar, standartlar yoki texnik shartlar talablariga mos ravishda sifatini taʼminlay oladigan texnik imkoniyat va mutaxassislarga ega boʻlgan korxonalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Tayyorlash, montaj qilish, taʼmirlash jarayonlaridan oldin quvurlar, toblangan detallar, payvandlangan joylar, payvandlash materiallarining mazkur Qoidalar, standartlar, texnik shartlar va texnik hujjatlar talablariga mos kelishini tekshirib koʻrish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Mazkur materiallar va jihozlar, sertifikatlar, pasportlar va maxsus belgilar bilan butlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Yigʻma birikmalar va quvuroʻtkazgich elementlarini dastlabki tekshiruv hajmi va usullari 4-ilovaga* mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Quvurlar, toblangan detallar va payvandlash materiallari butun toʻplam (uyumi)i boʻyicha tekshiruvdan oʻtkaziladi. Tekshirish usullari keltirilgan ashyolarga doir texnik shartlarga mos ravishda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Quvurlar, detallar, toblamalarning yuza qismini kattalashtiruvchi asboblar qoʻllamay koʻrikdan oʻtkazish mumkin. Ichki yuzasini esa asboblar yordamida tekshirib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan meʼyordan chuqurlikda nuqson (chiqindilar, uzilish, yirtiq va sh. k.)lar aniqlanganda quvurlar ishlatishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Agar bunday nuqsonlar ishlov berilayotgan yuzada aniqlansa va ularning chuqurligi texnologik ishlov uchun sarflanadigan qismining 75 % dan oshmasa, bunday quvurlarni ishlatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Mexanik sinovlar uchun eng qattiq va eng past qattiqlikka ega boʻlgan quvurlar va toblanmalar saralab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Saralab olingan har bir quvur uchidan quyidagi sinovlar uchun boʻlaklar kesib olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 20°S haroratda choʻzilishga sinash uchun 2 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 20°S da zarbali egib sinash uchun 2 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishchi haroratda choʻzilishga sinash uchun 2 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sovuq haroratda zarbali egib sinash uchun 2 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mikrostrukturasini oʻrganish uchun 1 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ezib (pachaqlab) sinash uchun 1 namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) statik egib sinash uchun 1 ta namuna.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Har bir saralab olingan toblamadan quyidagi sinovlar uchun boʻlaklar kesib olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 20°S da choʻzilishni sinash uchun 1 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 20°S da zarbali egib sinash uchun 2 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishchi haroratda choʻzilishga sinash uchun 1 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sovuq haroratda zarbali egib sinash uchun 2 ta namuna.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Kristallararo korroziyaga mustahkamlik (pishiqlik)ni tekshirish uchun namunani normativ-texnik hujjatlar talabiga mos ravishda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Quvurlar, toblanmalar, erigan metall yoki payvand choklaridagi metallning kristallararo korroziyaga mustahkamligini sinash, hamda ferrit fazaning miqdorini aniqlash zarurati loyihada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Quvur metallida makrotadqiqot oʻtkazish uchun zarbali egishda qoʻllanilgan namunadan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. 117-119 - punktlardagi talablar asosida oʻtkazilgan sinovlar natijalari biror koʻrsatgich boʻyicha qoniqarsiz boʻlganda, oʻsha turkumdagi lekin boshqa quvurlardan olingan namunalar sonini 2 barobarga oshirib turib, qayta sinov oʻtkazish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sinov natijalari ham qoniqarsiz deb topilganda, har bir quvur (toblanma) alohida qayta sinovdan oʻtkaziladi. Qoniqarsiz natijali quvurlar brakka chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Quvurlar, toblanmalar, detallarning kimyoviy tarkibi tayyorlangan mahsulotning sertifikati (pasporti)ga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. 03X17N14MZ rusumdagi metalldan tayyorlangan quvurlar va toblanmalardagi ferrit fazasining miqdorini tekshirish zarur. Mazkur koʻrsatgich 0,5 ball (1-2 %)dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Tayyor “tirsak” va tarmoq detallarida matritsaning qisish izi (asorati) boʻlish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Yigʻilgan toʻplanmalar gabaritlarining oʻlchamidagi farq ±10 sht dan katta boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Yigʻilgan toʻplanmalar gabaritlarining oʻlchamlari (shu jumladan, idish oʻlchami ham) transport vositalari uchun belgilanganidan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Quvurlar va detallarning ichki diametri boʻylab payvand choklarining nomutanosibligi, ular devorlari qalinligining 10 % dan ortmasligi, ammo 1 mm dan ziyod boʻlmasligi zarur. 1 mm dan ortiq boʻlganda, ichki diametr boʻylab 12—15° burchak ostida charxlab tekislash kerak. Charxlash chuqurligi quvur devorlari qalinligidagi meʼyori chegarasida boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Quvur va quvuroʻtkazgich detallarining tashqi diametri boʻylab chekkalarining nomutanosibligi devorlari qalinligining 30 % (5 mm )idan katta boʻlmasligi kerak. Mazkur oʻlchamlar katta boʻlganda, quvur yoki detalning tashqi tomoni 12 — 15° K burchak ostida kesib, yoʻnib tashlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kesish (yoʻnish) mumkin boʻlmagan quvurlarni detallar bilan ulashda, ruxsat etilgan nomutanosiblikni bartaraf etuvchi perexodnik (oʻtkazish-ulash) moslamani qoʻllash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. QUVUROʻTKAZGICh ARMATURALARINI QOʻLLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Quvuroʻtkazgichlarga ulanishiga qarab armaturalar flanetsli, muftali, tsapkali, payvandlanadigan turlarga boʻlinadi. Muftali va tsapkali choʻyan armaturalarning koʻndalang kesimi (Dsh) 50 mm dan katta boʻlmagan, yonmaydigan, neytral muhitlar uchun moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarda qoʻllaniladi. Muftali va tsapkali poʻlat armaturalarni esa, koʻndalang kesimi (Dsh) 40 mm gacha boʻlgan, barcha muhitlar uchun moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Flanetsli va payvandlanadigan armaturalarni barcha kategoriyadagi quvuroʻtkazgichlarda qoʻllashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatishdagi vazifasiga koʻra quvuroʻtkazgich armaturalarining berkituvchi, tartiblovchi, saqlovchi, taqsimlovchi, himoyalovchi va fazaga ajratuvchi turlari maʼlum.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllaniladigan quvuroʻtkazgich armaturalari sanoat quvuroʻtkazgich armaturalariga xos xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Quvuroʻtkazgich armaturalarini tayyorlovchilar butlangan, sinalgan, hamda qismlarga ajratmay ishga tushiriladigan qilib joʻnatishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Armatura ishlariga doir hujjatlar, jumladan pasporti, texnik tavsifi va ishlatishga oid qoʻllanmalari bilan butlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Armaturada shartli bosim, shartli diametri, materialining rusumi, zavod yoki inventarizatsiya tartib raqami mavjud boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatishga oid hujjatlari va tegishli belgilari boʻlmagan armaturalarni, avval taftishdan, sinovdan va texnik diagnostika (ekspertiza)dan oʻtkazib turib, V kategoriyaga mansub barcha quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diametri (ichki) 200 mm dan katta boʻlgan choʻyan armaturalarning pasporti, belgilari va saqlash muddati bor-yoʻqligidan qatʼiy nazar, ishlatishga oʻrnatishdan oldin taftishdan va mustahkamlik, hamda zichlikka gidravlik usulda sinovdan oʻtkazish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Quvuroʻtkazgichlar armaturalari uchun materialni, ularni ishlash sharoiti, parametrlari va transportirovka qilinadigan muhitning fizik-kimyoviy xossalari va normativ-texnik hujjatlashtirishga doir talablariga koʻra tanlash kerak. Poʻlat yoki choʻyan armaturalarni ishlatish mumkin emasligi isbotlangan vaziyatlarda rangli metall va qotishmalardan yasalgan armaturalarni qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Elektr yordamida ishga tushiriladigan armaturalarni tanlashda elektruskunalarni xavfsiz ishlatish shartlari va zaruratga koʻra portlashdan himoyalanganligi haqidagi shartlarga amal qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Shartli diametri 500 mm dan katta va shartli bosimi 1,6 MRa (16 kgf/cm2) gacha, hamda diametri 350 mm dan ziyod va shartli bosimi 1,6 MRa (16 kgf/sm2 ) dan yuqori boʻlgan berkitish armaturalarini qoʻlda ochishda kam kuch sarf qilish maqsadida, berkitish organining har ikkala tomonidagi bosimni tenglashtirish uchun aylanma tarmoq (baypaslar) bilan jihozlash lozim. Aylanma tarmoqning shartli oʻtkazish (diametri) quyidagi koʻrsatgichlarda (mm) boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berkitish armaturasi‎ 350 — 600‎ 700 — 800‎ 1000‎ 1200‎ 1400‎
aylanma tarmoq (baypas)‎ 50‎ 80‎ 100‎ 125‎ 150‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Berkitish armaturalarini tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shartli oʻtkazish diametri 50 mm va undan katta boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun tavsiya etiladigan berkitish armaturasi, eng oz gidravlik qarshilikka ega, zatvori yaxshilab zichlangan, uncha katta boʻlmagan uzunlikdagi, hamda muhit harakatidagi oʻzgaruvchan yoʻnalishga dosh beradigan surma zulfin hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shartli oʻtkazish diametri 50 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun berkituvchi klapanlar qoʻllaniladi. 50 mm dan katta diametrli quvuroʻtkazgichlarning berkitish qurilmasidagi gidravlik qarshilikning miqdori ahamiyatga ega boʻlmasa yoki bosimni qoʻlda drosselirlanganda berkitish klapanlaridan foydalanish mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa armaturalarni qoʻllash mumkin boʻlmaganda yoki maqsadga muvofiq boʻlmasa joʻmraklardan foydalanish mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) berkitish armaturasidan tartiblovchi (drossellovchi) armatura sifatida foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Armaturani transportirovka qilinadigan muhitning ishchi parametrlari va xossalariga koʻra normativ-texnik hujjatlarga muvofiq ravishda tanlash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Berkituvchi quvuroʻtkazgich armaturasidagi zatvorning germetikligi zarur zichlikni taʼminlay olish shartiga koʻra tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zatvorlarning germetiklik klassi armaturaning vazifasiga qarab quyidagi tartibda tanlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) A-klass — A, B (a), B (b) guruhdagi moddalar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) V-klass — B (v) guruh uchun va V guruh uchun esa, shartli bosim Rsh 4 MRa (40 kgf/cm2) dan ziyod boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) S-klass — V guruhdagi moddalar uchun shartli bosim Rsh 4 MRa (40 kgf/cm2) dan kam boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Uglerodli va legirlangan poʻlatdan yasalgan armaturalarni korroziya sodir etish tezligi yiliga 0,5 mm gacha boʻlgan muhit uchun qoʻllash mumkin. Korroziya hosil qilish tezligi yiliga 0,5 mm dan katta boʻlgan muhitlar uchun armaturani maxsuslashtirilgan (ekspert) tashkilotlarning tavsiyasiga muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. KCh 30-6 dan yuqori rusumli toblangan choʻyan va SCh 18-36 dan yuqori rusumli kulrang choʻyandan yasalgan armaturalarni V guruhga mansub muhitlarni transportirovka qilishda (144-banddagi chegaralashlarni inobatga olib) qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Toblangan choʻyandan yasalgan armaturani muhitning ishchi harakati minus 30°S dan yuqori va 150°S gacha, bosimi 1,6 MRa (16 kgf/cm2) ga boʻlgan suyultirilgan gazlardan tashqari A (b), B (a) guruhdagi, qaynash harorati eng kamida 45°S boʻlgan B (b) guruhdagi muhitlar uchun qoʻllash mumkin. Ayni sharoitda ishchi bosimi 1 MRa (10 kgf/cm2) gacha boʻlgan muhit uchun shartli bosimi Rsh kamida 1,6 MRa (16 kgf/cm2) ga moʻljallangan armatura, ishchi bosimi 1 MRa (10 kgf/cm2) dan katta boʻlgan muhit uchun esa 2,5 MRa (25 kgf/cm2) ga moʻljallangan armatura qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. A (a) guruhidagi suyultirilgan gazlar, B (b) guruhdagi qaynash harorati 45°S dan past boʻlgan TAS kabi muhitlar transportirovka qilinadigan quvuroʻtkazgichlarda toblangan choʻyandan yasalgan armaturani qoʻllash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. A va B guruhdagi moddalarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlarda, hamda yoʻldosh sifatida foydalaniladigan bugʻoʻtkazgich va issiq suv quvuroʻtkazgichlarida kulrang choʻyandan yasalgan armaturani qoʻllash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Quyidagi sharoitlarda, muhit qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, kul rang va toblangan choʻyandan yasalgan armaturalarni qoʻllashga ruxsat etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) titrab turadigan quvuroʻtkazgichlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muhitining harorati keskin oʻzgarib turadigan quvuroʻtkazgichlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) drossel-effekt oqibatida armaturasi anchagina sovub ketadigan quvuroʻtkazgichlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bosimga bogʻliq boʻlmay, quvuroʻtkagichning tashqi devorlaridagi harorat 0°S dan past boʻlganda muzlab qoladigan suv yoki boshqa suyuqliklari bor boʻlgan A va B guruhga mansub moddalarni transportirovka qiladigan quvuroʻtkazgichlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ochiq maydonchalarda oʻrnatilgan nasoslarni oʻrovchi quvuroʻtkazgichlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) portlashdan xavfli va zaharli moddalar saqlanadigan rezervuar va boshqa idishlarni oʻrovchi quvuroʻtkazgichlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Muhitning harorati 40°S dan past boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda tanasining eng past haroratida metallning zarbaga qovushqoqligi 20 J/sm2 (2kgs x m/sm2) dan past boʻlmagan tegishli legirlangan poʻlatdan, maxsus qotishma yoki rangli metalldan yasalgan armaturani qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Suyuq va gazsimon ammiak transportirovka qilinadigan quvuroʻtkazgichlarda, 142-bandda bayon etilgan meʼyorlar chegarasida toblangan choʻyandan yasalgan maxsus armaturalardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Shartli oʻtkazish (koʻndalang kesimi) diametri 400 mm dan katta boʻlgan berkitish armaturalarini mexanik usulda (shesternyali, chervyakli, elektr toki, pnevmatik, gidravlik va sh. k.) ishga tushirish lozim. Ishga tushirish usulini texnologik jarayon va loyihada koʻrsatilishiga koʻra tanlanadi. Elektr energiyasi yordamida ishga tushiriladigan berkitish armaturalarida, qoʻshimcha ravishda, qoʻlda boshqarish moslamasi boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Gidravlik yordamida ishga tushiriladigan armaturalarda ishlatish sharoitlariga mos keladigan, yonmaydigan va muzlab qolmaydigan suyuqliklarni qoʻllash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Sovuq iqlim sharoitida pnevmatik ishga tushirish moslamalarida kondensat hosil boʻlishining oldini olish maqsadida, tizimdagi gazni, quvuroʻtkazgich uchun hisoblab chiqilgan salbiy (sovuq) haroratda tomchi hosil boʻlish darajasigacha quritish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Tez harakatlanib ishga tushadigan armaturalar texnologik jarayonni xavfsiz bajarishga doir talablarga javob berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Armaturalarni qoʻlda ishga tushirish uchun zanjir, sharnirli ulamalar va sh.k. lardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Quvuroʻtkazgichning echib olinadigan ulamalari (flanets, mufta va sh. k.) orqali xavfli muhit (modda) sizib chiqishi ehtimoli mavjud boʻlgan sharoitlarda payvandlanadigan armaturalardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Yuqori bosimli quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatiladigan armaturani chizmalar va mazkur armaturaga xos texnik shartlar asosida tayyorlash lozim. Armatura yasaladigan materiallar chizmada bayon etilishiga koʻra tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Armaturaning detallarida uni ishlatganda, mustahkamligi va zichligiga taʼsir etadigan nuqsonlar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toblanmalar, shtampovkalar, quymalarni buzmay tekshirish (radiografiya, UZD va boshq.) usuli bilan nazoratdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payvandlangan armaturalar quyma quvurlarining uchi ham mazkur tekshiruvdan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shpindel, vtulka, patrubka tanasi va flanetslardagi rezbalar eyilishi (silliqlanib qolishi)ga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patrubka va flanetslar tanasidagi rezbalar qadami (oraliq) yirik va ruxsat etilgan oraligʻi 6 g boʻlishi lozim. Rezbalardagi chuqurlik shakli dumaloq boʻlishi zarur. Zichlovchi sathi obdan silliqlangan boʻlishi lozim. Oʻyiq boʻrtib chiqqan, parda, sochsimon tolali, yoriqlik kabi, zichligini, mustahkamligini, ishonchliligini, jipsligini pasaytiradigan boshqa nuqsonlar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Ishchi bosimi 35 MRa (350 kgf/cm2) dan ziyod boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda quyma armaturani qoʻllash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Jipslanuvchi sathi silliq boʻlgan flanetsli armaturalarni yuqori bosimli quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Linzasimon va oval shaklidagi qistirmalardan foydalanilganda, shartli bosimi 20 MRa (200 kgf/cm2) va undan kattaga moʻljallangan armaturalar flanetsli yuzasini davlat standartlari asosida, armatura flanetsining oʻzini amaldagi normativ-texnik hujjatlar asosida tayyorlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, asbometall qistirmalar yordamida flanetslarni “chuqurcha-boʻrtiq” usulida jipslashtirishni quvuroʻtkazgichdagi bosim 35 MRa (350 kgf/cm2) gacha boʻlgandagina qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. QUVUROʻTKAZGIChLARNING TUZILIShI VA JOYLAShTIRIShGA DOIR TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Quvuroʻtkazgichlarni joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni yotqizish (oʻrnatish) ishlari loyiha asosida, sanoat xavfsizligiga doir normativ-texnik hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Quvuroʻtkazgichlarni oʻrnatish quyidagi shartlarni taʼminlashi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) loyihada belgilangan koʻtarish-transportirovka qilish vositalaridan foydalanish va texnik holatini bevosita nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) montaj va taʼmirlash ishlarini inobatga olgan holda, mexanizatsiya vositalarini qoʻllab, texnologik bogʻlanma va bloklarga ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nazorat, payvand choklariga termik ishlov berish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha barcha turdagi ishlarni bajarish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quvuroʻtkazgichlarni izolatsiyalash, korroziyadan, atmosfera va statik elektr hodisasidan himoyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quvuroʻtkazgichlarda muz va boshqa tiqilib qolish holatlarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quvuroʻtkazgichlarning eng kam uzunligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) osilib (salqib) qolish holati va ichida muhitning toʻxtab qolishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) quvuroʻtkazgichlar harorat taʼsiridan deformatsiya (uzunligi, kengligining oʻzgarishi) ga uchraganda, oʻz-oʻzini kompensatsiya qilish (oʻz holiga qaytish) imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) koʻtarish mexanizmlari, uskunalar va oʻt oʻchirish vositalarining qulay harakatlanish imkoniyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Quvuroʻtkazgich trassasini belgilashda yoʻldagi burilishlar hisobiga, harakat taʼsiridan roʻy bergan deformatsiyaning, oʻz-oʻzidan asli holiga kela olish imkoniyatini koʻzda tutish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlarni trotuar va piyodalar yoʻlining qarama qarshi tomoniga joylashtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Quvuroʻtkazgichlar ishi toʻxtagan paytlarida uni boʻshatish imkoniyatini beradigan nishab (qiyalik)da joylashtirish lozim. Qiyaliklar quyidagi miqdorda boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oson harakatlanuvchi suyuq moddalar uchun — 0,002;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gazsimon moddalar uchun (muhitning yoʻnalishi boʻylab) — 0,002;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) gazsimon moddalar uchun (muhit yoʻnalishiga qarshi) — 0,003;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kislota va ishqorlar uchun — 0,005.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻta qovushqoq va qotib qoladigan moddalarga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarni moddaning muayyan xossalari va xususiyatlari, quvuroʻtkazgichning uzunligi va joylashtirish sharoitiga koʻra nishablik 0,02 gacha boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqozo etgan joylarda quvuroʻtkazgichlarni nishabsiz yoki kamroq qiyalikda oʻrnatish mumkin, ammo ularni boʻshatish usullari inobatga olingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. A va B guruhga mansub quvuroʻtkazgichlarni faqat yer ustidagi konstruksiyalarga, estakadalarga, soʻkichaklarga, ustun yoki tayanchlarga oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur quvuroʻtkazgichlarning nasos va kompressorlarga ulanadigan joylarini odamlar va transport yurmaydigan kanallarda oʻrnatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kanallarda qovushqoq, tez qotadigan, B (a) guruhga mansub yonuvchi suyuqlik (mazut, moylar va sh.k)lar, hamda taqozo etgan sharoitlarda (uskunalarni vaqti-vaqti bilan boʻshatishda) A va B guruhdagi drenaj (tashlama) quvuroʻtkazgichlarni joylashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V guruhdagi quvuroʻtkazgichlarni yer yuzasida joylashtirish bilan birga, yopiladigan yoki qum bilan koʻmib qoʻyiladigan kanallarga joylashtirishga ruxsat etiladi. Tuproq ostiga joylashtiriladigan quvuroʻtkazgichlarning ishchi harorati 150°S dan ziyod boʻlmasligi kerak. Transport va oʻt oʻchirish vositalarining harakatiga xalaqit qilmaydigan sharoitlarda quvuroʻtkazgichlarni pastak tayanch konstruksiyalarga oʻrnatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlarni tonnel va kanallarga oʻrnatishda sanoat xavfsizligiga oid normativ-texnik hujjatlarga amal qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. A va B guruhga mansub quvuroʻtkazgichlar yotqiziladigan kanallar yonmaydigan konstruksiyalardan yasab, qum bilan koʻmish, temirbeton plitalar bilan berkitish, zaruratga koʻra suv kirmaydigan choralarni qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Quvuroʻtkazgichlarni yarim oʻtish kanallarida, uzunligi 100 m gacha boʻlgan, B (v) va V guruhga mansub quvuroʻtkazgichlarni korxona ichidagi temir yoʻl va avtoyoʻllar bilan kesishgan joylarida, ustini yaxshilab berkitilgan hollardagina oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur vaziyatlarda ushbu kanallarda boʻrtib chiqib turadigan konstruksiyalar uchun kengligi kamida 0,6 m, boʻyi kamida 1,5 m li oʻtish joylarini qoldirish lozim. Kanalning oxirida chiqish joyi va lyuklari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. A va B guruhga mansub quvuroʻtkazgichlarning sexga kirish va chiqish joylaridagi tonnel yoki kanalning qismida zararli va yonuvchi moddalarni sexdan kanalga yoki aksincha kanaldan sexga oʻtishiga yoʻl qoʻymaydigan vositalar (yonmaydigan materiallardan yasalgan diafragma yoki suv-gaz oʻtkazmaydigan moslamalar) oʻrnatishni rejalashtirish lozim. Mazkur ishlar har bir muayyan sharoit uchun loyihada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Yonma-yon turadigan quvuroʻtkazgichlar oʻqi orasidagi masofa (oraliq), hamda quvuroʻtkazgich bilan qurilish konstruksiyalar orasidagi masofa (5-ilova*) ham gorizontal, ham vertikal boʻyicha ularni yigʻish, taʼmirlash, koʻrikdan oʻtkazish, izolatsiyalash, hamda harorat taʼsiridan quvuroʻtkazgichda sodir boʻladigan siljishga imkon beradigan boʻlishi lozim. 5-ilovada qoʻshni quvuroʻtkazgichlarning oʻqlari, hamda kanallar devori va bino devorlari orasidagi masofalar miqdori tavsiya etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Devorlarida quvuroʻtkazgich haroratining, hamda ichki bosim va zoʻriqish tufayli quvuroʻtkazgich trassasining burilish joylarida sodir boʻladigan siljish hodisasi loyihalashda inobatga olingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Quvuroʻtkazgichlarni elektr kabellari bilan birga joylashtirish zarurati boʻlganda, ular orasidagi masofani amaldagi normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni maʼmuriy, maishiy xoʻjalik bino (xona)larida, hamda elektrtaqsimlagich qurilmalar, elektruskunalar, avtomatika shchitlari, transformatorlar, shamollatish, kameralari, issiqlik punktlari joylashgan binolarda, xodimlarni evakuatsiya qilish yoʻllari (zinapoya, koridor va sh. k.)da, har qanday vazifaga moʻljallangan binolar ichidan oʻtkazish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A va B guruhdagi quvuroʻtkazgichlarni yer yuzasida oʻrnatishda odamlar gavjum toʻplanadigan joy (oshxona, klub, medpunkt, maʼmuriy bino va h.k.)lardan kamida 50 m nariga, yer ostidan oʻtkazganda esa, kamida 25 m nariga joylashtirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Quvuroʻtkazgich trassalarini loyihalashda, keyinchalik rekonstruksiya qilinishini ham eʼtiborga olish kerak. Buning uchun konstruksiyalar oʻlchamlarini belgilash paytida, xuddi shu oʻlchamlarga toʻgʻri keladigan zaxira (ehtiyot) konstruksiyalarni yasashni ham rejalashtirish lozim. Har bir muayyan sharoit uchun zaxira konstruksiyalar parametrlari loyiha boʻyicha belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Yer ustidagi quvuroʻtkazgichlarning temir yoʻl, avtoyoʻl, piyodalar oʻtish joyi eshik (darvoza)lar tepasi, deraza, balkon tagi va tepasidan oʻtadigan joylarida armaturalar, kompensatorlar, tashlama moslamalari, echib olinadigan ulanmalarni oʻrnatish mumkin emas. Echib olinadigan ulanmalarni (masalan, ichki himoya qatlamli quvuroʻtkazgichlarda) joylashtirish zarurati tugʻilganda, ularning ostiga taglik (poddon-idish)lar oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. A va B guruhga mansub moddalar va V guruhdagi gazlar (shartli diametri 100 mm gacha boʻlgan), hamda V guruhga kiruvchi suyuq moddalar (quvuroʻtkazgich diametrining oʻlchami shart emas)ga moʻljallangan sex ichidagi quvuroʻtkazgichlarni yordamchi binolarning tashqi devorlari boʻylab joylashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish binolarining asosiy devorlarining yonmaydigan yuzasi boʻylab, mazkur devorning yuk koʻtara olish imkoniyatiga koʻra, sex ichidagi kesimi 200 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni oʻrnatishga ruxsat etiladi. Ushbu quvuroʻtkazgichlar eshik yoki devorlardan 0,5 m pastdan yoki yuqoridan oʻtishi lozim. Ayni sharoitda yengil gaz quvuroʻtkazgichlari eshik (deraza)dan yuqoriga, ogʻir gazlar esa pastga joylashtiriladi. Yoppasiga oynavand binolar devorlari, hamda oson echib olinadigan konstruksiyalar boʻylab, quvuroʻtkazgichlar oʻrnatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Alohida turgan past yoki baland ustunlar yoki estakadalar boʻylab, transportirovka qilinayotgan moddalarning xossalari va parametrlariga koʻra, xohlagan oʻlchamdagi quvuroʻtkazgichlarni oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sharoitda bir-biriga mos kelmaydigan moddalari bor quvuroʻtkazgichlarni, bir-biridan maksimal masofada joylashtirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoki uch yarusli quvuroʻtkazgichlarni joylashtirishda quyidagi holatlarni hisobga olish shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Kislotali, ishqorli va boshqa tajovuzkor moddalari bor quvuroʻtkazgichlarni eng pastdagi yarusga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) B (a), B (b) guruhga mansub moddalarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlarni yuqoridagi yarusning, iloji boricha estakadaning chetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Aralashganda yongʻin yoki portlash hosil qiluvchi moddalarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlarni bir-biridan maksimal uzoqlikda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Yoʻl va oʻtish joylarining ustidan “P” shakldagi kompensatorlarni oʻtkazish mumkin emas. Mazkur kompensatorlarni boshqa joyga oʻrnatish imkoni boʻlmasa yoki maqsadga muvofiq boʻlmasligi isbotlangandagina yoʻl yoki oʻtish joylari ustiga oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Muntazam ravishda (har smenada kamida bir marta) xizmat koʻrsatilishi shart boʻlgan, hamda korxona ichidagi estakadalarda oʻrnatilgan quvuroʻtkazgichlarga har 200 m da eni 0,6 m, balandligi 0,9 m keladigan, yonmaydigan materialdan yasalgan oʻtish koʻprikchalarini oʻrnatish lozim. Estakadaning uchiga (masofa 200 m gacha) toʻsiqli vertikal yoki marsh narvonlarini jihozlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Past boʻyli tayanchlarga quvuroʻtkazgichlarni oʻrnatishda yerdan quvur tagigacha va izolatsiyagacha boʻlgan oraliq masofa amaldagi standartlar va qoidalarga asoslanib belgilanadi. Quvuroʻtkazgichlar ustidan piyodalar oʻtishi uchun koʻprikchalar jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diametri 300 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni 2 yoki undan koʻp yarusli qilib joylashtirishda maydonchadan eng yuqori yarusdagi quvur (yoki izolatsiya) tepasigacha boʻlgan masofa 1,5 m dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Tegishli tartibda isbotlangan taqdirda, quvuroʻtkazgichni koʻtarib turgan qismlarining imkoniyatini hisobga olib, mazkur tayanchlarga kichikroq diametrdagi boshqa quvuroʻtkazgichlarni ham mahkamlash mumkin. Mazkur usulni quyidagi muhitni transportirovka qilganda qoʻllash mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) A, B guruh muhitlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muhit harorati 300°S dan ziyod va minus 40°S dan past boʻlgan yoki bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) dan yuqori (harorat darajasi shart emas) boʻlgan muhitlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ulanadigan quvuroʻtkazgichdagi moddaning oʻz-oʻzidan alangalanish harorati, asosiy quvuroʻtkazgichdagi muhitning alangalanish haroratidan 0,8 ga past boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlarni mahkamlash imkoniyatlari tegishli hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Bugʻoʻtkazgich quvurlarini boshqa quvuroʻtkazgichlar bilan birga joylashtirishda bugʻ va issiq suv quvuroʻtkazgichlarini xavfsiz ishlatish va oʻrnatish qoidalariga amal qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Devorlar yoki binoning toʻsiqlaridan quvuroʻtkazgichlarni maxsus gilza yoki futlyar (gʻilof)larga solib oʻtkazish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻilof yoki gilza ichiga quvuroʻtkazgichlarning payvandlangan va rezbali ulangan joylarini oʻrnatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gilzaning ichki diametri, oʻtkaziladigan quvuroʻtkazgichning tashqi diametri (izolatsiya)dan yoki izolatsiyalangan diametridan 10 — 12 mm ga katta boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gilzalar qurilish konstruksiyalarga yaxshilab mahkamlangan (sementlangan) boʻlishi, gilza bilan quvur oʻrtasidagi oraliq (boʻshliq) gilzaning har ikkala tomonidan yonmaydigan va quvuroʻtkazgich oʻz oʻqi boʻylab harakatlanishiga imkon beradigan material bilan zichlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Texnologik apparatlardan chiquvchi portlash va yongʻindan xavfli moddalarni atmosferaga tashlovchi quvuroʻtkazgichlarda olovtoʻsuvchi moslamalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Azot bilan aralashgan havoni chiqarish quvuroʻtkazgichlarda olovtoʻsqichlar oʻrnatish shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlagich klapanlardan chiqadigan quvuroʻtkazgichlarga olovtoʻsqichlar oʻrnatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Texnologik gazsimon muhitlarni havo chiqarish (mashʼala) quvuroʻtkazgichlari mashʼala tizimini xavfsiz ishlatish va oʻrnatish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. A va B guruhdagi muhitlarda ishlaydigan kompressorlarning soʻruvchi va damlovchi quvurlari, odatda mashina zali (xonasi)ning tashqarisiga oʻrnatiladi. Avariya vaziyatlarida binoga zararli va portlash-yongʻindan xavfli moddalar kirishini kamaytirish maqsadida A va B guruhdagi muhitlar bilan ishlaydigan har bir mashinaning soʻruvchi quvuroʻtkazgichining bino tashqarisidagi qismiga uzib (berkitib) qoʻyuvchi armatura oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy kollektorga ulangan gaz kompressorlarining damlovchi tarmogʻiga, kompressor bilan berkitish armaturasining oʻrtasiga teskari klapan oʻrnatish rejalashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni kanallarga oʻrnatish 162, 164-bandlarda bayon etilgan talablarni bajarib, tegishli asoslangandan keyingina ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. A va B guruhga mansub sexlararo quvuroʻtkazgichlarni yer ustidan yoki tuproq ostidan oʻtkazish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A, B (a), B (b) guruhdagi quvuroʻtkazgichlarni bugʻoʻtkazgich, issiqlik oʻtkazgich quvurlari, turli elektr kabellari bilan birga umumiy kanalga oʻrnatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Tuproq ostiga yotqizilgan quvuroʻtkazgichlar avtomobil va temir yoʻllari bilan kesishgan joylarda himoyalovchi metal va beton quvurlarga joylashtirilishi lozim. Himoya quvurlarining rels yoki yoʻl chetidan kamida 2 m gacha uzaytirilishi, quvurning eng yuqori yuzasidan temir yoʻl shpaligacha kamida 1 m, avtoyoʻl qoplamasigacha esa kamida 0,5 m koʻmilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Quvuroʻtkazgichlar uchun moʻljallangan estakadalarning transport yoki piyodalar oʻtish joylaridan balandligi quyidagicha boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yoʻllari (rels kallagi)dan 5,55 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomobil yoʻllaridan 5 m (taqozoga koʻra 4,5 m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) piyodalar yoʻlidan 2,2 m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Baland estakadalardagi quvuroʻtkazgichlar temir yoʻllari va avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joylardagi estakadaning eng yaqin ustun (tayanch)igacha boʻlgan gorizontal masofa quyidagicha boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) normal izli temir yoʻl oʻqigacha — 2,45 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomobil yoʻlining chetigacha — 1,0 m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Estakadalarning havodagi elektr tarmoqlari bilan kesishgan joylari, elektr qurilmalarni oʻrnatish qoidalariga rioya qilib bajariladi. Havodagi elektr tarmoqlari estakadalar bilan kesishgan joylarda elektr simlari faqat quvuroʻtkazgichlar ustidan oʻtgan boʻlishi shart. Texnologik quvuroʻtkazgichlarning elektr tarmogʻi simlarigacha boʻlgan oraliq (eng quyi simning salqib qolishini hisobga olgan holda) tarmoqdagi elektr kuchlanishining miqdoriga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchlanish, kV‎ 1 gacha‎ 1 dan 20 gacha‎ 35 dan 110 gacha‎ 150‎ 220‎
Quvuroʻtkazgich tepasidagi oraliq, m‎ 1,0‎ 3,0‎ 4,0‎ 4,5‎ 5,0‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osma yoʻllardagi vagonetkaning eng quyi qismi (trosning salqishini hisobga olgan holatda)dan eng tepadagi texnologik quvuroʻtkazgichlarga boʻlgan vertikal masofa eng kamida 3 m boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Panjara, galereya, maydoncha sifatida, turli texnologik quvuroʻtkazgichlar va elektr tarmoqlariga oʻrnatilgan himoya toʻsiqlari, ular orasidagi vertikal yoki gorizontal masofani belgilashda, quvuroʻtkazgichning qismi hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Yer ostidagi transheyaga biratoʻla 2 yoki undan ziyod quvuroʻtkazgichlarni bir qator (yagona gorizontal tekislikda) qilib joylashtirish kerak. Ularning oʻzaro oraligʻi diametriga qarab, quyidagicha qilib belgilanishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) diametri 300 mm gacha boʻlganda — eng kamida 0,4 m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) diametri 300 mm dan katta boʻlganda — eng kamida 0,5 m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Yerosti quvuroʻtkazgichlari tuproq korroziyasidan maxsus korroziyaga qarshi himoya (izolatsiya)langan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Yerosti quvuroʻtkazgichlari transport yurmaydigan joylarda yer yuzasidan quvurning yuqori qismigacha kamida 0,6 m chuqurlikka joylashtirilishi lozim. Boshqa holatlarda esa, quvur ustiga tushadigan haqiqiy yuk vaznini hisobga olib, quvuroʻtkazgich mustahkamligini saqlash shartlariga koʻra hisoblab aniqlanadi. Qotib qoladigan, namlangan va kondensatsiyalanuvchi moddalarni transportirovkalovchi quvuroʻtkazgichlar tuproqning muzlash chuqurligidan 0,1 m pastga, kondensat yigʻuvchi, boshqa idishlar yoki apparatlar tomoniga nishab qilib oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Quvuroʻtkazgichlarni relsli elektrlashtirilgan (doimiy tokda) yoʻllar va boshqa “daydi” toklar manbaalarida, iloji boricha kamida 11 m nariga joylashtirishga yoki kesib oʻtmaslikka harakat qilish lozim. Taqozoga koʻra isbotlangan sharoitlarda “daydi” toklardan tegishli himoyalash usullarini qoʻllash sharti bilan mazkur masofani qisqartirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerosti quvuroʻtkazgichlarini elektrlashtirilgan temir yoʻllar bilan kesishgan joylarida dielektrik qistirma (taglik)larga oʻrab oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Quvuroʻtkazgichlarda tashlama va puflash moslamalarini oʻrnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Barcha texnologik quvuroʻtkazgichlar, transportirovka qilinayotgan muhitdan qatʼiy nazar, gidravlik sinovdan soʻng yigʻilgan suvni chiqarib yuborish (tashlama), hamda yiqilgan gazni chiqarib yuboruvchi yuqorisiga oʻrnatilgan havo boʻshatgichlar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moslamalarni oʻrnatish zarurati, quvuroʻtkazgichning vazifasi va ishlash sharoitiga qarab, loyihada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Quvuroʻtkazgichlardagi muhit yoki suyuqlikni odatda, doimiy yoki vaqti-vaqti bilan suyuqliklarni chiqarib tashlovchi moslamaga ega boʻlgan texnologik uskunalar tomonga qaratib boʻshatiladi. Quvuroʻtkazgichlarni toʻliq boʻshatish imkoniyati boʻlmaganda (“qopcha”lar yoki teskari nishab boʻlganda), ularning quyi qismiga uzluksiz yoki davriy ravishda ishlaydigan maxsus drenaj (tashlama)lar oʻrnatish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Ichida mahsulot kondensatsiyalanishga moyil boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda suyuqlikni muntazam chiqarib yuboruvchi drenaj qurilmasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishlaydigan drenaj qurilmasi sifatida, muhitning xossalari va parametrlariga koʻra, kondensat chiqargichlar, gidravlik zatvorlar, separatorlar va boshqa suyuqlikni yopiq tizimga uzatuvchi qurilmalarni qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Tashlama suyuqlikni quvuroʻtkazgichdan doimiy chiqarib turish uchun quvuroʻtkazgichga shtutser-choʻntak (kissa) payvandlab quyish lozim. Shtutser-choʻntakning diametrini tashlama oʻrnatiladigan quvuroʻtkazgichning diametriga qarab quyidagi tartibda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichning diametri,‎ Dsh, mm 100 dan 125 gacha 150 dan 175 gacha‎ 200 dan 250 gacha 300 dan 350 gacha‎ 400 dan 450 gacha‎ 500 dan 600 gacha‎ 700 dan 800 gacha‎ 900 dan 1200 gacha‎
Shtutser-choʻntakning diametri, Dsh, mm‎ 50‎ 80‎ 100‎ 1500‎ 200‎ 250‎ 300‎ 350‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli diametri 100 mm dan kichik boʻlgan quvuroʻtkazgichlarga shtutser-choʻntak oʻrnatish shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtutser-choʻntakka ulanadigan quvurning diametrini gidravlik hisob-kitob asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Davriy ravishda ishlaydigan drenaj qurilmalarida, statsionar yoki echib ulanadigan quvuroʻtkazgichlarni, shlanglarni ulab, mahsulotni drenaj idishlari yoki texnologik uskunalarga yuboruvchi berkitish armaturali maxsus toʻkish shtutserlarini oʻrnatish koʻzda tutilishi kerak. Berkitish armaturasiga tiqin oʻrnatiladi. Avariya vaziyatlari uchun boʻshatuvchi drenaj qurilmalarni xuddi statsionar qurilmalarga oʻxshash loyihalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 2-sinfga mansub mahsulotlar va suyultirilgan gazlar uchun egiluvchan shlangli boʻshatish qurilmalaridan foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Drenaj quvuroʻtkazgichning diametrini, drenaj oʻtkaziladigan vaqt davomiyligiga koʻra gidravlik hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi. Ammo 25 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Ishlab chiqarish sexlari, texnologik bogʻlanmalar, qurilmalarda sodir boʻladigan mahsulot kondensatsiyalanishi oqibatlarini qizdirish va puflab chiqarish uchun, hamda berkitish organlari bilan uzib qoʻyiladigan barcha quvuroʻtkazgichlarning berkitish armaturasining old tomonidagi oxirgi nuktalariga joʻmrakli tashlama shtutserlarini (zaharli mahsulotlarni berkituvchi moslama bilan) oʻrnatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugʻoʻtkazgich va boshqa quvuroʻtkazgichlardagi kondensatni puflab chiqarishda qoʻllaniladigan berkitish armaturasining bugʻ bilan puflashda, quvuroʻtkazning diametriga koʻra, quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichning diametri, Dsh, mm‎ 70 gacha‎ 80 dan 125 gacha‎ 150 dan 170 gacha‎ 200 dan 250 gacha‎ 300 dan 400 gacha‎ 450 dan 600 gacha‎ 700 dan 800 gacha‎ 900 dan 1200 gacha‎
Shtutser va armaturaning diametri, Dsh, mm‎ 25‎ 32‎ 40‎ 50‎ 80‎ 100‎ 125‎ 150‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Gidravlik sinov oʻtkazilgan quvuroʻtkazgichlarni boʻshatishda birinchi navbatda texnologik tashlama qurilmalardan foydalaniladi. Mazkur moslama boʻlmagan taqdirda, bevosita boʻshatiladigan quvuroʻtkazgichning oʻziga payvandlab shtutserlar ulash rejalashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashlama shtetsurlarning diametrini quyidagi oʻlchamlarda tanlash tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichning diametri, Dsh, mm‎ 25 dan 80 gacha‎ 100 dan 150 gacha‎ 175 dan 300 gacha‎ 350 dan 450 gacha‎ 500 dan 700 gacha‎ 800 dan 1200 gacha‎
Shtutser diametri, Dsh, mm‎‎ 15‎ 20‎ 25‎ 32‎ 40‎ 50‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Suyultirilgan gazlar, yongʻin-portlashdan xavfli mahsulotlar va 1, 2-sinflarga mansub xavfli moddalarni transportirovka qilishga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlardagi mazkur moddalarni inert gazi yoki suv bugʻi bilan puflab chiqarish yoki suv yoxud maxsus eritmalar bilan yuvishda qoʻllash uchun quvuroʻtkazgichlarning boshlanish va oxirgi nuqtalarida armaturali berkitgichlar oʻrnatish koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlarga inert gazi, bugʻ, suv yoki yuvish suyuqliklarini olib kelish (olib ketish)da quvuroʻtkazgichlarning echib olinadigan qismlari yoki egiluvchan shlanglardan foydalaniladi. Puflash (yuvish) tugagandan keyin echib olingan qismlar yoki shlanglar yigʻib olinib, berkitish armaturasiga tiqin oʻrnatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Puflash va yuvishda foydalaniladigan shtutserlarning diametri, quvuroʻtkazgichning diametriga qarab belgilanadi. Ammo 198-bandda koʻrsatilgandan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Statsionar uskunalardan suyultirilgan gazlarni chiqarish uchun egiluvchan shlanglarni ishlatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nostatsionar (koʻchma) uskunalar (temir yoʻl sisternalari, konteynerlar, bochkalar, ballonlar)ni toʻldirish yoki ularni boʻshatishda muayyan bosimga dosh bera oladigan egiluvchan shlanglarni qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. 1, 2 va 3-sinfga mansub xavfli texnologik muhitli quvuroʻtkazgichlarni maxsus tashlama quvuroʻtkazgichlar tomonga puflab, haydalgan gaz va bugʻlar keyinchalik zararsizlantiriladi yoki ulardan foydalaniladi. Boshqa quvuroʻtkazgichlarni puflaganda chiqadigan muhitni mashʼala orqali atmosferaga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Quvuroʻtkazgichni puflash sxemasi va puflash mashʼalalarini qanday joylashtirish tartibi, amaldagi normativ-texnik hujjatlarga rioya qilgan holda, har bir muayyan sharoit uchun, loyihada alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Puflash mashʼalalariga namuna olish uchun maxsus qurilma, yonuvchi va portlashdan xavfli mahsulotlar uchun esa olovtoʻsqichlar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Saqlagich klapanlardan chiqayotgan puflash mashʼalalari va quvuroʻtkazgichlarning quyi (pastki) qismida, kondensatsiyalanish oqibatida hosil boʻlgan suyuqlikning toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaydigan, armaturali yoki boshqa moslamali tashlama teshik va shtutserlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Bino (xona)ning tashqarisiga oʻrnatilgan barcha kondensatni chiqaruvchi qurilma va barcha tashlama quvuroʻtkazgichlar muzlashdan yaxshilab himoyalanib izolatsiyalanishi va isitish moslamalari bilan jihozlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Armaturalarni joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Sexlar, texnologik bogʻlanmalar va qurilmalarga kirayotgan va ulardan chiqayotgan quvuroʻtkazgichlarga berkitish armaturasi oʻrnatilishi kerak. Diametri 400 mm va undan katta boʻlgan yonuvchi gazlar, jumladan suyultirilgan gazlar, hamda tez alangalanadigan (TAS) va yonuvchi gaz (YoG)lar transportirovka qilinadigan quvuroʻtkazgichlarning kirish joylariga masofadan turib boshqariladigandan tashqari qoʻl bilan boshqariladigan berkitish armaturasi oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib boshqariladigan berkitish armaturasi binoning tashqarisida oʻrnatilishi va bino devoridan yoki yaqin turgan apparatdan eng kamida 3 m, eng koʻpi bilan 50 m nariga joylashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berkitish armaturasini masofadan turib boshqarish tizimini boshqarish punktlarida, operator xonasida va boshqa xavfsiz joylarga oʻrnatiladi. Mazkur armaturani boshqa xavfsiz joydan ham turib boshqarish imkoniyatini hisobga olib, ishlab chiqarish binolariga ham joylashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Sexlar ichidagi aylanma quvuroʻtkazgichlarga berkitish armaturalarining joylashuvi va oʻrnatilishi har bir agregat yoki texnologik apparatni, hamda yoppasiga quvuroʻtkazgichni ishonchli qilib uzib qoʻyilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofadan turib yoki qoʻlda boshqariladigan armaturani qoʻllash texnologik jarayon shartlari va xavfsiz ishlashni, hamda sanoat xavfsizligiga oid mavjud normativ-texnik hujjatlar talablariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Avariya vaziyatlarida gazni chiqarib tashlashga moʻljallangan, masofadan turib boshqariladigan berkitish armaturasini operator xonasidan turib ishga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Uzluksiz texnologik jarayon parametrlarini taʼminlovchi tartiblagich klapanlarni tegishli berkitish qurilmali aylanma (baypas) tarmoq bilan jihozlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlik shartlariga koʻra, texnologik jarayonni qoʻl bilan tartibga solish imkoni boʻlmaganda, tartiblagich klapanli baypas tarmogʻini oʻrnatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Ishga tushiruvchi moslamani armaturaga oʻrnatishda qoʻlda boshqarish maxovigi (chambaragi) soat miliga teskari yoʻnalishda ochadigan va aksincha soat mili yoʻnalishida aylantirganda berkitadigan qilib moslashtirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shpindellar oʻqining yoʻnalishi loyiha hujjatlarida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Berkitish armaturasida, uning “ochiq”, “yopiq” holatini koʻrsatib turadigan belgilar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Armaturani quvuroʻtkazgichga oʻrnatishda texnik shartlar va normativ-texnik hujjatlarda berilgan koʻrsatmalarga amal qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Vazni 30 kg dan ziyod, vaqti-vaqti bilan qismlarga ajratish zarurati boʻlgan armaturalar va murakkab quvuroʻtkazgich bogʻlanmalarni montaj va demontaj qilish uchun, loyihada koʻchma yoki statsionar mexanizatsiya vositalari rejalashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Kompressorlar va markazdan qochma nasoslarning damlash tarmoqlariga teskari klapanlar oʻrnatish koʻzda tutilishi lozim. Teskari klapan damlovchi va berkituvchi armatura orasiga joylashtiriladi. Ortiqcha bosimsiz tizimda ishlovchi markazdan qochma nasoslar tarmogʻiga teskari klapan qoʻyish shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Ortiqcha bosim ostida A va B guruhga mansub moddalarni idishlarga oʻtkazuvchi quvurlarga teskari klapan oʻrnatiladi. Teskari klapan idish bilan berkitish armaturasi oʻrtasidagi quvuroʻtkazgichga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir quvuroʻtkazgich mahsulotni haydash, hamda tortib olish uchun xizmat qilganda unga teskari klapan oʻrnatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. 4 MRa (40 kgf/cm2) va undan yuqori bosim ostida ishlovchi agregatlar kollektori (texnologik apparatlar)ni ishonchli berkitish (uzib qoʻyish) uchun, A, B (a), B (b) guruhdagi moddalarni transportirovka qilayotgan quvuroʻtkazgichlarga 2 ta berkitish organ (armatura)larini oʻrnatib, ular oʻrtasiga kesimi 25 mm li, atmosferaga ulangan tashlama qurilmasini oʻrnatish lozim. Tashlama armatura tiqinlar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A guruhdagi, hamda suyuq vodorod sulfidli muhit haydaladigan quvuroʻtkazgichlardagi tashlama qurilmalari berk tizim bilan ulangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 MRa (40 kgf/sm2) dan past bosim ostida yuqorida eslatilgan guruhlarga mansub, hamda bosimdan qatʼiy nazar B (v), V guruh quvuroʻtkazgichlarga bitta berkitish organi va tiqini bor tashlama armatura qurilmasini oʻrnatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Quvuroʻtkazgichlardagi bosimning moʻljaldagidan koʻtarilib ketishi, jumladan, suyuq muhitning hajmiy kengayishi holatlari uchun, saqlagich qurilmalar oʻrnatilishi lozim. Saqlagich klapanlardan chiqadigan tashlamalar mashʼala tizimining tuzilishi va uni xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Quvuroʻtkazgich armaturalarini ularga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun qulay joylarga oʻrnatish kerak. Qoʻlda ishga tushiriladigan armaturalar yer sathi (pol)dan eng koʻpi bilan 1,8 m balandlikka joylashgan boʻlishi kerak. Tez-tez foydalaniladigan armaturalar esa eng koʻpi bilan yer sathi (maydoncha poli)dan 1,6 m balandlikda boʻlishi zarur. Koʻrsatilgan oʻlchamlardan yuqorida joylashgan armaturalarga xizmat koʻrsatish uchun statsionar yoki koʻchma maydonchalar va narvonlar boʻlishi kerak. Berkitish armaturasini ochish yoki yopish vaqti loyiha talablari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Texnologik uskunaga boradigan quvuroʻtkazgichdagi muhitning ishchi bosimi, uskunadagi bosimdan yuqori boʻlishi ehtimoli mavjud boʻlganda, ishlab chiqarish sexlari, texnologik bogʻlanmalar va qurilmalarga kiradigan quvuroʻtkazgichlarning bosimi past tomoniga manometrli va saqlagich klapanli reduksiyalovchi (uzluksiz jarayonlar uchun avtomatik tarzda yoki davriy jarayonlar uchun esa qoʻlda boshqariladigan) qurilma oʻrnatish rejalashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Quvuroʻtkazgichlarning tayanchlari va osma moslamalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Quvuroʻtkazgichlarni tayanch (ustun)lar yoki osma moslamalarda montaj qilish lozim. Tayanchlar (qoʻzgʻalmaydigan, sirpanuvchi prujinali va sh.k.)ni, osma moslamalarni joylashtirish tartibi va ular orasidagi masofa loyiha boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻtaradigan yuki va boshqa parametrlari boʻyicha standart tayanch va osma moslamalar mavjud boʻlmaganda, ularning konstruksiyasini ishlab chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch va osma moslamalarni iloji boricha yuk koʻproq tushadigan, armatura, flanetslar, shaklli detallar va sh.k.lar bor joyga yaqinroq oʻrnatish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Tayanch va osma moslamalar ularga tushadigan quvuroʻtkazgichning vazni, transportirovka qilinadigan muhitning ogʻirligi (gidravlik sinov qilishdagi suvning ogʻirligi), izolatsiya, futerovka, muz (muzlash holatlaridagi), hamda quvuroʻtkazgichning termik kengayishi oqibatida roʻy beradigan zoʻriqishni hisobga olib rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Tayanch va osma moslamalar diametri 50 mm dan kichik boʻlgan quvuroʻtkazgichlardagi payvand choklaridan kamida 50 mm nariga, diametri 200 mm dan katta boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda esa 50 mm dan ziyodroq masofaga oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Sovuq haroratdagi moddalarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlarda sovuqni saqlash maqsadida issiqlikni izolatsiyalovchi taglik (toʻshama)lar bilan jihozlangan tayanch (ustun)lar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Binodan tashqarida, hamda isitilmaydigan binolardagi ustun va osma moslamalarning materialini tanlashda mavsumning eng sovuq 5-kunligi boʻyicha oʻrtacha harorat (kafolati 0,92)ni asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichga payvandlanadigan tayanch va osma moslamalarning materiallari quvuroʻtkazgich materialiga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichga tegib turadigan tayanch va osma moslamalar elementlarini tanlashda ham transportirovka qilinayotgan moddaning haroratini hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Quvuroʻtkazgichlardagi loyihada belgilangan, nishab (qiya)likni taʼminlash uchun tayanch yostiqchasining tagiga metall qistirmalar qoʻyib, qurilish konstruksiyalariga payvandlab qoʻyish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Zarba ostida ishlaydigan quvuroʻtkazgichlar uchun xomutli tayanchlarni qoʻllab, ularni qurilish konstruksiyasiga joylashtiriladi. Mazkur quvuroʻtkazgichlar uchun osma moslamalar, qoʻshimcha mahkamlash vositasi sifatida rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Zaruratga koʻra, loyihada harakatlanuvchi tayanch va osma moslamalardagi tortqichlarning siljish (oʻrnidan jilish)iga oid oʻlchamlar, osma moslamadagi tayanchni tartibga solishga doir maʼlumotlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osma moslamalarni qoʻllaganda, tortqichlarning uzunligi loyiha boʻyicha (50 mm ga karralab) 150 mm dan 2000 mm gacha boʻlishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Quvuroʻtkazgichlar tagiga tayanchlarni oʻrnatishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ustun (tayanch)lar qurilish konstruksiyalariga jipslab oʻrnatilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihada belgilangan meʼyorga nisbatan chetlashishi bino ichidagi quvuroʻtkazgichlar uchun ±5 mm va tashqaridagilari uchun esa ±10 mm boʻlishi, nishab (qiya)likdagi chetlashuv + 0,001 dan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quvuroʻtkazgichlarning qiyaligi asboblar yoki maxsus moslama (nivelir, gidrostatik sath va sh. k.) bilan tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) harakatlanuvchi tayanchlar va ularning detallari (tayanchning yuqori qismi, roliklar, shariklar)ni oʻrnatishda quvuroʻtkazgichning har bir uchastkasi issiqlik taʼsiridan uzayishi mumkinligini hisobga olish va buning uchun tayanch va uning detallarini tayanch tekisligida uzayishi mumkin boʻlgan yoʻnalishga qarama-qarshi tomonga biroz siljitib oʻrnatish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quvuroʻtkazgichning issiqlik taʼsiridan uzaymaydigan osilgan tortqichlarini tik oʻrnatish, issiqlik taʼsiridan uzayishi mumkin boʻlgan tortqichlarni uzayish yoʻnalishiga teskari tomonga qiyalatib oʻrnatish kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tayanch va osma moslamalarning prujinalari loyihada koʻrsatilgan meʼyorda taranglatib tortilishi zarur. Quvuroʻtkazgichlarni montaj qilish va gidravlik sinovdan oʻtkazish paytida prujinalar tirgak moslamalar yordamida boʻshatib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) lotoklar va kanallar tubiga oʻrnatiladigan tayanchlar mazkur joylardan suvning ravon oqishiga xalaqit bermasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Ishqalanish oqibatida zoʻriqish roʻy berishining oldini olish zarurati boʻlganda, maxsus konstruksiyadagi tayanch (sharikli, katokli)larni oʻrnatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kanallarda sharikli va katokli tayanchlarni oʻrnatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Vodorod sulfidli muhitda ishlaydigan harakatlanadigan va muqim turadigan quvuroʻtkazgichlarda, odatda, xomutli tayanchlar qoʻllaniladi. Avval termik ishlov berilmagan quvuroʻtkazgichlarga tayanch detallarini payvandlab ulash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Termik yoʻl bilan mustahkamlangan va tekshiriladigan yoyma metalldan tayyorlangan quvurlarga harakatlanuvchi tayanch elementlarini payvandlash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Butlangan blok usulida montaj qilishda quvuroʻtkazgichlarning tuzilishiga doir qoʻshimcha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Bloklar holatida keltiriladigan quvuroʻtkazgichlarni loyihalash va tayyorlash ishlari mazkur Qoidalar va quvuroʻtkazgich bloklarini loyihalash va tayyorlash (yasash)ga doir texnik shartlar talablariga mos boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Harorat taʼsiridan deformatsiya (oʻzgarish)ga uchragan quvuroʻtkazgichlarning kompensatsiyalash (oʻz holiga keltirish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Harorat taʼsiridan deformatsiyaga uchragan quvuroʻtkazgichlarni trassa boʻylab burilish va egilishlar hisobiga oʻz holiga keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deformatsiyalangan quvuroʻtkazgichlar oʻz-oʻzidan dastlabki holatiga kelishining imkoni boʻlmagan joylarda (uzoq masofada toʻgʻri joylashgan vaziyatlarda) quvuroʻtkazgichlarga “P” — simon linzali, toʻlqinli va boshqa shakldagi kompensatorlar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihada quvuroʻtkazgichni bugʻ bilan yoki issiq suv bilan puflash rejalashtirilganda, quvuroʻtkazgichning kompensatsiyalanish imkoniyatini ham hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. A va B guruhga mansub muhitni transportirovkalovchi texnologik quvuroʻtkazgichlarda salnikli kompensatorlarni qoʻllash mumkin emas. Shartli bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) dan ziyod boʻlgan quvuroʻtkazgichlarga linzali, salnikli va toʻlqinli kompensatorlarni oʻrnatishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. “P” — simon kompensatorlarni barcha kategoriyaga mansub texnologik quvuroʻtkazgichlarda qoʻllash mumkin. Ularni butun quvurlarni egish yoki zavodda egilgan, keskin bukilgan yoki payvandlab tayyorlangan quvurlardan yasaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. “P” — simon kompensatorlar uchun ishlatiladigan egik tarmoqlar choksiz quvurlardan, payvandlanadigan tarmoqlari uchun esa, choksiz va toʻgʻrichokli quvurlardan yasaladi. “P” — simon kompensatorlarni tayyorlashda payvandlanadigan tarmoqlardan foydalanilganda, mazkur Qoidalarning 49-bandidagi koʻrsatmalarga rioya qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Suv-gazoʻtkazgich quvurlaridan “P” — simon kompensatorlar tayyorlashda foydalanish mumkin emas. Elektrpayvandlangan spiralsimon chokli quvurlarni esa kompensatorlarning toʻgʻri uchastkalari uchun ishlatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. “P” — simon kompensatorlar gorizontal holatda, zarur nishab (qiya)likni hisobga olib oʻrnatilishi kerak. Istisno tariqasida (oʻrnatiladigan maydon chegaralangan boʻlsa) mazkur kompensatorning buklangan joyini tepaga yoki pastga qilib vertikal holatda oʻrnatib, eng past nuqtasiga tegishli tashlama qurilmasini va eng yuqori nuqtasiga havo chiqarish qurilmasini joylashtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. “P” — simon kompensatorlarni montaj qilishdan oldin, ularni quvuroʻtkazgichlar bilan birga tirgak moslamalarga oʻrnatib turib, barcha payvandlash (mahkamlash) ishlari tugallanib, kompensator qimirlamaydigan tayanchlarga oʻrnatilgandan keyin, tirgaklar olib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Oʻqli, linzali kompensatorlar, hamda sharnirli linzali kompensatorlar texnologik quvuroʻtkazgichlarda mavjud meʼyoriy-texnik hujjatlarga muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Kondensatsiyalanuvchi gazlarga moʻljallangan gorizontal gazoʻtkazgichlarga linzali kompensatorlarni oʻrnatganda, har bir linza uchun alohida kondensat tashlama moslamasi boʻlishi kerakligini inobatga olish zarur. Tashlama moslamasi quvurchalarini choksiz quvurlardan tayyorlash lozim. Gorizontal quvuroʻtkazgichlarga ichki stakanli linzasimon kompensatorni oʻrnatganda, kompensatorning har ikkali tomoniga kompensator diametrining 1,5 barobaridagi masofada yoʻnaltiruvchi tayanchlar joylashtirilishni koʻzda tutish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishda, kompensatorlar oldindan biroz choʻzilgan yoki siqilgan boʻlishi kerak. Choʻzish yoki siqish meʼyori loyiha hujjatlarida va quvuroʻtkazgich pasportida yozilgan boʻladi. Choʻzish darajasi montaj paytidagi haroratni hisobga oluvchi tuzatish darajasi miqdorida oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Texnologik quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatiladigan kompensatorlarning sifati ularning pasportlari yoki sertifikatlarida tasdiqlangan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Kompensatorlarni oʻrnatishda quvuroʻtkazgich pasportiga quyidagi maʼlumotlar yozib qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) texnik xarakteristikasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yasagan zavod nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kompensatorning yasalgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qoʻzgʻalmas tayanchlar orasidagi masofa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) zarur kompensatsiya darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) dastlabki choʻzish miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) kompensatorni montaj qilish paytidagi atrof havosining harorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) montaj qilingan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. “P” — simon, “G” — simon va “Z” — simon kompensatorlarga doir hisob-kitoblar, mavjud normativ-texnik hujjatlar talablariga mos ravishda qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Quvuroʻtkazgichlarning titrashini pasaytirishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Ishlatish jarayonida titrashga duchor boʻladigan uskunalar va quvuroʻtkazgichlar uchun loyihada titrashni pasaytirish va tizimdagi zichlik buzilishga barham beruvchi tadbir va vositalar rejalashtirilishi kerak. Titrashni pasaytirish va ruxsat etilgan titrash darajasi, uni nazorat qilish usullari va vositalari davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar talablariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Quvurdagi oqimning pulsatsiyasi (damba-dam oqishi) tufayli quvuroʻtkazgichlarda sodir boʻladigan titrashga barham berish uchun porshenli mashinalarda hisob-kitob asosida isbotlangan bufer va akustik idishlar, hamda zaruratga koʻra pulsatsiyani yoʻq qiluvchi maxsus moslamani oʻrnatish koʻzda tutilishi lozim. Bir nechta kompressorlar umumiy kollektorga ishlaganda, har bir haydovchi (damlovchi) qurilma uchun alohida bufer va akustik idishlar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Pulsatsiyani yoʻq qiluvchi bufer va akustik idishlarning konstruksiyasi, oʻlchamlari va oʻrnatish joylari hisob-kitoblar asosida aniqlanadi. Bufer idish sifatida, kompressor qurilmasining tarkibidagi sovutgichlar, separatorlar, moy ajratgichlar va apparatlarni, tegishli darajada hajmi va oʻrnatiladigan joyini aniqlab turib ishlatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Issiqlik izolatsiyasi va qizdirish jarayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Issiqlik izolatsiyasini qoʻllash zarurati, har bir muayyan holat uchun, transportirovka qilinadigan moddaning xossalari, quvuroʻtkazgichning oʻrnatish usuli va joyi, texnologik jarayon va xavfsiz ishlash, hamda portlash-yongʻin xavfsizligi talablarini inobatga olib turib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Quvuroʻtkazgichlarda quyidagi vaziyatlarda issiqlik izolatsiyasi oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) issiq yoki sovuq haroratning yoʻqolishini kamaytirish yoki oldini olish zarurati mavjud boʻlganda (haroratni saqlash, kondensatsiya, muz, gidrat yoki boshqa tiqinlar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quvuroʻtkazgich devorlaridagi harorat ish yoki xizmat koʻrsatish zonasidan tashqari joylarda 60°S dan yuqori, ish joyi va xizmat koʻrsatish zonasi esa 45°S dan katta boʻlganda, kuyib qolishning oldini olish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xona (bino)dagi haroratni bir meʼyorda ushlab turish maqsadida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaziyat taqozosiga koʻra quvuroʻtkazgichlardagi issiqlik izolatsiyasi oʻrniga toʻsiqlar oʻrnatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatiladigan issiqlik izolatsiyasi mavjud normativ-texnik hujjatlar talablari asosida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Quvuroʻtkazgichlarni yondosh isituvchi quvurlar bilan birga yotqizilganda, har ikkalasini birga qilib izolatsiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isitish zarurati, issiqlik manbai, isitiladigan yondosh quvur diametri va izolatsiyaning qalinligi tegishli hisob-kitoblar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlik, zichlikka sinab, barcha aniqlangan nuqsonlariga barham berilgandan keyingina issiqlik izolatsiyasi bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isituvchi yondosh quvurlar ham izolatsiyalanishidan oldin sinovdan oʻtkazilib, komissiya tomonidan dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isituvchi yondosh quvurlarni montaj qilishda ularda gidravlik “qopcha”lar (modda yigʻilib qoladigan joylar) yoʻqligiga va barcha quyi nuqta (joy)lariga tashlama qurilmalar toʻgʻri oʻrnatilishiga eʼtibor berish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Quvuroʻtkazgichlarning issiqlik izolatsiyasi konstruksiyasi uchun quyidagi elementlarning boʻlishini hisobga olinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy issiqlikni izolatsiyalovchi qatlam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mustahkamlovchi va mahkamlovchi detallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) himoya qatlami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transportirovka qilinadigan muhitning harorati plyus 12°S dan past boʻlsa, izolatsiyalovchi konstruksiya tarkibida bugʻdan izolatsiyalovchi qatlam boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transportirovka qilinadigan muhitning harorati 12°S dan yuqori boʻlganda, mazkur qatlamning zarurligi hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhitning ishchi harorati sovuq (salbiy) boʻlsa, yigʻma issiqlik izolatsiyalovchi elementlarni oʻrnatish paytida ayrim elementlar ulangan joylar obdan zichlanishi va choklar germetiklanishi kerakligi loyihada rejalashtirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Armaturalar, flanetsli ulanmalar, kompensatorlar, hamda quvuroʻtkazgichlarda oʻlchov va holati tekshiriladigan joylarga echib olinadigan issiqlik izolatsiyalovchi konstruksiyalar oʻrnatish koʻzda tutilishi zarur. Mazkur elementlarning issiqlik izolatsiyasining qalinligi asosiy quvurni izolatsiyalovchi qatlamning 0,8 qalinligiga teng boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Ishchi harorati plyus 250°S dan yuqori va minus 60°S dan past boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda quyma ashyolar (perlitsementli, ohakkremnezemli, sovelitli, vulkanitli)dan yasalgan bir qavatli issiqlik izolatsiyalovchi konstruksiyalarni qoʻllash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. A va B guruhga mansub, hamda yer yuzasidan, sexlar ichidan oʻtgan, tonnellarga joylashtirilgan va ishchi xodimlarni evakuatsiya qiladigan yoʻllardagi V guruhdagi quvuroʻtkazgichlarda issiqlik izolatsiyalovchi konstruksiyasining yonuvchi materiallardan yasalgan elementlarini qoʻllash ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Faol oksidlovchi muhitlarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlarda tarkibida 0,45 % dan ziyod organik va yonuvchi moddalar boʻlgan issiqlik izolatsiyalovchi konstruksiyalarni qoʻllash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Ishchi harorati 100°S dan yuqori boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun, vaziyatga koʻra asoslangan taqdirda, tarkibida organik komponentlari bor issiqlik izolatsiyalovchi material va ashyolarni ishlatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Titrab turadigan quvuroʻtkazgichlarda kukunsimon mineral pasta va uzluksiz shisha tolali materialdan yasalgan issiqlik izolatsiyalagichlarni qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Korroziyadan himoyalash va quvuroʻtkazgichlarni boʻyash jarayonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Tajovuzkor moddalarni transportirovka qilishda, poʻlat quvuroʻtkazgichlarning ichki devorlari yuzasini korroziyadan himoyalash uchun mazkur moddalarning kimyoviy va fizik xossalarini, quvuroʻtkazgich va elementlarining konstruksiyasi va materialini, ishlatish sharoitlari va boshqa omillarni hisobga olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Quvuroʻtkazgichlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoyalash usuli va tizimini tanlashda quvuroʻtkazgichlarni oʻrnatish usuli va sharoitlari tashqi muhitning korroziyaga nisbatan faollik darajasini, elektrkorroziya hodisasining xavflilik darajasini, transportirovka qilinadigan moddaning turi va parametrlarini inobatga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Atrof muhitning tajovuzkorlik taʼsiri darajasini va yer yuzasidagi quvuroʻtkazgichlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoyalash yoʻllarini qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga binoan metall va nometall himoya qoplamlarini hosil qilish bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Quvuroʻtkazgichlarni yerosti korroziyasidan himoyalash uchun loyihada ularni kafolatli ishlatishni taʼminlashga oid yechimlar koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Elektrkimyoviy himoyaning zarurati haqidagi qarorni, normativ-texnik hujjatlar talablari asosida, quvuroʻtkazgichlar yotqiziladigan uchastkalardagi tuproqning yoki “daydi” toklarning korroziya hosil qilish boʻyicha xavfliligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan korroziya hodisasiga doir tadqiqotlarga tayanib qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Elektrkimyoviy himoya (katodli, protektorli, drenajli) tizimini loyihalash ishlarini amaldagi normativ-texnik hujjatlar talablari asosida bajarish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Yerosti quvuroʻtkazgichlarini kanalsiz usulda joylashtirishda tuproq va “daydi” toklar taʼsiridan hosil boʻladigan korroziyadan himoyalash vositalarini issiqlik izolatsiyasiz quvuroʻtkazgichlarda oʻtkazish zarurligi loyihada bayon etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Transportirovka qilinadigan muhitining harorati 20°S dan past boʻlgan issiqlik izolatsiyasi oʻrnatiladigan quvuroʻtkazgichlar korroziyadan issiqlik izolatsiyasi yoʻq quvuroʻtkazgichlar kabi himoyalanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Quvuroʻtkazgichlarni elektrkimyoviy himoyalashda izolatsiyalangan flanetsli ulama (IFU)ni qoʻllash rejalashtirilishi kerak. IFU ni qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Quvuroʻtkazgichlardagi elektrpotensiallarni oʻlchash uchun uzib qoʻyadigan qurilma, kondensat toʻplagichlar va boshqa uskuna, hamda inshootlardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni korroziyadan himoyalash tadbirlarini loyihalashda, quvuroʻtkazgichlarda qulay sharoitda koʻrik oʻtkazish va korroziyaga qarshi qoplamalarni tiklash imkoniyatiga oid konstruktiv yechimlar inobatga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Quvuroʻtkazgichlarni turli ranglarga boʻyashni davlat standartlari va sanoat xavfsizligiga doir normativ-texnik hujjatlarga muvofiq ravishda bajarish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. QUVUROʻTKAZGIChLARNI MONTAJ QILIShGA DOIR TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Quvuroʻtkazgichlar va kommunikatsiya bloklari (quyida quvuroʻtkazgichlar)ni montaj qilishda mazkur Qoidalar, ish bajarish boʻyicha ishlab chiqilgan reja va loyiha talablariga amal qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlashdan xavfliligi boʻyicha 1-kategoriyaga mansub blokli portlashdan xavfli ishlab chiqarishdagi quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishni bogʻlanma yoki bloklab montaj qilish usulida bajarish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Tegishli tartibda kelishilmay turib, loyiha va ish bajarish rejasidan chetlatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishda avvalo undagi materiallar, detallar, armaturalarning sifati sertifikatlar, standartlar, texnik shartlar va boshqa texnik hujjatlarga mos kelishini, hamda bajarilgan ishlar sifatini tezkor tekshiruvdan oʻtkazish kerak. Mazkur tekshiruv dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va unga ashyolarning sifatini kafolatlovchi barcha hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Quvuroʻtkazgichlarning yigʻma qismlarining oʻrtasidagi chetlashuvi (ogʻishi) har 1 m ga ±3 mm dan, butun tarmoq uzunligi boʻylab esa ± 10 mm dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan ishlash muddatlari oʻtgan ashyolar va materiallarni taftishdan oʻtkazib, nuqsonlariga barham berib, kerakli sifati va xavfsiz qoʻllashni taʼminlovchi sinovlardan oʻtkazgandan keyingina montaj qilishga qabul qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishda qoʻllaniladigan ashyolar va materiallarni saqlashga oid shart-sharoitlar texnik hujjatlar talablariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Agar montaj jarayoni davomida quvur bir necha boʻlaklarga kesilgan (qirqilgan) boʻlsa, har bir hosil boʻlgan boʻlakka dastlabki quvurga qoʻyilgan tegishli tamgʻani bosish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Quvuroʻtkazgichlarni montaj qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Montaj uchun quvurlar, ularning elementlari va bogʻlanmalarni qabul qilishda, tegishli hujjatlari va butlanganligini tashqi koʻrikdan (qismlarga ajratmay) oʻtkazib, tekshirib koʻrish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Iflos, korroziyaga uchragan, deformatsiyalangan, himoya qoplamalari buzilgan quvurlar, bogʻlanmalar va boshqa ashyolarni montaj qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Quvuroʻtkazgichlar ichki yuzasini maxsus usullar bilan tozalash (yogʻ-moysizlantirish, yuvish) ishlarini, agar boshqa koʻrsatmalar berilmagan boʻlsa, montaj ishlari tugallanib, ishga tushirish-sozlash paytida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Quvuroʻtkazgichlarni faqat loyihaga mos holatda mahkamlangan uskunalarga ulash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlarni uskunalarga qiyshaytirmay, hamda ortiqcha taranglamay ulash kerak. Quvuroʻtkazgichlarni uskunalarga ulangandan keyin, qoʻzgʻalmaydigan ustunlarni tayanch konstruksiyalarga ulab, mahkamlab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Quvuroʻtkazgichlarni payvandlash uchun yiqqan paytda, payvand chokka u obdan sovumaguncha va zaruratga koʻra issiqlik ostida ishlov berilmaguncha, zoʻriqish keltirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Koʻndalang payvand chokidan ustun chetigacha yoki osma moslamagacha boʻlgan oraliq, zaruratga koʻra, issiqlik bilan ishlov berish va nazorat qilishga imkon berishi kerak. Burchak hosil qilingan (tavrsimon) payvand chokli shtutser yoki boshqa elementdan quvur egilgan joygacha yoki quvuroʻtkazgichdagi koʻndalang payvand chokgacha boʻlgan masofa (oraliq) quvurning diametridan kichik boʻlmasligi, ammo tashqi diametri 100 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun kamida 50 mm boʻlishi shart. Tashqi diametri 100 mm va undan katta boʻlgan quvurlarda esa eng kamida 100 mm boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkita yonma-yon egilgan quvurlardagi payvand choklari orasidagi masofa, quvurning diametri 150 mm dan kam boʻlganda 100 mm, diametri 150 mm dan ziyod boʻlganda esa 200 mm boʻlishi kerak. Keskin egilgan elementlarni qoʻllaganda payvandlab ulash joyini quvur bukila boshlagan uchastkaga oʻrnatib, ikkita elementni bir-biriga toʻgʻri uchastkasiz payvandlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Ikkita yonma-yon payvand choklari orasidagi masofa va quvuroʻtkazgichga payvandlab ulangan halqa qisqartmalarning uzunligi kamida 100 mm boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Koʻndalang payvand choklarni oʻrnatayotganda ulanayotgan elementlardagi boʻylama choklari bir-biriga qarama-qarshi qilib qoʻyib bajarish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Quvuroʻtkazgichlarda yigʻma boʻlaklarni loyihada koʻrsatilgandek qilib oʻrnatishdan oldin flanetsli ulamalarning bolt (shpilka)laridagi gayka obdan tortib mahkamlanishi, chetlari payvandlanib (zaruratga koʻra issiqlik bilan ishlov berilib) hujjatlardagi talablar asosida tekshiruvdan oʻtkazilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Flanetslarning zichlanuvchi yuzalarining quvur oʻqiga nisbatan perpendikulyarligi (tikligi), 6-ilovada* keltirilgan oʻlchamlardan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6- ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Tutash flanetslarning zichlanuvchi yuzalari oʻqining nomutanosibligi 6-ilovada koʻrsatilgan chetlashish miqdorining 2 barobaridan katta boʻlmasligi zarur. Ayni paytda ular orasidagi tirqish aylanma boʻylab bir xil boʻlishi va qistirmaning qalinligiga mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Flanetsli ulanmalarni bajarishda quyidagi talablarni amalga oshirish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boltning gaykalari flanetsli ulanmalarning bir tomonida boʻlishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gaykada chiqib turadigan boltning balandligi eng kamida 1 va eng koʻpi bilan 3 rezba oʻlchamida boʻlishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yumshoq qistirmali ulanmalarda gaykalarni xoch (krest)simon yoʻnalishda burab qotirish, metall qistirmali ulanmalarda esa aylanma boʻylab burab qotirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quvuroʻtkazgichlarni ulovchi boltlar va shpilkalar ish hujjatlarida bayon qilinishiga muvofiq moylangan boʻlishi kerak. Ishchi harorati 300°S dan yuqori boʻlgan quvuroʻtkazgichlardagi ulanadigan joylarga dastlab grafitli moy surtilishi, yumshoq qistirmalarning har ikkala tomoniga quruq grafit surtib chiqilishi kerakligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qistirmadagi asosiy teshikning diametri quvurning ichki diametridan kichik boʻlmasligi, hamda flanetsning jipslashuvchi yuzasi diametriga mos boʻlishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ulanayotgan flanetslar yuzasidagi qiyshiqligi tuzatish uchun boltlarni (shpilkalarni) haddan tashqari qattiq tortish yoki ponasimon qistirmalar oʻrnatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishni tayanch konstruksiyalar va osma tutqichlarni yaxshilab mahkamlagandan keyingina boshlash mumkin. Quvuroʻtkazgichning yigʻma boʻlaklari va uzellari eng kamida 2 ta tayanchga yotqizilgandan yoki 2 ta osma tortqichlarga birlashtirilgandan, hamda ular buralib yoki agʻdarilib tushib ketmasligiga ishonch hosil qilingandan keyin montaj qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Flanets armaturasi yoki kompensator armaturasidan tayanchlar, osma tutqichlar, devor, toʻsiqlargacha boʻlgan masofa eng kamida 400 mm boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Oʻlchov diafragmalari oʻrnatiladigan joyga, montaj paytida, vaqtincha normativ-texnik hujjatlarga mos ravishda montaj halqalarini joylashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Mexanik yoki elektr toki vositasida ishga tushiriladigan armaturalarni montajga berishdan oldin mazkur moslamaning sozligini tekshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Armatura tanasining muhit oqimi yoʻnalishiga nisbatan holatini belgilash va shturvallar oʻqini oʻrnatish tartibi loyihada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. Quvuroʻtkazgich armaturalarini berkitilgan holatda montaj qilish lozim. Armaturani flanetsli va payvandlanib ulashda quvuroʻtkazgichni tortib (zoʻriqtirib) yubormaslik kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Armatura korpusi payvandlash chogʻida qizishi tufayli ichidagi elementlar qisilib, qolmasligining oldini olish uchun, payvandlanadigan armatura va uning zatvorlarini batamom ochib qoʻyish darkor. Agar payvandlash ishlari taglik halqasiz oʻtkazilgan boʻlsa, payvandlash tugagandan keyin armaturaning ichini obdan tozalagandan keyingina berkitish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. Muayyan uchastkadagi quvuroʻtkazgichlarda payvandlash ishlari oʻtkazilgandan va (oxirgi qoʻzgʻalmas quvurlar bundan mustasno) ustunlarga yaxshilab mahkamlangandan, hamda issiqlik bilan ishlov berilgandan keyin (zaruratga koʻra) va mazkur uchastkadagi payvand choklari tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng sovuq taranglatish jarayoni oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Gorizontal tekislikdagi “P” — simon kompensatorlarni oʻrnatishda ishchi hujjatlarda quvuroʻtkazgichlar uchun koʻrsatilgandek umumiy nishab (qiya)likka rioya qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. Oʻqli kompensatorlarni quvuroʻtkazgichlar oʻqiga (yoʻnalishiga) mos qilib oʻrnatish lozim. Kompensatorlarning ulanuvchi quvurchalarini oʻrnatishda loyihada belgilangan holatdan ruxsat etilgan ogʻish darajasi kompensatorlarga berilgan hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Kompensatorlarni ularda belgilangan mil yoʻnalishini quvuroʻtkazgichlardagi moddaning harakati yoʻnalishiga toʻgʻri qilib oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Kompensatorlarni montaj qilishda ularning boʻylama oʻqlari boʻyicha buralib zoʻriqish, oʻzining massasi taʼsiridan va ulanadigan quvuroʻtkazgichlar massasi taʼsiridan osilib (salqib) qolish holatlariga barham berib, hamda egiluvchan elementlarning mexanik buzilishlardan va ularga payvandlash paytida uchqun tushishidan himoyalash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Silfonsimon, linzasimon va salnikli kompensatorlarning montaj qilishdagi uzunligi, ayni vaziyatdagi havo haroratini hisobga olgan holatda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Kompensatorlarni montaj uzunligigacha choʻzishni ularning konstruksiyasida inobatga olingan moslamalar yordamida yoki maxsus taranglab montaj qilish qurilmasi yordamida bajarish kerak. Choʻzish (siqish) ishlari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Salnikli kompensatorlarni montaj qilishda harakatlanuvchi qismlarining siljishi va zichlovchi moslamalarning himoyalanishini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Payvandlab ulashdan oldin kompensatorlarni choʻzish zarur boʻlsa, mazkur vazifa ishchi hujjatlarda yozilgan boʻlishi kerak. Kompensatorlarning kompensatsiyalanish imkoniyati pasayib ketishining va uni qiyshayib (engashib) ketishining oldini olish maqsadida kompensatorning simmetriya oʻqidan eng kamida 20 Dn masofadagi ulanmadan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Linzasimon, silfonli va salnikli kompensatorlarni yigʻma birikmalar va kommunikatsiyalar bloklari holatida yirik konstruksiyalar qilib oʻrnatish lozim. Ayni paytda ularni transportirovka qilish, koʻtarish va joylashtirishda deformatsiya va buzilishlardan saqlash uchun qoʻshimcha qattiq tayanch (taglik)lar qoʻllash zarur. Montaj ishlari tugallangandan keyin vaqtincha oʻrnatilgan tayanch tagliklar olib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Vertikal quvuroʻtkazgichlarning ogʻishi (loyihada belgilanmagan boʻlsa) har bir metr uzunligiga 2 mm dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. Quvuroʻtkazgichlarning vertikal uchastkalarini montaj qilishda, vertikal quvurlarning vazni taʼsiridan kompensatorlarda siqilish sodir boʻlmasligiga doir tadbirlar qoʻllanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310. Quvuroʻtkazgichlarni estakadalar, kanallar yoki lotoklarga joylashtirganda, har bir harorat blokida ularni batamom mahkamlash ishlarini qimirlamaydigan ustun (tayanch)dan boshlash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. Temir yoʻl, avtoyoʻl, oʻtish yoʻllari va boshqa muhandislik inshootlarni kesib oʻtadigan quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishni, belgilangan tartibda, tegishli tashkilotlar bilan kelishilgandan keyingina bajarish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni, aksariyat holatlarda kesimi (Dsh) eng kamida, 20 mm boʻlgan payvandlab ulangan quvuroʻtkazgichlar (flanetsli ulanmali joylar bundan mustasno) yordamida isitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313. Isituvchi quvuroʻtkazgichlarni texnologik quvuroʻtkazgichlarga mahkamlaganda, quvuroʻtkazgichlar issiqlik taʼsiridan uzayishini qulay kompensatsiyalashni taʼminlanishini hisobga olish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. Quvuroʻtkazgichlarni loyiha holatiga mos qilib joylashtirishdan oldin ulardagi korroziyadan himoyalanuvchi va issiqlikni izolatsiyalovchi moslamalar keyingi montaj ishlarini bajarish paytida buzilmay saqlanishini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Shartli bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) dan 320 MRa (3200 kgf/sm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni montaj qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315. Quvuroʻtkazgichlarning yigʻma boʻlaklari va detallari davlat standartlari va normativ-texnik hujjatlarga mos boʻlishi zarur. Quvuroʻtkazgichlar va boshqa buyumlarni qabul qilishda quyidagilarni tekshirish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvurlar, detallar va armaturalardagi rezbali ulanish joylarini, flanetsni burab koʻrib tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shpilkalardagi rezbalarni gayka burab koʻrib tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quvurlarning detallar, armaturalar, flanetslar, muftalar, mahkamlagich detallar, qistirmalarning ulanadigan uchlarining geometrik oʻlchamlarini, har bir partiya (uyum)dan kamida 2 % ni (ammo 2 donadan kam boʻlmasligi kerak) tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quvurlar, ulanadigan detallar, flanetslar, linzalar, muftalar, armaturalar, mahkamlagich detallar va qistirmalarning soni mazkur partiya (uyum)ga doir kuzatish hujjatlarida koʻrsatilgan miqdorda ekanligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgich armaturalari oldin sinovdan oʻtkazilganligi va kafolat muddatidan qatʼiy nazar, montaj qilishga berishdan avval mustahkamlik va germetiklikka sinalishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316. Quvuroʻtkazgichning echib olinadigan ulanmalariga doir tozalash, moylash, yigʻish, oʻqlarining mosligi va oralaridagi tirqishga boʻlgan talablar loyiha, hamda normativ-texnik hujjatlarda belgilangan boʻladi. Yigʻma boʻlaklar orasidagi tirqish, noparallellik yoki oʻqlari mos kelmasligiga quvuroʻtkazgichlarni tortish (taranglatish) yoʻli bilan barham berish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317. Mahkamlovchi detallar bir partiya (uyum)dan olingan boʻlib, taranglanish kuchining nazorat qilinishini taʼminlashi lozim. Ulanmalarni yigʻish, taranglikni tekshirish natijalari normativ-texnik hujjatlar yoki ishlab chiqarish yoʻriqnomasi (texnologik karta)da bayon etilishi kerak. Mazkur bayonnomada ishchi hujjatlarda yoki (yoʻq boʻlsa) 7-ilovada* berilgan oʻlchamlarni inobatga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 7-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318. Yigʻilgan flanetsli ulanmada shpilkalar gaykadan kamida 1 rezba oʻlchamida chiqib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Flanets bilan gayka oʻrtasiga shayba qoʻyish mumkin emas. Flanetsga ulangan quvur oxiridagi rezba flanets uchidan 1 ta rezba oʻlchamida chiqib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319. Ishchi hujjatlarda flanetsli rezbali ulanmalar bilan devor, toʻsiq va boshqa qurilish konstruksiyalari orasidagi masofa flanetsli ulanmalarni yigʻish va echish paytida mexanizatsiyalashgan asboblarni koʻllash mumkinligini inobatga olinishi kerak. Ayni vaziyatlarda mazkur masofa diametri 65 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun kamida 300 mm, diametri 65 mm dan katta boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun esa, kamida 600 mm boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Zavodda tayyorlanib olib kelinayotgan quvuroʻtkazgichlar yoki yigʻma boʻlaklarni hujjatlashtirish va belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320. Buyurtmachiga kelayotgan har bir quvuroʻtkazgich yoki yigʻma boʻlaklar uchun quyidagi hujjatlar boʻlishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvuroʻtkazgich yoki yigʻma boʻlakning yigʻish chizma (sxema)si 2 nusxada yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) butlangan quvuroʻtkazgich tarmogʻidagi poʻlat quvuroʻtkazgichlarni yigʻishda zarur qismlarining pasportlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) armaturalar, quvuroʻtkazgich detallari, mahkamlovchi va zichlovchi detallar pasportining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) butlash vedomosti —1 nusxa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) butlash varaqasi — 3 nusxadan, bulardan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nusxasi — pochta orqali joʻnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nusxasi — butlash qutisi ichida boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nusxasi — butlash qutisi ustida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Zanglamaydigan poʻlatdan va 20YuCh rusumli poʻlatdan yasalgan yigʻish boʻlaklarga yorqin, yuvilmaydigan boʻyoq surtib belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Boshqa poʻlatlardan yasalgan yigʻish boʻlaklari tamgʻalab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Belgilash har bir ulanadigan quvuroʻtkazgich uchidan kamida 200 mm masofada oʻtkaziladi. Belgining suratida texnologik qurilmaning shifri, maxrajida esa quvuroʻtkazgich tarmogʻining shifri yoziladi. Belgini normativ-texnik hujjatlarda berilgan shriftda qoʻyish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Buyurtmadagi barcha quvuroʻtkazgichlarning yigʻma boʻlaklari uchun belgi qoʻyish sxemasi bir xil boʻlishi kerak. Belgi qoʻyilgan joy rangsiz lak bilan qoplanib, atrofiga yorqin, yuvilmaydigan boʻyoq surkab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Yigʻma boʻlaklar tarkibiga kirmaydigan detallar va armaturalar montaj qilingan quvuroʻtkazgich tarmogʻidagi vazifasi (xususiyati)ga koʻra yuvilmaydigan boʻyoq bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. Zavoddan metrlab yuborilayotgan blokka kiruvchi har bir quvurga texnologik qurilma shifri, yuborilayotgan blokning tartib raqami, quvuroʻtkazgich tarmogʻining tartib raqami va “T” harfi yozilgan belgi qoʻyiladi. Urib (oʻyib) yozilgan birkali belgilar har bir oʻramning ikkala tomoniga mahkamlangan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327. Har bir yuk oʻrni uchun belgilar yorliqqa yoki yashikning uch tomoniga va yon tomonlariga yorqin yuvilmaydigan boʻyoq surtib bajariladi. Belgida yuk oʻrnining tartib raqami, mazkur quvuroʻtkazgich tarmogʻidagi yuk oʻrinlarining soni, qabul qilib oluvchi, uning manzili, joʻnatuvchi va uning manzili, yukning ogʻirligi (netto, brutto), yukning gabarit oʻlchamlari, manipulatsiya belgilari (“yuqorisi”, “agʻdarilmasin”, “straxovka-bogʻlash joyi”, “ogʻirlik markazi”) yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328. Har bir quvuroʻtkazgich tarmogʻi (komplekti) bilan buyurtmachiga quyidagi texnik hujjatlar yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pasport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quvurlar va detallar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) payvandlab ulangan joylar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) butlangan poʻlat texnologik tarmoqlarning yigʻish boʻlaklari tarkibidagi armaturalar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yigʻma boʻlaklarni gidravlik sinovdan oʻtkazish haqidagi dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) past va yuqori bosimdagi armaturalarni taftish qilish va sinash haqidagi dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) spetsifikatsiya (vazifasi, xususiyatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjatlarning shakli mazkur Qoidalarning 1-ilovasida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. PAYVANDLASh VA TERMIK IShLOV BERISh JARAYoNLARIGA BOʻLGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Payvandlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329. Quvuroʻtkazgichlar va ularning elementlarini yasash, montaj qilish va taʼmirlashda sanoatda qoʻllaniladigan payvandlash usullaridan foydalanish mumkin va ushbu jarayon payvandli ulamalarning ishlashdagi zarur kafolatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330. Uglerodli va past legirlangan, toblanmagan, 17GS, 09G2S rusumdagi, shartli diametri 80 mm gacha va devorlarining qalinligi 3,5 mm gacha boʻlgan, 10 MRa (100 kgf/cm2) bosim ostida ishlaydigan quvurlarni gaz (atsetilen kislorodli)li usulda payvandlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Gazli payvandlash usulini past legirlangan (15XM, 12X1MF va sh. k.) poʻlatlardan tayyorlangan, shartli diametri 40 mm gacha, devorlarining qalinligi 5 mm gacha boʻlgan, 10 MRa (100 kgf/cm2) gacha bosimda ishlaydigan quvurlarni montaj qilish va taʼmirlashda qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Quvuroʻtkazgich va uning elementlarini payvandlash ishlari amaldagi normativ-texnik hujjatlar asosida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Payvandlash ishlariga, shu jumladan tutqichlar, vaqtinchalik mahkamlovchi moslamalar oʻrnatishga belgilangan tartibda attestatsiya (sinov)dan oʻtgan payvandchilarni tayinlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Quvuroʻtkazgich va uning elementlarini payvandlashda quyidagi materiallardan foydalanish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) standartlar yoki muayyan rusumdagi elektrodlarni tayyorlash va joylashga oid texnik shartlarga mos qoplamali metall simlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) standartlarga mos volframli payvandlash elektrodlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muayyan sim rusumiga taalluqli texnik shartlarga yoki standartlarga mos poʻlat simlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) standartlarga mos oliy va birinchi navli gazsimon argonlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) standartlarga mos karbonat angidridi (SO2)dan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) standartlar yoki muayyan rusum uchun belgilangan texnik shartlarga mos erigan payvandlash flyusidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) standartlarga mos gazsimon texnik kisloroddan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) standartlarga mos eritilgan va gazsimon atsetilendan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335. Payvandlash materiallari sertifikatga ega boʻlib, davlat standartlari va texnik shartlar talabini qoniqtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336. Sertifikati yoʻq payvandlash materiallarini ishlatishdan avval ularning kimyoviy tarkibi va erigan metallning mexanik xossalarini tekshirib koʻrish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337. Sinovning bir turi yoki kimyoviy tahlil boʻyicha qoniqarsiz natijalar olingan boʻlsa, qaytadan sinov oʻtkazish mumkin. Mazkur vaziyatda qoniqarsiz baho olgan sinov namunalarining sonini 2 barobar qilib oʻtkaziladi. Bunda ham hattoki bittasidan qoniqarsiz natijalarga erishilgan boʻlsa, payvandlash materiallarining mazkur partiya (uyumi)si yaroqsiz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338. Payvandlash nazorat qilishda mavjud normativ-texnik hujjatlar talablariga amal qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339. Ishchi harorati 350 °S dan baland boʻlgan payvand ulanmalar uchun moʻljallangan austenitli payvandlash materiallarida, normativ-texnik hujjatlar talablariga binoan, ferrit fazasining mavjudligini tekshirib chiqish lozim. Ishchi harorati 350°S dan 450°S gacha boʻlgan ulanmalarning erigan metalidagi ferrit fazasining miqdori 8 % gacha, 450°S dan yuqori haroratdagilarida esa 6 % gacha boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340. Harorati 200°S dan ziyod boʻlgan vodorodli muhitda ishlovchi, perlit-xrommolibdenli poʻlatdan yasalgan payvandli ulanmalar uchun moʻljallangan payvandlash materiallari, normativ-texnik hujjatlar talablariga koʻra erigan metalldagi xromning miqdori payvandlanayotgan poʻlatdagi xromning miqdorining eng minimal darajasidan kam boʻlmasligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Payvandlash ulanmalariga kristallararo korroziyaga bardoshliligiga oid talab qoʻyilgan boʻlsa, austenit payvandlash materiallari kristallararo korroziyaga moyilligini sinab koʻrish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. Payvandlashga tayyorlangan quvur turi va konstruktiv elementlarining qirgʻogʻi va payvand choklari, normativ-texnik hujjatlarga koʻra oʻzaro mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Quvurlarni kesish va qirgʻoqlarini payvandlashga tayyorlash mexanik usulda bajariladi. Uglerodli, pastlegirlangan va issiqbardosh poʻlat quvurlarni gazli usulda kesish, hamda boshqa barcha turdagi poʻlatlardan yasalgan quvurlarni havoli-yoy va plazmali usulda kesish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvurlarni olov vositasida qirqqanda keyinchalik mexanik ishlov berish uchun biroz uzunroq qilib kesish kerak. Mazkur uzunlik normativ-texnik hujjatlarda yozilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344. Toblangan issiqbardosh poʻlatdan yasalgan quvurlarni gazli, havoli-yoy va plazmali usulda kesishdan oldin 200-250°S gacha qizdirib, izolatsiya qobigʻi ostida asta-sekin sovutib olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345. Toblangan issiqbardosh poʻlatdan yasalgan quvurlarni olovli usulda qirqib, payvandlashga tayyorlaganda, ularning chet (qirgʻoq)lari kapillyar yoki magnitli kukun usulidagi defektoskopiya yoki kimyoviy reagentlar yordamida tekshirib chiqiladi. Aniqlangan darzliklarga qirgʻoqning barcha yuzasini mexanik usulda tozalash yoʻli bilan barham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346. Payvandlash uchun ishlov berilgan quvur qirgʻogʻining perpendikulyar holatida hosil boʻladigan quvurga nisbatan ogʻishi quyidagi oʻlchamlardan ziyod boʻlmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Dsh — 65 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun 0,5 mm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Dsh— 65 — 125 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun 1,0 mm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Dsh — 125 — 500 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun 1,5 mm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Dsh — 500 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun 2,0 mm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347. Payvandlashga tayyorlangan quvurlar va ularning elementlari, hamda ularga yondosh boʻlgan uchastkalar ham ichki, ham tashqi tomonidan 20 mm kenglikda zang va kirlardan tozalanib jilolanib, yogʻsizlantirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348. Payvandlanadigan quvurlar bir-biriga maxsus markazlashtiruvchi moslama yordamida, hamda har 50-70 mm ga vaqtinchalik texnologik mahkamlagichlar payvandlanib yigʻilishi lozim. Mazkur moslama ulanadigan quvurlar oʻqi (markazi)ning mos kelishini, quvur qirgʻoqlari orasidagi tirqishning butun aylanma boʻylab bir xil boʻlishini taʼminlaydi. Texnologik mahkamlagichlar payvandlanayotgan quvurlar materialidan tayyorlangan boʻlishi kerak. Issiqbardosh, toblangan quvur qirgʻoqlarini yigʻishda qoʻllaniladigan texnologik mahkamlagichlarni uglerodli poʻlatdan yasash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349. Kristallararo korroziyaga bardoshli, devorlarining qalinligi 8 mm gacha boʻlgan, austenit poʻlatdan yasalgan quvurlarni payvandlashda texnologik mahkamlagichlar ishlatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350. Boʻylama chokli quvurlar va ularning elementlarini ulaganda, choklari bir-biriga nisbatan biroz boshqa tomonga siljitilgan (aylantirilgan) boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siljitilgan (aylantirilgan) masofa ulanayotgan quvurlar devorlarining qalinligidan kamida 3-marta katta (ammo 100 gshp dan kam boʻlmasligi) boʻlishi kerak. Shartli diametri 100 mm va undan kichik quvurlarda boʻylama choklar quvur aylanasi uzunligining ¼ qismi miqdorida bir-biriga nisbatan siljigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Quvurlarni ulashda payvand choklaridagi erigan metall erkin joylashgan boʻlishiga eʼtibor berish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvurni tarang tortib chok hosil qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. Payvandlanayotgan quvur yoki elementlarining tashqi diametri bir-biriga nisbatan katta yoki kichikligi, devori yupqa quvur qalinligining 30 % dan ziyod (5 mm dan katta) boʻlmasligi kerak. Ayni vaziyatda payvand choki yuzasini katta diametrli quvurdan kichik diametrli quvur tomonga biroz qiyalatib, tekis qilib yasash lozim. Agar qirgʻoqlari belgilangan oʻlchamdan katta boʻlsa, chokni tekis oʻtkazish uchun diametri katta quvurning uchini 15° burchak ostida biroz yoʻnish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. Ichki diametrlari orasidagi farq 8-ilovada* berilgan oʻlchamlardan ziyod boʻlmasligi kerak. Agar mazkur oʻlcham ruxsat etilgan miqdordan katta boʻlsa, chok tekis oʻtishini taʼminlash uchun ichki diametri kichik quvurning uchini 15° qiyalikda biroz yoʻnish zarur. Shartli ishchi bosimi Rsh 10 MRa (100 kgf/sm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda quvurlar uchini bir-biriga silindrik yoki konussimon qilib joylashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 8-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. Uchma-uch qilib yigʻilgan quvuroʻtkazgichda toʻgʻri (ravon)likdan ogʻishini perimetri boʻylab 3 joyida 400 mm uzunlikdagi chizgʻich bilan oʻlchaganda chokdan 200 mm narida quyidagidan ziyod boʻlmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosimi 10 MRa (100 kgf/sm2) va 1-kategoriyaga mansub quvuroʻtkazgichlar uchun — 1,5 mm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II, V — kategoriyadagi quvuroʻtkazgichlar uchun esa — 2,5 mm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355. Tutqichlarni oʻrnatishdagi payvandlash usuli va payvandlash materiallari, chok asosini payvandlashdagi usul va materiallarga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356. Tutqichlarni toʻlaligicha (yaxshilab) eritib oʻrnatish va chok asosini hosil qilishda batamom eritib yuborish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357. Tutqichlarga boʻlgan talablar asosiy payvand choklariga boʻlgan talablardek boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi kuzatish natijasida tutqichlarda nooʻrin nuqsonlar aniqlansa, ular mexanik yoʻl bilan olib tashlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358. Tutqichlar chokning perimetri boʻylab bir tekis qilib joylashtiriladi. Ularning soni, uzunligi va balandligi payvandlanadigan quvurlarning diametri va devorlarining qalinligiga, hamda hujjatlarda koʻrsatilgan payvandlash usuliga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359. Ishchi bosimi 10 MRa (100 kgf/sm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlardagi quvurlarni va ularning elementlarini yigʻishda qolib ketadigan taglik halqalar yoki echib olinadigan mis halqalardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Termik (issiqlik taʼsir etib) ishlov berish jarayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360. Payvand ulanmalariga termik ishlov berish zarurati va uning rejimi (qizitish tezligi, bir xil haroratda ushlab turish va davomiyligi, sovutish tezligi, sovutuvchi muhit va sh.k.) tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361. Payvandlab ulangan joylarga termik ishlov berishga maxsus saboq olgan va tegishli tartibda attestatsiyadan oʻtgan termis (issiqlik bilan ishlov beruvchi mutaxassis) operatorlar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362. Quyidagilarga termik ishlov beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) devorlarining qalinligi 36 mm dan katta boʻlgan uglerodli poʻlatdan yasalgan elementlar ulangan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uglerodli poʻlatdan yasalgan, devorlarining qalinligi 36 dan katta boʻlgan quvurlarga qalinligi 25 mm dan katta boʻlgan shtutserlar ulangan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) devorlarining qalinligi 30 mm dan ziyod, past legirlangan marganetsli va kremniy-marganetsli poʻlatlardan yasalgan elementlar ulangan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) diametri 25 mm dan katta shtutserlarni past legirlangan marganetsli va kremniy-marganetsli poʻlatlardan tayyorlangan diametri 30 mm dan ziyod boʻlgan quvurlar bilan payvandlangan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) devorining qalinligi va poʻlatning rusumidan qatʼiy nazar, parsial bosimi 0,0003 MRa dan katta boʻlgan, vodorod sulfidli muhitda ishlatish uchun moʻljallangan quvurlarning payvand choklari va shtutserlar ulangan joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) devorining qalinligidan qatʼiy nazar xrom-kremniy-marganetsli, xrom-molibdenli, xrom-molibden-vanadiyli, xrom-vanadiy-volframli va xrom-molibden-vanadiy-volframli poʻlatlardan tayyorlangan quvurlardagi choklar va shtutserlar bilan ulangan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) uglerodli va past legirlangan, korrozion darzliklar paydo boʻlishiga moyil muhit uchun moʻljallangan (loyihada koʻrsatilishicha) quvurlardagi choklar va shtutser ulangan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) titan yoki nisbiy qoʻshib barqarorlashtirishgan austenit poʻlatdan tayyorlanib, korrozion darzliklar hosil qiluvchi, hamda 350°S dan yuqori haroratlarda kristallararo korroziya paydo qiluvchi muhitlar uchun moʻljallangan quvurlarning payvand choklari va shtutserlar ulangan joylariga (loyihada koʻrsatilishiga koʻra) barqarorlashtiruvchi termik ishlov (otjig) berish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) devorining qalinligidan qatʼiy nazar, uglerodli va past legirlangan poʻlatlardagi yaproqsimon usulda boʻylama chok solingan payvand joylari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363. Payvandlangan ulanma joylarga termik ishlov berishda, payvand choklari va unga yondosh ikki tomondagi uchastkalarda asosiy metallni butun perimetri boʻylab birvarakayiga va bir tekis qizishini taʼminlaydigan umumiy pech yordamida isitish yoki halqa boʻylab qizdiradigan har qanday usuldan foydalanish mumkin. Zarur haroratgacha qizdiriladigan uchastkaning minimal kengligi quvur devori qalinligining 2 barobaridan kam (eng kamida 50 mm) boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364. Termik ishlov berishda qoʻllanilayotgan qizdiruvchi halqa yonidagi quvuroʻtkazgichning uchastkasi, quvur uzunligi boʻylab bir maromda, tekis qizishi uchun issiq izolatsiyasi bilan qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365. Ishchi bosim miqdoridan qatʼiy nazar, xromnikelli austenit poʻlatdan yasalgan quvuroʻtkazgichlarni gaz-alanga usulida qizdirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366. Termik ishlov berish paytida issiqlik taʼsiridan metallning kengayishi imkoniyatini taʼminlaydigan va plastik deformatsiyaga olib kelmaydigan sharoit boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367. Payvand ulanmalarga termik ishlov berish uzluksiz boʻlishi kerak. Zaruratga koʻra tanaffus qilish (vaqtincha toʻxtash) kerak boʻlganda (elektrenergiya uzilib qolganda, isitgich ishdan chiqqanda va sh.k.) ulangan joylarni asta-sekin 300°S gacha sovutishni taʼminlash zarur. Qaytadan qizdirganda, payvand ulanmalarni zarur harorat ostida boʻlish muhlatini aniqlashda, birinchi qizdirish vaqtini ham qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368. Devorining qalinligi 20 mm dan katta boʻlgan quvuroʻtkazgich va boshqa elementlarga termik ishlov berishda qizdirish rejimi, muayyan haroratda ushlab turish va sovutish jarayonlari avtomatik asboblar vositasida yozib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369. Bitta payvand ulanmaga eng koʻpi bilan 3-marta termik ishlov berish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Payvandlangan ulanmalar sifatini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370. Poʻlat quvuroʻtkazgichlardagi payvandlangan joylarni tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) operatsiyalar boʻylab nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashqi koʻrikdan oʻtkazib oʻlchashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ultratovush va radiografik tekshiruv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kapillyar va magnit-kukunli tekshiruv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ferrit faza miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) stilonusxa olish (stilokopirovaniye);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qattiqligini oʻlchash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) mexanik usulda sinovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) loyihada rejalashtirilgan boshqa usullar (metallgrafik tadqiqot, kristallararo korroziyaga qarshi bardoshliligini sinash va b.) bilan tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) gidravlik va pnevmatik usulda sinash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik bilan ishlov berilgan payvand ulanmalarni oxirgi tekshirish jarayoni ulardagi termoishlov tugagandan keyin oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payvand ulanmalarning konstruksiyasi va joylashuvi hujjatlarda koʻzda tutilgan metodlar bilan tekshiruv oʻtkazishga imkon berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371. Operatsiyalar boʻyicha nazoratga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish sifatini, quvur va payvandlash materiallarining yasash va joʻnatishga oid standartlar va texnik shartlar talablariga mos ekanligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quvurlar va quvuroʻtkazgich detallarini payvandlashga tayyorlash va ulanmalarni yigʻish sifatini tekshirish (qirgʻoqlarini yoʻnish burchagi, qirgʻoqlarining oʻzaro mosligini, payvanddan oldin quvurlar orasidagi tirqish oʻlchamini, quvurlarining oʻzaro markazlarini moslashuvini, tutqichlar soni va ularning joylashuvini, tutqichlarda darz (yoriq)lar yoʻqligini);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) dastlabki qizdirilgan haroratni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) payvandlash sifati va texnologiyasi (payvandlash rejimi, choklar hosil qilish tartibi, qatlamlardagi shlakni tozalash sifati)ni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) payvandlangan ulamalarga termik ishlov berishni tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372. Tashqi koʻrikdan oʻtkazib, oʻlchash ishlari barcha payvandlangan joylarning har ikkala tomonida 20 mm kenglikda shlakdan, kuygan joylar, metall uchqun (parcha)lari va kirlardan tozalagandan keyin bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373. Tashqi koʻrik va oʻlchamlar oʻtkazilgandan keyin payvand choklari quyidagi talablarni qondirishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) choklarning shakli va oʻlchamlari bir xil standartda boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chok yuzasi mayda tangasimon boʻlishi zarur. Boʻrtib, koʻpchib chiqqan joylari, boʻshliqlar, kuygan, yaxshi erimagan joylar, quvurning asosiy qismi tomonga qarab metall erigan oqimining roʻy berishi holatlari boʻlmasligi lozim. Payvand choklarining har 100 mm ga 9-ilovaning* 1-jadvalida 1 ball uchun eng koʻpi bilan 3 tagacha boʻshliq boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 9-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374. Radiografik surat (rasm)larni tadqiqot qilganda, uzunligi 0,2 mm gacha boʻlgan qoʻshilma (boʻshliq)lar bir yerga toʻplanib yoki toʻr hosil qilmagan boʻlsa hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-ilovaning 1-jadvalida berilgan oʻlchamlardan kichik boʻlgan alohida boʻshliqlarning miqdori olingan rasm 100 mm li uchastkada 1 ball uchun 10 ta, 2 ball uchun 12 ta, 3 ball uchun 15 tadan ziyod boʻlmasligi kerak. Ammo ular uzunligining jami yigʻindisi 9-ilovaning 1-jadvalidagi miqdordan koʻp boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzunligi 100 mm dan kam boʻlgan payvand choklaridagi boʻshliqlarning umumiy uzunligini mazkur jadvalda koʻrsatilganga nisbatan proporsional ravishda ozaytirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi bosimi 10 MRa (100 kgf/sm2) dan katta boʻlgan quvuroʻtkazgichlarning payvand choklarida boʻshliqlar zanjiri (qatori) aniqlanganda, mazkur uchastkaning bahosini 1 ballga koʻtarish lozim. Chokdagi eritilgan metalldan asosiy metallga oʻtish joyi ravon boʻlishi kerak. Chokdan asosiy metallga oʻtish joyidagi kesik (oʻyiq) joylarning chuqurligi quvur devori qalinligining 10 % dan koʻp boʻlmasligi (eng koʻpi bilan 0,5 mm) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sharoitdagi bitta payvand chokdagi oʻyiqning umumiy uzunligi chok uzunligining 30 % dan ziyod boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) dan katta boʻlgan quvuroʻtkazgichlardagi choklar, hamda ishchi harorati minus 70°S dan past boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda oʻyiqlar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termik holat taʼsiridagi zonada va asosiy metalldagi choklarda darz (yoriq)lar boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir-biriga taqab payvandlangan quvurlar toʻgʻri joylashuvidagi ogʻish miqdori 7.1. 26-bandda belgilangandan katta boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375. Payvand choklaridagi nuqsonlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
376. Payvand choklarini buzmay tekshirishni amaldagi normativ-texnik hujjatlar asosida oʻtkazish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377. Payvand choklarini fizik usullarda tekshirishni maxsus ixtisosga ega boʻlgan, tekshirish ishlarini oʻtkazishga huquqi bor defektoskopchilar tayinlanadi. Har bir defektoskopchi oʻzining guvohnomasida koʻrsatilgan tekshirish metodlariga koʻra ishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Defektoskopchilar sanoat xavfsizligiga oid normativ-texnik hujjatlar asosida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378. Tashqi koʻrik natijasida perimetri boʻylab eng past baho olgan payvand choklarida buzmay tekshirish oʻtkaziladi. Tekshiriladigan payvand choklarining soni obyektga tegishli texnik shartlarga koʻra aniqlanadi. Lekin barcha holatlarda 9-ilovaning 2-jadvalida koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379. Tashqi koʻrik va oʻlchovlar natijasida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgandan keyingina payvand choklarini radiografik va ultratovush usullarida tekshirish mumkin. Ishchi bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) dan yuqori boʻlgan va minus 70°S haroratda ishlaydigan 1-kategoriyaga mansub quvuroʻtkazgichlardagi, ochiqlikda namoyon boʻlayotgan nuqsonlari magnit-kukun yoki kapillyar usullarini qoʻllab nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380. Tekshirish usullari (ultratovush, radiografik yoki ularning ikkalasi birga)ni tanlashda metallning fizik xossalari, hamda mazkur tekshirish usulini muayyan obyekt va payvand choklari uchun oʻzlashtirilganligini hisobga olgan holda, yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan nuqsonlarni toʻliq va aniq belgilash imkoniyatini taʼminlash koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381. Tekshirishdan oldin payvand choklari belgilanib chiqilishi va ularning turgan holatlariga doir nazorat kartasi, radiografik suratlarda oson topish mumkinligi, hamda tekshiruv natijalarini payvand choklarining tegishli uchastkasiga taalluqli ekanligini taʼminlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382. Radiografik nazorat paytida shartli bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) boʻlgan quvuroʻtkazgichlar, 2-sinfdagi I-II kategoriyaga mansub, hamda 3-sinfdagi III, IV, V kategoriyaga kiruvchi quvuroʻtkazgichlar uchun sezgirligini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383. Radiografik nazorat boʻyicha olingan, payvand choklarining sifatini baholashga doir xulosalar ballar boʻyicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payvand choklari sifatining ballar boʻyicha umumiy natijasi, baholashda olingan tekisliklar boʻyicha eng katta (darzliklar, erimagan, payvandlanmagan joylar) va hajmi (boʻshliqlar, shlak aralashmalari) nuqsonlarni 9-ilovadagi 1 va 3-jadvallarida keltirilgan barcha baholarning umumiy yigʻindisi boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy chokning egilganlik yoki boʻrtib chiqqanlik darajasi I-II kategoriyadagi quvuroʻtkazgichlar (minus 70°S dan past temperaturada ishlaydigan I-kategoriyaga mansub quvuroʻtkazgichlar bundan mustasno) uchun chegaralanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstruktiv jihatdan erimagan (payvandlanmagan) choklarga 0 ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga koʻra, payvandlanmagan (erimagan) joyning chuqurligini, suratdagi eng katta zichlik bor joy yoki boʻlishi ehtimol joyni radiografik qalinlik oʻlchash usuli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suratlarni oʻrganish (tadqiqot qilishda) nuqsonlar turi va oʻlchamlarini standartlar yoki MTH boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy xulosaga yoki radiografik nazorat jurnaliga 9-ilovaning 3-jadvali boʻyicha aniqlangan payvand chokining balini, 9-ilovaning 1-jadvaliga koʻra aniqlangan payvand chokiga tegishli eng yuqori ball (masalan: 0/2 = 2 yoki 6/6 = 12) yozib qoʻyish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar umumiy ball quyida koʻrsatilgan miqdorga teng yoki undan katta boʻlsa, payvand choklari yaroqsiz hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlar kategoriyasi‎ Ru > MPa (100 kgf/cm2) 1-kategoriya, temperatura minus 70°S yoki undan past boʻlganda I‎ II‎ III‎ IV‎ V‎
Umumiy ball‎ 2‎ 2‎ 3‎ 3‎ 5‎ 6‎ 6‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadvalda koʻrsatilgan ballarga teng yoki katta darajada baholangan payvand choklarini toʻgʻrilash va qayta tekshiruvdan oʻtkazish zarur. III va IV kategoriyadagi quvuroʻtkazgichlarning payvandlari olgan ballari 4 va 5 ga teng boʻlsa, ularni toʻgʻrilamasdan, avvalgi tekshirilgan choklar soniga nisbatan 2 barobar miqdorda (muayyan payvandlovchi bajargan) choklar 100 % hajmda tekshirilib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384. Shartli bosimi Rsh 10 MRa (100 kgf/cm2) dan yuqori va minus 70°S dan past haroratda ishlovchi 1-kategoriyaga mansub quvuroʻtkazgichlardagi payvand choklar quyidagi holatlarda yaroqli hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muttasil choʻzilgan nuqsonlar boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻzilmagan (nuqtali) maydonida quyidagidan katta ekvivalentli nuqsonlar boʻlmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quvur devorining qalinligi 10 mm gacha boʻlganda — 1,6 mm2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quvur devorining qalinligi 20 mm gacha boʻlganda — 2,0 mm2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quvur devorining qalinligi 20 mm dan ziyod boʻlganda — 3,0 mm2.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi perimetr boʻylab har 100 mm da eng koʻpi bilan 2 ta maydoni quyidagidan katta ekvivalentli boʻlganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quvur devorining qalinligi 10 mm gacha boʻlganda — 1,6 mm2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quvur devorining qalinligi 20 mm gacha boʻlganda — 2,0 mm2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quvur devorining qalinligi 20 mm dan ziyod boʻlganda — 3,0 mm2.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-IV kategoriyadagi quvuroʻtkazgichlar (minus 70°S dan past temperaturada ishlovchi 1-kategoriyali quvuroʻtkazgichlardan tashqari)dagi payvand choklarining sifatini ultratovush usulida tekshirish natijalari 9-ilovaning 4-jadvalidagi talablarga mos boʻlishi kerak. Ultratovush usulida tekshirilganda, nuqsonlardan kelayotgan aks sado amplitudasi maksimal ruxsat etilgan ekvivalent maydonli sunʼiy qaytargichdan kelayotgan aks sado amplitudasidan katta nuqtali nuqsonlari boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nuqsonlardan kelayotgan aks sado amplitudasi sunʼiy qaytargich aks sadosi amplitudasidan 0,5 oʻlchamga katta boʻlsa, choʻziq (muttasil) nuqsonli payvand choklar yaroqsiz hisoblanadi. Nuqtali nuqsonlar tizimining shartli uzunligini nuqsondan kelayotgan aks sado amplitudasi sunʼiy qaytargichdan kelayotgan aks sado amplitudasidan 0,5 va undan katta oʻlchamga ega boʻlgandagina oʻlchanadi va maksimal ruxsat etilgan ekvivalent maydonga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385. Shartli bosimi Rsh 10 MRa (100 kgf/cm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlardagi payvand choklari kapillyar (rangli) usulda tekshirish natijasiga koʻra quyidagi holatlarda yaroqli sanaladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nuqsonlarning indikatorli izlari boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aniqlangan barcha indikatorli izlar bittadan va yumaloq boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har bir indikatorli izlarning eng katta oʻlchami, 9-ilovaning 1-jadvalidagi 2-ball uchun keltirilgan eni (diametri)ning 3 karrali miqdoridan ziyod boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) chokning har qanday 100 mm li uchastkasidagi indikatorli izlarning umumiy uzunligi, 9-ilovaning 1-jadvalida 2-ball uchun keltirilgan uzunlikdan ziyod boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maksimal oʻlchami 0,5 mm gacha boʻlgan yumaloq indikatorli izlar, tekshirilayotgan metallning qalinligidan qatʼiy nazar hisobga olinmaydi. Indikatorli izlari yoʻq, shartli bosimi Rsh 10 MRa (100 kgf/cm2) dan yuqori va 70°S dan past temperaturadagi 1-kategoriyaga mansub quvuroʻtkazgichlardagi payvand choklari ishga yaroqli hisoblanadi. Ayni vaziyatdagi tekshiruv sezuvchanligi 2-sinfga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
386. Magnit-kukun yoki magnitografik usulda tekshirilganda choʻziq (muttasil) nuqsonlar aniqlanmasa, payvand choklari yaroqli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387. Shartli bosimi Rsh 10 MRa (100 kgf/cm2) dan katta boʻlgan sharoitga moʻljallangan, austenit poʻlatlardan tayyorlangan quvuroʻtkazgichlarning payvand choklaridagi ferrit fazaning miqdorini 350°S haroratda ishlaydiganlari uchun 100 % hajmdagi barcha yigʻilmalarda, boshqa sharoitlar uchun esa loyiha talabiga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388. Shartli bosimi Rsh 10 MRa (100 kgf/cm2) ga moʻljallangan legirlangan poʻlatlardan yasalgan quvuroʻtkazgichlarning payvand choklarida asosiy legirlovchi elementlarning mavjudligini bilish uchun quyidagi vaziyatlarda stiloskopirlash usuli qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta payvandlovchi tomonidan bir partiya (uyum) payvandlash materiallaridan qilingan eng kamida 2 ta payvand chokini tanlab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bajaruvchi (tayinlangan shaxs)da ishlatilgan payvandlash materiallarining loyihaga mosligi haqida shubha tugʻilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
termik ishlovdan keyin payvand choklarining qattiqligi (mustahkamligi) belgilangan talablarga mos kelmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartli bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) dan ziyod boʻlgan legirlangan poʻlatdan yasalgan quvuroʻtkazgichlardagi payvand choklarni 100 % hajmda stiloskopirlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payvandlangan chokdagi eritilgan yoki asosiy metall tarkibida tegishli kimyoviy elementlar mavjudligi (yoki yoʻqligi) va miqdorini tekshirish natijasida aniqlangandagina stilokopirlash xulosalari qoniqarli deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab olingan payvand choklarining birortasidagi stiloskopirlash xulosasi qoniqarsiz deb topilganda, bir partiyadagi payvandlash materialidan foydalanib, muayyan payvandlovchi yasagan barcha payvand choklarini stiloskopirlashdan oʻtkazish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389. Xrom-kremniy-marganetsli, xrom-molibdenli, xrom-molibden-vanadiyli, xrom-vanadiy-volframli va xrom-molibden-vanadiy-volframli poʻlatlardan tayyorlangan termik ishlov berilgan quvuroʻtkazgichlardagi payvand choklarining har biridagi qattiqlik darajasini oʻlchash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiqlikni har bir termik ishlov berilgan chokning markazida, issiqlik taʼsir etgan zonadagi asosiy metallda oʻlchash kerak. Qattiqlikni oʻlchash natijalari normativ-texnik hujjatlar talablariga mos boʻlishi lozim. Mazkur talablar boʻlmaganda qattiqlik koʻrsatgichi 9-ilovaning 5-jadvalida koʻrsatilgan miqdordan katta boʻlmasligi kerak. Ruxsat etilgan qattiqlik darajasidan yuqori koʻrsatgich aniqlanganda, payvand choklarida stiloskopirlash oʻtkazilib, ijobiy natijalar olinganda, qayta termik ishlov berish zarur. Tashqi diametri 50 mm dan kam boʻlgan payvand choklarining qattiqligi oʻlchanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
390. Buzmay tekshirish natijasida payvand choklarida nuqsonlar aniqlanganda, oldingi tekshiruvga nisbatan 2 barobar miqdorda mazkur uchastkadagi muayyan payvandlovchi yasagan payvand choklari taftish qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta (qoʻshimcha) tekshirish natijasida birorta payvand choki yaroqsiz deb topilsa, mazkur quvuroʻtkazgich uchastkasidagi barcha (100 %) payvand choklari tekshiruvdan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391. Tekshiruv davomida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilib, tuzatilgan uchastka taftish qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi koʻrik, oʻlchovlar va buzmay tekshirish usullari bilan tekshirishda payvand choklarida aniqlangan barcha nuqsonlar bartaraf etilishi kerak. Radiografik usulda tekshirishda aniqlangan choklardagi nuqsonlar eng kam ball olgan uchastkalarida tuzatiladi. Chokdagi bir xil balli nuqsonlar summasiga koʻra yaroqsiz hisoblangan joylardagi yaxshi erimagan uchastkalarini tuzatish lozim. Shu joyning oʻzida aniqlab (butun ulanmani qayta payvandlamay), payvandlash ishlari natijasida tuzatilgan nuqsonlarning oʻlchamlari 9-ilovaning 6-jadvalida keltirilgan miqdordan katta boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392. Quvuroʻtkazgichlardagi payvandlab ulangan joylarning mexanik xossalari nazorat qilinishi kerak boʻlgan uchastkalarda oʻtkazilgan mexanik sinovlar xulosalari asosida tasdiqlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393. Nazorat ostidagi payvand choklari bir xil ishlab chiqarish choklari turkumida boʻlishi kerak. Turkumga eng koʻpi bilan 3 oy oldin payvandlangan, eng koʻpi bilan 100 ta bir xil, diametri 150 mm gacha boʻlgan yoki eng koʻpi bilan diametri 175 mm dan katta boʻlgan bir turdagi payvand choklari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir xil rusumdagi, diametrining farqi 50 % dan ziyod boʻlmagan poʻlat quvurlarni bitta payvandlovchi bir xil texnologik jarayonda yasagan payvand choklar bir turdagi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diametriga koʻra Dsh 6 — 32 mm; Dsh 50 — 150 mm, Dsh 175 mm va undan katta ulanmalar bir turli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394. Mexanik sinovlar va metallgrafik tadqiqotlar oʻtkazish uchun tekshirilishi zarur boʻlgan payvand choklarining soni quyidagi shartlarga mos boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvurning shartli diametri Dsh, mm Tekshiriladigan choklar soni‎
6 — 32‎ 4‎
50 — 150‎ 2‎
175 va undan katta‎ 1‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kristallanib korroziyalanishga qarshi bardoshliligini sinash zarurati bor joylardagi diametri 6 — 32 mm quvurlarga jadvalda koʻrsatilgandan 2 ta koʻp chok solish, diametri 50 mm dan katta quvurlarga bittaga koʻp chok solish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvurlarning diametri 450 mm dan katta boʻlgan joylarda tekshiriladigan choklarni plastinkadan payvandlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
395. Tekshiriladigan payvand ulanmalardan quyidagi sinovlar uchun namunalar tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 20°S haroratda statik choʻzilishga — 2 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 20°S haroratda zarba berib bukish (KSU)ga — chok markazidan oʻyib-qirqib olingan 3 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) devorlari minus 20°S va undan past haroratda ishlovchi quvuroʻtkazgichlarda zarba berib bukilishi (KSU)ga - chok markazidan oʻyib-qirqib olingan 3 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) statik bukilishga — 2 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) metallografik tadqiqotlar uchun (loyiha talabiga koʻra) — 2 ta namuna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 20°S haroratda zarba berib bukish (KSU)ga — termik taʼsiridagi zonadan qirqib olingan 3 ta namuna (loyiha talabiga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) kristallararo korroziyalanishga bardoshliligini sinashga 4 ta namuna (loyiha talabiga koʻra).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunalarni zarba berib bukish sinovlari “UI” (KCU) turidagi konsentrator yordamida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
396. Namunalarni metallning strukturasi va mexanik xossalarini oʻzgartirmaydigan usullar bilan qirqib olish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunalarni sinovga sovuq yoki issiq holatlarda tayyorlash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397. Diametri 50 mm gacha boʻlgan quvurlardagi ulangan joylarni statik choʻzilishga sinashni, kuchlanishni olib turib, butun chokni choʻzishga almashtirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398. Diametri 50 mm gacha boʻlgan quvurlardagi payvand choklarni statik bukilishga sinashni, butun chokni ezish, yassilashga sinash bilan almashtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
399. Payvand choklarni mexanik sinovdan oʻtkazish natijalari 9-ilovaning 7-jadvalidagi talablarni qoniqtirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400. Turli rusumdagi poʻlatlarni payvandlab hosil qilingan choklardagi mustahkamlik pastroq mexanik xossalarga ega boʻlgan poʻlatga qarab, zarbali qovushqoqlik va bukilish burchagini esa plastiklik holati kamroq boʻlganiga qarab baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Loyiha talabiga koʻra metallografik tadqiqotlar oʻtkazilganda, payvand choklarida yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan nuqsonlar bor-yoʻqligini va payvand choklarining shakli va oʻlchamlari belgilangan talablar darajasida ekanligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. Loyiha talabiga muvofiq quvuroʻtkazgichlardagi payvand choklari kristallanib, korroziyalanishga bardoshligini sinash natijalari belgilangan talablarga javob bergan taqdirdagina payvand choklarining sifati qoniqarli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. MONTAJ QILINGAN QUVUROʻTKAZGIChLARNI SINASh VA QABUL QILIShGA DOIR TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403. Mazkur Qoidalar taalluqli hisoblangan quvuroʻtkazgichlar montaj qilinib, payvandlash, termik ishlov berish (zaruratga koʻra), payvand choklarini buzmay tekshirish usuli bilan taftish ishlari tugallanib, hamda barcha tayanch va osma moslamalar (tayanchlardagi va osma moslamalardagi prujinalar sinash paytida boʻshatib qoʻyiladi) oʻrnatilib, batamom mustahkamlangandan va bajarilgan ishlar sifatini kafolatlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin tashqi koʻrikdan oʻtkazilib, mustahkamlik va zichlikka, zarurat taqozosiga koʻra bosim pasayishini aniqlash yoʻli bilan qoʻshimcha ravishda germetiklikka sinovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404. Har bir quvuroʻtkazgich uchun oʻtkaziladigan sinov turlari (mustahkamlikka, zichlikka, qoʻshimcha ravishda germetiklikka), usullari (gidravlik, pnevmatik) va sinash bosimining miqdori loyihada koʻrsatilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405. Tashqi koʻrik paytida quvuroʻtkazgichlarda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
montaj qilingan quvuroʻtkazgichlarning loyiha hujjatlariga mosligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berkitish qurilmalarining toʻgʻri oʻrnatilganligini va ularning oson yopilib-ochilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha boʻyicha rejalashtirilgan barcha mahkamlagichlarning oʻrnatilganligini va vaqtinchalik mahkamlagichlarning olib tashlanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha payvandlash ishlari tugallanganligini, havo chiqargich va tashlamalar payvandlab ulanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
termoishlov berish tugatilganligini (zaruratga koʻra).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406. Quvuroʻtkazgich, odatda, toʻliq sinovdan oʻtkaziladi. Sinovdan ayrim uchastkalarda alohida ravishda oʻtkazish ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407. Mustahkamlikka va zichlikka sinov oʻtkazilganda, quvuroʻtkazgichning sinalayotgan uchastkasi apparatlar va boshqa quvuroʻtkazgichlardan tiqinlar (berkitgich) yordamida uzib qoʻyiladi. Sinalayotgan quvuroʻtkazgich uchastkasini berkitish armaturasi yordamida uzishga faqat vaziyat taqozo etgan paytlardagina ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408. Sinov oʻtkazilayotgan paytda quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatilgan barcha berkitish armaturalari toʻlaligicha ochilgan, salniklar zichlangan, tartiblovchi klapanlar va oʻlchov qurilmalari turgan joylarga montaj gʻaltaklari oʻrnatilgan, barcha shtutser va bobishka oʻrnatilgan joylar berkitilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409. Sinov paytida, avval oʻrnatilgan tiqinlar bor joylarga ogohlantiruvchi belgilar qoʻyilib, ularga odamlarning yaqin kelishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410. Sinashdagi bosim avval tekshirilgan va plombalangan 2 ta manometrlar yordamida nazorat qilib boriladi. Manometrlarning aniqlik klassi kamida 1,5 korpus (tanasi)ining diametri eng kamida 160 mm va oʻlchanadigan bosimning ¾ qismiga teng keladigan shkalali boʻlishi kerak. Bitta manometr bosim beruvchi (siquvchi) agregat yonida, berkitish joʻmragidan keyin, ikkinchisi esa, siquvchi agregatdan eng uzoq joylashgan quvuroʻtkazgichga oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411. Ustiga issiqlik yoki korroziyaga qarshi qoplama yopilgan choksiz quvurlar yoki avval tayyorlanib, sinovdan oʻtkazilgan bloklar (quvurlar turining ahamiyati yoʻq)da sinov oʻtkazishga ruxsat etiladi. Ammo payvandlab montaj qilingan yoki flanetsli ulanmalarni koʻrikdan oʻtkazish imkoniyati saqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412. Shartli diametri 10 MRa (100 kgf/cm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni gidravlik yoki pnevmatik usulda mustahkamlik va zichlikka sinash mumkin. Koʻpincha gidravlik usulda sinov oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidravlik usulni quyidagi vaziyatlarda pnevmatik usulga almashtirish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar asosiy qurilish konstruksiyasi yoki tayanch (ustun)lar quvuroʻtkazgichni suv bilan toʻlatishga moʻljallanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof havosining harorati 0°S dan past boʻlib, quvuroʻtkazgichlarning ayrim uchastkalari muzlab qolishi ehtimoli boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuqlik (suv)ni boshqa sabablarga koʻra qoʻllash mumkin boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413. Shartli bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) ga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlik va zichlikka gidravlik usulda sinaladi. Texnik jihatdan asoslangan holatlarda shartli bosimi 50 MRa (500 kgf/cm2) ga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarda gidravlik usulni pnevmatik usulga almashtirish mumkin. Ammo mazkur sinovni akustik emissiya (atrof havoni iliq boʻlganda) yoʻli bilan tekshirish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sinov turi uchun kritik AE signal roʻy berganda, quvuroʻtkazgichlarning buzilib ketmasligini kafolatlovchi yoʻriqnoma ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414. Oʻrovchi quvuroʻtkazgichlarni apparatlar bilan birga mustahkamlik va zichlikka sinovdan oʻtkazganda, eng yaqin ajratuvchi zulfinlargacha boʻlgan bosimni apparatlar uchun ham moʻljallash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
415. Quvuroʻtkazgichlardagi saqlagich klapanlardan ketayotgan 20 m gacha uzunlikdagi tarmoqlarni, hamda bevosita atmosferaga apparatlar va tizimlardan chiqariladigan (mashʼalaga boradigan gazoʻtkazgichlar bundan mustasno) quvuroʻtkazgichlarda sinov oʻtkazish (agar loyihada koʻrsatilmagan boʻlsa) shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
416. Quvuroʻtkazgichlarni qoʻshimcha ravishda germetiklikka sinash pnevmatik usulda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
417. Sinov oʻtkazish tartibi va uslubi loyiha va sanoat xavfsizligiga oid normativ-texnik hujjatlarda bayon etilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
418. Quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlik va zichlikka sinashni, usulidan qatʼiy nazar, bir vaqtda oʻtkazish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
419. Qoniqarsiz sinov natijalari olinganda, aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilib, sinov qaytadan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgich bosim ostida paytida payvand choklarini tekislash va nuqsonlarga barham berish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420. Quvuroʻtkazgichlarda sinov oʻtkazilganligi haqida tegishli dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Mustahkamlik va zichlikka gidravlik usulda sinov oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421. Quvuroʻtkazgichlardagi gidravlik sinovlarini iloji boricha yilning iliq fasllarida, atrof havoning harorati sovuq boʻlmaganda oʻtkazish lozim. Mazkur sinov uchun, odatda, harorati 5°S dan past va 40°S dan yuqori boʻlmagan suv yoki maxsus aralashmalar (yuqori bosimdagi quvuroʻtkazgichlar uchun) qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar gidravlik sinov atrof havoning harorati 0°S dan past sharoitda oʻtkazilsa, suvni muzlamasligi va quvuroʻtkazgichni ishonchli darajada boʻshatish imkonini taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidravlik sinov tugagandan keyin quvuroʻtkazgich toʻlaligicha boʻshatilib, suv asorati qolmaguncha havo bilan puflash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustahkamlikni sinash (gidravlik yoki pnevmatik usulda) uchun zarur boʻlgan tajriba (sinov) bosim miqdori loyihada belgilangan boʻladi, ammo 0,2 MRa (2 kgf/cm2) dan kam boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har holda, tajriba bosimning miqdori, sinov oʻtkazish paytidagi haroratda, quvuroʻtkazgich devorlaridagi ekvivalent kuchlanish (zoʻriqish) material oqimi chegarasining 90 % dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaharli va portlash-yongʻindan xavfli muhitlardagi vakuum quvuroʻtkazgichlar va ortiqcha bosimsiz quvuroʻtkazgichlar uchun mustahkamlikni taʼminlovchi tajriba bosim darajasi 0,2 MRa (2 kgf/cm2) miqdorida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422. Armaturalarni yasagandan yoki taʼmirlagandan keyin tajriba bosim ostida gidravlik sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
423. Quvuroʻtkazgichga suv toʻlatilgandan keyin, undagi qoldiq havoni batamom chiqarib yuborish zarur. Sinalayotgan quvuroʻtkazgichdagi bosimni asta-sekinlik bilan ohista koʻtarish lozim. Bosimni koʻtarish tezligi texnik hujjatlarda yozilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
424. Sinov paytida quvuroʻtkazgichni taqillatib urib chiqish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
425. Sinalayotgan quvuroʻtkazgichga suvni bevosita suv joʻmragidan yoki nasos yordamida quyish mumkin, lekin quvuroʻtkazgichdagi hosil boʻlgan bosim sinov bosimidan yuqori boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426. Sinov uchun zarur boʻlgan bosimni 2 ta berkitish joʻmragi bor quvuroʻtkazgichga gidravlik press yoki nasos ulab turib hosil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichda kerakli bosim barpo etilgandan keyin press yoki nasosdan uzib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinash uchun zarur bosimni quvuroʻtkazgichda 10 daqiqa davomida (mustahkamlikka sinash) ushlab turib, keyin asta-sekin ishchi bosimgacha pasaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda barcha payvand choklarni obdan tekshirib chiqiladi (zichlikka sinash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrik (tekshirish) tugaganidan keyin bosimni yana sinov bosimigacha koʻtarib, 5 daqiqa davomida ushlab turib, yana ishchi bosimgacha tushiriladi va quvuroʻtkazgichni ikkinchi marta obdan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zichlikka tekshirish vaqti (muddati)ga quvuroʻtkazgichni koʻrikdan oʻtkazish, echib olinadigan ulanma (qism)larning germetikligini tekshirishga ketgan vaqt kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidravlik sinov tugagandan keyin quvuroʻtkazgichdagi barcha havochiqargichlar ochilib, quvuroʻtkazgich suvdan tashlama quvurlar yordamida batamom boʻshatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
427. Agar sinov vaqtida quvurlar yorilishi, sezilarli darajadagi deformatsiya, manometr boʻylab bosimning pasayib ketishi, asosiy metall, payvand choklari, armatura tanasi, echib olinadigan qismlarda va barcha ulanmalarda modda oqib chiqishi yoki terlashi kuzatilmasa, mustahkamlik va zichlikka oʻtkazilgan gidravlik sinov natijalari qoniqarli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
428. Agar loyihada belgilangan boʻlsa, umumiy qurilish konstruksiyalari yoki estakadalarda joylashtirilgan bir necha quvuroʻtkazgichlarni bir vaqtda gidravlik sinovdan oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Mustahkamlik va zichlikka pnevmatik usulda sinov oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429. Shartli bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) va undan past boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda pnevmatik usulda zichlikni sinashda mazkur Qoidalarning 412-banddagi, bosimi undan katta boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda oʻtkazilganda esa, 413-banddagi talablarga amal qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430. Sinov paytidagi bosim darajasi 421-banddagi talablarni hisobga olib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431. Pnevmatik sinovlar havo yoki inert gaz yordamida sutkaning yorugʻ paytida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432. Quvuroʻtkazgichga kulrang choʻyandan yasalgan armatura oʻrnatilgan boʻlsa, mustahkamlikka sinash paytidagi bosim darajasi 0,4 MRa (4 kgf/cm2) dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
433. Ishlab turgan sexlar, estakadalar va kanallarga joylashtirilgan quvuroʻtkazgichlarni pnevmatik usulda mustahkamlikka sinashni, asoslangan holatlarda xavfsiz usullar vositasida bajarish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
434. Pnevmatik sinovlarni belgilangan tartibda kelishib, tasdiqlangan hujjatlar asosida oʻtkazish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
435. Quvuroʻtkazgichlarda pnevmatik usulda sinov oʻtkazganda, bosimni ohista har daqiqada shartli bosimning 5 % miqdorida (ammo 0,2 MRa (2 kgf/cm2) dan ziyod boʻlmasligi kerak) koʻtarish va quyidagi etaplarda vaqti-vaqti bilan kuzatib borish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishchi bosim 0,2 MRa (2 kgf/cm2) gacha boʻlganda, koʻrik (tekshiruv)ni tajriba bosimining 0,6 ga teng darajasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishchi bosim 0,2 MRa (2 kgf/cm2) dan katta boʻlganda, tajriba bosimning 0,3 va 0,6 ga teng darajasida koʻrik oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrik paytida bosimni koʻtarish, bosim ostidagi quvuroʻtkazgichni bolgʻa bilan urib koʻrish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichdan havo sizib chiqishini uning ovozi, hamda payvand choklari va flanetsli ulanmalarga sovun koʻpigini surkab yoki boshqa usullar yordamida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topilgan nuqsonlarni, kompressorni uzib qoʻyib va ortiqcha bosimni nolgacha tushirib turib bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
436. Quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka pnevmatik usulda sinash paytida, binoning ichida va tashqarida qoʻriqlanadigan (xavfsiz) hudud belgilanishi lozim. Hududgacha boʻlgan minimal masofa, quvuroʻtkazgich yer sathida joylashgan kamida 25 m, yer ostida boʻlganda esa, kamida 10 m boʻlishi kerak. Hudud chegarasi toʻsib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
437. Quvuroʻtkazgichdagi bosimni koʻtarish va mustahkamlikka sinash bosimi darajasiga etgan paytda xavfli hududda odamlar boʻlmasligi kerak. Quvuroʻtkazgichni oxirgi marta belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazish uchun sinash bosimini moʻljaldagi bosimgacha pasaytirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
438. Quvuroʻtkazgichlarda pnevmatik usulda sinovlar oʻtkazishda qoʻllaniladigan kompressor va manometrlar xavfsiz hududning tashqarisiga oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
439. Qoʻriqlanadigan (xavfli) hududda kuzatuv olib borish uchun maxsus post (joy)lar belgilanadi. Postlar soni xavfli hududni yaxshi qoʻriqlashni taʼminlanishi zaruratiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Quvuroʻtkazgichlarni yuvish va puflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
440. Quvuroʻtkazgichlar loyiha koʻrsatmalariga muvofiq yuvilishi yoki puflab tozalanishi shart. Yuvish suv, moy, kimyoviy reagentlar va boshqa ruxsat etilgan moddalar yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Puflash esa siqilgan havo, bugʻ yoki inert gaz vositasida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
441. Suv bilan yuvganda, uning tezligi 1-1,5 m/s atrofida boʻlishi kerak. Yuvish tugallangandan keyin quvuroʻtkazgich suyuqlikdan butunlay boʻshatilib, havo yoki inert gaz bilan puflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442. Puflash ishchi bosim ostida (ammo 4 MRa (40 kgf/cm2) dan ziyod boʻlmasligi kerak) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,1 MRa (1 kgf/cm2) ga boʻlgan ortiqcha bosim yoki vakuum ostidagi quvuroʻtkazgichlar eng koʻpi bilan 0,1 MRa (1 kgf/cm2) bosim bilan puflanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
443. Loyihada alohida taʼkidlanmagan boʻlsa, puflash vaqti eng kamida 10 minut boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
444. Yuvish (puflash) paytida quvuroʻtkazgichlardagi barcha diafragmalar, asboblar, tartiblovchi va saqlovchi armaturalar echib olinib, gʻaltaklar va tiqinlar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445. Yuvish yoki puflash paytida tashlama tarmoqlar va tupik uchastkalarda oʻrnatilgan armaturalar toʻliq ochib qoʻyilib, jarayon tugagandan keyin obdan koʻzdan kechiriladi va tozalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
446. Oʻlchov diafragmalari oʻringa montaj qilingan shaybalar, yuvish yoki puflash tugagandan keyingina ishchi diafragmalarga almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Germetiklikka doir qoʻshimcha sinovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
447. A, B (a), B (b) guruhdagi quvuroʻtkazgichlar, hamda vakuumli quvuroʻtkazgichlar odatdagi mustahkamlik va zichlikka sinashdan tashqari, qoʻshimcha ravishda sinov paytida bosimning pasayishini aniqlash yoʻli bilan pnevmatik usulda germetiklikka sinalishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa guruhdagi quvuroʻtkazgichlarda qoʻshimcha ravishda, germetiklikka sinov oʻtkazish zarurati loyihada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik uskunalarni oʻrovchi quvuroʻtkazgichlarni mazkur uskunalar bilan birga sinovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
448. Germetiklikka qoʻshimcha sinov, mustahkamlik va zichlikka sinab boʻlib, yuvib va puflab tashlagandan keyin, havo yoki inert gaz vositasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
449. Germetiklikka qoʻshimcha sinov ishchi bosimga teng bosim ostida, vakuumli quvuroʻtkazgichlarda esa, 0,1 MRa (1 kgf/cm2) bosim ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450. Qoʻshimcha sinovning davomiyligi qurilayotgan sexlararo, sexlar ichidagi va korxonalararo quvuroʻtkazgichlar uchun kamida 24 soat boʻlib, sinaladigan har bir quvuroʻtkazgich uchun loyihada alohida koʻrsatilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy ravishda sinov oʻtkazilganda, hamda payvand ishlari, quvuroʻtkazgichni qismlarga ajratib taʼmirlagandan keyin, sinash vaqti kamida 4 soat boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451. Qismlarga ajratilib yoki payvandlab taʼmirlanib, soʻngra montaj qilingan texnologik quvuroʻtkazgichlarda germetiklikka pnevmatik usulda qoʻshimcha oʻtkazilgan sinov natijalari, quvurdagi bosimning pasayish tezligi eng koʻpi bilan A guruhdagi va vakuumli quvuroʻtkazgichlar uchun soatiga 1 % va B (a), B (b) guruhga mansub quvuroʻtkazgichlarda esa, eng koʻpi bilan 2 % boʻlganda qoniqarli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa guruhga mansub moddalarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlar uchun bosimning pasayish tezligi loyihada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keltirilgan meʼyorlar ichki diametri 250 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta diametrli quvuroʻtkazgichlarni sinashda bosimning pasayishiga doir meʼyorlar keltirilgan miqdorni tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda: Dichki — sinalayotgan quvuroʻtkazgichning ichki diametri, mm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sinalayotgan quvuroʻtkazgich turli diametrdagi uchastkalardan iborat boʻlsa, uning oʻrtacha ichki diametri quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda D1, D2, Dn — uchastkalardagi quvurlarning ichki diametri, mm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
L1, L2, Ln — diametrlariga mos keladigan quvuroʻtkazgich uchastkasining uzunligi, m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germetiklikka sinov paytida quvuroʻtkazgichdagi bosimning pasayishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ΔP = 100 (1— Pox. x Tbosh. / Pbosh. x Tox.),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda, ΔR — bosimni sinash bosimiga nisbatan pasayishi, %.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roxir., Rbosh. — sinov boshlanishi va oxiridagi manometrik va barometrik bosimlar yigʻindisi, MRa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toxir., Toxir. — sinov boshi va oxirida quvuroʻtkazgichdagi harorat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichdagi bosim va haroratni sinov paytida oʻrnatilgan manometrlar va termometrlar koʻrsatishining oʻrtacha arifmetik summasi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452. Quvuroʻtkazgichdagi harorat bir maromga kelib barobarlashgandan keyingina bosimning pasayishini aniqlash yoʻli bilan germetiklikka sinov oʻtkazish mumkin. Haroratni nazorat qilib borish uchun sinalayotgan quvuroʻtkazgichning boshi va oxiriga termometrlar oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453. Germetiklikka qoʻshimcha sinov oʻtkazish tugallangandan keyin har bir quvuroʻtkazgich uchun, belgilangan shakldagi dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Montaj qilingan quvuroʻtkazgichlarni qabul qilish va topshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
454. Montaj ishlari yakunlangandan keyin quvuroʻtkazgichlarni qabul qilish va topshirish mazkur Qoidalar va loyiha talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455. Quvuroʻtkazgichni sozlash va ishga tushirish boshlanguncha zarur hujjatlar tayyorlab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
456. Guvohnoma (hujjat)ga ilova qilinadigan ijro chizmasi aksonometrik shaklda, masshtabsiz, quvuroʻtkazgichni qurilma yoki berkitish armaturasiga ulangan chegaralarini koʻrsatib bajarilgan boʻladi. Unda quvuroʻtkazgich elementlarining tartib raqami, payvandlangan ulanmalar (montaj choklari)ning tartib raqamlari koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Izolatsiya qilinishi kerak boʻlgan yoki oʻtib boʻlmaydigan kanallarga joylashtirilgan quvuroʻtkazgichlarda payvand choklari orasidagi masofa koʻrsatilishi lozim. Payvand choklaridagi va ijro chizmasidagi tartib raqamlar bir xil boʻlishi zarur. Shartli bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) va undan yuqori boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda echib olinadigan ulanmalarga ham tartib raqami qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro chizmaga quvuroʻtkazgichlarni tayyorlash va montaj qilishda qoʻllanilgan detallar va ashyolarning xususiyatlari yozilgan spetsifikatsiya ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
457. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni montaj qilishda bajarilgan yashirin (yopiq) ishlar roʻyxati mazkur hujjatda koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ishlarni tekshirish (koʻrib chiqish)ni navbatdagi vazifalarni bajarishdan oldin oʻtkazish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
458. Quvuroʻtkazgichni montaj qilishda ishlatiladigan yigʻma boʻlaklar, detallar va materiallar roʻyxatini montaj haqidagi guvohnoma tarkibiga kiritish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
459. Quvuroʻtkazgich uchastkalarini montaj qilinganligi haqidagi guvohnomada loyihada koʻrsatilgan texnologik blok va texnologik boʻlinmalarga oid maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob. QUVUROʻTKAZGIChLARNI IShLATIShGA DOIR TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
460. Quvuroʻtkazgichlarga xizmat koʻrsatish loyiha va sanoat xavfsizligiga oid normativ-texnik hujjatlarga muvofiq ravishda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461. Quvuroʻtkazgichlarga xizmat koʻrsatuvchi shaxslar, belgilangan tartibda tayyorgarlik va attestatsiyadan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
462. Har bir qurilma (sex, ishlab chiqarish) boʻyicha quvuroʻtkazgichlarning roʻyxati tuzilib, ishlatishga doir hujjatlar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463. Har bir I, II, III-kategoriyadagi yuqori bosimli [10 MRa (100 kgf/cm2) dan yuqori] va [10 MRa (100 kgf/cm2) gacha] quvuroʻtkazgichlar, hamda metallidagi korroziya roʻy berishining tezligi yiliga 0,5 mm boʻlgan moddalarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlar uchun belgilangan shakldagi pasport tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464. Quvuroʻtkazgichning pasporti belgilangan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
465. Har bir qurilmadagi quvuroʻtkazgich uchun ishlatish jurnali joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
466. Vodorodli muhitda ishlovchi texnologik quvuroʻtkazgichning texnik holatini baholash maqsadida, vaqti-vaqti bilan koʻrikdan oʻtkazib turish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
467. Yuqori bosimda ishlaydigan quvuroʻtkazgichlar uchun davriy koʻrikdan oʻtishini hisobga oluvchi maxsus daftar joriy etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
468. Ishchi harorati 400°S dan yuqori boʻlgan uglerodli va kremniy-marganetsli poʻlatdan yasalgan quvuroʻtkazgichlar, hamda xrom-molibdenli (ishchi harorati 500°S dan yuqori) va oʻta legirlangan austenitli (ishchi harorati 550°S dan yuqori) poʻlatlardan yasalgan quvuroʻtkazgichlarda belgilangan tartib asosida, qoldiq deformatsiyaning oʻsishini nazorat qilib turish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Quvur oʻtkazgichlarni ishlatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
469. Quvuroʻtkazgichlarni ishlatish davomida ularning va elementlari (payvand choklari, flanetsli ulanmalar, armaturalar)ning, korroziyadan himoyalagich, izolatsiyasi, drenaj qurilmalar, kompensator, tayanch konstruksiyalar va sh.k. larning holatini muntazam ravishda tekshirib turib, natijalarini ishlatish jurnaliga qayd qilib borish darkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
470. Quvuroʻtkazgichlarni xavfsiz ishlatishni nazorat qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
471. Davriy tekshirishda quyidagilar taftish etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) korroziya va eroziya, tufayli eng koʻp emirilgan joylaridagi, hamda zoʻriqqan kesishmalardagi texnik holatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avvalgi tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilganligini va quvuroʻtkazgichlarni xavfsiz ishlatishga oid tadbirlarning bajarilishini; quvuroʻtkazgichlarni ishlatish, taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatishga doir texnik hujjatlarning toʻliqligi (toʻgʻriligi) va toʻldirish tartibini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
472. Doimo titrab turadigan quvuroʻtkazgichlar, ularga tegishli tayanch (ustun) va estakadalarni ishlatish poyonida, titrash amplitudasi, hamda chastotasini nazorat qiluvchi asboblar yordamida obdan tekshiruvdan oʻtkazish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik quvuroʻtkazgichlarning ruxsat etilgan maksimal titrash amplitudasi, chastotasi 40 Gts boʻlganda, 0,2 mm ni tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan ish sharoiti va quvuroʻtkazgichlarning holatiga qarab ularni koʻrikdan oʻtkazish muddatlari belgilanadi, ammo har 3 oyda bir martadan kam boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
473. Ochiq usulda yotqizilgan quvuroʻtkazgichlarni davriy tekshirishdan oʻtkazishda, tashqi koʻrikni izolatsiyani echmay amalga oshirish mumkin. Sharoit taqozosiga koʻra izolatsiyani qisman yoki toʻlasicha echib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
474. Oʻtib boʻlmaydigan kanallar va yer ostiga joylashtirilgan quvuroʻtkazgichlarni tashqi koʻrikdan oʻtkazish uchun uning uzunligi kamida 2 m keladigan ayrim uchastkalarini ochib koʻriladi. Ochiladigan uchastkalar soni quvuroʻtkazgichni ishlatish sharoitiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
475. Tashqi koʻrik natijasida echib olinadigan qism (ulanma)larda nozichlik aniqlanganda, quvuroʻtkazgichdagi bosimni atmosfera bosimi darajasigacha pasaytirib, issiq quvuroʻtkazgichlar haroratini 60°S gacha tushirib, barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda nuqsonlarni tuzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan nosozliklarni olovli ishlar yordamida bartaraf etish zaruriyati tugʻilganda, quvuroʻtkazgich ishi toʻxtatilib, sanoat xavfsizligiga doir normativ-texnik hujjatlarga muvofiq ravishda taʼmirlashga tayyorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
476. Tashqi koʻrik paytida quvuroʻtkazgichdagi titrash va quyidagilarning holatlari tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) izolatsiya va qoplamalarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) payvand choklarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) flanetsli va muftali ulanmalar, asboblar oʻrnatiladigan qurilma va mahkamlagichlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tayanch (ustun)larning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kompensatsiyalovchi qurilmalarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) drenaj qurilmalarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) armaturalar va ulanish zichligining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qoldiq deformatsiyani oʻlchovchi reperlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) payvandlangan uchyoqli ulanmalar, egilgan va tarmoq ulangan joylarning.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Quvuroʻtkazgichlarni taftish qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
477. Texnologik quvuroʻtkazgichlarni ishonchli va xavfsiz ishlatishdagi asosiy tekshiruv usullaridan biri boʻlib, belgilangan tartibda, davriy ravishda taftish qilish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish natijalari quvuroʻtkazgich holatini va uni kelajakda ishlatish imkonini belgilovchi omildir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
478. Quvuroʻtkazgich va undagi elementlarning ishlash muddatini uzaytirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
479. 10 MRa (100 kgf/cm2) gacha bosimda ishlaydigan quvuroʻtkazgichlarni taftish qilish muddatlari, quvuroʻtkazgichlarni korroziya tufayli emirilishiga uchrash tezligi, ishlatish sharoitlari, avval oʻtkazilgan koʻrik va taftishlar xulosalariga qarab belgilanadi. Taftish muddatlari 10-ilovada* koʻrsatilgandan oz boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 10-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
480. Yuqori bosim [10 MRa (100 kgf/cm2) dan katta]dagi quvuroʻtkazgichlar uchun taftishning quyidagi turlarini rejalashtirish mumkin: tanlab, saralab va toʻliq taftish oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab taftish oʻtkazish muddatlari ishlatish sharoitlariga koʻra, ammo har 4 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notajovuzkor va kamtajovuzkor muhitlarni transportirovkalovchi quvuroʻtkazgichlarda birinchi tanlab taftish qilishni, quvuroʻtkazgich ishga tushirilgandan 2 yil oʻtmasdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
481. Quvuroʻtkazgichlarni kelgusida ishonchli ishlashini taʼminlovchi, avval oʻtkazilgan taftish va texnik holatga tegishli xulosalarni inobatga olib quvuroʻtkazgichlarni navbatdagi taftish qilish muddatini kechiktirish mumkin. Ammo bu muddat bir yildan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
482. Taftish oʻtkazish paytida quvuroʻtkazgichning korroziya, eroziya, titrash va boshqa omillar taʼsiridan koʻproq emirilishi ehtimoli bor joylarga alohida eʼtibor berish lozim. Bunday uchastkalar sirasiga oqim yoʻnalishi oʻzgaradigan (tirsaklar, uchyoqli, kesib ulangan joylar, tashlama qurilmalari, hamda quvuroʻtkazgichning armaturagacha va undan keyingi qismlari) va korroziyaga sabab boʻluvchi namlik, moddalar toʻplanib qoladigan (tupiklar, vaqtinchalik ishlatilmayotgan uchastkalar) joylar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
483. Barcha zarur tayyorgarlik ishlari bajariladigan keyingina taftishga kirishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
484. Ishchi bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2)gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni taftish qilishda quyidagilarni bajarish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvuroʻtkazgichni tashqi koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buzmay tekshiradigan asboblar yordamida quvuroʻtkazgich devorlarining qalinligini oʻlchash zaruratga koʻra, parmalab teshib oʻlchanadi va soʻngra mazkur teshik payvandlab berkitilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalinligi oʻlchanadigan uchastkalar soni va har bir uchastkadagi oʻlchashlar soni, ishlatishga oid muayyan sharoitga qarab, mavjud hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvur devori qalinligini aksariyat murakkab sharoitlarda (tirsaklar, uchyoqli, kesib ulangan quvuroʻtkazgich diametri toraygan joylar, armaturadan oldingi va keyingi, korroziya hosil qiladigan namlik va mahsulot toʻplanib qoladigan, mahsulot harakatlanmaydigan va tashlamalar oʻrnatilgan joylar), hamda quvuroʻtkazgichning toʻgʻri uchastkalarida oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilmalar ichidagi uzunligi 20 m gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarning toʻgʻri uchastkalarida va sexlar orasidagi uzunligi 100 m gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarning toʻgʻri uchastkalarining eng kamida 3 joyida qalinlik oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha holatlarda har qaysi joydagi quvur devorining qalinligi perimetr boʻylab 3-4 nuqtada, tarmoqlangan quvurlarning bukilgan va boʻrtib chiqqan joylarida esa 4 — 6 nuqtada oʻlchash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalinlikni oʻlchashning toʻgʻri va aniq bajarilganligiga eʼtibor berib, oʻlchovlar begona jismlar (koks, korroziya mahsulotlari, gʻadir-budirliklar) taʼsiridan holi boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlchash natijalari quvuroʻtkazgichning pasportiga qayd qilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muntazam ravishda ishlab turadigan, baypassiz mashʼalani oʻchirmay, quvurlari devorlarining qalinligini ultratovushli qalinlik oʻlchagichlar vositasida va flanetsli ulanmalarga sovun koʻpigini surtish yoʻli bilan taftish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazish uchun quvuroʻtkazgichlar ustidagi izolatsiyani qisman yoki toʻliq echib olish, har bir aniq uchastka uchun alohida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Flanetslarni taftish qilishdagi ichki sirtini koʻrikdan oʻtkazish (quvuroʻtkazgichni qismlarga ajratganda) yoki qalinligini buzmay tekshirish usuli (ultratovush yoki radiografik) bilan aylanasi boʻylab kamida 3 ta nuqtada oʻlchov oʻtkazib bajariladi. Flanets devorlarining qalinligini tekshirish maqsadida parmalab teshib koʻriladi. Austenit sinfiga mansub poʻlatlar (08X18NYuT, 12X18N10T va sh.k.)dan yasalgan, kristallararo korroziya hosil qilinadigan muhitda ishlovchi quvuroʻtkazgichlarni parmalab teshish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlar ichki yuzasini lampalar, asboblar, lupalar, endoskoplar yoki boshqa vositalar yordamida koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlarning ichki yuzasi ifloslik va boshqa choʻkindilardan obdan tozalanishi, zaruratga koʻra kimyoviy reagentlar vositasida yuvilishi kerak. Ayni sharoitda eng noqulay sharoitda (korroziya, eroziya, gidravlik zarbalar, titrashlar roʻy beradigan oqim yoʻnalishi oʻzgargan muhit toʻxtab qolgan joylar) ishlaydigan uchastkalarni tanlab olish zarur. Nuqson aniqlangan illatli joylarni echib olish imkoniyati boʻlsa, qismlarga ajratib, agar payvandlangan uchastka boʻlsa, qirqib olib tashlash yoʻli bilan bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrik paytida korroziya, darzlik, quvur va detallari devorlarining yupqalanishi tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharoitga koʻra payvand choklari ultratovush usulida tekshirilib, metallografik va mexanik yoʻllar bilan sinaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori harorat va vodorodli muhitda ishlovchi quvurlar metallining mexanik xossalarini tekshirish, loyihada koʻzda tutilgan vaziyatlardagina oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bulardan tashqari quyidagi ishlar ham bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish oʻtkazilgan paytgacha quvuroʻtkazgich uchastkalarida roʻy bergan deformatsiya (oʻzgarish)larni oʻlchash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvuroʻtkazgichdagi rezbali ulanmalarni tanlov asosida echib koʻrikdan oʻtkazish, rezba kalibrlagich yordamida tekshiruvdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch (ustun)lar, mahkamlagich detallar, qistirmalar holatini va ish sharoitini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvuroʻtkazgichlarni sinovdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
485. Taftishdan qoniqarsiz xulosalar olingan boʻlsa, quvuroʻtkazgichdagi nuqsonli uchastkani aniqlash (ichki yuzasini koʻrikdan oʻtkazish, devorlari qalinligini oʻlchash va sh. k.) va butun quvuroʻtkazgich boʻylab devorlari qalinroq nuqtalarda oʻlchash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
486. Bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) dan yuqori boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni oralatib taftish qilish hajmi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haroratidan qatʼiy nazar, har bir qurilmaning eng kamida 2 ta uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhitning haroratidan qatʼiy nazar har bir umumsex kollektori yoki sexlararo quvuroʻtkazgichning kamida bitta uchastkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
487. Yuqori bosimdagi quvuroʻtkazgich uchastkasini taftish qilishda quyidagilarni bajarish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mavjud talablarga binoan tashqi koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) flanetsli yoki muftali ulanmalar boʻlganda, ularni qismlarga ajratib, quvuroʻtkazgichning ichini koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tekshirilayotgan uchastkadagi quvurlar va boshqa detallarning devorlari qalinligini oʻlchash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻrik paytida payvand choklari (chok yonidagi zonalar)da nuqson aniqlanganda yoki payvandlash sifatiga shubha tugʻilganda, buzmay tekshirish usuli (radiografik, ultratovush va sh.k.) bilan taftish oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) metallning sifatiga shubha tugʻilganda, uning mexanik xossalari va kimyoviy tarkibini tekshirish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) agar tekshirilayotgan uchastkada muftalar, flanetslar boʻlsa, ularning holatini rezba va sirtini, qistirmalar, mahkamlash moslamalari, shaklli detallar va armaturalar holatini tekshirish zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) agar loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa, qoldiq deformatsiya mavjudligini nazoratdan oʻtkazish kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ishchi harorati 400°S dan ziyod boʻlgan quvuroʻtkazgichlarning flanetsli ulanmalaridagi mahkamlovchi ashyolarining qattiqligini tekshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
488. Koʻrikda aniqlangan koʻrsatgichlardagi chetlanishlar ruxsat etilgan meʼyor chegarasida boʻlsa, taftish natijalari qoniqarli deb hisoblanadi. Taftish xulosalari qoniqarsiz boʻlganda, takror ravishda xuddi avvalgi uchastkaga oʻxshagan 2 uchastkada taftish oʻtkazish zarur. Ulardan biri avval tekshirilgan uchastkaning davomida, ikkinchisi esa tekshirilayotgan uchastkaga oʻxshash boshqa nuqta boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
489. Yuqori bosim ostidagi quvuroʻtkazgichda taftish oʻtkazish natijasida devorlarining dastlabki qalinligi korroziya yoki eroziya taʼsiridan yupqalashganligi aniqlanganda, quvuroʻtkazgichni kelgusida ishlatish imkoni uning mustahkamlikka koʻra hisob-kitobi asosida tasdiqlanadi. Zaruratga koʻra sanoat xavfsizligiga doir ekspertiza oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
490. Qoʻshimcha uchastka boʻyicha ham qoniqarsiz taftish xulosalari olinganda, mazkur quvuroʻtkazgichning umumiy uzunligi, hamda bir xil sharoitda ishlayotgan uning uchastkalarida har bir uchastkaning 30 % qismigacha qismlarga ajratib turib oralatib taftish oʻtkazish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
491. Yuqori bosimli quvuroʻtkazgichlarda asosiy oralatib taftish davriy ravishda oʻtkaziladi. Uning muddatlari loyihada koʻrsatilgan boʻladi, ammo quyidagi muddatlardan kam boʻlmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ammiak ishlab chiqarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorati 200°S gacha boʻlgan azot-vodorodli va boshqa vodorodli gazlar aralashmali muhitni transportirovkalovchi quvuroʻtkazgichlarda har 12 yilda, harorati 200°S dan ziyod boʻlganda esa, har 8 yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) metanol ishlab chiqarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorati 200°S gacha boʻlgan vodorodli gazlar aralashmasi (vodoroddan tashqari uglerod oksidi ham bor) boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda har 12 yilda; harorati 200°S dan yuqori boʻlgan muhitdagi quvuroʻtkazgichlarda esa har 6 yilda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kaprolaktam ishlab chiqarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorati 200°S gacha boʻlgan, vodorodli gazlar aralashmasini transportirovka qilishga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarda, har 10 yilda, harorat 150°S dan yuqori boʻlgan uglerod oksidini transportirovka qilishga moʻljallanganlarida esa, har 8 yilda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sintetik moyli spirt (SMS) ishlab chiqarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorati 200°S gacha boʻlgan vodorodli gazlar aralashmasini transportirovkalovchi quvuroʻtkazgichlarni har 10 yilda, harorati 200°S dan yuqori boʻlganlarida esa, har 8 yilda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorati 200°S gacha boʻlgan pastalar (metall efirli katalizator)ni transportirovkalashga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarda esa har 3 yilda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mochevina ishlab chiqarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mochevina eritmasini sintezlash ustunidan drossellovchi joʻmrakkacha transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlarda har yili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorati 200°S gacha boʻlgan ammiakni isitgichdan aralashtirgichga transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlarda har 12 yilda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorati 200°S gacha boʻlgan karbonat angidridini kompressordan aralashtirgichgacha transportirovkalovchi quvuroʻtkazgichlarda har 6 yilda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorati 200°S gacha boʻlgan ugleammoniy (karbonat)ni transportirovka qilishga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarda har 4 yilda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa gazsimon va suyuq muhitlarni transportirovka qiluvchi quvuroʻtkazgichlar, hamda boshqa ishlab chiqarish jarayonlarida asosiy oralatib taftish oʻtkazishni quyidagi sharoitlarda bajarish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harorati 200°S gacha, hamda korroziya tezligi yiliga 0,1 mm boʻlganda — 10 yildan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harorati 200°S — 400 °S boʻlganda esa — 8 yildan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) harorati 400°S gacha, korroziya tezligi yiliga 0,65 mm boʻlgan muhitlarda har 6 yilda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy oralatib taftish natijasi qoniqarsiz boʻlganda, quvuroʻtkazgichni toʻliq ravishda taftishdan oʻtkazish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
492. Quvuroʻtkazgichni toʻliq taftish etganda, quvurlar va detallar ulangan, hamda quvuroʻtkazgichga armaturalar oʻrnatilgan joylardagi holat batafsil tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
493. Quvuroʻtkazgichning taftish jarayonida qismlarga ajratilgan, qirqilgan, payvandlangan qismlarini qayta yigʻgandan keyin mustahkamlik va zichlikka sinash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) boʻlgan quvuroʻtkazgichlar flanetsli ulanmalaridagi qistirmalar, armaturalar yoki ayrim elementlarini almashtirish bilan bogʻliq boʻlgan asoslangan sharoitlardagi demontaj ishlaridan keyin faqat zichlikka sinashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni sharoitda yangi oʻrnatilayotgan armaturalar va quvuroʻtkazgich elementlarini oldindan tajriba bosimi ostida mustahkamlikka sinab koʻrish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
494. Taftish ishlari tugallangandan keyin dalolatnoma tuzilib, unga barcha bayonnomalar va oʻtkazilgan tekshiruvlar haqidagi xulosalar ilova qilinadi. Taftish natijalari quvuroʻtkazgich pasportiga qayd qilinadi. Dalolatnoma va boshqa hujjatlar quvuroʻtkazgich pasportiga biriktirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
495. Quvuroʻtkazgichning texnik holatidan qatʼiy nazar, loyihada belgilangan xizmat muddati tugaganidan keyin, quvuroʻtkazgich kompleks tekshiruv (sanoat xavfsizligi ekspertizasi)dan oʻtkazilib, uni kelgusida ishlatish imkoniyati va muddatlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
496. Quvuroʻtkazgichlarni ishlatish davomida ulardagi armaturalarning ishga yaroqligini muntazam va obdan nazorat qilib borish va belgilangan muddatlarda taftish va taʼmirdan oʻtkazishni uyushtirishga oid tadbirlar qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
497. Salnikli armaturalarni qoʻllaganda zichlovchi materiallarning holatiga (sifati, oʻlchamlari, salnik qutisiga toʻgʻri oʻrnatilganligi) alohida eʼtibor berish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
498. Moyli tarkib shimdirilgan, grafitlangan asbest zichlagichlardan ishchi harorati 200°S gacha boʻlgan sharoitlarda foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
499. Harorati 200°S dan yuqori va bosimi 25 MRa (250 kgf/cm2) gacha boʻlganda, grafitlangan asbest zichlagichni qoʻllash mumkin. Asbest halqaga toza quruq grafitni qalinligi 1 mm qilib sepish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
500. Yuqori haroratda ishlash sharoitida maxsus zichlagichlar, xususan transportirovka qilinayotgan muhit va issiq taʼsiridan buzilib ketishi va oqib chiqib ketishiga qarshi chidamli maxsus tarkiblar shimdirilgan asbometall zichlagichlarni qoʻllash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
501. 32 MRa (320 kgf/cm2) dan yuqori bosim va 200°S dan ziyod haroratdagi sharoitda maxsus zichlagichlardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
502. Armatura uchun salnik zichlagichlarini salnik kameraning eniga teng keladigan kvadrat kesimdagi oʻrilgan (eshilgan) shnurdan tayyorlash lozim. Ushbu shnurdan gardish boʻylab halqachalar kesib, ularni 45° burchak ostda qiyshaytirib joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
503. Zichlagichlar halqasini salnik qutisiga kesim tolasini biroz siljitib va har bir halqani alohida zichlab joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salnik zichlagichning balandligi grundbuks boshlangʻich holatda salnik kameraga uning balandligiga nisbatan 1/6 — 1/7 miqdorda (eng kamida 5 mm) kirib turadigan darajasini hisobga olib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salniklarni burab qotirishni bir tekisda, grundbuksni qiyshaytirmay bajarish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
504. Salnik zichlagichlarning zich joylashuviga erishish uchun shpindel yuzasi va armatura shtokining tozalagichiga doimiy eʼtibor berib turish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
505. Armatura tanasiga qopqogʻi zich joylashishi uchun qoʻllaniladigan qistirma material transportirovka qilinayotgan muhitning kimyoviy taʼsiri, hamda bosim va haroratni inobatga olib tanlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
506. Zulfin va joʻmraklarning shpindellari bir tekisda, zatvori esa armaturani ochish yoki yopishda qattiq ishqalanmay (yedirilmay) harakatlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
507. Saqlagich klapanlarga xizmat koʻrsatish texnik va sanoat xavfsizligiga oid normativ-texnik hujjatlar asosida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
508. Armaturani ochish va yopishda qoʻshimcha richagdan foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
509. Quvuroʻtkazgich armaturalaridagi, jumladan teskari klapanlar, armaturani ishga tushiruvchi qurilmalar (elektr, pnevma, gidro, mexanik usullar) taftish va taʼmirlash ishlarini odatda quvuroʻtkazgichni taftishi bilan birga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
510. Armaturalarni taftish va taʼmirlash ishlari maxsuslashtirilgan ustaxonalar yoki taʼmirlash uchastkalarida oʻtkazilishi kerak. Sharoit taqozosiga koʻra payvandlangan, yirik oʻlchamdagi, qiyin sharoitda ishlash kerak boʻlgan armaturalarni bevosita oʻrnatilgan joyining oʻzida qismlarga ajratish va koʻrikdan oʻtkazib, taftish etishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
511. Armaturalarni, jumladan teskari klapanlarni taftish qilishda quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashqi koʻrik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ayrim detallarni qismlarga ajratib, holatini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ichki yuzasini koʻrikdan oʻtkazish, zaruratga koʻra buzmay tekshirish usulini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻzaro zichlanuvchi yuzalarni ishqalab silliqlash (zaruratga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yigʻish, mustahkamlik va zichlikka sinab koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
512. Armaturalarni taftish va taʼmirdan oʻtkazishni rejalashtirganda, avval eng murakkab sharoitlarda ishlovchi armaturalarni hisobga olish zarur. Armaturalarni taʼmirlash va sinash ishlari dalolatnoma tuzib rasmiylashtiriladi va ishlatishga oid hujjatlarga qayd qilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
513. Quvuroʻtkazgichlardagi korroziya tufayli emirilishning xarakteri va tezligini taftishda qoʻllaniladigan usullar bilan aniqlab boʻlmasa, quvur devorlari qalinligini yaroqsizlikka chiqarish oʻlchamiga yaqinligini belgilash uchun tekshiruv-parmalash oʻtkazishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
514. A (a), A(b) guruhga mansub moddalar, barcha turdagi gazlar transportirovka qilinadigan quvuroʻtkazgichlar, vakuum va yuqori bosim ostidagi [10 MRa (100 kgf/cm2) dan ziyod] quvuroʻtkazgichlar, portlashdan xavfliligi boʻyicha 1-kategoriyaga mansub quvuroʻtkazgichlar bloki, hamda kristallararo korroziya keltirib chiqaruvchi muhitda ishlovchi austenit poʻlatdan yasalgan quvuroʻtkazgichlarda tekshiruv-parmalash ishlarini qoʻllash mumkin emas. Mazkur sharoitlarda quvuroʻtkazgich devorlarining qalinligi holatini ultratovushli qalinlik oʻlchagich yoki boshqa ruxsat etilgan usullar yordamida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
515. Tekshirish teshigini parmalashda, mahsulot koʻp oqib ketmasligining oldini olish maqsadida, diametri 2,5 — 5 mm li, oʻtkir uchli parmadan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
516. Tekshiruv — parmalash teshigini quvuroʻtkazgichlar burilgan, toraygan, ulangan, mahsulot toʻxtab qoladigan uchyoqli va tashlama moslamalar oʻrnatilgan joylarda, armaturadan oldin va keyin ochish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
517. Tarmoqlar va yarimtarmoqlarda tekshiruv uchun parmalanadigan teshiklarni iloji boricha quvurning egilgan joyidagi tashqi radiusi boʻylab, 0,2 m uzunlikda bittadan, ammo har bir tarmoq yoki payvandlangan tarmoq seksiyasida kamida bitta teshik ochish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
518. Parmalanadigan chuqurlikning oʻlchami quvuroʻtkazgichning hisob-kitob boʻyicha qalinligi plyus PxS formulasi boʻyicha belgilanadi. Bunda P-navbatda taftishlar orasidagi yarim davr (yil), S-quvuroʻtkazgichni korroziyaga uchrashining haqiqiy tezligi, mm (yiliga).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
519. Quvuroʻtkazgichdagi tekshiruv parmalash teshik (chuqurcha)larining joylashuvini aniq belgilab, tegishli hujjatlarga qayd etib qoʻyish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
520. Tekshiruv parmasi quvur devorining butunlay teshib oʻtishi quvuroʻtkazgich devorining qalinligi yaroqsizlikka chiqarish holatiga yaqinlashib qolganligini bildiradi. Shuning uchun bunday quvuroʻtkazgichlarni navbatdan tashqari taftish qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
521. Quvuroʻtkazgichlarni davriy ravishda mustahkamlik va zichlikka sinash, odatda, ularni taftish qilish paytida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarni sinash muddatlari mazkur quvuroʻtkazgich uchun 479-bandda koʻrsatilgan talablarga muvofiq taftish oʻtkazish davrining 2 barobari darajasida belgilanadi, ammo har 8 yilda 1-martadan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosimi 10 MRa (100 kgf/cm2) dan yuqori boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun sinov oʻtkazish muddatlari quyidagilardan kam boʻlmasligi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishchi harorati 200°S gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun har 8 yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishchi harorati 200°S dan yuqori boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun har 4 yilda bir marta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
522. Sinov bosimi va sinov oʻtkazish tartibi mazkur Qoidalarning 8-bobidagi talablarga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustahkamlik va zichlikka sinov oʻtkazishda akustik-emission tekshiruv usulini qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
523. Quvuroʻtkazgichlarni davriy sinashga oid xulosalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
524. Quyidagi holatlarda quvurlar, quvuroʻtkazgich detallari, armatura, jumladan quyma armaturalar (zulfin tanasi, joʻmraklar, klapanlar va sh.k.) yaroqsiz hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taftish jarayonida yuzasida darzlik (yoriq)lar, qatlamlanish, deformatsiya (taxlanib qolish, bukilish, boʻrtib qolish va sh. k.)lar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) navbatdagi taftishgacha, muhit taʼsiri ostida, devor qalinligi hisob-kitoblar boʻyicha belgilangan yaroqsizlikka chiqarish oʻlchami chegarasidan oʻtib ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) metallning mexanik xossalari oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) payvand choklarini tekshirish oqibatida, tuzatib boʻlmaydigan darajadagi nuqson aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) rezbali ulanmalar oʻlchamlari ruxsat etilgan meʼyordan chiqib ketganda yoki rezbalar yordamida siniqlar, yoriqlar, korroziya tufayli yedirilishlar boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quvuroʻtkazgich gidravlik yoki pnevmatik sinovga dosh bera olmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) armaturaning zichlagich elementlari yedirilib, texnologik jarayonni xavfsiz olib borilishiga imkon bermaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
525. Flanetslar quyidagi vaziyatlarda yaroqsiz hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir-biriga yopishadigan yuzalar qoniqarsiz holatda boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) darzlik, oʻyiq va boshqa nuqsonlar boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) deformatsiyaga uchragan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) flanets yoqasi devorlari qalinligi quvurlarni yaroqsizlikka chiqarish oʻlchamidan ozayib ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yuqori bosimda ishlovchi rezbali flanetslar rezbasida uzilish, bukilish, yedirilish sodir boʻlganda, hamda rezbada ruxsat etilgandan katta oʻlchamdagi lyuft mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oval shaklidagi linzalar va qistirmalarda yoriq (darzlik)lar, zichlovchi yuzalarda chuqurchalar, siniqlar, ezilishlar roʻy berganda yaroqsiz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
526. Quyidagi vaziyatlarda mahkamlagich detallar yaroqsiz deb topiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoriq (darzlik)lar, uzilishlar yoki rezbalarida korroziya tufayli emirilishlar roʻy berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolt va shpilkalar egilib qolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rezba profilini oʻzgarishiga olib keluvchi qoldiq deformatsiya aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bolt va gaykalarning yon qirralarida yedirilishlar (silliqlashib ketishi) roʻy berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) metalldagi mexanik xususiyatlar ruxsat etilgan meʼyordan pasayib ketganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
527. Silfon va linzasimon kompensatorlar quyidagi vaziyatlarda yaroqsiz hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) silfon yoki linza devorlarining qalinligi kompensatorning pasportida koʻrsatilgan hisoblangan oʻlchamga teng yoki yaqinlashganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) silfon devorining qalinligi 0,5 mm ga etib, hisob-kitobdagi qalinligi biroz kichikroq boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yongʻindan xavfli va zaharli muhitlarda ishlagan sharoitini hisobga olib, kompensatorlar uchun belgilangan sikllar miqdorini ishlab boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
528. Yaroqsizlikka chiqarish normalarini, muayyan obyekt sharoitini inobatga olgan holda, taʼmirlashga oid hujjatlarda koʻrsatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Texnik hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
529. Texnologik quvuroʻtkazgichlar quyidagi texnik hujjatlarga ega boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvuroʻtkazgichlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyiha hujjatlari (jumladan hisob-kitoblar ham);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quvuroʻtkazgich pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) shartli kesimi (diametri), quvuroʻtkazgich elementlarini yaroqsizlikka chiqarish qalinligi, armaturalar, tiqinlar va boshqa detallar, tashlama, puflash va payvand choklari, tekshiruv uchun parmalangan joylar va ularning tartib raqamlari koʻrsatilgan quvuroʻtkazgichning sxema (chizma)si;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quvuroʻtkazgich elementlarining taftishi va yaroqsizlikka chiqarish haqidagi dalolatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quvuroʻtkazgichlarni taʼmirlashning sifati haqidagi guvohnoma, jumladan payvandlashda qoʻllanilgan materiallarning va payvand choklarining sifatini tasdiqlovchi quvuroʻtkazgichlarni taʼmirlashdagi payvand ishlari jurnali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) vodorodli muhitda ishlovchi quvuroʻtkazgichlar metallini tekshirishga doir hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) quvuroʻtkazgichni davriy ravishda tashqi koʻrikdan oʻtkazilishiga oid dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) quvuroʻtkazgichni mustahkamlik va zichlikka sinash boʻyicha dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) armaturalarni taftish va taʼmir qilish, hamda sinashga oid dalolatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) quvuroʻtkazgichlarni ishlatish jurnali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) yaroqsizlikka chiqarish haqidagi dalolatnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) tiqinlarni oʻrnatish va echib olish jurnali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) quvuroʻtkazgichlardagi payvand choklariga texnik ishlov berish jurnali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) payvand choklarining sifati haqida xulosalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) sanoat xavfsizligi boʻyicha tekshiruvlar va ekspertiza xulosalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X bob. YER OSTI QUVUROʻTKAZGIChLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
530. Mazkur Qoidalardagi holatlarni hisobga olib, yer osti quvuroʻtkazgichlarni muntazam ravishda texnik nazoratdan oʻtkazib turish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
531. Yer osti quvuroʻtkazgichlarni taftish qilish uchun har birining uzunligi kamida 2 m keladigan uchastkadagi quvur ochilguncha tuproqni qazib olib, quvur ustidagi izolatsiyani echib tashlab, sharoit taqozosiga koʻra ayrim uchastkalarini qirqib (kesib) korroziyaga qarshi va protektor himoya moslamalarini, hamda quvuroʻtkazgichni koʻzdan kechirish, devorlari qalinligini oʻlchash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish uchun ochiladigan uchastkalar soni quvuroʻtkazgichni ishlatish sharoitiga koʻra quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvuroʻtkazgich ustidagi izolatsiyaning buzilmaganligini, nosozlik aniqlangan joylardagina asboblar yordami bilan tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oralatib (tanlab) tekshirilganda, quvuroʻtkazgichning har 200-300 m joyida bitta uchastkani ochib koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
532. Yer osti quvuroʻtkazgichlarida taʼmirlash va montaj ishlarini olib borishda loyihaning harorat tufayli deformatsiyani kompensatsiyalash, ishlatiladigan materiallarning, payvand choklari, korroziyaga qarshi qoplamning sifati, hamda oʻtkaziladigan ishlar natijalarini oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi zarurligiga oid qismlaridagi talablarning bajarilishini nazorat ostiga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
533. Yer ostidagi texnologik quvuroʻtkazgichlar tuproq korroziyasi va “daydi” toklar taʼsirida sodir boʻladigan korroziyadan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI bob. TAʼMIRLASh VA MONTAJ IShLARINI BAJARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
534. Quvuroʻtkazgichlardagi taʼmirlash va montaj jarayonlarini tayyorgarlik ishlarini tugatgandan keyingina boshlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
535. Quvuroʻtkazgichlarni qayta qurish va rekonstruksiya qilish uchun eng avvalo loyiha hujjatlariga tegishli oʻzgartirish kiritib olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuroʻtkazgichlarni taʼmirlash taftish va yaroqsizlikka chiqarishga oid dalolatnomaga quvuroʻtkazgichlar chizma (sxema)si ilova qilingandan keyin bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
536. Taʼmirlash va montaj ishlarida qoʻllaniladigan bogʻlanmalar, detallar va materiallar miqdori (hajmi) va ularni tekshirish usullari amaldagi talablarga mos boʻlishi kerak. Sertifikatlari pasportlari yoʻq quvuroʻtkazgich elementlarini faqat II va undan quyi kategoriyadagi quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻllash mumkin. Ayni sharoitda mazkur elementlarni davlat standartlari, meʼyorlari va texnik shartlarga mos holda tekshiruv va sinovdan oʻtkazish lozim. Legirlangan poʻlatdan yasalgan quvurlar, flanetslar va quvuroʻtkazgich detallarining sertifikati va zavodning belgilari (shartli bosim — Rsh; diametri — Dsh; poʻlat rusumi) boʻlishidan qatʼiy nazar, poʻlatining rusumi kimyoviy tahlil, stiloskopiyalash va b. usullar bilan tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyingina quvuroʻtkazgichlar uchun qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
537. Barcha bogʻlanmalar va detallar taʼmirlash va montaj ishlaridan oldin tekshirilishi shart. Quvurlar, shaklli detallar, flanetslar yuzasida qistirmalar, armaturaning tanasi va qopqogʻida ularning mustahkamligi va ishga yaroqliligi imkoniyatini pasaytiruvchi darzlik, oʻyiq, boʻrtib chiqqan joylar va boshqa nuqsonlar boʻlmasligi kerak. Ularga qoʻyilgan belgilar hujjatlarga mos boʻlishi lozim. Quvurlar va shaklli detallar devorlarining qalinligini har ikkala uchi (tomoni) dagi 4 nuqtada oʻlchab chiqish zarur. Tashqi diametri, ovalligi (shakli) va devorining qalinligi belgilangan talablarga mos kelishi kerak. Mahkamlovchi detallarning rezbasi yuzasida mustahkamligini susaytiruvchi korroziya alomatlari, egilgan, uzilgan va boshqa nuqsonlar boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
538. Ishlatish muddati oʻtgan, I-kategoriyaga mansub, yuqori bosimdagi quvuroʻtkazgichlarga oʻrnatishga moʻljallangan armaturalar hamda quvuroʻtkazgichning kategoriyasidan qatʼiy nazar barcha boshqa armaturalarni ishlatish uchun oʻrnatishdan oldin tekshiruvdan (xususan mustahkamlik va zichlikka gidravlik usulda) oʻtkazish lozim. Sharoit taqozosiga koʻra sanoat xavfsizligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
539. Taʼmirlash-montaj ishlari davomida mazkur Qoidalardagi talablarga rioya qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
540. Quvurlar va detallarga ularni yigʻish paytida zarur boʻladigan, kerakli belgilar (oʻyib yoziladigan)ni ularning sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan, hamda oʻqining yoʻnalishi, oʻlchamlari, shaklining aniqligi taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
541. Quvurlarni gazalangali, plazmali va mexanik usullarda kesish mumkin. Kesish usulini poʻlatning rusumi, quvurlarning oʻlchamlari va ulash yoʻllarini inobatga olib tanladi. Mazkur ishlarda sifat va yuzasining tekisligi (tozaligi)ga oid talablar bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvurlarni, ayniqsa legirlangan poʻlatdan yasalganlarini, mexanik usulda qirqish afzal sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
542. Quvurlarni kesganda har bir hosil boʻlgan boʻlak uchlariga yasovchi-zavod bergan belgini qoʻyish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
543. Payvandlash texnologiyasi va payvandlash materiallari amaldagi talablarga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
544. Payvand choklarini tekshirishni belgilangan talablarga amal qilib bajarish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
545. Quvurlar uchlarida rezbalar davlat standartlari talablariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
546. Flanetsli ulanmalarni yigʻishdan oldin quvurlar, armaturalar, quvuroʻtkazgich detallari, hamda metall qistirmalar, linzalar yuzasini obdan yuvib, quruq holatga kelguncha artish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Flanets (mufta)larga ulanadigan quvur uchlari ruxsat etilgan meʼyorlar darajasida parallel boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
547. Quvuroʻtkazgich elementlarini tayyorlash uchun quvurni egish, standart keskin egilgan tarmoq quvurchalari yoʻq boʻlganda, hamda loyihaga koʻra egish radiusi quvurning shartli diametri (Dsh) dan 1,5 barobar katta boʻlganda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
548. Quvuroʻtkazgichning payvand choklari, egilgan va shtamplangan detallari ustiga shtutserlar, bobishkalar va tashlama joʻmraklarini payvandlab ulash mumkin emas. Loyiha boʻyicha eng koʻpi bilan 25 mm li diametrdagi bitta shtutserni payvandlash koʻzda tutilgan holati bundan mustasno. Bort ortidagi tiqinga shtutser oʻrnatishga ruxsat etiladi. Bunda shtutser oʻqi quvuroʻtkazgich oʻqiga mos boʻlib, shtutser diametri tiqin diametrining yarmidan katta boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
549. Ikkita quvurni bir-biriga, quvurni detallar bilan, detallarni oʻzaro biriktirganda ular hosil qiladigan burchak chetlashuvi (oʻqining sinishi) ruxsat etilgan darajadan ziyod boʻlmasligi kerak. Boʻylama chetlashuv (oʻqlarining chetlashuvi) har bir metrga 3 mm dan, butun quvuroʻtkazgich uzunligi boʻyicha 10 mm dan katta boʻlmasligi shart. Quvur chetlarini detallarga mos keltirish uchun qizdirish yoki quvurni egish mumkin emas. Uglerodli va kremniy-marganetsli poʻlatlardan yasalgan 10 MRa (100 kgf/cm2) bosimga moʻljallangan quvuroʻtkazgichlarni yigʻishda quvurning perimetri boʻylab dumalatib turib yoki uning bir qismini 850-900°S gacha qizdirish yoʻli bilan qirgʻoqlarini moslashtirishga ruxsat etiladi. Mazkur usulni deformatsiyaga uchragan qirgʻoqdan deformatsiyaga uchramagan qirgʻoqqa tomon 15° burchak ostida ohista, bir maromda bajarish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
550. Flanetslarni turli detal (patrubkalar, shaklli qismlar, flanetssiz armatura, kompensatorlar va sh. k.)lar bilan payvandlash paytida, mazkur Qoidalarning 6-bobidagi talablarga muvofiq ravishda, ularning oʻqlari va zichlanuvchi yuzalari oʻzaro mos kelishini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551. Quvurlarning flanetsli ulamalari, quvuroʻtkazgich detallari va armaturalarni yigʻishda flanetslardagi zichlanuvchi yuzalarning oʻqi bir-biriga toʻgʻri kelishini taʼminlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
552. Flanetslarni quvurlar va detallar bilan yigʻishda bolt va shpilkalar tushadigan teshiklar flanetsli ulanma oʻqiga nisbatan simmetrik holda joylanishi lozim. Ikkita flanetsdagi teshiklar bir-biridan eng koʻpi bilan teshik va oʻrnatiladigan bolt yoki shpilka diametrlari farqining yarmidan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
553. Quvurlar va yassi payvandlanadigan flanetslarning zichlanuvchi yuzasi bilan quvur uchi orasidagi masofa (quvur etib bormagan oraliq)ni quvur qalinligiga +1 mm qoʻshib yoki quvurning shartli diametriga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvurning Dsh, mm‎ 20‎ 20 — 50‎ 70 — 150‎ 200‎ 225‎ 250 — 300‎‎ 350 — 450‎
Quvur etib bormagan oraliq, mm‎ 4‎ 5‎ 8‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
554. Tayanch (ustun)larni oʻrnatish va taʼmirlashda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvurlarni qimirlamaydigan tayanch (ustun)lardagi yostiqchalarga qiyshaytirmay, zichlab, oralarida boʻshliq qoldirmay joylashtiriladi. Quvurlarni mahkam tutib turuvchi xomutlar quvurga jips yopishib, quvurning qimirlashiga yoʻl qoʻymasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar loyihada nazarda tutilgan boʻlsa, ustunlarning yuqori tekisligi balandlik boʻyicha solishtirib chiqilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) roliklar, sharik (soqqa)lar va gʻildirakchalar ravon aylanib joylashtirilgan oʻrnidan chiqib ketmaydigan, tayanch yuzalari butun maydon boʻyicha qiyshaymay quvurlarga tegib turishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tayanchlar va osma moslamalardagi prujinalarning qisilishini tirgaklar bilan taʼminlash lozim. Prujinalarni oʻrnatishda hujjatlardagi koʻrsatmalarga muvofiq tortib mahkamlash zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) issiqlik taʼsiridan uzaymaydigan (qimirlamaydigan) quvuroʻtkazgich osma moslamalarini tik ravishda, issiqlik taʼsiridan uzayishi ehtimoli boʻlganlarini esa, siljishi mumkin tomonning teskarisiga qiyshayadigan oʻlchamning yarmiga teng qiyalikda osib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quvuroʻtkazgichni oʻrnatishdagi kerakli qiyalikni taʼminlash uchun tayanch (ustun)ning tagiga qistirma (taglik) qoʻyiladi. Taglikni quvur bilan ustun oʻrtasiga qoʻyish mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tayanchlarni devorga yoki ustunlarga mahkamlaganda kronshteynlar beton yoki gʻishtga bevosita tegib turishi yoki baquvvat qurilish elementlariga mahkamlanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) quvuroʻtkazgichlarni yotqizishda diametri 50 mm ga dan kichik boʻlgan quvurlardagi payvand choklarini tayanch qirgʻogʻidan kamida 50 mm nariga, diametri 50 mm dan katta boʻlgan quvurlardagi choklarni 50 mm dan ziyodroq uzoqlikka joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) boʻylama payvand chokli quvuroʻtkazgichlarni oʻrnatishda, choklarni koʻrikdan oʻtkazish va quvuroʻtkazgichlarga xizmat koʻrsatish qulay boʻladigan qilib bajarish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
555. Burchak chokli (tavrli) shtutser yoki boshqa elementdan quvurning egila boshlagan joyigacha yoki koʻndalang payvand chokigacha boʻlgan masofa quvurning tashqi diametridan kichik boʻlmasligi, ammo tashqi diametri 100 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun eng kamida 50 mm, diametri katta boʻlgan quvuroʻtkazgichlar uchun esa, kamida 200 mm boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
556. Ultratovush usulida tekshiriladigan koʻndalang payvand choklarining har ikkala tomonidagi quvur (element)larning chok oʻqidan boshlab (eng yaqin payvandlangan yoki egilgan, yondosh payvand chokkacha) toʻgʻri uchastkasining uzunligi quyidagi miqdordan kam boʻlmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvuroʻtkazgich devorining qalinligi 15 mm gacha boʻlganda, 100 mm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) devorining qalinligi (S) 15 dan 30 mm gacha boʻlgan quvuroʻtkazgichlarda (5S + 25) mm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
557. Quvuroʻtkazgichga oʻrnatilayotgan armaturaning toʻgʻri holatini mavjud texnik hujjatlarga muvofiq aniqlanadi. Armaturaning maxoviklari oʻqining yoʻnalishi loyihada belgilangan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
558. Quvuroʻtkazgichga oʻrnatiladigan silfon armaturani avval sinovdan oʻtkazish, yuvish va puflab tashlash lozim. Sinov yuvish va puflash paytida silfon armatura oʻrniga vaqtinchalik gʻaltaklar joylashtirib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
559. Armaturalarni maxsuslashtirilgan mexanik ustaxonalarda va uchastkalarda taʼmirlash zarur. Armaturalarga tegishli mayda taʼmirlash ishlari (qistirmalarni almashtirish, salniklarni qayta zichlash, shpilkalar, shturvallarni almashtirish va sh. k.)ni bevosita oʻrnatilgan joyning oʻzida oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
560. Taʼmirlangan armaturani mustahkamlik va zichlikka sinab koʻrish lozim. Mustahkamlikka sinashda berkitish uskunasi ochiq holda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
561. Taʼmirlash va sinov natijalari dalolatnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma quvuroʻtkazgichning pasporti yoki ishlatish jurnali bilan birga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
562. Choʻyan armaturadagi nuqsonlarni payvandlab tuzatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
563. Quyma poʻlat armaturadagi (yuqori bosimga moʻljallanganlaridan tashqari) nuqsonlarni quyidagi holatlarda elektrpayvand usuli bilan bartaraf etish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zichlagich va tayanch yuzalaridagi bitta (ikkitagacha) oʻyiq joylarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gidravlik sinov paytida suyuqlikni sizib chiqargan quyma yuzining 10 % dan ziyod qismini egallagan shu joy uchun xos gazli va boshqa oʻyiqlar, yoriqlar, ilma-teshiklarni tuzatgandan keyin ular orasidagi masofa 50 mm gacha boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tayanch va maxoviklardagi nuqsonlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tayanch yuzalar, zulfinlar, klapanlar tanasi yuzasidagi barcha nuqsonlarni eritib tuzatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir nuqsonni bartaraf etish boʻyicha kerakli materiallar va ishlatish sharoitlarini hisobga olgan texnologiya ishlab chiqilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
564. Payvandlash yoʻli bilan tuzatiladigan nuqsonli joylar mexanik usulda (zubila bilan frezerlab kesib ochish va sh. k.) tayyorlanishi kerak. Nuqsonli nuqtani tayyorlaganda buzilmagan metallgacha echib tozalash lozim. Yoriq joylarga barham berishda avval uning uchlarini parmalab olish zarur. Payvand uchun ochilgan joy piyolasimon shaklga ega boʻlib, devorlari qiyalangan, keskin oʻtish joylarisiz boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
565. Payvandlashga tayyorlangan nuqta, belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
566. Nuqsonlarni payvandlab bartaraf etish ishlari obi-havoning iliq paytida, ochiq havoda (elvizaksiz) oʻtkaziladi. Eritilgan payvand choklarida asosiy metall tomonga qarab keskin oʻtishlar boʻlmasligi, payvandlash tugallangandan keyin buyum (narsa) sachragan metall parchalari va shlakdan tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
567. Nuqsonlarni payvandlab tuzatish, payvand ishlarigacha buyumni qizdirish, keyin termik ishlov berish zarurati texnologik hujjatlarga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
568. Taʼmirlash ishlariga, belgilangan tartibda oʻqitilib, attestatsiyadan oʻtgan shaxslar tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII bob. QOʻLLASh ShARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
569. Texnologik quvuroʻtkazgichlarda oʻtkaziladigan ishlarning xavfsizligi, mazkur Qoidalar talablari boʻyicha tayyorlash (yasash), sinash, transportirovka qilish, saqlash, montaj qilish, ishlatish, taʼmirlash, diagnostika qilish va shahodatlashga oid qoidalarga rioya qilish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
570. Quvuroʻtkazgichlar, armaturalar va ularning bogʻlanmalari uchun, vazifalariga koʻra, sanoat xavfsizligiga oid normativ-texnik hujjatlar tegishli hisoblanib, belgilangan tartibda qoʻllash uchun ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
571. Quvuroʻtkazgichlar va ularning qismlari uchun belgilangan va hisob-kitob qilingan xavfsiz ishlatish muddatlari texnik hujjatlarda koʻrsatilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur muddatlarni uzaytirish (choʻzish) mavjud tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
572. Quvuroʻtkazgichlarga xizmat koʻrsatishga amaldagi tartib boʻyicha oʻqitilib, attestatsiyadan oʻtkazilgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII YAKUNIY QOIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
573. “Texnologik quvuroʻtkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi va OʻzR IIV YoHVV bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi oʻrinbosari N.A. AXMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining raisi G.M. XAKIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzR IIV YoHVV boshligʻi vazifasini bajaruvchi M.M. MIRFAYZIYEV