19.11.2009 yildagi 237-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining buyrugʻi, 19.11.2009 yildagi 237-son
Кучга кириш санаси
31.12.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMMIAKLI SOVUTISh QURILMALARINING TUZILIShI VA XAVFSIZ IShLATISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 21-dekabr 6-15/23-10119/6-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006y., 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-y. 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ammiakli sovutish qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunidan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 19-noyabrdagi 237-conli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiakli sovutish qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur “Ammiakli sovutish qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari” (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 64-modda) muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, tashkiliy-huquqiy hamda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat olib borayotgan va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazoratida boʻlgan barcha korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalar sovutish agenti sifatida ammiak qoʻllaniladigan yopiq sikl boʻyicha ishlaydigan statsionar kompressorli sovutish qurilmalaridan (sovuq bilan taʼminlash tizimlaridan) foydalanilganda xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashuvchi tashkiliy, texnik va texnologik talablarni oʻz ichiga oladi, ularga amal qilinganda sanoat xavfsizligi taʼminlanishiga oid talablarni belgilab beradi va ammiakli sovutish qurilmalaridagi avariya, ishlab chiqarishda travmatizm holatlarining oldini olishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar quyidagi hollarda qoʻllash uchun moʻljallangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sovutish agenti sifatida ammiak qoʻllaniladigan yopiq sikl boʻyicha ishlaydigan statsionar kompressorli sovutish qurilmalarini (sovuq bilan taʼminlash tizimlarini) loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish (1-ilova*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “a” punktda koʻrsatilgan obyektlarda qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni tayyorlash, montaj qilish, oʻrnatish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar ushbu sovutish qurilmalarini tuzilishi va ishlatishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda “Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalari”ga (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan 2009-yil 5-yanvardagi 1-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-yanvardagi 20-15-15/12-sonli xat asosida texnik qoidalarga tegishli deb topildi) bilan qoʻshimcha ravishda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻz tasarrufida sovutish qurilmalari boʻlgan korxona va tashkilotlar ularning quyidagi hujjatlariga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sovutish qurilmasining loyiha va ijro hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnologik reglament;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sovutish qurilma pasport (6-ilova*), barcha turdagi sovutish va texnologik jihozlarning pasporti, shuningdek ammiak trubalarining pasporti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avariya holatlarini mahalliylashtirish rejasi (AHMR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) korxonaning texnik masalalar boʻyicha rahbari tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga binoan mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz tarzda ishlarni olib borish boʻyicha ishchi yoʻriqnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) taʼmirlash ishlarini olib borishga oid hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ammiakli sovutish qurilmasini ishlatish texnologik reglamentga asosan amalga oshirilishi lozim. Texnologik reglament loyihani ishlab chiquvchi loyiha tashkiloti, ilmiy-tadqiqot muassasasi yoki loyihani ishlab chiquvchi loyiha tashkiloti bilan kelishilgan holda sovutish qurilmasini ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish zaruriyati Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi haqida”gi Qonunining 2-moddasiga asosan belgilanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2006y., 39-son, 386-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompressor sexida belgilangan namunadagi sutkalik jurnal yuritiladi. Sovutish qurilmalariga taalluqli boʻlgan va mazkur Qoidalarning keyingi boblarida sanab oʻtiladigan barcha jurnallar tartib raqami qoʻyilgan, ip bilan bogʻlangan va muhr qoʻyilgan boʻlishi hamda korxonada saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sovutish qurilmasining mashina, apparat va kondensator boʻlimlaridagi xonalarga begona shaxslarning kirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xonalar kirish eshiklarining tashqi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi personalni chaqirish uchun qoʻngʻiroq oʻrnatilishi, shuningdek 12.4.026 GOST talablariga binoan ogohlantiruvchi yozuv va xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ammiakli sovutish qurilmasi tarkibiga kiradigan texnologik bloklarning qiyosiy energetik potensialini Qv amaldagi qoidalarda keltirilgan umumiy prinsiplar asosida hisoblash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, odatda, Qv<27 (III kategoriya portlash xavfi)ni taʼminlovchi loyiha yechimlari qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ammiakli sovutish qurilmalarini joylashtirish va ularning sxemalaridagi yechimlar mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga* asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toʻligʻicha zavodda tayyorlangan konteynerlar koʻrinishida yetkazib beriladigan sovutish stansiyalari, shuningdek bloklar sifatida yetkazib beriladigan sovutish mashinalari oʻrnatilgan tartibda muvofiqlashtirilgan texnik shartlar asosida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilishi va tayyorlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik isteʼmolchilarni ushbu stansiya va mashinalarga ulash, shuningdek ularni maydonchalarga joylashtirish amaldagi meʼyoriy hujjatlar va mazkur qoidalar asosida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Qurilmani rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ammiakli sovutish qurilmasining idishlari “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya Qoidalari”ga (OʻzR Gosgortexnadzor tomonidan 10.12.93 y. tasdiqlangan) binoan 1-guruhga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sovutish qurilmasida kompressorning soʻruvchi teshigiga suyultirilgan ammiak tushishining oldini oluvchi apparat koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sovuq yetkazib beruvchini sovutish uchun moʻljallangan bugʻlantiruvchi bloki bugʻ holatidagi suyuqlikka ega ammiak qorishmasini suyuqlik tomchilaridan ajratib oluvchi va ajralib chiqqan suyuqlikni bugʻlantiruvchiga qaytaruvchi qurilmani oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Suyuq fazadan bevosita sovutish yoʻli bilan sovutish tizimidagi harakatlanib turadigan bugʻ holatidagi suyuqlik qorishmasini ajratib olish uchun har bir qaynash harorati uchun suyuqlikni ajratish funksiyasini oʻzida mujassam etgan sirkulatsion (yoki himoya) resiverlari koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarda suyuqlikni ajratish funksiyasi mujassam boʻlmagan sirkulatsion (yoki himoya) resiverlari bilan trubalar orqali ulangan alohida suyuqlik ajratuvchilarini koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sovutish qurilmasiga nasos sxemalarida pastdan va yuqoridan ammiak yetkazib berishning har bir qaynash harorati uchun suyuqlik ajratish funksiyasini oʻzida mujassam etgan ustunli sirkulatsion resiverning geometrik hajmini 2-ilovada* keltirilgan formula boʻyicha hisoblash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2- ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Suyuqlikni ajratish funksiyasini oʻzida mujassam etgan resiverlarning geometrik hajmining Vz.r m3 har bir qaynash harorati quyidagi formula asosida hisoblanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vertikal turdagi qurilmalar uchun Vz.r > Vc · 0,5
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gorizontal turdagi qurilmalar uchun Vz.r > Vc · 0,6 ,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu yerda Vc — sovutish qurilmalari va texnologik apparatlarining (bir marotaba qaynash harorati uchun) umumiy geometrik hajmi, m3.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suyuqlik ajratish funksiyasini bajaruvchi vertikal idish yoki apparatning bugʻ zonasi oʻlchami 0,5 m/s dan ortiq boʻlmagan bugʻ zonasi kesimidagi ammiak bugʻlari tezligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyuqlik ajratish funksiyasini oʻzida mujassam etgan gorizontal sirkulatsion (himoya) resiverlari uchun ajratish zonasining tegishli uzunligini (sovuqlikni isteʼmol qiluvchi ammiakning bugʻ holatidagi suyuqlik qorishmasining kirish trubkachalaridan kompressorlarga bugʻlarning chiqishigacha boʻlgan masofa) inobatga olgan holda bugʻ zonalari kesimidagi ammiak bugʻlarining hisoblangan tezligini 1,0 m/s sifatida qabul qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sovutish qurilmalari, apparatlari, idishlari va bloklaridan suyultirilgan ammiakni avariya holatida (taʼmir ishlarida) chiqarib tashlash, shuningdek qaynoq bugʻlar yordamida sovutish qurilmalari eriganda kondensatlarni chiqarib tashlash uchun ammiakni koʻp sarflaydigan apparat, idish yoki blokdan ammiakni qabul qilib oluvchi soʻruvchi resiver koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻruvchi resiverning geometrik hajmini 80 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻldirish shartlaridan kelib chiqqan holda belgilash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sovutish qurilmalarining geometrik hajmi sovutish qurilmalari xonalari, texnologik apparatlar va bugʻlantiruvchilarning umumiy geometrik hajmiga nisbatan 30 foizdan koʻp boʻlmagan hajmda qabul qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiak dozasiga ega sovutish mashinalari uchun liniya boʻyicha oʻrnatiladigan resiver koʻzda tutilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ammiakning yillik zaxirasini saqlash uchun liniyalar boʻyicha oʻrnatiladigan qoʻshimcha resiverlar koʻzda tutilishi mumkin. Bunda resiverlarni 80 foizdan ortiq geometrik hajmda toʻldirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 1000 kg gacha ammiak bilan toʻldirilgan sovutish qurilmasiga bir yillik ammiak zaxirasiga moʻljallangan va mazkur Qoidalarning XIV bobi talablariga javob beradigan liniya boʻyicha oʻrnatiladigan bitta resiver boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Loyiha bilan asoslab berilgan va ammiakni bitta transport vositasidan qabul qilib olish imkoniyatini yaratib beradigan hajmdagi ammiakni saqlashga moʻljallangan resiverlarni koʻzda tutish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sovutish qurilmalarida liniya boʻyicha oʻrnatiladigan (unifikatsiya qilinmagan) resiverlarni himoya, drenaj yoki sirkulatsiya resiveri sifatida, trubali bugʻlantiruvchilarni esa — kondensatorlar sifatida qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Past bosimga ega idishlarni (qurilmalarni) suyultirilgan ammiakdan boʻshatish va moydan tozalash uchun yuqori bosimdagi ammiak bugʻini yuborishda, ushbu idishlardagi (qurilmalardagi) bosim 3-ilovaga* binoan zichlik sinovlari bosimidan yuqori boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Issiqlik almashinuvchi qurilmalarda umumiy toʻldirish magistrali boʻlgan taqdirda (ammiak bugʻlarini qizitish uchun) yopish klapanlariga ega boʻlgan aylanma liniyalar qurilmasi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Havo va boshqa kondensatsiya holatiga kelmaydigan gazlar tizimdan maxsus oʻrnatilgan havo ajratuvchi qurilma orqali suv yordamida chiqarib yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Jihozni joylashtirishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ammiak bilan ishlaydigan jihoz quyidagi joylarga oʻrnatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus xonaga — mashina yoki apparat boʻlimiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmol qilinadigan xonaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maydonchada.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Magistral toʻldiruvchi trubalardagi vertikal trubali, bugʻlantiruvchi va havo kondensatorlari ochiq maydonchalarga oʻrnatilishi kerak. Kondensatorlarni mashina boʻlimlarining yuqori qismiga, liniya boʻyicha oʻrnatiladigan resiverlarni esa xonaning ham ichki, ham tashqi tomoniga oʻrnatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ikki tomonlama suv bilan taʼminlash tizimining suv nasoslarini maxsus xonaga — binoning ustki qismida kondensator oʻrnatish mumkin boʻlgan nasos stansiyalariga joylashtirish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mashina (apparat) boʻlimi xonasiga kompressor agregatlari, bloklarga boʻlingan sovutish mashinalari, sirkulatsion (himoya) resiverlari, oʻtkazuvchi idishlar, ammiak nasoslari, moy yigʻuvchilari, gorizontal trubali kondensatorlarni oʻrnatish kerak. Bugʻlantiruvchining bloklari, moy saqlanadigan resiverlar, sirkulatsion, himoya va drenaj resiverlar, ammiak va sovutish agentlarini ushbu jihozlarning klimatik bajarilishi va mehnatni muhofaza qilish meʼyorlari imkon bersa mashina (apparat) boʻlimining tashqarisidagi ochiq maydonlarda joylashtirish mumkin. Oʻrnatish joylari loyiha hujjatlari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mashina (apparat) boʻlimidan tashqarida joylashgan apparat (idish) orasidagi masofa bino devoridan kamida 1,0 metr boʻlishi kerak. Bu talab konteyner tipidagi mashina boʻlimlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sovutish jihozlarini quyidagi joylarga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi, zaharli va portlovchi mahsulotlar boʻlgan texnologik trubalarning estakadalari ostiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq nasos va kompressor qurilmalarining ochiq maydonchalariga. Germetik holatdagi (salniksiz) nasoslardan foydalanish yoki pastda oʻrnatilgan jihozga ammiak tushishining oldini olish uchun maxsus xavfsizlik choralari koʻrilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan sovutish qurilmalari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jihozga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan markaziy oʻtish yoʻlining kengligi 1,5 metrdan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvvati 55 kW dan ortiq boʻlgan elektr dvigateliga ega apparatlar, idishlar, kompressor agregatlari va bloklarga boʻlingan sovutish qurilmalarining ustki qismlari uchun 1,0 metrdan kam boʻlmagan oʻtish yoʻllari koʻzda tutilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvvati 55 kW dan ortiq boʻlgan elektr dvigateliga ega alohida joylashtirilgan kompressor agregatlari va bloklarga boʻlingan sovutish mashinalarining ustki qismlari orasidagi oʻtish yoʻli 1,5 metrdan kam boʻlmasligi lozim (rekonstruksiya qilishda 1,0 metr boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ustunlarga ega xonalarda mashina (apparat) boʻlimi joylashtirilganda meʼyordagi kattalikdagi oʻtish yoʻllari boʻlgan taqdirda ustundan jihozning ustki qismigacha boʻlgan masofa 0,7 metr boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Poldan 1,8 metr yuqori boʻlgan balandlikda jihozga (qurilmaga) doimiy xizmat koʻrsatish uchun toʻsiq va zinalarga ega boʻlgan metaldan tayyorlangan maydoncha tayyorlanishi lozim. Maydonning uzunligi 6 metrdan ortiq boʻlganda maydonchaning har ikki tomoniga zinalar qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydonchalarga mustahkamlash uchun moslamalarga ega boʻlgan koʻchma yoki yigʻiladigan zinalar koʻzda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydonchalardagi tutqichlarning balandligi 1,0 metr, bortlarning uzunligi esa kamida 0,15 metr boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sirkulatsion va himoya resiverlari hamda ammiak nasoslari ostiga qoʻyish uchun taglik yoki tovalar koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiak eng koʻp sigʻadigan idishdan taglikka avariya holatida sovutish agenti oqib tushish holatidagi hisoblangan suyultirilgan ammiak darajasi taglik borti darajasidan past boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirkulyar resiverdan oqqan ammiak miqdori idishning ishchi holatda toʻlishi, himoya resiveridan oqqan miqdor esa idishning maksimal tarzda toʻlish darajasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina va apparat boʻlimlari xonalariga 2,5 metrgacha chuqurlikdagi ochiq tova oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi. Tova 1,1 metrdan kam boʻlmagan toʻchiqqa va ikkita zinaga ega boʻlishi lozim, tovaning chuqurligi 2 metrdan ortiq boʻlganda esa zinalardan birining oʻrniga tovaning tashqarisida oʻrnatilgan zina hududidan bevosita tashqariga chiqish yoʻli boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Liniyalar boʻyicha oʻrnatilgan va drenaj resiverlarini maxsus tagliklarga oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya holatida katta hajmdagi idishdan taglikka oqib tushadigan suyultirilgan ammiakning hisoblangan darajasi taglik bortidan past darajada boʻlishi lozim. Liniya boʻyicha oʻrnatilgan yoki drenaj resiveridan oqib ketgan ammiak miqdori uning minimal 80 foizda toʻlish hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Liniyalar boʻyicha oʻrnatiladigan resiverlar quyosh nurlari va yogʻindan ochiq tomlar yordamida muhofaza qilinishi va qulf bilan berkitiladigan eshiklarga ega boʻlgan 1,5 metrdan kam boʻlmagan devorlar bilan toʻsib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tizimni ammiak bilan toʻldirish uchun ammiak sisternalari va balonlarini ulash uchun moʻljallangan bogʻlanuvchan tarmoqlar koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Barcha ammiak trubalari, sovutish qurilmasining idish va apparatlari “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya Qoidalari” va “Yoqilgʻi, toksik va suyultirilgan gaz trubalarining tuzilishi va ularni xavfsiz tarzda ekspluatatsiya qilish Qoidalari” (PUG) talablariga binoan muntazam ravishda pnevmatik sinovdan oʻtkazilishi lozim (PUG-69).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina (apparat) boʻlimida montaj va taʼmirdan keyin ammiak tizimini pnevmatik sinovdan oʻtkazishga moʻljallangan havo kompressorini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo kompressoridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Trubalar va qurilmalarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Trubalarni kategoriyalarga ajratish “Yoqilgʻi, toksik va suyultirilgan gaz trubalarining tuzilishi va ularni xavfsiz tarzda ekspluatatsiya qilish Qoidalari” (PUG-69) va “Texnologik trubalarning tuzilishi va ularni xavfsiz tarzda ekspluatatsiya qilish Qoidalari”ga asosan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ammiakni yetkazib beruvchi truba liniyalarida qoʻllaniladigan trubalar, shakllantiruvchi ulash qismlari, mustahkamlovchi qismlar, tagliklar va mahkamlovchi materiallar sifati, texnik xarakteristikasi va ular tayyorlanadigan materiallar boʻyicha amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiakli sovutish qurilmalari uchun meʼyoridagi kimyoviy tarkibga va metallning mexanik xususiyatlariga ega (V guruhdagi) trubalar ishlatilishi lozim. Trubalarning materiali ish sharoitlariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ammiak trubalarining barcha konstruktiv elementlarida alyumin, mis, kumush, tsinka va eritmalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Past harorat taʼsirida boʻladigan jihozlar qismlarining materiallari oʻz holiga qaytmaydigan strukturaviy oʻzgarishlarga uchramasligi lozim. Ish vaqtida ammiak va moylar bilan toʻqnashadigan qismlarning materiali ularga nisbatan kimyoviy jihatdan inert (harakatsiz) boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiak trubalarining mustahkamlovchi va shakllantiruvchi detallarini tayyorlash uchun xarakteristikalari boʻyicha oʻxshash boʻlgan 4543 GOST boʻyicha 10G2, 1050 GOST boʻyicha 10 va 20 yoki boshqa rusumdagi poʻlatdan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiladigan qismlarini zich qilish uchun 481 GOSTdagi paronit yoki oʻxshash qattiqlik va ammiak va moyga chidamli boʻlgan boshqa materiallardan tayyorlangan tagliklar ishlatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Trubalar eng kam uzunlikka ega boʻlishi lozim. Jihoz va trubalarni joylashtirish montaj va taʼmir ishlarini bajarish va ularni tashqi koʻrikdan oʻtkazish uchun meʼyoridagi sharoitni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mashina va apparat boʻlimlarida par holatidagi ammiak trubalarini yuqoridan (kompressorlar ustidan) oʻtkazish koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu trubalarni pastdan (kompressorlardan pastda) oʻtkazishga faqat ayrim hollarda yoʻl qoʻyilishi mumkin (masalan, gorizontal porshenli kompressorlar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ammiak trubalarini oʻtib boʻladigan yoki oʻtib boʻlmaydigan kanallarda yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mashina (apparat) boʻlimlarida trubalarni yuqoridan oʻtkazish hollarida soʻruvchi va toʻldiruvchi ammiak trubalarini, ularda moy va suyultirilgan ammiak yigʻilib qolishining oldini olish maqsadida, umumiy trubalarga yuqoridan ulash loyihalashtirilishi lozim. Bunda soʻruvchi magistrallar sirkulatsion yoki himoya resiverlari, yoki suyuqlikni ajratuvchi moslamalar tomoniga qarab kamida 0,5 foiz engashgan boʻlishi, toʻldiruvchilari esa — moy ajratib beruvchilar yoki kondensatorlarga qarab engashgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kompressorlarning pastdan va yuqoridan oʻtkazilgan soʻruvchi va toʻldiruvchi trubalari uzoq muddat turib qolish (berkitilgan yopish qurilmasi bilan) natijasida yigʻilib qolgan suyultirilgan ammiak va moyni yigʻib olish moslamasi yoki suvli idishga chiqarib tashlash uchun pastki qismida 25 mm dan kam boʻlmagan shartli diametrga ega drenaj ventillari bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Korxona hududida ammiak trubasini faqat yer ustiga yotqizish koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ammiak trubalarini maishiy, yordamchi, administrativ-xoʻjalik, elektr mashinalari, elektr taqsimlash, transformator xonalari, nazorat-oʻlchov priborlari xonalari, zinapoyalar, shuningdek ONTP 24-86 ga binoan A va B kategoriyalariga kiruvchi ishlab chiqarish xonalari orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ammiak trubalarini boshqa texnologik trubalar birga yotqizish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiak trubalarini birgalikda yotqizishda yuqori quvvatli, yoritish va boshqa kabellar bilan birga yotqizish “Elektr qurilmalar tuzilishi Qoidalari” (ETQ) talablariga amal qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Binolarning devorlari va toʻsiqlari orqali oʻtadigan trubalar uchun trubalarning tashqi diametriga qaraganda ichki diametri 10 — 20 mm katta boʻlgan (issiqlik izolatsiyasini inobatga olgan holda) trubalardan tayyorlangan poʻlat gilzalar koʻzda tutilishi lozim. Har ikki tomonidan truba bilan gilza oraligʻidagi boʻshliq trubani toʻgʻri oʻqi boʻyicha surish imkonini beradigan yonmaydigan material bilan toʻldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Sovutish kameralari va texnologik xonalardagi trubalarni koʻchiriladigan yuk va transport vositalari zarar yetkazishiga yoʻl qoʻymaydigan holatda joylashtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ishlab chiqarish binolaridagi eshik va deraza tuynuklari boʻlgan tashqi devorlar boʻylab trubalarni yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu trubalarni hamma tomonlari yopiq boʻlgan devorlar boʻylab yotqizish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ammiak trubalarini bino va inshootlar ustidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, bevosita sovutiladigan sovutish va texnologik jihozlar joylashtirilgan bino va inshootlarning ayrim qismlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Sovutiladigan kameralar, transport koridorlari va yuk vestibyullarining ichki qismlarida sovutish qurilmalaridan taqsimlash qurilmalariga trubalarni yotqizishni koʻzda tutish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Bloklarga boʻlingan sovutish mashinalari yoki dozaga ega mashinalarning trubalarini bir biri bilan birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu talablar yordamchi trubalarga (avariya holatida muhofaza klapanlaridan ammiakni chiqarib tashlash, drenajli resiverga ega tarmoqlar, moyni toʻldirish va quyish tarmoqlaridagi trubalarga) nisbatan qoʻllanilmaydi. Yordamchi trubalarda (avariya holatida ammiak bugʻini chiqarib tashlash uchun moʻljallangan trubalardan tashqari) ikkitadan yopish ventili oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Kompressorning toʻldirish trubalarida va barcha turdagi nasoslarning bosim liniyalarida kompressor (nasos) bilan yopish qurilmasi oʻrtasida qaytuvchi klapanlarni oʻrnatish koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Suyuqlik trubasida liniya boʻyicha oʻrnatiladigan resiver uchun avtomatik tarzda boshqariladigan yopish klapani koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Trubalar sxemasida ammiak bugʻlarini istagan apparat, idish, batareya va havoni sovutish moslamalari, bugʻlantiruvchi va havo kondensatorlari yordamida soʻrib olish koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mashina (apparat) boʻlimida moyni yigʻib olish moslamasi oʻrnatilganda moyni chiqarib yuboruvchi truba qoʻshimcha manometr va yopish ventili oʻrnatilgan holda tashqariga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ammiak trubalariga oʻrnatiladigan yopuvchi va maromiga keltiruvchi qurilma boshqarish va taʼmirlash uchun qulay boʻlgan joylarda oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilma eshik tuynuklari, derazalar va jihozga xizmat koʻrsatiladigan oʻtish yoʻllarini ustki qismida oʻrnatilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiak qurilmalarini sovutish kameralarida oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Texnologik isteʼmolchilar mashina yoki apparat boʻlimidan tashqariga chiqadigan barcha ammiak trubalarida sovutish agentini qabul qilishni (yetkazib berishni) operativ holda toʻxtatadigan yopish qurilmalari koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Bugʻlantiruvchi jihozlarga ammiakni past tomondan yetkazib berishda suyuqlik trubalari nasos toʻxtab qolganda yoki uning qaytuvchi klapani nosoz holga kelganda ammiak oqib ketishining oldini oladigan balandlikda batareya va havoni sovutish moslamalariga ulanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Trubalarni meʼyordagi qiyalik darajasida sovuqlik isteʼmolchisidan sirkulatsion yoki himoya resiverlarigacha yotqizish imkoni boʻlmagan taqdirda (yaʼni “qop” hosil boʻlganda) “qopdan” sirkulatsion yoki himoya resiverlarigacha oqib tushish nazarda tutilishi lozim (uzoq muddatli taʼmir uchun toʻxtatilganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Bugʻni soʻrib olish yoki suyultirilgan ammiakni yetkazib berish uchun statsionar trubalar sifatida egiluvchan shlanglardan (rezinali, plastmassali va hokazo) foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiak uchun moʻljallangan egiluvchan shlanglardan sisternadan (tizimni toʻldirishda) ammiakni quyish operatsiyalarini bajarishda, shuningdek qoʻshimcha operatsiyalarni bajarishda (trubalar, apparatlar, filtrlarni ammiak va moy qoldiqlaridan boʻshatishda) foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat ushbu ishlarni bajarish vaqtida qoʻshimcha operatsiyalarni bajarish uchun egiluvchan shlanglarni ulashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvurlarga shlanglarni ulash uchun shlanglarga xomutlar bilan mahkamlanadigan metalli halqalar (shtutserlar) ishlatiladi. Sim bilan mahkamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Trubalarning pasportida loyiha tashkiloti tomonidan belgilanadigan ularni ekspluatatsiya qilish muddati koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Ammiak trubalarining sxemasi avariya natijasida ularning germetik holati buzilganda suyultirilgan ammiakni istagan apparat, idish yoki blokdan drenaj resiveriga tushirib yuborish imkoniyatini yaratishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Trubalar va qurilmalarning issiqlik izolatsiyasini loyihalashtirish amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Sovutish agenti trubalarida rangli taniqli halqalar boʻlishi koʻzda tutilishi lozim. Ushbu halqalarni tayyorlash boʻyicha tavsiyalar mazkur Qoidalarning 4-ilovasida* keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Qurilmalarning binolari va inshootlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ammiak uchun moʻljallangan jihozlar joylashtirilgan xonalar amaldagi yongʻin xavfsizligi meʼyorlari talablariga javob berishi lozim. Avariya holatida tizimning germetik holati buzilishi natijasida portlashning pastki konsentratsiya darajasi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xonalar muhofaza (osonlik bilan olib tashlanadigan) konstruksiyalariga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ammiak sovutgichli qurilmasi bor binoda, ingichka sochiluvchi suvni olish imkonini beruvchi suv purkagichli shlang (stvol)lar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. ONTP 24-86 talablariga muvofiq ammiakli sovutish qurilmalarining mashinali (apparatli) va kondensatorli boʻlinmalari uchun portlash-yongʻin va yongʻin xavfi boʻyicha “A” toifa belgilangan. Sovutish kameralari yongʻinga xavfli toifaga (“B” va “D” toifalar) kiritilgan. PUE-B-Ib muvofiq portlash xavfi mintaqa sinfi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Kunu-tun xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boʻlmaydigan avtomatlashtirilgan sovutish qurilmalarining mashinali (apparatli) va kondensatorli boʻlinma xonalarida, nozimxona (dispetcherlik) shahobchasiga chiqarilgan va boʻlinma (kirish eshigi yuqorisiga) tashqarisiga joylashtirilgan, holatini bildiruvchi yoritqich koʻrsatkichlari bilan jihozlangan, ishchi mintaqa havosida avariya holatidagi ammiak bugʻlari konsentratsiyasi signalizatorlari oʻrnatilishi kerak, hamda ammiak bugʻlarining konsentratsiyasi 500 mg/m3 dan oshganda avariya ventilatsiyasi avtomatik tarzda yoqilishini taʼminlovchi toʻxtatish tizimiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovutish qurilmalarining mashinali boʻlinmalarida avariya konsentratsiyasi signalizatorlari ammiak bugʻlari konsentratsiyasi 1500 mg/m3 ga etganda sovutish qurilmasining asosiy elektr taʼminoti manbalarini oʻchirishi va avariya ventilatsiyasini ishga tushirish uchun yoqishi kerak, hamda xona gazga toʻlaligi haqida ogohlantiruvchi, mashinali (apparatli) boʻlinma eshigi ustidagi yoritilgan tabloni ham ishga tushirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Avtomatlashtirilgan sovutish qurilmalarining har bir xonasida, kamida ikkita bir biriga bogʻliq boʻlmasdan harakatlanuvchi avariya konsentratsiyasi signalizatorlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Ammiakli sovutish qurilmalari oʻrnatilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan sovuqlikni isteʼmol qiluvchi korxonalar korxona hududidan tashqarida joylashgan boshqa obyektlargacha boʻlgan masofa, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Mashina, apparat boʻlimlari joylashtirilgan binolar bilan sovuqlikni isteʼmol qiluvchi korxona maydonidagi boshqa inshootlar orasidagi masofa qurilish meʼyorlari va yongʻin xavfsizligi qoidalarini inobatga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Binolarda mashina (yoki apparat) boʻlimlarini joylashtirish amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina (apparat) boʻlimini podval va eng ustki qavatlarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Mashina va apparat boʻlimlari ustida doimiy ish oʻrinlariga ega boʻlgan xonalarni, shuningdek maishiy va administrativ xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Ammiakli sovutish qurilmalari xonalaridagi toʻsib turuvchi konstruksiyalarning issiqlik va bugʻ izolatsiyasi “Sovutgichlar” QMQ 2.09.15 talablariga binoan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Mashina (apparat) boʻlimlarida kamida ikkita evakuatsiya holatida chiqish yoʻli boʻlishi lozim, ulardan biri toʻgʻridan toʻgʻritashqariga olib chiqishi lozim. Oʻtish yoʻllari boʻyicha mashina boʻlimidagi istagan joydan eng yaqin chiqish yoʻligacha boʻlgan masofaning uzunligi 25 metrdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Mashina va apparat boʻlimlarini toʻsiq bilan ajratilgan bir biriga chiquvchi xonalarga joylashtirish kerak boʻlganda, ushbu xonalarning chiqish yoʻllari 80-bandga binoan koʻzda tutiladi, lekin aytib oʻtilgan toʻsiqlarda eshiklar oʻrnatilgan tuynuklar koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Mashina (apparat) boʻlimi xonalaridan yordamchi xonalarga (masalan, maishiy, boshqaruv avtomatizatsiya punkti) yoki boshqa maqsadlardagi xonalarga (slesarlik ustaxonasi), shuningdek yuqorida aytib oʻtilgan barcha xonalarni birlashtiradigan koridorga tambur-shlyuz orqali chiqish yoʻliga havo toʻldirilgan, oʻzi yopiladigan va perimetr boʻyicha germetik holatini taʼminlaydigan taglikka ega boʻlgan qulfsiz yongʻinga qarshi eshiklar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Mashina (apparat) boʻlimining barcha eshiklar xavf kam boʻlgan tomonga ochilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Mashina (apparat) boʻlimining pollari tekis, sirpanmaydigan boʻlishi hamda yonmaydigan va uchqun chiqarmaydigan materialdan tayyorlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtilmaydigan kanallar va qopqoqlar pol bilan birga echib olinadigan plitalar yoki lok-boʻyoq bilan qoplangan metaldan tayyorlangan mustahkamlangan plitalar bilan yopilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina (apparat) boʻlimini rejalashtirilgan hududdan pastga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Moylarni yangilash, tozalash va saqlash uchun jihozlar toʻgʻridan toʻgʻri tashqariga chiqish yoʻliga ega boʻlgan maxsus xonalarga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Bino va inshootlarning muhandislik jihozlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Mashina (apparat) boʻlimlaridagi isitish va ventilatsiya tizimlari QMQ 2.04.05 “Isitish, ventilatsiya va havo almashtirish” talablariga binoan bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina va apparat boʻlimlaridagi havo parametrlari 12.1.005 GOST boʻyicha ishchi zonalardagi havoga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Xonalarda joylashtiriladigan mashina, apparat boʻlimlari, shuningdek kondensator boʻlimlari va taqsimlash qurilmalari muntazam ravishda ishlab turadigan taʼminlash-soʻrish va avariya holatida soʻruvchi mexanik ventilatsiya tizimlari bilan jihozlanishi lozim. Havo almashinish soni loyiha tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Chiqarib tashlanadigan havo atmosferaga tozalanmagan holda chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Ammiakli sovutish qurilmalari joylashtirilgan xonalar xoʻjalik-ichimlik, ishlab chiqarish va yongʻinga qarshi suv taʼminoti hamda kanalizatsiya tizimi bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovutgichlar oʻrnatilgan binolarda ichki ishlab chiqarish suv taʼminoti tarmogʻini ochiq holda oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Sovutiladigan xonalarda suv taʼminoti tarmoqlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Sovutish qurilmalari uchun suv isteʼmol qilish va suvni chiqarib tashlash meʼyorlari QMQ 2.09.15 boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Transformator kichik stansiyalari, taqsimlash qurilmalari, elektr taqsimoti qutisi, dispetcherlik, operator punktlari, boshqaruv punktlari, nazorat-oʻlchov priborlari va avtomatika (NOʻP va A) xonalari “Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalari” va 7.3 bob. “Elektr qurilmalar tuzilishi Qoidalari” (ETQ) talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Mustaqil manbalardan olinadigan ikkita elektr taʼminoti manbasiga ega boʻlgan obyektlarda ishchi va avariya holatidagi yoritgichlarni elektr taʼminotining turli manbalaridan tok bilan taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta elektr taʼminoti manbasiga ega boʻlgan obyektlarda avariya holatida yoritish tizimi elektr taʼminoti manbasi oʻchib qolganda avtomatik tarzda akkumulyator batareyalariga ulanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina, apparat va kondensator boʻlimlari, sovutish kameralari xonalari va boshqa sovuq isteʼmolchilari, taqsimlash qurilmalari avariya holatida yoritish tizimiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Ammiakli sovutish qurilmasining elektr jihozlari uchun 2-portlashdan himoya darajasi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. 0°S va undan past haroratda ishlovchi sovutish kameralari “Kamerada odam bor” signalizatsiya tizimi bilan jihozlanishi lozim. “Kamerada odam bor” degan nurli va ovozli signallar doim navbatchi xodim boʻlgan xonaga (dispetcherlik xonasi, operator xonasi, kirish punkti) kelib tushishi lozim. “Kamerada odam bor” yozuvi boʻlgan nurli tablo odam boʻlgan kameraning tashqi tomonidagi eshikning ustki qismida yonib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kameradan nurli-ovozli signal yetkazib turuvchi qurilmalar poldan 5 metrgacha boʻlgan balandlikda, kamerada chiqishda ichki oʻng tomonda joylashtirilishi, yonib turuvchi koʻrsatkichlar bilan yuk bilan toʻsib qoʻyish mumkin emasligi haqidagi yozuv bilan belgilanishi va zararlardan himoyalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Sovutiladigan kameraning ichida chiqish eshigini yoritib turish uchun doim yonib turadigan yoritqich va “Kamerada odam bor” signalizatsiyasining qurilmasi (tugmasi) koʻzda tutilishi lozim. Yoritqichni chiqish eshigining ichkari tomonida, signalizatsiya tugmasining oʻng ustki qismida oʻrnatish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovutiladigan xonaga kirishda (koridorda, estakadada) sovutgich kameralarida ish olib borishda mehnat muhofazasi va sovutish batareyalari va ammiak trubalarini zarar koʻrishdan himoya qilish boʻyicha yoʻriqnoma osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Sovutish qurilmasining barcha jihozlarini (ventilatsiya elektr dvigatellaridan tashqari) avariya holatida elektr taʼminotidan qoʻlda oʻchirish uchun mashina va apparat boʻlimlarining barcha kirishlaridagi devorlarining tashqarisida maxsus qurilmalar (tugmalar) oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli jihozning elektr taʼminoti oʻchirilgan vaqtning oʻzida ushbu qurilmalar (tugmalar) avariya holati uchun moʻljallangan va umumiy almashinuvchi soʻrish ventilatsiyalarini, shuningdek nurli-ovozli signalizatsiyani ishga tushirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Umumiy almashinuvchi va avariya holatlari uchun moʻljallangan ventilatsiya ventilatsiya qilinadigan xonalarning ichki qismida qoʻlda ishga tushiriladigan qurilmalarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina (apparat) boʻlimlarining soʻruvchi va avariya holatlari uchun moʻljallangan ventilatsiyasi uchun ventilyatorlar va elektrodvigatellar portlashdan xavfsiz tarzda tayyorlanishi koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. V-1b portlashdan xavfli zona xonalariga tegishli boʻlgan mashina, apparat va kondensator boʻlimlari “Bino va inshootlarni yashindan himoyalash moslamalari tuzilishi boʻyicha namunaviy yoʻriqnoma” (RD 34.21.122)ga binoan II kategoriyaga tegishli binolarning chaqmoqdan himoya qurilmasiga ega boʻlishi, shuningdek chaqmoqning ikkinchi bor yuzaga kelishidan himoya va yer usti va yer osti kommunikatsiyalarining yuqori potensial natijasida olib ketilishidan himoyaga ega boʻlishi lozim. Yuqori maydonga ega (kengligi 100 metrdan ortiq) binolarning ichida potensialni toʻgʻrilash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Mashina va apparat boʻlimlarining xonalari, transformator kichik stansiyalari (TKS), taqsimlash qurilmalari (TQ), elektr taʼminoti qutisi, dispetcherlik punktlari, operator punktlari (NOʻP va A xonalari) turi va soni yongʻin xavfsizligi organlari bilan muvofiqlashtirilgan muassasa meʼyorlari bilan belgilanadigan yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. Gazlanganlik darajasini nazorat qilish va avariya holatlarida ammiakning oqishi haqida xabar berish tizimlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Gazlanganlik darajasini nazorat qilish va avariya holatlarida ammiak oqishi haqida xabar berish tizimi (keyinchalik matnda – gazlanganlik darajasini nazorat qilish tizimi) xonalar va obyekt hududida ammiak oqishi sababli gazlanish darajasini nazorat qilish imkoniyatini yaratishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. I va II kategoriyalardagi portlash xavfiga ega texnologik bloklardan foydalanilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) gazlanganlik darajasini nazorat qilish tizimi tegishli boshqaruv taʼsirini shakllantirish uchun yetarli boʻlgan hajmdagi ammiak bugʻlari konsentratsiyasining signalizator datchiklari oʻrnatiladigan joylardagi havodagi ammiak konsentratsiyasi haqida avtomatik rejimda maʼlumot yigʻish va tahlil qilishni taʼminlashi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gazlanganlik darajasini nazorat qilish tizimi ammiak oqishi bilan bogʻliq avariya holatlari yuzaga kelganda avtomatik rejimda avariyani mahalliylashtirish tizimidagi texnik qurilmalar, avariya haqida xabar berish vositalarini ishga tushirishi va ishlagan holatda avariya masshtabi va oqibatlarining oʻsishiga olib keluvchi sovutish qurilmasining jihozlarini oʻchirishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) gazlanganlik darajasini nazorat qilish tizimining strukturasi ikki konturli boʻlishi va ikkita darajaga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi kontur kimyoviy zaharlanish zonasining tarqalib ketish istiqbolini belgilash uchun ammiakli sovutish qurilmasi hududidagi gazlanganlik darajasining nazorati haqidagi maʼlumotlarni obyekt hududi tashqarisiga yetkazib berishni va xona tashqarisida joylashgan sovutish qurilmasi jihozlaridan avariya holatida ammiak oqishini nazorat qilishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki kontur xonalarda gazlanganlik darajasini va avariya holatida ammiak oqishini nazorat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazlanganlik darajasini nazorat qilish tizimdagi tashqi va ichki konturlar havodagi ammiak konsentratsiyasini nazorat qilishning ikkita darajasiga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I daraja. Yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiya (YQEYuKrz) — xonalar va ularning tashqarisidagi ishchi zonalardagi havodagi ammiak konsentratsiyasi datchiklar oʻrnatilgan joylarda 20 mg/m3 (YQEYuKrz) ga teng darajaga etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II daraja. Avariya holatida ammiakning oqishi — ammiak konsentratsiyasi datchiklar oʻrnatilgan joylarda 25 YQEYuKrz yoki 500 mg/m3 ga teng darajaga etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tizim sanoat maydonchalaridagi gazlanganlik darajasini nazorat qilish imkonini beradigan (tashqi nazorat konturining 1-darajasi) va kimyoviy zaharlanish zonasini obyekt hududidan tashqariga tarqalishi istiqbolini belgilash uchun avtomatik vositalar bilan jihozlanishi lozim. Bu kabi jihozlash tegishli hisoblar bilan tasdiqlangan avariya holatining yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini baholash bilan asoslab berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydonchada mumkin boʻlgan gazlanish masshtablarini hisoblashda foydalaniladigan maʼlumotlarni olish uchun shamolning yoʻnalishi va tezligini oʻlchaydigan qurilma oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Oʻz tarkibida III kategoriya portlash xavfiga ega texnologik bloklari boʻlgan ammiakli sovutish qurilmalari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konsentratsiyaning belgilangan koʻrsatkichlarida ishga tushadigan ammiak bugʻi konsentratsiyasi signalizatorlarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Oʻrnatilgan signalizatorlardan olinadigan maʼlumotlar hajmi tegishli boshqaruv taʼsirini shakllantirish uchun yetarli boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ammiak konsentratsiyasi darajasi ortib ketganda gazlanganlik darajasini nazorat qilish tizimi quyidagi harakatlarni avtomatik tarzda bajarilishini taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalarning ishchi zonalarida havodagi ammiak konsentratsiyasi YQEYuKrz(20 mg/m3) ga teng darajadan koʻtarilib ketganda boshqaruv xonasida (xizmat koʻrsatuvchi personal xonasida) ogohlantiruvchi nurli va ovozli signalizatsiyani yoqish hamda mashina, apparat va kondensator boʻlimlarida umumiy almashinadigan ventilatsiyani ishga tushirishi; boshqaruv xonasida “YQEYuK darajasining koʻtarilishi” nurli va ovozli signalizatsiyani yoqish hamda xonaning (mashina, apparat va kondensator boʻlimlarining) ishchi zonalarida havodagi ammiak konsentratsiyasi 3 YQEYuKrz (60 mg/m3) ga teng darajadan koʻtarilganda avariyaviy ventilatsiyani ishga tushirish; mavjud konsentratsiya koʻrsatkichlari 3 YQEYuKrz (60 mg/m3) yoki YQEYuKrz (20 mg/m3) darajasidan pasayganda umumiy almashinuv ventilatsiyasini oʻchirmagan holda barcha tizimlarni ilk holatiga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maydonchalardagi texnologik bloklar yaqinida joylashgan datchiklar oʻrnatilgan ishchi zonalarda havodagi ammiak konsentratsiyasi YQEYuKrz (20 mg/m3) ga teng darajadan koʻtarilganda boshqaruv xonasida nurli va ovozli signalizatsiyani yoqish; datchiklar oʻrnatilgan ishchi zonalarda havodagi ammiak konsentratsiyasi 3 YQEYuKrz (60 mg/m3) darajadan koʻtarilganda boshqaruv xonasida “YQEYuK darajasining koʻtarilishi” nurli va ovozli signalizatsiyasini va obyektdagi xabar berish tizimini yoqish; mavjud konsentratsiya koʻrsatkichlari YQEYuKrz (20 mg/m3) darajasidan pasayganda barcha tizimlarni ilk holatiga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutish kameralarining taqsimlash qurilmalari xonasi va boshqa sovuqlikni isteʼmol qiluvchi xonalarning ishchi zonalaridagi havodagi ammiak konsentratsiyasi YQEYuKrz (20 mg/m3) darajasidan koʻtarilganda boshqaruv xonasida bir vaqtning oʻzida TQ xonalaridagi avariyaviy ventilatsiyani ishga tushirish bilan birga “Avariya” nurli va ovozli signalizatsiyasini yoqish, ammiak konsentratsiyasi 3 YQEYuKrz (60 mg/m3) darajadan koʻtarilganda nazorat qilinadigan xonalarga ammiak yetkazib berishni toʻxtatish – bunday holatda tarkibida ammiak boʻlgan texnologik jihozlar oʻrnatilgan ishlab chiqarish sexlari xonalarida soʻruvchi ventilatsiya avtomatik tarzda ishga tushirilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina, apparat va kondensator boʻlimlari xonalarining datchiklar oʻrnatilgan joylarida, ochiq maydonchalarda joylashtirilgan texnologik bloklar va jihozlar yaqinida ammiak konsentratsiyasi 25 YQEYuKrz (500 mg/m3) darajadan koʻtarilganda boshqaruv xonasida ogohlantiruvchi “Avariya” nurli va ovozli signalizatsiyasi, avariyalarni mahalliylashtirish tizimining texnik vositalari, obyektda xabar berish tizimini yoqish, ammiak bilan ishlaydigan jihozlarning ishini toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Datchiklar oʻrnatilgan joylarda ammiak konsentratsiyasi darajasi koʻtarilganda boshqaruv xonasida “Avariya” nurli va ovozli signalizatsiyasi, avariyalarni mahalliylashtirish tizimining texnik vositalari, obyektda xabar berish tizimini yoqish, ammiak bilan ishlaydigan jihozlarning ishini toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tizim avariya sodir boʻlgan aniq joy haqida boshqaruv xonasini operativ tarzda ogohlantirish va avariya oqibatlarini mahalliylashtirish uchun kerak boʻladigan texnik vositalarning ishga tushishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. OʻEQQ (Oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish qoidalari)ga binoan elektr bilan taʼminlashning ishonchliligini taʼminlash boʻyicha gazlanganlik darajasini nazorat qilish tizimi I kategoriyadagi elektr qabul qiluvchi qurilmalarga tegishlidir. Obyektda ikkinchi mustaqil elektr taʼminoti manbai boʻlmagan taqdirda akkumulyator batareyalari bilan jihozlangan avtomatik zaxira manbai stansiyalaridan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Ammiak bugʻlari konsentratsiyasi signalizatori datchiklarning texnik xarakteristikasi, soni va joylashuvi loyiha hujjatlariga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazlanganlik darajasini nazorat qilish tizimining tarkibi va tuzilishi avariya oqibatlarini mahalliylashtirish va tugatish uchun moʻljallangan texnik vositalarga mos boʻlishi lozim. Gazlanganlik darajasini nazorat qilish tizimi loyihasi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariya holatlari ssenariysi va tegishli hisoblarga asosan tasdiqlangan ularning oqibatlarining bahosi bilan birga tayyorlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan qoʻllashga ruxsat berilmagan, attestatsiya qilinmagan va davlat tekshiruvidan oʻtmagan qurilmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Datchiklarni tayyorlash ekspluatatsiya qilish shartlariga mos kelishi lozim. Datchiklarning konstruksiyasida sanksiyasiz ulardan foydalanish, atmosfera yogʻinlari va nam holda tozalanganda suv sachrashi taʼsiridan himoya qilish koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Avtomatik yoqishga nisbatan mumkin boʻlgan avariya oqibatlariga olib keladigan texnik yechimlar taʼsirini baholash natijasida asoslab berilgan mahalliylashtirish va avariya oqibatlarini bartaraf qilish tizimida qoʻllaniladigan texnik vositalarni noavtomatik tarzda (joyidan yoki masofadan) yoqish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob. Himoya qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Ichki diametri 150 mm dan ortiq boʻlgan trubali qurilmalar, bevosita sovutiladigan texnologik jihozlar (tez muzlatadigan qurilmalar, frizerlar va muz generatorlari), shuningdek bosim ostida ishlaydigan idishlar bosim koʻtarilib ketishiga qarshi himoya qurilmalari bilan jihozlanishi lozim. 70 mm gacha boʻlgan ichki diametrga ega choksiz trubalardan tayyorlangan va 150 mm gacha ichki diametrga ega choksiz trubalardan tayyorlangan kollektorli havo bilan sovutish qurilmalarini himoya qurilmalari bilan jihozlamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya qurilmalari sifatida quyidagilar qoʻllaniladi: amaldagi meʼyoriy texnik hujjatlarga asosan prujinali himoya klapanlari va membranali himoya qurilmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. 0,025 m3/s va undan ortiq nazariy ishlab chiqarish hajmiga ega boʻlgan toʻldirish kompressorlarining soʻnggi va oraliq darajasi, suyultirilgan ammiakning porshenli, shesternali va vintli nasoslarining toʻldirish qatlami tegishli qatlamdan qaytuvchi klapan va prujinali himoya klapanining yopish qurilmasiga qadar qurilma bilan himoya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Himoya qurilmalarini tanlashda quyidagilar inobatga olinadi: ammiak bugʻlarini siqish uchun moʻljallangan soʻnggi va oraliq darajadagi qatlamlarda oʻrnatiladigan oʻz-oʻzidan harakatga keladigan himoya qurilmalarining oʻtkazish qobiliyati himoya qilinadigan kompressor yoki uning siqish darajasining ishlab chiqarish hajmida kamida 0,9 massada boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Tarkibida suyultirilgan ammiak boʻlgan idishlar, qurilmalar va texnologik jihozlarning (keyinchalik bu bobda — idishlar, qurilmalar) ishdan chiqishdan himoyalovchi qurilmalarining oʻtkazish qobiliyati jihozning uzluksiz ishlashi va ammiak sarfini kamaytirishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya klapanining oʻtkazish qobiliyati 12.2.085 GOST boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Sovutish tizimlarining idish va qurilmalari yoqish-oʻchirish qurilmasiga ega boʻlgan ikkala klapanning bir vaqtning oʻzida yopilib qolishining oldini oladigan ikkita himoya klapanlari bilan jihozlanishi lozim. Har bir klapan toʻliq oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idishning geometrik hajmi 0,3 m3 dan ortiq boʻlmasa, ularni bitta himoya klapani bilan jihozlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Prujinali himoya qurilmalarining oʻtish joylaridagi kesimlar oʻlchami standartlar talablari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Idishlarning (qurilmalarning) toʻldirish va soʻrish qismlaridagi himoya qurilmalari idishlarni (qurilmalarni) ishlab chiqqan zavodning pasport hujjatlarida koʻrsatilgan bosimning ochilish vaqti boshlanishiga toʻgʻrilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovutish qurilmasida turli ruxsat etilgan bosimga ega idishlar (qurilmalar) boʻlsa, ularning himoya klapanlari ochilishning boshlanishiga toʻgʻrilanishi lozim: soʻrish qismida — 1,2 MRa (12 kgf/cm2) bosimda, toʻldirish qismida — 1,8 MRa(18 kgf/cm2) bosimda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochilish vaqtida toʻldirish va soʻrish qatlamlarini birlashtiradigan kompressorlarning himoya klapanlari kompressorni ishlab chiqqan zavodning yoʻriqnomasiga binoan bosim turlicha boʻlganda ochilishga toʻgʻirlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Sovutish qurilmalaridagi suyuqlik va soʻrish ventillari avtomatik tarzda yopiladigan uzluksiz sovutish tizimlarida yopish ventillarining orqa qismidagi soʻruvchi trubalarga (ammiak yoʻli boʻyicha yoki avariya holatida ammiak qoldiqlari chiqariladigan trubalarga bugʻni chiqarib tashlash uchun moʻljallangan himoya klapanlari oʻrnatilishi lozim. Bu klapanlar sovutish qurilmalarining past bosimida ishlatish ruxsat etilgan jihozlarning ortiqcha bosimda ochilishining boshlanishiga toʻgʻirlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr isitgichlar yordamida qor qoplamalari eritiladigan havo bilan sovutiladigan himoya qurilmalarining oʻtkazish qobiliyati quyidagi tenglama boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G = Nel / r, kg/s,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu yerda Nel – havo bilan sovutish moslamalarining sovutish qismlarida joylashtirilgan elektr isitgichlarning quvvati, kW.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Ammiakning qaynoq bugʻlari yordamida sovutish qurilmalari eritiladigan tizimlarda, ushbu bugʻlarni yigʻib olish liniyalarida, yopish ventilidan keyin (ammiak bugʻlarining yigʻish joyidan sovutish qurilmalarigacha boʻlgan yoʻlida) sovutish qurilmalaridagi hisoblangan bosimining eng kam darajasiga mos keladigan ortiqcha bosimda ochilishning boshlanishiga toʻgʻrilangan himoya klapani oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Himoya qurilmalari orqali ammiak bugʻlarini atmosferaga chiqarish 5 metr radiusdagi eng baland binoning tomidan 3 metr balandlikka oʻrnatiladigan trubalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiakni chiqarib tashlash uchun moʻljallangan trubaning ogʻiz qismini past tomonga qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunda truba atmosfera yogʻinlari yigʻilib qolishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiak bugʻlarini chiqarib tashlovchi trubaning butun uzunligi boʻyicha ichki diametri himoya qurilmasi chiqish trubasining ichki diametridan kichkina boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrt yoki undan kam chiqarish trubalari kesimiga teng boʻlgan kesimdan kamida 100 foiz koʻndalang kesimga ega va agar chiqarish trubalarining soni toʻrttadan koʻp boʻlsa, kamida 50 foiz kesimga ega boʻlgan alohida yotqizilgan trubalarni himoya qurilmalariga ulashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Kompressor agregatlarining himoya qurilmalarining ishlash (ochilish va yopilish) bosimi yiliga kamida bir marta, idishlarning (qurilmalarning) himoya qurilmalari olti oyda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkita himoya klapanlaridan biri echib olinganda qurilma ishga tushirilgan klapanga ulanishi va shu holatda plomba qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klapanlar tekshirilgan va joyiga qoʻyilganidan keyin ularga plomba qoʻyilishi lozim (tekshiruv akti tuzilgan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya klapanlarini tekshirish uchun echib olish, joyiga oʻrnatish va ularga plomba qoʻyish faqat idishlar (qurilmalarning) soz holati va xavfsiz tarzda ishlashi uchun masʼul shaxs koʻrsatmasi va uning ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Toʻldirish va soʻrish qatlamini birlashtiruvchi kompressorning himoya klapani kompressorni ishlab chiqaradigan zavod tomonidan tayyorlanadi va yetkazib beriladi. Ishdan chiqqan holda u kompressorni ishlab chiqaradigan zavoddan olinadigan yangi qurilma bilan almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X bob. Sovutish qurilmalarini nazorat qilish, boshqarish, signalizatsiya va avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Sovutish qurilmalarini nazorat qilish, boshqarish, signalizatsiya va avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlari (AHQ), shuningdek komplekt tarzida jihoz bilan yetkazib beriladigan tizimlar mazkur Qoidalar, amaldagi meʼyoriy texnik hujjatlar, loyihalar va reglamentlar talablariga javob berishi hamda sovutish tizimlarining belgilangan texnologik parametrlari, ishonchli va xavfsiz tarzda ekspluatatsiya qilishning aniqligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Ammiak jihozlari boʻlgan xonalarda joylashtiriladigan elektr priborlari hamda avtomatik va masofadan boshqarish vositalarining himoya darajasi IP44 dan past boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Ammiakli kompressorlar quyidagi parametrlar boʻyicha ishga tushadigan AHQ vositalari bilan jihozlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻldirish bosimining yoʻl qoʻyiladigan eng katta koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻldirishdagi yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori harorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moylash tizimidagi bosimdagi farqlarning yoʻl qoʻyiladigan eng past darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ammiak bugʻlari soʻrib olinadigan qurilma yoki idishdagi suyultirilgan ammiakning yoʻl qoʻyiladigan yuqori darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq idishdagi (kompressor bosqichlari oraligʻidagi) suyultirilgan ammiakning yoʻl qoʻyiladigan yuqori darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parametrlarning yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori koʻrsatkichlari ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan beriladigan maʼlumotlar, nazorat, oʻlchash va boshqarish vositalarining xarakteristikalari, jihozni ishlab chiqaradigan zavod hujjatlari asosida loyiha ishlab chiquvchi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Bosim ortib ketishidan himoya qilishda elektr dvigatellari ishini toʻxtatishga taʼsir koʻrsatadigan yoki bosim ortishini cheklaydigan operatsiyalarni bajaradigan, lekin “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya Qoidalari” va mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan hollarda himoya qurilmalari (membranalarni chiqarib tashlashga yoʻl qoʻymaydigan prujinali himoya klapanlari) jihozlariga montaj qilish imkoniyatini beradigan bosim relelari koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Bir nechta bugʻlantirish tizimlariga xizmat koʻrsatadigan, ikkita yoki undan koʻp kompressorlar bilan jihozlangan sovutish tizimlarida har qanday tizimdagi idishdagi (qurilmadagi) suyuqlik darajasining himoya relesi ishga tushganda barcha kompressorlar ishining toʻxtashini taʼminlovchi qurilmalar koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Sovutish agenti (tuzli suv, suv va boshqalar) boʻlgan sovutish tizimlarida trubali bugʻlantiruvchilar orqali bu sovutish agentlari harakati toʻxtaganda yoki ularda ammiakning qaynash harorati sovutish agentini muzlashga olib keluvchi darajagacha pasayganda kompressorlarni oʻchirish qurilmalari koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Suv bilan sovutish tizimiga ega boʻlgan har bir kompressor yoki agregatda suv oqimi toʻxtaganda yoki suv bosimi belgilangan darajadan pasayib ketganda kompressorlarni oʻchirish qurilmalari koʻzda tutilishi lozim. Suv yetkazib beruvchi trubalarda kompressor toʻxtaganda suv yetkazib berishni toʻxtatadigan elektromagnit klapanlar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Avtomatik himoya qurilmalari nosoz boʻlgan yoki oʻchirilgan taqdirda kompressorlarni ishga tushirish va ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. AHQ ishga tushganda qoʻl bilan oʻchiriladigan nurli-ovozli signalizatsiya avtomatik tarzda yoqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Har bir quyida sanab oʻtilgan sovutish tizimi idishlari (qurilmalari) suyultirilgan ammiak darajasi boʻyicha himoyaga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bugʻlantiruvchi blok (trubali yoki panelli): oldindan signalizatsiya ishga tushgan holda ammiak yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajaga etganda kompressorlarni oʻchiradigan ikkita darajani belgilovchi relelar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sirkulatsion resiver (suyuqlik ajratuvchi moslama funksiyasini ham bajaradigan), oʻtkazuvchi idish: oldindan signalizatsiya ishga tushgan holda ammiak yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajaga etganda kompressorlarni oʻchiradigan ikkita darajani belgilovchi relelar; ammiak darajasining xavfli tarzda ortib ketishi haqida ogohlantirish uchun xabar beruvchi signalizatsiya relesi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) suyuqlikni ajratuvchi moslama: oldindan signalizatsiya ishga tushgan holda idishdagi ammiak yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajaga etganda kompressorlarni oʻchiradigan ikkita darajani belgilovchi relelar. Ammiak doza boʻyicha toʻldirilgan qurilmalarda sirkulatsion resiver (shu punktning “b” punkti boʻyicha) yoki suyuqlikni ajratuvchi moslamaga ogohlantirish signalini berish uchun daraja relesini oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) himoya resiveri (suyuqlik ajratuvchi moslama funksiyasini ham bajaradigan): oldindan signalizatsiya ishga tushgan holda idishdagi ammiak yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajaga etganda kompressorlarni oʻchiradigan ikkita darajani belgilovchi relelar; ammiak darajasining xavfli tarzda ortib ketishi haqida ogohlantirish uchun xabar beruvchi signalizatsiya relesi; ammiakning minimal darajasi haqida xabar beruvchi signalizatsiya uchun rele;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) liniya boʻyicha oʻrnatiladigan va drenaj resiverlari: ammiakning maksimal darajasiga erishilganligi haqida ogohlantirish uchun signalizatsiya relesi; ammiakning minimal darajasi haqida xabar beruvchi signalizatsiya uchun rele.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Idish va qurilmalarda suyultirilgan ammiakning sanab oʻtilgan darajasiga erishilganda quyidagi lampalar bilan taʼminlangan nurli signalizatsiya yoqilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizil — yuqori darajaning xavfli tarzda ortishi haqida signal (avariya holati yuzaga kelgungacha boʻlgan signalizatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sariq — yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori daraja haqidagi signal (ogohlantirish signalizatsiyasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Suyultirilgan ammiakning yoʻl qoʻyiladigan va xavfli darajasidagi nurli signallar qoʻl bilan oʻchiriladigan ovozli signal bilan birga ishga tushishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Qurilmalarni (idishlar)ni suyultirilgan ammiak bilan toʻldirish darajasini past bosim holatida darajaning avtomatik regulyatorlari yordamida, dozali toʻldirish tizimlarida esa — yuqori bosim holatida baholash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Yuqori bosim ostida ammiak yetkazib beriladigan qurilmaning (mashinaning) har bir qurilmasi (idishi) ularga suyuqlik oqib tushishi toʻxtaganda qurilmalardan (idishlardan) bugʻlarni soʻrib oluvchi kompressorlar ishini toʻxtatuvchi avtomatik tarzda yopiladigan ventillar bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tizimlardan ammiak bugʻini soʻrib olish bitta kompressor yordamida amalga oshirilayotgan boʻlsa, bir nechta bugʻlantirish tizimiga suyultirilgan ammiak yetkazib beruvchi umumiy trubaga bitta avtomatik tarzda yopiladigan qurilma oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Bitta pribordan bir vaqtning oʻzida ham maromiga keltirish, ham himoya qilish uchun foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Aylanuvchan qurilmalarga ega koʻp nuqtali priborlardan avariyaga qarshi himoya vositasi sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Sovutish tizimlarining avtomatik himoya elektr priborlari avariya holatida yoki pribor ishdan chiqqanda ajraladigan nazorat parametrlarining meʼyordagi sharoitlarida yopiq chiqish zanjirlariga yoki yopiq ulanish joylariga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Elektr sxemalari himoya qurilmalari ishga tushgandan keyin kompressorni avtomatik tarzda ishga tushirish imkoniyatini bermasligi lozim. Uning ishga tushishi faqatgina himoyadan qoʻl yordamida chiqarilgandan soʻng amalga oshirish imkoniyatini berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Daraja relesini oʻrnatishda qoʻllaniladigan oraliqdagi ustunchalar moy yigʻilib qoladigan darajadan yuqori boʻlgan qismlarga ustunchalarda moy shakllanishining oldini olish yoʻli bilan qurilmalarga ulanishi va darajani belgilaydigan relening sozligini tekshirish uchun yotqizilgan trubalarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Har bir kompressorning toʻldiruvchi va soʻruvchi trubalarida (yopish ventillaridan 200 — 300 mm uzoqlikda) termometrlarni mexanik zararlardan himoya qilish uchun moʻljallangan qoplamaga ega boʻlgan termometr gilzalari oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiakli sovutish tizimlarining nazorat nuqtalarida haroratni oʻlchash uchun simobli termometrlardan (va simobli qurilmalardan) foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Ammiakli sovutish tizimlari uchun maxsus ammiak muhitida ishlatish uchun moʻljallangan manometrlar va 2,5 dan kam boʻlmagan aniqlik toifasiga tegishli manovakuummetrlar ishlatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilmalarning oʻlchami, ularni oʻrnatish va tekshirish muddatlari “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya Qoidalari”ga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Ishlab chiqaradigan zavod hujjatlari yoki texnik shartlarga binoan boshqa oʻlchash va parametrlarni nazorat qilish vositalaridan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Sovutish qurilmalari va mashinalarida manometr (manovakuummetrlar) quyidagi joylarda oʻrnatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrish va toʻldirishning ishchi bosimini kuzatib turish uchun kompressorlarda, moylash tizimida (nasos bilan majburiy holda moy yetkazib berilganda) va karterda (soʻrish bilan karter orasidagi darajani tenglashtirish imkoniyati boʻlmaganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita sovutiladigan barcha qurilma, idish, ammiak nasoslari, texnologik jihozlarda, shuningdek sovutish kameralari jihozlari bilan trubalar yordamida ulangan ammiak qurilmalarining taqsimlovchi suyultiradigan va erituvchi kollektorlarida. Konteyner tipidagi agregatlashgan sovutish mashinalari va qurilmalaridagi trubalar va kollektorlarda manometrlarni (manovakuummetrlarni) oʻrnatish zaruriyati jihozni ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashtirilgan tizimda manovakuummetrlar sovutish qurilmasining bugʻlantiruvchi tizimining har bir soʻruvchi magistralidan suyuqlik ajratib beruvchi moslamagacha (bugʻlar yoʻli boʻyicha) oʻrnatilishi, toʻldiruvchi trubalarda esa umumiy toʻldirish magistralidan yopish qurilmalari yordamida oʻchirib qoʻyiladigan har bir kompressorda — qaytuvchi klapandan keyin (ammiak bugʻlari yoʻli boʻyicha) alohida manometr oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Idishlardagi (qurilmalardagi) suyultirilgan ammiak darajasini vizual nazorat qilish zaruriyati paydo boʻlgan taqdirda ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasi talablariga binoan ularda koʻrish oynalari qoʻllanilishi lozim. Ammiak darajasini koʻrsatish moslamalari yassi tozalangan va 3,5 MPa gacha boʻlgan bosim ostida termik usul bilan kuydirilgan oynalardan tayyorlanishi va oyna zarar koʻrganda ularni idishi yoki qurilmadan avtomatik tarzda oʻchirib qoʻyish uchun moʻljallangan moslamalar bilan jihozlanishi lozim. Oynalarning koʻrish maydonchasi yuzasi 100 sm2 dan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrish oynalari singan holatlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni lat yeyishdan saqlash uchun himoya qurilmasi koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Ammiakli kompressorlarini avtomatik tarzda himoya qilish priborlari, shuningdek xona va tashqi maydonchalardagi havodagi ammiak bugʻlari konsentratorlari signalizatsiyasining sozligi oyiga kamida bir marta, qurilmalardagi (idishlardagi) darajani belgilovchi himoya relelarining sozligi — 10 kunda bir marta tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI bob. Jihozlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Tayyorlanadigan jihoz “Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalari”, tegishli standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Sovutish jihozining mustahkamligi hisobi tegishli sovutish qurilmasi bosimi Rr (past yoki yuqori bosim) asosida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Hisoblangan bosim ishlab turgan yoki toʻxtatilgan sovutish qurilmasida yuzaga keluvchi maksimal ortiqcha bosim sifatida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Ammiakli sovutish qurilmalarining hisoblangan bosimi amaldagi davlat va tarmoq standartlariga mos boʻlishi, lekin mazkur Qoidalarning 3-ilovasida* keltirilgan zichlikni sinash bosimidan past boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Kompressordan toʻgʻridan toʻgʻriammiak bugʻi kelib tushadigan yuqori bosimli jihozlar uchun devorlarning hisoblangan haroratini aniqlashda sovutish agentini toʻldirish vaqtidagi haroratni inobatga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Mustahkamlikni nazorat qilish va ishchi bosimni chegaralovchi himoya qurilmalari va priborlarini maromiga keltirish uchun moʻljallangan sinash bosimining koʻrsatkichlari 5-ilovaga* muvofiq jihozning hisoblangan bosimining hajmi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Katta hajmda siqish uchun moʻljallangan kompressorlar bilan jihozlangan sovutish agregatlari va mashinalari quyidagi joylarda oʻrnatiladigan qoʻl bilan boshqariladigan yopish ventillariga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompressorlarning toʻldirish va soʻrish qismlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resiverli ammiak yigʻish moslamasiga ega resiver va kondensatorlarning konstruksiyalaridan suyultirilgan ammiakning chiqish joylarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Kompressorlar va nasoslarning soʻruvchi liniyalarida ushbu jihozlarga begona predmetlar, axlat va choʻkindilar tushish xavfini bartaraf etuvchi echib olinadigan (vaqtinchalik) filtrlovchi elementlar koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Jihozning harakatlanuvchi qismlari himoya toʻsiqlariga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Ammiak yuzasining geometrik hajmi 0,3 m3 dan ortiq boʻlgan idish va qurilmalarda suyultirilgan sovutish agenti darajasi koʻrsatkichlari oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Idish va qurilmalar, priborlar va trubalardagi mustahkamlovchi birikmalar uning germetik holatini taʼminlovchi (“boʻrtish-chuqurlik”, “ship-paz”) zichlangan yuza bilan tayyorlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Ajratilmaydigan birikmalar quyish (svarka) yoʻli bilan tayyorlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Qurilma konstruksiyasi shpindelning toʻliq buralishiga yoʻl qoʻymasligi lozim. Salnik yordamida zichlashtiriladigan qurilma butunlay ochiq holatda salnik kamerasini ammiak oqib oʻtish yoʻlidan ajratib turuvchi moslamaga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Ammiakli sovutish qurilmalarining idish va qurilmalari bosim ostida ishlaydigan poʻlatdan quyilgan qurilmalar va idishlarni loyihalashtirish va tayyorlash boʻyicha meʼyoriy texnik hujjatlar talablari asosida ishlab chiqiladi va tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Kompressor va kompressor-qurilmalari agregatlari, shuningdek qurilmalar, idishlar va komplekt tarzida yetkazib beriladigan sovutish mashinalari (uskunalar, stansiyalar) mazkur Qoidalarning IX va X boblari talablariga muvofiq priborlar va qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Ventilyatorlar, nasoslar, kompressor va kompressor-qurilmalarining agregatlari shovqin va tebranish xarakteristikalari meʼyorlari talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Sovutish jihozlari komplektiga kiradigan elektr dvigatellari, avtomatikaning elektr priborlari va boshqaruv qutilari “Elektr qurilmalar tuzilishi Qoidalari” (ETQ) talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Isteʼmolchilarga idishlar va qurilmalar bilan birga yetkazib beriladigan hujjatlar meʼyoriy texnik hujjatlar talablariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Isteʼmolchilarga sovutish kompressorlari, nasoslari, kompressor qurilmalaridagi agregatlar komplektdagi qurilmalar (stansiyalar) va mashinalar quyidagi hujjatlarga ega boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jihozning texnik xarakteristikasi va uni tayyorlashda ishlatilgan materiallar, shuningdek tebranish-shovqin xarakteristikalari va jihozning xizmat koʻrsatish muddati haqidagi maʼlumotlar hamda hajmi va qabul qilish-topshirishdagi sinovlar natijalari kiritilgan pasport (formulyar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarni oʻz ichiga olgan ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jihozning texnik tasnifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundament, uni mustahkamlash qismlariga qoʻyiladigan tegishli talablar, xonalar (jihoz joylashtiriladigan), tashqi trubalarning ulash qismlari, elektr taʼminoti, yerga ulashga qoʻyiladigan talablar kiritilgan montaj boʻyicha yoʻriqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushirish va xavfsiz tarzda xizmat koʻrsatish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmir boʻyicha koʻrsatmalar va asosiy tez eskiradigan detallarning eskirish meʼyorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan materiallar koʻrsatilgan jihoz, uning asosiy qismlari va tez eskiradigan detallarining umumiy koʻrinishi chizmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya klapanlari va qurilmalarining pasporti (davlat va tarmoq standartlari boʻyicha belgilangan shakl boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII bob. Montaj ishlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Sovutish qurilmalari va ularning qismlarining montaj ishlari loyiha hujjatlari boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashkiloti bilan muvofiqlashtirmasdan loyihadan chekingan holda montaj ishlarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Montaj ishlari amalga oshirilganda shuningdek jihoz, trubalar, qurilmalar, priborlar va avtomatizatsiya vositalarini ishlab chiqaruvchilar texnik hujjatlari, “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya Qoidalari”, “Yoqilgʻi, toksik va suyultirilgan gaz trubalarining tuzilishi va ularni xavfsiz tarzda ekspluatatsiya qilish Qoidalari”, “Yongʻin xavfsizligi Qoidalari”, KMK 3.01.02 talablariga amal qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Montaj qilishdan oldin montaj ishlari amalga oshiriladigan jihoz va materiallar texnik hujjatlarga mos kelishi tekshirilishi, shuningdek montaj qilish boʻyicha yoʻriqnoma boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Jihozlar va sovutish qurilmalarini montaj qilish uchun qabul qilishda ularni koʻrikdan oʻtkazish, komplektlanganligi va texnik holati tekshirilishi lozim. Defekti boʻlgan jihozlarni montaj qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Kafolat muddati oʻtgan jihoz va boshqa qismlarni montaj qilishga faqat ishlab chiqaruvchi hujjatlarida koʻzda tutilgan ishlar (tekshirish, defektlarni bartaraf qilish va hokazo) amalga oshirilgandan soʻng ruxsat beriladi. Amalga oshirilgan ishlarning natijalari jihozning hujjatlariga yozib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Montajga qadar jihoz, uning qismlari va materiallari ularni ishlab chiqargan tashkilot hujjatlari talablariga binoan saqlanishi lozim. Saqlash vaqtida koʻrikdan oʻtkazish uchun yoʻl boʻlishi, zarar koʻrish, ichki qismlariga nam va chang tushishining oldini olish uchun sharoitlar yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Quyish (svarka) ishlarini amalga oshirish va metallarni qirqishda koʻrsatilgan ishlarni xavfsiz tarzda olib borish boʻyicha davlat standartlari va “Portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish boʻyicha namunaviy Yoʻriqnoma”ning tegishli talablari bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Fundamentlarini qurish va ularga sovutish jihozlarini oʻrnatish, fundament boltlarini tayyorlashda jihozlarni ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari, loyiha talablariga, shuningdek qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga amal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Montaj ishlari davrida sovutish qurilmalari jihozlari, trubalari va boshqa qismlari joyidan koʻchirilganda ishlab chiqaruvchi hujjatlari, standartlar talablari, amaldagi “Yuk koʻtarish kranlarining tuzilishi va ularni xavfsiz tarzda ekspluatatsiya qilish Qoidalari”, qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga amal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Bosim ostida ishlaydigan idishlarda quyish ishlari (svarka) amalga oshirilganda idishlarni tayyorlash boʻyicha texnik hujjatlar, loyiha yechimlari va “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya Qoidalari”ga amal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Qoʻlda boshqariladigan salnik qurilmasini pastga qaratib oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektrmagnit ventillari va ammiak harakati yoʻnalishidagi ventillar ishlab chiqargan zavod yoʻriqnomasida koʻrsatilgandek boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Trubalar 1,2 zaxira koeffitsiyenti bilan qabul qilingan truba, sovutish agenti va issiqlik izolatsiyalarining massalari inobatga olingan holda maxsus koʻtargichlar va osgichlar yordamida oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Trubalarning quyma choklarini 50 mm gacha diametrga ega trubalar koʻtargichlari va osgichlaridan 100 mm masofada va 50 mm va undan koʻp diametrga ega boʻlgan trubalar 200 mm dan kam boʻlmagan masofada joylashtirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Trubalarning issiqlik izolatsiyasi ularning mustahkamligi va zichligi sinovdan oʻtkazilgandan hamda aniqlangan barcha defektlar bartaraf qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Sovutish qurilmalari trubalarida quyish ishlarini olib borishga qurilmalar va trubalarning barcha qismlari oʻchirilganda va ammiakdan (yuvish va havo yoki inert gaz bilan purkash yoʻli bilan) tozalangandan soʻng va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan olov va gazdan xavfli ishlarni amalga oshirish uchun yozma ruxsatnoma boʻlgan taqdirda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Qurilma, trubalarni sinash (purkash) uchun siqilgan havo yoki inert gazni yetkazib berish maxsus truba orqali maxsus ventil orqali qurilma yoki trubaning qismiga ulash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovdan oʻtkazilayotgan (purkalayotgan) qurilma, idish yoki trubaning qismi uni tizimdan ajratish imkonini beradigan yopish qurilmasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Trubalarni montaj qilishda davlat standartlari boʻyicha trubalarning standart detallaridan foydalanish lozim (Ru 10 MPa (≤ 100 kgf/cm2) boʻyicha poʻlat choksiz quyilgan trubalarning detallari (17374÷17380 GOSTlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyilgan qatlamli oʻtish joylarini qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Montaj ishlarining qulayligi va ishchilarning xavfsizligini taʼminlovchi moslamalar (zinalar, narvonlar, ish platformalari, taxtalar va boshqalar) xavfsiz tarzda ishlarni olib borishni taʼminlash boʻyicha davlat standartlariga (12.2.012 GOST) javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan komplekt tarzda montaj qilinadigan joyga yetkazib beriladigan blokli sovutish mashinalari va qurilmalari, shuningdek konteyner tipidagi qurilmalarda trubalarni konstruktiv tarzda rasmiylashtirish ushbu tashkilot hujjatlari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Jihoz va trubalarni montaj qilishda rasmiylashtiriladigan ishlab chiqarish hujjatlarining roʻyxati va mazmuni qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Ishlab turgan sovutish qurilmalari xonalari va uchastkalarida montaj va taʼmir ishlarini bajarishda “Kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash xavfli ishlab chiqarish obyektlarida taʼmirlash ishlarni bexatar olib borish tartibi toʻgʻrisida Nizom” talablariga asosan ushbu ishlarni amalga oshirish uchun buyruq-ruxsatnoma rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII bob. Idishlar (qurilmalar), trubalarni sinovdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Sovutish qurilmalarining idishlari, qurilmalari va trubalari montaj ishlaridan soʻng (ishga tushirishdan oldin) texnik koʻrikdan oʻtkazilishi, muntazam ravishda ekspluatatsiya jarayonida va zaruriyat boʻlgan hollarda (taʼmirdan va uzoq muddat, bir yildan ortiq, toʻxtab turgandan soʻng) esa — navbatdan tashqari koʻrikdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Idishlar, qurilmalar va trubalarning texnik koʻrigi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki (qopqoqlar (lyuklar) boʻlgan taqdirda) koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idishlar (qurilmalar) va trubalarning mustahkamligi, zichligini pnevmatik sinovdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idishlar (qurilmalar) va trubalarning mustahkamligi, zichligini pnevmatik sinovdan oʻtkazishda akustik-emission (AE) nazorat usuli yoki boshqa oʻrnatilgan tartibda muvofiqlashtirilgan ishdan chiqishning oldini oladigan nazorat usulidan foydalanish lozim. Pnevmatik sinovlar akustik-emission usul yordamida nazorat qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idishni bosim ostida ushlash: sinovlarni akustik-emission usulda nazorat qilish va uning natijalarini baholash “Idishlar, qozonlar va texnologik trubalarning akustik-emission usuldagi nazoratini tashkil qilish va oʻtkazishga qoʻyiladigan talablar”ga binoan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi koʻrik va texnik diagnostika vaqtidagi sinov bosimining hajmini ruxsat etilgan ishchi bosimdan kelib chiqqan holda aniqlash kerak. Bunda 1,05 Rrab < Pisp < 1,25•Rrab tengsizligi bajarilishi lozim. Barcha boshqa hollarda sinov bosimi 3-ilovada* koʻrsatilgan hajmga toʻgʻri kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Idishlar va qurilmalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki koʻrikdan oʻtkazish hamda bosim bilan sinash — ishga tushirishdan oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovsiz ichki va tashqi koʻrikdan oʻtkazish — 2 yilda kamida 1-marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi holatdagi idishlarni (qurilmalarni) muntazam ravishda koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idish bilan birga kelgan idishlar va jihozlarning texnik hujjatlari komplektini tekshirish — 2 yilda kamida 1-marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki koʻrik, qalinligini oʻlchash, tekshiruv bosimi ostida sinash — 8 yilda kamida 1-marta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi ichki koʻrikni akustik-emission nazorat bilan birga pnevmatik sinov bilan almashtirish mumkin — 4 yilda kamida 1-marta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilgan holda yetkazib berilgan, konservatsiya qilingan, ekspluatatsiya hujjatlarida saqlash shartlari va muddatlari koʻrsatilgan va ularga amal qilingan yangi oʻrnatiladigan idish va qurilmalar ishga tushirishdan oldin faqat koʻrikdan oʻtkaziladi. Mustahkamligi boʻyicha sinov oʻtkazish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda texnologik sxemaga binoan hisoblangan bosim boʻyicha havo yoki inert gaz yordamida idish yoki qurilmaning zichligi sinalishi lozim (3-ilova*). Navbatdagi sinov muddati idishni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilgan sanadan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot tomonidan korroziya aktivligi yoki sovutadigan suv yoki sovuqlik agentlarida abraziv xususiyatlarga ega mexanik qorishmalar aniqlangan hollarda trubali kondensatorlar va bugʻlantiruvchilarni koʻrikdan oʻtkazish muddatlari qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Trubalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi koʻrik va sinov bosimi ostida sinash — montaj ishlari tugagandan soʻng ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi koʻrik — 2 yilda kamida 1-marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi holatdagi trubalarni muntazam ravishdan koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi koʻrik va sinov bosimi ostida sinash — 8 yilda kamida 1-marta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Tizimni montaj ishlari tugagandan soʻng (ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin) texnik koʻrikdan oʻtkazishda sinov uchun bosimni 3-ilovaga* muvofiq belgilash kerak. Bunda ammiakni bosish muhiti sifatida va ammiakli kompressorni havo kompressori sifatida ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Koʻrikdan oʻtkazilayotgan qismlarning tashqi yuzasida korroziya holatini koʻrsatuvchi namlanish va shishib qolish alomatlari boʻlsa issiqlik izolatsiyasi va idish, qurilma va trubalarni korroziyadan himoya qilish vositalarini echib olish lozim. Trubalarning quyma va montaj choklari hamda mustahkamlovchi qismlari koʻrish uchun qulay boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Montaj ishlaridan soʻng (ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin) mustahkamligi sinovdan oʻtkazilayotgan idish (qurilma), truba (uning qismlari) mustahkamlovchi qismlardan kamida 20 mm chiqib turadigan oʻzaklarga ega boʻlgan metalldan tayyorlangan yopish moslamalari yordamida boshqa idish, qurilma va boshqa trubalardan ajratib qoʻyilishi lozim. Yopish moslamasi qalinligi sinov bosimidan 1,5-marta yuqori boʻlgan bosimda ishlash sharoitlariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovdan oʻtkazilayotgan idish (qurilma) va trubalarni boshqalaridan ajratib qoʻyish uchun yopish qurilmasidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov oʻtkazish vaqtida yopish moslamalari oʻrnatilgan joylar toʻsib qoʻyilishi va odamlarning bu hududda boʻlishi mumkin emasligi haqidagi ogohlantiruvchi belgilar qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Sinovlarni oʻtkazishda idish (qurilma) va trubalarga oʻrnatilgan barcha yopish qurilmalari toʻligʻicha ochiq, salniklar — mustahkamlangan boʻlishi lozim; maromiga keltiruvchi klapanlar va oʻlchov qurilmalari oʻrniga montaj gʻaltaklari oʻrnatilgan boʻlishi lozim; barcha teshiklar, shtutserlar, yostiqchalar yopib tashlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Sinov vaqtidagi bosim tekshirilgan va plomba qoʻyilgan ikkita manometr yordamida nazorat qilinishi lozim. Manometrlar 1,5 dan kam boʻlmagan bir xil klassdagi aniqlikka, 160 mm dan kam boʻlmagan korpus diametriga oʻlchanayotgan bosimning 4/3 ga teng nominal bosim shkalasiga ega boʻlishi lozim. Bitta manometr yopish ventilidan keyingi havo kompressori yoniga, ikkinchisi esa — idish (qurilma) va trubadagi havo kompressoridan eng uzoqda joylashgan nuqtaga oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Trubalarni sinovdan oʻtkazishda toʻldirish va soʻrish qismidagi sinov bosimi hajmi trubaning aynan shu qismidagi idish va qurilmalar mustahkamligini sinash bosimiga toʻgʻri kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi jihoz avval oʻrnatilgan ancha past ishchi bosimiga ega jihoz bilan birga ishlatilganda sinov bosimi hajmi eng kichik koʻrsatkich boʻyicha belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Idish (qurilma), trubadagi bosuvchi muhit bosimini bir minutda kamida 0,1 MPa (kgf/sm2) bosim koʻtarilishi tezligida sinov bosimiga qadar oshirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosimning sinov bosimiga nisbatan 0,3 va 0,6 ga teng darajasiga, shuningdek ishchi bosimiga erishilganda bosim ortishini toʻxtatish va idish (qurilma), trubaning oraliq koʻrigini oʻtkazish va ustki yuzasini tekshirish lozim. AE nazorat maʼlumotlarini yozish koʻrsatilgan bosim ostida obyektni ushlab turgan butun davr mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Idish (qurilma), truba sinov bosimi ostida kamida 5 minut davomida boʻlishi lozim, keyin bosim asta sekin hisoblangan darajaga qadar tushiriladi va idishning (qurilmaning, trubaning) tashqi yuzasi tekshiriladi, uning choklari va ajraladigan qismlarining zichligi sovunli qorishma yoki boshqa usullar yordamida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AE usuli yordamida sinash ishlari nazorat qilinganda quyma choklar va ajraladigan qismlarning zichligini baholash operativ tarzda qayd etilgan AE nazorat maʼlumotlarini tahlil qilish asosidagi priborlarning koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Idishlar, qurilmalar va trubalarning barcha tizimlari zichligini sinash 3-ilovaga* asosan yuqori va past bosimga ega qismlari boʻyicha alohida oʻtkaziladi. Zichlikni aniqlash boʻyicha yakuniy sinovlarni bir necha soat (kamida 3 soat) davomida ichki va tashqi muhit haroratini bir xil darajaga keltirgandan soʻng oʻtkazish kerak. Sinov vaqtining davomiyligi — kamida 12 soat, bunda, atrof muhit haroratida oʻzgarish boʻlmasa, bosimni oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Idish (qurilma) va trubalarning mustahkamligi va zichligi boʻyicha olingan sinov natijalari sinov vaqtida uzilishlar, koʻzga koʻrinadigan deformatsiya sodir boʻlmasa, manometr koʻrsatkichi boʻyicha bosim tushib ketmasa va AE nazorat (yoki boshqa sinov usullari boʻyicha) ijobiy natijalarga erishilsa qoniqarli deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Idish, qurilma va trubalarning ruxsat etilgan ekspluatatsiya parametrlari, navbatdagi texnik koʻrik muddati koʻrsatilgan texnik koʻrik natijalari koʻrikni oʻtkazgan shaxs tomonidan jihoz va trubalarning pasportiga yozib qoʻyilishi lozim. Qurilma, idish, trubani ishga tushirishga ruxsat aynan shu shaxs tomonidan beriladi va idish, qurilma va trubaning pasportiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Pnevmatik sinovlar tugagandan soʻng tizimni 0,01 MPa (0,1 kgf/sm2) qodiq bosim ostida 18 soat davomida ushlab turishni talab qiladigan vakuumlash ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosim ushbu vaqt mobaynida har soatda belgilab turiladi. Birinchi 6 soat davomida bosimni 50 foizga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Qolgan vaqtda bosim doimiy holatda qoldirilishi lozim. Idishni (trubani) ekspluatatsiya qilish ruxsat etiladigan bosimni Risp hajmda erishilgan sinov bosimi darajasidan kelib chiqqan holda belgilash kerak. Agar sinovlar AE nazorati bilan birga oʻtkazilgan boʻlsa, bunda ruxsat etilgan bosim Risp/1,05 dan yuqori boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV bob. Tizimni ammiak bilan toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Sovutish tizimini ilk bor toʻldirish uchun kerak boʻladigan suyultirilgan ammiakning umumiy miqdori uning elementlarini toʻldirish hisoblari asosida loyiha boʻyicha belgilanishi lozim. Bunda jihozning ichki hajmini suyultirilgan ammiak bilan toʻldirish quyidagi hajmlardan ortib ketmasligi lozim, %:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugʻlantiruvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trubali va vertikal trubali — 80;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuqlik ajratuvchilar boʻlishidan qatʼi nazar egri va qatlamli (panelli) — 50;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovutish kameralarining batareyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ammiak yuqoridan yetkazib beriladigan — 30;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ammiak pastdan yetkazib beriladigan — 70;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havoni sovutish moslamalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ammiak yuqoridan yetkazib beriladigan — 50;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ammiak pastdan yetkazib beriladigan — 70;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kondensatorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resiverli qobiq (oʻrama) qismi boʻlgan trubalar — resiverli oʻrama qismining butun hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tiplar uchun — suyultirilgan ammiak yigʻish moslamalarining 80% dagi hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuqlikni ajratish moslamalari — 0;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resiverlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liniya boʻyicha oʻrnatilgan — 50;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuqlik ustunchalariga ega sirkulatsion vertikal va gorizontal — 15;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuqlik ustunchalari boʻlmagan sirkulatsion vertikal va gorizontal — 30;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya — 0;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
drenaj — 0;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan ammiakni qayta sovutish moslamalari — 100;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki bosqichli siqish qurilmalaridagi oraliq idishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vertikal — 30;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gorizontal — 50;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barbotaj tipidagi moy ajratish moslamalari — 30;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyultirilgan ammiak trubalari — 100;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita muzlatuvchi muzlatadigan va plitali qurilmalar — 80;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugʻlarni soʻrish va suyultirilgan ammiakni quyish uchun moʻljallangan trubalar — 30.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komplektlangan sovutish qurilmalari ishlab chiqaradigan zavod yoʻriqnomasiga binoan suyultirilgan ammiak bilan toʻldirilishi va undan boʻshatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Tizimning sovutish agenti bilan toʻldirishga tayyorligi montaj ishlari tugaganidan va mustahkamlik va zichlik sinovlari oʻtkazilganidan keyin komissiya tomonidan aniqlanadi. Tizimni toʻldirish haqidagi qaror quyidagi masalalar oʻz aksini topishi lozim boʻlgan akt bilan rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumalmashinuvchi va avariya ventilatsiya tizimining ishga tayyorlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada oʻqitilgan texnik xodimlar shakllantirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning kerakli nafas olish organlari, tananing individual himoya vositalari va shifokor kelgunga qadar birinchi yordam koʻrsatish vositalari bilan taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kerakli loyiha, texnologik hujjatlar va avariya holatlarini mahalliylashtirish rejasining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Ekspluatatsiya jarayonida sovutish tizimlarini ammiak bilan toʻldirishda (toʻldirish lozimligi haqida soʻrish paytida ammiak bugʻlarining meʼyoridan ortiq qizib ketishidan bilish mumkin) tizimdagi suyultirilgan ammiak miqdori loyiha hujjatlari va texnologik reglament bilan belgilangan miqdordan ortib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Ammiak davlat standartlarida belgilangan talablarga javob berishi lozim. Ammiak namunalarini tanlab olish va ularning sifatini tekshirish maxsus shu maqsadlar uchun moʻljallangan tashish idishlari qurilmasi yordamida va ammiak boʻyicha amaldagi standartlar talablariga binoan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Suyultirilgan ammiakni quyish operatsiyasi gazdan xavfli boʻlgan ishlarga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Quyish tarmogʻidagi suyultirilgan ammiak trubalari manometrlar, shuningdek suyultirilgan ammiakni quyish uchun moʻljallangan trubalardagi ajraladigan qismlarining germetik holati buzilganda ammiakli sovutish qurilmasining suyultirilgan ammiakni yigʻib olish moslamasidan suyultirilgan ammiakni orqaga oqib ketishiga toʻsqinlik qiladigan avtomatik qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Temir yoʻl sisternalarini sovutish qurilmalarining statsionar tarmoqlariga ulash qulay boʻlishi, ulash tarmogʻiga osonlikcha biriktirish va uning germetik holatini taʼminlashi lozim. Ulash uchun quyidagi vaqtincha ulash turlaridan foydalanish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — 7 metr uzunlikka ega, tirsak yoki spiral shaklidagi metalltrubaning egilgan qismi yordamida osonlikcha ulash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egiluvchan metallshlanglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nometall materiallardan tayyorlangan egiluvchan shlanglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sharnirli buriluvchan birikmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Avtomobil sisternasidan suyultirilgan ammiakni quyish toʻldiradigan avtomobilning echiladigan trubasi yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Quyish punktidagi trubalarning egiluvchan va sharnirli uchastkalarini ekspluatatsiya qilish, koʻrikdan oʻtkazish, taʼmirlash, belgilash tartibi va muddatlari ularning oʻrnatilgan tartibda muvofiqlashtirilgan texnik hujjatlari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Suyultirilgan ammiakni quyish punktlari ammiak gazi bilan toʻlganlik darajasini nazorat qilish tizimi datchiklari, sisternalarning surilib ketish signalizatorlari, ammiakni quyishni avtomatik tarzda toʻxtatish tizimlari, avariya oqibatlarini mahalliylashtirish va bartaraf etish uchun moʻljallangan statsionar va koʻchma texnik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Tashish idishlari butunlay boʻshatilganda qoldiq ortiqcha bosim nazorat qilinishi va 0,05 MPa (0,5 kgf/sm2) dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Tuynuklarning echib olinadigan birikmalari mustahkamlanadigan joylardan, qurilmalardan, yopish armaturasi zichligi buzilganda yoki qurilmalar zarar koʻrgan hollarda tashish idishlaridan ammiakning oqishini bartaraf qilish ishlari mustahkamlovchi qopqoqni echgan holda gaz ventilini sekinlik bilan ochish yoʻli bilan idishlardagi bosimni atmosfera bosimigacha pasaytirgandan soʻng amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Temir yoʻl va avtomobil sisternalaridan suyultirilgan ammiakni quyish maydonchasi asfalt yoki beton yuzaga ega boʻlishi, shuningdek drenaj tarmogʻi va sisternalarda yuzaga kelgan avariyalarni mahalliylashtirish va bartaraf qilish vaqtida oqib chiqadigan suyultirilgan ammiak va ammiak suvini maxsus oʻralarga tushirib yuborish uchun qiya holdagi ariqchalar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻralarning konstruksiyasi va hajmi mavjud kanalizatsiya tizimlariga erkin holda oqib tushishining oldini olishi hamda loyiha hujjatlariga asosan belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Quyish punktida sisternalarni qulay va xavfsiz tarzda statsionar trubalarga ulash uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Xodimlarning reglament ishlarini olib borishi uchun moʻljallangan platforma ularning tashish idishlarining qurilmalariga oʻtishi va avariya holatida evakuatsiya qilish uchun qulay boʻlgan yonmaydigan konstruksiyalarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Tashkilotga kelgan ammiak toʻldirilgan sisterna yuklarni tashish qoidalariga binoan akt boʻyicha qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Sisternaning tashkilot hududida boʻlishining butun davrida kunu-tun uni kuzatib turish ishlari tashkil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Sisternani vizual tekshirish oʻtkaziladi, plombalar borligi, yopish qurilmalarining sozligi va germetik holati tekshiriladi, shuningdek topshiriladigan yukning qabul qilish-topshirish akti va sisternaning pasport maʼlumotlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Sisterna koʻrib chiqilgandan soʻng sisterna holati va quyish ishlarini amalga oshirish mumkinligi haqida yozma xulosa beriladi, bu haqida qayd jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi, sisternaning ogʻirligi (netto, brutto) va raqami belgilab qoʻyiladi. Ammiakni qabul qilish va quyish boʻyicha qayd jurnali raqamlangan, tikilgan va muhrlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Mazkur Qoidalar talablaridan chekinishlar aniqlangan taqdirda sisternadan ammiakni quyish taqiqlanadi. Bu holda tashkilotda akt tuziladi va bu haqda toʻldiruvchi tashkilotga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Temir yoʻl sisternasidan ammiakni quyishdan oldin lokomotiv yoʻnalishni oʻzgartiruvchi yoy (stryelka) boʻlgan joy yoki toʻsiq ortiga olib ketilishi lozim. Tashkilotga kirish yoʻllaridagi stryelkalar harakatlanuvchi sostavlar kirishining oldini oladigan holatga keltirilishi va qulflab qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Tashkilotning yoʻnalishni oʻzgartiruvchi stryelkalar boʻlmagan ichki temir yoʻllarida sisternadan kamida 3 metr uzoqlikda himoya toʻsini qoʻyiladi. Relsli yoʻldagi sisternaning gʻildiraklari mahkamlanishi va har ikki tomonidan tormoz bashmaklari qoʻyilishi lozim. Quyish ishlari amalga oshiriladigan vaqtdan oldin va quyish mobaynida sisterna qizil rangdagi koʻchma signallar bilan toʻsib qoʻyiladi va “Toʻxta! Kirish yoʻli berkitilgan. Ammiak” yozuvlari boʻlgan 400 x 600 mm oʻlchamdagi belgi oʻrnatiladi. Ammiakni quyishdan oldin sisterna yerga ulangan boʻlishi va sisternaning siljishini toʻxtatuvchi moslamaga ulangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Avtomobil sisternasi tormoz yordamida toʻxtatilgan va gʻildiraklarining har ikki tomoniga tormoz bashmaklari qoʻyilgan, yerga ulangan, sisternaning siljishini toʻxtatuvchi moslamaga ulangan va temir yoʻl sisternasi kabi toʻsib qoʻyilgan boʻlishi lozim. Agar avtomobil sisternasi quyish uchun ichki transport yoʻllari bilan bogʻlangan hududga qoʻyilgan boʻlsa, bu holda begona transport vositalarining xavfli hududga kirishining oldini olish uchun barcha choralar koʻrilishi lozim (kirish mumkin boʻlgan barcha yoʻllarni toʻsib tashlash, qorovullar qoʻyish va hokazo).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Ammiakni quyish operatsiyasini amalga oshirishdan oldin tushirish vaqtida oqishi mumkin boʻlgan ammiakni (ammiak suvini) yigʻib olish uchun moʻljallangan oʻralar boʻshatilishi, avariyalarni mahalliylashtirish va bartaraf etish tizimining texnik qurilmalari ishchi holatiga keltirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Agar ammiakni quyish ishlari amalga oshirilmayotgan boʻlsa, sisternani tizimga ulangan holda qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tanaffus vaqtida trubalarning echib olinadigan qismlari sisternadan uzib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Sisternadan ammiakni quyish vaqtida begona shaxslarning boʻlishi, olov bilan bogʻliq ishlarni bajarish va sisterna yonida chekishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sisterna yonida yongʻin chiqqan taqdirda, uni yongʻin tarqalishi mumkin boʻlgan hududdan tashqaridagi xavfsiz joyga olib oʻtish, olib oʻtishning imkoni boʻlmasa — xavf bartaraf qilinmagunga qadar katta hajmda suv sepish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Sisternani quyish tarmogʻidagi statsionar trubalarga ulash va uni uzish bilan bogʻliq operatsiyalar nafas olish organlari va terining individual himoya vositalariga ega xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Avtomobil yoki temir yoʻl sisternasidagi suyultirilgan ammiak tizimdagi bosimni pasaytirish yoʻli bilan sovutish qurilmalarining kompressorlari yordamida hosil qilinadigan sisterna va sovutish qurilmasining qabul qiluvchi qismlaridagi turlicha bosim taʼsiri ostida sovutish tizimiga haydalishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovutish tizimining yetarli darajada toʻldirilganligini tizimning qabul qilish qismidagi ammiak darajasi koʻrsatkichlariga binoan nazorat qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sisternadan ammiakning toʻligʻicha quyib olinganligini (uning boʻshatilganligini) sisternaning nazorat qurilmasidan ammiak chiqishining toʻxtaganligidan aniqlash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Ammiak qisman yoki toʻligʻicha quyib olingandan soʻng sisternaga plomba qoʻyilishi va sisternada qolgan ammiak miqdori haqida maʼlumotnoma berilib topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiakni quyish boʻyicha barcha ishlar yakunlangandan keyin sovutish qurilmasining qabul qiluvchi ventillari yopilishi va ularga plomba qoʻyilishi lozim, qurilmaning barcha qabul qiluvchi qismlari esa kalit bilan quflab qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Tashkilotda suyultirilgan ammiakni quyishga tayyorlash tashkilotning buyrugʻi asosida tayinlangan muhandis-texnik ishchilar rahbarligida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Zaxira resiverlariga ammiakni quyish quyidagi talablarga binoan amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resiverning suyuqlik (quyish) trubalari sisternaga ulangandan soʻng suyuqlikni ajratish moslamasi orqali bugʻlarni soʻrib olish yoʻli bilan bosimni pasaytirgan holda qabul qiluvchi resiverning soʻruvchi ventillari ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sisternaning quyish ventili va resiverdagi ammiakni qabul qilib olish ventillari ochiladi, bunda resiverga suyultirilgan ammiakning toʻlish darajasi nazorat qilib turiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira resiverlari ularning geometrik hajmiga nisbatan 80 foizgacha toʻldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV bob. Sovutish qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Kompressorlar va nasoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Kompressorni ishga tushirishni — ilk bor, uzoq muddatga toʻxtatilgandan, taʼmirdan, profilaktika ishlari olib borilgandan keyin, shuningdek avariyadan himoya priborlari ishga tushganda toʻxtagandan keyin — ishlab chiqargan zavod yoʻriqnomasiga binoan yopiq holdagi soʻruvchi ventillar yopilgan holatda qoʻl bilan amalga oshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Kompressorni ishga tushirishdan oldin kompressordan kondensatorgacha boʻlgan toʻldirish trubasidagi barcha yopish ventillari ochiq ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Kompressorni ichiga oʻrnatilgan baypas qurilmasidan foydalanib yoqishda, agar ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa, kompressorning toʻldirish ventili yopiq boʻlishi, baypas qurilmasining ventili esa ochiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Asosiy sovutish tizimidan ajralgan holda ishlaydigan zavodda tayyorlangan blokli mashinalardan tashqari sovutish qurilmasidan kompressorlar yordamida ammiak bugʻlarini soʻrib olish uchun suyuqlikni ajratib olish moslamalaridan (yoki uni almashtiradigan idishlardan) foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Kompressorlarning germetikligi uchun doimiy nazorat oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Kompressorlar, nasoslar, ventillarning shtoklari orqali ammiak oqib chiqish hollari ular aniqlangandan soʻng zudlik bilan bartaraf qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼmir ishlaridan oldin kompressorning soʻruvchi qismlari vakuum usulida tozalanadi (yopiq soʻruvchi ventillar yordamidagi qisqa muddatli ishlar). Toʻldirish ventili yopiladi va qolgan ammiak rezinali shlang orqali kompressordan chiqarib tashlanadi, shlangning bir uchini kompressorda joylashgan maxsus ventilga ulanadi, ikkinchi uchi esa tashqariga chiqariladi — suvli idishga tushiriladi (uning sathi boʻylab). Ammiak chiqarilayotgan vaqtda kompressorga suv tushishining oldini olish uchun bosimning atmosfera bosimidan kamayib ketishiga yoʻl qoʻymasdan karterdagi bosimni nazorat qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Kompressor yordamida soʻrib olinayotgan ammiak bugʻlarining qizish harorati bir bosqichli va yuqori bosimli ikki bosqichli kompressorlar uchun kamida 5°S, va ikki bosqichli past bosimdagi kompressorlar uchun 10°S boʻlishi lozim. Bu qizish harorati kompressor yordamida soʻrishda termometr bilan oʻlchanadigan bugʻ harorati bilan manovakuummetr yordamida soʻrish bosimi oʻlchangan ushbu priborning harorat shkalasi boʻyicha yoki toʻyingan ammiak bugʻlarining jadvali boʻyicha aniqlanadigan ammiakning qaynash harorati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Manovakuummetr shkalasining yuqori chegarasi 1 MPa (kgf/sm2) dan koʻp boʻlmasligi, aniqlik klassi esa — 1,5 dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Ammiakli sovutish qurilmasi ishining doimiy nazorat qilinadigan joylaridagi harorati statsionar holda oʻrnatilgan va uzluksiz ishlab turadigan priborlari yordamida aniqlanishi lozim. Bu holatda koʻchma priborlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻldirish vaqtidagi harorat, agar zavod yoʻriqnomasiga binoan boshqa koʻrsatkichlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, zamonaviy porshenli kompressorlar uchun 160°S dan yuqori boʻlmasligi, vintlilari uchun — 90°S, gorizontal shovqinsiz ishlaydigan kompressorlar uchun esa — 135°S boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Suyultirilgan ammiakni porshenli kompressorning soʻruvchi trubasiga purkashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan koʻzda tutilgan hollarda suyultirilgan ammiakni purkovchi vintli kompressorlarni ekspluatatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi zavod hujjatlarida koʻzda tutilmagan purkash moslamalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Kompressor silindrida toʻqillash paydo boʻlganda mashinist zudlik bilan kompressorni toʻxtatishi va kompressorni toʻxtatish sabablarini mashina boʻlimidagi sutkali jurnalga yozib, katta mashinistga bu haqda xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Toʻldiruvchi kompressorda ammiak bugʻlarini isitish darajasi pasayganda va harorat tez tushib ketganda, soʻruvchi qatlam devorlari muzlab qolganda (muzlash darajasi oshganda) va boshqa nam holatda ishlash belgilari paydo boʻlganda (porshenli kompressorda — toʻldiruvchi klapanlaridagi toʻqillash va moylash bosimining tushib ketishi; vintli kompressorda — ishlashdagi shovqin xarakterining oʻzgarishi va moylash bosimining tushib ketishi; rotatsion koʻp qatlamli — ishlashdagi shovqin xarakterining oʻzgarishi va moy ajratib beruvchi moslamada sathning koʻtarilishi) zudlik bilan kompressorni toʻxtatish, keyin yopiladigan soʻruvchi va toʻldiruvchi, maromiga keltiruvchi klapanlarni yopish va kompressorning nam holda ishlash sababini bartaraf etish lozim. Keyinchalik kompressorni ishga tushirishdan oldin soʻruvchi trubani yigʻilib qolgan suyuqlikdan boʻshatish kerak. Ammiakni toʻxtatilgan kompressordan soʻrib olishda uning blokidagi suvni toʻkib tashlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Sovutish jihozining taʼmiri va profilaktikasidan soʻng, shuningdek kompressorning ishidagi jiddiy nosozliklar sababli u majburan oʻchirilgandan keyin, kompressorni ekspluatatsiyaga kiritish mazkur Qoidalarning XVI bobi talablariga binoan oʻrnatilgan tartibda yozma holda rasmiylashtirilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiakni yetkazib berish miqdorini qoʻl bilan maromiga keltirish qurilmasiga ega boʻlgan vintli kompressorni ishga tushirishdan oldin qurilmani minimal mahsuldorlik holatiga keltirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Qishda va suv muzlab qolishi mumkin boʻlgan vaqtlarda sovutish qurilmasi ishida tanaffuslar boʻlganda suvlarni kompressorlar, suv nasoslari, yopiq tipdagi kondensatorlar, muzlatuvchilar va boshqa qurilmalarning silindrlari va salniklaridagi sovutish bloklari orqali tushirish lozim, shuningdek tizimning eng pastki qismida joylashgan nuqtalardagi tushirish kranlari yordamida suv trubalari orqali oqizib yuborish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Jihozning barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari (maxoviklar, vallar, muftalar va boshqalar) echib olinadigan va osonlik bilan qismlarga ajratiladigan tekis yoki toʻrli toʻsiqlar bilan yopib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻsiqning bogʻlamlari va detallari ishonchi tarzda mustahkamlangan va yetarli darajadagi mustahkamlik va qattiqlikka ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Mashinalarning harakatlanuvchi qismlariga faqat ular butunlay toʻxtatilgandan, elektr qurilmalar tokdan uzilgandan va begona shaxslarning uni ishga tushirishiga qarshi barcha choralar koʻrilgandan keyingina yaqinlashishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Porshenli kompressordagi liniyalar orasida boʻshliq hajmi valni qoʻl bilan aylantirish yoʻli bilan oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Kompressorni sovutish uchun moʻljallangan suv harorati, agar ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan boshqa koʻrsatkichlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, silindr bloklariga kirishda 10°S dan past va chiqishda — 45°S dan yuqori boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Ammiakli sovutish kompressorlarini moylashda faqat maxsus ular uchun moʻljallangan moylar ishlatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompressorning har bir tipi uchun moʻljallangan moy rusumi ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasida koʻrsatilgan rusumga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Avtomatik rejimda ishlaydigan kompressor va nasoslarning koʻrinarli joylarida “Ehtiyot boʻling! Avtomatik tarzda ishga tushadi” degan yozuv taxtachasi osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Ishchi oʻrinlaridagi shovqin darajasi amaldagi meʼyoriy hujjatlarda keltirilgan meʼyorlardan baland boʻlmasligi lozim. Ishchi oʻrinlaridagi shovqin darajasini oʻlchash 0120 raqamli SanQvaM va 12.1.050 GOST boʻyicha oʻtkazilishi kerak. Shovqin darajasi meʼyorlardan baland boʻlgan hollarda ularni pasaytirish choralari koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Montaj va taʼmirdan keyin ammiak kompressorlarini tekshirish va ishlatib koʻrish ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasiga binoan amalga oshirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Suyuqlikni ajratib olish moslamalari yordamida bugʻlantirish jihozlarini toʻyintiradigan nasossiz bevosita sovutish tizimlariga ega boʻlgan ishlab turgan sovutgichlarda issiqlik yuklamasi ortib ketganda suyuqlikni tizimdan kompressorlarning soʻrish liniyalariga oqib tushish xavfini inobatga olgan holda suyultirilgan ammiak sathini muayyan darajada ushlab turish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar koʻrsatilgan suyultirilgan ammiakni sovutish qurilmasiga yetkazib berish sxemasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, unda kompressorning oldiga himoya resiveri yoki suyuqlikni ajratib olish moslamasini oʻzida mujassam etgan resiverga ega boʻlgan qoʻshimcha (quruq) suyuqlikni ajratib olish moslamasi oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Sovutish sxemasiga ulangan ammiak nasosining ekspluatatsiyasi ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasi talablariga binoan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Nasosni har safar ishga tushirishdan oldin koʻrib chiqish, soz holatdaligiga ishonch hosil qilish va kompressor sexi ishining sutkalik jurnalidagi yozuvlar bilan tanishib chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Ammiak nasosini ilk bor ishga tushirganda yoki u uzoq muddat toʻxtab turganidan keyin quyidagilarni amalga oshirish lozim: ushbu agregatni (shuningdek uning ishchi qismlarini) suyultirilgan sovutish agenti bilan toʻldirilishini taʼminlash uchun soʻruvchi va bosimga ega liniyalaridagi ventillarini ochish; bosimga liniyaning ventilini oxirigacha berkitish va bir-bir yarim aylana orqaga burash; nasosni yoqish; bosim boʻyicha stabil rejimga chiqqandan soʻng bosim trubasidagi ventil yordamida ushbu bosimning koʻrsatkichlarini toʻgʻralash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Quyidagi hollarda ammiak nasosini ishga tushirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish va chiqishdagi ventillarning yopiq holatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nasos toʻligʻicha suyultirilgan sovutish agenti bilan toʻldirilmagan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya muftasi qoplamasi boʻlmagan hollarda (nasos bilan elektr dvigateli oʻrtasida ulash muftasi boʻlgan agregatlar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Nasos zudlik bilan toʻxtalishi lozim, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosim kuchi pasayib ketsa bosim kuchi bilan soʻrish oʻrtasida farq boʻlsa (avtomatika priborlari boʻlmasa yoki ishlamasa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agregatlarning zich berkitilmagan joylaridan ammiak oqib chiqsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manometr, qaytuvchi klapanlar, avtomatika vositalarida nosozlik aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Agregat toʻligʻicha toʻxtatilgan, elektr taʼminoti oʻchirilgan, ishga tushirish qurilmalari va ventillariga taxtachalar osib qoʻyilgan, kompressor sexi ishining sutkalik jurnaliga yozuvlar kiritilgandan soʻng ammiak nasosidagi profilaktika ishlari amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Ammiak oqishi bilan bogʻliq nasosning nosozligi zudlik bilan bartaraf etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Apparatlar va qurilmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Idish va qurilmalarni ilk bor ishga tushirganda, uzoq muddatga toʻxtatilganda, koʻrikdan oʻtkazish yoki taʼmir uchun tayyorlanganda ularni sovutish haroratning birdan tushib ketishi natijasida devorlarning mexanik mustahkamligi zaiflashib ketishining oldini olish maqsadida devorlardagi haroratning soatiga 30°S gacha pasayish tezligida amalga oshirilishi lozim. Ammiakdan boʻshatilgan qurilmalarni ularning devorlaridagi harorat minus 35°S dan kam boʻlmagan holatda ochishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Qish davrida suv bilan taʼminlanadigan kondensatorlar va havzalarda, xizmat koʻrsatiladigan maydoncha va zinalarda hosil boʻladigan muzni muntazam ravishda koʻchirib turish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Kondensator trubalarini suv toshlaridan mexanik ravishda tozalash ishlari buyruq-ruxsatnoma rasmiylashtirilib, kondensatorlar ammiakdan boʻshatilgandan soʻng sex boshligʻi rahbarligi ostida bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oyiga kamida bir marta kondensatordan chiqayotgan suv tarkibida ammiak borligini tekshirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Alohida joylashtirilgan qurilma va kondensator xonalari yoki maydonchalarining eshiklari qulf holda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Trubali bugʻlantiruvchilardan foydalanilganda ammiakning qaynash ishchi harorati muzlash haroratidan 8°S ga past boʻlgan sovutish agentlari ishlatilishi lozim. Trubalar orasidagi ammiakni qaynatish yoʻli bilan trubali bugʻlantiruvchilardagi suvni sovutishda ammiakning qaynash harorati 2°S dan past boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neytral sovutish agentlari bilan sovutiladigan tizimlarda muntazam ravishda (oyiga kamida bir marta) ularning tarkibida ammiak borligi tekshirib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Yuqori va past bosimdagi moyni ajratib beruvchi moslama va qurilmalardagi moy (kompressordan karterga avtomatik ravishda moyni qaytarib tushirish qurilmalari boʻlmagan taqdirda) muntazam ravishda moy yigʻuvchi moslamalarga tushirib turilishi lozim. Suyuqlikni ajratib beruvchi moslama qurilmalari orqali ammiak bugʻlari soʻrib olingandan soʻng u moy yigʻuvchi moslamalardan atmosfera bosimidan 0,01-0,02 MPa (0,1-0,2 kgf/sm2) gacha boʻlgan bosim ostida chiqarib tashlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idishlardan (qurilmalardan) moyni moy yigʻuvchi moslamalarni chetlab oʻtib bevosita ochiq holdagi idishlarga chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moy yigʻuvchi moslamalarda manovakuummetrlar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moyni chiqarib tashlash tizimi xodimlarning tizimdagi muhit bilan aloqaga kirishishining oldini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moyni chiqarib tashlashda xizmat koʻrsatuvchi personal gazga qarshi moslama va rezinali qoʻlqoplardan foydalanishi hamda doim chiqish jarayonini kuzatib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Navbatchilikdagi xizmat koʻrsatuvchi personal smena davomida sutkalik jurnalga priborlarning koʻrsatkichlariga binoan sovutish qurilmalarining asosiy ishchi parametrlari, jihozlar va ventilatsiya tizimi ishidagi kamchiliklar, kompressorning toʻxtash sabablari, ventilatsiya tizimining ishi haqidagi maʼlumotlar, jihozlarning ishidagi kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha amalga oshirilgan choralar va boshqa kamchiliklarni yozib qoʻyishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Quyidagi hollarda qurilma (idish) ekspluatatsiyadan chiqarilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoʻriqnomada koʻrsatilgan barcha talablarning bajarganligiga qaramasdan idishdagi bosim ruxsat etilgan darajadan koʻtarilib ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) himoya klapanlarining nosozligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) idishning asosiy elementlarida yoriqlar, shishlar, devorlarning sezilarli darajada ingichkalashishi, quyma choklardagi tirqishlar va terlash, ulangan qismlardan chakki oʻtishi, tagliklarning yirtilib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bevosita bosim ostidagi idishga xavf soluvchi yongʻinning chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) manometrning nosozligi va boshqa priborlar boʻyicha bosimni aniqlash imkoniyati boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qopqoqlar va lyuklarning nosozligi yoki mahkamlash detallarining komplektlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) suyuqlik sathi koʻrsatkichining nosozligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) loyihada koʻzda tutilgan nazorat-oʻlchov priborlari va avtomatika vositalarining nosozligi (yoʻqligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tizimdan ammiakning oqishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Sovutish kameralarining trubalari va jihozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Ekspluatatsiya sharoitida ammiak tizimining maksimal zichligini taʼminlash choralari koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiakning oqish joylarini aniqlash uchun kimyoviy va boshqa maxsus indikatorlar ishlatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Ammiakli gaz toʻldiruvchi trubalarning barcha yopish ventillariga ochiq holda plomba qoʻyilishi lozim, kompressorlarning asosiy yopish ventillari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moy ajratib berish moslamalari va taqsimlovchi idishlarning quyish trubalaridagi yopish ventillariga ham ochiq holda plomba qoʻyilishi lozim. Barcha plombani olib tashlash va keyinchalik plomba qoʻyish hollari haqida sutkalik jurnalga yozib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Kondensator bilan maromiga keltiruvchi stansiyalar oʻrtasidagi suyuqlik trubalari, resiverlarni kondensatorlar bilan bogʻlovchi doimiy ishlab turuvchi sathni tenglashtiruvchi suyuqlik va gaz trubalarining ventillariga, sathni koʻrsatuvchi relelarning ustunchalariga ochiq holda plomba qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Toʻldiruvchi trubalar ventilidan plombani olib tashlash va uni yopish zaruriyati boʻlgan holda ushbu trubaga ulangan kompressorlarni oldindan oʻchirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkita yoki undan koʻp toʻldirish magistrallari boʻlganda ularni bir biri bilan birlashtiruvchi yopish ventillariga plomba qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Yopish ventillari klapanlarining tiqilib qolishini oldini olish uchun (maxovigi chiqib turgan salnikning qaytuvchi moslamasiga ega boʻlmagan) ularni oxirigacha ochilgan holatda saqlashga ruxsat berilmaydi. Ventil oxirigacha ochilgandan keyin uning maxovigini taxminan 1/8-marta orqaga aylantirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Maromiga keltiruvchi stansiya qutisida har bir ventil yonida ushbu maromiga keltiruvchi ventil qanday qurilma ekanligi yoki qaysi sovutish xonasi unga xizmat koʻrsatishi koʻrsatilgan yozuv boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Mustahkamlovchi qismlardagi boltlarni tortish, qurilmalarning (idishlarning) yopish armaturasining salnigini butunlay yoki qisman almashtirish ishlari ehtiyotkorlik bilan, zarar koʻrgan uchastkadan ammiak soʻrib olingan va uni qolgan ammiak tizimidan uzib qoʻygan holda amalga oshirilishi lozim. Koʻrsatilgan operatsiyalarni gazga qarshi moslama va qoʻlqoplar kiyib bajarish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Sovutish kameralarida yuklarni shiftdagi va devordagi ammiakli batareyalarga, havoni sovutuvchi moslamalarga, shuningdek batareya trubalari va ulash trubalariga yopishtirib qoʻyish taqiqlanadi. Batareyalardan yuk platformalarigacha boʻlgan masofa texnologik yoʻriqnomaga muvofiq boʻlishi, lekin 0,3 metrdan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Qaynoq ammiak bugʻlari yordamida sovutish qurilmalaridagi qor qatlamini eritishda batareya va havo bilan sovutish moslamalaridagi bosim soʻruvchi qurilmalar (idishlar) zichligini sinashdagi bosimdan yuqori boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Batareya va havo bilan sovutish moslamalaridagi bosim manometr yordamida nazorat qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Batareya va havo bilan sovutish moslamalarini eritishdan oldin ularni suyultirilgan ammiak va yigʻilib qolgan moydan tozalash lozim. Ular moyni yigʻib olish moslamasi orqali keyinchalik moyni chiqarib tashlash yoʻli bilan drenajli (sirkulatsion) resiverga quyilishi lozim. Batareya va havo bilan sovutish moslamalaridan moyni toʻgʻri-toʻgʻri chiqarib tashlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eritish ishlari, yoʻriqnomaga binoan, batareyaning uzilib ketishi va tizimdagi germetik holatining buzilishiga olib keladigan qor va muzning meʼyoridan ortiq darajada yigʻilib qolishining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVI bob. Taʼmir ishlarini olib borishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Taʼmir ishlarini olib borish uchun ishlab chiqaradigan zavodning ekspluatatsiya hujjatlari talablari (rejadagi taʼmir va koʻrik) yoki koʻrik natijalari, navbatdagi koʻrik, shuningdek jihozning ishi jarayonida yuzaga keladigan nosozliklar oqibatida kelib chiqadigan ammiakli sovutish qurilmalarining ekspluatatsiya rejimining buzilishi asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Taʼmir ishlari jihoz turi, zaxiraning mavjudligi, taʼmirlanadigan uchastkalarning qurilmaning boshqa qismlaridan echib olish imkoniyatining mavjudligi, taʼmir ishlarining hajmi, taʼmir ishlari xavfsizligini taʼminlash va boshqa sharoitlardan kelib chiqqan holda sovutish qurilmasi toʻligʻicha toʻxtatilgan holda yoki uning ayrim qismlari (qurilmaning alohida tarmoqlari va uchastkalarida) ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Ammiakli sovutish qurilmasini ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotda sovutish jihozlarida taʼmir ishlarini olib borish tartibining asosini avvaldan tuzilgan grafik boʻyicha amalga oshiriladigan rejali-profilaktik taʼmir (RPT) tizimi tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik va oylik RPT grafigi (jihozning amaldagi ishi inobatga olingan holda) tashkilotning texnik masalalar boʻyicha rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Tashkilotda RPT talablariga asosan amalga oshirilgan taʼmir ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuritilishi lozim. Xavfsiz tarzda taʼmir ishlarini olib borish tartibi tashkilotning texnik masalalar boʻyicha rahbari tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomada koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Taʼmir ishlarini amalga oshirishdan oldin sovutish qurilmalarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha yoʻriqnomaga binoan taʼmir qilinadigan sovutish qurilmasining qismi yoki elementi bu qurilmaning boshqa qismlaridan ventil orqali yopib qoʻyilishi hamda ammiak va boshqa moddalardan tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Sovutish qurilmasining ammiakdan tozalangan qismlari va elementlari azot bilan yuviladi, purkaladi, keyin havo bilan tozalanadi. Tarkibida ammiak boʻlgan qurilmalarning birlashtirilgan qismlari (elementlari) ventillar va qopqoqlari yordamida ajratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qopqoqlar raqamlanishi, tegishli mustahkamlikka ega boʻlishi hamda ular oʻrnatilgan joylarni tezda aniqlash uchun mustahkamlovchi qismlar va izolatsiyadan tashqariga chiqib turuvchi qizil rangdagi dastalarga ega boʻlishi lozim. Ventillarni ajratib turuvchi maxoviklarga plomba qoʻyilishi va “Ochilmasin! Taʼmir ishlari olib borilmoqda.” degan yozuvga ega taxtachalarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qopqoqlarni oʻrnatish va echib olish boʻyicha amalga oshirilgan harakatlar maxsus jurnalga yozib qoʻyilishi va ularni oʻrnatgan va echib olgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Ekspluatatsiya qilinadigan joylarda ammiak nasosini ochish va echib olish (demontaj) ishlari faqat ushbu nasosdan sovutish agentlari butunlay chiqarib tashlangandan keyin bajarilishi lozim. Jihozlarni sovutish agentidan tozalash tartibi unga xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma bilan belgilanilishi lozim. Ammiak nasoslari taʼmirlangan va profilaktikadan oʻtkazilgandan keyin, shuningdek ular majburiy tarzda oʻchirilganda, nasoslarni ishga tushirish ishlari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan yozma ravishdagi ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Taʼmirlanayotgan sovutish qurilmalari (kompressorlar, nasoslar va boshqalar) va u bilan bogʻliq elektr qurilmalari (elektr dvigatellari, avtomatikaning elektr priborlari, boshqaruv qutilari va boshqalar) kutilmaganda ulanib qolish yoki sanksiyasiz ishga tushirish-yoqishning oldini olish uchun elektr tarmoqlaridan uzib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr jihozlarining ishga tushirish qurilmalarida “Yoqilmasin! Remont ishlari olib borilmoqda.” degan taxtacha osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Jihozlar, trubalar yoki sovutish qurilmasining qismlarini taʼmir uchun topshirish quyidagilar belgilab qoʻyiladigan akt bilan rasmiylashtirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ammiak, moy, suv va sovutish agentlaridan butunlay yoki yetarli darajada tozalanganligi, shuningdek taʼmirlanadigan qismning boshqa sovutish qurilmasidan ajratib qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taʼmirlanadigan sovutish jihozining toʻligʻicha toksizlantirish choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) taʼmir uchun topshirgan va qabul qilib olgan shaxsning lavozimi, familiyasi va imzosi koʻrsatilgan taʼmir uchun topshirilgan sana va vaqt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Sovutish qurilmasidagi barcha taʼmir ishlari belgilangan talablar asosida rasmiylashtiriladigan buyruq-ruxsat boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Sovutish qurilmasining taʼmirlanayotgan qismi hududida ogohlantirish doskalari hamda taʼmir ishlari olib borilayotganligi va begona shaxslarning taʼmir zonasiga kirishi taqiqlanganligi haqidagi taxtachalar qoʻyilishi lozim. Remontga qoʻyilganligi haqida kompressor sexining sutkalik ish jurnaliga yozib qoʻyilishi hamda kompressor sexi xodimlari va hududida (xonasida) taʼmir ishlari olib borilayotgan sex xodimlariga xabar berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Taʼmirlovchi personal individual himoya vositalariga ega boʻlishi va ulardan foydalanish qoidalari hamda shifokor kelgunga qadar tibbiy yordam koʻrsatish choralari haqida bilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Taʼmir vaqtida ammiakli sovutish qurilmalari uchun ishlatiladigan qism va materiallar amaldagi meʼyoriy texnik hujjatlarga mos kelishi lozim. Qismlar va materiallarda sifatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Trubalarni taʼmirlashda “Yoqilgʻi, toksik va suyultirilgan gaz trubalarining tuzilishi va ularni xavfsiz tarzda ekspluatatsiya qilish Qoidalari” talablariga amal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Taʼmir ishlarini tashkil qilish va oʻtkazish vaqtida sovutish qurilmalarini elektr bilan taʼminlash, yoritish, elektr asboblar va elektr priborlardan foydalanish, elektr jihozlar va qurilmalarni taʼmirlash bilan bogʻliq masalalar amaldagi “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik Qoidalari” talablarini inobatga olgan holda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Sovutish qurilmalaridagi elektr bilan quyish (svarka), gaz bilan quyish va boshqa olov bilan bogʻliq ishlar bilan shugʻullanishga faqat oʻrnatilgan tartibda attestatsiyadan oʻtgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Sovutish qurilmalarini taʼmirlashda ishlatiladigan elektrlashgan asbob davlat standarti talablariga javob berishi lozim. Bu ishlar bilan shugʻullanishga oʻqigan va mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnoma boʻyicha bilimlari tekshirilgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Ammiakli sovutish qurilmalarini taʼmirlashda ishlatiladigan koʻchma narvonlar va platformalar xavfsiz tarzda ishlar olib borishni taʼminlash boʻyicha davlat standartlari talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Mashina, qurilma yoki kondensator boʻlimlari, (ammiakli jihozlar oʻrnatilgan) texnologik sexlarda oʻrnatilgan jihozlarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini olib borish uchun ishlarni olib borish vaqtida uchqun chiqishiga yoʻl qoʻymaydigan materiallardan tayyorlangan asboblar va qurilmalardan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Taʼmirdan keyin kompressor, nasos, ventilyatorlarni ishga tushirish va sinab koʻrish ishlarini ularni ishlab chiqqan va tayyorlagan tashkilotlarning texnik hujjatlari hamda mazkur Qoidalarning XV bobi talablari va qurilish meʼyorlari va qoidalari asosida amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Taʼmir ishlari tugagandan soʻng ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasiga binoan yangi oʻrnatilgan nazorat-oʻlchov va himoya priborlarining koʻrsatkichlarini tekshirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Jihozlar va sovutish tizimlarining taʼmir sifatini baholash, ularni ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish tegishli aktlar rasmiylashtirish yoʻli bilan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVII bob. Avariya holatlarini mahalliylashtirish tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. Barcha jihozlar va ishchi yoritish tizimini elektr taʼminotini muddatdan ilgari oʻchirish, avtomatik usuldan tashqari, qoʻlda qurilmani oʻchirishni koʻzda tutishi lozim. Avariya holatida oʻchirish tugmasi mashina (qurilma) boʻlimining tashqi tomonida oʻrnatilishi lozim — kirish va chiqish yoʻllarida bittadan. Sovutish qurilmasini oʻchirish bilan birga avariya holatida oʻchirish tugmasi (qurilmasi) avariya holatidagi va soʻruvchi umumalalmashinuvchi ventilatsiyalarni hamda ovozli va nurli signalizatsiyasini yoqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya oqibatlarini bartaraf qilish uchun sovutish qurilmalari bugʻni bostirish va suyultirilgan ammiak oqimlarini neytrallashtirish tizim va vositalari, gaz holatidagi ammiakni mahalliylashtirish va tarqatib yuborish tizimlari bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyultirilgan ammiakning oqishini bartaraf qilish uchun quyidagi yoʻllardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havoning yoʻnaltirilgan oqimini tezlashtirilgan holda bugʻlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvda eritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv pardalarini hosil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻpiklardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammiak gazi bulutlarini zararsizlantirish uchun ular statsionar yoki koʻchma qurilmalar bilan hosil qilinadigan suv pardalari yordamida xavfsiz konsentratsiyagacha havo bilan qorishtiriladi. Bunda ishlarni gaz bulutiga nisbatan koʻproq shamollaydigan tomonda amalga oshirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Avariya bartaraf etilganidan soʻng gazlangan zonada ishlagan barcha qatnashchilar tibbiy koʻrikdan oʻtishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. Ammiakli sovutish qurilmalarida avariya holatlarining oldini olish, mahalliylashtirish va bartaraf etish uchun moʻljallangan aniq chora-tadbirlar va texnik vositalar sovutish qurilmasining loyihaviy xarakteristikalarini inobatga olgan holda belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Avariya holatlarini mahalliylashtirish rejasiga asosan tashkilotdagi sovutish qurilmalariga xizmat koʻrsatuvchi personal va xodimlar uchun oʻqish va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVIII bob. Individual himoya vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Ammiakli sovutish qurilmalariga xizmat koʻrsatadigan personal Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 16-apreldagi 13-3/B raqamli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Kimyo sanoati xodimlari uchun maxsus himoya kiyimlari, maxsus poyafzallar va boshqa individual himoya vositalarini bepul tarzda berishning namunaviy meʼyorlari”ga (roʻyxat raqami 1958, 2009-yil, 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y.,19-20-son, 248-modda) binoan maxsus himoya kiyimlari, maxsus poyafzallar va boshqa individual himoya vositalari bilan taʼminlanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Ammiakli sovutish qurilmalarining mashina (qurilma) boʻlimlariga xizmat koʻrsatuvchi personal albatta K, KD rusumli filtrlovchi-soʻruvchi qutiga ega gazga qarshi moslamalarga (protivogazlarga) ega boʻlishi lozim. Shuningdek ammiakli sovutish qurilmalari ASV rusumdagi siqilgan gazli izolatsiya qiladigan nafas olish apparatlari bilan taʼminlanilishi lozim (IP rusumidagi izolatsiya qiladigan gazga qarshi moslamalardan foydalanish mumkin). K, KD rusumli gazga qarshi moslamalarni mashina (qurilma) boʻlimiga kirishdagi maxsus shkafda saqlash kerak. Mashina (qurilma) boʻlimining tashqi tomonidagi shkafda (albatta kirish eshigining yonida) K, KD rusumli gazga qarshi moslamalar va ASV rusumidagi apparatlar boʻlishi lozim. Har bir shkafdagi K, KD rusumdagi gazga qarshi moslamalarning soni mashina (qurilma) boʻlimi ishchilarining soniga mos boʻlishi, ASV rusumidagi apparatlarning soni esa kamida uchta boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira gazga qarshi moslamalar shkafida bir smena davomida mashina (qurilma) boʻlimlarida ishlaydigan ishchilarning eng koʻp soniga mos keladigan miqdordagi zaxira filtrlari ham boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Bevosita sovutiladigan sovutish kameralari yaqinida joylashgan koridorlar (vestibyullar), shuningdek bevosita sovutiladigan texnologik jihozlar oʻrnatilgan ishlab chiqarish sexlaridagi shkaflarda K, KD rusumdagi gazga qarshi moslamalar boʻlishi lozim. Ushbu gazga qarshi moslamalarning soni koʻrsatilgan kamera (sexlarda) bir vaqtning oʻzida ishlaydigan ishchilarning soniga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, har bir korxonadagi kompressor sexi boshligʻida ammiak bilan gazlangan xonalarda avariya holatida ishlarni olib borish uchun moʻljallangan kamida uchta maxsus kostyumlar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIX bob. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Ushbu Qoidalarning talablarini buzilishida aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XX bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Ushbu “Ammiakli sovutish qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish Qoidalari” Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmalarining Markaziy Kengashi, “NEFTGAZMEʼYOR” OAJ va “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri B.A. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmalarining Markaziy Kengashi raisi G. M. XAKIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NEFTGAZME'YOR” OAJ boshqaruvi raisi K.K. ERNAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi Gʻ.I. IBRAGIMOV