Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.04.2011 yildagi PQ-1523-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIG‘IShTIRIB OLISh BO‘YIChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida va qisqa muddatlarda sifatli yig‘ishtirib olish hamda davlat resurslariga g‘alla sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2011-yil don hosili o‘rim-yig‘imini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish hamda o‘tkazish, shuningdek g‘alla kombaynlaridan samarali foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Uzagromashservis” uyushmasi va uning hududiy birlashmalari, mashina-traktor parklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hokimlarining, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, “O‘zagromashservis” uyushmasi va uning hududiy birlashmalari, mashina-traktor parklari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining eng asosiy vazifasi deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘alla kombaynlarini, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalarini, shuningdek don yig‘iladigan xirmon va maydonlarni, don tozalash mashinalari hamda g‘allaga dastlabki ishlov berish uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika bazasini tayyorlab qo‘yish bo‘yicha tashkiliy-iqtisodiy kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini joriy yilning 20-mayigacha tugallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov korxonalari va punktlarida xo‘jaliklardan g‘allani faqat dastlabki tozalangandan keyin, iflosligi va namligini bartaraf etib, amaldagi standart normativlarning talablaridan oshirmagan holda qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansubligidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning don qabul qilish punktlariga g‘alla tashish uchun yaroqli bo‘lgan transport vositalarini shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi bilan birgalikda xo‘jaliklar bilan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan g‘alla uchun, transport tashkilotlari bilan qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilaridan don mahsulotlari korxonalariga g‘allani yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, mashina-traktor parklari bilan ko‘rsatilgan mexanizatsiya xizmatlari uchun hamda g‘alla kombaynlari operatorlariga ish haqi to‘lash uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, g‘allani don qabul qilish korxonalariga yetkazish bo‘yicha transport xarajatlari avtokorxonalar, qishloq xo‘jalik korxonalari va don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq g‘alla yetishtiruvchi qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari (fermyerlar) birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan g‘allani xarid qilishga tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishlari va shundan keyin yangi hosil g‘allasini boshqa maqsadlarga yo‘naltirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari kontingentini ilovaga* muvofiq taqsimlagan holda ularni viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yo‘llasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha, tinglovchilar va kursantlarni vaqtinchalik o‘rnashish joyiga tashish va don yig‘ishtirish tugallangandan so‘ng ularni qaytarib olib kelish uchun transport vositalari zarur miqdorda ajratilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tinglovchilari va kursantlarini vaqtinchalik o‘rnashish joyiga tashish va don yig‘ishtirish tugallangandan so‘ng ularni qaytarib olib kelish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tegishli shartnomalar tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilar hamda kursantlarni vaqtinchalik yashash joylari, shuningdek oziq-ovqatlar, ularni tashish uchun transport va yonilg‘i-moylash materiallari bilan — fermer xo‘jaliklari mablag‘lari hisobiga ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish, shuningdek 2011-yilgi boshoqli don ekinlari hosilining talon-taroj qilinishiga va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarni shudgorlashdan oldin tozalash maqsadida dalalardagi ekin poyalari va qoldiqlari yoqib yuborilishi qat’iyan taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda hosilni yig‘ishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zdavdoninspeksiya” davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan g‘alla va urug‘lik materiali sifati ustidan tegishli nazorat o‘rnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urug‘lik g‘allani davlat resurslari uchun xarid qilinadigan tovar g‘allaning umumiy hajmi hisobiga topshirish, shuningdek oziq-ovqat g‘allasidan urug‘lik maqsadida foydalanish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi bo‘linmalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-sentabrdagi PQ-1404-sonli Qaroriga muvofiq urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan superelita va elita urug‘ini to‘liq hajmda xarid qilishga alohida e’tiborni qaratgan holda 2012-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘ligining o‘z vaqtida va sifatli g‘amlanishi uchun shaxsan javobgarliklari belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xo‘jaliklar tomonidan don sotish to‘g‘risidagi statistika hisobotlarining ishonchliligini don qabul qilish korxonalari bo‘yicha muntazam ravishda tekshirib tursin va hisobotlarni buzib ko‘rsatish bo‘yicha aniqlangan holatlar to‘g‘risida tezkorlik bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1523-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 4-son, 114-modda)