Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.05.2016 27.02.2009 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining buyrugʻi, 27.02.2009 yildagi 41-son
Кучга кириш санаси
28.03.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.05.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QUVURYOTQIZGICh - KRANLARNING SOZ HOLATIGA JAVOBGAR MUHANDIS TEXNIK XODIMLAR UChUN NAMUNAVIY YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 18-mart 20-15-105/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 13-maydagi 52-sonli “Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyul 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E. Shoismatov tomonidan 2007-yil 21 mayda tasdiqlagan Sanoat xavfsizligi sohasida meʼyoriy-huquqiy va meʼyoriy texnik hujjatlarni tayyorlash jadvaliga asosan, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 27-fevraldagi 41-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodimlar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy yoʻriqnoma Oʻzbekiston respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi OʻRQ-57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy xizmat sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston respublikasi Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizom asosida ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Namunaviy yoʻriqnoma talablariga rioya qilish, sanoat xavfsizligini taʼminlashga va quvuryotqizgich-kranlarni ishlatishda ishlab chiqarishdagi jarohatlanish holatlari va avariyalarning oldini olishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Namunaviy yoʻriqnomaga mos ravishda quvuryotqizgich-kranlarni ishlatayotgan har bir tashkilot, quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim uchun lavozim yoʻriqnomasi ishlab chiqishi va tasdiqlashi shart. Bu yoʻriqnomalar talablari, mazkur Namunaviy yoʻriqnoma talablari darajasida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Lavozim yoʻriqnomasida quyidagilar ham oʻz ifodasini topishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Namunaviy yoʻriqnomaning asosiy koʻrsatmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quvuryotqizgich-kranlarini mahalliy sharoitlarida ishlatishdan kelib chiqadigan qoʻshimcha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quvuryotqizgich-kranlarni ishlatish boʻyicha qoʻllanmalarda bayon etilgan, quvuryotqizgich-kranlarni soz holatda saqlash boʻyicha koʻrsatmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quvuryotqizgich-kranlarni xavfsiz ishlatish boʻyicha javobgarlik, quvuryotqizgich-kranlar tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidasiga muvofiq uning egasi quvuryotqizgich-kranlarni ishlatuvchi korxona bilan birgalikda tegishli malakaga ega boʻlgan muhandis-texnik xodim zimmasiga yuklatiladi, unga boʻysungan quvuryotqizgich-kranlarga xizmat koʻrsatadigan xodim (yuk iluvchilardan tashqari) boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgarlik, balansida quvuryotqizgich-kran boʻlgan korxona yoki tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan muhandis-texnik xodim zimmasiga yuklatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar xodimning tayinlanishi toʻgʻrisidagi buyruq raqami, sanasi va shuningdek, uning lavozimi, familiyasi, ismi, sharifi, kran “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi organlarida qayd qilinishidan oldin, hamda har qaysi boshqa javobgar shaxs tayinlanganda, quvuryotqizgich-kran pasportiga yozilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkilotga kranlarni ijaraga berayotganda, tegishli shartnomada quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar tomonning nomi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar xodim ish taʼtilida, xizmat safarida boʻlganda, kasalligida va boshqa holatlarda, uning vazifalari mazkur Namunaviy yoʻriqnomaning 12-bandida va Qoidalarda oʻrnatilgan tartibda boshqa xodim zimmasiga yuklatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar xodim quyidagilarni bilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quvuryotqizgich-kranlar tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar xodim uchun lavozim yoʻriqnomasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quvuryotqizgich-kranlarining konstruksiyasini, ularning vazifalari, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hajmdagi taʼmirlash uskunalari, mexanizmlar va qismlarning moylash joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quvuryotqizgich-kranlarni ishlatish boʻyicha qoʻllanmalarda bayon qilingan talablarni, aynan uzel va mexanizmlarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash muddatlarini, metall-konstruksiyalardagi gidrotizim uzellarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan nosozliklarini va xavfsizlik asboblarini tekshirish usullari, tormozlarni tartiblash, tez eyiladigan va almashinadigan detallar roʻyxatini va ularning ishdan chiqishidagi ruxsat etilgan emirilishlarni, kapital taʼmirlashga yuborish uchun quvuryotqizgich-kranlarning chegaraviy holati mezonlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — kranchi (mashinist)lar, chilangarlar, xavfsizlik asboblarini sozlovchilar uchun amaldagi ishlab chiqarish yoʻriqnomalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quvuryotqizgich-kranlarni ishlatish paytida baxtsiz hodisalar va avariyaning oldini olish boʻyicha “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi organlarining boshqa yozma buyrugʻi va uslubiy tavsiyanomalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) quvuryotqizgich-kranlarni hisobdan chiqarish va qayd qilish, ularni oʻrnatish va ishga tushirish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) boshqa joylarda ishlaganda quvuryotqizgich-kranlarni boshqa tashkilotlarga berish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) quvuryotqizgich-kranlarni rejaviy-ogohlantirish taʼmirlash tizimini, ularni taʼmirlashga chiqarish va taʼmirdan soʻng ishga tushirish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) quvuryotqizgich-kranlar tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalarida koʻzda tutilgan holatlarida naryad-ruxsatnoma berishi va rasmiylashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) korxonada quvuryotqizgich-kranlarga xizmat koʻrsatish va nazoratni tashkil qilish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) poʻlat arqonlarni yaroqsizlik (brak)ka chiqarish meʼyorlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quvuryotqizgich-kran egasi hisoblangan korxona rahbari javobgar shaxslarga ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi va quvuryotqizgich-kranni soz holatda boʻlishi ustidan tekshiruv oʻrnatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aniqlangan nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf qilinishini, davriy koʻrikdan oʻtish jurnalini toʻgʻri olib borilishining muntazam nazoratini, jadvalda oʻrnatilgan muddatda taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishni, davriy tekshirish yoʻli bilan echib olinadigan yuk tutuvchi moslamalarni va idishlarni soz holatini shaxsan oʻzi tomonidan muntazam tekshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuklatilgan masʼuliyatni bajarish, hamda xizmat koʻrsatayotgan xodimlarga yoʻl-yoʻriq berib, bilimlarini davriy tekshirish uchun yetarli mahoratga ega boʻlgan quvuryotqizgich-kranlarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlashga oʻrgatilgan tegishli guvohnoma olgan shaxslar yordamida amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quvuryotqizgich-kranlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlab chiqarish yoʻriqnoma talablarini taʼminlanishini va kranchi (mashinist) xodimlar tomonidan bajarilishining nazoratini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quvuryotqizgich-kranlarni oʻz vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkazishga va zarur guvohnomalar olishga tayyorlash va meʼyoriy xizmat vaqtini oʻtagan quvuryotqizgich-kranlarni tekshirishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quvuryotqizgich-kranlarni jadvalga asosan taʼmirlashga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) echiladigan yuk koʻtarish moslamalari va idishlar, quvuryotqizgich-kranlarga doir texnik hujjatlar va pasportlarning saqlanishini va shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning bilimlarini davriy tekshirish jurnalini toʻgʻri rasmiylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yuk koʻtaruvchi mashinalarni xavfsiz ishlatish ustidan nazorat qiluvchi xizmatlar va “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi organlari farmoyishlarining bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar xodim, taʼmirlashdan soʻng olingan quvuryotqizgich-kranni yoki yangidan tiklangan quvuryotqizgich-kranlarni ishlatishga faqat texnik koʻrik oʻtkazilgandan soʻng va quvuryotqizgich-kran pasportida ishlashiga ruxsat berilgani toʻgʻrisidagi yozuv va shuningdek, oʻqitilgan xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi xodimlar mavjudligida ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar xodim, kranni yigʻish yoki ishlatish jarayonida uning konstruksiyasidagi yoki yasalishidagi kamchilikni quvuryotqizgich-kranlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish talablariga nomuvofiqligini aniqlaganda, ularni ishlatishni toʻxtatishi, aniqlangan kamchilik toʻgʻrisida uni ishlatayotgan tashkilot yoki quvuryotqizgich-kran egasiga xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim quvuryotqizgich-kranlarni texnik koʻrigida, meʼyoriy xizmat muddatini oʻtagan quvuryotqizgich-kranlarni tekshirishda va shuningdek, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi inspektori oʻtkazayotgan quvutyotqizgich-kranlarning tekshiruvida va quvuryotqizgich-kranlarni xavfsiz ishlatilishini nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodim oʻtkazayotgan tekshiruvda ishtirok etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar xodim mashinani texnik koʻrikka tayyorlashi lozim; bunda uning mexanizmlari, xavfsizlikni taʼminlovchi asboblari, tormozlari, boshqaruv apparatlari, gidrotarmoqlarining uzellari, yoritgichlari, signalizatsiyalarning ishlashi tekshiriladi. Agar quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodimga quvuryotqizgich-kranlarning mexanizmlarini va ayrim qismlarini uning toʻla texnik guvohlik berilishigacha koʻrikdan oʻtkazish topshirilsa, unda toʻliq guvohlik berishda, u quyidagilarni tekshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) metallkonstruksiyalar, payvandli, boltli, parchinlanib ulangan joylar (yoriqlar, deformatsiya yoʻqligini, korroziya va boshqa nuqsonlar oqibatida detallar devorining yupqalanishi), shuningdek, kabinalar, narvonlar, maydonchalar va toʻsiqlar holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilgaklar, bloklar, barabanlar, tormoz elementlari holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) arqonlar va ularning mahkamlanish holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ballast va posongi vaznining pasportda koʻrsatilgan qiymatlariga toʻgʻri kelishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrik va tekshiruv natijalari quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim tomonidan imzolangan akt orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim koʻtarib turuvchi va tortib turuvchi qanot va poʻlat arqonlarini, eskirgan tortma arqonlarni almashtirishda quyidagilarga eʼtibor berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pasportdagi maʼlumotlarga muvofiq arqon tanlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) arqon uchining mahkamlanganligini va zaxirasining toʻgʻriligini tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishchi yuk bilan arqonni tortib tekshirishdan oʻtkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bajarilgan ish toʻgʻrisida quvuryotqizgich-kranning pasportiga maʼlumotlarni yozib qoʻyishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar xodim xavfsizlik asboblarini koʻrikdan oʻtkazishda quyidagilarni tekshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻtarish mexanizmining oxirgi qoʻshgichlarini oʻrnatish, bunda u toʻxtagandagi yuk ushlash organi bilan tirgak orasidagi tirqish quvuryotqizgich-kranlari uchun 200 mm dan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qanot uzunligi va yuk koʻtara olishligini koʻrsatadigan shkalalarning toʻgʻri oʻrnatilishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agarda quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim zimmasiga idishlar va yuk koʻtarish moslamalarini soz holatda saqlash boʻyicha masʼuliyat yuklatilgan boʻlsa, unda u quvuryotqizgich-kranlar tuzilishi va xavfsiz ishlatish Qoidalarida oʻrnatilgan muddatda ularni davriy koʻrikdan oʻtkazilishi va taʼmirlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim ularga doimiy biriktirilgan xizmat koʻrsatuv xodimlari boʻlishini taʼminlashi va kranchi (mashinist)larni bir quvuryotqizgich-krandan boshqasiga uning ruxsatisiz koʻchirishga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim quvuryotqizgich-kranlarga xizmat koʻrsatish vazifasi yuklatilgan ishchilar oʻrtasidagi quyidagi tartibni oʻrnatishi lozim: kranchi (mashinist)lar, chilangarlar, xavfsizlik asboblarini sozlovchilar, ularga topshirilgan uskunalarni ishga layoqatliligini tekshirishlari va koʻrib chiqish yoʻli bilan ularni soz holatda ushlab turishlari lozim. Kranchi (mashinist)lar ish boshlashdan oldin quvuryotqizgich-kranlarni koʻrikdan oʻtkazishlari lozim. Buning uchun ularga tegishli vaqt ajratilgan boʻlishi zarur. Quvuryotqizgich-kranlarni tekshirish va koʻrik natijalari vaxta jurnaliga yozib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuvuryotqizgich kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodimlar vaxta jurnalini olib borilishini, bir oyda eng kamida bir martada tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim kranchi (mashinist)lar va chilangarlarga, ular yoʻl qoʻygan kamchiliklar, shikastlanish va avariya holatlarini tahlil qilib, quvuryotqizgich-kranlarga xavfsiz xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib borishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ish boshlashdan oldin kranchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) baxtsiz hodisalarga sabab boʻladigan quvuryotqizgich-kranlarni harakatlanuvchi qismlariga (baraban, val, tishli uzatma va sh.oʻ.lar), yaqinlashish xavfli boʻlgan joylarda toʻsiqlarning sozligi va mavjudligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) asboblar va xavfsizlik qurilmalarining soz ishlashiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kranning metallkonstruksiyalari, poʻlat arqonlar, barabanlar, bloklar, tormozlar holatiga, moylash-sovutish suyuqliklarining holatiga va sathiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) smenani topshirish va qabul qilishdagi oʻrnatilgan tartibiga rioya qilinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Qoidada koʻzda tutilgan holatlardagi naryad-ruxsatnoma talablarining aniq bajarilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yurish qismlari holatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) quvuryotqizgich-kranlarga ortiqcha yuk ortishga yoʻl qoʻymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) quvuryotqizgich-krandan ketganda yoki ish tugaganda kabina eshigini berkitish zarurligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ishlayotgan quvuryotqizgich-kran yaqinida va joyi oʻzgartirilayotgan yuk tagida odamlar boʻlishi mumkin emasligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) yuklarning massasi va tafsilotiga koʻra, echib olinadigan yuk ushlovchi moslamalarni qoʻllanilishi va yuklarni ilish usullariga yuk iluvchilarni rioya qilishlari zarurligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) quvuryotqizgich-kran ishlayotgan paytda va yukli qanotni tushirish sharti operatsiyalarini birga olib borish zarurati haqidagi ishlatish boʻyicha qoʻllanmadagi koʻrsatmaga rioya qilishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim quyidagilarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kranchini vaxta jurnali bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quvuryotqizgich-kranida navbatdagi sinash sanasi va yuk koʻtara olishi, roʻyxatga olish raqami koʻrsatilgan tablichka va shuningdek, ogohlantiruvchi yozuvlar va plakatlar mavjudligini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quvuryotqizgich-kranlarni ishlash uchun uchastkalarga faqat talabnoma asosida yuborishga, talabnomada ishlab turgan quvuryotqizgich yoki elektr uzatish tarmoqlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot, ishlar turi yuk iluvchilar va quvuryotqizgich-kranlari bilan xavfsiz ish olib borishga javobgar shaxs familiyalari va guvohnoma raqami koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Bayon etilgan maʼlumotlar yoʻl varagʻida koʻrsatilgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quvuryotqizgich-kranlarning ishini motosoatlar hisobida olib borishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim quyidagi paytlarda ularni ishlashiga ruxsat bermasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kranning metallkonstruksiyalarida yoki mexanizmlari detallarida xavfli nuqsonlar mavjudligida (yoriq, qiyshayish, devorlari yupqalanishi va boshq.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) metallkonstruksiyada yoki mexanizmlar detallari birikmasidagi mahkamlagichlarning boʻshashida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xavfsizlik asboblari va qurilmalarining nosozligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mexanizm va tormozlarning nosozligida va ulardagi detallarning yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan darajada eskirishida, gidrotizimlarning koʻzga koʻrinadigan nosozliklarida va gidromexanik uzatma va gidrouzellarning ishlashida nosozlik kuzatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) poʻlat arqonlar va ularni mahkamlagichlarida yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan nuqsonlar aniqlanganda, ilgak va uning osmasi nosozligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quvuryotqizgich-kranlarning meʼyoriy ishlash muddati yoki texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati oʻtganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi yoki quvuryotqizgich-kranlarni xavfsiz ishlatish nazorati boʻyicha muhandis-texnik xodim tomonidan quvuryotqizgich-kranni majburiy holatda plomba qoʻyib toʻxtatilsa, plomba faqat shu xodimlar ruxsati bilangina echilishi mumkin, plomba qoʻyishdan to uni echish paytigacha kranni saqlanishiga javobgarlik quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodim ushbu Namunaviy yoʻriqnoma talablarini buzilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAKUNIY QOIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Quvuryotqizgich-kranlarning soz holatiga javobgar muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma” “Oʻzbekneftgaz” MXK va Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi U.S. NAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining raisi A.X. GʻULOMOV