Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
IQTISODIYOTNING AYRIM TARMOQLARI XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARI UCHUN XODIMLAR SONI VA MEHNATGA HAQ TOʻLASH FONDINING ENG KAM MEʼYORLARINI ANIQLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2173-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 34-2025/V-sonli ““Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2173-3, 28.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ–1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) 8-bandiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 3-dekabrdagi 193-Q-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2173, 2010-yil 28-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 527-modda) bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-iyul,
39-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 5-iyuldagi 39-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Nizom shtat jadvallari davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlariga, shuningdek yakka buyurtmalar boʻyicha umumiy ovqatlanish sohasida banket asosida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
2. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari asosiy xodimlari sonining, shuningdek qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilar sonining eng kam meʼyorlarini aniqlashda hosil boʻlgan kasr sonlar yaxlitlash qoidalariga koʻra butun songa yaxlitlanadi”.
3. Quyidagi mazmundagi 161 va 162-bandlar bilan toʻldirilsin:
“161. Qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladigan hamda qurilish ishlarining texnologik xususiyatlari va bajarish grafigidan kelib chiqadigan oylik mehnat sarfi notekis boʻlganda, shuningdek qurilish ishlari amalga oshirilayotgan shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smeta hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanmaganda, quruvchi ishchilar sonining eng kam meʼyori mazkur Nizomning 7a-ilovasiga muvofiq har bir kalendar oy uchun alohida aniqlanadi. Bu holda qurilish tashkiloti, mustaqil ravishda, ushbu kalendar oyda amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib, shaharsozlik normalari va qoidalari asosida mehnat sarfini (odam/soatda) aniqlaydi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smeta hujjatlari tasdiqlangandan soʻng quruvchi ishchilar sonining eng kam meʼyori amalda bajarilgan ishlar hajmi boʻyicha qayta hisoblanmaydi.
162. Agar ayrim qurilish ishlari boʻyicha shaharsozlik normalari va qoidalari asosida mehnat sarfi belgilanmagan boʻlsa, qurilish tashkiloti ushbu ishlarni bajarishga ketgan amaldagi mehnat sarfidan kelib chiqib quruvchi ishchilar sonini mustaqil ravishda aniqlaydi”.
4. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Har bir subpudrat tashkilotidagi quruvchi ishchilar sonining eng kam meʼyori mazkur Nizomning 16, 161 va 162-bandlarida belgilangan mezonlar asosida shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan tuzilgan smetaga muvofiq qurilish ishlarini bajarish uchun ketadigan mehnat sarfi meʼyoridan va subpudrat shartnomasida koʻrsatilgan bajariladigan ishning muddatidan kelib chiqib aniqlanadi”.
5. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
“191. Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini hisoblashda butun tashkilot boʻyicha barcha xodimlar soni hisobga olinadi (quruvchi ishchilar sonining aniqlangan eng kam meʼyori, shuningdek boshqaruv va texnik xodimlar soni)”.
6. 1, 2 va 3-ilovalar tegishincha mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
7. 4-ilovadagi “supermarketda — 4” degan soʻzlar “supermarketda — 3” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 6-ilovaning 2-misolidagi “Minimarketda” degan soʻz “Kafeda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4-ilovasiga muvofiq 7a-ilova bilan toʻldirilsin.
10. 9-ilovada:
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qurilish tashkilotlarida ishlayotgan quruvchi ishchilarning mehnatiga haq toʻlash fondining eng kam meʼyori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
MHTFmin= XS (BPXS) x Tk x Kt x IHEKM bunda”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“XS (BPXS) — mazkur Nizomning 191-bandiga muvofiq aniqlangan tashkilot xodimlari soni”.
11. 10-ilova 1-misolining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan formulaga muvofiq (XSnorm = SIK / BM / IVF) quruvchi ishchilarning (XSnorm) ning oʻrtacha oylik eng kam soni meʼyori = 4 799,6 / 3 / 163,1 = 9,8 ta xodimni tashkil qiladi”.
12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2011-yil 1-iyul
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
2011-yil 1-iyul
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2011-yil 1-iyul
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2011-yil 1-iyul
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Olti kunlik ish haftasini har kungi ish muddati 12 soatni (haftasiga jami 72 soatni) tashkil etgan chakana savdo tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam
MEʼYORLARI
|
Savdo maydoni, m kv. |
Xodimlar sonining eng kam meʼyori, kishi | |
|
shaharlarda |
boshqa aholi punktlarida | |
| 25 gacha | 2 | 2 |
| 26 — 50 | 3 | 2 |
| 51 — 75 | 4 | 3 |
| 76 — 100 | 5 | 4 |
| 101 — 150 | 7 | 5 |
| 151 — 200 | 9 | 6 |
| 200 m kv. dan oshgan har 50 m kv. ga | 2 | 2 |
Izoh:
1. Ushbu meʼyorlarda boshqaruv va texnik xodimlar hisobga olinmaydi.
2. Yirik oʻlchamli tovarlarni sotuvchi va ushbu tovarlarni namuna sifatida koʻrgazmaga qoʻyuvchi (mebel va avtomototransport vositalarini sotish doʻkonlari, yirik oʻlchamli maishiy va boshqa texnikalarni namoyish qilish uchun koʻrgazma maydonlari, savdo zallari, qurilish mollari doʻkonlari) savdo zali maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan chakana savdo tashkilotlari uchun savdo zali maydoni 151 dan 200 kvadrat metrgacha boʻlgan chakana savdo tashkilotlariga belgilangan asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori qoʻllaniladi.
3. Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalarida yoqilgʻi quyish kolonkalariga xizmat koʻrsatuvchi asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori yoqilgʻi quyish kolonkasining texnik tavsifnomasida belgilangan meʼyorlardan kelib chiqib aniqlanadi. Bunday meʼyorlar mavjud boʻlmagan taqdirda, asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori yoqilgʻi quyish kolonkalari sonidan kelib chiqqan holda quyidagicha aniqlanadi:
Toshkent shahrida — bitta yoqilgʻi quyish kolonkasi uchun 1 xodim;
boshqa aholi punktlarida — bitta yoqilgʻi quyish kolonkasi uchun 0,5 xodim.
Avtoyoqilgʻi quyish shoxobchalari qoshidagi qoʻshimcha (yoʻldosh) tovarlar bilan chakana savdo qiluvchi doʻkonlar (pavilyonlar, salonlar) asosiy xodimlari sonining eng kam meʼyori mazkur Nizomning 5 va 6-bandlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
4. Chakana savdo tashkilotlari uchun belgilangan asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda koʻchma (sayyor) savdoni amalga oshirish uchun vaqtincha tashkil etilgan chakana savdo shoxobchalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yetti kunlik ish haftasini har kungi ish muddati 12 soatni (haftasiga jami 84 soatni) tashkil etgan umumiy ovqatlanish tashkilotlarida asosiy xodimlar sonining eng kam
MEʼYORLARI
|
Umumiy ovqatlanish tashkilotlarining shakli (turi) |
1 stolga (4 oʻringa moʻljallangan standart stol) xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (ofitsiantlar va barmenlarni oʻz ichiga olgan holda) soni |
Oshpaz |
Tarqatishda xizmat qiladigan xodimlar |
Oshxona ishchisi | ||
|
Toshkent shahri |
boshqa shahar |
boshqa aholi punkti | ||||
|
Restoran |
0,4 |
0,3 |
0,2 |
4 |
— |
3 |
| Kafe | 0,25 | 0,2 | 0,1 | 3 | — | 2 |
| Choyxona | — | — | — | 2 | 2 | 1 |
| Oshxona | — | — | — | 4 | 3 | 1 |
| Tashkilotdagi oshxona | — | — | — | 2 | 2 | 1 |
| Kafeteriy, kichik oshxona, bufet | — | — | — | 1 | 1 | 1 |
Izoh:
1. Ushbu meʼyorlarda boshqaruv va texnik xodimlar hisobga olinmaydi.
2. Agar tashkilotdagi oshxonalar mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega boʻlsa ushbu meʼyorlar qoʻllaniladi.
3. Banket zallariga ega xizmat koʻrsatuvchi stollar soni 50 tadan ortiq boʻlgan kafe va restoranlar uchun 50 ta stolga xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun belgilangan asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori qoʻllaniladi.
4. Umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun belgilangan asosiy xodimlar sonining eng kam meʼyori mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda koʻchma (sayyor) savdoni amalga oshirish uchun vaqtincha tashkil etilgan obyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida xizmatchi va ishchi kasblarning tavsiya etilgan
ROʻYXATI
I. Chakana savdo tashkilotlari
1. Asosiy xodimlar:
sotuvchi (dorixona provizori);
sotuvchi-konsultant;
kassir;
qadoqlovchi;
qassob;
tovar taxlovchi;
boʻlim, seksiya mudiri;
yoqilgʻi quyish stansiyasi operatori;
yoqilgʻi va yoqilgʻi-moylash mahsulotlari quyuvchisi;
buyum (mebel) yigʻuvchi;
yuk ortuvchi-tushiruvchi.
2. Boshqaruv xodimlari:
direktor (mudir);
direktor (mudir) oʻrinbosari;
bosh hisobchi, hisobchi;
tovarshunos;
ekspeditor;
ombor mudiri (omborchi).
3. Texnik xodimlar:
asbob-uskunalarni taʼmirlovchi va ekspluatatsiya qiluvchi xodim;
rassom-bezovchi;
farrosh;
hovli tozaligiga qarovchi xodim;
qorovul.
II. Umumiy ovqatlanish tashkilotlari
1. Asosiy xodimlar:
ofitsiant;
bosh oshpaz, oshpaz;
bufetchi, bar (mayxona) sotuvchisi;
tayyor mahsulotni tarqatishda xizmat qiladigan xodim;
oshxona ishchisi.
2. Boshqaruv xodimlari:
direktor (mudir);
direktor (mudirning) oʻrinbosari;
zal mudiri;
bosh hisobchi, hisobchi;
kassir;
ekspeditor;
ombor mudiri (omborchi).
3. Texnik xodimlar:
asbob-uskunalarni taʼmirlovchi va ekspluatatsiya qiluvchi xodim;
shveysar (darbon), garderobchi;
qorovul, qoʻriqchi;
farrosh;
hovli tozaligiga qarovchi xodim;
bogʻbon.
Izoh:
Ushbu Roʻyxatga tashkilotlarda, ularning faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida nazarda tutilgan boshqa lavozimlar ham kiritilishi, shuningdek ushbu roʻyxatda koʻrsatilgan lavozimlar va kasblar chiqarib tashlanishi mumkin.
Asosiy lavozimlar va ishchilar kasblari roʻyxati ishlab chiqarish, boshqaruv va texnik vazifalarni bajarishga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda tashkilot tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.”.
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
4-ILOVA
4-ILOVA
“Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7a-ILOVA
7a-ILOVA
Oylik mehnat sarfi notekis boʻlgan quruvchi ishchilar sonining eng kam meʼyorini aniqlash
MEZONLARI
Obyektdagi qurilish ishlarining texnologik xususiyatlari va bajarish grafigidan kelib chiqadigan oylik mehnat sarfi notekis boʻlganda, shuningdek qurilish ishlari amalga oshirilayotgan shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smeta hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanmaganda kalendar oy uchun quruvchi ishchilar sonining eng kam meʼyori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
XS norm/oy = MSoy/IVFoy, bunda:
XSnorm/oy — amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib aniqlangan kalendar oy uchun quruvchi ishchilar sonining eng kam meʼyori;
MSoy — amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib shaharsozlik normalari va qoidalari asosida aniqlangan ushbu kalendar oyi uchun mehnat sarfi (odam/soatda);
IVF — ushbu kalendar oyida olti kunlik ish haftasida har bir quruvchi ishchiga toʻgʻri keluvchi ish vaqti fondi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 330-modda)