Oʻzbekiston Respublikasi Moliya VAZIRINING
buyrugʻi
BOLALIKDAN NOGIRONLARGA NAFAQALAR TOʻLASh BOʻYIChA XARAJATLARNI MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1927-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 19-noyabrdagi 74-sonli ““Bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1927-4, 10.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 14-son, 142-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 24-fevraldagi 27-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1927, 2009-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 13-son, 151-modda) bilan tasdiqlangan “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-iyul,
45-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 28-iyuldagi 45-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Bolalikdan nogironlarga nafaqalar toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Rus tilidagi matnning 3 va 9-bandlaridagi “Glavnim upravleniyem” soʻzlari “Glavnim upravleniyem finansirovaniya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Nafaqalarni tayinlash va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 14-son, 142-modda) bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2011-yil 28-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 333-modda)